Мухлислар ижодидан

O’zbekcha dars

1-Bob. Zigfred Lensdan ilhomlanganim…

Ushbu kitob o’zbekning o’tmishi, buguni, kelajagi haqidadir.
Ushbu asar og’ir o’qilsada anchayin faktlarga boy. Ayrim javobsiz savollarga kalit bo’lsa, kelajakga yo’l ochsayam ajabmas. Asardan ko’zlangan maqsad ham shu(muallif).

Hozir Ikrom qarshisidagi ikki yo’ldan birini tanlashi kerak yo ataylab asir tushish yoki..
Ikkinchisi odamni lohas qiladi, hatto shu haqda o’ylaganda meni hech kim sezib qolmadimikin deb atrofga bir qur nazar tashlab oladi.
Odam baribir zo’r yaratilganda, negaki uni nima o’ylayotganini hech kim bilmaydi! Ana shunisi zo’r!
Ayniqsa frontga birinchi kelganida bu haqda o’ylasa ichidan xursand bo’lib qo’yardi.
Hozir esa to’g’risidagi plakatga nazar tashlagancha shular haqda o’ylarkan, negadir undagi yozuvni o’qimagan ekan:
“Dushmanni ayovsiz qirishga va’da beraman!”
Qo’lida miltiq tutgan qizil askar xuddi esnayotgandek og’zini katta ochib turibdi..
‘Ura’ deb bo’kiryapti shekilli?!
Bunaqa matohlar fronda tiqilib yotibdi,har qaraganda asabing buzilsin “xalq dushmani”deganda!
Shu payt yerto’laning yog’och zinasini ingratib Poltoratskiy kirib keldi.
Ikrom sakrab turdi dokladga og’iz juftlagandiyamki “bekor” buyrug’ini olib bo’shashib turib qoldi.
-Kak ti? U tirjaydi. Xuddi maymun kulayotganga o’xshardi.
-Nu,potexonichka poydyot tovarish komandir.
-(ruschalab) Ahvol og’ir..ertaga barcha chiziqlarda hujumga o’tisharkan ablah fritslar!
-Biznikilar metindek, lekin ularga yevropadan qurollar quyilyaptida shunga..
-Bizda qurol kam deysanmi?
-Albatta kam emas lekin mana ko’p zavodlar bir haftada yo’q bo’lib kettida..
-To’g’ri aytasan lekin orqangda vatan turibdi,O’rtoq Stalin bor ekan sovetlar oxirgacha..
shu yerda yerto’la bezgak tutgandek qimirlab ketdi,tuproq quyilib chang bo’ldi atrof.
Poltoratskiy bo’ralab so’kindi..

Yerto’ladan otilib chiqqan Ikrom komandiriga ortiqcha gapirib qo’yganini darrov sezdi.

Motor ovozi Ikromni hushyor qildi.
Ana uchta “Messershmitd” ko’rindi.
Beixtiyor o’zini yerga otib boshini qo’llari bilan yopti.Samolyot xuddi boshiga bomba tashlayotgandek ovoz ham yaqindan eshitila boshladi.
Xayriyat birinchisi uzoqda yorildi,kalima qaytarib qo’ydi Ikrom.
Tanklariniyam tashasa kerak.Hozir piyodalar hujumi boshlanadi…

Rustam.

6 Responses

  1. Ҳурматли Рустам!
    Сизнинг китобингизни ўқишни бошладим. Ижодий муваффақиятлар тилайман. Давомини кутиб қоламан.
    Ҳурмат билан Мистер Қалампир.

  2. Frontda vaqt degan tushuncha deyarli yo’q hisobi. Chunki quyosh har kuni ertalab aqlga sig’mas dahshatni yoritadi.Stvoli bukilib ko’mirday qoraygan tanklar,dam pastlik dam balandlik uzra tartibsiz sochilgan turli kalibrdagi artilleriya, okoplar esa ba’zan tuproqqa butunlay to’lib tayyor lahadga aylanadi.Bu tabiiylashgan ammo aslida sun’iy qabrlarda haligina poezdlarda bir-birigat hazil qilib,bir kotelokdan tamaddi qilgan odamlar birgalikda yotibdi.Endi ular kulmaydilar,ular xursand bo’lishmaydi,ularga endi ko’p narsaning ahamiyati allaqachon yo’qolib bo’lgan..
    Urushning ham..
    Aslida ular hozir chog’roqqina kulbasida sevgan yori,bolalari,belidan quvvat qochgan ota-onasi,qarindoshlari bilan o’tirishi kerakmasmidi?
    Nega bu ahvolda zabunlar?
    Nega? Nega?
    Ularga olamni oriylashtirish,yoki kommunizm qurishning necha pullik ahamiyati bor edi?
    Shon-u shavkat izlab uylaridan chiqqanlarida bu haqda nega o’ylamadilar?

