Савол-Жавоб

Эртанги кун

САВОЛ׃ Қандай фикрдасиз, Шанхай ҳамкорлиги Варшава шартномасига айланадими, яна қутблашма бошланадими? (Акмал).

ЖАВОБ׃ Дунёда қутблар ҳамма вақт бор ва бўлади ҳам. Худди Шимол ва Жануб, Шарқ ва Ғарб бўлгани каби.

Фақат баъзан икки қутбли бўлса, баъзан кўп қутбли бўлади. Совет Иттифоқи мавжудлигида дунё деярли икки қутбга айрилганди. СССР қулаши билан бир неча қутблар юзага келди. Олдинги мавкуравий қутблар ўрнини иқтисодий ва ҳарбий қутблар эгаллади.

Бугунга келиб улар яна бирлашмоқда. Бошқача айтганда, ер қимирлаши ёки сув босиши каби офатдан парчаланган қутблар секин-аста ўз ҳолига қайтмоқда.

Дунё иқтисодий жиҳатдан қутблашмага кирса, ютади. Бу-рақобат, иқтисодни кўтаради. Лекин акси бўлаётир.

Менинг шахсий назаримда дунё ҳарбий жиҳатдан икки қутбга айланади. Агар бу амалга ошмаса, у ҳолда диний жиҳатдан қутблашмага киради. Бу илгари ҳам бўлган ва айланиб-айланиб давом этаверади.

Аммо бир кун келиб – бир неча юз йил ичида- монотехнология (жумладан, нанотехнология)  мафкуралар, иқтисод, ҳарб, тил, маданиятни бирлаштириб юборади. Одамлар робот ҳолига келиб қолишлари ёки келтирилишлари мумкин.  Бўлмаса, ер ўз ўқидан чиқиб, инсоният йўқолиб кетади.

Булар шунчаки хаёлий тахминлар. Эртанги кун нима, бир соатдан кейингиси ҳам фақат яратган Раббимга аён.

ЖМ

9 Responses

  1. Jahongir aka, agar O’zbekistonda islomiy davlat tuzilsa Rossiya qarshilik ko’rsatadi deb o’ylaysizmi?

    • Менимча йўқ, агар Чеченистондаги Рамзан Қодировга ўхшаган биттаси лидер бўлса ва Путинни отам деб туриб олса, нега қаршилик қилсин? Аксинча медал беради.

  2. Mana shu joyiga misol yoki dalil keltira olasizmi?
    Аммо бир кун келиб – бир неча юз йил ичида- монотехнология (жумладан, нанотехнология) мафкуралар, иқтисод, ҳарб, тил, маданиятни бирлаштириб юборади. Одамлар робот ҳолига келиб қолишлари ёки келтирилишлари мумкин. Бўлмаса, ер ўз ўқидан чиқиб, инсоният йўқолиб кетади.

    • -Бугун инсонни қай томонга бошқарадиган генларнинг яхши ва ёмонлари таниб бўлинди ҳисоб. Бу демак мукаммал, робот инсон яратишга томон қадам.
      -Ҳайвонларни клонлаштириш бошланган. Қаердадир аллақачон катта пулдорлар ўзларини клонлаштираётган ҳам бўлиши мумкин.
      -Дунёда энг кўп қўлланилган тиллардан бири бўлмиш араб тили ўз ўрнини инглиз тилига бўшатмоқда. Араб ёшлари орасида ўтказилган тадқиқотлар натижаси бу.
      Хуллас, ишоратлар кўп. Аммо айтганимдек, нима бўлишини Ўзи билади.

  3. Ҳурматли Жаҳонгир ака!
    Сиздан авваламбор узр сўрайман. Чунки, Comments RSS бўлимига жавоб ёзишни билмаганим учун ушбу жавобларимни “RUSTAM” ва миллатимиз фахри бўлмиш “JAVOKASH”га жавоб хати тарзида етиб боришига имкон берсангиз, илтимос.
    Мавзу “эртанги кун” экан унда буларга ўз фикрим қуйидагича:

    Ҳурматли Рустаму Достон жаноблари!
    Мен билан ёки бошқа биров билан ватанни тиклашни ихтиёр этган экансиз, мақсадингиз ягонами ёки йўқ- бу сизнинг шахсий ишингиз. Аммо мен сиз каби доно билан бирор бир иш қилишга ҳавасим йўқ!
    Мен ҳақимда билмоқ истасангиз мана мен ҳақимдаги маълумот, йиғишга қийналиб юрманг!
    Абдужалил Абдушукуров 1977 йилда Тожикистоннинг Душунбе шаҳрида туғилган.
    миллати ўзбек. Тожикистонда фуқаролар уруши даврида Ўзбекистонга кўчиб келган.
    Ўзбекистонда мактаб ва лицейда ўқиган. Институтни тугатман “Очисление” бўлган.
    Ҳозирда Швейцарияда яшайди барча оиласи билан. бизнес туфайли турли мамлакатларга саёҳат қилади.
    Ўнг оёғидан авария ҳалокатида ажралган. Юришида чўлоқлигини билинтириб қўяди.
    Энди менга айтингчи жаноб Рустамбой!!! Сиз мен билан Ўзбекистонни биргаликда кўтармоқчисиз, аммо мен буни хохламайман. Менинг ўз шахсий ишим бор. Менинг туғилиб ўсган ватаним Тожикистон.
    Хўш сиз бунга нима дейсиз?!!!

    Ҳурматли миллат ЖАФОКАШИ!
    Сиз Бухорода туғилган экансиз. Жуда чиройли шаҳар. Меҳмонга чақирсангиз албатта борар эдим.
    Сиз унутдингиз чоғи!!! Бухорода қийналиб карерангиз синиб қолишидан бироз олдин ўзингизга сир бўлган ишларни қилаётиб ўзингизга “тан” бериб юрардингизку?! Жа мазза эдику! Нима бўлди, оғайни? Керак бўлмай қолдингизми? Ёш бўлсангиз унда келажак олдинда, ёш бироз ўтиб қолган бўлса танаффус бўлган деб ҳисоблаб бошқа бир ишни давом эттириш мумкин эмасмикин?
    Агар билсангиз Сиз айтган ўша ҳокимнинг ўғли билан Тошкентдаги турк лицейида бирга таълим олганмиз. Яхши бола эди. Кейинчалик бошига қурт тушган бўлса ажабмас!!!

    Барчага раҳмат.

    Ҳурмат билан Мистер Қалампир.

  4. Hech narsa demayman
    uzoq xorij davlatida ekansiz-joningiz sog’ bo’lsin.
    Avvalo shuki sizning “pen name”ingizni tilga olishdan mapsad-Jahongir akaga savolimni to’g’ri tushuntirish edi
    Ana o’qib ko’ring.
    Men tojikman deyapsiz,sizlarni mamlakatingiz menga qizig’i yo’q demoqdasiz.Unda bu saytda nega izoh yozyapsiz??
    Yoki “Gap bo’lsa qop-qop ish bo’lsa Shvetsariyadan top”qabilida yuribsizmi?
    Bizning ota bobolarimiz bir daryodan suv ichgan tojik,o’zbekga esa bizni rus bosqinchilari ajratgan siz xuddi shu nuqtadan gapiryapsiz.
    QACHONKI MILLATLARIMIZ YAGONA JUG’ROFIY SIYOSIY MAKONDA EKANLIKLARINI HIS QILISHMAS EKAN,ULAR ORASIGA NIZO SOLISH-xamirdan qil sug’urgandek bo’ladi.
    Jahongir aka bunday holatga qanday fikr bildirasiz:nahotki shunchalar noahilmiz?

  5. Bir qancha vaqt izoh yoza olmaganim uchun uzr.
    Hurmatli Jahongir aka,
    Hurmatli Mister Qalampir(“buyuk ish”lar bilan tanishtirishni uni tahlil qilib ko’rishni taklif qilgandingiz.Men juda qisqa va umumiy bir narsalarni yozdim unga munosabatingizni ham o’qish davomida tanqiddan to’g’ri xulosa chiqarib,bosiqlik bilan yana izlanishni,o’rganishni davom ettiraman.
    Axir o’ylab ko’ring-a agar(maslahatona gaplar uchun) shunday yo’l tutmay bir-birimizga “psixologik hujum” boshlab yubosak,shu yerda asl tub mohiyatdan chekinib,dahanaki jang ko’chasiga kiramiz va tanqiddan to’g’ri xulosa chiqara olmaslik bugungi muxolifatimizni qay ahvolga solganini tushunib turibsiz albatta.Unda bizni “kechagi avlod”dan faqimiz qolmaydi.Qolaversa men tanqiddan to’g’ri xulosa chiqarishni Jahongir Muhammaddan o’rganganman.Amaliyot uchun,nazariya uchunmas,millat uchun, tor shaxsiy manfaat uchun emas,
    kurash uchun maddohlar safini to’ldirish uchun emas!

    Sizlar juda murakkab mavzuda fikr yuritibsizlar xo’sh inson o’zi nima?
    E.Remark asarlari shu mavzuni rangli bo’yoqlarda chizib bergan.NEGA yashayapmiz o’zi?
    -Bir kun kelib o’lishimiz uchun!
    -Hozirda yerni tepkilab yurganimiz uchun!
    Kimdir bu savollarga diniy kitoblardan javob qidiradi,kimdir ilm fanni qattiq tutadi,kimdir koinotni o’rganadi,
    darvoqe manashu cheksiz bo’shliqni bir nuqtasini olib to’g’riga qarab ketaversa-ketaversa nima bo’larkin-a? To’g’ri galaktikalar chiqadi, ularda yangi sistemalar chiqadi,lekin gap shundaki hech narsa yo’q joyda ham biron narsa bo’lishi kerak-ku axir!
    Inson nomukammal debsizlar balki manashu nomukammallik mukammallikning aynan o’zginasidir deb kishini javobsiz savollar domiga tortibsizlar.MURAKKABLIK!..
    “Quyosh go’ng tashlangan pastqamliklarga ham nur sochadi ammo bu bilan u bulg’anib qolmaydi”
    “Olamda hamma narsa alg’ov-dalg’ovday tuyulsada aslida unda yashirin tartib hukmron”
    Olam,undagi qonunlar MUKAMMAL yaratilgan balki bu gapim insonning nomukammalligi ramzidir?!
    Xulosa shuki inson o’zini o’rab turgan muhit(muhit deyapmiz aslida bu nisbiy tushuncha inson o’ziga nomalum narsalarga ma’lum nom qo’yib olganda!) haqida HECH NARSA BILMAYDI!
    Oradan yuz yillab vaqt o’tadi,zamonlar o’zgaradi o’shanda sizlar aytganday VATAN odamlar tortgan chiziqlar emas,tabiat yaratgan va “hech narsaga ilib qo’ygan” tabiiy chegara deb kurash boshlar? Bu endi “ijtimoiy fikr tarixidagi birinchi bo’ladi.Xuddi K.MARKS,F.Engels O’YLAB topgan yangi “nazariya” kabi.
    Darvoqe bu nazariyaning “nomukammalligini” “isbotlash” uchun 70 yildan ziyodroq vaqt kerak bo’ldi!!

  6. Bugun uxlay olganim yo’q. Kechasi bilan o’ylayverib asablarim chidash berish chegarasidan o’tdi.

    Mana men nima demoqchiman:
    (2006-yil savol-javoblaridan)
    “2.Bu saytdagi gapdagi gaplar shu yerda qolib ketmaydi.Ularni elektron maktublar,kitoblar holida tarqatish ishlari davom etmoqda.
    Bugun O’zb.da juda ko’p yoshlar bilan bevosita aloqa o’rnatganmiz va shuning uchun ham hukumat keyingi paytda bizning yo’limizni to’rish uchun yoshlarga yuz burgani haqida ilgari yozgan edim.
    3.Lider masalasiga kelsak… Biz ishni boshlaganimizdayoq liderlarni yetishtirish uchun yordam zaminini yaratamiz degan edik.Bugunga kelib tashkilotimizda juda qobiliyatli yuzlab yigitlarning nomlari bor.Ulardan ba’zilari Toshkentda viloyatlarda ish yuritmoqdalar. Mamlakatda qurultoy o’tkazish fursati paydo bo’ldi deguncha ular o’rtaga chiqadilar.Hozir esa biz ularni guldek paytida yovuz rejimning qo’liga qo’sh qo’llab topshirmaslik uchun ehtiyot qilib turibmiz.”
    Demoqchimanki modomiki manashunday guruhlar tuzish va demokratik harakatni targ’ib qilish xalqimizning “ko’zini moshday ochadigan”
    ishlar qilish bizning chekimizga tushgan ekan,nega bosh tortishimiz kerak?
    Axir biz XXI asr “jadidlarimiz”.
    Mana men “IAK” ni komputerdan chiqarib metroda tarqatishga ham roziman.
    Bir juda aqlli do’stim bor edi 4ta tilda bemalol gaplashar, imtihonda 36tani bemalol “urardi”. Ammo shu aqli bilan rejimni jon jahdi bilan himoya qilar edi.Men bilan 9 soat(!) tortishgan paytlari ham bo’lgan.
    Shunday holatda men unga ushbu saytning internet manzilini berdim.U endi o’zgardi.To’g’ri biroz “shok” holatiga ham tushdi endi esa har safar ko’rishganimizda sayt haqida to’lib-to’lib gapiradi.

  7. Mening oyim maktabda oddiy o’qituvchi edi. Otam ustachilik qilar edilar. men ularga yordam berish uchun o’qishga bormay mehnat qilgan paytlarim ko’p bo’lgan,lekin hech qachon ilmga,adabiyotga, tarixga,til o’rganishga bo’lgan qiziqishim zarracha bo’lsada kamaygan emas.
    Oilamizda 5 nafar farzand edik.Ukalarim uchun ham ishlardim.
    Otam va onam bizlarni halol bo’lishga,birovni haqqini yemaslikka o’rgatgandilar.
    Atrofimdagi adolatsizliklarga befarq qarab tura olmaganim meni jamiyatdan yiroqlashtirdi. Hatto Vatanimdan ham yiroqlashtirishiga sal qoldi.Ammo men shu xalqim uchun uni qanday yo’l bilan bo’lsada qorni to’q,usti but,qo’lida eng zamonaviy texnologiya bor millat qilish uchun kurashga kirdim.
    Men shunchaki bir-biridan go’zal singillarimni Dubay islovatxonasiga pullayotgan ….larni bitta qo’ymay qirib tashlamoqchiman,shunchaki farzandlarini boqa olmay o’z qo’llari bilan(!)(!)(!) bo’g’ib o’ldirgan,o’z Vatanini amal va pul uchun pullagan,qoloqlik,harbiy nochorlik kabi uzoq o’tmishimizdagi isnodli holatlar takrorlanmasin deyman!
    Oliy o’quv yurtiga kirishdagi nohaqliklarni esa menchalik baralla aytgan odam bo’lmasa kerak..HECH QACHON g’irrom o’yin o’ynamaganman bu ishda!
    Atrofimdagilar mendan doim shu ishlarim uchun norozi!
    Tug’ilgan yilim masalasiga kelsak:sakson oltimas bemalol to’qsonlardan gapiravering! Va aytgancha “uka” deb gapirishni ham unutmang.
    Maqol ham bor ediku-ya haligi:aql yoshdamas boshda deb!
    Kitob haqida..bu kitobni hali to’g’rilanadigan joylari bor lekin va’da-va’da.Albatta e’lon qilamiz.

Leave a comment