Jahongir Mamatov: 2006-Savol-Javob

2006 yil kunlarining tarixi
Tarixni kunba kun, soatma soat yozib bormoq lozim. Aks taqdirda u tarix emas, xotiraga aylanadi.
Men zamondoshimning savollarga aylangan kunlarning (Oldingilari “ZEHNIYAT JUMBOG’I”, “SAROY SIRLARI”, “QATAG’ON” kitoblarida) tarixini imkonim qadar yozib borar ekanman, bu ishni siz uchun qildim.
Sizga qolgani uni o’qib, qatag’on kunlarining dahshatini anglashdir. Umid qilamanki, bunga qodirsiz, aziz nevaram!
Muallif.

Payg’ambarlar ham
oddiy odam bo’lishgan

17 Yanvar, 2006 yil

SAVOL: Bugungi hukumatdan ba’zi odamlarning xatlarini e’lon qilib turasiz. Ularning sizlar bilan aloqasida hech qanday mantiq ko’rmayapman. Nima sababdan ular sizlarga ishonishlari kerak?(Nozim).

JAVOB: Savolingizda, ruhingizda negadir jahl bor… Aks taqdirda oddiygina mantiqni ko’rgan bo’lardingiz. Hamma vaqt bir rejim ichidan norozilar chiqsa ular mazkur rejimning muxoliflari bilan birlashishga urinadilar. Buninng misoli tarixda ham ko’p va qolaversa mustaqillikning ilk yillarida ham buni yashaganmiz. Hatto mamlakatning eng teppasida turganlar ham muxolifatdan najot izlashgan. Nega ekanligi aniq. Ammo siz buni tushuna olmaganingiz uchun qisman izolash majburiyatidaman.

Karimov O’zbekistonni choh yoniga keltirib qo’ydi. Undan keyin keladigan rahbar payg’ambar bo’lsa ham (Payg’ambarlar ham oddiy odamlar bo’lishganini unutang!) Karimov buzgan aravani tuzata olmaydi. Karimov o’zidan keyin juda katta axlat uyumi qoldirmoqda va buni tozalash juda va juda qiyin kechadi. Kimki bu ishga bel bog’lasa otasiga rahmat, unga yordam berish kerak! Chunki butun xalq bir tan, bir jon bo’lmasa mamlaktni tozalash ham, qutqazish ham mumkin emas.

Hukumat ichidan chiqib Karimovni chetlatishgan, hatto Karimov o’zi bittasini tayinlagan taqdirda ham xalq ularga ishonmaydi va qo’llamaydi. Natijada ular Karimov uygan axlatning ostida qolib ketadilar. Xalqning ko’ziga ochiq yuz bilan qaraydigan va qo’rqmay gapira oladiganlar-bular Karimov zulmiga qarshi kurashib kelganlardir. Xalq faqat ularga ishonadi va ularga ergashadi, ular bilan birga qiyinchiliklarni yengishga kirishadi. Bu juda oddiy mantiq. Bugungi hukumat ichida Karimovga qarshi bo’lgan kuchlar shuni idrok etmoqdalar. Boshqa yo’l yo’q. Ular xorijdagi muxolifatning qaytishiga yo’l ochsalar o’zlarini ham qutqazishlarini tushunmoqdalar. Chunki ular “Bu axlat uyumini Karimov uygan edi” desalar xalq “Sizlar ham uning sherigi edinglar!” deyishi aniq. Mantiq shu.

Shu o’rinda prezident maslahatchilaridan biridan olingan iqror-maktubni keltirmoqchi edim. Garchi maktubni e’lon qilish uchun undan izn olgan bo’lsamda, baribir uning uslubidan kimligini bilib qolishlari mumkin deya erta-indin biroz o’zgartirib e’lon qilaman. Bu yerda esa shuni aytmoqchi edimki, xavfsizlik nuqtai nazaridan ko’pchilik bilmaydigan elektron adresim bor. Uni hukumatda ishlaydigan va Karimov rejimiga norozi bo’lgan bir yigit bilardi. Maslahatchi xatni mening ana shu adresimga yuborgan. Bu esa hukumatda norozilar birlashayotganlarini ko’rsatadi.

Hukumat ichida ham mamlakat botqoqqa botib ketganini tushunayotganlar borligi juda muhim voqeadir. Zotan bugun tanlov kuni. Kimlardir Karimov va Gulnorani tanlamoqdalar. Ular ota-qiz uygan axlatning ostida qolsihni ixtiyor qilganlardir. Kimlardir boshqa yo’llarni izlamoqdalar. Ular oddiy mantiqni anglaganlar yoki anglay boshlaganlardir. Siz ham tezroq anglab olib, yo’lingizni tanlashingiz kerak.

Bekorchining bekor, behalovatning bedor davri

29 Yanvar 2006

SAVOL: Hozir mamlakatdan tashqarida sizlar o’tkazayotgan bekorchi uchrashuvlar, majlislardan biror foyda chiqadimi? (Ma’rufjon).

JAVOB: Muxolifatning mamlakatdan tashqaridagi targ’ibot faoliyati Andijon voqealaridan keyin bitdi. Ya’ni dunyo Karimovni tanidi va uning rejimiga o’z bahosini berdi. Ayni paytda shu narsa ham aniq bo’ldiki, biror bir mamlakat borib Karimovni ag’darib bermaydi. Buning turli sabab va omillari bor va ular haqida ilgari gaplashgan edik.

Demak, bu rejimni o’zgartiradigan O’zbek xalqining o’zi. Muxolifat birinchi etapga nuqta qo’yib, ikkinchi etapga o’tishi kerak edi. Biz Demokratik O’zbekiston Kongressi shu bois ham faoliyatni xalqimizga tomon yo’naltirmoqdamiz.

Bizning oldimizga qo’yilgan birinchi maqsad har qanday sabab bilan Karimov rejimi ketgandan keyin mamlakatni qutqazib qolish masalasidir. Chunki bot-bot takrorlayotganimiz kabi bu rejimdan keyin O’zbekiston juda tahlikali davrga kiradi va agar oldini oladigan kuch chiqmasa xaritadan o’chib ketishi ham mumkin.

Bunga “samarqanliklar”, “farg’onaliklar”, “toshkenliklar”… deb zamin yaratib ham qo’yilgan. Bir tomon Qirg’izistonga, ikkinchisi Tojikistonga va yana bir qismi Qozog’istonga qo’shilib ketishi uchun bu rejimdan keyin chiqadigan ichki nizolar yetib ortadi. Demokratik O’zbekiston Kongressi barcha viloyatlarda shakllangan holda ana shu tahlika bilan yuzma-yuz kelinganda yosh avlodni uyushtirish yo’llari ustida ishlamoqda. Bu birinchi vazifamizdir.

Zotan Demokratik O’zbekiston Kongressi Karimovni ag’darib beramiz degan vazifani o’z gardaniga olgan emas, bu ishni chetdan turib qilib bo’lmasligini, kim-kim biz yaxshi bilamiz va buni doim ochiq aytib kelmoqdamiz. Biz o’zimiz chetda turib xalqni zulmning o’qiga ro’para qilish niyatidan yiroqmiz. Boshqacha aytganda, biz xalqni o’limga boshlash uchun emas, unga erkinlik yo’lini ko’rsatish uchun yo’lga chiqqanmiz. Agar ertaga Karimovni ag’daramiz deya va’da bersak, (garchi Karimov davri bitayotgan bo’lsada), bu popilistik va’da bo’lib qolishini bilamiz.

Ammo demokratiyani yoyish, O’zbekistonning kelajagini qo’lga olish, tubdan demokratik islohotlar o’tkazish uchun bugungi yoshlarni tayyorlab borish ishiga hissa qo’shishga va’da berganmiz. Shuning o’zi ham juda katta yuk. Agar bundan ortiq ish qila olsak, bu nur ustiga nur bo’ladi.

Ikkinchidan, faraz qiling, ertaga Karimov ketdi deylik. Siyosiy maydonga kim chiqadi? Uning davrida “yasalgan” qo’g’irchoq partiyalar. Ular demokratik muxolifatga yo’l beradilarmi? Yo’q. Har qanday vositalar bilan, hatto demokratiyani qo’llangan holda ham qarshilik qiladilar. O’zingizni o’zingizga uradilar. Xuddi Abdurahim Po’latovning Sanjar Umarov haqida yozganlarini ko’chirib olib, bugun quloch- quloch maqola yozib e’lon qilayotganlari kabi.

Ular darhol Karimovni qoralab, sizga esa “Marhamat, saylovga kiring!” deyishlari ham mumkin. Sakkiz kishi bilan saylovga kirib, bir foyiz ham ovoz ololmay chiqasizmi? Muhammad Solihni maydondan chiqarish uchun Abdurahim Po’latov yetib ortadi. Yoki aksi. Qolganlar esa demokratga aylangan boshqa bir partiyaning poyezdiga osiladilar va hokazo.

Bugun bekorchining bekor davri, ammo behalovatning bedor – tayyorgarlik davri: bu falon vioyatda majlis qildik deb sakkizta bechorani qamatishdan iborat bo’lmasligi kerak. Bu hali yo’q toyga nog’ora chalmasdan, hormay-tolmay qilinadigan ish. Buning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, nashriy va ommaviy ishlar bo’yicha zaminini hozirlash darkor.

Bugun agar bir so’m ortiqcha pulimiz bo’lsa, yoki bir joydan bir so’m topsak, ana shu ishga yo’naltirishimiz zarur. Biz o’z vazifamizni shunday tushunganimiz uchun chet elda hali u bilan uchrash va yoki hali bu bilan uchrashishlarga oshuvta emasmiz. Bugun chet elda siyosat katta bizness. Bir qancha mamlakatlarning O’zbekistonga deya ajratilgan pullari to’planib qolmoqda. Buni bilgan “lobbichilar” turli shaxslarni “bozorga solib” ana shu pullarni o’marmoqdalar. Bor gap shu. Bundan bozorga tushganlar ham xursand. Sho’rva ichib, hasib yeb, xursand bo’lib yuraveradilar. Bu ham bir uslub, bu ham bir hayot tarsi…

Endi bizning majlizlarimizga kelsak, ularni tor doirada o’zimizning kundalik ishlarimizni yuritish maqsadida o’tkazmoqdamiz. Bu majlislarda qatnashganlarning hayotlariga tahlika bo’lmagani uchun bu haqda yozmoqdamiz. Lekin buni ham kamaytiramiz. Chunki majlis degan gap odamlarga bekorchilik degan ma’noni anglatmoqda. Zotan sizning savolingiz ham bunga bir misoldir.

“Chetda turib bo’ysunmaslik oson!”

5 Fevral, 2005 yil

SAVOL: Bo’sunmaslik harakati haqida gapirmoqdasizlar, albatta, chetda turib bo’ysinmaslik oson, bu yerga kelib bo’ysunmaslikni boshlab ko’ringlar-chi?(Yigitali).

JAVOB: “Ozodlik” radiosining “Qurultoy” dasturida (22-01-2005) mazkur masalani muhokama etganimizda men bo’ysunmaslik harakati demokratiya uchun kurashning eng og’ir yo’li ekanligini va buni tashqaridan turib amalga oshirib bo’lmasligini aytgan edim. O’shanda quyidagi omilga diqqat tortgandim:

-asrlardir bizning xalqimiz bo’ysunishga o’rgatib kelingan;
-odamlarning boshiga teri kiygizilib, bu teri oftobda quritilgan holda ularni manqurtlashtirish yo’li bilan bo’ysundirilgan;
-podsholar zulm tig’i, zindon azobi bilan bo’ysunishga zo’rlaganlar;
-mullalar go’r azobi bilan qo’rqitib avomni hayyotning barcha qiyinchiliklariga, “Allohning yerdagi soyasi” deganlari – podsholarga bo’ysunishga o’rgatganlar;
-ota-onalar tilni tiyish, chidam va bardosh bilan yashash, o’zidan kattaning ko’ziga, ayniqsa, u rahbar bo’lsa, tik qaramaslikni aytaverib farzandlarini bo’ysunishga o’rgatganlar;
-ziyolilar “odod-axloq” deya aslida millatni bo’ysunishga chorlaganlar;
-bugun esa manqurtlashtirishning mafkuraviy yo’llari topilgan va yana xalq bo’ysunishga o’rgatilmoqda. Ya’ni bo’ysunishga o’rgatilgan xalqni yana ham tobelashtirish “kashf etilgan”.

Shunday paytda bu xalqning ichida turmay, chetda turib uni bo’ysunishga chorlash devorga ashula aytishdek gap. Shunga qaramay men bu harakatga ijobiy nazar bilan qarayapman, dedim. Nega? Ma’lumki, zulmga asoslangan rejimlarni o’zgartirishning ko’p yol’lari bor. Masalan:
1.Demokratik saylov orqali.
2. Iste’fo talabi bilan.
3.Urushlar oqibatida.
4.Saroy to’ntarishi natijasida.
5.Harbiy ton’tarish yo’li bilan.
6.Inqilob qilish tufayli.
7.Hokimiyatning vakuum holatiga tushishi bois va hokazo.
Nihoyat oxirgisi:
-Bo’sunmaslik harakati bilan…

Demak, O’zbekistonda oldingi yetita yo’lning birortasi uchun sharoit yo’q. Bu ham Karimovning ustamonligi. U hamma yo’llarini bekitib olgan. Muxolifatning chorasi qolmadi. Nima qilsin? To’nini yelkasiga tashlab maydondan chiqib ketsinmi? Menimcha, muxolifat orasida hamma ham bugun bo’ysunmaslik yo’li amalga oshmasligini biladi. Ammo bu kurashning bir yo’li sifatida O’zbekiston uchun juda kerak.

Birinchidan, asrlardir davom etib kelgan bo’ysunish illatini vujuddan yulib otish uchun bu bir boshlanishdir.

Ikkinchidan, Karimovni ag’darishga ulgurmasa ham undan keyin bu rejimni sindirish, umuman Sharqqa xos bo’lgan zulm rejimi yana o’rtaga chiqqanda xalq bo’lib unga qarshi tura olish uchun bu bir ibtido.

Uchinchidan, bu – millatga o’z noroziligini tinch yo’llar bilan ifoda etishga umumiy zamin yaratadi. Ya’ni bitun millat bir bo’lib, jipslashib bir ishni qilishni o’rgatadi.

Lekin bo’ysunmaslikning o’zi nima? Afsuski, xalqimiz hali buning o’zi nimaligini bilmaydi. Uni amalga oshirishning mexanizmlari qanday? Bizning sharotimiz nazarda tutilgan bunday mexanizmlar hali yaratilmagan. Demak, ishni ana shu nuqtadan boshlash kerak. Ya’ni bo’ysunmaslik nima ekanligini o’rgatish va bu harakatning mexanizmlarini tayyorlash. Bu esa tashqarida yoki ichkarida bo’lishga bog’liq emas. Bu hafsalaga, jon koyitishga bog’liq.

Jinnixonada haqiqat bormi?

11 Fevral, 2006

SAVOL: Assalomu alaykum Jahongir aka, haqiqat egiladi, bukiladi… sinadi, lekin yo’qolmaydi. Davom ettirishingiz mumkinmi? Hurmat bilan Javlon.

JAVOB: Bilasizmi, mana shu gapga ko’p ham ishonmayman. Ayniqsa, bizning Sharqda haqiqat istalgani qadar egiladi, sindiriladi, tovlanadi, yo’q qilinadi, oyoq osti etiladi va hokazo. Tarixan shunday bo’lib kelgan va shunday bo’lib qolmoqda. Bu zehniyatni buzishga uringanlarni haqiqatni oyoq osti qiluvchilar deya yomonotliqqa chiqarib kelishgan. Haqiqat ularga qo’shilib sinib ketgan, yo’qolib ketgan va biz tarix deb yolg’onlarga oshufta bo’lib yuribmiz.

Bilasizmi, xalqimiz, rostga shubha bilan qaraydi va yolg’onni indamaygina hazm qilib yuboradi. O’qimishlisi Xudoga bandamiz deb aytib, o’zi shohga qul bo’ladi. Shoiri darveshman deb saroy ostonasida gadoylik, tilanchilik bilan ovora. Jurnalisti mahalliychi, manfaatchi va yolg’onchilik qiladi. Bu ahvolda haqiqat qanday qilib sinmay qolishi mumkin?

Ozgina pul, mansab va’da qilgan odamni ko’klarga ko’taradi. Bugun pulim yo’q, beradigan mansab ham yoq’ deb ochiq aytgan odamdan yuz o’giradi. Birinchisining va’dalari yolg’onligini biladi, ammo quruq va’daga sotiladi. Ikkinchisining gaplari rostligini biladi, ammo shubhadan qutula olmaydi. Bu ahvolda haqiat qovjirab ketmaydimi?

Bilib turadi, Andijonda xalq otildi. Ammo rostga shubha bilan qarab, yol’gonga mahliyo bo’ladi. Bilib turibdi, shohi ham, muxolifi ham demokratiyani og’izda gapirib, amalda yakkahokim. Ammo yolg’onlarning etagiga osilaveradi. Bunday zaminda haqiqat qanday ko’karsin?

O’zi bir ish qilmaydi, ammo boshqada talab qilishga usta. O’zi qo’lini sovuq suvga urmaydi, lekin ish qilganni ko’rolmaydi, boy deydi, o’g’ri deydi, poraxo’r deydi, balo deydi, battar deydi. Orqasidan mazangi deb oldiga kelganda oyog’ini o’padi. Orqasidan tosh otib, oldiga kelganda davrasining to’rini beradi. Oqni oq, qorani qora deb ochiq ayta olmaydi. Bas shunday ekan, haqiqat chil-chil bo’lib qolavermaydimi?

Bilib turadi, minbarga chiqqan odam uni sotmoqda, ammo hokimiyatga kelib qolar deya unga tilining uchidagi savolini bermaydi. Bilib turibdi shohi qotil, ammo mening raqibim uning o’rniga kelib qolsa-chi degan o’y bilan qotilga oqlovchi bo’ladi. Bilib turibdi, millati va mamlakati sotib yuborilmoqda, ammo “menga nima?’ deya pinagini buzmaydi. Shunday ekan, o’rtada haqiqat qoladimi?

Pul bersangiz hukumatdan yuz burib, sizga ishlaydi, pul bermasangiz sizdan yuz burib sizga qarshi jabha olib, hukumatga yollanadi. Bu oddiy mardikorlik, qullik zehniyati. Bunday hoda haqiqat jon taslim qilishi turgan gap emasmi?

Maqtasangiz yoqasiz, maqtamasangiz dushmansiz. Hatto chittakday odam ham sizdan filday maqtov kutadi. Filday odamni chumolining chaqqaniday ham ta’sir qilmaydigan darajada tanqid qilsangiz, bas bir umrlik dushmansiz. Haqiqatni shunday sindirishadiki, tiklab bo’bsiz!

Hamma o’zini aqlli, boshqani axmoq deb biladigan kun bo’ldi. Bu esa jinnixona vaziyati. Shohi ham, do’xtiri ham, kasali ham bir-biridan farq qilmaydigan jinnixona vaziyati bu! Jinnixonada esa haqiqat yo’qoladi!

Bu tushkunlik, boriga baraka ham emas, aksincha bu haqiqatni o’lmaslikka, yo’qolmaslikka chorlashdir. Bunday kezda ovozingizni biroz balandlatmasangiz, haqiqat eshita olmaydi, chunki quloqlari bitgan-da!

Nega bir joyda depsinib turibmiz?

19 Fevral, 2006

SAVOL: Siyosatchi va lider ayni odammi yoki boshqa boshqa-boshqami, ularni qanday farqlab olish mumkin? (Miraziz).

JAVOB: Siyosatchi va lider mutloq boshqa-boshqa odamlardir. Ajratib olish uchun har ikkalasini ham ko’ra olish kerak. Bugun biz siyosatchilarni ko’rib turibmiz, ammo liderlarni ko’ra olmayapmiz. Nega?

Faraz qiling. Bur guruh odam yo’lga chiqqan. Uning oldida ikki kishi. Biri oldinga qaramoqda, ikkinchisi orqaga. Oldinga qaragani liderdir, ya’ni yo’lboshchi. U yo’lni biladi, o’zi qayerga borishini, odamlarni qayerga olib borishni biladi va amali bilan odamlarga yo’l ko’rsatmoqda, oldinga qarab ketmoqda.

Orqaga qaragan esa siyosatchidir. Unga kelajak tomon yo’l emas, toplanib turgan odamlar kerak, ularni aldashi, qo’llanishi, laqqilatishi va shu asnoda o’z ishini bitirishi lozim. Siyosatchining taqdiri, hayoti, iqtisodi shu odamlarga bog’liq. Ularning hisobiga yashaydi. Aks taqdirda ochdan o’ladi, nomi unut bo’ladi. U bundan juda qo’rqadi.

Siyosatchi shuhratga ishqiboz. Odamlar faqat uning nomini aytib qichqirishlarini istaydi. Shuning uchun ham ko’zi oldinda emas, orqada, odamlar adashib, boshqaning nomini aytib qo’ymasin deydi. Maydonni bir lahza tark etmagani ham ana shundan.

Siyosatchi yonidagi ikki uch malayi orqali maydondagi odamlarga tinmay o’zi madh etilgan yoki o’zigagina oid qog’ozlar, varaqalar, kitoblar tarqatadi. Odamlarni bir lahza ham erkin o’ylashga qo’ymaydi. Ularning atrofiga to’rt-beshta megafon qo’yadi va hammasida birdan uning nomi aytila boshlanadi. Odamlar butun dunyo shu nomni takrorlamoqda degan yolg’on hisga tobe bo’ladilar. Bu odamlarni manqurtlashtirishgina emas balki odamlarning ixtoyoriy manqurtlashuvi hamdir.

Agar odamlar oldinga qarab yura boshlasalar soyosatchi vaqtincha yo’l chetiga o’tadi, biror xavfsizroq, tepparoq joydan turib kuzatadi. Odamlar yana ham oldinga yursalar u ortda qoladi. Ba’zan esa odamlar orasidan chiqqan kimlardir uni qo’llana boshlaydilar. Unga sen buyuksan deydilar va bunga uning o’zi ham ishonib qoladi. Ammo uning ruhida biznesmenlik kuchli va yana butun haraktani biznesga aylantiradi. Zota siyosatchi uchun siosat biznesdir.

Chunki bunday siyosatchi xatarli vaziyatda odamlarni boshqara olmasligini biladi. O’zining yolg’onlariga ishongan bu odamlar boshqaning ham yo’lg’oniga ishonib, uni toptab ketishlari, toshbo’ron qilishlari mumkinligidan cho’chiydi. Shuning uchun ham odamlarni bir joyda tutib turishga, diqqatini o’ziga qaratib saqlashga intiladi.

Bu bilan u olomonga qo’shilmay o’tib ketayotganlar yoki olomonga yordam qo’lini cho’zayotganlarni ham chalg’itadi. Ular olomonning yetakachisi shu deb o’ylaydilar va oldinga o’tib ketayotgan odamni yoki olomon orasidan chiqayotgan liderni ko’rmay qoladilar. Butun yordamni siyosatchiga uzatadilar va ular ham yolg’onning qurboniga aylanadilar. Zotan bu siyotachi erishmoqchi bo’lgan asosiy maqsad..

Siyosatchi bir umr liderlarning yo’liga to’g’anoq bo’ladi. Birinchidan, odamlarni aldab turaverish bilan maydonni tark etmaydi. Ikkinchidan, odamlar orasidan chiqqan liderning tovushini bosib yuboradi va lider yurgan yo’lni bekitib oladi.

U tajribaga, mahoratga ega. U olomon yangilanib turishidan manfaatdor. Chunki odamlar safiga yangitdan qo’shilganlar uning gaplariga oshuvta bo’lib, oldinga o’tadilar, ilgaridan shu yerda turganlar esa ortga chiqib qoladilar. Yangi kelganlar siyosatchining qichqiriqlaridan ilhomlanadilar, uning gaplariga qo’shilib baqira boshlaydilar, uning nomini aytib hayqiradilar. Chunki olomonning orasida siyosatchi bilan birga bu ishdan non yeydigan odamlar ham bor. Baqirishni o’shalar boshlab beradilar. Olomon esa ularga jo’r bo’ladi. Shu zayl bir muddat ishonganlar va asta sekin ishonchini yo’qotganlar konveyr usulida almashib turaveradilar.

Aslida olomon orasida ham oldinga yurib, xavf ortirishni istamadiganlar, bir joyda turib tinchlikni istaydiganlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Siyosatchi buni biladi. Shu bois o’ziga kelgan yordamdan juda oz qismini o’shalarga uzatadi. Qolganlarga esa kattaroq va’da beradi. Agar uning nomini aytib baqiraversalar yana bir qism uzatishi mumkin. Lekin aksariyatini o’z qo’lida qoldiradi. Biznesmen o’z zarariga ishlamaydi-da!

Megafonchilarni saqlash,, varaqalarni nashr etish, kitoblarni chiqarish, oilasini tebratish, qarindosh urug’larini ta’minlash, davru davron surishning oz’i bo’ladimi?

Odatda siyosatchi ishlamaslikni, olomonni aldab yashashni ixtiyor qiladilar. Lider esa olomonga bog’lanib qolishni istamaydi, mustaqil bo’lishni xoxlaydi. Liderning ortidan ketayotganlarning ba’zilari unga yeta olmay hansirab qoladilar va ortga qaytib siyosatchiga qo’shiladilar, uning nomini aytib baqiradilar va halovatlarini topgandek bo’ladilar. Ammo oxir oqibatda aldanib qoladilar.

Aslida esa ular aldanishni istaganlardir. Odamzot murakkab. Uning bir qismi oldinga yugurishdan ko’ra bir joyda turib, aldanib, qo’llanilib, qul bo’lib yashashni afzal ko’radi. Shu bois ham ular ko’pincha avom olomondan uzoqlashib oldinga ketib qolgan liderni ko’ra olmaydilar.
Shu bois ham ular lidersiz qoladilar.
Shu bois ham dunyoda liderlar sanoqli ammo siyosatchilarning son sanog’i yo’q.
Shu bois ham bugun O’zbekning siyosatchisi ko’p, ammo lideri yo’q!

Siyosatchi va liderni ajratib ololmagan xalq hech qachon oldinga yura olmaydi, bir joyda depsinib turaveradi. Xuddi 15 yildan beri depsinib turgan O’zbek kabi! Xuddi hali yana siyosatchiga og’zi ochilib, oldinga yurishni istamayotgan, va hali yana depsinib turishdan qoniqayotgan O’zbek kabi!

“Ozodlik” hech kimning
onasining mahriga tushgan emas!
20 Fevral, 2006

SAVOL: Demokratik O’zbekiston Kongressining saytida “Ozodlik” radiosining “Qurultoy” dasturi yopilishi mumkinligi haqida gap borgandi. Mana bugun eshitdim, yopilmabdi, ammo siz chiqmadingiz. Balki tanqid uchun ta’qibga uchradingizmi deb ham o’yladim. Shunga javob bersangiz.( Gh’ayrat).

JAVOB: DO’K saytida o’quvchilarning fikrlari berilmoqda. Men hali o’z fikrimni yozganim yo’q. Bugun erta balki yozarman. Gap shundaki tashkilotimiz ro’yxatdan o’tishida biz oldimizga qo’ygan juda ko’p vazifalardan biri xorijiy radiolar dasturlarini monitoring qilib borish ekanligini ham bildirgan edik va bu saytimizda ham yozib qo’yilgan. Demak bu muhokamalar tashkilotimizning vazifalaridan birining bajarilish jarayonidir.

Ma’lumki, AQShda soliq to’lovchilarga hisobot berib turiladi. Yilda bir marta uyga yuboriladigan hisobotda soliqlar qayerga ketgani izohlab beriladi va ana shu hujjatga qo’shib yuboriladigan kichik bir varaqada “Qonunlar sizga o’z soliqlaringiz qayerga sarflanishini nazorat qilib turish haqqini bergan, bu haqni unutmang” deb yozib qo’yiladi. “Amerika ovozi” va “Ozodlik” soliq to’lovchilarning puliga ishlaydi va demokratiyani targ’ib qilishi kerak. Agar bizning pulimiz diktatorga xizmat qila boshlasa va indamay tursak o’sha diktatorning quliga aylanamiz. Agar fikrimizni aytib tursak radioga yordam bergan bo’lamiz.

Qolaversa, birovning nuqsini ko’rib aytmaslik unga dushmanlikdir. Birovning nuqsini ko’rib uni ochiq aytish esa unga do’stlikdir. Lekin o’sha birov buni teskari tushunsa demak nuqs uning fitratida bor. DO’K a’zolari “Ozodlik”ni tanqid qilayotganlari yo’q, balki o’z fikrlarini aytib, uni qo’llab unga yordam bermoqdalar va biz ularning bunday jonkuyarliklarini qadrlaymiz.

Endi “Qurultoy” masalasiga kesak, mening O’zbek xizmatining oldingi direktori Adolat Najimovaga murojaatlarim, demokratiyani yoyishni jonlantirish bo’yicha takliflarim natijasida shunday bir dastur tug’ilgandi. Uning olib boruvchisi Abdulla Iskandar har bir dasturda qayd etganidek men doimiy qatnashchi edim va orada qanday mavzularni tortishish haqida ham fikrlarimni yo’llab turar edim.

Oxirgi muhokamadan oldin ham xat yo’llab, karikaturalar masalasini muhokaa qilish va buning ahamiyati haqida yozgandim. Taklifim qabul bo’lib, o’zim chiqmaganim tabiiyki menga bog’liq emas. Abdulla Iskandar ham “Nima bo’ldi?” degan xatimga javoban telefon qilib, bu masala o’ziga bog’liq emasligini bildirdi.

Men “Ozodlik” hech kimning onasining mahriga tushgan emas, degan fikrdaman. Mening ham doim chiqib turishim shart degan qoida yo’q, Ammo men chiqib turishni istasam buni ta’qiqlaydigan qonun ham yo’q, aksinch bunga yo’l ochadigan qonunlar bor. Shunday ekan, aytadigan gaplarim bo’lsa radioda chiqib turish bu mening qoniniy haqqim. Meni bu haqdan mahrum qilishni istagan odamlar esa Karimovning “dum”lari yoki demokratiyani o’rgana olmay, demokratiyaga moslasha olmay qotib qolgan bechora bandalardir. Undaylar 15 yildan beri tish ko’rsatadilar va bundan keyin ham ko’rsataveradilar. Bu qadar!

Vatanparvarlikning
narxi bo’lmaydi

23 Fevral, 2006

SAVOL: Fidoyilik, vatanparvarlik degan gaplar tarixda qoldi. Pul bo’lsa muxolifat bo’ladi. Pul bersangiz inson huquqlari tashkilotlari sizni himoya qiladi. Pul bo’lsa inson huquqlari tashkilotlari yoki muxolifat rahbarlari sizga siyosiy boshpana olib berish uchun yeng shimaradilar. Pulingiz bo’lsa muxolifatga qarshi kurashib kelgan bo’lsangiz ham birdaniga haqiqiy muxolifatchiga, hatto qaysi bitta partiyaning Markaziy kengashi a’zosiga aylanasiz.

Kim bilan gapni boshlamang, ijaraga falon ming to’layapman, Internetga kirish uchun mana buncha pul kerak, xullas, “oz-moz” xarajatlar uchun bir narsa cho’zish haqida ochiq gapiradi. Agar bularning hammasi qancha bo’ladi desangiz kamida bir yuz ellik dollar deydi.

Bugun O’zbekistonda kim ana shunday pul topib bera olsa o’sha muxolifat bo’la oladi. Kelajakda ba’zi diniy guruhlar odamlarimizni ana shu tomondan qo’lga olib demokratiya kelgan taqdirda ham uni ag’darib tashlashlari mumkin. Falastinda nima bo’lganini ko’rib turibsiz. 15 yil oldin bizda bunday narsa yo’q edi. Odamlar vatan uchun, xalq uchun deb kurashar edilar. Bugun esa pul uchun kurash boshlangan.

Mana bitta misol keltiraman. Sanjar Umarov va Nodira Hidoyatovaning sudiga borganimda “qo’llab-quvvatlash guruhi a’zolari uchun” deb ikki ming so’mdan har bir sudga borganlarga Yelena Urlayeva orqali berishdi. 1000 so’m yo’lkiraga va 1000 so’m obed uchun berishdi. Bu pullarni Nigora Hidoyatova ajratgan bo’lsa kerak.

Menga sakkiz kun sudga borganimda ja’mi 15 ming so’m berishdi, bir kun sud raisi kasalligi tufayli qoldirilgandi, o’sha kun uchun 1000 so’mdan berishgandi.

Ana shularni ko’rib hamma narsadan ko’nglim aynab ketdi. Tashlab uzoqlarga ketgim keldi. Butun dunyoga tanilgan bir huquq himoyachisiga bu haqda aytsam, ozgina xarajatlari bor deb aytdi. Balki menga Demokratik O’zbekiston Kongressi yordam berishi mumkinmi?
Fermer Rajabboy.

JAVOB: O’zini shartli ravishda fermer Rajabboy deb nomlagan bu kishiga bizning javob shunday:

Demokratik O’zbekiston Kongressi o’z nizomiga ko’ra faqat tashkilotga rasman a’zo bo’lgan, uning faoliyatida ochiq qatnashgan, haqiqatdan ham rejimga muxolifligi bilan tanilgan va rostdan ham quvg’inga uchragan, hayoti tahlika ostida qolgan kishilargagina siyosiy boshpana olishi uchun tavsiyanoma berishi mumkin. Buning uchun tashkilot a’zolaridan kamida uch kishining tavsiyasi zarur.

Biz bu masalani tashkilot a’zolari orasida muhokama etib, ana shunday qaror olganmiz. Chunki haqiqatdan ham muxolifatni biznesga aylantirib yuborganlarning hidi butun dunyoga tarqalib bo’ldi.

Sizning nomingizni birinchi marta eshitayotganimiz uchun bizni ma’ruz tutasiz. Biz pul uchun ishlaydiganlar tashkilot emas, biz xarajatlar uchun boshqaruv a’zolari o’z yonidan xayriya sifatida pul berib, demokratiya uchun kurashayotganlar tashkilotimiz. Mana katta harflar bilan yozaman: BIZ HALIGA QADAR BIROR TASHKILOTDAN YOKI BIROR SHAXSDAN BIR TIYIN PUL OLGANIMIZ YO’Q! Buni boshqalar ham yozib ko’rishsin-chi! Siyosiy boshpana olish uchun tavsiyanoma bersak, shaffoflik nuqtai nazaridan boshpana olib, tahlikadan qutulgandan keyin, qonuniy maxfiylik davri (11 oy) bitgandan so’ng ularning nomlarini ham e’lon qilamiz. Agar kelgusida biror bir tashkilotdan grant olsak qayerga sarflaganimizni ham ochiq e’lon etamiz. Menimcha, barcha muxolifat tashkilortlari haqiqatdan ham ifloslik botqog’iga botmagan bo’lsalar ana shunday yo’l tutishlari kerak.

Sizga maslahatimiz o’z nomingizni yashirmang va ochiq kurashib, muxolif sifatida o’zingizni ko’rsating! Eng kamida bilganlaringizni yozib rejimning basharasini fosh eting. Bugun tashqarida yurib, tahlikadan uzoq bo’lgan “muxolifatchilar” nomlarini yashirib turgan bir paytda bu gapim balki sizga og’ir botar. Ammo na chora!

Nomini yashirib, panadan turib kurashmoqchi bo’lgan soxta muxolifatchilar, manfaatchi “adolatparvar”lar, haqni yashirgan “haqgo’y”lar armiyasini tark eting! Tog’ri yo’l shu!

Vatanparvarlikning narxi bo’lmaydi. Agar siz bu Vatan va bu muillat uchun joningizni tikkan bo’lsangiz, pulning ahamiyati yo’q ekanligini darhol anglaysiz. Afsuski bu tuyg’u juda kam odamlarga nasib etgan. Shu bois ham bu tuyg’u bilan yashagan odamlarni ko’pchilik tushuna olmaydi.

25 Fevral, 2006

Xorazm-Qoraqalpoq mintaqasi
“yoshulli”ni bezovta qilmoqda

SAVOL: Sharifxo’jayevni Senat raisligidan olgan Karimov uning o’rniga Sobirovni tayinlashida biror maqsad bormi?(Vohid).

JAVOB: Siz “olgan”, “tayinlagan” degan so’zlarni juda o’rinli ishlatgansiz. Ko’rinishda Karimov Murod Sharifxo’jaevning iste’fosini qabul qilishni Senatdan so’ragan bo’lsada aslida unga qadar uni bo’shatib qo’ygandi. Elgizar Sobirovni ham Senat majlisidan ikki kun oldin tayinlab ulgurgandi. Qolgani xojako’rsinga.

Karimov tayinlash paytida “ustozim” degani Sharifxo’jayevni endi “keksayib, ishga yaramay qoldi” deb bo’shatdi. Agar keksayib qolish asos bo’ladigan bo’lsa uning o’zi nega taxtdan tishmayapti degan haqli savol tug’iladi. Javob shuki, uni ishdan oladigan yoq. Topilib qolar!

Savolingizda jon bor. Oliy Majlisdagi manbaga ko’ra, Karimov Xorazm-Qoraqalpoq mintaqasida vujudga kelgan kuchli norozilikdan bezovta. Ayniqsa, O’zbekiston Kreml bilan yaqinlashgandan beri Putinning nomiga bu mintaqadan shikoyatlar to’lib-toshib ketgan. Ularda O’zbekistondan ajralish, Rossiyaga qo’shilish, mustaqil bo’lish kabi masalalarda ochiq-oydin gap borgan. Kreml ularni “ko’rib chiqish” uchun Karimovga yubormoqda va Karimov Oliy Majlisga yubormoqda ekan. Samarqandlik Bahodir Matlyubov Ichki Ishlar vaziri etib tayinlangandan beri bu mintaqada nafaqat oddiy odamlar orasida, balki rejim kadrlari orasida ham noroziliklar paydo bo’lgan. Amudaryoda suv muzlashi natijasida paydo bo’lgan toshqin tahlikasi, Orol bo’yidagi vaziyat ham jiddiy.

Vujudga kelgan ahvol haqida kuchishlatar idoralari ham Karimovga maxsus hisobot taqdim etganlarini aytadi manba. Karimov “tozalash” o’tkazishdan oldin o’zining bu mintaqaga xusumati yo’qligini ko’rsatmoqchiga o’xshaydi.

Karimov bitta o’q bilan ikki quyonni urishga o’rganib qolgan. Shu bilan Dumadan hay’at kelgan kunlari “gripp” bo’lib qolgan Sharifxo’jaevdan ham qutulgan bo’ldi.

Ma’lumki, Sovet davrida kadrlarni mintaqalarga qarab tanlashar va shu zayl “balans” saqlayapmiz degan xulosaga kelishardi. “Kadrlarni tanlash va joylashtrish” degan siyosiy xaritada O’zbekiston to’rtga bo’lingan va quyidagicha nomlangan:

1.“Zarafshon” (Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo)
2.“Farg’ona” (Farg’ona, Namangan, Andijon)
3.“Toshkent” (Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo)
4.“Xorazm” (Xorazm, Qoraqalpog’iston)

Birinchilik va ikkinchilik “Zarafshon” hamda “Farg’ona” orasida almashib turardi. Uchinchilikni “Toshkent”ga berishardi va to’rtinchi darajadagi lavozim “Xorazmga” qolardi.

Elgizar Sobirov Xorazmning Qo’shko’pir tumanidan. U Mudofaa qo’mitasida ishlar ekan, Karimovni “yoshulli” deb murojaat qilishi bilan ajralib turgan va “o’zini “yoshulli” deb chaqirishidan Karimov mamnuniyat his etar ekan. Uni Rossiya harbiylari bilan yaqin aloqada ekanligi va Xorazmda yog’och mafiyasining yetakchisi degan gaplar ham bor. Nima bo’lganda ham Sobirovni nomi ulug’, suprasi quruq joyga tayinlash bilan Karimov xorazmliklar va Qoraqalpog’iston ahlini yana bir bor laqqillatmoqchi ko’rinadi.

Oliy Majlisdagi manba bu gaplar “programma minumim, programma maksimum esa Karimov Sobirovni saylovdan oldin Xorazmga hokim etib tayinlash uchun tayyorlamoqda” deydi.

“Qasosim bor tasodiflarda!”

2 – Mart, 2006 yil

SAVOL: Hech e’tibor berganmisiz Husayin Boyqaro, Alisher Navoiy va Islom Karimov, Abdulla Oripovlar orasidagi bog’lanishga. Husayin Boyqaro 1438 yilda va Alisher Navoiy 1441 yilda tu’gilgan. Islom Karimov 1938 yilda va Abdulla Oripov 1941 yilda tug’ilgan. Husain Boyqaro va Alisher Navoiy zamondosh va ayni saroyda faoliyat ko’rsatishgan. Islom Karimov va Abdulla Oripovlar ham ayni saroyda. Oradan 500 yil o’tib ayni Turon o’lkasida zulmkor podsho va maddoh shoir ayni saroyda paydo bo’lishibdi. Bu shunchaki tasodifmikin? (Javlon ).

JAVOB: Dunyoda tasodiflar ko’p. Ammo bu tasodiflarni izohlab beradigan ilm yo’q. Kimdir tasodiflarni Xudoga bog’lab qo’yib, oson yo’lini topadi. Yana kimdir tasodiflar bejiz emasligini ta’kidlab sizni o’yga toldiradi. Qaysi bir shoir “Qasosim bor tasodiflarda” deb she’r ham yozgan edi.