    Ikrom osmonga qaradi.U Allaqachon bulg’angan.Sim to’rlarni qirqayotgan askarlar gapirmaydilar.Ularning yuzlari xuddi ichki g’amgin olamlari singari qop qora.Bu chehralarda hamma narsani topish mumkin:O’z burchiga sodiqlik,dushmanga nafrat,Va O’LIMGA MAHKUM QILINGANLIK.
    Ehtimol hali yigirmani qarshi olmagandir ammo ular ming yillik kulfat qa’riga itqitilgan ojiz jonlar xolos.
    Qozoq yigit hammaga qand ulashib chiqdi.
    Toshdek qattiq non bilan bu juda zo’r ketadi.Hatto frontdagi eng to’q askar ham shu payt bularni holatiga havas qilgudek.
    Kimdir so’kinib qo’ydi.
    Har qanday ruhiy metin odam ham bunday paytda o’zligini yo’qotadi.
    Poyoni yo’q,o’qdan xavfli o’ylar toshdek bosadi kishini.
    Ayovsiz ta’qibdan chekinish ham qiyin ham azobli.
    Dushman samolyotlari har soniyada ajal o’qlarini bu ojiz mavjudotlarga yo’llab hayot deb atalmish go’zal va ayni paytda manfur birlikdan judo qilishi mumkin.
    “Lyutvaffe” ning turli ko’rinishdagi shotirlari hozir azroildan ham yomonroq,qo’rqinchliroq…
    Avgust oyi bo’lishiga qaramay havo anchayin sovuq.Xuddi ichingga muz solib qo’yganga o’xshaydi.
    Kun davomida havo isib ketsada hozir negadir bunga ishonmaysan.
    Ertalabki shudring transheyalar buruqsishidan oldingi kam sonli ijobiy ishlardan biri.
    Ikki yuz ellik kishidan ellik sakkizta baxtiqaro tirik qoldik.
    Ikki haftadan beri polkimiz shuncha qoldi.Dushmanning pastqamlikdagi depsib qolgan tanklari tagiga granat o’rami bilan o’zini otgan gurji yigit kabi biz ham yaqinda “rixlat” qilsak kerak u yoqqa.Omadimiz kelsa etik bilan bo’lmasa sarpoychan…

  3. Ayni holatimizda ochmiz.Ta’minot uzilgan.Hali aytganimday omadimiz juda yurishgan taqdirda qurshovga tushmay qolishimiz mumkin.
    Vzvodda “Jukov”deb nom olgan Dmitriy Krafchenko ko’pni ko’rgan. Ichimizda eng mahmadanamiz ham shu, erta kelgan-erta ketadi degan gap unga kelganda ahamiyatini yo’qotadi.
    U juda qobiliyatli shaxs.Urushgacha zavodda injenerlik qilgan.Mohir razvedkachi.
    Gapirganda doim biz undan biron saboq olishga harakat qilamiz.
    -Cherchilni nafasi bo’g’ziga tiqilib yig’laguday yordam so’rayaptiku
    -Birminghemga birinchi bomba tushgandayoq tamom bo’lishini sezgandim uni-deydi u.
    -Endi nima bo’ladi deb o’ylaysiz?
    -Menimcha kuzda Berlinga undan keyin Londonga birrov kirib o’tib bu shishirilgan sharni paqillatib yoramiz.Shunda Washingtongayam yo’l ochiladi!
    Bu odamning gaplariga qotib-qotib kulsakda ammo aslida mavjud reallikdan chekina olmasdik.
    Dushman sutkasiga yuzlab kilometrlarga surib kelardi.
    Ayniqsa “SS” chilar juda tezkor hujum qilar,imkon topdi deguncha yorib o’tishga harakat qilar edi.
    Odatda dushman to’plari kechalari “faolroq” bo’ladi.Kunduzi esa samolyotlar.
    Shunday qilib biz rasvo bo’ldik.O’q-dori kam qoldi.Ish qo’l ko’tarishgacha borib yetguncha:yotib qolguncha otib qol naqliga amal qilib hujumga o’tdik.Oldingi chiziqdagilarimiz qurshovga tushib qoldi.Shunday og’ir vaziyatda komandirimiz bizni umidsiz atakaga tortdi:”Tovarishi,russkie svoix ne brosayut..”deb boshlangan nutq yarim soatlar chamasi davom etdi.”Kim manashu bayroqni sevsa ortimdan”deb baqirdi u.
    Biz ham Stalin uchun, vatan uchun deb atakaga ko’tarildik.
    Dushman bizni qattiq o’qqa tutdi…
    Nemis okoplariga bir necha metrlar qolganda granatalar uloqtirdik.Sakrab kirib nayzalar sanchdik ularga…

