Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (9)

kitobOq terakmi, ko’k terak?

Iltimos, siyosat, din va sevgi haqida yozishimni kutmang ham, yoz deb qo’limdan tutmang ham. Aqli mixlar-mashoyixlar nima degan? Bu uchta masalada og’zingni yirma, bekorga gapirma, bahsga kirma, juningni qiy, tilingni tiy! Agar ko’rpani sirsang, bahsga kirsang, onangni Puchqo’rg’ondan, otangni Kuchqo’rg’ondan ko’rsatishadi. Xo’sh, oq terakmi, ko’k terak, bizdan sizga nima kerak?

Aqli mixlar-mashoyixlar avval kavob topishgan, keyin birgalashib bunga javob topishgan.
1.Siyosatga qarshi bosh ko’tarmaysan, osh ko’tarasan, faqat bo’yinsunasan.
2.Din haqida gap ochilsa, tappa gungsan, latta mungsan, faqat eshitasan.
3.Sevgi masalasida imi-jimida harakat qilasan, bo’lmasa uloqni quloq olib ketadi.

Bu ming yillik gap. Bilmagan odamning o’zi yo’q, O’zbeklarning orasida. Chetda bilishmas ekan. Amriqoda ko’zlarim ting bo’lib ko’rdim, quloqlarim ding bo’lib eshittim, din haqida bahslashaverib hammasi dindorga aylanib ketibdi. Continue reading