Ma’lumki, biz tariximiz deb atayotgan tarix uch marta ishlovdan o’tgan.

Avval zolim hukmdorlar tarafdidan yozdirilgan. Ularga yoqqani bot-bot ko’chirtirilgan, kitob holida qoldirilgan. Bugungilar ko’ziga surtib yuribdi. Yoqmagani yo’qolib ketgan. Bugungilar bexabar.

Keyin ruslar tomonidan yozildi. Ularga yoqqani, xizmat qiladigani qayta – qayta chop etildi, yoqmagani o’zgartirildi va boshqa tus berildi.

Mustaqillikdan so’ng tariximz bitta odamning avzoyiga qarab yozilmoqda. Unga yoqsa nashr etiladi, o’qitiladi. Unga yoqmasa qatag’on.

Bu uch omil menga tariximizga mutloq ishonmaslikka asos beradi. Tarixga ishonmasdan ham yashash mumkinmi deyishingiz mumkin. Ba’zi odamlar Xudoga ishonmay yashashmoqda. Buning oldida tarixga ishonmaslik gunoh emas. Ayniqsa, u soxta tarix bo’lsa.

Shu nuqtai nazardan Alisher Navoiy va Abdulla Oripovni yonma-yon qo’yganingizga hayron bo’lmayman. Chunki Alisher Navoiy paytida ham undan kuchliroq yozadigan o’sha davrning Yusuf Jumalari bo’lgan ersa ne ajab?! Lekin biz bexabar! Ajabmas ming yildan keyin Abdulla Oripov ham keyin millatning bobokaloni, Alisher Navoiysiga aylanaman deb xayol qilib yurgan bo’lsa?1 Chunki bugunning o’zida uni “bobokalon” deganlar ham yo’q emas.

Lekin bugun tarix shohlarning hukmi yuradigan hududlardan tashqarida ham yozilmoqda. Bugun tarix shohdan oltin tanga kutgan muarrixlar va xattotlargagina bog’lanib qolmagan. Farq ana shunda.

Husyan Boyqaro shoir bo’lgan, shoirdan zolim chiqmaydi deydilar. Zolimlardan shoir chiqqanini, shoirlardan zolim chiqqanini bugun ko’rib turibmiz. Chunki bu Internet degani butun dunyoni bitta quttiga soldi. Ana shu quttida hamma narsani ko’rish mumkin. Faqat ko’ra olish qobiliyatini topsak, bas!

Xullas, Husayn Boyqarodan Isom Karimovga qadar zulmat ichidamiz. Ammo zulmatning pardasi yirtildi. Endi bir amallab sochimizdan tirnog’imizga qadar o’ralgan o’rgimchak to’ridan qutulsak, balki o’shanda tasodiflarning sirini topmoq imkoni tug’ilar?!

Dunyo tasodiflar girdobida. Mustaqillik uchun kurashganlar zindonband, darbadar, mustaqillikka qarshi bo’lganlar esa qahramon, sohibi zamon bo’lgani kabi. “Qasosim bor tasodiflarda!”.

3 – Mart, 2006 yil

“Assassin” nishonga urdi

SAVOL: Keyingi kunlarda sizning va Demokratik O’zbekiston Kongressining elektron adresslaridan “spam” shaklidagi xatlar olmoqdaman. Buning sababi nima? Xakerlarning ishimi bu? Yoki O’zbekiston hukumatiga ishlayotganlarning hunarlarimi? Balki sizlarga xat yozmasligimiz uchun shunday qilishmoqdami? Nima deb o’ylaysiz? (Alisher).

JAVOB: DO’Kning saytida “Assassin” romanining 7 bobi e’lon qilingandan buyon Karimovning itlari, Gulnoraning bitlari, ularga qulbachchalik qilayotgan harom qillar tomonidan elektron pochtalarimiz tinimsiz hujumga uchramoqda. Ular go’yo o’zlarini texnologiya asrining bilimdoni qilib ko’rsatib, aslida axmoqlarcha harakat bilan bizning va bir qator muxolifat adreslarini qo’llanib o’zimizga va boshqalarga ham minglarcha xat yo’llamoqdalar. Essiz vaqt, essiz pul..

Inson tuban ketganda nima qilayotganini bilmay qoladi. Bular ham shunday.

Ammo bu bizga yanada kuch bag’ishlashini esa xayollariga ham keltirmagan bo’lsalar kerak. Chunki ular o’zlari bilmagan holda bizning nishonga urayotganimiz va so’zimiz nishonning bag’rini tilim-tilim qilayotganini shu yo’l bilan bildirib qo’ymoqdalar. Holingizga maymun yig’lasin, bechoralar!

“Assassin”ning oldingi 6-bobi e’lon qilingandan keyin Devondagi tanishim mazkur bobning hukumat idoralarida shov-shuvga sabab bo’lganini yozgan edi.

.org-ning statistikasiga ko’ra, “Assassin”ning 7-bobi e’lon qilingan kun 1256 kishi saytni ko’rgan bo’lsa, ertasiga bu raqam 1792 ga chiqqan, undan keyingi kun 2435 ga ko’tarilgan. Saytga o’sha kun O’zbekistondan 1617 marta kirilgan. Endi tasavvur qiling: sayt O’zbekistonda ommaviy joylarda ochilmaydigan qilib qo’yilgan. Ba’zilar juda qiyinchilik bilan ochishadi. Demak, Devondagi manbaning gapi to’g’ri. MXX, IIV va hukumatning Internetga kirish cheklanmagan boshqa tizimlarida “Assassin” shov-shuvga sabab bo’lmoqda.

DO’K yoshlar bilan ishlashni boshlagandan keyin hukumat yoshlarga e’tibor qilib qoldi. Yangi tashkilotlar, yangi saytlar tashkil etib, yoshlarning maktublarini chop eta boshladi. Ularning savollariga javob berish kabi “Savol-Javob” bo’limlari yaratishdi. Demak, ishlarimiz bekorga emas, yozganlarimizni hali ham “Katta”ning o’zlari kuzatayotganlari sezilib turibdi. Chunki u kishining buyrug’i bo’lmasdan yangilikka qo’l urilmaydi-da!

“Assassin”ning 7-bobidan esa ul zotning jahllari chiqqan ko’rinadi-ki, itu bitlarini ishga soldilar. Ularga azaldan u kishining itu biti bo’lishni orzu qilib yurgan alamzadalar ham qo’shildilar.

Nima bo’lganda ham ruhimiz yengil tortib, mamnun bo’ldik. Ha, so’zimizdan talvasaga tushganlarni ko’rib turish ham bir baxt! Badiiy asarining kuchini ko’rib turish ijodkorga qanchalik halovat baxsh etishini tasavvur qilishingiz qiyin emas!

Bizning elektron adeslarimizni qo’llanib sizga ham maktublar borganidan xursand bo’ling, chunki siz ham savollaringiz bilan nishonga urmoqdasiz va urto’qmoq zarbidan qurt-qumursqaga aylanganlar shu yo’l bilan chaqib olamiz deb o’ylashmoqda.

Xato qiladilar, ular chaqishni ham bilishmaydi, chunki ular bichilgan qurt-qumursqalardir. Ularning va “spam”larining o’rni axlatxona!

Dildagi
vulqonning tafti

5 Mart, 2006 yil

SAVOL: Siz bilan g’oyibdan bo’lsa-da diydorlashib turganimdan xursandman. Avvaliga juda uzoq o’yladim. Mening yoshimda, mening jinsimda, umuman men siyosatga bu qadar sho’ng’ishimga, sizga makub yo’llashimga nahot shunchalar ehtiyojmand bo’lsam? Arzimagan umrim davomida faqat va faqat bir narsani orzu qildim, maqsad deb bildim: Men bu dunyoda hech bir maqsadsiz va hech bir ishsiz o’tib ketadigan insonlar sirasiga kirishni istamayman, hech bo’lmasa o’limimdan so’ng meni inson qilgan(Olloh o’zi shunga yetkazsin)xalqim eslab qolishi kerak!

Bilaman, gaplarim biroz g’aliz va yoki baland parvoz tuyulishi mumkin. Biroq bundan uyalmayman! Sababi, men shuni xohlayman. Deyarli har Internetga tashrifimda bu saytga kiraman va dilimni og’ir yuk, g’ijimlik bilan tark etaman.

Nahot hayot shunchalar yolg’on, shunchalar chirkin bo’lsa? Nahot inson o’zi istaganidek, halol, pok va vijdon bilan yashab o’tishi shunchalar qiyin bo’lsa? Nahot ota degan nomi bo’lgan – xalq o’zining “farzand(lar)”idan kaltak yesa, biroq uni bartaraf qilish, unga bir so’z aytishga yoki oq qilishga-da majol topolmasa?

Erta 5 dan kunni boshlab, ketmonini ko’tarib, beli mayishib, saratonda 40-ga chiqqan dalada qo’lining qadog’i, umrining adog’i bo’lgan mehnat, mehnat va yana mehnat qilsa-yu, ko’nglini ko’targulik, hayotini yaxshilagulik biror ro’shnolik ko’rmasa? Qani haqiqat? Qani adolat? Dilim achishadi…Yuragim og’riydi…

Bir vaqtlar shaxsan “Katta”ning o’ziga qarsaklarga to’lgan maktub yo’llash urf bo’lib ketgandi. Deyarli har hafta Tvda yosh yigit-qizlarni xat yozgani uchun uylariga kelib, sovg’a tarqatib, yana buni matbuotda, Tvda e’lon qilishgan edi. O’shanda onajonim meni ham yozishga undagandilar. Lekin yozmaganman! Nima uchunligini aytaymi? Agar men xat yozsam, meniyam uyimga kelib taqdirlashadi, “mening bobojonim” esa meni sovg’a dardida, mashhurlik dardida xat yozgan deb o’ylaydilar degan andishada yozmagandim.

Qarang-a, qanchalik soflik, vijdonim, o’y-u fikrlarimning bolalarcha andishasi. Lekin qani endi bu soflik? Menga hozir buni kim qaytarib beradi? Agar o’sha paytda yana 2 yildan keyin mening farishtam – iblis deb aytishimni bilganimda osib yuborsalar ham ishonolmasdim. Qachonlardir menga seni bu gaplaring uchun otishadi deyishgandi. Endi bunga shubha ham qilmay qoldim. Lekin ungacha hali yashayman, to umrim borki, haqiqat uchun tikaman, holanki, buni hozirgi zamonamiz aqllilari foydasiz deb bilsalar-da.

Bilaman, haqiqat, adolat uchun hech bir kurash izsiz ketmagay, bir-birini zanjirday tortadi, aqalli o’ndan biriga bo’lsa-da, erishiladi. Axir siz ham shuncha ishda ham umidni uzganingiz yo’q-ku! Kurasgda davom etayapsiz-ku!

Ha, juda ko’p vatandoshlarimning chetda turib sayrashadi, degan gaplarini eshitaman. Maning uchun buning ahamiyati yo’q. Gap qayerda, qay holatda aytilganida emas, gap nimaning aytilganida! Juda ko’p tengdoshlarim ikki yo’l orasida, sarosar, nimaga ishonishni bilmaydilar. Siz aytgan faktlarni o’qib, hayotga solishtirib, uning isbotini topib turib va yana bu yerdagi tinimsiz bir xilda chalinadigan, me’daga tekkan, biroq quloq o’rgangan kuyga muxlis bo’lishga majbur bo’ladilar.

Sizga bir savolim bor: Qilayotgan ishlaringiz, so’zlaringiz, umuman hayotingiz besamar ketmaganiga qay darajada ishonasiz? (A.Salih).

JAVOB: Avvalo yurak tubidan quyilgan maktubingiz uchun rahmat. Dildagini satrlarga bunday dard bilan to’kish hammaga ham nasib etmaydi. Sizda shunday qobiliyat bor ekan, buni ishga solishingiz va so’zingiz bilan kurashga kirishmog’ingiz kerak. Bugun bunga ehtiyoj katta.

Chunki butun bir mamlakatning qudrati ana shu kurashning qarshi jabhasida. Siz ta’kidlagan kabi Tvlardan ro’znomalarga, Internetdan mahalla majlislariga qadar hamma joyda so’z jangi bormoqda.

Qurol vujudni chil-parchin qilib yuborishi mumkin. Lekin kuchi dillarga, shuurlarga, avlodlarga, asrlardan asrlarga yeta olmaydi. Bunga faqat so’z musharraf. So’z bo’lganda ham dildan quyilgan, shuurdan to’kilgan, asrlardan asrlarga o’lmasdan kelgan haq so’z bo’lishi kerak.

Biz kurashning ana shu jabhasida bo’lganimiz uchun ham baxtiyormiz va hamda mas’uliyatlimiz. Baxtiyormiz shuning uchunki, umrimiz zoye ketmayotir. Buni ko’rib turibmiz va bu cheksiz baxt. Mas’ulmiz shuning uchunki, ana shu baxt qarzini qaytarmog’imiz kerak. Bu esa bizdan har lahza, har daqiqani ishga solishni talab qiladi.

Bilaman, tavakkal qilib, bir nom tanlab shu bilan maktubingizga imzo chekkansiz. Kelajakda sizning o’z nomingiz bilan yozishingizga ham ishonaman. Chunki dilingizda dardning vulqoni bor. Bu vulqon sizga tinchlik bermaydi. Agar uning taftini chiqarmasangiz portlab ketadi, yondirib yuboradi. Satrlar bilan chiqsa orom topasiz, taskin topasiz, yuragingiz olov tog’idan orom gulshaniga inadi.

Bu kurash maydoniga xush kelibsiz! Hozirdan ishonch bilan ayta olamanki, sizning ham hayotingiz besamar ketmaydi. Bunga o’sha yurakdagi dard yo’l bermaydi.

Bu dunyoda agar bir kishining diliga zarradek yog’du yetkaza olsangiz, demak umringiz besamar o’tmayotir.

Aldamay turish ham yordam
7 Mart, 2006 yil

SAVOL: Meni to’g’ri tushuning. Sizdan bir narsani so’ramoqchiman. Nega ko’pchilik demokratiya deganda faqat Rossiyani yomonlash, Amerikani yaxshilash deb tushinishadi, Putin bizning zolimlarni himoya qilgani yuq-ku u ham Amerikaga uxshab o’z iqtisodiy manfaatlarini o’ylasa kerak. Men o’ylayman Amerikani ham, Rossiyani ham Ozbekistondagi demokratiya qiziqtirmaydi, ularni o’z maqsadlari bor, yani bu regiondan bir-birini siqib chiqarish, Gruziya va Ukraina bunga misol emasmi? Ular faqat Rossiyaga tuflash bilan ovora va O’zbek siyosiy qochoqlarini Karimovga tutib berish bilan ovora. Axir demokratlar birinchi o’rinda hamma bilan yaxshi qo’shnichilik aloqasini o’rnatmaydimi? Sizlar demokratik kuchlar qachon O’zbekiston saylovlarida qatnashasilar? Bizda 90 foiz aholi Karimovni ko’rgani kuzi yo’q, qachon bizni ozod qilasilar? Bu ifloslar evrosoyuz sanksiyasidan sung dadamning va barcha buyujed oylik maoshini 50 foizga qisqaribdi 1 yanvardan boshlab.(Abdurasul).

JAVOB: Sizni tog’ri tushunishga harakat qilaman. Juda ko’p masalalarni o’rtaga qo’ygansiz, ularni ajratib, har biriga muxtasar javoblar qilmoqchiman.

“Nega ko’pchilik demokratiya deganda faqat Rossiyani yomonlash, Amerikani yaxshilash deb tushinishadi, Putin bizning zolimlarni himoya qilgani yuq-ku u ham Amerikaga uxshab o’z iqtisodiy manfaatlarinu o’ylasa kerak” deb yozibsiz.

Demokratiya haqida gapirganda ko’pchilik Rossiyani yomonlagani va AQShni yaxshilagani holini kuzatayotganim yoq. Aksini esa kuzatib turibman. Agar mening Amerika tarafini tutganim va Rossiyaga qarshi yozib, gapirib kelganimni ko’pchilk desangiz, unda rahmat!

Ha, hech kim o’z manfaatiga qarshi ish qilmaydi. Hatto siz ham. Shunday ekan, gap kimning manfaati sizning manfaatingizga yaqin turishida yoki sizning manfaatingizga zid bo’lmasligida yoxud sizning manfaatingizni oyoq osti qilmasligida. Ana shu nuqtai nazardan O’zbek xalqiga Rossiyaning emas, AQShning manfaati yaqinroq, zid emas.

AQSh Xonobodda joylashganda men qutlagan edim, ko’pchilk ayu hannos solgandi. Lekin ko’rib turibsiz, istalmagan joyda AQSh qolmaydi. Qayerdaki jiddiy turib “ket!” deyishgan bo’lishsa, chiqib ketavergan, ammo Rossiya unday emas.

Savolingizning davomida “Men o’ylayman Amerikani ham, Rossiyani ham Ozbekistondagi demokratiya qiziqtirmaydi ularni o’z maqsadlari bor, yani bu regiondan bir-birini siqib chiqarish, Gruziya va Ukraina bunga misol emasmi?” deb soraysiz.

Amerikani qiziqtiradi. Agar qiziqtirmaganda Xonobodni ustun qo’yar edi. AQSh milliy strategiyasi bo’yicha dunyoda demokratiyani yoyish ham soyisy, ham iqtiosdiy va ham harbiy manfaatlar sirasiga kiritilgan. Kim prezident bo’lishidan qatiy nazar bu strategiyani o’zgartira olmaydi.

Mana bu gapingizga esa to’la qo’shilaman:”Axir demokratlar birinchi o’rinda hamma bilan yaxshi qo’shnichilik aloqasini o’rnatmaydimi?” degansiz. Demokratlar hamma bilan yaxshi qo’shnichilik aloqasini o’rantishlari kerak. Ammo bu zolimlar, diktatorlar, demokratiya dushmanlariga ham quchoq ochish tarzida yoki ularning oyog’ini o’pish shaklida bo’lmasligi kerak.

“Sizlar demokratik kuchlar qachon O’zbekiston saylovlarida qatnashasilar?” degan savolingizga javob juda ham qisqa: qachon savolingizdagi “Sizlar” “Bizlar” bo’lganda!

Endi quyidagi savolingizga to’xtalsak: “Bizda 90 foiz aholi Karimovni ko’rgani kuzi yo’q, qachon bizni ozod qilasizlar?”

Ozod bo’lish o’z qo’lingizda. Agar mahbus ozod bo’lishni istamasa yoki ozod bo’lish uchun intilmasa, yoxud ozod bo’lish uchun kurashganlarni qo’llamasa nima ham qila olardingiz? O’zbekning zehniyati qiziq, bugun “ko’rarga ko’zim yo’q” deb ertaga bag’riga bosadi. Zarradek manfaat bo’lsa, tog’dek imkoniyatni sotib yuboradi. Qo’shnisini o’ldirib ketishsa ham miq etmaydi. Qachon kaltak o’zining boshiga kelganda, sadosi chiqadi. Bunga esa quyidagi gaplaringiz dalil bo’la oladi: “Bu ifloslar evrosoyuz sanksiyasidan sung dadamning va barcha buyujed oylik maoshini 50 foizga qisqaribdi 1 yanvardan boshlab.”

Ertaga O’zbekiston ozod bo’ladi, indinga Karimov ketadi degan safsatalardan yiroqman. Sizni shunday deb aldovchilarning ham oniy manfaatlari bor. Mustaqillik davrida O’zbeksitondan chiqib ketganlarning ko’pchiligi dunyoning turli go’shlaridan ozodlikni topishgan. Ulardan xafa bo’lish kerak emas. Chunki har bir odamning ozodlik haqqi bor. Faqat ular sizni aldaganlarida ulardan xafa bo’lish shart.

Bugun umid ham, ishonch ham, istiqbol va istiqlol taqdiri ham chetda emas, mamlakatning ichida, xalqning ichida. Bugun nimjon bo’lsa ertaga kuchlanadi. Sizu biz samimiy bo’lsak, ana shu nimjon kuchni aldashimiz emas, agar imkonimiz bo’lsa unga yordam berishimiz kerak. O’sha nimjon kuchni aldamay turish ham yordam! Haqiqatni aytish esa uni kuchlanishga, oyoqqa turishga undaydi.

Yolg’onxo’rlik inson fitratida bor…
9 Mart, 2006 yil

SAVOL: Meni hamisha bir narsa qiynaydi: Nega siyosat bunchalik murakkab, nega u faqat yolg’onlar-u aldovlar bilan to’la bo’ladi? Bilaman, bu juda bolalarcha berilgan savol. Lekin nima uchun, haqiqatan ham shunday bo’lishi kerak? (A.Salih).

JAVOB: Ha, siyosat murakkab. Chunki inson zoti, uning zehniyati, fel-atvori, fikrlashi murakkab. Inson haqiqatdan, rostdan ko’ra yolg’onga o’ch bo’ladi. U bola ekan yaxshi so’zdan ko’ra yomon so’zni tezroq o’rganadi. Rostni emas, yolg’onni tinglaydi. Yaxshilik qilishdan ko’ra yomonlikni osonroq qiladi.

Bir ikki misollar bilan fikrimni yana ham aniqroq aytishim mumkin.

Ishxonamizda sport zali bor. Orada bir tushaman. Juda ko’p sport jihozlari bilan birga ustida yuguradigan tasmali mashinalardan besh oltita bor. Ammo hamma bittasini ko’zlab turadi. Ba’zan o’shanga navbat ham bo’lib qoladi. O’sha mashina natijalarni biroz bo’rttirib ko’rsatadi. Ya’ni kamroq vaqtda ko’proq ish qilgan ko’rinasiz. Boshqalarida esa biroz farqli. Qarang, bu yerga keladiganlar aslida ko’proq harakat qilishim kerak deya maxsus kelishadi. Ammo kamroq harakat qiladigan mashinani tanlashadi. Bu zehniyat jumbog’i.

Bir odamni bilaman. Uzoq yillar Karimov rejimini shunday maqtadiki, uning ilhom bilan gapirishiga qarab og’zingiz ochilar edi. Muxolif jabhada unga tavqi la’nat demagan odam qolmagandi. Bir kun u shu jabhaga o’tib qoldi. Hammani o’ziga shunaqa maqtay boshladiki, bu maqtovni eshitganlar o’zini Karimovdek his qila boshladilar. Endi u haqda gap ketsa, “ukaxonim”, “samimiy yigit”, “yuragida olovi bor” deydigan bo’lishdi. U ham bo’sh kelmay maqtashda davom etaverdi. Uning aytayotganlari, maqtovlari yolg’onligini, o’zlarini boplab aldayotganligini uzoq yillardir madhiyabozlikka qarshi bo’lib kelganlar nafaqat hazm qila boshladilar balki och qolib, kutib turadigan bo’lishdi. Bu ham zehniyat jumbog’i.

Yoki boshqa bir misol. Bir kishi boshqasi haqida shunaqa to’hmat yozdiki, ozgina aqli joyida bo’lgan odam buni darhol anglab yoki aniqlab olardi. Shu bois ham ko’pchilik o’sha to’hmat yozgan odamning betiga ham, orqasidan ham tupurgandi. Oradan yillar o’tib ketdi. To’hmatga uchragan odam katta siyosatga kirganda kimdir o’sha bir paytlar yozilgan narsani eslab qoldi. Odamlar ishondilar. Bu endi odamlarning siyosatga bo’lgan munosabatlaridan kelib chiqqan jumbog. Yolg’onga ishonish jumbog’i.

Endi o’zini va boshqalarni aldash ham bor. Bir “jurnalist”ni bilaman. 15 yil oldin bir siyosatchining etagini tutgan. Bu etak iflosligini biladi. Bu siyosatchi hech vaqoga yaramasligini ham biladi. Hatto bu siyosatchi amalga kelgan taqdirda ham uni sariq chaqaga olmasligiga aqli yetadi. Lekin o’jar! O’zini ham, boshqalarani ham aldashda davom etmoqda. Bu endi asriy jumboq!

Bir kuni Afandining xotini:
-Dadasi doim yolg’on gapirasiz, siz ham odam bo’lib bir marta rost gapirsangiz-chi!-debdi.
-Rost gap shuki, juda xunuksan, mahmaddanasan, yuzga choparsan, xotin,- debdi Afandi.
Shu bilan Afandining oilasi barbod bo’lgan ekan.

Qarang, 15 yildan beri Karimov xalqning ko’ziga tik qarab uni aldaydi va haliga qadar bu xalqning orasida unga ishonganlar bor. Karimovning yolg’on gapirganini bilishadi. Ammo ishonishadi. Chunki inson fitratida yolg’onxo’rlik bor!

Ana shu yolg’onxo’rlikdan qutilgan kuningiz hammaning ko’ziga baloga o’xshab ko’rinasiz. Hamma sizdan nuqs qidiradi, hamma sizni yomonlaydi. Lekin cho’chimang, shunday kun keladiki yolg’onxo’rlarning qorni to’yadi va sizni tushunadilar. Biz ana o’sha juda olislardagi kunga umid qilib yashashimiz zarur. Ha, bu kun juda olis emas, juda yaqin ekanligini eshitmoqchi edingiz.Bu kun juda yaqin desam yolg’on bo’lardi-da!

Xullas, yolg’on kesakdir! Lekin uni sariq moy deb bilish, yolg’onxo’rlik, ya’ni kesakxor’lik qilish davom etar ekan, o’rtaga, siyosat maydoniga kesak tashlovchilarning keti uzilmaydi!

nisbatan sensorani olishni aytib bir oy muddat berdim, aks holda rahbariyatni iste’fosi va Birdamlik Harakatiga nisbatan sensorani ytuqotish uchun Kongress oldida oilam bilan ochlik e’lon qilishimni bildirdim.

Shuhrat aka siz Toshkentda o’tqizgan sensorni endi men boshimdan o’tqizyapman. Bu narsaga indamay o’tirmoqchi emasman. Sizga hurmat bilan, Bohodir Choriyev”.

Karimov arosatda
12 Mart, 2006 yil

SAVOL:Karimovning hozirgi prezidentlik muddati oxirgisi deb o’ylar edim. Eshitishimcha sud mazkur muddatning birinchi ekani haqida qaror e’lon qilar ekan. Shunga munosabatingiz? (Umid)

JAVOB: Yaqin yaqinga qadar Karimov o’z o’rniga kimni qo’yish haqida o’ylayotgan va umrining qolgan qismini yotgan joyidan “maslahatchi”lik bilan o’tkazishni ko’zlayotgan edi.. Lekin bugunga kelib bu xayoldan voz kechgan ko’rinadi.

Bunga Andijon voqealaridan keyin uning xalqaro miqyosda jinoyatchi deb tan olingani birinchi omildir. U endi nima bo’lsa ham sudlanmaslik, Saddamga o’xshab o’z muxoliflari qarshisida qora kursida o’tirmaslik, Pinochetga o’xshab sudma-sud sudralmaslik, Miloshevich kabi kamerada o’lib qolmaslik harakatiga tushgan.

Bugun Karimov rohat-farog’atda yashapti degan gapga men aslo ishonmayman. U musht yeyishini biladi, ammo bu musht qayoqdan kelishini bilmaydi. U odamga o’xshab uxlay olmayapti. Faqat dorining kuchi bilan uxlamoqda. Shunda ham kechalari “shiq” etgan tovushdan uyg’onib ketmoqda. Buni aniq aytishga keyingi paytda u kiyadigan kiyimlariga juda e’tirbor qilayotgani, yuzini, sochini, ko’z ostlarini bo’yayotgani, informatsiya jangiga kirishib ketgani dalildir. Miloshevich Xalqaro sudning huzuriga xuddu shunday chiqishga uringani haqida ko’p yozishgandi. Lekin ichidan zil ketgani ko’zlaridan ma’lum edi. Saddam ham asosan shunga diqqat qilar ekan. Karimov ham ichidan zil ketgan. Bir kun uyqudan uyg’onmay qolsa, hech ajablanadigan joyi bo’lmaydi.

Karimovning asl yuzini ko’rish uchun Nazarboyev kelganda uni kuzating. Chunki dam olish, tibbiy reablitatsiya, garmonlar ichish bu paytda biroz cheklangan bo’ladi.

Hozir Karimovning ichida g’alayon bor. U nafaqta butun dunyo bilan balki o’zi bilan o’zi ham jang qilmoqda va o’zini yeb bitirmoqda. Shuning uchun ham doktorlar yonidan ajralmay qolishgan. U uxlaganda ham boshida navbat bilan kuzatib o’tirishmoqda.

U juda qo’rqmoqda. Xalqaro tashkilotlarning qolgan-qutganlarini ham quvishi, muxolif qarashdagilarni qo’rqitib, mamlakatdan chiqarib yobirishi yoki qamoqqa tiqishi ham ana shundan. Karimovning orqaga yo’li qolmadi.

Bugun ba’zilar u yana G’arbga ochilishi mumkin degan taxminni aytmoqdalar. Bu o’zini ikki qo’llab sudga topshirish ekanligini kim-kim Karimov tushunib turibdi va endi u G’arb yo’liga bosh suqmaydi.

U Kremldan keladigan telefonlardan ham cho’chib qolgani haqida ma’lumotlar bor. Shu bois tezroq Kremlga ham mamlakatda osoyishtalikni saqlash va Moskvaning ostonasini yalashda o’ziga teng keladigan odam yo’qligini ko’rsatib qo’yish bilan band.

Karimovning topshirig’i bilan Adliya vaziri Bo’ritosh Mustafoyev va Oliy Majlis raisi Erkin Xalilov Konstitutsiyaga o’zgartirishlar, Saylov haqida yangi qonun loyihasini tayyorlab Prezident devoniga bergan. Devonda ba’zi tuzatishlar qilinib, Karimovning stoliga qo’yilgan. U mazkur hujjatlarni qonunga aylantirishdan oldin, mavjud qonunlarni sharhlashni Konstitutsiyaviy sudga topshirgan. Siz shu haqda eshitgan bo’lishingiz mumkin.

U hozir dunyoning qayerida bo’lmasin o’ziga qarshi bir satr yozilgan tanqidga ham zarba berishdek sovetona taktikani ishga solmoqda. Buning uchun 700 atrofida yangi vebsaytlar ochishni buyurgan. Bu saytlarning rus tilidagilarini boshqarishni Gulnoraga topshirgan. O’zbek tilidagilarini nazorat etish esa matbuot kotibi Dilshod Nurullayevga yuklangan. Bu ish konveyr tusini olgandan keyin Karimov saylov haqidagi ura-uralarni boshlamoqchi va shu zayl xorijdan keladigan tanqidlar xalqqa yetib bormalsigi, borganda ham qaysi to’g’ri va qaysi noto’g’ri ekanligini tushunib ololmaydigan vaziyat qilmoqchi.

U shuningdek, MXXga “konstruktiv” muxoliflarga ichkaridagi axlatni tashqariga chiqarmaslik, aksincha zarracha bo’lsada yutuqlarni tashqariga yoyish sharti bilan inson huquqlari tashkilotlari tuzib berishni, kerak bo’lsa harakat va partiya ham ochib berishni va’da qilishni buyurgan. U “odamlarga yo’l toplaring” degan, Masalan, “Biz ham muxolifatni istaymiz. Bizning ham qarindoshlarimiz yaxshi yashashni istashadi, lekin hukumatga qarshi chiqmaydigan muxolifatni istaymiz, kelajakda hukumatga kelsalaring biz sizlarga ishlaymiz” deb aytlaring qabilida gaplar qilgan.

U yaqinda Oqsaroyda o’tkazgan kichik yig’ilishda matbuot kotibiga qarab “ Ular bizga qarshi mish-mishlar. latifalar tarqatishmoqda, senlar nega qarab turibsanlar” degan. Shu bois endi Karimovning vebsaytlari juda “qiziqarli” bo’lib qoladiganga o’xshaydi.

Karimov ayni paytda Internetni o’zi haqida yaxshi gaplar bilan ham to’ldirib tashlamoqchi. Lekin bir kun kelib bitta tugmani bosish bilan hammasi yo’qolib ketishini u tasavvur qila olmayapti yoki maslahatchilar buni unga tushuntirmaganlar. Aks taqdirda bu ishga juda katta mablag’ni yo’naltirmagan bo’lardi. Yoki uni aldab pul sug’irishmoqda.

Agar Karimov o’zidan keyin birovni tayinlasa u odam toshbo’ron bo’lishi aniq. Chunki mamlakatning iqtisodiy vaziyati shunga kelib qoldi. Shuning uchun Karimov o’zi pishirgan oshni o’zi yeyishi yaxshiroq. U o’zini yana bir martaga prezident etib “tayinlashi” garchi uni suddan, kameradan qutqarsada xalq nafratidan qutqara olmaydi. U xalq nafratining kuchli ta’siri ostida bo’ladi va sharmandali yakun topadi.

Hatto uning davrida, uning ideologiyasi ostida ulg’aygan yoshlarning ham aksariyati bugun Karimovga ishonmaydilar. Agar u yana o’zini keyingi muddatga “tayinlaydigan” bo’lsa, aynan shu yoshlarning kuchli zarbasiga yo’liqadi.

Xullas, Karimov bugun ikki o’t orasida. Unisi ham, bunisi ham uning uchun do’zzax. Demak u arosatda. Arosatda esa uzoq turib bo’lmalsigi aniq masala.

P.S.Ushbuni yozib tugatganimda, Erkin Xalilovning oilasiga yaqin manbadan maktub oldim. Uning aytishicha, ilgarilari Xalilov va Mirziyoyev Karimovga “Butun xalq sizni istamoqda va bunga yo’q deya olmaysiz” deb xushomad qilishgan bo’lishsa endi esa Karimov bu gapni kutib ham o’tirmasdan ularga o’zi topshiriq berayotganmish.

Chorievlar nega ochlik boshlashdi?
13 Mart, 2006 yil

SAVOL: Bahodir Choriyev o’z oila a’zolari bilan ochlik e’lon qilishi masalasiga to’xtalib o’tsam. Tasavvur qiling: L. Brejnev rahbarlik qilgan 1970-1980-yillar. KGB o’zgacha fikrlovchilarni tazyiq qilib qamoqlarga va psixiatrik kasalxonalarga tiqayotgan, dissidentlar chet ellarga ketishga majbur bo’lgan, hatto yozuvchi A. Soljenisin yozgan kitobi uchun qamoqqa olinib, so’ngra noiloj chet elga chiqarib yuborilgan (u 1975 yilda xalqaro Nobel mukofoti sovrindori bo’lgandi), akademik A. Saxarov Gorkiy shahriga 1980 yil boshida surgun qilingan vaziyatni tasavvur eting. Shunday bir paytda o’zini demokratlar deb yurgan fuqarolarning bir guruhi Vashington shahrida ochlik e’lon qilib, KGBni himoya qilib, “KGB kadrlari yaxshi ishlayapti, faqat L.Brejnev yomon, hammasiga faqat u aybdor” deb plakatlar bilan chiqishsa qanday bo’lardi? (Shuhrat).

JAVOB: Ma’lumki, AQShda yashayotgan Bahodir Choriyev O’zbekiston “Birdamlik” harakatining raisi sifatida 2006 yilning 13 Mart kunidan boshlab AQSh Kongressi yonida ochlik qilishini ma’lum etgandi. U bu haqda nafaqat AQSh hukumatini, balki keng jamoatchilikni ham xabardor etgandi. Kimdir uni qo’llashi, kimdir unga qarshi chqishi mumkin. Bu tabiiy hol.

Birinchidan, noroziligini turli yo’llar bilan ifodalash bu har bir fuqaroning o’ziga oid, uning huquqi. Hech kim bu huquqni undan tortib ololmaydi.

Ikkinchidan, Demokratik O’zbekiston Kongressi o’z Nizomiga ko’ra harakat qiladigan tashkilot. Shu bosi biz Bahodir Choriyevning demokratik harakatini faqat ma’nan qo’llashimiz yoki qo’llamasligimiz mumkin. Boshqacha aytganda bu DO’K a’zolarining shaxsiy ishlari. Istasalar qo’llaydilar va istmasalar qarshi chiqadilar.

Endi Shuhratning savoliga kelsak, bu savol menimcha, masala mohiyatiga chuqurroq kirib borilmaganidan paydo bo’lgan. Bu ham tabiiy. Chunki Bahodir Choriyevning talablari jiddiy va amalga oshgudek bo’lsa, jumladan Shuhratning o’ziga ham, minglab muxolifat vakillariga ham, Karimov zulmidan ezilib o’tirganlarga ham zarar emas, foyda.

Agar demokratik sharoitda demokratiyani toptayotganlar bo’lmasa u nega endi o’z maqsadiga ochlik tufayli erishmoqchi. Nimadir uni shunga majbur qilgan bo’lsa kerak? O’zbekistonda odamlarni piketga nima undagan bo’lsa, Bahodir Chorievni ham bu yo’lga bosh urishga majbur qilgan omil bo’lishi kerak. Shu bois darhol xulosa qilmasdan, mushohada qilib ko’rish lozim.

Bahodir Choriyev e’lon qilgan maktublariga ko’ra uch ikkita muhim masalani o’rtaga qo’ymoqda.

Birinchisi, “Ozodlik” radiosining O’zbek bo’limida tsenzura ornatilmasligi;
Ikkinchisi, “Ozodlik” radiosida demokratiya uchun kurashning zo’ravonliksiz usuliga doimiy o’rin ajratish va bu minbar muxolifatning barcha a’zolariga birdek bo’lishi;
Uchinchisi, radioda muxolifatning barcha qanotlariga ayni shaklda o’rin ajratilishi va radioning demokratik yo’lni inkor etmasligi.

U mazkur masalada radio rahbariyatiga murojaat qilganidan xabarimiz bor. Hatto AQSH hukumati rahbarlariga ham xat yozgandi. Bu xat http://www.birdamlik.info saytida ham turibdi. Demak, uning talabiga yo quloq solishmagan, yoki to’ralarcha munosabat bu maslada ham ish bergan.

Endi shaxsan mening fikrimga keladigan bo’lsak, men Bahodirning talablari haqli deb hisoblayman. “Ozodlik” radiosining o’zbek bo’limi thenzuradan xoli etilishi va tom ma’noda demokratiya minbari bo’lishi kerak. U yerda ishlayotganlar ularning haq olishlari uchun soliq to’layotgan tinglovchining talablarini rad etgan ekanlar bu KGBning ham, Brejnevning ham usulidan beshbattar yo’ldir. Radiodagilar har qancha yaxshi ishlar qilmasinlar Choriyev kabi bir tinglovchining talablarini inkor etish bilan mehnatlarini loyqa suvga oqizib yuboradilar. So’z erkinligidek muqaddas tushunchani toptagan bo’ladilar. AQShda yashayotga har bir o’zbek Bahodir Choriyev kabi faollik bilan o’z munosabatini bildirib tursagina “Ozodlik” ozodlikka xizmat qiladi, so’z erkinligini toptamaydi, aks taqdirda Karimovning orqa tomorqasidan farqi qolmaydi.

“Ozodlik” o’ziga berilgan ishonchni oqlayotgani va barcha imkoniyatlarni ishga solayotgani yo’q. 2005 yilning dastlabki davridagi “Ozodlik”dan bugun nom-nishon ham qolmadi. Bu faqat mening fikrim emas. http://www.uzbekcongress.org saytidagi muhokamalarda ham, O’zbekistonda o’tkazilgan monitoringlarda ham shu gap aytilmoqda. Hatto har kuni radioda chiqib turganlar ham bizning monitoringlarda shu fikrni aytmoqdalar. Demak, o’ylab ko’radigan gap bor!

P.S. Ba’zilarga ko’ra Bahodir Choriyevning bu aktsiyasi ortida DO’K tashkiloti bor emish. Bu asossiz gap. Bahodirning DO’Kning Toshkent bo’limi rahbari Shuhrat Ahmadjonovga yozgan va nusxasi menga ham yetib kelgan mana bu xati shundan dalolat.

”Assalomu alaykum Shuhrat aka, Qalaysiz, sihat-salomat yuribsizmi? Men Ochlik e’lon qilib DO’K nomidan emas, Birdamlik Harakatining nomidan chiqayapman. Bu chiqishimni Jahongir Mamatovga ham hech qanaqangi bog’liq tomoni yo’q. Bilmadim qanchalik habardorsiz, biz Birdamlik Harakati a’zolari 2005 yil noyabr oyida http://www.birdamlik.info saytini yaratdik va uni rivojlantirish ustida doim ishlab kilmoqdamiz. 2006 yil yanvar oyidan bu saytni ommaga e’lon qildik. Saytni asosiy maqsadi Zo’rovonliksiz Harakatlari haqida ma’lumot berish va istovchilarni biz bilan birga rejimga qarshi kurashga chorlash.

Men Ozodlik radiosi jurnalistlariga, rahbariyatiga ber necha bor sayt haqida intervyu bermoqchi ekanligimni iltimos qilib aytdim. Ular menga, Siz O’zbekistonda halqni kutarmoqchisiz. Biz bunday interviyuni berolmaymiz deb ber necha bor rad javobini berdi. Qolaversa radioni siyosati siz bermoqchi bo’lgan maqolalarga to’g’ri kelmaydi deyishdi. Radioni siyosatini Amerika prezidenti J. Bush va AQSH kongressi hal qiladi deb menga uzil kesil rad javobini berishdilar. Shu javobdan keyin men ularga , meni suz erkinligimni bo’g’masliklarini va menga o’hshagan muholifat vakillriga

O’zbekiston nega AQShning despotik rejimlar ro’yxatiga kirmadi,
O’zbekistonga NAVRO’Z keladimi?