  4. Jahongir aka,hozir televizor ko’rib o’tirib jurnalistlarga bayram tabrigini o’qib berayotgan shaxs Xayriddin Sultonning xo’ppa semiz tanasini ko’rib ichaklarim buralib kulyapman!
    So’zlarini aynan keltirishga harakat qilaman:
    “Qo’lga kiritilgan yutuqlardan ruhlanib ketmasdan,MAQTANMASDAN(?),KIMNIDIR ULUG’LAMASDAN..(?)”
    Hech esimdan chiqmaydi bir yili aynan shu shaxsning “Saodat sohili”nomli asarini,”BOBURNOMA”asarini(bu asarda hazrat Bobur yurgan yo’ldan(jumladan Avg’onistondan,ERONdan)ekspeditsiya yo’lga tushadi yo’lda eh-he toliblardanDo’stumgacha uchrashishadi.) Xullas asar juda yoqqandi menga. Siz ham mobodo o’qib chiqmaganmisiz shu asarni,umuman manashu “maslahatchi” shaxsiyati haqida nima deya olasiz?
    Hurmat bilan shogirdingiz..

  5. 2012yil.Nimalarni bashorat qilasan ey kelajak?

    Basharayiyat uchun uchinchi ming yillik boshlanganiga ham o’n ikki yil bo’libdi.O’tgan ming yillarga nazar tashlab ehtimolki xuddi shunday bo’lishi kerak edi-da boshqacha holatlar,hodisalar,voqealar sodir bo’lmasligi tayin edi degan jo’n va asosli xulosani chiqarish mantiqlidir ammo boshqacha bo’lishi ham mumkin edi-ku?
    “Bir kuni shu siyosat haqidagi gaplaring boshingga yetadi” bu mening kunora atrofimdagilardan eshitadigan o’ziga xos bir xillikga aylanib ulgurgan,”shakli har xil ammo ma’nosi bir xil” jumlalar. Bu jumlalar menga qaratilgan men esa o’zimga-o’zim “shunday bo’lishi kerak” deb qo’yaman xolos.
    Yana moziyga qaytamiz, aytgancha axir bu xayrlik-ku! “Iste’dodning tabiati isyondir” degan jumla miyamga tez-tez urilaveradi shunday paytda.Xuddi iste’dodlar kushandasi bu-zolimlar,podshohlar,sultonlar,amirlar,mikkadolar,DOHIYLAR! Mana qo’rqqanimizdan ularni tamoman teskari nomlar bilan ataymiz bu ham bir jumboq,haqiqatda esa ularning asl nomi AXMOQLAR bo’lishi kerak edi-ku, menimcha “qani shunaqa deb ko’rchi”dedingiz chamamda….
    Masalaning yana bir muhim jihati borki kishining e’tiborini o’ziga tortadi ya’ni “hamma iste’dodlarning ham tabiati isyon emasku,ulardan ko’pi AXMOQLAR ga atab ash’orlar yozgani ma’lumku”degan jumla.
    Shu yerda istasam ham xushlamasam ham manabu nomni qayd etaman:
    ERKIN VOHIDOV yoki “O’ZBEGIM” deb,shu narsaning tamomila teskarisiga og’ib o’tgan “QAHRAMON”!.
    Bilaman ko’p narsani yodingizga solib qo’yganimni ular ichida ko’ngilni faromush qiladiganlari ham bor.Ularni yodingizga solganim uchun bu nodon o’quvchingizni uzrini qabul qiling.
    Men ham bu shaxs bilan uchrashganman,maqtovli so’zlaridan tinglaganman,”yumshoqqina” fe’lini bilaman.So’zlaganida ta’kidlaganingizdek o’ta ehtiyotkor.
    Bir tomonga qiyshaytirib taralgan maddohona sochi,”oqsoqol”iga o’xshash qisiq ko’zlari ortida umuman yangi olam yashiringan.Bu olam:”Moslashuvchan maddohlik” deb nomlanadi.She’rlarini o’qiyotganda muallifiga qaramanglar iltimos!

    Xuddi shu o’ylar girdobida qolib xalqimning bu nochor va qashshoq taqdirida yana nimalar bor ekan deb o’ylayapman.
    Bu peshona issiq dalada ketmonini oxirgi najot sifatida changallagan dehqonniki,uni o’qish uchun oldiga borib dildan suhbat qurish kerak!
    Afsuski ko’plar bu baxtdan mosuvo,chunki ular uchun pul va mansabdan boshqa dilkash suhbatdosh yo’q,bor bo’lsa boplab laqillatdilar uni ham.
    Eh, buncha sho’r bu peshona?”
    G’azal:
    Azaldan loyimni qorganda xudo,
    Bilardi fe’limdan ne bo’lur paydo,
    Hukmidan tashqari emas gunohim,
    Xo’sh nechun mahsharda beradi jazo?
    Xulosa:shunday bo’lishi kerak!.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: