About

Bu saytga o’zbek tili, adabiyoti, jurnalistikasi va siyosatining rivojiga XX asr oxiri va XXI asr boshida ulkan hissa qo’shgan buyuk iste’dod sohibi Jahongir Mamatov (Jahongir Muhammad) ning asarlari jamlanmoqda.

Bu ishni biz – uning safdosh shogirdlari baholu qudrat amalga oshirmoqdamiz.

Jahongir Mamatov iste’dodini anglash uchun uning asarlarini mutolaa qilish zarur.

O’zbek adabiyotining keyingi 20 yillik darajasini ko’rish ucun Jahongir Mamatov asarlarini o’qib chiqish kerak.

O’zbek siyosatining mustaqillik e’lon qilingan davrdagi chalkashliklarini tushunib yetish uchun Jahongir Mamatovning asarlarini qarab chiqmoq lozim.

Yaqin tariximizni bilish uchun yana unga murojaat etmoq zarur.

Ana shu maqsadlardan kelib chiqib biz yoshlar bu saytni tashkil ettik.

Saytga Jahongir Mamatov asarlarini ham kiril, hamda lotin yozuvlarida yonma-yon joylashtirish bilan har ikki tarzda o’quvchilarga qulaylik yaratishni o’yladik va bu boradagi ishimiz davom etmoqda.

Kitoblarni ochganda biroz kutishingiz mumkin. Chunki butun kitob birdaniga ochiladi.

Hamma kitoblar UTF-8 fontida joylashtirilgan.

Asarlari va boshqa kerakli ma’lumotlarni bizga taqdim etgani, ushbu saytni ro’yxatdan o’tkazish va moliyalashni o’z bo’yniga olgani uchun ustoz Jahongir Mamatovga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.

Uning qolgan asarlarini ham Internetga ko’chirish niyatimiz bor.

Siz ham asarlar haqida ularning ostidagi joyga o’z fikrlaringizni yozib, bizning ishimizga qo’shilishingiz mumkin.

Bobur Xoliqnazarov.