19 Mart, 2006 yil

SAVOL: Mana AQSh yangi Milliy Xavfsizlik strategiyasini e’lon qildi, unda O’zbekiston despotik rejimlar ro’yxatiga kirmay qoldi, shuni izohlab berolasizmi?(Qahramon).

JAVOB: AQShning Milliy Xavfsizlik strategiyasi belgilangan hujjatda 7ta mamlakat zolim, zulmkor, ya’ni siz ta’kidlagandek despotik deb aytilgan. Bular Shimoliy Korea, Eron, Suriya, Kuba, Belorussiya, Birma va Zimbabve..

O’zbekistondagi rejim ularning ba’zilaridan ham zolimroq. Masalan, Birmada demokratik muxolifatning lideri Aung San Su Chi faqat uy qamog’iga hukm qilingan. To’g’ri Birmada ham ahvol yomon. Lekin O’zbekistondagi vaziyat undan ham yomon. Shunga qaramasdan nega Birma ro’yxataga kirdiyu O’zbekiston kiritilmadi?

Bu savolga amerikalik siyosatchilar hujjatning “AQSh dunyoda zulmni bartaraf etish uchun jahonning barcha mamlakatlarida va jamiyatlarida demokartik harakatlarni qidirib topadi va qo’llab quvvatlaydi” degan satrlarini ro’kach qilishadi. Lekin haqiqiy javobni topishni bizning o’zimga qoldirishadi.

Hali bu hujjat e’lon qilinmasdan oldin,(16-2-2006) Davlat departamentining vakili Richard Baucher Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi lavozimiga tasdiqdan o’tar ekan, Senatning Tashqi aloqalar qo’mitasida so’zlagan nutqida, O’zbekiston va Turkmanistonga sha’ma qilib, biror bir rahbarni yoki hukumatni chetlatish uchun maxsus kampaniya yuritmaymiz dedi. Bu diplomatik gap edi deyishingiz mumkin. Ammo bu AQSh hukumati demokratiyani o’rnatish uchun tahlikali rejimlarni ag’darishga nafaqat kampaniya yuritish balki nuktabon otuv shaklida qurol qo’llashi mumkinligini aytib turgan bir paytda yangradi.

Ortidan esa e’lon qilingan ro’yxatda O’zbekiston ko’rinmadi va Markaziy Osiyoda demokratiyani yoyish uchun faoliyat davom etadi deyildi, xolos. Bu qo’shimcha mablag’lar ajratiladi va nimalardir qilinadi va hokazo degani. Ammo Karimovning “peshonasidan darcha ochib qo’yish” yaqin rejada yo’q

Nega? Bu savolni “Golos Amerika” o’tkazgan bir soatlik bahsda ham mutaxassislar bilan tortishdik. Shu kunlarda uchrashganlarim-juda ko’p taniqli siyosatchilar va mutaxassislarga ham shu savolni berdim. Ularning aytganlari shu:

Birinchisi, xuddi o’tgan 15 yil davomida bo’lganidek, Andijon voqealari arafasida va undan keyin ham O’zbek demokratik muxolifati faqatgina birlasha olmaslik qobiliyatiga ega ekanligini ko’rsatdi. Partiyalar, harakatlar shaklida emas, demokratiyani o’rnatish uchun umumiy bir platformaga ham kela olmasligi va faqat tarqoqlikni ixtiyor etishini isbotladi. Bu esa AQSh va G’arb davlatlarining Karimov rejimining o’rniga keladigan demokratik siyosiy alternativ kuch yo’q degan xulosalarini yanada kuchlantirdi.

Ikkinchisi, xo’sh Karimovni ag’dardik, keyin nima bo’ladi? Keyin Iroqdagi kabi yoki Falastindagi singari vaziyat paydo bo’ladimi? Saddamni nega ag’darmaysiz deya jar solganlar kabi bizga qarshi qurol oladilarmi? Yoki O’zbekiston amirli va xonliklarga bo’linib ketadimi? Bu kabi savollarga ham aniq javob bera oladigan kuch bo’lmadi. Amerikani aldayman deganlar o’zlari aldanib qolaveradilar. Quruq gap bilan olma teraman deyish jinnixona falsafasi ekanligi untuldi. Bugun quruq gapga emas, amaliy harakatga qaraladigan kun.

Uchinchisi, 15 yildir mamlakatdan uzilib qolgan holda qo’lda aniq reja bo’lmasligi, mamlakat ichida tarafdor bo’lgan 20 kishi 21 ga aylanmagani, radikal kuchlarni Karimov yaratdi deyish bilan cheklanish va hatto ularga xayrihoxlik bildirish bilan demokratiya qurib bo’lmaydi. Karimov yaratdimi, Ivan yaratdimi, endi farqi yo’q, ular bor va demokratik muxolifat haliga qadar ularga nisbatan o’z pozitsiyani ochiq belgilagan emas. Tashqaridagi muxolifat ichkariga qaytishni astoydil istamaydi, statusidan rozi, ichkaridagi muxolifat tashqariga ketishni istaydi, statusidan hali rozi emas. Ana shunday bir stereotip paydo bo’lgan va buni buzishga urinib ham ko’rilmadi.

Ana shu uch omil O’zbekistonni despotik rejimlar ro’yxatidan pastga tushirdi. Bunga qo’shilmasdan iloj yo’q Hammasi haq gap. Tan olsih kerak!

Birma haqida gapirdik. U yerda demokartik muxolifatning lideri ayol bo’lsa ham hali qamalib, hali uy qamog’iga hukm etilib, lekin mamlakatda turibdi. U ko’chaga chiqsa millionlab odamlar bir zumda unga ergashadilar. Butun dunyo buni ko’rib, bilib turibdi.

Demak, u yerdgi rejimni ag’darishsa o’rniga kim kelishini bilishadi. Bizda esa muxolifatga qo’l siltab, hatto hukumat doirasidan Sodiq Safoyevni tanlashsa u bir zumda G’arbga tupurib Rusning oyog’ini yalashga qo’shildi. “Qarta”ni Rustam Azimovga qo’yishsa u mahalliychilik botqog’iga botib, hokimiyatni yaqinlariga bo’lib berishni rejaladi. Balki Qodir G’ulomov mas’uliyatni bo’yniga olib, diktatorga “ket” deb aytar deb o’ylashsa u sichqonning iniga kirib ketishni afzalroq bildi va hokazo. Xo’sh, muxolifati unday, hukumati bunday ekan, Amerika va G’arb nima qilsin?

Umidlar bitdimi? Aksincha bir eshik yopilganda ming eshik ochiladi. Umid o’lgan kun umid tug’iladi. Faqat eshik nega yopildi, umid nega o’ldi degan savollarning javobini bilsakgina esik yana yopilmasligi, umid yana o’lmasligi uchun nimadir qilish mumkin.

AQShda Karimov rejimiga nisbatan ikki qarashdagi kuchlar bor. Birlari bu rejim Karimovdan keyin keladigan odam davrida o’zgaradi deb “qarta”ni o’sha paytga qo’yishadi. Men ham shu qarashdaman. Yana birlari murosaga o’rin yoq, Karimovni jazolash kerak deyishadi. Bunga ham qo’shilaman, lekin bu gapligicha qoladi.

Har ikki tomon ham kuchli va har ikki tomon ham negizda Karimovga qarshi. Shunday ekan, bu omil Vashingtonning Rossiyaga bosim o’tkazishiga zamin yaratmoqda. Rossiya yaqin kelajakda kuchli bosib ostida`qoladi. Ayniqsa Belorussiya masalasida.Moskvaga Belorussiya O’zbekstondan ham muhimroq. Rossiya Vashingtonga “haq” bersih uchun Karimovni sotishi mumkin. Bu “qarta”ni o’yinga solishni istaganlar anchagina. Ya’ni Karimvga o’z o’rniga o’zi bir odamni tayinlashiga zamin yaratish va keyin bu rejimning janozasini o’qish.

Ikkinchi tomondagilar esa, (jumladan nohukumat tashkilotlar-JM) tarqoq va barbod holdagi demokratik muxolfatni bitta platformada birlashtirish uchun ularning boshini “yashil qoziq”qa bog’lash kerak degan qarashda. Buning ham tarafdorlari va qarshilari bor. Qarshilar 15 yildan beri “yashil qoziq”qa bog’langanlar nima qilib berdilar, ularning o’zlari ham kichkina karimovchalarga aylandilar, demokratiyani oyoq osti etdilar deyishsa, tarafdorlar esa “bori shu, ular bilan osh-qatiq bo’lmasak, o’zimiz ham ochdan o’lamiz” qabilida ish tutadilar. Demak, bulardan umid yo’q. Bugunga qadar yashadilar va bundan keyin ham yashayveradilar. Unisi bunisni aldaydi va o’zini qoniqtiradi, bunisi unisini aldab o’zini ham aldaydi. Hammasi bilib turadi va hammasi rozi.

Demak, O’zbekistonning kelajagini hal qiladigan narsa, buni oldin ham aytgan edik va butun faoliyatimizni shunga qurganmiz, tashqarida emas, ichkarida. Ichkarida esa shunday kuch va potensial bor, bu-yoshlar! Qo’limizdan kelsa, kimning qo’lidan nima ish kelsa, ichkariga yo’nalishi kerak. Tabiiyki, agar buni chin dildan istasa. Istamasa, hech narsa`deya olmaysiz. Agar tashqaridagilar shunday qilmaslar ichkaridan uzilgan oyoqlari ichkarini qaytib ko’ra olmaslgiga kafolat berish mumkin.

Hech bo’lmganda biz mana bu xatolarni qildik va sizlar ham shu yo’lni takrorlamanglar deya ibrat bo’lish ham ularga yordam.

Karimovning ketishi aniq va u sharmandali yakun topadi. Faqat bu yangi kunni, bu Navro’zni yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish siz va bizga bog’liq. Tabiiyki Navro’zni istasak! O’zbeksitonda Navro’zni, yangi kunni istaysizmi? Bu savolni o’zingizga bering. Javobdan qo’rqib ketgan bo’lsangiz, hech qisi yo’q, turmush ikir-chikirlari bilan yugurib yuravering, bu rejim sizga mos, agar cho’chimagan bolsangiz, qo’lingizdan nima kela olishini chamalang va dildagi kurash vulqonini ishga soling, yangi kun – NAVRO’Zga quchoq oching!

Sizni ana shu NAVRO’Z bilan qutlash umidi meni tark etgan emas, chunki u sizning dilingizda chuchmoma ochayotganini sezib turibman!

Andijonda “president gvardiyasi”
qatliom o’tqazgan

22 Mart, 2006 yil

SAVOL: Hali ko’p bo’lgan emas, Andijonda tojikistonlik polkovnik Xudoyberdiyevning askarlari aholini qirgan deyishgandi, endi bu ish uchun chechenlar olib kelingani haqida yozishmoqda, shini qanday sharhlaysiz? (Obid).

JAVOB: Ma’lumki, har qanday narsaning ikki tomoni bor. Yodingizda bo’lsa, “Haqnazarov” nomi bilan yozilgan turkum maqolalar chiqqanda bu Karimovning tegirmoniga suv quyishini aytgandim. Oxir oqibatda shunday bo’lib chiqdi.

Endi Karimov sal boshqacharoq o’yin topdi. Ma’lumki, u “Bizga informatsion urush e’lon qilingan” degan gapni zo’r berib aytmoqda va buni siyosatining asosiy zaminiga aylantirdi. Shunday ekan, G’arb matbuotida yozilayotganlarni o’qigan o’zbek “Buning nimasi urush, bor gapni yozibdi-ku, otasiga balli” deyishi mumkin. Karimov buni tushunmaydigan darajada axmoq emas. Tabiiyki, buning oldini olishni o’ylaydi.

Unga shunday yo’lgon materiallar zarur-ki, eshitgan va o’qigan odam “E, yolg’on ham evi bilan-da, Karimovning aytgani rost shekilli, bular bizga urush ochganga o’xshaydi” desin. Mahmud Xudoyberdiyev askarlari Andijonga kiritilgani haqidagi ma’lumotlar MDHdagi qaysi bir razvedka idorasidan chiqqani aytilgandi. Balki o’sha razvedka idorasi karimovchilar bilan hamkorlik qilgan bo’lsa-chi? Axir razvedka idorasiga ishonib bo’ladimi, ular hammani qo’llanishni istaydilar. Nima bo’lganda ham o’sha xabarga kim ishondi va kim ishonmadi. Ba’zilar bo’lsa bordur, deb qo’yishdi. Shu bois endi “chehcenlar qartasi” o’rtaga chiqdi. E’tibor qilayapsizmi, har iki xabar ham muxolif jabha orqali yoyilmoqda. Bu informatsion urushni tashkil qilishning yangi metodi bo’lib chiqmasin, tag’in?!

Nega bunday deb o’ylayapman. Chunki Karimov birinchidan, Xudoyberdiyev yoki chechenlarni boshlab keladigan darjada sodda emas. U Parkent voqealarida og’zini kuydirgan. Shundan beri sutini puflab ichadi. O’shanda Shatalin armiyasidan yordam so’ragani magnit lentasidagi yozuvlari bilan birga Parkent komissiyasi qo’liga tushgan va boshini ancha og’ritgandi. U endi bunday ishlarni tashqariga yoyishni istamaydi. Ikkinchidan, Andijon kabi bir necha joyni bostirib, qonini daryo qilish uchun u 15 yildan beri tayyogarligini ko’rgan.

1990 yillarning boshidayoq turli sport to’garaklari, diniy guruhlarning karate maskanlari, qamoqxonalar, rus tilida gaplashuvchilar orasidan to’plangan “jangovar yoshlar” hisobiga yashirin batalonlar tuzgandi. Dastlab Samarqand, Namangan, Toshkent shaharlari atrofida tuzilgan bunday batalonlar keyin boshqa joylarda ham tashkil etildi. Ular “Prezident gvardiyasi” niqobi ostidadir. Ularga eng zamonaviy texnika va qurol-yarog’lar berilgan, ta’minoti ham yomon emas. Qo’l ostida aytganini ziyodi bilan bajaradigan kallakesarlar turganda u qandaydir Xudoyberdiyev yoki chechenlarga tobe bo’lib qolishni va bir kun bu dunyoga doston bo’lishini inobatga olmaganda bugunga qadar Oqsaroyda o’tirmasdi. U kerak bo’lsa Shaytonga dars beradi!

Dushmanini bilmagan qo’shin mag’lubiyatga mahkumdir. Karimovni tanimaslik ham uning umrini uzaytirmoqda. Bugun u informatsion urushni o’ziga o’zi ochdi. Bir tomondan yolg’on xabarni tarqatib, ikkinchi tomondan unga zarba berishga urinmoqda. Shu yo’l bilan xalqning nafratini bosmoqchi. Lekin qachongacha? Bitmaydigan o’yin, sinmaydigan bo’yin bormi?

Karimovning
zolimona, abadiy podsholik orzusi

23 Mart, 2006 yil

SAVOL: Islom Karimov G’arb demokratiyasi bizga to’g’ri kelmaydi dedi, buni qanday tushunmoq kerak? (Olim).

JAVOB: Bu Karimovning demokratiya nima ekanligini bilmasligidan emas, demokratiyani juda yaxshi bilganligidan kelib chiqqan gaplardir. Demokratiya xalq boshqaruvi demak. Xalq qanday yashashni esa o’zi tanlashi kerak. Qandaydir Karimov emas!

Agar O’zbekistonda xalq boshqaruviga o’tilsa, birinchi galda Karimov va uning oilasi jinoyatga tortiladi. U buni yaxshi biladi va xuddi mana shuning uchun ham demokratiyaga qarshi. U o’lguniga qadar taxtda o’tiradigan zolimona, abadiy podsholik orzusida. Uning bayonotini ana shunday tushunmoq lozim. Ammo hammaning ham orzusi amalga oshib ketaverganda bugun dunyo boshqacha bo’lar edi.

Uning gaplariga qarang: “Sizlardagi demokratiya modeli bizga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Sizning modelingiz, qadriyatlaringiz aholisining sakson besh foyizini musulmonlar tashkil qilgan O’zbekstonda yashayotganimiz uchun bizga mutlaqo to’g’ri kelmaydi. Bu odamlar Islom diniga e’tiqod qilgan odamlar”.

Bu gaplar munofiqlikdan dalolat. U endi Islomni qo’llanmoqchi va bugunga qadar Islomga qarshi bo’lgan Islom endi Islom tomoniga o’tib o’yin ko’rsatmoqchi. Balki hali “namoz o’qimoqdaman” deb ham da’vo qilib qolishi mumkin. Yoki xotini va qizlarining boshini o’ratib ham qo’yishi hech gap emas. Tabiiyki, taxtni saqlab qolish uchun shu narsa kerak bo’lib qolsa, u darhol amalga oshiradi.

Islom dini, madaniyati, qadriyatining qayerida borki, bir shaytoni la’yn hokimiyatni bosib olib, umrining oxiriga qadar undan voz kechmasin! Yoki xalqni o’qqa tutgan, xalqni xonavayron qilgan, xalqni talagan bir odam uning nomidan xulosa qilishga haqli deb Islomning qayerida bitilgan? Karimov bu bayonoti bilan nafaqat butun boshli bir xalqni balki Islomni ham xalqa dushman deya haqorat qildi.

Ha, Karimov demokratiyani istamaydi. Bugunga qadar ham istamagan va bundan keyin ham istamaydi. Demak, u demokratiyaga, xalq boshqaruviga qarshi. Bu esa xalqqa dushmandir degani.

Shunaqa, sho’rlik O’zbekning kuni dushmaniga qolgan!

AQShda qamalgan O’zbekistonlik
ikki demokratning taqdiri
24 Mart, 2006 yil

SAVOL: Bundan bir necha oy oldin Demokratik O’zbekiston Kongressi AQShda qamoqqa tushgan Olimjon Toshniyozov va Xudoyqul Hafizovlarga siyosiy boshpana berish talabi bilan chiqqan edi. Bu odamlarning tadqiri nima bo’ldi?(Nasim).

JAVOB: Darhaqiqat, o’tgan yilning Noyabr oyida O’zbekiston Demokratik Kongressi Olimjon Toshniyozov va Xudoyqul Hafizovni O’zbekistonga qaytarmaslikni so’rab AQSh ma’muriy idoralariga, ularning ishini ko’rib chiqayotgan mahkamalarga murojaat etgandi. DO’K AQShning (Washington County Jail, Stillwater, MN 55082) qamoxonasida ushlab turilgan o’zbekistonlik ikki demokratni vatanlariga deportatsiya qilish xato bo’lishini urg’ulagan edi. Bu hujjatda BMT tomonidan sistematik qiynoqlar o’lkasi deb tan olingan, Avropa Ittifoqi tarafidan sanksiyalar qo’yilgan va AQSH demokratiya uchun beradigan yordamlarini kesib qo’ygan – diktatura rejimi hukmron bo’lgan O’zbeksitonda ularni juda og’ir kunlar qarshi olishi ta’kidlangan edi.

Ma’lumki, Demokratik O’zbekiston Kongressiga birinchilar qatorida a’zo bo’lgan Olimjon Toshniyozov(taxallusi Oydin Dinarov) va Xudoyqul Hafizov(taxallusi Milat Jumayev) Internet sahifalarida e’lon qilgan ko’plab demokratik ruhdagi maqolalarida diktatura rejimiga qarshi fikrlarini ochiq aytgandilar va demokratiya manfaatlarini qattiq himoya etgandilar. Bu esa diktatura rejimi uchun ularga nisbatan ayovsiz qiynoq qo’llashga asos bo’lishi hammaga ayon haqiqatdir.

Gap shundaki, ular o’zlari birga yashagan bir rus kishining to’hmatga tayangan ko’rsatmasiga binoan terrorizmda ayblanib qamoqqa olingan edilar. Dastlabki sudlarda ulardan ana shu ayb olib tashlandi, ammo ularning immigratsiya qoidalarini buzganliklari ikkinchi ayb sifatida turdi. Ya’ni ishlari jinoyat sudidan muhojirat mahkamasiga o’tdi.

Ular AQShga kelganlarida ishlash uchun olgan hujjatlari soxta bo’lib chiqqan. Ya’ni bu hujjatlarni haqiqiy deb berganlarning aldov tuzog’iga tushganlar. Bu maslada sud ularning ishlarini ayri-ayri ko’rib chiqishga oldi. Jumladan Xudoyqul Hafizovning qamoqda yotgan muddatlari jazo sifatida ko’rilib u bundan bir hafta oldin ozodlikka chiqdi. Xudoyqul qamoqda bo’lgan davrda juda ko’p qonunlarni o’rgangani va bu mamlakatga kelayotgan muhojirlar ham o’zi kabi noqulay sharoitlarga tushmasliklari uchun shu jabhada o’qish va faoliyat ko’rsatish niyatida.

Olimjon Toshniyozovning muhojirat sudi esa davom etmoqda va 28 mart kuni sud qaror berishi kutilmoqda.

Har ikki demokrat hamyurtlarimiz rus tilida juda yaxshi yozadilar va voqelikni chuqur tahlil qila oladilar. Ularning ilgari chop etilgan ba’zi maqolalarini quyidagi adresda o’qishingiz mumkin.

http://www.jahongir.org/russian/milat_7905_astana.html

http://www.jahongir.org/russian/andijon_milat.html

http://www.jahongir.org/russian/milat_ikki.html

http://www.jahongir.org/russian/milat_62805.html

Tangrining
mo’jizasi

27 Mart, 2006 yil

SAVOL: Siz muxolifatchilarning burningiz qonasa ham hukumatdan ko’rasizlar. Eshitishimcha siz avariyaga uchrabsiz, bittasi mashinasi bilan urib qochib ketganmish, nega shov-shuv qilmadingiz? (Temur).

JAVOB: Chunki burnimiz qonagan emas-da! Agar burnimiz qonaganda balki siz aytgan kabi shov-shuv qilardik. Bu javobning hazil qismi.

Endi jiddiy qismiga kelsak, bu voqeaning o’zi ham muxolifatchilar hamma narsani ham hukumatdan ko’rmasliklariga bir misol. Shaxsan menga keladigan bo’lsak, qo’limda bir dalil bo’lmasa hukumatni yoki biror shaxsni aybalsh odatim yo’q. Bugunga qadar yozgan tanqidlarimning hammasini faqat dalillarga suyangan holda yozganman. Gumondan uzoq turganman.

Endi avariyaga qaytasak… Darhaqiqat, eshitganingiz kabi shu yilning 22 Mart, Chorshanba kuni kech soat 18.52 da bitta shoh yo’ldan ikkinchi halqa yo’lga o’tadigan joyda orqadan kelayotgan bir mashina bizning mashinani urib yuborishi natijasida avariyaga uchradik. Mashinamiz aylanib, ballonlari yo’l chetidagi beton to’siqqa urilib, portlab ketishi oqibatida mashina osmonga ko’tarilib ketib, yo’l yoqasidagi daraxtzorga tishdi va qarshidagi daraxtga kuchli urilishi natijasida to’xtab qoldi. Bu bir soniyada yuz berdi va xuddi tush kabi bir hol… Umr yo’ldoshim bilan birga edik.

Qilgan va qilayotgan ba’zi ishlarimiz Tangriga xush kelgan ekanmi bir joyimizga zarra qadar ham ziyon yetmadi. Ammo mashinani ko’rganlar yoqalarini ushlab qolishdi. Chunki mashina pachoq-machoqqa aylangan edi. Undan sog’ chiqish faqat mo’jiza edi. Bu esa Tangrining mo’jizasi. Shukur unga!

Mashinalarimiz to’la sug’urta qilingani uchun, darhol, minib turishga yangi bir mashina berishdi. Urib qochib ketgan odam qidirilmoqda. Bu endi politsiya va sug’urta idorasining ishi. Tekshiruv natijalari bo’yicha bizni ham xabardor qilib turishibdi. Tabiiyki, siz aytgan kabi shov-shuv ko’tarsa bo’ladigan voqea edi. Hatto do’stlarimizdan ba’zilari hali ham bu ish ortida sir bor, bu professional tomonidan amalga oshirilgan bo’lishi mumkin, ayni shu kunlari mazkur mintaqada uyg’urlarning lideri Robiya Qodirning mashinasini ham urib ketishganini aytdi. Lekin bu tasodifiy hol deb bilaman.

Imkoniyatdan foydalanib shu kunlari mendan ahvol so’rab turgan barcha do’stlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Xususan, boshqa shtatda yashasa-da bir kunda yetib keladigan pochta orqali O’zbek mumtoz qo’shiqlari yozilgan disk-CDni yuborib, “Buni tinglab, rohat qiling” degan ukamiz Bobur Isayev, har kuni telefon qilib turgan Bahodir Choriev hamda Zokir Ali, Jamshid Ochilov, Tursunpo’lot Nazarov, Ilhomjon Isoqov, Xudoyqul Hafizov, Nuriddin Usmonov, Mustafo Said va boshqalarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Chunki bunday kezda Vatandan olisda bir kalima taskinli so’zning qimmati juda balanddir.

Darhaqiqat, Tangri bizga o’z mo’jizalarini ko’rsatib turadi. Ba’zan bizni balo-qazolardan ogoh etadi, ba’zan esa balo-qazolardan qo’riqlaydi, asryadi, qutqaradi… Biz gohida sezamiz, gohida yo’q. Ammo ozgina diqqatli bo’lsak buni nafaqat sezishimiz, balki ko’rishimiz ham mumkin.

Umid qilamanki, yirik halokatga duch kelgan O’zbekiston osmonida ham Tangrining mo’jizasi aylanib turibdi, uni ko’ra olsak, seza olsak, xalqimizni burnini qonatmasdan qutqarib qolishimiz mumkin.

Kimning atrofida
birlashish haqida

28 Mart, 2006 yil

SAVOL: Demokratik O’zbekiston Kongressining a’zosi Yusuf Rasulov O’zbek muxolifatini Muhammad Solih atrofida birlashishga chaqirmoqda. Bu masalani DO’K da muhokama qilasizlarmi? (Qudrat).

JAVOB: Bu albatta, mustaqil jurnalist, ajoyib ijodkor Yusuf Rasulovning shaxsiy fikri va biz uning o’zini hurmat qilganimiz kabi fikrini ham hurmat qilamiz. Mana bu esa, DO’K raisining o’rinbosari, O’zbekiston Birdamlik harakatining lideri Bahodir Chorievning ushbu taklifga yozib yuborgan javobi:

“Bir vaqtlar men ham o’ta Solihchi edim. Siyosatda ko’p narsani tushunmas edik. Inson vaqt o’tishi bilan, ko’p narsani tushunib borar ekan.

Mendan hafa bo’lishsa ham, Muhammad Solih bo’ladimi boshqa bo’ladimi tashqaridan turib muholifatga lider bo’la olmaydi. Muholifat lideri O’zbekistonda!

Muhammad Solih, Abdurahim Po’latov va boshqalarni bayrog’i ostida to’plashga biz ya’na 15 yil yo’qotishimiz mumkin. Muholifat liderlari hech qachon o’z shahsiy manfaatlaridan voz kechaolmaydilar. Ular uchun shahsiy manfaat halq manfaatidan ustun ko’rinadi. Shuning uchun birdan bir chora yuqoridagi liderlar, Ozbekistonda Karimov rejimi ketguncha va erkin saylovlar boshlaguncha o’z manfaatlaridan vaqtinchalik voz kechib turishlari shart. Ana ushanda hamma umummuholif bayrog’i ostida birlashadi”.

Ikki qarash. Bu demokratik plyuralizm degani. Ana shunday qarashlarning hammasini umumlashtirsak, quyidagi yechimga kelish mumkin.

Ma’lumki, umummuxolifat Karimov rejimiga qarshi bitta platformaga kelishini biz oldindan aytib kelmoqdamiz va tabiiyki bu oxir oqibatda bitta liderni o’rtaga olib chiqishga boradi. Hammaning shunday liderlikka haqqi bor va buni mutloq inkor etmaymiz. Albatta, bunday liderlardan biri Muhammad Solih ham bo’lishi mumkin.

Agar Muhammad Solihning o’zi ham umummuxolifat platformasida lider bo’lishni istasa, u ishni quyidagi odimlarni otishdan boshlamoq’i kerak:

1. Parchalangan ERK partiyasini birlashtirishi;
2.“Birlik”ning Abdurahim Po’latov boshchiligidagi guruhi bilan til topishmog’i;
3. O’tgan 15 yilda yo’l qo’yilgan jiddiy xatolarni samimiy tan olib, ochiq e’tirof etishi kerak.

Bu juda qisqa vaqtda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan narsa. Agar shu ishni bajara olsa, biz uni qo’llash-qo’llamaslik masalasini muhokamaga qo’yishimiz mumkin. Demak, unga omad!

Yaqin kelajakda muxolifat uchun
yana bir imkoniyat paydo bo’lishi tobora aniqlashmoqda

29 Mart, 2006 yil

SAVOL: “O’zbekiston kelajagi buyuk. I.A.Karimov” yozuvlarini shaharning har bir burchagida, chekka-chekka qishloqlarning qiyshayib turgan beton devorlarida ko’rish mumkin. Yaqinda “Advokat-press” ro’znomasida xuddi shunga bog’liq mavzuda AJOYIB bir maqola chop etilgandi, adashmasam maqola nomi „Yo’q haqida badiha“ edi, o’shanda kattalar shoshib qolishgan ko’rinadi, darhol ro’znoma o’z faoliyatini to’xtatishini talab qilishgandi, afsus… O’shanda “Bo’lar ekan-ku” deb rosa xursand bo’lgandim.

Ushbu veb sahifani anchadan beri bilaman, lekin shu vaqtgacha hali savol yozishga botina olmadim. Mana shunday demokratik tarzda bahs qilinadigan sahifa borligidan juda ham xursandman, aks holda O’zbekistonda hech qachon demokratiyani ko’rmasak kerak deb o’ylardim.

Lekin yaqinda bir vatandoshimizning „Bekorchi yig’ilishlarning nima keragi bor?“ degan kinoyali savoliga, „Bizlar uchrashuvlarni kamaytirishimiz mumkin, agar talablar soni ko’paysa“ degan javobingiz meni o’yga cho’mdirib qo’ydi. Shunday ishga bel bog’lagan ekansiz, bunga chek qo’yish, juda afsuslanarli ish bo’lardi. Ushbu qilinayotgan harakat, butun o’zbek millatining osmoniga haqiqat quyoshini tezroq charaqlashiga ko’mak berishiga bizning, yoshlarning shubhasi yo’q. Kim tushunib, kim tushunmay savol beraveradi. Men umid qilamanki, ushbu harakat to’xtatilmaydi, aksincha yanada kuchaytirilib, nihoyat Vatanimiz o’z Navro’zini yaqin vaqtlarda nishonlash baxtiga erishishida ko’maklashadi.

Jahongir aka, men oxirgi 10 kunlik savol javobini qayta o’qib chiqib shunga guvoh bo’ldimki, deyarli har kungi savol javobda, asosiy kuch, ta’sir ichkaridan bo’lishi kerakligini ta’kidlagansiz. Men ham shu fikrdaman, lekin hammamizga ma’lumki, o’zbek xalqi hozirgi holatida hech qanday norozilik yoki shunga o’xshash demonstrasiyalar uyushtira olmaydilar, to’g’rirog’i hadlari, shashdi sig’maydi.

Ertadan kechgacha o’zlari sezmagan holda „yeyish uchun yashash“ni shior qilib olgan sho’rlik o’zbeklar, qanday qilib vajohati ajdardek, taxtda qolish uchun dunyoning barcha iflosliklarini qilishga tayyor muhtaram prezidentimiz va uning malaylariga (musiqachi-siyosatchisidan tortib, to shoirigacha) qarshi chiqsin?

Va yana bir savol-javobda lider haqida so’zlaganingizdek, hozir u yoqda haqiqiy yurtim degan, ertaga hokimiyatga kelsa birinchi o’rinda pressa erkinligini ta’minlab beraman deydigan inson, Lider kerak.

Andijon voqealaridan keyin, shunga amin bo’ldikki Karimovga O’ZBEKning qadri 1 chaqaga ham arzimas ekan. U taxt uchun terrorizmni, vahobiylik bahona qilib xalqni „xalq dushmani“ qilib, shunday ottirib yuboraverar ekan. U yerda bo’lgan DAHSHATni, faqatgina o’sha yerda turib kuzatganlar, umr yo’ldoshini, farzandini, otasini, onasini yo’qotganlar yaxshi tassavvur qiladilar. Ko’z oldingda umr yo’ldoshing, otang yoki onang, yo bo’lmasam farzanding boshidan o’q yeb yerga qulasa, axir bu DAHSHATdan ham DAHSHATku. Bir maqolada, mahalliy milisiya xodimlarning „Hali bu vahobiylarning enasini ko’rsatamiz“ deganiku aqlga sig’maydi.

Lekin bir narsaga umuman hayron qolganim, o’sha xalqni o’qqa tutgan askarlar qaysidir qishloqdan chiqqan yigitlarku? Axir ular ham o’zbek farzandlari-ku? Xo’p ularning vijdolarni qiynalmasin, bunga biron bir bahona topilar, lekin ularning ota-onalari, nahotki ularning vijdonlari qiynalmasa. Nahotki yurak, vijdon degan narsa bir kun kelib, sotilib ketaversa? Men Gitlerning ikkinchi Jahon urushida sanoqsiz insonlarni, to’g’rirog’i isroilliklarni ottirib yuborganini oqiganimda, bu DAHSHATni, nafratni tushunmagan va tassavvur qilmagan edim. Lekin o’zbek, o’zbekni otib tashlasa axir bu holatda Gitler janoblari qilgan ishlar holva bo’lib qoladiku.

Xalqni ichkaridan hech qanday ta’sir, chora ko’rmayotganiga ayblash ham noto’g’ri. Xalq hozir o’zidan ortmayapdi. Oyiga 30000 so’mni zo’rg’a ishlab topayotgan odamlardan qanday qilib katta AJDARlarga qarshi chiqishni tassavvur qilish mumkin. To’g’ri gap pulda emas deymiz, lekin O’zbekistonda havodan boshqa hamma narsa pul bo’lib ketdi. Odamlar olgan oyligini birinchi navbatda 1 qop unga sarflab, qolganini boshqa narsalarga sarflamoqda. Ushbu so’zlarni bosha o’zbek Vatandoshlarimiz o’qishib, „Toza oshirib yubormabdimi?“ deyishi mumkin, lekin chekka qishloqlarda yashayotgan o’zbeklarning ahvoli qanchalik tang ahvolga tushib qolganini hamma biladi, garchi o’sha o’zbeklar ertadan kechgacha ishlab „Shunisiga ham shukur“ deb yashashayotgan bo’lsalar ham.

Har kuni chet el yangiliklarini ko’rib havasim keladi. Ukrainada hukumat barcha tarmoqlarni to’liq qo’lga olib, katta kuchga ega bo’lib, diktaturaviy rejimda davlatni boshqarib turgan vaqtda, oddiy studentlarning revolyusiyasiga dosh berolmay, taslim bo’lgani, yurakda oz bo’lsada haqiqatga ishonch uyg’ondi. Belorussiyada, hukumat to’liq diktator Lukashenko tomonidan boshqarilishiga qaramay, oppozision partiyalar mavjudligiga havasim keldi. Endi bo’lib o’tgan xalq demostrasiyalarini eshitib, hatto jahlim chiqa boshladi. Nahotki shunday zolim diktatorlardan qo’rqmasdan shu narsalarga erishsalar. Zero hozir demonstrantlarning ko’pchiligi qamoqda bo’lsalar ham. Biz bilamiz, bu narsa oddiy so’zlar bilan aytgan bilan oddiy emas, lekin qilsa bo’lar ekan-ku. Nega bizlar hanuzgacha jim turibmiz?

Ushbu veb-sahifada shuncha yoshlar, vatadoshlar, savol javob bahs qilishmoqda, nahotki ushbu bahslar faqatgina shu yerda elektron tarzda qolib ketaversa? Deb doim o’zimga o’zim savol beraman.

Shunday bo’lsada, menimcha birinchi turtki chetdan, Sizdan, bizlardan va barcha chetdagi Vatandoshlardan bo’lishi kerak deb o’ylayman, shu qarashga nima degan bo’lardingiz? Har qalay bizdagi imkoniyat ichkaridagi o’zbeklardan ko’proq.

Keyin O’zbekistonda shoirlari hukumat ostonasini yalab tilanchilik qilmoqda, jurnalistlar haqiqatga ko’z yummoqda kabi ma’no anglatuvchi fikrlaringizga qo’shilaman, lekin to’liq emas.

2007 yil dekabrda O’zbekistonda saylov bo’lishi rejalashtirilgan, agar o’shangacha xalq, yoshlar biron bir chora ko’rmasalar taxtga 100% Karimovning odami o’tiradi. O’zingiz doim ta’kidlaganingizdek, Karimovni bulg’ab ketgan joylarni kimdir tozalshi kerak, aks holda janob Prezidentimiz xalqaro inson huquqlarini himoyalash tashkilotlari tomonidan jinoiy javobarlikka tortilib qolinsalar, Shweysariya bankida xudoga va o’ziga ayon necha million dollar to’plab qo’ygan OYLIK MAOSHlarining kelajagini o’ylayverib o’ylaverib Xudo rahmatli Miloshevich ketgan taraflarga ketib qolishlari mumkin. Bu pul, taxt degan narsa jannatdek, sovg’adek ko’rinishi mumkin, lekin xalqni ezgan, gunohiga qolgan insonlar, bir kun kelib tazirini olmay qolmasligini har bir yelkasida kallasi bor odam biladi.

Chetdan turtki deganimda Sizga yana bir savol: xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan kelishgan holda demokratik tarzda O’zbekistonda oppozision partiya tuzib, demoktratik tarzda saylov o’tkazishning iloji bormi, va ushbu saylovda kimni ushbu mansabga loyiq deb bilar edingiz? Umuman Yurtda taniqli ishonchli shunday insonlarni taniysizmi?

Umuman bizga hozir faqat demoktariyani tushungan, va va’dalarini esdan chiqarib yubormaydigan inson, prezident kerak. Men tepadagi taklif-savolim bilan O’zbekistonga AQSH qurolli kuchlari bilan saylovga aralashib, O’zbekistonni ikkinchi Iroqqa aylantirishini ko’zda tutmadim, men o’zbekning, bizning ertamizdan xavotirga tushib, O’zbekiston hozirgi hukumat boshqaruvi tufayli iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’naviy, marifiy jihatdan yon qo’shnimiz bo’lmish Afg’onistonning kloni bo’lib qolmasligiga jon kuydirayapman.

Biz ishonamiz va umid qilib qolamizki, O’zbekistonimiz tarixida yaqin yillarda katta o’zgarishlar bo’ladi, va bu o’zgarishlar faqat va faqat ijobiy bo’ladi. Bu yerda esa barcha yoshlarning, Vatandoshlarimizning ko’magi juda ham kerak bo’ladi. Uzun savol-noma uchun uzr. (ORZU).

JAVOB: Yurakdan to’kilgan qimmatli mulohazalaringiz uchun rahmat. Menimcha, bu masala faqat sizni emas, barcha yoshlarni ham o’rtayotgani bois savollaringizning ahamiyati yanada kuchlidir. Savollaringiz aslida javobi bilan mujassam. Shunga qaramay men bu javobga ba’zi narsalarni ilova qilmoqchiman.

1.Siz mening agar talablar ko’paysa, yig’ilsihni kamaytirishimiz mumkinligi haqidagi gapimdan xavotirga tushibsiz. Men bu yerda ishni yig’ishtiramiz shaklida aytganim yo’q. Aksincha ishlarni boshqa yo’singa solamiz degan shaklda aytganman. Zotan shunday qarorga ham keldik. Masalan, AQShda bir to’planib kichik majlis qilishimiz uchun kamida ming dollar sarflanadi. Yo’l xarajatlari bilan esa ancha ko’proq. Agar masalani zamonaviy texnologiyadan foydalanib, elektron yozishmalar va dam olish kunlari bepul bo’lgan telefonlashmalar orqali hal etsak, shu pulni tejab qolamiz. Ha, Amerikada bu pul katta mablag’ emas. Ammo mana shu bitta yig’ilishning puliga O’zbekistonda10 ta faolimiz bir oy birovga qaram bo’lmay, mustaqil ishlash imkoniga ega bo’ladi.

Men keyingi paytda Amerikdagi faollarimizga barcha tadbirlarimizni elektron tarzda o’tkazaylik va yig’ilishlar uchun yonimizdan sarflayotgan mablag’ni mamlakat ichida demokratiya uchqunlarini yoyishga sarflaylik degan fikrni aytmoqdaman. Bu ishni bevosita tashkilot orqali emas, odamdan odamga yordam shaklida amalga oshirishni boshlaganmiz ham. Ammo bu pulni to’plab kimgadir yuborib, keyin undan ish talab qilsangiz ko’p o’tmay o’sha odam yo qamoqqa kiradi yoki “diktatorcha”ga aylanadi.

Men bu ishning mexanizmlarini yozmoqchi emasman. Negaligini o’zingiz bilasiz. Faqat aytmoqchimanki, chet ellarda Karimov rejimini hamma tanidi, endi bizning majlis o’tkazib yurishimizdan foyda yo’q. Aksincha turli tadbirlar va safarlar uchun ketadigan mablag’ni mamalakat ichiga yo’naltirsak, naf bo’ladi. Qolaversa, Amerikada yashab shu narsaga iqror bo’ldimki, yuz marta majlis qilganingizdan ko’ra, kerakli idoraga bir marta maktub yozsangiz foydasi ko’proq.

2.Bu saytdagi bahslar shu yerda qolib ketmaydi. Ularni elektron maktublar, kitoblar holida tarqatish ishlari davom etmoqda. Bugun O’zbekistonda juda ko’p yoshlar bilan bevosita aloqa o’rnatganmiz va shuning uchun ham hukumat keyingi paytda bizning yo’limizni to’sish uchun yoshlarga tomon yuz burgani haqida ilgari yozgan edim. Mamlakatdan kelayotgan javoblardan bilinmoqdaki, bahslar bevosita lotin yozuvida bo’layotganidan ular xursand.

3.Lider masalasiga kelsak… Biz ishni boshlaganimizdayoq liderlarni yetishtirish uchun yordam zaminini yaratamiz degan edik. Bugunga kelib tashkilotimizda juda qobiliyatli yuzlab yigitlarning nomlari bor. Ulardan ba’zilari Toshkentda va viloyatlarda ish yuritmoqdalar. Mamlakatda qurultoy o’tkazish fursati paydo bo’ldi deguncha ular o’rtaga chiqadilar. Hozir esa biz ularni guldek paytida yovuz rejimning qo’liga qo’sh qo’llab topshirmaslik uchun ehtiyot qilib turibmiz.

Lekin ulardan ba’zilari allaqachon demokratik guruhlarni tuzib, ish olib bormoqdalar. Qolaversa, bugun O’zbekistonda hukumat ichida, muxolifat orasida va chetda o’qib qaytgan hamda qobiliyatli ishbilarmonlar tarkibida bir necha islohotchi lider bor. Ammo ularning ismini yozish ularni mahv etish demakdir. “Qodir G’ulomov, Rustam Azimov, Sodiq Safoyev, Kozim To’laganovlar prezident bo’lishlari mumkin” deb yozilgach, nimalar yuz berganini ko’rib turibsiz.

4.Demokratlar bugun O’zbekistonning kelajagini boshqara oladigan kadrlar tizimini shaklantirmoqdalar. Kim, qayerda, nima ish qilmoqda, nima ish qila oladi, nimaga qodir, demokratik tamoyillarni biladimi, zamonaviy liderlikdan xabardormi kabi savollarga javobni o’z ichiga olgan Islohotchilar tizimi va uning Dasturi ustida ishlanmoqda.

5.Saylov masalasida… Bugungi sharoitdan kelib chiqadigan bo’lsak, muxolifatning 2007 yilgi saylovga qatnashish imkoni yo’q. Ammo ertangi imkoniyatlar qanday bo’ladi bu noma’lum. Lekin yaqin kelajakda muxolifat uchun qisqa bir fursatli imkoniyat paydo bo’lishi tobora aniqlashmoqda.

Keyingi 20 yilda muxolifat o’laroq paydo bo’lgan besh imkoniyatni yo boy berdik, yoki vaziyatni to’g’ri baholashni bilmasdan undan foydalana olmadik. Bu safar agar vaziyatni to’g’ri baholay olsak, o’sha kunga tayyor bo’lib borsak, bir narsaga erishmoq mumkin.

Bu demokratik imkoniyat nima va qachon kelishini aksariyat faollarimiz orasida ochiq gaplashib, muhokama qilib olganmiz va ishni asosan shu yo’nalishga burganmiz. Izningiz bilan bu haqda hozir yozmoqchi emasman va meni to’g’ri tushunasiz deb o’ylayman.

Siz “SNB” emas, ammo…

31 Mart, 2006 yil

SAVOL: Assalomu Alaykum Jahongir aka!

Andijon voqealari hususida juda ko’plab fikr yuritilda. To’ymaganlar yana gapirishyapti. Men bevosita voqealar ishtirokchisi (tomoshabin)sifati o’sha paytda jahonga habar tarqatgan OAV juda ko’p va ho’p yolgon ishlatgani meni hayratga soldi. Sababi har kuni ko’radigan tanishlaringizdan birini halqqa qarab o’q otayotganini eshitish albatta hayratlanarli hol. Chunki Ozodlik orqali “intervyu” bergan halqni tinmay otayotgan paytda ushlangan Tohir ismli “askar bola” deb tanishtirilgan yigit shaharda ko’pchilik taniydigan GAI hodimi edi.

Habaringiz bo’lsa GAI larga qurol berilmaydi. Boshqa tomondan mana siz AQSH da yashaysiz Virginiya ma”muruyatini kuch bilan, qurol bilan hujum uyushtirilsa qanday chora ko’rilar edi? Agar biz uztqurmani yolgon bilan boshlasak oqibati nima bio’ladi?

Andijonda liderlik masalasi. Agar sizmi M.Solihmi Andijonga kelganda otib tashlar edilar. Bunga guruh tamonidan otilgan inson huquqi himoyachisi misol.

Yana bir misol… bir tanishimni to’da a’zolari kuch bilan hokimiyatga kiritishgan “sen SNBsan” degan da’vo bilan. Yahshiyam qamoqda birga yotgan tanishlar uni joniga oro kirgan. Otib tashlarini sababi qurolli guruh boshqaruvi Andijonda emas edi. Qurolli namoyishni boshqargan Hojievdan odamlar qurollarni hammaga tarqatishini so’raganda u “to’htanglar” “katta urush” bizga kerak emas deb javob bergan edi.

O’zbek halqi buyuk halq… men ishonamanki, norozilikni demokratik usulini biz amalda qo’llay olamiz. Sababi mana shu holatlar saboq. Kimdir aytganidek, tinch namoyish bo’lsa hamma qo’shilar edi.

Saylovlar hususida. Maydan, menimcha, saylov kampaniyasi boshlanadi. Bu imkoniyatda muholifat qanday foydalana olarkin? Yoki yana besh-o’n yil hasrat eshitamizmi? Umuman nima uchun norozilik kuchligu qarshilik bu qadar sust? Boshqa joyda bunaqasi bo’lganmi?

P.S: mana men ko’rgan-bilgan narsalarimni yoza turub, ozgina hijolat tortyapman. Meni ham SNB deb e’lon qilishmasmikan? Endi tushunmoqdaman, haqiqat qanday bo’lishini… Javoblar uchun rahmat. (ISMSIZ).

JAVOB: Darhol aytib qo’ya qolay, men sizni SNB deb e’lon qilmayman. Chunki “SNB”chilar yozganda o’zlarini juda aqlli qilib ko’rsatishga urinshadi. Siz esa o’zingizni juda sodda qilib ko’rsatishga uringansiz.

Agar haqiqat borasida da’vo qiladigan bo’lsangiz va samimiyatingiz rost bo’lsa, ismingizni ochiq qo’ygan hamda haqiqatni o’z nomingizdan aytishdan qo’rqmagan bo’lardingiz. Zotan siz haqiqat deb urg’ulayotgan gapni aytayotganlarga hukumat medal berib turgan bir paytda…

Ismingizni qo’ymadingizmi haqiqat deb da’vo qilingan har qanday yozuv anonimkadir. Chapani qilib aytganda, chap qo’l bilan yozilgan narsadir. Odamlarimizning eng asosiy fojiasi shundaki, o’zi panada, tomoshabin bo’lib turishni, otilgan tosh o’zgaga tegishini istaydi. Boshiga tushayotganlarning ko’pi ana shundan!

Bir narsani unutmang, har qanday voqea, shaxs yoki narsaga o’z munosabatingiz, o’z qarashingiz bo’lsayu buni ochiq nomingiz bilan ayta olmasangiz siz o’sha voqea, o’sha shaxs yoki o’sha narsaga tobesiz, qulsiz!

Andijon borasida javob qisqa. Ikki yil oldin xalqaro inson huquqlari tashkiloti O’zbekistonda bir kishi qamoqda qiynoqdan o’lganini aytib, da’vo qilganda, hukumat dod deb yuborgandi va darhol xalqaro tekshiruvchilarni chaqirgandi. Tekshiruvchilar mahbus qiynoqdan o’lmaganini aytishgan edi. Bu bilan Toshkent qiynoqlar ostida o’lganligi da’vo qilingan boshqa hamma iddaolarni qabul qilib qo’yganini o’zi bilmay qolgandi.

Andijon voqelarida esa, Karimov darhol xalqaro tekshiruvchilarni rad etdi va bu bilan hamma narsani o’z bo’yniga olganini e’tirof etdi. Agar bu ishda hukumatning qo’li bo’lmasa, bu gaplardan Karimov bexabar bo’lganda u dod solib dinyoni boshiga to’plagan bo’lardi. Qolaversa, o’sha kunlar Amerika uni qo’llab turgandi!

Xullas, Karimov jinoyat sodir qildi. Jazosiz qolgan jinoyat asrlarga tatigulik tavqi la’natdir. Endi uning yetti pushti ham bu tavqi la’natdan qutula olmaydi. Bu qadar!

Saylovlar haqida esa ikki kun oldin yozgan edim.

Hamma vaqt ikki yo’l
bor va tanlov sizda!

4 Aprel, 2006 yil

SAVOL: Jahon siyosatiga yaxshi tushunmasamda shuni bilamanki AQSH biron bir manfaatni ko’zlamasdan hech bir mamlakatga shunchaki yordam qo’lini cho’zmaydi. Agarda AQSH bizning mamlakatni demokkratishtirishda yordam berib, keyinchalik o’z manfaatlarini bizning yurtda ko’zlab, ish tutsa, buning natijasida ertaga bizning yurtimizda katta kulfatlar sodir bo’lish taxminalari yo’q deb ayta olmayman. Misol qilib aytsak, hech kimga sir emas, Xitoyning kuchli ishlab chiqarish, va rivojlanishi AQSH siyosatchilarini ozgina sarosimaga tushirib qo’ygan, Yaqinda Bush kelib Hindistonda Hindiston atom bombasini to’liq rivojlantirishga ruxsat berdi. Bu degani Xitoyga qarchi choralar ko’rilmadi deb hech kim ayta olmaydi.

Keyin bizga ma’lumki AQSH hech qachon urushni o’z mamlakatida qilmaydi, qaysi mamlakat bilan urush qilsa albatta o’sha urush e’lon qilingan mamlakat qo’shni mamlakatlari bilan shartnoma tuzib, keyin urushni boshlaydi.

Bizdagi holatga kelsak, Afg’oniston hali hanuzgacha dunyoning eng og’ir va xavfli tochkalaridan biri deb bildiriladi. Ertaga bizda ham demokratik siyosat yo’lga qo’yilsa, va AQSH askarlarini boshqatdan olib kirib, ko’p narsalar qilib yuborishi mumkin.

Siz bizga nisbatan AQSH siyosatini yaxshiroq tushunasiz, o’shanga ushbu fikrimga nima deb javob berar edingiz! (ORZU).

JAVOB: Bu mavzuda ilgari juda ko’p savollar bo’lgan va atroflicha javob qilganman. Shunga qaramay yana ta’kidlamoqchiman. To’g’ri, hech kim va hech bir mamlakat o’z manfaatiga zid ish qilmaydi. Har qanday harakat uning manfaatidan kelib chiqadi. Agar manfaatlar uyg’un kelib qolsa, har ikki tomon ham yutadi. Agar bir mamlakatning manfaati ikkinchi bir mamlakatning hukumat manfaatiga zid bo’lib, xalqining manfaatlariga mos tushsa bu hol AQSh va O’zbek xalqining bugungi vaziyatidir. Rossiya va O’zbek xalqi emas. Chunki Rossiyaning konstitutsiyasi yoki tashqi siyosat doktrinasida, qolaversa amaliy odimlarida demokratiya uning milliy manfaati degan tushuncha yo’q. Ammo AQShda bor. AQShda hukumatlar kelib ketaveradi. Qaysi bir hukumat davrida qandaydir xatoliklar, chekinishlar ham yuz berishi mumkin. Lekin demokratiya bu doimiy manfaat ekanligi o’zgarmaydi. Men O’zbek xalqiga AQShdan hech qachon zarar kelmaydi degan ishonchdaman.

Doim bir narsani misol keltiraman. Bir daraxtda o’nta olma bor. Rossiya siyosati shu olmalardan bittasini egasiga qoldirib, to’qqiztasini olishdir. AQSh siyosati esa to’qqiztasini qoldirib, bittasini olishdir. Bu ham bekorga emas, bozor yo’li bilan. Demokratiya ana shu bittani doimiy olib turishga kafolatdir. Qolaversa o’sha mamlakatda barqarorlik qolishi uchun AQSh juda katta yordam ham beradi.

Mana endi tanlov sizda. Hamma vaqt oldingizda ikki yo’l paydo bo’ladi. Tanlash o’zingizga qoladi. Karimov Rossiyani tanladi. Ko’rdingiz “Chiqib ket!” deganida AQSH chiqib ketdi va buni qo’rqqanidan qilgan emas, balki o’z manfaatidan kelib chiqib qildi. Chunki Karimovni ochiq qo’llayotgani uning manfaatiga jiddiy zarar yetkaza boshlagandi. Rossiya esa chiqib ketarmikan? Javob juda og’ir.

Mana ko’rasiz, Afg’oniston Janubiy Koreya kabi yuksalib, O’zbekistonda rejim o’zgarmay qolsa u Shimoliy Koreya ahvoliga tushadi. Janubiy Koreya AQSH bilan hamkor, Shimoliy Koreyaning suyangan tog’i esa Kremel.

Dunyoda mustaqil siyosat yurgizish nisbiydir. Hamma bir-biriga bog’liq va hammaning manfaatlari qayerdadir kesishadi. Ana shundan kelib chiqib ish qilmoq kerak. O’zbekistonda xalqning manfaatidan emas Karimovning manfaatidan kelib chiqib siyosat yurgizilmoqda. Bugun uni Kremel va Pekin himoya qilgani uchungina u o’zini ularning og’ushiga otdi va O’zbekistonni shaxsiy manfaatlari uchun sotib yubordi. Bugun O’zbekiston mustaqil davlat emas, balki Rossiyaning geberniyasidir! O’zbek xalqi esa Rossiya uchun ishlamoqda va Rossiyaning quliga aylantirildi. Karimov Chor Rossiyasi paytidagi qo’g’irchoq amirlar va xonlardin biriga aylanib qoldi.

Xonliklar va amirlik paytida ichki nizolar kuchayib mintaqada nimalar yuz berganini bilasiz va xavotiringiiz bejiz emas. Lekin shunday kunda ham oldingizda ikki yo’l paydo bo’ladi va qaysi birini tanlashni o’zingiz hal qilasiz. Oqil bo’lsangiz xalq manfaati taqozo etgan yo’lni tanlaysiz va zolim bo’lsangiz o’z manfaatingizdan kelib chiqib ish qilasiz. Menimcha, bizda hali uzoq vaqt zolimlik qoladi. Hatto demokratik davr boshlanganda ham zolimlik rishtalari ustunlik qiladi. Chunki bu ruhimizga, qonimizga, vujudimizga singib ketgan va osonlikcha qutulish qiyin.

Men o’nlab o’zbeklarni bilaman, G’arbda uzoq yillardan beri demokratik sharoitlarda yashab ham zolimlikni tark etganlari yo’q, joyi keldi deguncha zolimlikdan rohatlanadilar va umuman demokratiyaga toqat qila olmaydilar. Ko’rdingizmi, bu ham ikki yo’l va qaysi birini tanlamoqdamiz!

“Informatsion” jangda
3:0 ga mag’lubiyat

6 Aprel, 2006 yil

SAVOL: “Mahalla” gazetasining 5-Aprel (2006) kungi sonida chiqqan “Andishaning oti qo’rqoq emas” degan ochiq xatda Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi musiqali drama teatrining badiiy rahbari, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Javlon Toshxo’jayev, Andijon voqealari haqida “Ozodlik” radiosining ba’zi jurnalistlariga ochiq xati e’lon bo’lgan va unda shunday degan: “Ana endi o’sha kunning dahshatlarini Amerika qit’asidan boshpana topib ertakona manzaralarni chizib berayotgan va bu manzaralarni sizning radioto’lqinlaringizda “qurultoy” eshittirishi orqali olamga yoyayotgan Jahongir Muhammad, Ismat Xushev, Bobur Malikov, qochqin Farhod Inog’omboyev, “erkparvar” shoir Muhammad Solih, andijonliklarning taqdiri uchun kuyib-pishayotgan Galima Buxarboyeva, Markus Bensman, Yelena Urlayeva, Sanobar Shermatova yoki Toshkentda turib sizlarga axborot berib turgan Sadriddin, Sanobar, Dilnavo (Bu ismlar kimlargadur taxallus bo’lib xizmat qilayotganiga imonim komil) yoki namanganlik bilimdon Nosir Zokir, toshkentlik “shoir” va “hofiz” Dadaxon Hasanning og’zidan eshitib emas, mening sizlarga yo’llayotgan mana shu maktubimni o’qib mushohada qilib ko’ringlar…”. Xo’sh buni siz qanday mushohada qilasiz?(Nozimjon).

JAVOB: Garchi “Qurultoy” dasturining keyingi sonlari Javlon Toshxo’jayevning talablariga javob beradigan darajaga tushib qolgan bo’lsada, lekin uning o’tgan yildagi dasturlari haliga qadar aks–sado berayotgani, kimlarningdir uyqusini buzayotgani ilhombaxsh holdir. Bu birinchidan.

Ikkinchidan, biz hech qachon absolyut haqiqatga da’vogar emasmiz. Absolyut haqiqat yaratganning o’zi va u biladigan narsalar. Biz esa nisbiy haqiqat haqida gapiramiz. Nisbiy haqiqat ko’rganlar, eshitganlar, yozilganlarga qarab taqqoslashlar tufayli o’rtaga chiqadi.

Andijonda nima bo’lgandi? Haliga qadar bu savolga aniq javob yo’q. Qozonning og’zi bekitilgan. Shunga qaramay u yoq, bu yog’idan bug’ chiqib turibdi. Unutmaslik kerak-ki, bu bug’ bir kun kelib kuygining bad bo’yiga ham aylanishi mumkin va bu holda “Mana bu xonadondan yomon hid kelayapti” degan odamlar aybdormi yoki qozonning og’zini bosib o’tirgan kishimi?

Men yana takror aytishga majburman, nega bir kishi qamoqda qiynoqdan o’ldi deganda Karimov butun dunyodan tekshiruvchilar chaqirib, uning qiynoqdan o’lmaganini ko’z-ko’z qilgandi va nega Andijonda xalqaro tekshiruvga tish tirnog’i bilan qarshi chiqdi. Axir o’sha kunlar Bush uni yaqin safdoshim deb va Pentagon unga yordam uchun beli bukilmagan pullardan berib turgandi.

Bu biz to’qigan ertak emas, bor yo’q hammaning ko’nglida paydo bo’lgan savoldir. Biz uni tilga keltirdik, xolos.

Uchinchidan, diktatura rejimi “Dunyo bizga informatsion urush boshlagan” degan ertak (ana buni ertak desa bo’ladi-JM) bilan o’zini o’zi ovutmoqchi. Lekin bu ham mag’lubiyatdan boshqa narsa emas. Negami?
-Bugun odamlar bu rejim yo’lg’onchi ekanligini bilib oldilar va unga ishonmaydilar. Uning yozganlariga ham. Bu uning darvozasiga urilgan bitta gol!
-Rejimning kasofati tufayli odamlarga qorin g’ami eng asosiy ishga aylangan. Shu bois rejimning yozganlarini o’qishga vaqtlari yoq. Yana bitta gol!
-Kelajakda xalq bugun rejim ‘choyshab”larida nimalar yozilganiga emas, yozilmaganiga talpinadi. Uni esa biz yozmoqdamiz. Bu uchunchi gol.

Mirziyoyev va
Gulnora orasidagi kurash
(Xorazm misolida)
10 Aprel, 2006

SAVOL: Yaqinda Gulnora Karimova Xorazmda hukumatning qariyb 90 milion dollariga qurilgan shakar zavodini to’qqiz baravar arzonga sotib olibdi degan gap tarqaldi, shundan xabaringiz bormi?(Otajon).

JAVOB: Xabarim bor. Voqea va oqibatini chuqurroq idrok etish uchun Xorazmda keyingi vaqtlarda nimalar bo’layoganiga bir nazar tashlash kerak bo’ladi.

Men hukumat doiralariga yaqin manbadan olgan ma’lumotlarga ko’ra, 2003 yilning Iyul oyi o’rtalarida Xorazm viloyatining hokimi Islom Bobojonov oldiga Qoraqalpog’iston Respublikasi va Turkmanistoning Toshhovuz viloyatidan mutasaddilar kelishadi. Tashrifdan asosiy maqsad yuqorida tilga olingan hududlar bilan birgalikda bir paytlar tuzilib hatto birinchi ordenini Leninga atab, keyin O’zbekistonga qo’shilgan “Xorazm xalq respublikasi”ni qayta tuzish va mustaqillik e’lon qilish, Xorazm xonlarining Shvetsariya bankidagi hisob raqamlaridagi pullarni olib, hududda sanoatni rivojlantirish taklifi bo’ladi.

Bu paytda O’zbekiston AQSh bilan yaqin hamkor bo’lib turganida Kreml bir o’q bilan uch quyonni urmoqchi bo’lib, kimlarnidir ishga solgani haqida ham gap-so’zlar bor.

Xullas, Islom Bobojonovga tashkil qilinishi mumkin bo’lgan respublikaning prezidenti bo’lish taklifi ham kiritilgani va xalqaro qo’llab quvvatlovning mavjudligi mehmonlar taklifiga rad javobi olmasliklari uchun xizmat qilishi ko’zda tutiladi.

Taklifni tinglagan Bobojonov o’ylab ko’rajagini ma’lum qilib, mehmonlarni kuzatgan zahoti katta “Islom”ga qo’ng’iroq qilib bor gapni yetkazadi. Natijada Qoraqalpog’iston va qo’shni Toshhovuzda ham kadrlar almashinuvi, qama-qamalar amalga oshirilgandi. Xorazm xalqini aldab qo’yish uchun viloyatga oliy xalq ordeni -Jaloliddin harbiy ordeni berilgandi. Oradan bir oy o’tib, Mustaqillik bayramida Bobojonov ham “O’zbekiston qahramoni” bo’lgandi.

Shu orda Bosh vazirlikka ikki kishi Mirziyoyev va Bobojonov nomzodi tanlangandi. Otaxoni bilan suhbatga oshiqqan Bobojonov Mirzoyoyevga yo’l ham bermasdan uning huzuriga kirib ketadi va keyin kirgan Mirziyoyevning chiqishini kutib ham turmay uyiga qaytib katta ziyofat beradi. Ziyofatda o’zining “Men vazirlikdan chiqqanman, geroyman Mirziyoyev kim bo’pti?” degani yetmagandek, shirakayf mehmonlardan biri qovun tushirib “Hali bu Bosh vazirlik ekan, siz undan ham yuqoriroqqa loyiqsiz” degan gaplari videotasmaga yozilib, Devonga yetkaziladi.

Bosh vazirni ham Zarafshon mintaqasidan tanlashga ikkilanib turgan Karimov shundan keyin o’ng qo’lini Mirziyoyevning boshiga qo’yadi. Ma’lumki, kadrlarni ishga tayinlashda Karimov “Falonchi sen haqingda mana bularni olib kelib berdi” deya o’zining maxsus xizmatlari tayyorlagan ‘kompromat”larni ko’rsatadi. Bu safar Mirziyoyev va Bobojonov orasiga rahna solinadi.

Mirziyoyev darhol Bosh prokuratura orqali Xorazm hokimining patagini kovlashni va kimda qancha yer borligi borasida ma’lumot berishni talab qiladi. Topilgan ma’lumotlar bo’yicha Urganch tuman hokimi “Axborot”da tanqid qilinadi va tezda ishdan olinadi. Shundan keyin Bobojonov tashabbusni qo’liga olib, hokimlaridan qaysi prokurorning qancha yeri borligi borasida yozma ma’lumot olib, Devonga topshiradi. Shu asnoda Mirziyoyev Bobojonov kurashi boshlanib ketadi.

Mirziyoyev Xorazm hokimining Qurilish Ishlari bo’yicha or’inbosari Rahimboy Yo’ldoshevni qo’lga oladi va uni Bobojonovga qarshi maydonga tashlaydi. Unga madad kuchi sifatida Xorazm Avtoyo’l uyushmasi boshqaruvi raisi Valeriy Polvonov ham majlislarda Bobojonovni mazax qilishga o’tadi. Yo’ldoshevning o’g’liga qizini bergan Valeriy endi kuchli “tandem” hosil qilib, viloyatdagi eng yirik shaxslardan hisoblanib qoladi. Ayni paytda viloyatdagi davlat hissadorlik jamiyatlarining davlat ulushlari xususiylashtirilishi boshlanib, Yo’ldoshevning o’g’li Valeraning kuyovi Ahror Gulnora sotib olgan Urganch yog’ hissadorlik jamiyati boshqaruvinining raisi etib tayinlanadi.

Bobojonov, Yo’ldoshev va Polvonov uchovlon uch tomondan viloyatni talon taroj qilishni boshlashadi. Viloyatdagi kamchiliklar yuzaga chiqib borgan sari hokim almashishi uchun zamin paydo bo’ladi. Dastlab Gurlan tumanidan chiqqan, Irrigatsiya vazirligida ishlayotgan Qalandarovning nomzodi olg’a suriladi. Ammo otaxoniga yo’l topishga usta bo’lgan viloyat hoki uni tuman rahbari qilib tayinlaydi.

Keyinchalik o’rtaga qo’yilgan yana bir nomzod Qo’shko’pirlik Ilgizar Sobirov ham Bobojonov tashabbusi bilan Qo’shko’pirning “eplay olmagan noshud” hokimi o’rniga tayinlanadi. Bu orada Bobojonov ikkala nomzodning orqasidan odam qo’ydirib Qalandarovni Gurlanda pora bilan ushlatadi va dumini tugib qo’yadi.

Gap nimadaligini tushungan Sobirov bundan to’g’ri xulosa chiqaradi va ideal hokim rolini o’ynab turishga majbur bo’ladi. Vaqti kelib Bobojonov uni ham senator qilib kuzatadi. Karimovga qulluq qilib yurgan Sobirov Mirziyoyevning ham dastagini olib, Senatga rais bo’ladi. Zarafshon-Farg’ona-Toshkent uchburchagi yonida Xorazm hissasini ham unutmaylik, mintaqada vaziyat yomon deya Karimovni ko’ndirishadi. Natijada Xorazm viloyati uchun Bobojonovning kuchi yetmaydigan nomzod tayyorlandi! Endi hokim Gulnoraga yo’l qidira boshlaydi.

Yaqinda Karimov viloyatga borib bir kecha tunab qaytadi. Ana shunda Karimov Bobojonovni huzuriga yo’latmaydi. Tunni mehmonhona eshigida mashinada o’tkazgan Bobojonov ertasi otasi bilan viloyatdagi o’zgarishlarni ko’zdan kechirish uchun birga yurganda ham sovuq muomala bilan ro’baro’ keladi.

Shundan keyin u zapasdagi kanalni ishga soladi. U asli Xonqa tumanidan bo’lib, uning sinfdoshi Tatyana Akbarovnaning singlisi Tamaraga uylangan. Shu yo’l bilan Gulnoraga chiqiladi va unga qariyb 90 million dollarlik shakar zavodini hadya qiladi

Yaqinda MXX va Bosh Prokuraturadan maxsus guruh Xorazmga yuborildi. Ma’lum bo’lishicha bir necha amaldorlar bir oydan ortiq vaqt davomida maxsus kuzatuvga olingan. Hatto Polvonovning hojatxonasidagi voqealar ham yozib olingan. Dastlab bir hafta mobaynida hamma kuzatuvdagilarga viloyatdan chiqmaslik to’g’risida tilxatga qo’l qo’ydirilib uy qamog’ida tergov qilishgan. Polvonovning uyidan 440 ming dollar naqd pul va uning hisobida bo’lgan 150 ta turli rusmdagi yangi avtomobil musodora qilinadi.. Uch to’rt kun oldin Bobojonovdan boshqa hammasini Toshkentga olib kelishdi. Polvonovning uyi 4 milliard so’mga (3 yarim million dollar) baholanib musodara qilingan.

Turkman gazini Tojikistonga yetkazib beruvchi Transgaz sho’ba korxonasining raisi Zufar Botirov ham chet elga qochib ketish uchun uyini “sotib” Toshkentga borganida qo’lga olingan. Bir necha kishining qochib ketgani ma’lum.

Qo’qqisdan boshlangan bu “tozalashning” sabablari nimada? Gulnora ishga kirishdimi yoki bu masalaga Gulnoraning aralashganidan xabardor bo’lgan Karimovning jahli chiqdimi? Agar yaqin kunlarda viloyat hokimi ishdan olinsa, demak ikkinchi taxmin to’g’ri bo’lib chiqadi.

Xullas, Gulnora va Mirziyoyev ko’rinishda juda yaqin bo’lsalarda amalda jiddiy raqobatning ichidalar. Buni birgina Xorazm misolida tahlil etdik. Vaholanki, bugun har bir viloyatda shunday manzarani kuzatish mumkin. Karimov bu juftlikning raqobatlariga ham chora topsa kerak? Topolmasa, demak diktatura qo’ldan qo’lga o’tish fazasiga kirgan.

Demak, diktatura rejimi vos-vosga tushib, informatsiya urushi deya o’zi boshlagan jangida 3:0 yutqizmoqda.

Gulnora bugun Jizzaxda.
Nega u Jizzaxga qatnab qoldi?

13-4-2006

SAVOL: Siz Karimov yana o’zi haqida o’ylay boshladi deb yozgan edingiz, boshqa manbalar Gulnora haqida yozmoqdalar, bunga nima deysiz?(Shermat).

JAVOB: Albatta, bugun hamma har narsani taxmin qila oladi, ammo ertaga nima bo’ladi hech kim aniq ayta olmaydi. Lekin men hali ham Gulnora otasining o’rniga o’tishiga u qadar ishonmayman. Chunki bunga vaqt kerak. U kamida bir viloyat hokimi, keyin Bosh vazir bo’lib, bu vazifalarning havosini olmasa bo’lmaydi.

Agar Karimovning ko’nglida shu narsa bo’lsa, haliga qadar Gulnorani ana shunday ishlardan biriga tayinlar edi. Lekin keyingi vaqtda Gulnoraning viloyatlarga qatnovi ko’payib qoldi. Hali uning Mirziyoyev hamrohligida Jizzaxga borganiga ko’p bo’lgan emas. Ammo u kecha va bugun ham Jizzaxda. Nima emish, kam ta’minlangan oilalarga osh berish uchun boribdi. “Tereza ona” nomini olmoqchimi yoki boshqa maqsadi bormi bu endi uning o’ziga va yaratganga ayon.

U Jizzaxga kecha kechqurun borib, viloyat hokimi qarorgohida dam olgan va faollar, biznesmenlar bilan ko’rishgan. Toshkentdagi manbaga ko’ra, Xorazm tufayli oralaridagi ko’rinmas kurash ochilib qolganidan Mirziyoyev tashvishda va xonimning ko’nglini olish uchun Jizzax uchrashuvini tashkil qildirgan. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, Mirziyoyev yoki boshqa odam kelib qolmasin degan kuchlar ham bor va ular boylikka o’ch bo’lgan Gulnora omili bu xavfni bartaraf etadi degan tushunchadalar.

Karimovga qaytsak, uning kallasida nima borligini ham bilish mushkul. Chunki u qat’iy qarorga ega bo’lmagan odam. Har lahzada gapidan va fikridan qaytishi unga odat. Shunga qaramay Devondagi voqealardan kelib chiqib, ba’zi narsalarni taxmin qilisih mumkin.

Eng asosiysi u juda qo’rquv ichida. Oldingilari kabi Devonga tushga yaqin kelish odati yo’qolgan va ba’zi kunlar kabinetiga saharlab kelishi esa, tinch uxlay olmayotganidan ham darakdir. Ayni paytda bu uning qandaydir ishga tayyorgarlik qilayotganini ham ko’rsatadi. Uning tez-tez Mirziyoyevni chaqirayotgani bahor kelib, tashvishlar ko’payganidan bo’lmasa kerak?!

Nima bo’lganda ham vaqt Karimovni iskanjaga olgan va u xato qilib qo’ymasilik chorasini izlamoqda. Oddiy bir xato qum ustida turgan “qasr”ning qulab ketishiga bois bo’lishini kim, kim, bu qasrning “me’ mori” Karimov yaxshi biladi.

Toshkentdan olingan yana bir ma’lumotga ko’ra, Karimov Mirziyoyevga tashqaridagi muxolifatning radikal bo’lmagan, “o’z nomiga qora dog’ tushirmagan” qanotlari bilan til topishish, ularning mamlakat ichidagi ba’zi faollarini o’z partiyasiga jalb qilish, ayrimlariga ish va’da etishni buyurgan.

O’zbekistonda
“bugun-erta jang bo’ladi”-mi?

18 Aprel, 2006 yil

SAVOL: “Ozodlik’ radiosining 2006 yilning 16 Aprel kungi “Qurultoy” dasturida O’zbekistonda “bugun-erta jang boshlanishi” va bu muxolifatning qandaydir katta va yashirin kuchlar qanoti ostida vatanga qaytishiga yo’l ochishi haqida Muhammad Solihning tarafdori sifatida gapirgan Ismat Xushevning bayonoti yangradi. Bir paytlar o’qigan edim, Ismat Xushev ham DO’Kga a’zo bo’lgandi. Mana shunga DO’Kning positsiyasi borasida nima deysiz?(Obid).

JAVOB: DO’K faoliyatida qatnashmay qo’ygan shaxslar avtomatik ravishda uning a’zoligidan chiqib ketishlari tashkilotning nizomida ochiq yozilgan va bu uning saytiga qo’yilgandir. Ismat Xushev tashkilot bilan uzoq vaqtdan buyon aloqada bo’lmagani, uning faoliyatida qatnashmagani uchun o’z ixtiyori bilan undan chiqqan hisoblanadi va hozir DO’Kning a’zosi emas. Bu demokratik tanlov.

Endi “bayonot” masalasiga kelsak…Bu gapni Kanadada yashayotgan Ismat Xushev aytgani uchun jiddiy olmasa ham bo’lardi. Qolaversa, boshqa paytda va boshqa mavzu muhokamasida bu gap aytilganda ham jiddiy olinmasligi mumkin edi.

Ammo 2007 yilda Erk partiyasining saylovda qatnashishi oldinga surilgan maxsus dasturda, mazkur masalani astoydil qo’llab quvvatlovchilardan biri sifatida gapirgan shaxs bu gapni aytgani juda xavotirli.

Chunki biz jiddiy olmaganimiz bilan, hukumatdagilarga xuddi shunday “bayonot” kerak va ular buni juda jiddiy oladilar. Xorijdan bosim qiluvchilarning og’ziga shunday “bayonot” bilan uradilar va mamlakat ichidagilarni ham shundan kelib chiqib battarroq qatag’on qiladilar.

Bu esa biz xatolardan mutloq xulosa chiqarmasligimizning oqibatidir. Chunki ilgarilari ham xuddi “Ozodlik”dan aytilgan xuddi ana shunday “bayonot”lar tufayli yuzlab faollar qamoqlarga tiqilgan va demokratik jarayonlarga qarshi qatag’on yuritilgan edi. O’sha “bayonot”lar diktatura rejimi o’zbek xalqining boshida bugunga qadar qolishiga ozmi-ko’pmi yordam berganini ham inkor qilish mumkin emas.

Hukumat mana shuni bahona qilib xorijdan keladigan har bir uchqichdagi har bir odamni tekshira boshlasa va chegaralarda zug’um yanada kuchaysa aslo ajablanmayman. Xalqni qo’rqitish avjiga chiqsa, G’arbga nisbatan shubha yanada kuchaysa va bu odimlar tanqidga uchrasa, hukumat ana shunday “bayonot”larni ro’kach qiladi. Mana shunday “bayonot” foydasida zulmning umri yanada uzaytiriladi. Buni har bir saylov oldidan ko’rmoqdamiz.

Ming afsus, yana bir bor ko’ramiz, shekilli. Bu masalaga umummuxolifatning demokratiya uchun tinch yo’llar bilan kurash positsiyasini qo’llaymiz deb aytayotgan ERK partiyasining (Muhammad Solih guruhi) daxli, aloqasi bormi-yo’qmi bilmayman. Har holda bunga ularning o’zlaridan javob kutmoq kerak.

Biz esa uzoq davom etsada, tinch, demokratik yo’lni tanlaganmiz va har qanday jang faqat oddiy xalqning qoni to’kilishiga olib kelishini bilamiz. O’zimiz panada, tinch joyda turib, xalqni jangga kirishga, zulmning oyoqlari ostida jon berishga ruhlantirishdan ham yiroqmiz, buni ma’naviyatsizlik, xudbinlik deb qaraymiz. Men 2005 yilning 8-May kuni xuddi ana shu “Ozodlik” radiosi orqali aytgan edim, qancha odam chiqsa ham bu rejim tanklar bilan majaqlaydi deb. Oradan besh kun o’tib, shunday bo’lgandi. Bugun ham fikrim o’zgargan emas. DO’Kga a’zo bo’lganlar bilan bu masalada hamfikrmiz. Shu sabab har qanday jangga va jang tashviqotiga qarshimiz. Aksincha janglarning oldini olishni katta vazifa deb bilamiz. Pozitsiyamiz ana shu!

Shu o’rinda bir mulohza. “Ozodlik” muxbiri Abdulla Iskandar (Shuhrat Bobojonov) esa bunday jiddiy mavzuni muhokamaga qo’yganda ozgina odil bo’lishi kerak. Ayniqsa, Bobojonovlar 1991 yilda Muhammad Solihning saylovdagi (Xorazmda) ishonchli vakili bo’lgani uchun ham u bir qadar insof bilan harakat qilmog’i zarur. Chunki biroz oldin “Birlik” ham o’z nomzodini ilgari surishi haqida bildirgandi. Nega bu haqda lom-mim deyilmadi? Yoki “Ozod dehqon”lar-chi? Nega ularning ham vakillari qatnashmadi? Qolaversa, “ERK”ning Samad` Murod qanoti-chi? Buning ustiga Muhammad Solih nomzodiga ochiq qarshi chiqayotganlardan biri Bahodir Choriyev nomi bot-bot tilga olingani holda unga minbar berilmasligi ham o’zini mustaqil hisoblaydigan, ammo mustaqillikdan ancha yiroqda qolayotgan Shuhrat Bobojonovga yarashmaydi.

Omon bo’lsak, bu gaplarni
Sizga 2008 yilda eslataman
22 Aprel, 2006 yil

SAVOL:DO’Kning pozitsitsiyasi haqida: “Bugun o’zbek demokratik muxolifatining tashqaridagi barcha a’zolari teng huquqlidirlar. Hammaning bitta statusi bor – QOCHQIN! Shunday ekan, ularning bitta yo’li bor: shaxsiy ambitsiyani yig’ishtirib, o’zaro birlashib, butun siyosiy, moliyaviy va ma’naviy kuchni mamlakatga safarbar etish, ichkaridan bitta nomzodni tanlab, diktaturaga qarshi turish. Bu demokratik umummuxolifatning birligiga ham kafolatdir.

Biz ana shu yo’lda har qanday muzokaraga, taklifga ochiqmiz va yordam qo’lini uzatishga hozirmiz. Aks taqdirda 2007 yil ham o’tadi va muxolifat tarqoq, kuchsiz va xalqdan ajralgan, Vatandan ayro tushgan, shaxsiy manfaatlari uchun yashayotgan bir necha kimsaning atrofida uymalashgan to’dalarga aylanib qolaveradi” deb yozibsiz. Menda darhol savol tug’ildi: Nega nomzod ichkaridan bo’lishi shart? (Ozodbek).

JAVOB: Bugungi sharoitlarda tashqaridan ko’rsatilgan nomzod shunday ham tarqoq bo’lgan muxolifatni yanada parchalashga urinish va saylovga yetmasdan turib 100 foyizlik mag’lubiyat ekanligini yosh bola ham tushunib turibdi. Buni anglagan holda o’zini shunga urish esa, shunchaki soddalik yoki Vatan haqida nimadir qilishga urinish emas, balki shu bahonada siyosiy kampaniya qilib o’zining tashqaridagi siyosiy umrini, rohatini kafolatga olish va “men prezident bo’laman” deya olgan qarzlarini “spisat” qilish va turli tadbirlarga xarajat qiluvchilarning diqqatini jalb qilishdan iboratdir. Ya’ni tirikchilikning bir yo’li.

Bugun mamlakat ichida qolgan muxoliflar birlashishni va birlashib bitta nomzod chiqarishni istayotgan ekanlar, nega ularga peshvoz chiqmaslik kerak? Bu osmondagi oyni uzib olaman degandan ko’ra, zaminga yaqinroq harakat emasmi? Bu holatda hech bo’lmaganda muxolifatni birlashtirish va uni katta siyosiy kuchga aylantirish mumkin hamda O’zbekistonning bugunini bo’lmasa ham kelajagini qutqazish va 15 yil davomida kichkina diktatorlar deya qozonilgan tavqi la’natdan qutulish mumkin.

Karimov tarixni men yozaman degan axmoqona tushuncha bilan yashaganidek muxoliflari ham ayni mantiq bilan ish bitirmoqdalar. Lekin tarixni xalq yozadi. Bugun bo’lmasa ertaga.

Mamlakat ichida umummuxolifatning ishonchiga sazovor nomzodlar bormi? Albatta bor. Mamlakat ichida xalq bor. Xalq bor joyda esa liderlar bor.

Agar O’zbekiston ichidan bir lder tanlansa va muxolifatning barcha qanotlari uni qo’llasa, jumladan tashqaridagilar siyosiy, moliyaviy va ma’naviy yordam kampaniyasini boshlasalar bu nomzodni butun dunyo qo’llaydi.

Bitta narsani unutmaylik, dunyoning biror bir mamlakati turli saytlarda yozilgan yoki axborot manbalarida ishlayotgan tarafkashlarning fikri bilan xulosa qilmaydi. Agar shunday bo’lganda AQSH Davlat departamentining yillik hisobotida ba’zi “lider”larni ixtiyoriy qochoqlar deb e’lon qilishmas edi. Chunki barcha mamlakatlarning O’zbekistonda elchixonalari bor va bu joylarda kimning kimligi va nimaga qodirligi haqida har kuni hisobotlar tayyorlanadi hamda o’z mamlakatlariga taqdim etiladi. Ular kimnidir bitta odam nomzod deb e’lon qilayaptimi yoki orqasida ko’pchilik bormi, hammasini bizu sizdan yaxshi biladilar.

Sanjar Umarov nega bu qadar dunyo diqqatini tortgandi?
Birinchidan, u mamlakat ichida edi.
Ikkinchidan, hech bo’lmaganda besh – o’nta odamga rahbarlik qilgan va mamlkatdagi boshqaruvdan xabardor edi.
Uchinchidan, mamlakatdagi zamonaviy boylar va yoshlar unga ergashishlari ehtimoli kuchli edi.
To’rtinchidan, uni hukumat doiralari bilan ham aloqasi bor deb o’ylashgandi.
Beshinchidan, u uyim yo’q, mashinam yo’q deydigan darajada ochofat emas edi.

Shu ham yetarli bo’lmadi va quv tushdi. Lekin istaysizmi istamaysizmi bugungi davrda bu kabi narsalar hisobga olinishi kerak.

Karimov bugunga qadar muxolifatni qo’llanib o’z zulmini asolashga urinib kelmoqda. Kimlardir bu borada Karimovning oqlovchisiga aylanib qolishmoqda. Bugun ham umummuxolifatga quloq solmasdan uch-to’rta qarsakboz bilan ura-ura qilish Karimov rejimining umrini uzaytirishga xizmat qilishdir.

Hozirdanoq hech ikkilanmay aytish mumkinki, keyingi kunlardagi shovqin-suronlar bilan muxolifatning 2007 yilgi saylovga kira olmasligi ta’min etildi va muxolifat mag’lubyatga mahkum qilindi. Agar men xato qilgan bo’lsam, 2008 yilning boshida eslating, bo’lmasa bu gaplarni o’shanda men sizga eslataman!

Shu o’rinda faqat shuni ilova qilmochimanki, demokratik sharoitlar va doiralarda istagan odam men prezident bo’laman deb aytishga haqli. Ammo u bu haqqa halol kurash tufayli sazovor bo’ladi. Dastlab partiya ichi kurashida “Men prezident bo’laman” deganlardan bir nechasi bellashib, oxirida bittasi qoladi va u boshqa partiyalarning yoki harakatlarning nomzodlariga yoxud mustaqil nomzodlarning qarshisiga chiqadi.

Diktatura o’lkalari va davralarida esa bir kishi “Ha, endi ko’ramiz” deb qo’yadi va atrofida uymalashgan bir ikki maddoh ertasigayoq uning nomzodini ko’rasatadi. Tabiiyki, “partiya”, “xalq” nomidan. U ham darhol qabul qilib, hatto bildirilgan yuksak ishonch uchun rahmat ham aytadi. 15 yildir biz ikkinchi holatni ko’rmoqdamiz va bugun ham.

Men mulohazalarimni aytdim va xulosani siz chiqaring!

“Yo Rabb, bugun qiyomatmu?”

25 Aprel, 2006 yil

SAVOL: Men ilgari ham sizga bir ikki marta yozgan edim. Hozirgi xatimdan maqsad sizning 2007 yil buladigan O’zbekiston prezidentlik saylovi haqida fikringizni so’ramoqchi edim. Sizning bu haqda umumiy fikringiz qanday.Yana esa, sizga mendan Yulduz Usmonovaning “Iymon” nomli qo’shigini. (Mana bu yerda eshitish mumkin) Bu qo’shiqqa nisbatan ham o’z fikringizni bildirsangiz, iltimos. Balki eshitgandirsiz. Shu qo’shiq bilan yangi konsertni ochishi kerak edi, lekin qo’yishmadi, shekilli. Sababini o’zingiz bilsangiz kerak. Hurmat ila Yevropadagi yurtdoshingiz G.

JAVOB: Ko’p yillardan beri Yulduz Usmonovaning qo’shiqlarini tinglamas edim. Uning “vatangadolar”, “Vatan xoinlari”, “qochib ketganlar”, “ko’zlari bir hovuch tuproqqa zor qolib ketgurlar” ga atalgan qo’shiqlari bunga sabab edi. Mustaqillik kuni bayramlarida Karimovning ko’ksiga bosh qo’yishlari ham unga nisbatan nafrat uyg’otgandi. Chunki iste’dod Yaratgandan keladi va bunday qobiliyatga sohib odamlar uni shohning ostonasiga tashlamasliklari kerak. Yulduz katta iste’dod sohibasi va shunga munosib qolishi shart deb o’ylardim.

Ba’zilar uning orada quvg’inga uchraganini eslatishsa, yana ba’zilar uni Karimovning ishqi tushgan tannozlardan biri va Karimov uning dumba raqslariga mahliyo ham deyishardi. Uni shaxsan taniganim uchun va gaplarga qo’l siltashning birdan-bir chorasi uni eshitmaslik edi.

Mening bu sukunatimni siz buzdingiz va siz yuborgan qo’shiqni eshitdim. Haqiqatdan ham juda qiziq. Balki Yulduz hajga borib, Hoji ona bo’lib qaytgandan keyin o’zligiga qaytishni ixtiyor qilgan bo’lishi mumkin. Yoki bu rejimning oxiri ko’rinib qolganiga hatto u ham ishona boshladimi? Akas taqdirda, o’zining loyi olingan Andijonda qon to’kilganda ashulachi Yulduz mum yutganda ham, siyosatchi Yulduz Usmonova nimadir deyishi kerak edi. Balki bu qo’shiq o’sha aytilmay qolgan “tugun”ning yurakdan otilgan na’rasidur?

Qo’shiqdagi “Yo Rabb, bugun qiyomatmu?” degan satrning o’zi Karimovga va uning rejimiga isyon. Chunki barcha qo’shiqchilar va shoiru yozuvchilar “Yo Rabb, bugun jannatdur” deb turganda buni savol ostiga olish mushkul ish.

Shungdek, qo’shiqdagi: “O’rgansinlar Quronni…/Agar qalbi uyg’onmasa,/ Qaydan olsin iymonni…” kabi gaplar Islom Karimovning basharasiga tortilgan tarsakidir.
Yulduz buni balki bilib aytgan, balki bilmay. Har holda bilib-bilmay aytganki, “Yo Rabb, bugun qiyomatmu?” deb so’ramoqda. Agar bilib aytganda “Yo Rabb, bugun qiyomatdur?” deb yuborgan bo’lardi.

Nima bo’lganda ham bugungi zolim rejimning bir “guli” bu rejimning qonga botgan qo’liga o’z tikanini botiribdimi, demak, bu guldan nafratlanmaslik kerak!

So’nggi imkoniyat!

6 May, 2006 yil

SAVOL: Menimcha, Andijon fojiasining bir yilligi butun muxolifatni birlashtirdi, endi ana shundan foydalanib, bir ish qilish mumkin emasmi? (Akram).

JAVOB: Bugun butun “Muxolifat birlashsin!” degan chaqiriqlar bor, ammo birlashish yo’q. Aksincha amaldagi ba’zi faoliyatlar muxolifatni nafaqat birlashtirish, balki biriga ikkinchisini chaynatishga xizmat qilmoqda. Hali saylov kampaniyasi boshlanmasdan, bir guruh inson huquqlari faollari Jahongir Shosalimov nomzodini qo’llashga chaqirsa, “ERK” ning 5-6 kishilik bir guruhi Muhammad Solihni allaqachon o’z prezidenti deb e’lon qilib, uning etagidan tutgan va “ERK”ning ikkinci guruhi “Davra kengashi” atrofida yagona nomzod tarafdorimiz deya bayonot e’lon qilgan, yana bir 5-6 kishilik guruh Abdurahim Po’lat nomzod bo’lishi kerak deb bong urmoqda va hokazo. Demokratik jamiyat uchun bu normal hol. Ammo diktaturaga qarshi kurash sharoitida bu tarqoqlik, parchalanish, bo’sh aravani Krilovchasiga har tomonga tortishdir.

Dahshatlisi shundaki, muxolifatning bu holidan hatto diktatura rejimi ham kula boshladi. Ilgari bu rejim muxolifatni parchalash uchun ko’p ish qilgan bo’lsa, bugun endi MXXning ham keragi bo’lmay qoldi. Shuhratparastlik, manfaatparastlik, mahalliychilik va bir-biriga kin saqlab, “sandan man ustunman” degan tushunchalaradan kelib chiqib, ojarlik bilan qilinayotgan harakatlar ilgari yozganimdek, muxolifatning 2007 yilgi saylovdagi mag’lubiyatini oldindan taxtlab qo’yishdir.

Bugun hamma samimiy bo’lib, diqqatni ichkariga yo’naltirsagina bir narsaga erishish mumkin. Masalan, ichkaridan bir umumiy nomzodni tanlab, saylovga yaqin qolgandagina uning nomini mustaqil nomzod sifatida e’lon qilib, hamma bir tan, bir jon tarzida uning uchun imzo to’plashga kirishilsa, bu:
-birinchidan, xalqning ishonchini qozonish uchun omil bo’lsa;
-ikkinchidan, tarqoq muxolifatning birlashuvini ta’minlaydi;
-uchinchidan, rejimni qalqitishi mumkin.

Bugun Muhammad Solih va Abdurahim Po’lat nomzodlarini dunyo jamoatchiligi, o’zbek umummuxolfatni qo’llamasligini anglash uchun besh kilo aql talab etilmaydi. Shunday ekan, muxolifat birlashib qo’llamagan nomzodni xalq qo’llaydimi? Ammo ular bugun tarixiy odim otish imkoniga egadirlar. Bu ularga obro’ olib keladigan so’nggi imkon. Abdurahim Po’lat va Muhammad Solih “Bizning maqsadimiz prezident bo’lish emas, balki xalqqa xizmat qilish!” degan shiorni o’rtaga tashlab, o’z nomzodlarini chetga surib, mamlakat ichidan tanlanadigan nomzodni qo’llashlarini aytishlari kerak. Birlashuv uchun birinchi odim mana shunday zakovatli bo’ladi.

Uch kun oldin kutilmaganda bir yillik “tanaffus”dan keyin menga Abdurahim Po’lat telefon qilib qoldi (u bilan oxirgi marta 2005 yilning 10 Iyul kungi majlisda ko’rishgan edik-JM) va AQShdagi muxolifat namoyondalari uchrashib, gaplashib turishi kerakligini aytdi. Uning ma’lum qilishicha, 6 May kuniga belgilangan mazkur uchrashuvga joy ham tanlangan, Bobur Malikov “ERK”ning Muhammad Solih guruhidan Sulaymon Murod qatnashuvini uyushtirishni o’z gardaniga olgan. Yaxshi gap. Ayni muddao!

Garchi bir natija chiqishiga ishonmasamda, ularga masalaning jiddiyligi va bu so’nggi imkoniyat ekanligini yana bir bor eslatishni nazarda tutib, Demokratik O’zbekiston kongressidan men, Zokir Aliyev, Bahodir Choriev, Jamshid Ochilov va Boburjon Isoevlar qatnashajagimizni ma’lum qildim.

Menimcha, bu “bir narsa qilish mumkin emasmi”, degan savolga ham javob bo’ladi. Ko’ramiz, so’nggi imkoniyatni, tarixiy burilish nuqtasini belgilaydigan imkoniyatni kim, qanday baholaydi?

Andijon qatliomini fosh etishimiz uchun esa qo’limizdan keladigan bitta ish bor.  U ham bo’lsa Andijonda o’ldirilganlarning ro’yxatini tuzib, BMT foydalanadigan oltita tilda nashr etib, dunyo liderlarining stoli ustiga qo’yishdir. Bu ko’p qiyin ish emas. Xalqaro tashkilotlar va bir qator davlatlar o’z manfaatlaridan kelib chiqib, bundan buyog’iga Andijon masalasida namoyishlar, mitinglar, hisobotlar, konferensiyalar, majlislar uchun pul-grant ajratadilar. Ana shu mablag’ni oladiganlar shuning bir qismini Andijondagi 3-4 kishiga maosh qilib bersa, ular uyma-uy yurib, o’lganlarning ro’yxatini tuzib chiqadilar. Bu rejimni qulatadigan hujjat, qatliomni tarixga bitadigan qudratli kitob bo’ladi. Aks taqdirda rejim, rejimboshi yashayveradi, Andijon qatliomi unutila boradi.

Ketdingizmi, qaytmaysiz!

18 May, 2006 yil

SAVOL:Siz bundan bir necha yil oldin bitta savolga javob yozganingizda Vatandan chiqib ketganlarning qaytmasliklarini, buning jiddiy asoslari borligini yozgan edingiz. Lekin bugunga kelib qaytish ishtiyoqi kuchayib bormoqda, bunga nima deysiz?( Bahrom).

JAVOB: Qaytish ishtiyoqi hamma vaqt kuchli bo’ladi, ayniqsa, Vatandan yaqinda ketganlar orasida. Ular ayriliq, sog’inch, yolg’izlik kabi dardlarning girdobiga tushadilar. Hatto ehtirosli shoirga ham aylanadilar. Men o’zim 1992-1994 yillardagi ijodimga nazar solsam juda ko’p she’rlar yozgan va asosan ana shu mavzularda bo’lgan ekan. Keyin keyin haqiqatni tushuna boshladim.

Afg’onlarda bir gap bor. Qo’pol bo’lsa ham samimiy aytilgan gap. “Bir marta qogo’z ishlatgan odam, keyin kesakni ishlatmaydi” deydi ular. Bu shunchaki gap emas. Chetga ketdingizmi, yillar sizni boshqa sharoitlarga, boshqa odamlarga va boshga turmush tarziga o’rgatadi. Siz Vatanga rishtani saqlab qolishingiz mumkin. Ammo boshqa muhitda o’qigan farzandlaringiz uchun Vatan ular yashagan joy va sizning Vataningiz esa ota-onasining tarixiy yurti bo’lib qoladi. Sizning qo’lingizdan kelgani ularda o’z tilingizni qisman saqlab qolish, ularda tarixiy Vataningizga muhabbat uyg’otish va ularni tarixiy Vataningizga yordam berishga ruhlantirish. Qolgan gaplar afsona. Siz qaytsangiz ham ular qaytmaydilar. Hatto siz ham mehmon sihatida borib, yana bolalaringiz huzuriga kelasiz.

Ochiq bir gapni aytay, hatto o’lib, Vatanning tuprog’ida yotish ham afsonaga aylanadi. “O’zbeklar va o’zbeklar” kitobida Hojimurod holvachi haqida yozgan edim. Vatan deb umr bo’yi o’zlagan insonlardan biri edi u. Vatan mustaqil bo’lganda ko’chib boraman desa, buni uddalay olmabdi. Oilani tashlab ketib bo’ladimi? Oila dilga Vatandan ham yaqin! Oilasini tashlagan insonning Vatan haqidagi gaplari shunchaki siyosat!

Ana shu Hojimurod aka Vatanga oxirgi marta borishlaridan oldin machitga kirib “Meni duo qilinglar, Vatanda jon berayin” deb ketdilar. Orzulariga yetib, 86 yoshda Vatanda jon berdilar. Lekin “Ozodlik” radiosida Vatan haqida yonib-yonib gapiradigan Usmon Murodning ota vasiyatini bajarish uchun qilgan intilishlari zoye ketib, qolgan farzandlar va qarindoshlarning talabi bilan mayitni Amerikaga olib kelishdi. Bu hayot haqiqati. Bu haqiqatdan hamma qo’rqadi va shu bois bu haqda hatto gapirgisi ham kelmaydi. Bu minglab misollardan faqat bittasi!

Afg’oniston o’zgargandan keyin chetda yashayotgan vatandoshlarga ikki fuqarolik huquqini berishdi va qaytishga undashdi. Mingdan biri qaytdi. U ham tujjorlar va bir ish qilish niyatida. Yoki siyosatdonlar. Hukumatda ishlash uchun. Ammo ularni “xoinlar” deb e’lon qilishdi va bugun bitta-bita quvib chiqarishmoqda, Karzayni ham “sotqin” deyishadi va u ham baribir bir kun G’arbga qaytadi, sobiq vazirlar kabi. Chunki ularni begonalar deyishmoqda, qiyin kunda jonini olib qochganlar deyishmoqda. Xuddi shu hol O’zbekistonda ham yuz beradi.

Birinchidan siz u yerda o’zingzini begona his etasiz, ikkinchidan u yerdagilar sizni begona deb biladilar. Bu narsa 1990 yillarning boshida yuz berdi va xorijdagi vatandoshlardan bittasi ham qaytmadi. Qaytganlarini quvib chiqarishdi. Shuning uchun ham agar hayotingiz o’lim-qolim bilan yuzma-yuz bo’lmasa KETMANG!!!

Xo’sh nima qilish kerak? Bir tomonda yuragimiz yonmoqda. Ikkinchi tomonda toshday zil haqiqat. Menimcha, samimiy bo’lib, haqiqatni ko’ziga tik qarasak, Vatan haqidagi ura-ura gaplar bilan o’zimizni ham, boshqalarni ham aldamagan bo’lamiz. Ketdingizmi, tamom ketdingiz! Endi faqat Vatanga, Vatandagilarga uzoqdan turib moddiy yordam berishingiz, uzoqdan turib ma’naviy qo’llashingiz, uzoqdan turib qandaydir madad ko’rsatishingiz mumkin. Agar shuni uddalay olsangiz Vatanga eng ulkan xizmatni qilgan bo’lasiz. Qaytaman, deb har kuni jar solish esa, ana shu xizmatni qilmaslikning bir bahonasidir!

Vatanga qaytishni mendan ko’ra
ko’proq istagan odam bo’lmasa kerak!

20 May 2006

SAVOL: Vatanga qaytish yoki qaytmaslik haqidagi savol-javobni o’qib, yuragim allanechuk bo’lib ketdi. Javobda sizni vatanga qaytmasligingiz to’g’risidagi fikr anglashilgan. Sizga qanday bilmadim-u, lekin sizning ashaddiy muxlisingiz sifatida menga bu gaplarni o’qish j-j-j-uda og’ir. Biz sizni oila a’zolarimiz bilan yaxshi ko’ramiz. Deyarli har kuni sizning fikr-mulohazalaringiz, kitoblaringizni muhokama qilamiz. Meni hayotda ezgu orzularim ko’p. Siz bilan vatanda ko’rishish va sizni o’z uyimda mehmon sifatida ko’rish o’sha orzular sirasiga kiradi. Man aminmanki, bunday orzuli insonlar O’zbekistonda juda ko’p. Gapning indallosi shuki, siz va oilangiz vatanga qaytishingiz shart. Sunday emasmi? (Azamat).

JAVOB: Albatta qaytishim shart va Vatanga qaytishni mendan ko’ra ko’proq istagan odam bo’lmasa kerak! Bugungi rejim o’zgarib, yo’l ochilishi bilan meni Vatandan topasiz. Vatanga ketishga mutloq majbur bo’lgan sanoqli insonlardan biri bo’lganim kabi Vatanga qaytishi savol ostiga tushmaydigan sanoqli odamlardan biri deb bilaman o’zimni. Men umrimning har soniyasini Vatanga ataganman! Buni aytishni istamaganim uchun yozmagandim. Ammo ma’lum bo’layaptiki, kamtarlik qilaman deb ham xato qilish mumkin ekan.

“Ketdingizmi, qaytmaysiz” degan javobni faqat Azamat ukamiz emas, yana bir qancha do’stlarimiz ham mening Vatanga qaytmasligim tarzida tushungan bo’salar, demakki men biroz noaniqroq yozgan yoki kamtarlikning tuzini ko’proq sepib qo’ygan bo’lsam kerak.

Gap mening yoki yana bir ikki sanoqli kishilarning taqdiri haqida emas, balki umumiy an’ana haqida edi. Men hammani masalaga jiddiy qarashga chaqirgandim. Barmoq bilan sanarli kishilar o’lim bilan yuzma-yuz qolib Vatanni tark etgandilar. Ammo Vatanni shunchaki shamollning “shiq” etganiga tashlab ketganlar yoki shirin hayot izlab tark etganlar bugun Vatanga qaytishni katta siyosatga aylantirayotganlari, kechirasizu mening g’azabimni uyg’otadi.

Axir Sizga hech qanday tahlika yo’q edi, faqat mashina, uy-joy, boylik istab tashlab ketdingiz! Shunday ekan, samimiy bo’ling! Agar Siz “Men yaxshi hayot istadim va ketdim” desangiz bu samimiy bo’ladi va bunga sizning haqqingiz bor, buni hurmat qilamiz. Mana gap nima haqida.

Bugunga qadar shaklangan an’ana va reallik shundan iboratki, turli sabablar bilan Vatandan ketganlar qaytmaganlar va qaytmaydilar. Bu ming yillardir shunday bo’lgan va yana shunday bo’lib qoladi. Ammo o’z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog’lagan sanoqli kishilar bundan mustasno.

Karimov muxolifatning terrorizmga
aralashmagan qismini siyosatga tortmoqchi…mi?

27 May 2006

SAVOL: Kecha “Ozodlik” radiosidagi chiqishingizda O’zbekistonda o’zgarishlar tomonga qarab g’imirlashlar borligini aytdingiz. Vatanga qaytish – qaytmaslik haqidagi savollarga javob berar ekansiz, “rejim o’zgarsa…” degan shartni qo’ygan edingiz, bu rejim o’zgarmasligi ham mumkin degan ma’noni ham beradi. Qolaversa, radioda bugungi sharoitdan kelib chiqib, rejim o’zgarishi imkoniyatlaridan gapirdingiz. Rostdan ham O’zbekistonda qanday taxminiy vaziyatlar paydo bo’lishi mumkin?(Xoliqjon).

JAVOB: Tanganing ikki tomoni bo’lganidek, har qanday gapning ham ikkinchi tomoni topilishiga shubha yo’q. Lekin men ko’p narsaga ishonmasam ham O’zbekistonda rejim o’zgarishiga juda ishonaman.

Avvalo o’zgarishlarning taxminiy ehtimollari haqida:

1.Issiq jon. Kutilmaganda Karimov “dumalab” qolishi mumkin. Bunday holda hozirgi vaziyatda hokimiyat Mirziyoyevning qo’liga o’tadi. Buning uchun asos mavjud. Agar bu hol keyinchalik yuz bersa, yana Mirziyoyev yoki uning ornida o’tirgan shaxs hokimiyatga egalik qiladi.

2. Men olayotgan ma’lumotlarga ko’ra, Mirziyoyevni istamagan kuchlar ham mavjud va ular ham jiddiy harakat qilmoqdalar. Bundan Karimoning xabari bor va “dumini qimirlatgan”larni asfalasofunga jo’natmoqda yoki jonatish bilan ovora. Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra, Mirziyoyevning eng yaqin dos’ti Erkin Xalilovning ham “uyqusi qochgan”.

Rossiya Mirziyoyevni u qadar xushlamagani uchun ba’zilar Erkin Xalilovga “otni qamchilang” deb maslahat berishgan. Jumladan, “Islom otamiz qo’qqisdan ketib qolsalar nima qilamiz, otni qamchilab qo’ying” deb maslahat berganlardan biri Erkin Vohidov ekanligi aytilmqoda. Men Erkin Vohidov bilan ikki yil bir qo’mitada ishlaganim uchun undan bunday jur’at chiqishiga ishonmayman. Lekin Erkin Vohidovning o’g’li Xurshid hali MXX, hali IIV yerto’lasida bir-ikki kechadan “tunab” chiqmoqda ekan.

3.Karimovga yaqin manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, u Buxoro safari chog’ida Naqshbandiy maqbarasida qo’y so’ydirib, o’zini duo qildirar ekan, mahalliy mullaning “Ilohim dunyo turguncha turing” deyishiga “Shu gapingizni hali mendan keyin kelgan odamga ham aytasiz” deb hazil qilgan. Yoki Buxoro tumanidagi “G’anipo’lat” fermer xo’jaligi rahbari Subhon G’aniyev bilan ko’rishar ekan, “Charchab qoldim” deb yuborishi Karimoning umidi so’nib, taqdiriga tan berayotganidan darak.

Xullas, Karimov qay tarzda ketgan holda ham, undan keyin kim kelishidan qat’iy nazar O’zbekiston ham inqilobzada Shevardnadze, Kuchma yoki Akayev davrlaridagi vaziyatni boshidan kechirishi ehtimolga yaqin. Bu esa demokratik muxolifatga juda tor yo’lak ochilishiga imkon beradi. Tor yo’lakni kengaytirish qiyin bo’lmaydi, agar bu ish xalq hashariga aylansa, tabiiyki.

Ko’rdingizmi, bular katta qanordan bir anor! Shuning o’zi ham “rejim o’zgarsa…” degan gapimning ishonch tarafi og’ir bosishini ko’rsatadi.

Ilova: Karimov Putin bilan uchrashuvga borganda beshta taklif olib borgan va Putindan maslahatlar olgan. Jumladan, u qaytgach, Devonda yaqin maslahatchilari bilan uchrashganda, Putinning “Muxolifatning terrorizmga aralashmagan qismini siyosatga jalb etish kerak”, degan gapini aytgan. MXX va IIVga muxolifatchilardan kimning kimligini aniqlash topshiirlgan.

Diktatura- zahar, vujudingizga kirib olib, sizni loqayd va beparvo,
umidsiz va befarq qilib qo’yadi, ovozsiz qulga aylantiradi

7 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Assalomu alaykum Jahongir aka, avvalo sizga bo’lgan samimiy hurmatimni bildirib o’tmoqchiman. Ilgari sizni tanimas edim, biroq Universitetga kirib, internetni o’rgangach, Sizni tanidim, asarlaringizni (uyimda internetga ulangan kompyuterim bo’lsa-da, bilib bo’lmaydi, degan o’y bilan o’rtoqlarimdan yashirincha) o’qib chiqqanman. Men sobiq sho’rolar davrida tug’ilgan bo’lsam-da, shu mustaqillik davrida o’sib-ulg’aydim. Esimni tanibmanki, bir kishining, o’sha xalqning Dono Rahnamosi badiiy rahbarliklaridagi bir hil “kuy”ni eshitaman. Sizni ham qulog’imga o’rnashib qolgan doimiy “kuy”dan bezib toza, yangi va eng muhimi samimiy navolar eshitish ishtiyoqi bilan internetga kirib, “Ota”ning nomlarini googlega qidirtirganimda, “IAK” asaringiz orqali tanidim.

Bir narsaga tushunmayman: Bo’layotgan bu qing’irliklar, iflosligu manfur ishlar hozirga kelib hammaning halqumiga kelgan. Biroq bir kishi ko’chada miq etib buni ma’lum qila olmaydi. Nega degan savolga esa, ko’pchilik “Bizning xalq azaldan bir-biri bilan qo’shilmagan va qo’shila olmaydi. Janobi Haq hamma halqlarga nimadir bergan bo’lsa, O’ZBEKKA BIR-BIRINI TINMAY TAFTISH QILIB, KAVLAB TURISHI UCHUN PO’LATDAN CHO’P BERGAN!”, deya tagdor javob beradi.

Dastlab men bu gapning qay darajada haqligini tekshirish uchun uzoq va yaqin o’tmishimizga nazar solib chiqdim. Nazarimda, bu gaplarda haqiqat borday, birgina misol sifatida yaqin tarihimizga qora dog’li sahifalar bo’lib kirgan “Paxta ishi” va undagi Ivanovlarning qilmishlarini esga olish yetarli. Aytishlaricha, o’sha paytda bizda kolxoz raisidan tortib raykom, hatto obkomlargacha qo’rqqan bo’lsa, huddi shu jarayonni Gruziyada ham boshlamoqchi bo’lganlarida, xalqi chunonam to’polonlar qilgandan keyin “adolat ta’minotchilari” bu hududdan tez badarg’a bo’lishga majbur bo’lgan ekanlar.

Meni yana shuningdek bir muammo ham qiynardi. Men uni avvallari negadir taniqli shoir Erkin Vohidovdan so’ramoqchi bo’lib yurardim. Balki, uning otashin satrlariga mahliyo bo’lib, haqiqatning tanho kuychisi shul zot bo’lsalar kerak, degan qanoat bor edi menda. Ammo “IAK”da u kishining muloyim va nim tabassumli niqoblari ortidagi basharalari ochib tashlanginini ko’rib, o’zimning soddaligimdan uyalib ketdim. U kishining haqiqiy portretlarini chizib berganingiz uchun katta rahmat. Mayli bu alohida mavzu.

Xullas, muammo shuki, mening ko’pchilik og’aynilarim bakalavrni bitirgach, bu yerdagi og’ir vaziyatdan qutulish uchun farovon hayot dardida o’qishni bahona qilib chet ellarga (asosan AQSh va Yevropaga) ketib qolmoqdalar. Yaqinda yana bir kursdoshim ham Germaniyaga ketishga birga hujjatlar tayyorlashni taklif qildi. Men axir hamma ketib qolaversa nima bo’ladi, bu yer, shu xalq uchun ham bir narsalar qilish kerakku?”-deganimda u:

-E, baribir bir o’zingni qo’lingdan nima keladi, qolaversa, “otamiz” O’zbek-ni bilgan joylarigacha olib borib qo’ydilar, endi u oyoqqa turib ketishi juda mushkul, qolaversa, umr hammaga ham o’lchab berilgan, nega endi men ana shu qisqa vaqtimni g’alva-yu suronlar ichida o’tkazishim kerak?,- deb javob berdi.

Haqiqatdan ham shundaymikan. Siz siyosatni yaxshi tushunasiz, bundan tashqari, yurtimizning ahvoli chetda yanada yaqqolroq ko’rinadi-ku. Umuman, biz yoshlar uchun bu yerda umid bormi? Iltimos, bu borada fikrlaringizni bayon qilsangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat. (Ismoil).

JAVOB: Vatanni sevish tuyg’usi hammada bor. Ammo Vatan uchun jon koyitish tuyg’usi hammada yo’q.
Vatan haqida hamma gapira oladi. Ammo Vatan haqida hamma ham bir narsa qila olmaydi, hatto bunga qodir bo’lsada.
Vatan haqida qayg’urish yurakdan keladi va kimningdir bo’g’zida qolib ketadi, kimningdir hayotini ostin-ustun qilib yuboradi.

Men “Biz vatandan chiqib ketib xato qildik” deya olmayman. Chunki Karimov bizni o’ldirib yuborish, qamoqda chiritish uchun yuzimizga qarab qasam ichgan kunlar edi. Men bilan birga Karimovga qarshi bosh ko’targan deputatlardan qiynab o’ldirilgan Shovruq Ro’zimurodov, sirli ravishda olamdan o’tgan Toyiba To’laganova, haliga qadar zindonda yotgan Murod Jo’raev, Samandar Qo’qonov va boshqalarning qismatlari Karimovning o’zi shaxsan taniganlarga nisbatan kin saqlashi naqadar dahshatli ekanini ko’rsatib turibdi.

Ammo bugun endi Karimov yana 1990 yillarning boshidagi kabi “sanlarni qamoqda chiritaman” deya zindonga tashlasada u yana 15 yil tomosha qilib o’tira olmaydigan kun. Uning quyoshi nayzaga ko’tarilib, pastga og’a boshlaganiga ko’p bo’ldi. Faqat yerga qorishib ketishi qoldi, xolos. Shu bois Vatanda turib, demokratik muxolifat saflariga yaqinlashmoq bugungi yoshlarning kelajaklari yorug’ bo’lishiga kafolatdir.

Chetga ketganlar va ketayotganlarga “To’xtang, orqaga qayting!” deya olmayman. Bunga hech kimning haqqi ham yo’q. Har kim o’z taqdiri va o’z yo’lini o’zi tanlaydi.

Karimov rejimi yoshlarning kelajagi va taqdiri uchun ham hukmdorlik qilmoqchi bo’ladi. Biz esa aksimiz. Yohslar o’z yo’llarini oz’lari tanlasinlar deymiz.

Karimov rejimi ularga buyruq bersa, biz ularga maslahat beramiz. Ya’ni bir tomon ularga hokimi mutlaq, ikkinchi tomon ularga maslahatchi bo’lmoqchi. Maslahat majburiylik tashimaydi. Istagan oladi, istamagan yo’q. Shu bois bizning maslahatimiz shuki, agar ochlikdan o’lmaydigan, zulmdan sinmaydigan sharoitingiz bo’lsa, chetga ketmang. Ketgan taqdirda ham, qora mehnat so’qmoqlarida yoki bitmas tunlarning yog’dusida yo’qolib qolmang.

Qaytishga tayyorlaning, bilim bilan, yangilanish kuchi bilan, e’tiqod bilan, ahd bilan qaytishga tayyorlaning. Hali shunday kunlar keladi-ki, Vatan sizning qo’lingizga o’tadi.

Ertangi kunga ishonch bilan yashash sizga kuch beradi va siz kelajakning sohibiga aylanasiz. Ertangi kunga ishonmaslik esa sizni adashtiradi va hech kimga aylanib qolasiz.

Diktatura – zahar, vujudingizga kirib olib, sizni loqayd va beparvo, umidsiz va befarq qilib qo’yadi, ovozsiz qulga aylantiradi. Agar tafakkur va vujudingiz ana shu zaharga qarshi oyoq tiray olsa, demak siz sog’lom va bu zaharni vujuddan chiqarib, uning asli o’rni bo’lgan axlatxonaga tashlashga qodirsiz.

Demokratik kuchlarning maydonga qaytish urinishlari

9 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Men garchi “Erk”, “Birlik” va boshqa sog’lom demokratik kuchlarning g’oyaviy tarafdori bo’lsamda, ularning kurash uslublarini unchalik ma’qullamagan bo’lardim. Chunki tan olamizmi yo’qmi, muxolifat (“Erk”, “Birlik”) bilan xalq o’rtasida ikki tomonlama aloqa haqiqatan ham uzilib qolgan. O’zbekistonda inqilobiy o’zgarishlar bo’lishi uchun internet, Ozodlik-BBCdagi chiqishlar, London va Vashingtondagi uchrashuvlar juda-juda kamlik qiladi, menimcha. Bitta misol: Bugungi o’zbekistonliklar “Erk”, “Birlik” mafkurasidan ko’ra Hizbutchilar to’g’risida ko’proq ma’lumotga ega. Bugun O’zbekistonda Hizbutchilar kirib bormagan birorta mahalla qolgani yo’q, desam lof bo’lmaydi. So’g’lom muxolifatning ham Hizbutchilar singari “podpolya”da yacheykalar tashkil qilish, jonli odamlar bilan aloqa o’rnatish orqali kurashish usullarini qu’llash vaqti yetmadimikan? Sizning fikringizni bilishni istardim.(Barlos).

JAVOB: Xalq bilan orasi uzilib qolgan kuch hayot rishtasidan ayrilib qolgan qoq tanaga aylanadi.

Bilasizmi “jamiyatdagi vakum” degan bir tushuncha bor. Bu siyosiy maydonda bo’shab qolgan joyni anglatadi. Siyosiy maydonda bo’shab qolgan joy uzoq shu holda qolmaydi. Boshadimi, maydondan chiqib ketgan bir kuchning o’rnini ikkinchisi egallaydi.

Karimov rejimi demokratik kuchlarni qatag’on qilish bilan ularning orniga boshqa kuchlar keldi. Jumladan sizning ta’biringiz bilan aytganda “Hizbutchilar”. Demokratik kuchlar qatag’onga uchraganda zaif bo’lgani kabi bugun “Hizbutchilar” ham siz aytgan kabi kuchli emas. “Bugun O’zbekistonda Hizbutchilar kirib bormagan birorta mahalla qolgani yo’q, desam lof bo’lmaydi” debsiz. Lekin bu lof. Lof bo’lganda juda katta lof va Karimov rejimining “hammayoqni hizbuthcilar bosdi” degan iddaosini oqlaydigan darajada katta lof bu!

Balki ular demokratik kuchlarga nisbatan yaxshiroq shakllangan bo’lishlari mumkin. Ammo ular bugun jamiyatni o’zgartira oladigan darajadagi katta kuch emas. Buni Tojikiston va Qirg’iziston tajribasi ham isbotladi. Qirg’izistonda hatto hukumat vakumi paydo bo’lganda ham ular “podpolya”dan ochiqqa chiqa olmadilar. Demokratiyalarda esa “podpolya” bo’lmaydi. “Podpolya”ga kirdingizmi demak, siz demokrat emassiz.

To’g’ri, O’zbek jamiyati bugun diktaturadan qutulish uchun har qanday kuchga umid bilan qaramoqda. Ammo bu degani butun mamlakat aholisi diniy davlat tarafdori degani emas. Lekin demokratik kuchlar mamlakatni bugungi kabi tashlab ketaversalar, tabiiyki biz zaif deb atayotgan har qanday kuch maydonda hokimlik qilishi mumkin.

Shuning uchun ham bugun prezident saylovi oldidan birlashib, mamlakat ichidan bir nomzod chiqarish uchun bo’layotgan intilishlar aslida demokratik kuchlarning maydonga, xalqning huzuriga qaytish uchun ochiq kurashidir. Ammo bu kurash qanday tus oladi, buni yaqin kelajak ko’rsatadi.

-Quvg’indagi ijodkorlar uyushmasi va
Kimningdir ko’nglini ovlayin deb o’ylash ijodkorning inqirozga yuz tuta boshlashi haqida

10 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Agar o’qigan bo’lsangiz, rus tilida chiqadigan Uzmetronom saytida http://www.uzmetronom.com/fact/hushe_bivaet-_no_redko yangi tashkil topgan Quvg’indagi O’zbek ijodkorlari uyushmasi haqida “qalampir sepilgan” bir maqola chiqdi. Unda aytilishicha, bu tashkilotni “Birlik”ni Karimovning oyog’iga poyondoz qilib tashlagan, shu paytgacha hukumatning ikkinchi darajali nashrlarida rahbar bo’lib, ijodi kuzga tashlanmagan Ismat Xushev tashkil qilgan. Hatto nomini ham u bergani, agar mo’jiza ro’y bersa bu tashkilot homiyligida o’lmas asarlar yaratilishi kabi gaplar aytilgan.

Lekin sizga savolim boshqa. Shu tashkilotga munosabatingizni va unga a’zo bo’lib-bo’lmasligingizni bilmoqchi edim. Qolaversa, “ijodkorning kimligi”, “ijodkorning mustaqilligi” “ijodkorning maqtovparastligi” kabu tushunchlarga sizning nuqtai nazaringiz qanday? (Otabek).

JAVOB: Darhaqiqat o’qimagan ekanman. O’qidim. Rahmat. Mening bilishimcha, bu tashkilotning asoschisi Yusuf Rasulovdir. Chunki tashkilot tuzilishi jarayonida shunaqa narsa tuzayapmiz deya Yusuf Rasulov bir maktub yozgan va Nizom loyihasini yuborgan edi. Unga tuzilajak tashkilotni qo’llashimni bildirib javob yozgandim. Chunki men doim yangilik, yangilikka intilish tarafdoriman. Esingizda bo’lsa, 2005 yil, 23 Iyluda yozgan “Yana yangi tashkilotmi?” degan maqolamda agar har bir odam bittadan tashkilot tuzsa ham bundan faqat foyda kelishini aytgan edim. Tashkilot tuzish juda oson, ammo uni ishlatish ancha mushkul. Shu nuqtai nazardan siyosatdan uzoq turishni maqsad qilgan bu tashkilotga omad!

Menga yuborilgan loyihani ko’rib chiqib, Yusuf Rasulovga uning nomlanishi bilan bog’liq bir fikr yozgandim. Gapni cho’zib o’tirmasdan ikki savol bilan fikrimni anglatishim mumkin. Faraz qiling, ertaga O’zbekistonda demokratiya bo’ldi. Shunda bu tashkilot nomini qaytadan qo’yadimi? Yoki quvg’inga uchramasdan ijodi dunyo ko’zini ko’ra olmay yurgan ijodkorlar bu tashkilotga a’zo bo’lishni istasalar-chi? Yusuf Rasulov bu fikrimga ijobiy qaragani va meni tushugani uchun rahmat.

A’zo bo’lish yoki bo’lmaslik haqida. Menimcha bu tashkilotni tuzish g’oyasini qo’llaganimning o’zi yetarli bo’lsa kerak. Ammo mening unga a’zo bo’lishim haqida gap ham bo’lishi mumkin emas.

Endi bu masalani yopib, sizning ijodkor qiyofasi borasidagi gaplaringizga muxtasar tarzda javob bersam. Demak:

Ijodkorning kimligi : ijodkorning kimligi biror bir tashkilotga a’zo bo’lgani yoki qanday unvon olgani bilan emas, balki uning ijodi bilan baholanadi. A’zolik yoki unvonlar ko’pincha ijodkorning ziddiga ishlaydi va iste’dodni tuproqqa qorishtiradi. Diktatura rejimining qahramonlik unvoni katta iste’tod sohiblari Erkin Vohidov va Abdulla Oripovni yer bilan yakson qilgani kabi.

Ijodkorning mustaqilligi: ijodkor juda ham mustaqil va o’z pozitsiyasida ustivor turadigan shaxs bo’lishi kerak. Masalan, men bugunga qadar hech kimga tobe bo’lmadim va ko’nglimdagi bor gapimni u kimga taalluqli bo’lsa ham ochiq aytdim. Buni Tangridan kelgan buyuk ajr deb bilaman. Chunki bu holatni juda oz odamlarda ko’rdim. Ba’zilar meni tushuna olmagani ham shundan bo’lishi mumkin. Buni normal hol deb bilaman. Boshqalar meni tushuna olmasa nima bo’ladi, ularning ko’nglini ovlayin deb o’ylash ijodkorning inqirozga yuz tuta boshlashidir.

Ijodkor birovning etagiga osilishini sharmandalik deb bilaman. Lekin bizning jamiyatda o’zini ijodkor deb hisoblaganlar albatta, kimningdir etagiga osiladilar. Boshimizga kelgan balolar mana shundan. O’zbekistonda sanoqli ijodkorlargina Tangri bergan ajrni oyoq osti qilmadilar. Aksariyati bu ajrni toptab tashladi.

Shohga maddohlik qilsang, yo qul, yoki o’g’risan,
Zolimga isyon etsang, demak xalqning o’g’lisan.

Ijodkorning maqtovparastligi: maqtov va giyohvand moddaning farqi yo’q. Har ikkalasi ham kishini mast qiladi, aqlini o’g’irlaydi va nashavand etib, tanqidni eshita olmaydigan darajada kar qilib qo’yadi. Ijodkor maqtovni eshitishdan ham, maqtovga mahliyo bo’lishdan ham ustun tura olsa u ijodkordir. Aks taqdirda u nashavandga aylanib qoladi. O’zbek jamiyatida, afsuski, bugun nashavandlar davri bo’ldi!

Jahongir Shosalimovning
qahramonligi

11 Iyun, 2006 yil

SAVOL: O’zbekiston ichida yashayotgan Jahongir Shosalimov o’z nomzodligini presidentlikka qo’yganligi haqida ma’lumot o’qib qoldim. Bu ma’lumot haqiqatga qanchalik yaqin? U kishi nomzodligini qonuniy ravishda ro’yxatdan o’tgan holda qo’ydilarmi yoki muholifat sifatidanmi? Shu haqda uz mulohazangizni bildirsangiz. Maqolani quyidagi linkda uqish mumkin ( J.Shosalimov).Hurmat bilan, Komiljon.

JAVOB: Amaldagi qonunlarga ko’ra, O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоdlаr ko’rsаtish sаylоvgа оltmish besh kun qоlgаnidа bоshlаnаdi vа qirq besh kun qоlgаnidа tugаydi. Ya’ni bunga bor-yo’g’i 20 kun berilgan.

O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоdlаr ko’rsаtish siyosiy pаrtiyalаrning yuqоri оrgаnlаri tоmоnidаn, ya’ni qurultoy tomonidan yoki sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhi yig’ilishi tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi.

O’zbekistonda shaxslarning o’zlarini-o’zlari nomzod sifatida ko’rsatishlari qonunda nazarda tutilmagan. Lekin demokratik tamoyillardan kelib chiqqanda, bu normal hodisadir. Chunki demokratiyalarda shaxslar o’z nomzodlarini ilgari surishlari va shundan keyin partiya ichi saylovida qatnashishlari yoxud yakka tartibda o’z tarafdorlarini to’plashlari odat tusiga kirgan.

Siz aytgan holda Jahongir Shosalimov saylovchilarning tashabbus guruhi tomonidan nomzod sifatida ko’rsatilishi mumkin. Boshqacha aytganda u fuqarolarga oldindan nafaqat rozilik bermoqda, balki meni qo’llanganlar degan ishorada ham bo’lmoqda. Uning bu fuqarolik harakatini diktatura sharoitida qahrarmonlik deyish mumkin.

Mamlakat ichidagi muxolifat saflaridan ana shunday qahramonlar ko’proq chiqsa, ularning orasidan bir kishini tanlash shuncha oson kechadi.

Umuman shu kunlarda saylov bilan bog’liq juda ko’p savollar olmoqdaman va yaqin orada bu yo’ldagi to’siqlar, qonuniy imkoniyatlar va muxolifatning imkoniyatlari kabi masalalarni o’z ichiga olgan batafsil bir maqola yozsam kerak. Bu ayni xususdagi savollariga javob kutib turgan o’quvchilarga ham javobim bo’ladi.

Gumon fitnadir! Gumon uchun Jabborning jazosi bor!

14 Iyun, 2006 yil

SAVOL: 10 Iyunda http://centrasia.org/newsA.php4?st=1149907620 da rus tilida Abdurahim Po’latov haqida bir maqola chiqdi. Maqola avtori Polat Toshev deb aytilgan. Shu maqolani siz yozgan deb eshitdim. Shu to’g’rimi? (Olimjon).

JAVOB: Agar bu savolni siz kabi siyosatning past-balandini tushunib qolgan bir ukam bermaganida yoki bu savolni birgina sizdan eshitganimda e’tibor qilmasdim. Bu savol meni ranjitdi. Chunki men fikrimni ochiq aytishda hech kimdan qo’rqmagan, cho’chimaganman. Shunday ekan, Po’latovni ham o’z nomimni ochiq qo’yib, juda ko’p marta, keskin ravishda tanqid qilganman. Hech kim uning yuziga qarab menchalik achchiq gaplarni aytmagan bo’lsa kerak.

Menda kimningdir nomidan yozdirish, imzosiz yozish yoki boshqa ism bilan yozish, “mustaqil xabar” tarzida” dars berib qo’yish” kasali yo’q. Gapim bo’lsa, o’z nomimdan ochiq yozaman. Bugunga qadar hatto hayotimni tahlikaga qo’yib, hech kim yozolmagan mavzularda ham o’z nomimdan ochiq yozib keldim. Bu bilan jamiyatimizga va kishilar ongiga singib qolgan qo’rqoqlik va sirtdan ish bitirish illatiga qarshi kurashni ham o’ylaganman. Shundan qutulsak, millatimiz sog’lom bo’ladi deb o’ylaganman. Afsuski, sizning bunday savolingiz meni ranjitdi va mehnatlarim zoe ketgandek his qildim o’zimni.

Yana ham achinarlisi, hatto Sulaymon Murod ham “Bu maqolani o’sha kuni voqea joyida bo’lganlardan biri yozgan bo’lishi kerak. Bor odamlardan esa faqat siz yozishingiz mumkin” deya uyalmay-netmay “to’p”ni men tomonga itqitgani dilimga og’ir botdi.

Agar men yozganimda Po’latovni yomonlab, o’zimni, Sulaymon Murod yoki Muhammad Solihni maqtamagan bo’lardim. Chunki Po’latovning gaplarida qisman jon bor. Uzoqqa bormaylik, uning o’tgan yili muxolifatni birlashtirish harakatlarimizni chippakka chiqarishdagi “jonbozligi” menda jiddiy norozilik uyg’otgan. Buni uning o’ziga, yuziga ochiq aytganman. Men uni yoshi o’zimdan ancha katta va oddiy bir yurtdoshim sifatida hurmat qilaman, qadrlayman, ammo siyosatchi sifatida emas. Shunday ekan, unaqa maqolani mendan kutmang!

Men o’sha maqolani o’qishim bilan uslubiga qarab, “Ha, bu falonchining uslubi” degan gap xayolimdan kechdi. Ammo gumon fitnadir, gumon uchun Jabborning jazosi bor deya buni xayolimdan chiqardim. Sizga ham shuni tavsiya qilaman.

Savollarga javob bermaslik
diktaturaga xos odatdir!

15 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Mana siz savollarga javob berib turasiz. Ba’zilar esa butun jamoatchilk tomonidan so’ralgan savollarni ham inkor etadilar. Buni qanday baholash mumkin? (Obid).

JAVOB: Savollarga javob bermaslik diktaturaga xos odatdir. Diktaturaning qulog’i kar. Savollarni eshitmaydi. Eshitgan taqdirda ham eshitmaslikka oladi. Chunki javob bera olmaydi. Xato gapirib qo’yishdan qo’rqadi. Tili va dili bir emasligi ma’lum bo’lib qolishidan cho’chiydi. “Vaqtim yo’q!”, “Bandman!” deya bahonalarni ro’kach qilishi mumkin. Aslida esa savolni ham, savol beruvchilarni ham mensimagani tufayli shunday hol yuz beradi.

Bir kishi sizga savol berdimi, bu savolning qanday og’irlikda bo’lishidan qat’iy nazar bu o’sha odamning sizga e’tibori yoki hurmatini ko’rsatadi. Birovning e’tibori yoki hurmatini oyoq osti qilsangiz, tabiiyki o’zingiz ham oyoq ostida qolib ketasiz.

Biz xalqimizning kamchiliklarini ham ochiq aytishga o’rgana
olmas ekanmiz, hech qachon xalq bo’la olmaymiz!

16 Iyun, 2006 yil

JAVOB: Bugun tamoyilni buzib javobni oldinga oldim. Gap shundaki, hayotga befarq bo’lmagan talaba yigitning, hayotni Abdulla Qahhor “darichasi”dan kuzata olish layoqatiga ega yigitning savoli juda dolzarb va javobi ham o’zi bilan birga.

Buni hammaga o’qishini tavsiya qilgan bo’lardim. Yaqinda G’arbga kelib olgan bir ukamiz xalqdan noligan ulkan shoir Yusuf Jumani xalqdan ortda qolgan odam deb yozibdi. Bir narsani unutmaylik, biz xalqni har qancha sevsak ham o’z jonimizni undan ustun ko’rib, chetga ketdik.

Yusuf Jumaga esa Amerikaga kelish taklif qilinganda ham u o’z jonini o’ylamadi. Demak, xalq haqida achchiq gaplar aytishga shu xalq uchun jonini fido qilayotgan Yusuf Jumaning bizga nisbatan ko’proq ma’naviy haqqi bor. Xuddi Toshkentda tiqilinch avtobuslarda turtilib-surtilib yurgan mana bu qobiliyatli yigit-Abdullo kabi.

Biz xalqimizning kamchiliklarini ham ochiq aytishga o’rgana olmas ekanmiz, hech qachon “buyuklik” kasalidan qutula olmaymiz, xalq bo’la olmaymiz!

Biz Vatanni sog’ingan kabi Vatanda demokratiyani shu qadar sog’ingan yigitga quloq tuting:

SAVOL: Assalomu Alaykum Hurmatli Jahongir aka va vatandoshlar.

Men Toshkentdan yozayotgan ushbu xatim bilan bir-ikki o’zimning fikrlarimni etmoqchiman. Qarshi bo’lamsangiz Jahongir aka, buni ommaga havola etarsiz.

Bilmadim men aytmoqchi bo’lgan mavzuda boshqa fikrlarni oldin ham olgansizmi yoki yo’q, lekin men Buyuk O’zbek xalqining hozirgi kundagi hatti-harakatlari, fe’l-atvori haqida gapirmoqchiman. Men ham o’zbekman, Toshkentda oddiy oilada tug’ilganman. Lekin bilmadim xalqim, millatimga nisbatan o’zimda bunday, norozilik deymizmi, paydo bo’ldi va men shuni aytishga botindim. Haq gap – haq gap.

Hozirgi paytda O’zbekistonning, umuman o’zbekning shu ahvolga tushib qolishiga aynan o’zbekning aybi, boshqa sabablardan hech ham kam bo’lmagan degan qaror keldim.

O’zbek so’zi qaerdan kelib chiqqanini bilmasligim aybim. “O’ziga bek” yoki boshqacharoqmi? (hulosa qilib ko’rish kerak!). Tarihdan ma’lum, sarkarda Amir Temur o’zidan keyin katta imperiya tashlab ketgan. Keyin nima bo’ldi? Avlodlar, aka-ukalar… bir birlari bilan yer, mulk talashib o’zaro urushar, xalq qonini to’kar.

To’g’ri ko’proq yerlarni bosib olish, urushlar o’sha davrlarga hos, hamma mamlakatlarda ham bo’lgan. Lekin bizdagidek o’zaro millat o’z go’shini yegani bo’lganmikin?

Men bu savol bilan ozmi-ko’pmi tarix haqidagi bilimlarimga tayanyapman: eslab ko’ring, Chor Rossiyasi bostirib kirishdan oldin, buni aniq bilib turgan holda, uch xonlik o’rtasida qanchayin shunday qon to’kishlar bo’lib o’tgan? Natijada zaiflashgan O’rta Osiyo anchayin yengil tarzda ruslar tomonidan qo’lga kiritilgan. Bilishim bo’yicha ba’zi xonlar o’zlari ular bilan kelishib olishib ish ko’rishgan, keyinchalik qandaydir adyutant yoki shu kabi mukofotlar ham olishgan.

Qancha vagon oltinlar Piterburg, Moskov taraf yo’l olganini haqida haligacha odamlar tilida gaplar yuradi. Albatta, qanchadan qancha vatanparvar insonlarni inkor etmoqchi emasman, ular ko’p kurashushgan, lekin kim bilan nimani, o’z xalqi bilan o’z yerinimi? Men shu o’rinda noto’g’ri ma’lumotga ega bo’lib, xato aytayotgan bo’lsam uzr so’rayman va endi hozirgi ahvolga nazar tashlashga chorlayman…

Hozirchi, misol uchun Toshkentda ahvol qanday? Buni tasvirlab berishga harakat qilaman: Bugungi kunda nafaqat davlat boshida turgan “kattalar”, balki oddiy aholi o’rtasida ham hech bo’lmaganda madaniyat, o’zaro hurmat degan narsalar borgan sari avfsuzki yo’qolib bormoqda.

Ba’zi joylarda umuman yo’q desa ham bo’ladi. Davlat organlari, tashkilotlar (nodavlat bank,tashkilotlar bundan “mustasnoroq”) yoki bo’lmasa oddiy jamoat joylarida madaniyat va odob degan narsalardan asar ham qolmaganligiga amin bo’lyapman.(albata bu gapim bilan yuz foiz odamlarni etmoqchimasman!) misol-1.Aksar hollarda oddiy JEK(hozirgi turar joy shirkati)larga kirib u bu ma’lumot so’ramoqchi bo’lsangiz, kayfiyatingiz juda yomon bo’lib chiqib ketasiz. Agar bordiyu qandaydir turar joydan ma’lumotnoma, yoki qandaydir hujjatga muhr kerak bo’lib qolsa-chi?! Buni gapirib o’tirmayman…qisqasi pul bilan erishasiz.

O’zim bila bog’liq bo’lgan chalkash va juda qiziq misol: menga tumanimiz mudofaa ishlari bo’limida (voenkomat) qandaydir xxx-forma nomli spravka olib kelishim kerakligini aytishdi. Hursand bo’lgan joyim, bu spravkani qayerdan olish kerakligini ham aytishdi – JEKdan.

JEKka bordim, yoshi katta ayol bu spravka qanaqa bo’lishi haqida bilishini, lekin mudira opa yo’qligi sabab baribir muhr qo’ydirolmay ketishimni aytib, keyinroq kel dedi. Ketma-ket 3 marta JEKni ziyorat qilganimdan so’ng haligi ayol aytgan spravka beradigan insonni topdim. Lekin unisi undanam aqlli chiqib qoldi.

Menga bu spravkani bu yerdan emas, passport stoli(pasportiska)dan olishim kerakligini tushuntirib qo’ydi. Jaxlim jiqmadi disam ishonmaysiz, to’g’ri qilasiz. Pasportistka ayol haftada 3 kun ishlaydi, eshigini oldi hamisha “mehmonlar” bilan gavjum. Endi navbat kelsa, obed vaqti bo’p qoladi…urish janjal.

Bu yerda ko’pincha mumomula haqida gapirish noo’rin. Mayli kiribam chiqdik. Lekin ish bitmadi. Aniq bo’lishicha, men bu kishidan shu formani olishim uchun, haligi JEKdan dumaloq muhr bosilgan, uyimiz hujjatining nushasi kerak ekan.

Vo ajab, shu arzimagan narsa hayolga kelmabtida…attang. Bunday ishlar qib yurmagan kishilarchun osonmas-da. Bo’lmasa bir og’iz gap aytsaku JEK dagilar, bir marta laycha bo’lib borib kelmagan bulardim.

Shu o’rinda pulingiz bo’lsachi, ooo undan juda samarali foydalanishingiz mumkin. Chunki bir og’iz gap+mulla jiring JEKdagi xonimga, va ertaga kerakli spravkani olib ketavering yoki menga o’hshab…. Bu degani, ha, ko’p marta aytilayotgan poraxo’rlikning millat qoniga singib borayotgani. Oddiy qiynalgan pistachidan tortib janob Karimovga qadar. Bunga yaxshiroq bo’lgan ancha misol keltirishim mumkin.

Misol-2. Transportlar. Shahar go’zallashib bormoqda, aksar Mersedes-Benzlarda yuramiz, hayot esa borgan sari qiyinlashib bormoqda desam, ajablanmaysiz, albatta. Odamlar transport vositalarida qalay yurishidi? Metropoliten uchun oylik yo’l chiptalari yo’q qilingani haqida bilasiz. Bu o’quvchi, asosan studentlarga Mike Tysonning chap qo’l zarbasidek bo’ldi.

Aytish kerak O’rta Osiyodagi yagona metropoliten bekatlari avvalgidek gavjum emas. Amayli mersedes, skodalar bor-ku! Ammo bu aslo yaxshilikka olib kelmadi. Ikki yillarcha metroga o’rgangan ekanmanmi, yer ustida harakatlanish juda qiyinligini bilyapman. Bilasiz, yoz payt Toshkent qanday isib ketadi, uni ustiga haydovchilar plani bor, bola-chaqasi bor…osonmas. Ammo bir omadiz yurishmay, avtobus ichi zich payt, qoq peshinda, tepasidan serquyosh nurlar urib turgan bo’lsa-yu, lekin haydovchi aka yana 2 ta metroni kutib(metro bekati yonidagi avtobus bekatta) keyin yurishni rejalashtirib qo’ygan bo’lsalar…bu ahvolga tushishni hech kimga ravo ko’rmayman.

Boshidan o’tganlar meni tushunishadi. Kun dim-ku, yoshi katta ko’taradigan ko’tarmiydiganlar bor, kim kech qovotti, kimmi nafasi qaytib ketvotti,- degan hayol kamdan kam haydovchining kallasiga kelayapti.(Kelyotganlarga rahmat aytmoqchiman fursattan foydalanib.)

Miyyangizga kelgan fikr to’g’ri : Agar planni tepa oshirib yuborgan bo’lsa bulardami ayb? Bo’la chaqa mo’ltillab qarab tursa, odamlar ko’zga ko’rinadimi? deb o’ylash ham to’g’ridir bir tarafdan. Lekin liq to’la avtobus odamlar qarg’ishini(deyarli hamma ichida aytadi) eshitib topilgan pul ularning bola-chaqasiga yuqarmikin. Kunikecha bir odam shunday issiqda ozidan ketib qoldi…va b.

Mayli bekattan ham amal taqal qilib siljib olamiz. Bu holham sizga qiziq tuyiladi, aytib beraman,menimcha hali eshitmagansiz;-). Bunaqa buladi: uchta eshik ochiq, hullas boyagi holat, issiq metro yonidagi bekat. 10sm-10sm oldinga siljib-to’htab,siljib-to’htab “yurishga harakat qilayotgan” avtobus oldi eshigidan yarim yerda turgan chiptachi baland baland ovoz bilan, “Farhod bozor-padmaskovniy – hokimiyat” yoki bu tarafga “segeli-moshina bozor-erkin”(ovozlar ba’zida juda baland yoqimsizki, 5 minutdan keyin, bu so’zlar qulog’ingiz tagidan ketmay qoladi, albatta avtobus ketib bo’lgandan keyin.).

Shu 10sm-10sm oldinga siljib-to’htab,siljib-to’htayotgan avtobusdagilar ham “ana kettik-mana kettik” deb , bir hursand bo’lishadi, bir ichida so’kishni davom ettiradi. Achinarlisi “qani kettik endi”, “yuraqoling” digan gaplar juda kamdan-kan paytlar chiqadi. Bunday ustidan kulishliklarga insonlar ham o’rganib qolishmoqda, norozilik bildirishliklar bo’lmayapti.

Shu payt ruslarda bo’lgan achinarli ibora “uzbeki – barani” degani kallamga keladi. To’g’ri axvol juda achinarli, zamonimiz og’ir, lekin bir birini millat chunib hurmat qilsa yengilroq bo’lsa buladiki battarlashmaydi-ku? Yo’lga ham tushdik, ketyapmizu lekin sekin. Nega? Javob tayyor odam yig’ish kerak. Aksar holatta ” tezroq yuriylik ” deb o’ziga yoki chiptachiga murojaat qilinganda kamida “bizani voqtimiz bor, voqt bo’yicha yuramiz” degan javob olasiz yo judya og’ir holatlarda yaxshilab so’kish eshitib olasiz.

Qoida bo’yicha, garajdan chiqayotib voqtini bilib chiqishi kerak, lekin ularga buni ahamiyati yo’q , chiqib olishsa boldi. Atrofga qarab voqtti bilvolishadi. Bir qarasa orqasidan yana ovchi kevottimi, demak poyga buladi.

Omadi kelmadi – qisqa poygada yutqazdi, endi sirayam shoshilishga hojat yo’q, hammasi oldinda! Agar shuni yuziga solib “i-ya aka, boya qaytishda tez yurdila, nega edi sekin yurvossila, bitta yo’l-ku” deb qitmirroq savol bersangizchi, ushanda ochiqchasiga eshitasiz “70 ming plan qo’p qoygan, onansini …i, qattan oboraman man-a a?”.

Bu esa yana boyagi gap. Odam yug’ish bir masala. Boya poyga digandim. Poyga bo’lmasa ham, omadiz kelib yaxshi tezlikda ketayotgan avtobusdasiz. Lekin ular ham ko’pincha salonda nima tashiyotganlarini unitib qo’yishadi. To’la, issiq.. amayli kuz havosi, ok . Birov zo’rg’a turibdi oyoqda, charchagan, mazasi yo’qdir yoki mayli shunchaki ketayapti. Silkinib u-yoqdan bu-yoqqa borib keladi. Bu”Schumacher” ning svetoforlarda joy talashib kirib olishlari, bekatlarda shunaqa tormozlar bilan to’htashlari…Buni man sizga ko’p marta boshidan o’tgan va ba’zida bunga e’tiroz bildirib, ta’zirimni yegan, aytyapman. E’tiroz, norozilik bildirdizmi siz ularga dushmandan battar ko’rinasiz. Bu odam tashish edi holos!

Salonda yo’l kira haqqini yu’g’ish jarayoni anchayin ayanchli bo’lishi ham mumkin. Zo’rg’a kunini ko’rayotgan, ba’zan ko’kragda ordenlari bilan chiqqan, juda qari pensionerlar kamroq yo’l kira haqqini to’lashni hoxlashlari tabiiy xol. Lekin boshidan o’tganlari, bu ishni qilishmaydi. “Qatta yozib qo’yipti , pensyonerlarga 50 % deb”, degan baqir chaqiriqlar bod-bod quloqqa chalinadi. Ba’zida ular sha’niga aytiladigan yozon gaplar, kurakda turmaydigan so’kinish-haqorotlar o’tib tushadi. Bu hammasi yana planga borob taqaladi. Lekin shu hunuk mojaroni kuzatib turgan boshqalarchi….

Juda-judaachinish bilan aytaman Jahongir aka, laoqal “mana ber man to’layman” yoki “a bo’ldi tinch qo’y” dimiydiyam. Kamdan-kam hollarda. Ko’rganakansan, o’zinchi diyishiz mumkin. Men bunday xollarda albatta o’zimi chetga oladiganlar toifasiga kirmayman. Lekin shu yo’l bilan harakat qilganizda , sizni ham mojaroga aralishtirib yuboraveradi ba’zilari.

Bu avtobusda ichida buladigan ba’zi ko’rinishlar edi. To’g’ri, hamma avtobuslarni yoppasiga ayiblab o’lippanmi. Insofli va yaxshi insonlar ham ishlashadi o’sha plani osmon avtokorxonada! Ularga ming rahmat aytmoqchiman. Lekin yuqoridagi kabilar oldin qanaqa bilmadin , kundan kunga avfsuzki ko’payib boryapti.

Hali sariq chiroq o’chib ulgurmay, orqangizdan signalini kuchi boricha chaladigan, noiloj pul ketiga tushgan shaxsiy avtoulov egalari haqida gapirsam xatim cho’zilib ketadi.

AQSHda 2 yil bo’lib, to’sattan onasini deb, aeroportdan to’g’ri bir o’zi uyga kelib, 3 soattan so’ng men bilan uchrashgan do’stimning gap orasida Toshkent haqida aytgan so’zi hech esimdan chiqmaydi: “…to’ba, odamla bir-birini yeb qo’yi divottuyu-a..”.

Shu kabi muammolar haqida men ko’p yaqinlarim, do’stlarim bilan suhbatlashib ko’p mulohaza yuritaman. Chet eldagi vatandoshlar bilishadimi yo’qmi shunchalik bu narsa kuchayib ketganini, lekin men yozyapman.

Anchadan beri fikrlarimni ko’pchilikka aytish, ulardan ham fikrlar eshitishni istardim. Ohiri hafsala qilib yozdim. Bungayam bo’lgan turtki, soat kechki 9 da, ko’p sonli darslar seriyasidan so’ng, to’g’risi, charchab kelayotib, avtobusda yuqorida aytganimdek hodisa bo’lgani. Bugun kun ayniqsa dim bo’ldi. To’g’risi kishini joni xiqildog’iga kelib qoladi, shunaqangi yaxshi “nafas olishga” halaqit qilayotganlarni yomon ko’rib ketasizki….Ohiri yozdim.

Bu Jaxongir aka, ancha o’ylab yurilgan qo’shimcha fikrlar bilan, shu kecha tungacha paydo bo’lgan “insho”. Men aytmoqchi bo’lgan asosiy narsa nima edi o’zi?::

Bunday holatlar oldindan bor, men boshida oz bo’lsada tarixdan misol keltirishga harakat qildim. O’zini o’ylash, hurmatsizlik va hokazo.

O’zini o’ylash insonga xos, lekin biz o’zbeklarda shu hususiyat ko’proq emasmikin? Shu sababdan Karimov shiorlaridan biriga aylangan “O’zbekiston hech kimga qaram emas, bo’lmaydi ham” yoki “..kam emas bo’lmaydi ham” kabi so’zlar juda anchadan buyon g’irt savsata bo’lib kelmayotganmikin? Qani xalqparvarlik, o’zaro hurmat, sharqona izzat? Bu narsalarni yo’q bo’lib ketgani, keyinroq qiyin bolmasmikin? Xalq illatlarini davolash payti yetmadimikin? Bu narsalar qayoqda? Zamon qiyinligi-yu, yashash anchayin mushkullashib borayotganligini pesh qilib yo shuni sabab qilib olish??? Yo’q-yo’q, menimcha bu narsalar oldin ham unchalik ko’zga ko’rinmagan.

Shunchaki hozir u umuman ko’zdan qochyapti. Haqiqiy insonlar qani? Davosi Demokratiya-mi? Menimcha biz avval o’zimizdagi bu loqaydlik-u, bosh egib ketaverishlik, boshqalarga zulm-u, o’z hurmatini bilmaslik, nuqul o’zini o’ylashlik kabi illatlarni yo’qotmas ekanmiz…kim bilsin, kelajakda keladigan demokrat ham shu kasallikka duchor bo’lib , Karimov-II ga aylanmasligiga kim kafolat beradi?

Jahongir aka, sizlar, muholifat anchadan beri demokrtik davlatlardasizlar. Ko’pchilik u yerlarda ancha yashab, ishlab(legal) kelgan yoshlar bu yerga ko’nikolmay, yana ketishayotganlarini bilaman. Qiyin bu yerda. Sizlar anchadan beri harakat qilasizlar, dekokratiyamiz uchun kurashasizlar.

Odamlarga birinchi o’rindai shu odat bo’lib qolgan narsalardan voz kechishni tushuntirish kerak, degan fikrga qanday qaraysiz? Zero biz kimga aylanib borishayotganimizni Tushunaylik. Asta-sekin anglab yetaylik. Yomon illat odatlarni jirkanch ekanligini chunib yetaylik. Shunda O’zbekistonni Demokratik O’zbekiston Respublikasiga aylantirush osonroq kecharmidi?

Men bu xatimda ozgina Toshkent hayotidan lavhalarni gapirib berdim va siz bilan o’z fikrlarim bilan o’rtoqlashdim. O’z fikringizni bildiring, boshqa o’qiganlar ham bildirishsin. Noto’g’ri fikrlayotganimni asoslab beruvchilar bo’lsa, marhamat, o’zim ham millatimiz haqida bunchalik yomon fikrga ega bo’lishni hoxlamas edim.

Xalqimiz orasida ham, vatanda turib demokratiya atalmish ne’mat g’unchalarini, gul qilib yetishtirishga harakat qilayotganlar ham talaygina. Ommalashtirish uchun stimul va botirlik kerak! Demokratiyani sog’inib qoluvchi va tezroq kelishi uchun harakatini ayamaydigan Abdulloh. (abdulloh_dd@yahoo.com)

Portlashlar…. Shanxay… Putin?

SAVOL: Toshkentda yuz bergan portlashlar haqida nima deya olasiz? (Abdusamad).

17 Iyun, 2006 yil

JAVOB: Toshkent va Namanganda yuz bergan portlashlar haqida “Turonzamin” ro’znomasida kechadan oldin rasmlari bilan reportaj berdik. Savolingizga shu bilan javob qilib qo’ya qolgan bo’lardim.

Ammo kecha kechasi Dushanbe yaqinida gaz quvur yo’li portlab ketishi oqibatada mamlakatning bir qator mintaqalari tabiiy gazsiz qolgan va bir kun oldin Dushanbe shahrida uch joyda qo’lbola bomba portlagani “tasodiflar” juda ko’paymadimi deb meni ham o’ylatib qo’ydi.

Qizig’i shundaki, Dushanbedagi bobmalardan biri Islom uyg’onish partiyasi binosi yonida yuz bergan. Hukumat bularning hammasini “tasodiflar” degan.

Xuddi shunday Toshkent va Namanganda benzin stansiyalarida yuz bergan portlashlar ham “tasodiflar” deyildi. Portlashlar yuz berishi bilan qo’lbola bobmalar portlashi ketma-ket kelgani diqqat tortadi.

Masalaning yana bir jihati esa ayni voqealar bu mamlakatlarning rahbarlari Shanxayda o’zlarini sotuvga qo’yganlarida yuz berganidir.

Nima bo’lganda ham shamol “shir” etsa, yuraklari “pir” etadigan bizning “boshi”larning tizzasini qaltiratadigan va Urusiyat rahbari Putinga foydasi tegadigan “tasodiflar” ko’payib ketmoqda.

Karimovning tizzasini qltiratgan
Yodgor Turlibekovlar…

21 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Yaqinda Orol dengizining jonlanayotgani haqida xabarni o’qib o’ylab qoldim. Karimov hokimiyatga kelishidan oldin qurishga boshlagan Orolning endi jonlanishi Karimovning davri tugayotgani emasmikin?… Karimov kelib baraka ketdi, Orolbo’yi atrofiga kasallialar keldi, ketsa buning aksi bo’lsa kerak. Husain Boyqaro davri va Karimov davri o’rtasidagi bo’g’liqlik haqidagi savolimga professional javob bergandingiz. Bu ham tasodif bo’lib chiqsin ilohim. Tarix Karimov la’natini mana shunday tasodif bilan olib ketsin. Nima deysiz?(Javlon).

JAVOB: Albatta, bu dunyoga ustun bo’lib qoladigan odam yo’q. Hech narsani bilmagan odam ham buni biladi. Aslida birovning o’limini kutma, degan gap bor. Ammo hayotning o’zi hayotning qoliplarini buzar ekan. Bugun Karimovning o’limini kutayotganlar ko’payib ketdi. Bu ham ma’naviy o’zgarish. Lekin Karimov ketishi bilan ham O’zbekiston uzoq yillar u botirgan botqoqdan chiqishi qiyin bo’ladi. U badbaxt nimalar qilmadi. Tarixda shaxsning roli yo’q deyishadi. Bu axmoqona gap. Qarang, bitta badbaxt tarixni qanchalik buzdi.

Daryodan, faqat yetti qatrasi:

1.Karimov birinchi galda O’zbek xalqining mustaqillikka bo’lgan jo’shqin ishonch va umidlarini o’ldirdi va O’zbeklar bugun yana rusni og’am deb, rusni maqtab o’tirishibdi.
2.U iqtisodiy potensiali kuchli bo’lgan O’zbekistonni qashshoq bir o’lkaga aylantirdi va uning boyliklarini o’zi, oilasi, bir hovuch to’dalar va Urusiyat orasida taqsimladi.
3.O’zbekistonda diktatura bilan qorishgan mafiya boshqaruvi o’rnatildi.
4.Qishloq xo’jaligi, sanoat, ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlari, madaniyat va ijtimoiy sohalar barbod bo’ldi. Bu esa qadriyatlarni, ma’naviyatni o’ldirdi. O’zbekiston kasalliklar, poraxo’rlik, fohishabozlik maskaniga aylantirildi.
5.Millatning istiqbol va istiqlolini o’ylaganlar yo’qotildi, matbuot, adabiyot maddohlik karnayiga aylantirildi va oqibatda manqurtlik ommaviy tarzda yoyildi. Karimov millatni zukkolikdan manqurtlikka boshladi.
6.O’zbekistonni eshakning holiga tushirib, Kremlning qozig’iga bog’lab qo’ydi. Bu endi kommunistlar davridagidan ham yomon tarzda bo’ldi. Karimov o’lib ketsa ham O’zbekiston bu iqtisodiy qaramlik jilovidan osonlikcha qutula olmaydi.
7.Va nihoyat Karimov O’zbekiston davlatchiligini yo’qolish ostonasiga keltirib qo’ydi. Undan keyin jamiyatda fuqarolar urushi boshlanib ketib, O’zbekiston degan davlat xaritadan yo’qolish darajasiga keldi.

Bugun biz ana shu ofatning oldini olish haqida qayg’urayapmiz va qayg’urishimiz shart ham. O’zbekistonni qutqazib qolish choralarini ko’rishimiz zarur. Kimdir katta ishlar bilan, kimdir qo’lidan kelgani qadar bunga hissa qo’shishi mumkin.

Orolning qaytishi rost bo’lsin! Karimovning ketishi ham! Ammo tasodiflar va duolar bilan ish bitganda bugunga qadar ko’p narsalar boshqacha bo’lardi. Demakki, faqat duo bilan cheklanmay, tasodifni kutmay nimalardir qilishimiz va Vatan hamda millatni qutqazishga intilishimiz kerak. Bu narsa bizga tinchlik bermasligi lozim!
Men kickina odam, nima ham qila olardim deb o’ylamang, bu dunyoni ushlab turganlar-kichkina odamlardir. Kattalar esa faqat o’zlarini ushlab turadilar, xolos, lekin vaqtincha.

Shukrki, 70 yoshida ham Karimovning tizzasini qaltiratgan Yodgor Turlibekov kabilar – bu dunyoning ustunlari bor hali. Karimov ana shu chinorlarni kesib, sahroda faqat saksovullarni qoldirmoqchi, dunyoni ustunsiz ko’rmoqchi. Shaytoniy orzu. Dunyoni saksovulzor deb bilish bukri tuyaning orzusi. Tuyani esa orzusi o’ldiradi. Yomon tomoni undan keyin saksovullar qoladi…

Pessimizm kurashmasdan mag’lubiyatni tan olishdir! Yoki muxolifat nega saylovga kirishi kerakligi haqida

22 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Assalom alaykum Jahongir aka. Men sizga anchadan beri hat yozmay qo’ygan bolsam ham , lekin har kuni sizni saytingizni, ayniqsa, siyosiy latifalar bo’limini o’qib chiqaman! Juda qoyil!

Siyosatga kelsak , menga siz rahbarlik qilayotgan DO’Kning “Turonzamin” ro’znomasida e’lon qilingan Yusuf Jumayevning “Yo Karimov , yo saylov” degan maqolasi yoqdi. Uning fikrlari juda to’g’ri deb o’ylayman. Ilojini qilib, O’zbekistonda saylovlarni Nolegitim deb e’lon qilish kerak! Chunki bunaqa rejim ostida o’tadigan saylov profanaciyadir, o’zini o’zi aldash!

Yana men sizni O’zbekistaonga, uning davlat arboblariga AQSH tomonidan qo’yilishi mumkin bolgan sankciyalarhaqida “The Washington Times” gazetaisga bildirgan mulohazangizga qo’shilaman! Bu sankciyalar Karimov rejimiga moddiy zarar yetkazmasada lekin katta ma’naviy zarar etkazadi va halqni ruhini ko’taradi, Butun dunyo O’zbek halqidan bosh o’girmaganini ko’rsatadi.

Yana bitta kichkina shahsiy mulohazam. Hozirgi kunda ko’rinib turibdiki, Karimovdan keyin ham UZ Rossiya qaramog’ida qoladi! Hozirgi Kreml’ oldingisi emas! Ancha yirtqich va beti-uyati yo’q rejim! Uni faqat pul va foyda , o’zini Imperiya kabi his qilish qiziqtiradi. Kreml’ hech qachon Moldaviya, Ukr, Gruz, Qirg-ton dagi hatolarini unitmaydi! Endi u oz “koloniyalari” uchun ochiqchasiga tashashadi, deb o’ylayman! Bu deganim, Karimovga qarshi bo’lgan muholifat avtomatik tarzda Kremlga , Putinga, FSB ga qarshi degan gapdek.

Karimov baribir Putin aytgan odamni o’zidan keyin qo’yadi. Yoki o’zi umrning ohirigacha o’tiradi. UZ ning geopolitik joylashuvi esa juda ham unchalik yahshi emas. Gruziya , Ozarbayjon, Ukr, Moldaviya USA va Yevropa uchun hozirgi kunda Kaspiydagi neft’ va gazni olib kelishda roli katta bo’lgani uchun , bir kun kelib, Karimov sayloviga yaqin, Putin Yevropa va USA bilan savdo qilib, “MEN GRUZIYANI TINCH QO’YAMAN, ABHAZIYA VA ADJARIYANI O’ZIGA QOLDIRAMAN. UKR DA HAM, QRIMDA O’ZIMNI TINCH SAQLAYMAN, JANJAL PAYDO QILDIRMAYMAN. LEKIN SIZLAR MENGA HALAQIT QILMAYSIZLAR O’RTA OSIYO BO’YICHA. CHUNKI XITOYNI, DAHSHATLI VA KUCHLI QO’SHNIMNI KONTROL QILISHIM UCHUN MEN O’RTA OSIYODAGI NEFT, GAZ, TRUBALARNI KONTROL QILISHIM KERAK” deb aytsa kerak.

Shunda USA va Yropa uchun, albatta, UZ va boshqa O’rta Osiyo davlatlaridan ko’ra boshqa, tepada aytilgan davlatlarning qiziqroq bo’lishi bu aniq! Ya’ni, menimcha, Karimov bo’shlik qilib qolgan taqdirda ham, Kreml’ hech qanaqa O’zbek muholifatiga UZ ni boshqarishga yo’l qo’ymaydi! Kreml’ esa, Oq saroy emas! Bilasiz, qo’lidan ancha ish keladi va qo’li ancha joyga yetadi. Faqat biron bir ish bo’lib qolib Kreml’ kuchsizlanib yoki boshqa, muhimroq ish bilan mashg’ul bo’lib qolsagina UZ da muholifat yutib chiqishi mumkin, deb o’ylayman.

Muholifat bo’lgandan keyin, davlatni qo’lga olmoqchi bo’lgandan keyin hozirgi kundagi geopolitik ahvolni ham o’ylashga majburdir. Ahir hozirgi kunda hech qaysi davlat ichidagi ahvol faqat uni ichkarisidagi kuchlarga bog’liq emas! Regiondagi, mintaqadagi, dunyodagi boshqa davlatlarning ahvoliga ham bog’liq deb o’ylayman. Bu fikrimdan keyin esa o’zim ham pessimist bolib qoldim. Karimovniku bir amallab ketkizsa bo’lar, lekin Kremldan qutulish juda qiyin! UZ da ko’p gaz, neft yo’q, deb o’ylashi mumkin kimdir. Lekin UZ da 26 mln potrebitel’ bor! Bu degani 26 mln haridor! Bularni mol bilan, yemak – ichmak bilan ta’minlashni o’zidan katta-katta daromad qilinadi. Shunday emasmi? (Ulug’zoda).

JAVOB: Yusuf Jumaning ham, sizning ham fikringizga qo’shilaman. To’g’ri, Karimov bor ekan, diktatura oyoqda ekan O’zbekistonda saylov bo’lmaydi, balki siylov bo’ladi.

Lekin saylov bo’lmaydi deb indamay o’tiraversangiz ham baribir bu rejim biz saylov qildik deb dunyoni aldayveradi. Shu zaylda Karimovdan keyin karimovchalar ham shu yo’lni davom ettiraveradilar va muxolifat esa bu yurtda saylov bo’lmaydi deya qo’l qovushtiirb o’tiraveradi.

Muxolifat qatnashsa yoki qatnashmasa ham kimdir saylovni “legitim” deydi va kimdir “nolegitim.” Lekin hech kim borib bu rejimni yiqitib bermaydi. Qolaversa, muxolifat “qatnashaman” degani bilan “qatnashdi” deganining orasida yer bilan osmoncha farq bor. Bu rejimda zig’irdek aql bo’lganda saylovga muxolifatni qo’yib, o’zini demokratik qilib ko’rsatardi. Ammo mana shu ham yo’q. Shuning uchun muxolifatani yaqinlashtirmaydi. Qo’rqadi. “Balki…”dan qo’rqadi. Ishtonsiz xodadan ham, ipdan ham cho’chiydi deganlaridek bu rejim ham hamma narsadan qo’rqadi.

Bugun biz saylovda qatnashamiz der ekanmiz, buning juda ko’p mantiqlari bor.

Birinchidan, demokratik dunyo haliga qadar Karimov rejimiga qarshi alternativ siyosiy kuch yo’q deb hisoblamoqda. Demokratik dunyo falonchining orqasida degan gaplar oliftagarchilikdan yoki siyosiy chalasavodlikdan boshqa narsa emas. Shunday ekan, saylovga tayyorgarlik jarayonida biz bu rejimga qarshi alternativ siyosiy kuchni vujudga keltirishimiz va dunyoga ko’rsatishimiz mumkin.

Ikkinchidan, eng asosiysi, o’zbek xalqi bugun Karimovni ag’daradigan muxolifat mavjudligiga ishonmaydi. Ana shu ishonchsizlkni bartaraf etish kerak. Bunga ham saylovga tayyorgarlik jarayoni asos bo’lishi mumkin.

Uchinchidan, Karimov rejimi o’zi qabul qilgan qonunlarda mustaqil nomzodga yo’l berilishini nazarda tutgan va yo’l bermasa, bu ham rejimning niqobi ekanlgini yana bir karra isbotlagan bo’ladi..

To’rtinchidan, bugun muxolifat chetga chiqib ketish va chetda joylashishning omiliga aylandi. Vatansevarlar hayotlari tahlikaga kirmagan taqdirda ham imkonini topishlari bilan Vatanni tashlab ketmoqdalar. Saylovga tayyorgarlik jarayoni ana shu ketishning oqimini qaytishga tomon burishi ham mumkin. Hech bo’lmaganda ular qaytmoqchiku, men ketib nima qilaman degan fikrni uyg’otishi mumkin.

Beshinchidan, mana shu jarayon 15 yillik tarqoqlikka nuqta qo’yishi va muxolifat saflarini jipslashtirishi mumkin…

Albatta, yana bir qancha “mumkin”larni sanashga imkon bor. Lekin hech narsa qilmaganlikdan ko’ra mana shu “mumkin”lardan hech bo’lmaganda bittasiga erishmoq ham natija-ku! Bu eng kamida.

Ammo rejimlar bitishi mamlakatlar uchun doim tahlikali bo’lgan va saylovga tayyorgarlik jarayoni muxolifatni kuchga aylantirsa, O’zbekistonni yaqinlashib kelayotgan tahlikadan qutqazish uchun zamin bo’ladi. Shunday ekan, pessimizga o’rin yo’q, do’stim. Pesimizm kurashmasdan turib mag’lubiyatni tan olishdir! Millatning taqdiri millatning qo’lida. Shunday ekan, hech bo’lmasa millatga shamchiroq bo’lish kerak!

Rossiya yoki Xitoy bugun Karimovni kuch deb bilgani uchun o’lgan kunidan uni qo’llashmoqda. Ammo muxolifat kuchga aylansa, ular ham hisob-kitob qilishga majbur bo’ladilar. Shuning uchun hamma savollarning javobi bitta – kuch bo’lishda. Kurashmasdan, chiniqmasdan, amaliy tajriba to’plamasdan kuch bo’lish mumkin emas. Saylov jarayoni esa kurash maydonidir.

Tanqid va tosh otishning farqi nimada?
24 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Tanqid va tosh otishni ajrata olmay qolayapman. Muxolifat ichida tanqid qilmaslikka chaqirilmoqda. Buni tosh otish deb baholashmoqda. Lekin nega maqtovni qabul qilib, tanqdini qabul qilmasligimiz kerak? Tosh otish va tanqidning farqini tushuntirib bera olasizmi? (Norqobil).

JAVOB: Albatta, lo’g’aviy ma’nolarini yaxshi bilsangiz kerak. Lekin gap nima haqda borayotganini anglaganim uchun muxtasar tarzda javob bermoqchiman.

Tanqid nimagadir qo’shilmaslik, ishonmaslik yoki xatoni tuzatish uchun otilgan odimdir. Bunda qo’lingizda dalil bo’lsa – bu tanqid, ammo ko’rmasdan-bilmasdan, shunchaki taxminga tayansangiz u tosh otishdir. Tosh kimnidir jarohatlash, boshini yorish va hattoki o’ldirish uchun otiladi. Tosh otganda uning javobi ham tosh otish bo’lishini nazarda tutmoq kerak.

Bugungi voqelikdan kelib chiqib savol bergansiz. Baxtiyor Hamroevning liderlardan 10 ta savolga javob so’ragani savol bo’lsa, o’sha savollar ostidagi mulohazalari konstruktiv tanqiddir. U so’kayotgani yo’q va u taxminlarga tayanib gap aytayotgan emas. O’zi bevosita ishtirokchisi bo’lgan muxolifatning kelajagidan kuyinib, uning liderlarini tanqid qilmoqda. Bunga uning yuz foyiz ma’naviy haqqi bor. Ammo kechagi kunga qadar Karimovni maqtab kelib endi birdaniga muxolifatning “lider”ini ayni ruhda maqtay boshlagan beburd odamni do’st deb bilish va Baxtiyor Hamroyev kabi demokratiya yo’lidagi jasoratli kurashchilarni tosh otuvchilarga chiqarish kabi hol inson fitratining razolat qismi kuchlanib ketganda yuz beradi.

Gap shundaki, biz Sho’ro zehniyati ostida ulga’yganimiz uchun maqtovga mahliyo bo’lib, tanqid faqat teppadan keladigan narsa, pastdan keladigan hamma gap tosh otishdir degan teskari tushuncha bilan yashashga odatlanganmiz. Fojialarimiz ildizi shu nuqtaga borib qadaladi.

Agar kimdir prezidentlikka da’vo qiladigan bo’lsa, 27 million odamning 27 million savolini ko’z oldiga keltirishi kerak.
Kimdir “Nega soching to’kilgan?” deb madaniy qilib so’rasa, kimdir “Nega kalsan?” deyishi mumkin.
Kimdir “Nega soqol qo’ymading?” deb savol bersa, kimdir “Nega besoqolsan?” deyishi mumkin.
Kimdir “Nega xotining ro’mol o’ragan?” desa boshqa birov “Nega xotining boshi ochiq?” deyishi mumkin va hokazo.

Bu holda bularning birortasini tosh otish deb ayta olmaysiz. Chunki siz bu odamlarning qarshisiga “Men sizga yo’lboshchi bo’laman” deb chiqdingiz va endi chidaysiz. Ular sizni chig’iriqdan o’tkazishga haqlidirlar.

Diktatura zehniyatiga ko’ra, liderlarni yo maqtash yoki ular dunyoni oyoqosti qilsalar ham indamay turish mantiqsizligi bor. Lekin siz demokratiya bayrog’ini ko’targanman deb da’vo qilayapsiz. Shunday paytda besh kishini ham to’plamay Partiya Markaziy kengashi nomidan o’zingizni nomzod deb e’lon qilsangiz, kechirasizu bu demokratiya emas, bu diktaturaning axlatga qorishgan ko’rinishdir.

Balki siz “Bizning Nizomda shunday!” deb o’zingizni oqlashga urinarsiz. U holda partiyangiz demokratik emas. Chunki demokratiyalarda prezidentlikka nomzodni butun partiya ahli muhokama etib, qurultoyda bir necha nomzod orasidan tanlaydi. Bu holni tanqid qilish mutloq zarur. Bu tosh otish bo’lmaydi.

Yoki prezidentlikka nomzod o’rtaga chiqib, “Men falon mamlakatning razvedka idorasidan olgan maxfiy ma’lumotga ko’ra…” deb gap boshlasa, bu demokratiyalarda uning prezidentlik bir tomonda tursin, siyosat maydonidan quvilib, qora kursiga o’tirishiga sabab bo’ladi. Bunday holni ko’rib, tanqid qilmaslik faqat diktatura sharoitida mumkindir.

Har qancha misollar keltirmayin va har qancha tushuntirishga urinmayin, tanqidni hazm qila olmagan odam baribir yana bahona topadi. Agar maqtasa, maqtovdan “Karimov” kalimasini o’chirib uning nomini qo’yib gapirsa, dunyoning eng harom odamini ham safdoshim deydi, tanqid qilsa, dunyoning eng halol odamini ham tosh otuvchi deydi. Buning ham oti o’zbekchilikdir!

Avval gapbo’ron,
keyin toshbo’ron

25 Iyun, 2006 yil

SAVOL: O’zbekiston Kollektiv Xavfsizlik tashkilotiga a’zo bo’ldi, lekin Karimov ishni orqaga tashlamoqda. Bu uning manyuver qilayotgani va ertaga yana G’arbga yuz burishidan dalolat emasmi? (Ilhom).

JAVOB: Yo’q. Karimov qolgan umri davomida Ga’rbga yuz burishga jura’t eta olmaydi. Bu uning uchun ikki tomonlama o’lim ekanligini biladi. G’arbning mayda-chuyda davlatlari va tashkilotlari bilan o’yin qilib ko’rishi mumkin. Ammo Vashingtonga tashrif qila olmay o’lib ketishini bemalol taxmin qilish mumkin.

Endi Kollektiv Xavfsizlik tashkiloti masalasiga kelsak, O’zbekiston deya olmayman, lekin Karimov unga “a’zo” edi va keyin “a’zo”ligini muzlatgandi. Hozir mana shu muzni eritdi va yana “a’zo”ga aylandi.

Ammo bu tashkilotdagi bir qator talablar Karimov uchun borsa kelmas bo’lib ko’rinmoqda va shunday ham. Masalan, bojxona, chegaralar masalasi…

Tasavvur qiling, Jasliq qamoqxonasining qorovullarini olib tashlang va eshiklarini oching, nima bo’ladi? Avvaliga ichkaridagilar qochib chiqadilar va keyin ortga qaytib o’zlariga zulm qilganlarni jazolaydilar. Bu qadar oddiy falsafa.

Xuddi ana shuning uchun Karimov bu ishni orqaga tashladi. Ammo bo’lmadi. Endi mazkur masalalarni Avgustga qadar ortga surishdi va Karimov buni saylovga qadar cho’za olmaydigan vaziyatda. Buyrquni Rossiyadan olgan qo’shnilar allaqachon Karimovni gapbo’ron qilishga boshladilar. Hatto Rahmonov ham Karimovga xoda ko’rsatmoqda.

Karimov ham anoyi emas, chegaralarda otishmalar, janjallar, “shpion” ovlashlar kabi narsalarni kun tartibiga keltirib, nimagadir erishmoqchi. Lekin vaqtincha. Putinga ham, boshqalarga ham Karimovning xavfsizligi emas, balki bozor kerak. Sut bermas sigirni nima qilishadi. Buni Karimov ham biladi.

Xullas, AQShning Tojikistondagi elchisi aytganidek, mintaqadagi ba’zi rahbarlar o’z oniy shaxsiy xavsizliklari va oilalarining tinchligi, tor manfaati uchun mamlakatlarini ham, hatto o’z qalblarini ham sotib yubormoqdalar.

Bu esa Karimovdir. Lekin sotqinlik bilan ham u mutloq xavfsizlikka erisha olmaydigan ko’rinadi. Zotan har qanday sotqinlikning oxiri voydir.

TEMIR TO’SIQLAR
Yoki ularni qanday hatlab o’tish borasidagi o’nlab savollarga muxtasar javob

1.Liderman degan odam uchun Vatanning qamog’i ham Vatan!

28 Iyun, 2006 yil

Bugun “prezident bo’laman” degan havaskorlarning soni kundan kunga ko’payib bormoqda. Lekin ulardan birortasida saylovga yaqin yo’latilmaslik uchun qo’yilgan temir to’siqlarni qanday qilib buzish rejasi yo’q. Umuman bugungi sharoitlarda bu to’siqni buzish mumkin-mi? Bu savolga javob berishdan oldin to’siqlarning o’zi nima degan savolga to’xtalish kerak. Har joyda har xil gap aytiladi va har turlicha talqin etiladi.

Bu borada O’zbekiston Konstitutsiyasida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o’ttiz besh yoshdan kichik bo’lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. Bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bo’lishi mumkin emas.” (89-modda) degan band bor va bu band atrofida ko’p gapirilmoqda.

Bu talab g’ayri demokratik emas. (Hatto Amerikada ham shunday talab mavjud-JM) Garchi men o’zim bu Konstitutsiyaga qarshi ovoz bergan bo’lsamda uning mana shu moddasini to’g’ri deb hisoblayman. Shu sababdan ham “Liderlarning o’rni Vatandadir” deb yozgan maqolamda ana shunga urg’u bergan edim.

Yaqinda bir yig’ilishda “Birlik” raisi Abdurahim Po’latov biz vaziyatni haddan ziyod ko’pirtirib yuborayotganimiz, bugun O’zbekistonda siyosiy faoliyat ko’rsatish uchun imkon borligini va buning uchun rejim birovni o’ldirtirib yubormalsigini aytib qoldi. Men uning so’zini bo’lib, “Siz nega bormayapsiz bo’lmasa?” bo’ldi. Uning javobi “Men borsam meni o’ldirtirib yuboradi” dedi. Xuddi mana shu narsa ko’pirtirish. Bugun u qaytib borsa, Karimov o’ldirtirib yubormasligi uning o’z ifodasi bilan aytganda “uchinchi sinf bolasiga ham ayon”.

Shuning uchun kimdir o’zini lider deb hisoblsa, e’lon qilsa va qaytib borish kerak bo’lsa, jamiyatda o’zgartirish qilish maqsad ersa, buning vaqti bugundir. Bormayman desa ham bu uning haqqi. Shundan kelib chiqib, Po’latovning “bormayman” deyishini va u saylovda o’z nomzodini (hozircha-JM) qo’ymayotganini, ammo saylovda qatnashaylik deb jon kuydirayotganini tushunish mumkin. Agar bu samimiy harakat bo’lsa, orqasidan bir o’yin kelib chiqmasa (buni vaqt ko’rsatadi-JM), u holda uning sayi harakatlarini hurmat qilish kerak.

Xullas, Konstitutsiyadagi to’siqni mamlakat ichidan bir nomzod topish bilan yengish mumkin. Ammo Saylov qonunida qanday to’siqlar bor va ularni yengish mumkinmi?

2.Hukumat shoxida yursa, siz bargida yuring!

Demak, diktator Karimov imozlagan “O’zbekistоn Respublikаsi Prezidenti sаylоvi to’g’risidа” qonunga nazar solish kerak. Bu 1991 yilda qabul qilingan qonunga har yili, kallaga bir fikr kelganda tuzatish kiritiladi. Oxirgi marta 2005 yilda, ya’ni o’tgan yili kiritilgan. Yaqin kunlarda yana bir narsalar qo’shilishi ham hech gap emas.

Saylov jilovini qo’lda tutish uchun o’ylab topilgan birinchi yangilik shuki, avval iqtisod, keyin siyosat degan “falsafa” asosida qonunga quyidagi satrlar bitilgan.

“O’zbekistоn Respublikаsi Prezidenti sаylоvigа tаyyorgаrlik ko’rish vа uni o’tkаzish bilаn bоg’liq xаrаjаtlаr O’zbekistоn Respublikаsining dаvlаt mаblаg’lаri hisоbidаn аmаlgа оshirilаdi. O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоdlаrni bоshqа mаblаg’lаr hisоbidаn mоliyaviy tа’minlаsh vа o’zgа tаrzdа mоddiy jihаtdаn qo’llаb-quvvаtlаsh tаqiqlаnаdi.” (6 Modda).

Ko’rdingizmi, pulning jilovi o’zlarining qo’llarida. Bu ham oz shekilli, boshqa tomonlar ham nazoratga olinmoqda. Jumladan, xorijdan bevosita shaxslarning nomiga keladigan mablag’lar ham hukumatni bezovta qilmoqda. Hozir soliq to’lamaganlik bahonasida bir necha shaxsni jazolab, boshqalarga dars berib qo’yishmoqchi.

Shuning uchun ozmi-ko’pmi yordam oladiganlar mavjud qonunlar tartibi asosida soliq to’lab qo’yishlari va hukumatning bu tuzog’iga ilinmasliklari kerak. Hukumat shoxida yursa, bargida yura olish qobiliyati bo’lsagina unga qarshi tura olish mumkin.

3.Saylovoldi manzirati

O’zbekistоn Respublikаsi Prezidenti sаylоvi to’g’risidаgi qоnun hujjаtlаrini buzgаnlik uchun bir qancha jаvоbgаrliklar belgilangan. Jumladan:

“Nоmzоdlаrning shа’ni vа qаdr-qimmаtigа dоg’ tushirаdigаn sоxtа mа’lumоtlаrni e’lоn qilgаn yoki bоshqа yo’sindа tаrqаtgаn, sаylоv kоmissiyalаri а’zоlаrigа nisbаtаn hаqоrаtоmuz munоsаbаtgа yo’l qo’ygаn shаxslаr hаm jаvоbgаrlikkа tоrtilаdilаr.” (7-mоddа).

Bu erkin gapirish va erkin yozishga qarshi o’ylab topilgan chiroyli gap. Masalan falonchi cho’tir desangiz, bas. Jasliqqa ketasiz. Garchi u rostdan ham cho’tir bo’lsa-da! Masalaning bu tomoni qiziq emas.

Demak, sha’ni, qadr qimmati degan umumiy tushunchalar istalgani qadar talqin qilinishi mumkin. Masalan, “Prezident urusga uylangan desangiz haqiqatni aytgan bo’lasiz, ammo bu u kishing sha’niga tegish deb baholanadi. Yoki “Prezident qarib qoldi” desangiz ham shu. Vaholanki u 70ni qoralab, chol bo’lib qoldi. Bu haqiqat, ammo aytib ko’ring-chi?

Shunday ekan, saylov arafasida ichkaridagilarning har bir so’zni o’lchab, keyin gapirishlariga to’g’ri keladi. Ya’ni saylovoldi manzirati qilish kerak. So’kish darkor bo’lsa, tashqaridagilarga qo’yib berish lozim.

4.Cheklov… cheklov…

“Оvоz berish kunigа qаdаr qоlgаn besh kun ichidа, shuningdek оvоz berish kuni jаmоаt fikri so’rоvlаri nаtijаlаrini, sаylоv nаtijаlаri prоgnоzlаrini vа o’tkаzilаyotgаn sаylоv bilаn bоg’liq bоshqа tаdqiqоtlаrni nаshr etish (e’lоn qilish), shuningdek ulаrni umumiy fоydаlаnishdаgi аxbоrоt-telekоmmunikаtsiya tаrmоqlаrigа (shu jumlаdаn Internet tаrmоg’igа) jоylаshtirish tаqiqlаnаdi.” (7-mоddа).

Butun dunyoda cheklov oxirgi kunga qo’yilgan. O’zbekistonga esa besh kun kerak. Agar favqulodda bir kor-hol yuz bersa, besh kunda besh marta oyga borib kelish mumkin deb o’ylashadida. Bu ham mayli. Lekin latifa bu yoqda.

“O’zbekistоn Respublikаsi Prezidenti sаylоvi bo’yichа sаylоv kаmpаniyasi bоshlаngаnligi O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentining vаkоlаt muddаti tugаshidаn kаmidа uch оy оldin Mаrkаziy sаylоv kоmissiyasi tоmоnidаn оmmаviy аxbоrоt vоsitаlаridа e’lоn qilinаdi. (8-mоddа).

Demokratik davlatlarda saylov kampaniyasi ikki yil oldin boshlanadi. Birinchi yili partiya ichi saylovlari va ikkinchi yili mamlakat bo’ylab kampaniya. Bizda bir yil sudralib yurishga toqat yo’q. Uch oyda yumaloq yostiq qilib yuboriladi.

Demak, kuchni to’plab, ana shu uch oyda ishga solmoq kerak.

5.Eshitib qo’yaverasiz, ammo…

“Siyosiy pаrtiya sаylоv kаmpаniyasi bоshlаngаnligi e’lоn qilingаn kundаn kаmidа оlti оy оldin O’zbekistоn Respublikаsi Аdliya vаzirligi tоmоnidаn ro’yxаtgа оlingаn tаqdirdаginа O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоd ko’rsаtishi mumkin.” (24-mоddа).

Bu muxolifatga tegishli. Qani ro’yxatdan o’tib ko’rsin-chi. Mo’jiza ro’y berib o’tgan taqdirda ham olti oyda yana yo’qotib yuborish uchun vaqt yetarli. Shuning uchun bu haqda bosh qotirmasa ham bo’ladi. Kimdir partiyani ro’yxatdan o’tkazamiz va keyin saylovga kiramiz deyishi mumkin. Kimdir yangi bir partiya tuzamiz, so’ng saylov deyishi mumkin. Mayli bular ham fikr. Eshitib qo’yaverasiz. Ammo diqqatni quyidagi nuqtaga jalb qilish kerak.

“Sаylаsh huquqigа egа bo’lgаn hаr bir fuqаrо yoki fuqаrоlаr guruhi O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоd ko’rsаtish uchun kаmidа uch yuz nаfаr sаylоvchidаn ibоrаt sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhini tuzishi mumkin” (24-mоddа).

Bu endi o’zini muxolif deb bilgan hammaga oid. Mana shu joydan yo’lga chiqib, temir to’siqni buzishni boshlash kerak. Uch yuz kishi to’planishi uchun chetdagi uch yuz kishi nomzod bo’lmasligi va nomzodni ichkaridan, legitim bo’lganlar orasidan topish kerak. Shunda chetdagi uch yuz kishi bittadan tog’asi yoki ammasini yuborsa ham uch yuz kishi to’planadi. Tabiiyki, mana shu maqoladan keyin 300 ni 30.000 ming qilib tuzatishmasa. U holda 30 ming kishi to’planadi. Yo’q, hukumat 30 ming kishi bir joyga to’planishidan qo’rqadi va aksincha 300ni ham to’plamaslikka intiladi.

“O’zbekistоn Respublikаsi Prezidenti sаylоvidа ishtirоk etish uchun sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhining vаkоlаtli vаkili guruhni ro’yxаtgа оlishni iltimоs qilib, sаylоvgа kаmidа etmish kun qоlgаnidа Mаrkаziy sаylоv kоmissiyasigа аrizа bilаn murоjааt etаdi. Аrizаgа quyidаgilаr ilоvа qilinаdi: sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhi а’zоlаrining fаmiliyasi, ismi, оtаsining ismi, tug’ilgаn sаnаsi, yashаsh jоyi mаnzili, pаspоrtining seriyasi vа tаrtib rаqаmi ko’rsаtilgаn ro’yxаt; sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhi yig’ilishining vаkоlаtli vаkil tаyinlаsh to’g’risidаgi qаrоri hаmdа qоnundа belgilаngаn tаrtibdа uning nоmigа rаsmiylаshtirilgаn ishоnch qоg’оzi; O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа bo’lаjаk nоmzоd to’g’risidаgi mа’lumоtlаr” (24(1)-mоddа).

Mana shu nuqta ham oshib o’tiladigan katta teppalikdir. Chunki uch-to’rt kishi qo’rqitilib, “biz qatnashmagandik” deb yozdirib olishsa, ish xurjunga tushadi. Bugunga qadar shunday qilib kelishmoqda. Shuning uchun majlisga boradigan vakillarni alohida tanlash va so’zdan qaytmaydigan odamlar bo’lishi haqida o’ylash kerak. Mana nega bugun butun muxolifat birlashmog’i va hamma faollar ishga kirishmog’i muhimdir. Aks taqdirda arava har tomonga tortilib, yana bitta joyda depsinib qolinaveradi.

6.Junbishga kelish muhim

“O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоdlаr ko’rsаtish sаylоvgа оltmish besh kun qоlgаnidа bоshlаnаdi vа qirq besh kun qоlgаnidа tugаydi…
Siyosiy pаrtiya O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа fаqаt o’z pаrtiyasi а’zоlаri оrаsidаn yoki pаrtiyasizni nоmzоd etib ko’rsаtishgа vаkоlаtlidir, sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhi esа O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоdni, bаshаrti mаzkur nоmzоd u yoki bu siyosiy pаrtiyagа mаnsub bo’lmаsа, ko’rsаtishgа hаqlidir” (24(2)-mоddа).

Demak, nomzod tanlanganda uning hukumat tuzgan va muxolifatdagi biror bir partiyaga a’zo bo’lmasligini ham nazarda tutmoq lozim. Aks taqdirda yana tarvuz qo’ltiqdan tushishi mumkin.

Butun muxolifat va faollar birlashib harakat qilishlarining shart bo’lgani mana bu to’siqdan o’tishda ayniqsa, muhimdir:

“Siyosiy pаrtiya tоmоnidаn tаqdim etilgаn imzо vаrаqаlаri O’zbekistоn Respublikаsi jаmi sаylоvchilаrining umumiy sоni kаmidа besh fоizining, kаmidа sаkkiztа mа’muriy-hududiy tuzilmа nаmоyandаsi bo’lgаn sаylоvchilаrning imzоsini qаmrаb оlgаn bo’lishi kerаk. Mа’muriy-hududiy tuzilmаlаrdаn biridа (Qоrаqаlpоg’istоn Respublikаsi, vilоyat, Tоshkent shаhri) siyosiy pаrtiya imzоlаr umumiy miqdоrining ko’pi bilаn sаkkiz fоizini to’plаshi mumkin.
O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоd ko’rsаtgаn sаylоvchilаr tаshаbbuskоr guruhi respublikа sаylоvchilаri umumiy sоnining kаmidа besh fоizi miqdоridа, kаmidа sаkkiztа mа’muriy-hududiy tuzilmа (Qоrаqаlpоg’istоn Respublikаsi, vilоyat, Tоshkent shаhri) nаmоyandаsi bo’lgаn sаylоvchilаrdаn nоmzоdni qo’llаb-quvvаtlоvchi imzо to’plаshi kerаk “ (24(2)-mоddа).

Bu oson jarayon emas. Ammo butun muxolifat kirishsa, bajarish mumkin bo’lgan ish. Faqat oldindan bir necha advokatni olish kerak va barcha hujjatlarni tayyorlashni ularga yuklash lozim. Shuningdek, nomzod tanlaganda mana bunga ham e’tibor qilmoq shart bo’ladi:

“-qаsddаn sоdir etilgаn jinоyati uchun ilgаri sudlаngаn fuqаrоlаr;
-o’zlаrigа nisbаtаn jinоiy ish qo’zg’аtilgаnligi munоsаbаti bilаn qоnun tоmоnidаn tа’qib etilаyotgаn fuqаrоlаr;
-diniy tаshkilоtlаr vа birlаshmаlаrning prоfessiоnаl xizmаtchilаri O’zbekistоn Respublikаsi Prezidentligigа nоmzоd etib ro’yxаtgа оlinmаydilаr” ( 25-mоddа).

Bir qarashda yengib o’tilmaydigan to’siqqa o’xshaydi. Ammo qayerlarnidir portlatishdan ancha va ancha oson. O’zini o’ldirishdan ham ancha oson. Birovning joniga qasd qilishdan ham oson.

Men demoqchi bo’lgan narsa, bugun ham imkon o’lmagan. Bugun demokratik kurash yo’li bor. Mana shuning uchun jon-fig’on bo’lib birlashish kerak deb faryod qilayapmiz. Mana shuning uchun birlashishga qarshi bo’lganlarni ayovsiz tanqid qilayapmiz.

To’siqlar temirdir. Ammo chiniqqan odam uchun temir ham hech narsa emas.

Eng katta mafiya -adiblar mafiyasi
30 Iyun, 2006

SAVOL:Yangiliklarni o’qir ekanman, begunoh gunohkorlarning qaysi bir begona yurtlarda sarson bo’lib yurganlarini, ularning umuman begona jamiyatdagi ahvollarini ko’z oldimga keltira olmayman. Ushbularni o’qib, doim xafa bo’laman.

Pinaklarini buzmay “Respublikamizdagi rivojlanish bunchaga ko’tarilibdi” deyayotgan siyosatchilarning, diktatorlarning gapirayotgan gaplarini umuman tushunmayman. Qayerga qaramang, kimdir qayoqqa ketishni mo’ljallaydi. Puli yo’qlari esa ro’zg’or degan sho’ri qurib ketganni hali ham oldingidek arang tortib yurishibdi.

O’zbekiston nomini bulg’ab tashladilar, siyosatni ustiga har narsani chapladilar. Afsus…, ajoyib ijodkorlarimizning ham anchaginasi o’shalar bilan chaplangan joylarga qorishib ketdi. Nomi ming ulug’ bo’lsin, “Qahramonlik” unvonlarining sanog’i bo’lmasin, siyosatga aralashib Karimovni tomoniga o’tganlarning ijodigina hurmat qilinadi, o’zlari esa “ikkiyuzlamachidir“, chunki ertaga Karimovning ertasi tugasa “O’sha vaqt axmoq bo’lgan ekanmiz” deb o’zlarini oqlashga tushishadilar, hamda yangisini olqishlaydilar.

Ushbu mulohazam ham xuddi shu ijodkorlar to’g’risidadir. Jahongir aka, “haqiqiy ijodkordan yomonlik chiqmaydi” degan iborani men ko’p eshitganman. Bizning eng ulug’ ijodkorlarimiz siyosatga aralashib-quralashib ketgani barchaga ma’lum, o’sha holatdan kelib chiqib, Sizga savol bermoqchi edim.

Abdulla Oripov va hokazo kazo ulug’ ijodkorlarimiz, ajoyib asarlar mualliflari siyosatga aralashib, Karimovni qo’llashadilar (qaysi ijodkorlarimiz hozir siyosatga aralashganini aniq bilmaganim uchun umumiy qilib yozdim), va ular xalqni ahvoli ne kechayotganini Sizu, bizdan-da yaxshi bilishadilar va har kuni eshitib, ko’rishib turishadilar.

Shularni bizlar ijodkor desak, nega bunaqa yo’lni tanlaganlar ular? She’rlarini o’qisang odam mazza qiladi, asarlarini o’qisang iymon e’tiqodni anglatib turadigan satrlarga ko’zing yuguradi, o’ylantirib qo’yadi, satrlarini o’qisang xaqiqiy vatanparvar inson qanday bo’lishligini o’rgatadi, lekin nega o’zlari shunga amal qilishmaydilar? Ularning haqiqiy ijodkor degan nomga arziydigan ijodiy qobilyatlari bor-u, vijdonlari yo’qmi?

Shuncha iflosliklar O’zbekistonda sodir qilindi, shundan so’ng ham qaysi yuzlari bilan ular Karimov tomonida o’tirishibdilar? Pul degani vijdonni sotib olishga qurbi yetadi deb eshitganman, lekin haqiqiy ijodkorning vijdoni sotilishini hatto tassavvur qilolmayman. Xalq uchun kuyinib yozilgan “sodda xalqim, mehnatkash xalqim, tabarruk xalqim” degan misralar qaysi qo’llar, qaysi yurakdan, qaysi vijdon bilan yozilishini men tushuna olmayapman.

Nega ijodkorlar manqurt to’g’risida ajoyib asarlar yozib, muxlislarini yig’lashga keltiradi-yu, o’zlari esa manqurtlik qilishadilar?

Xalqni dardini ham, quvonchini ham o’shalar yoritadilar-ku, nahotki asl hayotda ular umuman boshqa inson bo’lsalar? U holda xalq kimdan haqiqatni, yaxshi kunlarni, ertani ishonch bilan kutadi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. (ORZU).

JAVOB: Siz qo’ygan savollar juda og’ir va ularga qisman ilgari ham javob berishimga to’g’ri kelgan.

Bugun esa Sizga ko’pdan beri kuzatib kelayotganim va nihoyat dalillarim yetarli bo’lgan bir narsani aytmoqchiman. Bu borada haliga qadar yozilmagan va aytilmagan. Aslida mafiya haqida juda ko’p yozilgan, lekin adiblar mafiyasi, mafiya bo’lganda ham mafiyalar ichidagi eng kuchli mafiya bo’lgani haqida bugunga qadar yozilmagan. Balki yozish ularga oid bo’lgani uchun ham bu mavzu tesha tegmay qolgan bo’lishi mumkin.

Mafiya nima? Mafiya bu ma’lum guruhlar o’z niyatlarini amalga oshirish uchun hukumat bilan birlashib, g’ayriqonuniy ishlarni amalga oshirishlaridir. Adiblar mafiyasi ming yillardan beri bo’lgan va Sovet davrida ham bor edi, bugun ham eng kuchli mafiyadir.

Sovet davrida nafaqat hokimiyat bilan birlashib ketish, balki hokimiyatni mutloq qo’lga olish darajasiga qadar yetib bordi. Masalan, Sharof Rashidov O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi bo’lgan. Uning Oliy Sovet raisligiga saylanishi ortida G’afur G’ulom mafiyasi turgan. Siz va biz eng buyuk adiblar degan Oybekdan tortib, Abdulla Qahhorga qadar ana shu mafiyaning faol a’zolaridir. Rashidov Abdulla Qahhorni quvg’in qilgan degan gaplar “muridlari”ning to’qigan hikoyalaridir. Rashidov davrida Abdulal Qahhorning “Sinchalak” degan asari barcha oily o’quv yurtlariga kirish imtihonlarida va maktablarni bitirishda hamma vaqt majburiy mavzu qilib qo’yilganining o’zigina “murid”larni yolg’onchiga chiqardi.

Ha, Adiblar mafiyasida ‘eshon’lar va ‘murid’lar masalasi juda kuchli. Aslida adiblar orasida mafiyani “avlodlar” deb atashadi. G’afur G’ulom avlodlari… Hamid G’ulom avlodlari…

Hamid G’ulom isatagan odam bir kunda mashhur bo’lgan va kitoblari tinimsiz chiqib turgan. Istamasa, u qanchalik kuchli ijodkor bo’lmasin, ilhomiga bug’ilib yo’q bo’lgan. Adiblar orasida har doim kamida ikkita-uchta mafiya guruhi bo’lgan. Bular hokimiyatga o’z odamlarini suqish borasida o’zaro raqobatlashib turganlar va hatto bir-birlarini o’ldirtirib yuborish darajasiga qadar yetib borishgan. Masalan, sovet kuychisi Hamid Olimjon misoli.

Mafiya otaxonlariga yoqmaganlarni qamoqlarga tiqishgan. Sovet davrida hatto KGB ham bu mafiyaga qulluq qilgan va uning otaxonlariga yoqmagan adiblarni yo’qotib turgan.

Har bir mafiya guruhlarining o’z adabiy tanqidchilari bo’lgan. Masalan, Ozod Sharafiddinov, Umarali Normatov. Ahmad A’zam kabi. Ularning doimiy ravishda ulug’lovci va doimiy ravishda tanqid qiluvchi “manba”lari bo’lgan. Buni ham mafiyaning avzoyi hal qilgan. Hamid G’ulomdan keyin mafiyalardan birining boshqaruvi Odil Yoqubovga o’tgandi. Undan Abdulla Oripovga qoldi va hokazo.

Adiblar mafiyasi hamma vaqt hukumatdan katta haq o’ndirib kelgan. Yangi uylar, mashinalar, dachalar, kurortlar, orden-mukofotlar va hokazo. Xalq orasida eng boy sinf bu mafiyalarga kirgan adiblar sinfi bo’lgan va hozir ham shunday bo’lib qolmqoda.

Ana shu mafiyalar bugun taqdim etayotgan adabiyotni tabiiyki boshqasi bilan solishtirish imkonidan mahrum bo’lgan avlod “eng zo’r” deydi. Bugungi yoshlar bilan gaplashsangiz nega zo’r shoir Muhammad Yusuf edi degan gapni eshitasiz. Chunki unga shunday deb uqtirilgan. Ammo eng zo’r shoir Yusuf Juma desangiz, “U kim edi?” deb yuzingizga qaraydi.

Mafiya hamma vaqt “xalqparvar”, tabiiyki ko’rinishda. Amalda esa xalqni oyoq osti qilgan, uni o’ziga qul deb bilgan. Adibar mafiyasi ham shunday. Bitta “eshon”ning etagini tutdimi tamom. Uni maqtagan sari o’zim ham yuksalaman degan aqida bilan yashaydi.

Xullas, bu juda katta mavzu va keng qamrovli tahlilga ehtiyoj bor. Nasib etsa, bir kun bu haqda ham o’qib qolarmiz. O’shanda savollaringizga to’liq javob topasiz degan umiddaman.

Qahramonlik uchun imkoniyat

5 Iyul, 2006

SAVOL: Sizga bir lahza siyosatni unutib, oddiy bir insoniy savol bermoqchiman, faraz qiling, katta yo’lda ketayapsiz, yarim kecha, sizdan oldin ketayotgan mashina avariyaga uchradi, atrofda sizdan boshqa odam yo’q, sizga odamlarni qutqazib, qahramonlik ko’rsatish uchun imkoniyat tug’ildi, nima qilgan bo’lardingiz?(Sherzod).

JAVOB: Amerikada bu qahramonlik uchun imkonyat emas. Agar darhol mashinadan tushib, avariyaga uchragan kishini qutqara boshlasangiz, aksincha bu axmoqlik uchun imkoniyat bo’ladi. Chunki bu yerda ilk yordam ko’rsatishni faqat bu borada dars olganlargina qilishlariga izn berilgan. Aks taqdirda Siz avariyaga uchragan odamga foydadan ko’proq zarar yetkazishingiz mumkin.

Sizning vazifangiz darhol “Tez yordam”ga qo’ng’iroq qilib, avariya joyini bildirshdir. Hali mashinangizdan chiqib, avariya joyiga yaqinlashmasingizdan ular yetib keladilar. Bu sizning qahramonligingiz bo’ladi. Afsuski Amerikada bunday qahramonlikka deyrali har kuni imkoniyat tug’ilib qolishi mumkin. Shu sabab bu qahramonlikdan oddiy holga aylanib qolgan.

Hozir maktablarda “Ilk yordam berish” darslari o’qitiladi. Shunda ham avariyaga uchrgan odamni iloji boricha mashinadan bezovta qilmaslikka o’rgatiladi. Chunki mashina uni qisib qolgan bo’lsa Siz tortib chiqaraman deb unga battar ziyon yetkazasiz yoki mashinadan benzin to’kilgan bo’lsa, Sizning urinishlaringiz tufayli uchqun chiqib, portlash ro’y berishi mumkin va hokazo. Odam-ku odam, hatto mushuk bir joyga tiqilib qolgan bo’lsa ham birinci galda “Tez yordam”ga xabar berish talab etiladi.

Xullas, Amerika qonunlar mamlakati. Qahramonlikning ham o’z qonun qoidalari bor bu yerda. Qonunsizlik o’lkasida yetishgan Siz va biz uchun bu yerda qonunlarni bilish, hurmat qilish, qonunlardan tashqari ish qilmaslik qahramonlikka teng ishdir. Agar qahramonlik qilaman desangiz, mana imkoniyat!

Kim kimning tuzligiga
tupurgani haqida

6 Iyun, 2006 yil

SAVOL: Jahongir aka, Solihchilar yana sizga qarshi postinglar kurashini boshlatdilar. Men ularag man bu javobni yozdim. Shu sizga ham yuborim. Iltimos, shunga ochiq javob bersangiz. “Ey, birinchidan Oydin emas Svetlana. Bu Svetlana degani… Endi Colix haqqida- u ….ni kim bilmaydi?

Qo’rqoqligini ham bilamiz, bo’lmasa, hech bo’lmaganida bir marta bo’sa ham o’z otidan maqola yozardi. Boshqalarga pul berib, ularni sotib olib, keyin ular otidan o’zining fitna to’la maqola-yu, kitoblarini vzyatkaga olgan pullariga chiqarmas edi…Esiz bizning shuncha vaqtimiz. U faqat bizning kurashga xalaqit bermoqda, bizning diqqatimizni boshqa tomonga tortmoqda. U Karimovning haqiqiy yordamchisi.

Men ko’pdan beri muxolifat ichidaman va shuni ko’rib va tushunib ettimki, etakchi muxolifatchilar ichida faqat Mamatov chiqib radioda ham, maqolalarida ham erkin, ochiq va o’z nomini quyib maqolalar yozadi va ochiq hamma narsani gapiradi. Ey, colix gruppasi sizlar ham mard bo’ling, o’z nomingizdan yozing va o’z nomingiz bilan chiqing! Shuncha yillardan beri Colixning biror bir muxolifatchilar baxsida ochiq qatnashganini eshitmadim. U o’z fikrini qogozga qaramay izxor eta olarmikan degan fikr tugildi menda va mening yonimdagi do’stlarda. Bunga shubham bor…

Xayolida faqat fitna yozish, prikaz qilish va boshqalarga oz-moz pul berib ularning nomlarini qo’llash… Ovqatni Nomoz aka yoki muftining ukasi pishirardi. Yolgonning ham chegarasi bor. Jahongir aka, siz ham usha erda edingiz, boshqalar ham bor edi. Usha erdagi qancha do’stlarimiz qamalib ketdi, colixning balosiga qolib. Men yolgon gapirayotgan bo’lsam, sizlar yozing. Jahongir aka siz yozing bu haqda!(Rustam)

JAVOB: Avvalo, Rustamjon, xatingizdagi ba’zi o’ta haqoratli nuqtalarni qisqartirishimga to’g’ri keldi va meni ma’zur tutasiz deb o’ylayman. Men “postinglar” hujumlariga ilgari javob berganman va qaytib bu mavzuga kirmayman deb qaror qilgandim.

Afsus! Sizning xatingizdagi ba’zi nuqtalar haqida yana bir bor yozish kerak, shekilli. Ayniqsa, bizning Turkiyada MS (Istagan odam Muhammad Solih va istagan odam Salay Madaminov deb o’qishi mumkin) bilan qo’shni yashagan paytlarimiz haqida. Chunki Rizo Obidning Kongress saytida 22 Iyun kuni e’lon qilingan she’ridan o’pkalagan va “O’zodlik”ni oyoq osti qilayotgani uchun Shuhrat Bobojonovni tanqid qilganim uchun mening “kimligimni fosh etish” haqida po’pisa qilib, kecha menga yozgan xatida Qudrat Bobojonov meni MS ning “tuzuni yeb, tuzligiga tupurish”da aybladi.

Garchi “Turkiyada to’rt yil” kitobimda bu borada batafsil yozilgan bo’lsa-da, ba’zi nuqtalarga oydinlik kiritmoqchiman. Biz Turkmanistonda tahlikali vaziyatda qolganimizda Murod Jo’raev bilan birga MSga telefon qilganmiz va u bizning Turkiyaga borishimizga keskin qarshilik qilgan. “Uy-joy yo’q!” “Pul yo’q!” va hokazo bahonalar. Lekin izimizga MXX tushib, boradigan joyimiz qolmagach Anqaraga borganmiz va Istanbulga o’tib, Ahad Andijonga telefon qilganmiz. U MS turadigan binoda bir kvartira unga va yana bir kavrtira O’zbekistondan keladigan qochqinlarga vaqtinchalik ajratilganini va buni Anvar Oltoyli gaplashib olganini aytib. O’sha yerga olib bordi. Biz kelsak, har ikki kavartira, 3 chi qavatdagisi ham, 4-qavatdagisi ham MS oilasi tomonidan ishg’ol qilingan ekan.

Shu kuni biz Anvar Oltoyli bilan bino sohibi sobiq deputat Badriddin Dalan huzuriga bordik. U “Ikkita kvartira bergandim-ku?” deya ajablandi. Xullas, sobiq deputatning sobiq deputatga hurmati o’laroq u bizga birinchi qavatdan bitta kvartira ajratdi. MS bu joyni umumiy mehmonlar kvartirasiga aylantiramiz dedi va men qarshilik qilmadim.

Birinchi qavatda ovqat pishirardik. Navbati bilan. Bir kun men, bir kun Nomoz Normo’min, bir kun Murod yoki Muftining ukasi-Muhammad Amin pishirardik. Ular ham shu yerda turardilar. MSning umr yo’ldoshining ismi Svetlana edi va biz uni Sveta opa der edik. U xazinachimiz edi. Har kuni MS undan pul olib, nima olishimizmini ro’yxat qildirib, hisob-kitob bilan ovqat uchun pul berardi va qaytimini talab qilib olardi. Ko’pincha ular teppada notanish odamlar uchun ziyofatlar uyushtirish bilan ovora edilar. Buning ustiga bizning ovqatning ham yarmini olib ketishardi. Biz nima ham derdik. Ovqatga MS pul sarflamoqda deb o’ylardik-da.

Lekin uning biror joyda ishlamasligi va pulning qayerdan kelishi boshqalarni qiziqtirmasa ham meni tashvishga solgan va men o’zim ishlashim kerak deb avvaliga tarjima ishlari olganman, keyin Ahad Andijonning yordami bilan ish topganman. Bilsan pulni Anvar Oltoyli berar ekan.

Keyinroq Abdurahim Po’latovdan bilib qoldimki, MS AQSHning Milliy Demokratiya fondidan 50 ming dollar olgan va murojaatda nafaqat bizning ismlarimiz, balki “Birlik”ning ham nomi qo’shilgan ekan. “Birlik”ning noroziligi tufayli bu pulning yarmnini olgandan keyin qolganini bermay qo’yishgan. 20-25 ming dollar ham oz emas. Bu pulni Anvar Oltoylining hisobiga o’tkazishgan va u barcha ta’minotni bo’yniga olgan.

Anvar Oltoyli boshqa manbalardan ham katta yordamlar tashkil qilgan. Jumladan Turkiya hukumatining Rashid Do’stimga deya ajratgan yordamlarining katta bir qismini o’zbek muxolifati nomiga deb MSga berishgan. Buni Turkiya matbuoti ham yozgan va oxir oqibatda bir necha ma’mur jazolangan ham.

Qolaversa, Izmirda oq’iyotgan talabalarning taklifiga ko’ra, MS bilan birga u yerga borganmiz, keyin men o’zim Bursa va boshqa joylarga borib uchrashuvlar tashkil qilib, yordam tashkil etganmiz. Partiya hisobiga tushgan pullarni yana MS dan boshqa hech kim ko’rmadi.

Shularga qaramay Turkiyaga kelgan yoshlar qotgan non yeb o’tirgan kunlar ham ko’p bo’lgan va MS oilasi esa chet elliklarni chaqirib, o’z ukalari, yaqinlari va MXXdan uning yoniga qo’yilgan ayg’oqchi Adham Roziqov bilan birga doimiy ziyofatlar uyushtrishdan to’xtashmagan.

Men o’zim uchun ishlash bilan birga, (bir tiyin olmasdan!!!-JM) “ERK” gazetasini ham chiqarganman. (Xuddi bugun biror joydan bir tiyin olmasdan DO’K faoliyatini yuritayotganim kabi-JM) O’shanda ham tunlari uxlamay, ertasiga o’z ishimni qilganman. Bugun vijdonim oldida ochiq aytaman, MSdan bir tiyin ham olganim yo’q! U o’zini tanqid qiluvchiga bir tiyin beradigan xarakterga sohib ham emas! U faqat maqtov uchun pul beradi! Men esa uni maqtay olmaganman. Hatto uni yagona liderga aylantirish haqida Shuhrat Bobojonov yozgan maqolani gazetaga qo’ymaganim uchun jahli chiqib, o’zini qo’yarga joy topa olmay qolgan. Men ketganimdan keyingina bu maqolani chiqargan. Qudrat Bobojonov tuzligini yeyish haqida gapirar ekan, akasini nazarda tutgan bo’lsa, u bugunga qadar ana shu tuzlikni oqlamoqda va AQSh ning demokratiyasidan foydalanib, “Ozodlik”ni “ishonchli vakil” sifatida MSning uydirma minbariga aylantirib yuribdi. Tanqid qilsak, ukalarini ishga solib, po’pisa qilishadi!

Bugun bizning kelishmay qolganimizni ataylabdan mayda-chuydalarga burishmoqda. Bu ham manfur usul. Biz Solih bilan jiddiy masalalarda kelishmay qolgandik. U demokrat emas, diktator edi. Uning xatolaridan O’zbek xalqi juda katta zarar ko’rdi. Man bugun ham u so’nggi imkoniyat-birlashib saylovga kirish imkoniyatini yo’qqa chiqardi. Andijon voqealaridan keyin u xatolarini anglab yetdi deb o’ylagandim. Aksincha, Karimov razolatdan ortga chekina olmaganidek, u ham eski o’yinlaridan qutilmabdi. U har doimgidek birlashuv yo’lida to’g’on bo’ldi.

Xullas, u bilan kelishmay qolganimizda, 1994 yilda, men oilamni olib kelmoqchi bo’lganimdan jahli chiqib bino sohibi Badriddin Dalanning yoniga borgan va birinchi qavatdagi kvartirani olib qo’yishni soragan. Shunda saxovatli inson va ko’pni ko’rgan siyosatchi Dalan meni chaqirib, ahvolni surishtirib, mening o’zimga birinchi qavatdan boshqa bir kvartira berdi. Men oilamni olib kelish uchun Bakuga ketsam, MS qorovuldan kalitni olib, mening kvartiramni ham yangi kelganlarga beribdi.

Biz kelgandan keyin MS bilan umuman kelisha olmadik, uning shaxsiy manfaatlari uchun juda ko’p odamlar qamalib ketdi. Shu bois biz deyarli gaplashmas edik. U meni bu binodan chiqarib yuborish uchun Dalannning yoniga boravergach bir kuni Dalan meni chaqirib “Bu odam emas ekan, har kuni seni quvib chiqarishimni talab qilmoqda” dedi va MSning o’zini “Ketsin” deb qaror qildi.

Oltoyli unga Istanbulning qarshi tomonidan yangi uy sotib olib berdi. Dalan uni binodan quvib chiqargandan keyin MS uning raqiblari-radikal islomiy guruhlar bilan yaqinlashib, uch yil uyida bepul yashaganiga qaramay Dalanning tuzligiga tupurdi.

MS quvilgandan keyin ham men oilam bilan o’sha binoda ikki yil yashadim va Dalan o’z maktabida bolalarimni ham o’qitdi. Bu saxovatli turk qardoshimdan bir umr minnatdorman.

MS odatiga ko’ra o’zbek xalqining yana bir imkoniyati-saylov masalasini qo’llanib, o’zini soxta nomzod e’lon qilib, BMT Inson huquqlari komissiyasida nomimni oqlamoqchiman deb jar solmoqda. Mard bo’lsa, Karimov ham o’zi panada turib itlarini akkiltgani kabi besh pulga ostonasiga bog’langan qulvachchalarini ishga solmasdan, BMt komissiyasiga meni guvoh sifatida chaqirsin va kim kimning tuzligiga tupurgani masalasini, uning moliyaviy manbalari va boshqa gaplarni ham oydinlashtirib olamiz, shu bilan bu tortishuvlarga uzil-kesil nuqta qo’ygan bo’lamiz.

Men uning mazkur komissiyaga murojaatini va komissiyaning rasmiy taklifini kutaman!

AKSh O’zbekstonga po’pisa kilmokdami?

10 Avgust, 2006

SAVOL: AKSh Davlat kotibining yordamchisi Richard Baucher Islom Karimov bilan o’tkazgan uchrashuvdan keyin bergan bayonotida O’zbekistonga po’pisa kilgani xakida gap eshitdik. Bu xakda nima deya olasiz? (Erkin).

JAVOB׃ AQSh Davlat kotibining yordamchisi keyingi yillarda Islom Karimov bilan yuzma-yuz eng uzoq muddat gaplashgan vashingtonlik mulozimdir. Uning suhbati ikki soatdan ko’p davom etgan va mazkur og’ir kechgan uchrashuvdan so’ng jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning kelajagi haqida aniq bir gap ayta olmasligini bildirgan.
Bu kelajak qop-qorong’udir yoki yaxshi bo’lmaydi, degan gapning diplomatik tarzda yumshatilib aytilishidir. Shuning uchun ham bu javob yana savol uyg’otgan va Baucher munosabatlarimiz yanada yomonlashsa, shunga qarab chora olamiz, degan.
Avvalo shuni aytish kerakki, Richard Baucher O’zbekistonga po’pisa qiladigan mavqedagi odam emas va uning bunday vakolati ham yo’q. Buni uning o’zi ham yaxshi biladi. Shu bois uning gapini po’pisa deb baholash noto’g’ri bo’ladi. U faqat bor yoki mavjud holatdan kelib chiqib gap yuritgan.
Majud holat esa, AQSh Kongressi va Bush ma’muriyatining O’zbekistonga munosabati bir xil emasligidir. Ko’pchilik Karimov rejimiga nisbatan qattiq choralar ko’rish, jumladan, sanksiyalar qo’yish talabida ekan, katta kuchga sohib bo’lgan ba’zi siyosatchilar esa, aksini aytmoqdalar. Ular Karimov rejimiga qarshi alternativ siyosiy kuch yo’q va bu rejim qulasa, mamlakat ikkinchi Afg’onistonga aylanadi, milliy manfaatlarimizga jiddiy zarar etadi degan fikrdalar. Bu fikr shu kecha-kunduzda og’ir bosmoqda. O’zbek muxolifati nomidan Xelsinki komissiyasida brifingga borgan A. Po’latov va M. Solihni eshitish uchun hatto bitta kongressmen yoki hukumatning bitta ham martabali rasmiysi chiqmagani ana shundan.
Davlat departamenti bu ikki qarash orasida qolgan. Baucherning safari ham shundan kelib chiqqan va bu AQShning Karimov oyog’iga yiqilishi emas. Agar shunday bo’lganda, Baucher Toshkentda avval o’ta zaif vaziyatdagi muxolifat vakillari bilan uchrashmagan va Toshkentning Rossiya hamda Xitoy qarshisida o’z mustaqilligini yo’qotayotgani haqida gap qilmagan bo’lardi.
Uning Karimov bilan suhbati oson kechmagani aniq. Chunki u gapirishdan ham ko’proq eshitish mavqeidagi mulozimdir. Shunga qaramay, u Karimov huzuriga jiddiy e’tirozlar bilan kirgan va Karimovdan ham bunga javoban uzoq leksiya eshitgan.
U Karimov rejimiga qarshi sanksiyalar qo’yilishi kun tartibida ekanligini unga eslatgan. Vashington juda keskin choralarga borgan taqdirda ana shu yo’lga bosh urishi va xorijdagi o’zbek muxolifatini ochiqdan-ochiq qo’llashga o’tishi mumkin.
Bugun O’zbekiston AQSh uchun birinchi darajali mamlakatlar ro’yxatida emas. Buni Karimov yaxshi biladi va shuning uchun ham bundan o’ziga siyosiy bagaj qilmoqda. Qolaversa, Vashington ichki saylovlar kampaniyasiga kirgani va bunday paytda tashqi siyosatga oid masalalar osonlikcha hal etilmasligi an’anasi ham ko’pchilikka ma’lum.
Ammo shu narsa anikki, tarsaki egan paytda Vashington darhol qizishib, raqibiga musht urmaydi, ringda o’ynashni davom ettiraveradi. Uning chidash va kutish toqatiga qoyil qolish kerak. Ammo payti kelganda, hammasini bir qilib, ringdagi raqibining oyog’ini osmondan qilib yuboradi. Shuning uchun ham Vashington po’pisa qilmoqda, deyish xato, chunki Vashington ringda sakrab to’rish, kuchsiz zarbachalar berish bilan kutish siyosatini davom ettirmoqda va davom ettiradi, deyish to’g’ri bo’ladi.

Bu o’ta jiddiy holatni ko’ra olmayotganlar kelajakni qanday ko’radilar?!
16 Avgust, 2006

SAVOL: AQShning Idaho shtatida olamdan o’tgan Olimjon Sobirov nimadan o’lgani aniqlandimi? (Murod).

JAVOB: Hali o’n gulidan bir guli ochilmagan Olimjonning jasadi solingan tobut kecha 15 avgust kuni Andijonga yetib borgan va bugun dafn etilgan.Voqea jarayonlarini kuzatar ekanman:
-Uning akalari va oilasining talabiga binoan AQShda yashayotgan do’stlari, Olimjon ishlagan idora va demokratik muxolifat mansublari 6 ming dollar pul to’plab, tobutni Andijonga jo’natdik,-dedi Demokratik O’zbekiston kongressining Idaho shtatidagi vakili Akram Mahmedov.
Akram Mahmedovning ta’kidlashicha, doktorlar har tomonlama tekshirib ko’rishgan, ammo o’lim sababini aniqlay olishmagan. Marhum o’limidan oldin ko’lga cho’milishga borgan va uyiga kechroq qaytib uxlagan. U doim tongda o’zi bilan birga yashayotgan yigitlarni namozga uyg’otar ekan. Bu safar uyg’otmaganidan shubhalanib xonasiga kirgan yigitlar uni joni uzilgan bir holatda topishgan. Tangrining rahmatiga qovushgan bo’lsin.
Idaho shtatida 60 dan ziyod andijonliklar bor. Lekin ularning k’opchiligi orqaga qaytmoqchi.
-Ularning orasida haqiqatdan ham qandaydir bir diniy guruhga bog’lanib qolganlari bor,-deydi Akram Mahmedov.-Lekin ular bilan hatto gaplashib bo’lmaydi. Siyosiy mavzuda miq etishmaydi. Oralarida kattalari bo’lib, hammasini o’sha boshqaradi. Unga quloq soladilar va u nima desa, amri vojib. Murshid va muridlar kabi bir vaziyat.Ularga qayerlardandir, qandaydir xatlar kelmoqda. Eng tahlikalisi ular yaqindan boshlab, “Qaytib boramiz va vatanda shahid bolamiz”, deb ochiq gapira boshladilar. Ba’zilari esa, qaytib borganlarga bizneslarini tiklab berishibdi, deb targ’ibot yuritishmoqda.
DO’K a’zolari Akram Mahmedov va Ne’matilla Nazaraliev andijonlik qochqinlarning O’zbekistonga qaytishiga demokratik jamoatchilik jiddiy e’tibor qilmayotganidan norozi. Darhaqiqat, hatto AQSHning o’zbek tilidagi radiolari- “Amerika ovozi” va “Ozodlik” ham bu masalani kampaniya tarzida yoritib qo’yish bilan cheklanmoqdalar va masalaning o’ta muhim jihatlarini chetlab o’tmoqdalar.
Umuman, demokratik muxolifat bu borada o’z fikrini ochiq aytishi kerak. Axir Andijonda juda ko’p begunoh odamlar o’ldirildi va qiynoqlarga ma’ruz tutildi. Endi bitta qandaydir diniy guruhning hukumatga o’ynab berishi yoki uning tuzog’iga ilinishi bilan hamma narsaning teskarisi bo’ladimi? Balki ayni shu guruh Andijon fojeasida ham hukumatga o’ynab bergan bo’lmasin?
Akram Yo’ldoshev u paytda qamoqdan turib voqealarni boshqargani aytilgandi. Endi esa, qamoqdan turib “Qaytinglar”, deb buyruq berayotgan emish. Bu o’ta jiddiy holatni ko’ra olmayotganlar kelajakni qanday ko’radilar?!

Ajablanishga o’rin yo’q

17 Avgust, 2006

SAVOL: Po’lat Oxunov centrasia.ru degan saytda 2006 yil, 16 avgust kuni e’lon qilgan maqolasida AQSH va Yevropani Andijon voqealariga ortiqcha baho berganlikda aybladi, siz esa, sanksiyalar juda zaif va aksinca qattiqroq sanksiya berilishini talab qilib chiqqan edingiz. Shunga ajablandingizmi?

JAVOB: Demokratik plyuralizm. Har kim o’z dilidan o’tganini aytadi. Shu bois ajablanishga o’rin yo’q. Aytilgan gaplar Po’lat Oxunning shaxsiy qarashlari.
Mening qarashlarim bir yil oldingisi kabi. Bugun ham Karimovga qarshi keskin choralar ko’rilmadi va bu O’zbekistonning AQSH hamda Avropa manfaatlari doirasida birinchi darajali mamlakatlar ro’yxatiga kirmaganidan deb bilaman. Ular ortiqcha baho berganlari yo’q. Xalqaro tekshiruv o’tkazishni talab qildilar va shu talab havoda qolgani uchun bir necha kishiga yengilgina sanksiya qo’ydilar. Shunda ham ro’yxatga asosiy farmonchi-Karimovni kiritmadilar.
Andijon voqealari haqida 2005 yil May oyida aytgan gaplarimda qarorliman. Andijonda nima bo’lgani bugunga qadar aniqlanmadi. Bu ishning ortida xurmacha qiliq bo’lmasa Karimov hukumati nega xalqaro tekshiruvni rad etdi? Buni “Ichki ishimizga aralashuv” deb bilamiz deb aytishdi.
Axir undan bir yil oldin inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot-Human Rights Watch bir kishi qamoqda qiynqodan o’ldi deganda Karimov o’zi AQSH va Avropadan tekshiruvchilar chaqirib bu ma’lumot noto’g’ri deb e’lon qildirgandi. Andijon voqealari yuz bergan kunlarda ham Karimov Vashingtonning yaqin odami edi va nima uchun xalqaro tekshiruvdan qo’rqdi? Axir Vashington darhol Karimov hukumatini qoralab chiqmagandi-ku?
E’lon qilingan videotasmalar ham isbotladiki, Bobur maydonida oddiy, qurolsiz odamlar b’olgan va ularning aksariyatini ayollar va bolalar tashkil etgan. Karimov esa ana shularga qarshi o’q ochish uchun buyruq bergan. Maqsad barmoq bilan sanarli qurolli kishilarni qo’lga olish bo’lganda tongga qadar muzokarani davom ettirish va oddiy odamlar uylariga tarqalib bo’lgach, amaliyot o’tkazish mumkin emasmidi?
Hozir umummuxolifatning qurultoyini o’tkazishga tomon aniq odimlar otilayotgan bir paytda ko’p narsalar yozilishi yoki aytilishi mumkin. Hukumat ham qarab turmaydi. O’z odamlarini yoki o’z bekorchilarimizni turli yo’llar bilan uzoqdan ishga solib, o’zaro janjallar chiqarishi tabiiy. Ora buzuvchilarning bozori chaqqonlashib ketishi aniq. 15 yildan beri buning guvohi bo’lib kelmoqdamiz. Shu sababdan bugun har gapga osiladigan payt emas. Shundagina g’addor hukumatning o’yinlaridan ustun kelishimiz mumkin.

Qo’rqmaslik ozodlikning ostonasidir
20 Avgust, 2006

SAVOL: Jahongir aka, mana oradan 15 yil o’tdi, bu ketishda ana-mana demay yana 15 yil ham o’tib ketadi. Bundan 15 yil oldin aytganingiz kabi bu yurt unga onasidan qolgan ekan. Bugungacha hech kimga bermadi. Bugungacha hech narsa yaxshilik tomonga o’zgarmadi. Bundan keyin o’zgarardimi?(Rahmatjon).

JAVOB: Biz hali millat u yoqda tursin, xalq darajasiga ko’tarila olmadik. Hali ham olomon zehniyati bilan yashayapmiz. Mana shuning uchun ham hech narsa o’zgarmadi va yaqin kelajakda ham tubdan, ildizidan o’zgarishiga ko’zim yetmaydi. Bu degani umuman o’zgarishlar bo’lmaydi, degani emas. O’zgarishlar bo’ladi, ammo bizning zehniyatimizda tub burilish bo’lmaydi. Olomon darajasidan qutilishda hali beri o’zgarish bo’lmaydi!

Buni ko’p odam tushunadi yoki his etadi. Ammo aytishga qo’rqadi yoki istihola qiladi. Chunki bizda azaldan xalqning nuqsini aytish xoinlik deb xumkallaga singdirilgan.

Shuning uchun ham hamma o’zini eng buyuk deb biladi va hamma o’zini kamchiliklardan xoli deb hisoblaydi. Vaholanki, o’tgan 15 yilda oramizdan bitta ham buyuk odam chiqmadi. Hammamiz kamchiliklar girdobida qoldik.

Hammamiz manmanmiz. Gapda tog’ni talqon qilib yuboramiz. Amalga kelganda bahonalar girdobiga g’arq bo’lamiz, maydondan qochib qolamiz.

Biz faqat kin saqlashni bilamiz, kechirishni esa bilmaymiz, kechira olmaymiz. Bizda ana shu buyuklik yo’q.

Biz tahlil qilishni o’rgana olmadik. Bugunga qadar hech narsani tahlil qilib undan saboq olmadik.

Biz maqtovning qulimiz, kim maqtasa o’shani do’st, sadoqatli deb bilamiz, tanqid qilgan odamni dishman deb hisoblaymiz va asl dushman qolib ketib, ana shu odamlarga qarshi kuch bo’lib birlashamiz. Behuda kurashamiz!

Biz ikki mirining va bir mansabning gadosimiz. Birov ikki miri bersa, uning quliga aylanamiz, birov kichik bir mansab va’da etsa, uning maddohi bo’lamiz.

Hamma o’zini mustaqil, erkin hisoblaydi, ammo kimgadir tobe!

Bizda hamma aqlli, hamma bilimdon, hamma gapiradigan, eshitadigan esa yo’q. Aks taqdirda 26 million odam bitta axmoqning quliga aylanmas edi.

Bugun MuhammadBobir Malikov bilan shu kabi mummolarimiz haqida gaplashar ekanmiz, u qaysi bir mashhur odamning “Ozodlik-poda bo’lib yuradiganlar uchun jazo” degan gapini eslatdi.

Darhaqiqat, podani boshqaruvchi podaboshisi – cho’pon bo’ladi, uning qo’lida tayog’i va atrofida ikkita-uchta shalpanquloq iti, bas, olam guliston! Bu poda erkinlik nima ekanligini bilmaydi. Agar ozgina erkinlik tegsa, har tomonga yo’rg’alash boshlanadi. Olomon ham xuddi shunday. Sovetlar davrida xalq olomon darajasiga tushirilgan edi. Karimov paytida esa undan ham quyiga tushirildi. Aks taqdirda o’z haq-huquqlarini himoya qilishga otlangan odamni sazoyi etadimi?!

Bugun biz juda qiyinchilik bilan diktatura rejimiga qarshi bo’lgan demokratlar orasida birlashish uchun harakat olib borayotgan ekanmiz, birinchi galdagi maqsad ana shu qullik zehniyatidan qutilish, olomon emas, ongli xalq bo’lish uchun harakat qilmoqdamiz. Bu oson ish emas. Oldinda tayog’i bilan bosh yorib turgan cho’pon, chapdan va ungdan itlari, buning ustiga vujudlarga kirib olgan bitlari ham talaydilar. Lekin bundan qo’rqmaslik kerak. Qo’rqdik-mi, yana 15 yil hech narsa o’zgarmaydi. Qo’rqamsak – hech bo’lmaganda qo’rqamslikni o’rgangan bo’lamiz!

Qo’rqmaslik ozodlikning ostonasidir. Bu ostonadan bir hatlab o’tsaydik?!

Muxolifat va demokratiya: Yangicha yondashuv
25 Avgust
SAVOL: 26 Avgustda O’zbek demokratlarining yig’ilishi bo’ladi, deb eshitgan edik. Lekin radiolarda hech narsa eshitmadik. Shu haqda ma’lumot bera olasizmi?(Akbar)
Jahongir Mamatov, DO’K raisi: Albatta, men bilganim qadar ertaga 26 Avgust kuni New York shahrida xorijda yashayotgan o’zbek demokratlarining yig’ilishi bo’ladi. Bu haqda DO’K saytida bir necha marta xabar berildi. Hatto tahliliy chiqishlar ham bo’ldi.
Bu yig’ilishning muhim jihati shundaki, uning maxsus tashkilotchisi belgilanmagan va odamlarga maxsus taklifnoma ham yuborilmagan. Uni mamlakatining kelajagi uchun befarq bo’lmagan demokrat yigitlar uyushtirishmoqda. Kim O’zbekiston kelajagi va demokratiya masalasida befarq bo’lmasa, bu yig’ilshga kirib kelaveradi.
Muxolifatni birlashtirish uchun kimningdir “padari-buzrukvor”lik qilishi mumkin emasligini o’tgan 15 yil isbot etdi. Shu bois ham bu safar masalaga yangicha yondashilmoqda va yig’ilishga keladigan hamma teng hisoblanadi.
Umummuxolifat qurultoyiga ham xuddi ana shunday yondashuv bilan borilsa, o’shandagina natijaga erishish mumkiin. Aks taqdirda yana bu harakatlar 15 yil davomida bo’lganidek, kim-kimni qo’llanishiga aylanib ketadi va hech qanday naf keltirmaydi, ziyonga zamin bo’ladi.
Bugunga qadar mazkur yig’ilishga “Ozodlik” yoki “Amerika ovozi” radiolari qiziqish ko’rsatishmagani va hech qanday xabar berishmagani bu u yerda ishlayotganlarning vijdoniga havola. Bu ham aslida jiddiy masala va tabiiyki sizga o’xshagan tinglovchilar buning bahosini berishlari kerak.
Yig’ilishda 2007 yil sayloviga qadar birlashib, yagona demokratik platformada turib, faoliyat ko’rsatish niyatida Umummuxolifat qurultoyini chaqirish vaqti, joyi, kun tartibi kabi masalalarni muhokama etilishini bilaman.
Demokratik yo’lni tanlagan barcha partiyalar, harakatlar, guruhlarning vakillari qatori men ham, albatta, yig’ilishga boraman va yig’ilish natijasi haqida ozod minbar bo’lgan saytimiz orqali ma’lumot beramiz. Chunki biz demokratiya yo’lini tanlagan tashkilot va uning nashrlari uchun bu favqulodda muhim xabardir.

O’z nomimizdan gapiraylik!
2 Sentyabr

SAVOL: Hamma bilib turibdi, Karimov hali-veri ketmaydi. Sizlarning harakat va urinishlaringiz behuda emasmi?(Shohrih).
JAVOB: Birinchidan, siz “hamma” degan kalimani “men” degan so’z bilan o’zgartirib, nega va nimani bilib turganingizni ozgina asoslaganingizda javob berish qulay bo’lardi. Qachon “Hamma” nomidan gapirishdan qutulib, o’z nomimizdan gapira boshlasak, istaganimiz tezroq o’zgaradi.
Ikkinchidan, siz farishtalik qilib, “u baribir ketmaydi”, deb o’tiraversangiz, nazdingizda u kattalashib, siz esa kichiklashib boraverasiz. Aslida uning ketishi haqida mendan ham ko’proq siz o’ylashingiz kerak. Yozganingizga ko’ra, Koreyada mardikorlik qilayotgan ekansiz. U yerda o’zbek ayollarining ahvoliga qarab ayb ularning o’zida degan qarorga kelibsiz. Sizga savolim bor, o’sha yerda birorta amerikalik mardikorlik qilmoqdami yoki birorta amerikalik ayol o’zini sotmoqdami? Siz masalaning ko’zgudagi aksiga qaramang, masalaning o’ziga, tubiga nazar soling.
Uchincidan, bir paytlar odamlar Stalin haqida yomon o’ylashga qo’rqqanlar. Leninning haykalini yiqitib tashlash mumkinligini hatto xayolga keltira olmaganlar. SSSR degan davlat xaritadan o’chib ketishini aytgan odam topilsa, uni jinni deb o’ylashgan va hokazo. Ularning oldida Karimov va uning rejimi fil va pashsha qadardir. Agar siz aytgan “Hamma” bu rejim ketadi deb tushunsa va ishonsa bu rejim ketadi. Bo’lmasa, mardikorlik qilib yuraverasiz.
Bundan 10 yil oldin “Ozodlik”da Karimovni ochiq tanqid qiluvchilar uni “hukumat” deyishardi va “Karimov” degan so’zni ishlatishmas edi. O’shanda radioda ishlagan bir xonim menga ham shunday qilishni maslahat berib:
-Hamma biladiki Karimov tarixga kirdi va buni o’zgartirish mumkin emas, tarixni u yozmoqda va u baribir o’zini buyuk bir shaxs sifatida yozadi, bu urinishlaringiz behuda, shundan ko’ra o’zingiz va oilangizni o’ylasangiz yaxshi bo’ladi,-degan edi.
Mening tilim yomon. Shunda bu ayolga:
-Karimovni men tanqid qilayapmanu sizning tizzangiz titramoqdami?-degan edim. Shundan keyin u meni yoqtirmay qoldi va mendan suhbat olmay qo’ydi. Bugunga kelib u nohaq bo’lib chiqqanini tan olmasa ham ko’nglining bir chetida nimadir g’ivirlasa kerak.
Men juda ishonamanki, siz ham bir kun nohaq bo’lib chiqasiz va o’shanda odamlar Karimov davrini la’natlab eslar ekanlar, “Hamma”ning nomidan gapirib xato qilgan ekanman, degan bur tuguncha yuragingiiz tubiga cho’kadi.
Men o’z nomimdan aytaman, vijdonim buyurganini va qo’limdan kelganini qilmoqdaman. Vijdonim esa odamlarni demokratiyaga, oshkoralikka boshlashga undamoqda, 15 yil oldin ham, bugun ham. Safdoshlarim ham o’z vijdonlarining amriga quloq solgan mardu mardonlardir.
Sharoitga qarab ish tutgan odam bugunchalik g’olib bo’lishi mumkin, ammo vijdoni buyurganini qilgan kishi doim muzaffardir! Sizga ham ana shu muzaffarlikni tilayman!

Kallamushdan kaxramon yasamang!
7 Sentyabr

SAVOL׃ Ferghana.ru sayti “Ozodlik” saytidan bitta maqolani tarjima qilib bosdi. Maqola nomi׃ «Islom Karimov mamlakat elitasini tashkil etuvchi aymoqlar o’rtasidagi muvozanatni saqlashga urinayapti” . Maqola O’zbekistonni deyarli bilmaganlar tomonidan yozilgan va deyarli bilganlar tomonidan tarjima qilib, tarqatilgani diqqatimni tortdi. Maqola siz bugunga qadar yozgan juda ko’p narsalarga zid. Shuning uchun maqolani o’qib, fikr bildira olasizmi?(Temur).

JAVOB׃ Maqola “Ozodlik” ning Inglizcha saytida chiqan va anonim ekan. Demak, O’zbek bo’limining kollektiv mehnati bo’lishi mumkin.
Men ilgari ham ko’p marta yozganman va bugun ham takrorlayman, O’zbekistonda qabila yoki urug’chilikka asoslangan va siyosiy darajaga ko’tarilgan klanlar, tarjimada aytilgani kabi siyosiy “aymoqlar” yo’q. Balki korrupsiya klani mavjud va bu ham Islom Karimovnig nazorati hamda ruxsati doirasidadir.
Ismoil Jo’rabekov yoki Temur Aliev kabilarning mingtasi kelib ketmoqda, ular faqat va faqat ana shu korrupsiya klaniga bir muddat boshlari bilan kirib oyoqlari bilan chiqib turibdilar.
Maqoladan olingan mana bu parchaga qarang׃
“2005 yil oxirida ichki ishlar vaziri Zokir Almatov go’yo salomatligi yomonlashgani tufayli iste’foga ketgan paytda ham Samarqand aymog’i yana bir zarbani boshdan kechirgan. Almatov hukumatda o’z lavozimida eng uzoq o’tirgan vazir bo’lib, politsiya qo’llovi uni qudratli shaxsga aylantirgandi.
Karimov Almatovning o’rniga O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatining direktor o’rinbosarini tayinlagan. MXX IIV bilan raqobatlashuvchi muassasa bo’lgani uchun hamda Toshkent aymog’i hokimiyatining tayanchi hisoblangani uchun bu almashtirish (mazkur aymoq uchun) kuchli siyosiy zarba bo’lgandi.”
Shu parchaning o’zi “Ozodlik” dagilar bugunga kelib ishonchli manba emasliklarini ko’rsatadi. Ularga suhbat bergan xorijdagilar O’zbekistondagi nozik vaziyatni bilmasliklari yoki bilganda ham ba’zi narsalarni payqamasliklari mumkin. Ammo “Ozodlik”da ishlayotganlar ham O’zbekistonni haminqadar bilishlari oddiy qilib aytganda, siyosiy chalasavodlik yoki vaziyatni ataylab buzib ko’rsatishdir.
Nega bu qadar keskin gap aytdik? Chunki׃
Birinchidan, Almatov samarqandlik emas. Uning asli kelib chiqishi Qozog’iston hududidan bo’lsa-da Toshkentda tug’ilgan va shu erda o’sib ulg’aygan. Mahalliychilik nuqtai nazaridan u toshkentlik hisoblanadi.
Ikkinchidan, uning ketishi samarqandliklarga zarba bo’lgan emas, aksincha uning o’rniga samarqandlik Bahodir Matlyubov tayinlandi.
Uchinchidan, Bahodir Matlyubov bir kun ham MXXda ishlagan emas. U bir umr IIV tizimida va Bojxonada ishlagan. U MXXda emas, IIVda vazir o’rinbosari bo’lgan.
Maqoladan boshqa parcha׃
“G’ulomovning iste’foga ketishi uning yaqin qarindoshi va Toshkent aymog’ining sobiq rahbari Timur Olimov prezident maslahatchisi lavozimidan bo’shatilganidan biroz o’tgach sodir bo’lgan.”
Temur Alimov to’rt yil oldin Prezident maslahatchiligidan bo’shatilgan. Yoki “biroz o’tgach” degani- 4 yilga tengmi?
Aslida bu maqola ingliz tilida o’quvchilarga Karimovni qaysi bir ma’noda oqlash uchun yozilgan. Bunday fikrga kelishimizga esa maqoladagi mana bu satrlar asos bo’ldi׃
“Ko’pchilik kuzatuvchilarning fikricha, o’tgan yili Karimov O’zbekistondagi eng e’tiborli aymoqlardan ba’zilarining siyosiy va iqtisodiy quvvatini emirish imkoniyatiga ega bo’lgan.”
Ko’rayapsizmi, bugunga qadar islom fundamentalizmiga qarshi kurashayotgan qahramon qilib ko’rsatilgan Karimov endi kuchli klanlarga ham qarshi turgan rahbar deb aytilmoqda. Bu fikrni yashirish uchun maqola oxirida bir jumla qilib, bitta shaxsning nomidan Karimovni qoralab ham qo’yishgan. Lekin ingliz tilidagi o’quvchiga u faqat bir kishining qarashi qilib va yuqoridagi fikr esa “Ko’pchilik kuzatuvchilarning fikri” qilib edirilmoqda.
G’arbda bir kishining keskin fikriga emas, balki ko’pchilikning mo”tadil fikriga quloq solish tamoyil ekanligini bilgan odamlarning ishi bu! Shunday ekan, kallamushdan qahramon yasashga intilayotgan “Ozodlik” kimning nog’orasiga o’ynayotganini o’zingiz topib olavering!

O’zbekistonda Tayland variantiga imkon bormi?

22 Sentyabr

SAVOL: Men Rossiyaga ko’chib kelganimdan buyon saytingizni muntazam kuzatib boryapman. Hammaga ma’lumki, yaqinda Taylandda davlat to’ntarishi sodir bo’ldi. TV dan shu voqealarni kuzatib borib, bir hayol miyamga keldi. O’zimning siyosat borasida ancha no’noqligimni hisobga olib, shu masala yuzasidan sizning fikringizni bilmoqchi edim. O’zbekistonda ham huddi shunday yo’l bilan hukumatni ag’darishning imkoniyatlari qanday va buning oqibatlari nima bilan yakunlanishi mumkin?
To’g’ri, bizda IIV bilan MXX bir-biriga qarama-qarshi bo’lgani uchun bir-birlarining sirini tagiga darrov yetishadi. Lekin shunday bo’lsa ham, o’ylaymanki, bunday ishni amalga oshirishning imkoniyatlari mavjud. Bunda qon ham to’kilish havfi bor, lekin shunday desak, hozirda qon to’kilmayaptimi?
Bu ishni albatta, iloji boricha tinch yul bilan amalga oshirish lozim, lekin bu voqealar Ukraina, Gruziya, Qirg’izistondagi rangli revolyuziyalardan farqli o’laroq bulishi kerak. Ya’ni qushnilarimiz yo’l qo’ygan xatolarni chetlab o’tgan xolda, bir lider orqali puxta uylangan reja bo’lmog’i lozim deb o’ylayman.
Bunda chetdagi muxolifatning ham qatnashuvi albatta shart. Chunki O’zbekistonning ichida bunday to’ntarish qilish oson kechmasligi aniq. Yani xozirda birlashayotgan muxolifat kuchlari va maslahatlari hamda horijda yashayotgan o’zbek oligarhlarining ham moddiy qo’llab-quvvatlashlarini ta’minlash shart deb o’ylayman.
Lo’nda qilib aytganda, sizlar mamlakat ichidan nomzod qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan kishini shu ishga lider qilib, xalqni shu inson ortidan ergashtirishga muvaffaq bo’lish kerak deb o’ylayman. Aks holda kelasi yilgi saylovlarda hozirda O’zbekistonda boshlangan “Bizga boshqa Prezident kerak emas” tadbiri o’z kuchini ko’rsatishi xaqiqatga yaqinroq bo’ladi deb o’ylayman.
O’z fikringizni bildirarsiz degan umidda Dinara, Rossiya.

JAVOB:Savolingizning asosiy qismiga o’zingiz javob bergansiz. Faqat shuni qo’shimcha qilish mumkinki, Tayland va O’zbekiston orasidagi farq yer bilan osmon qadar. Taylandda hokimiyat asosan ikki qo’lda. Qirol va saylov yo’li bilan keladigan Bosh vazirda. Bu Britaniyadagi boshqaruv tizimiga o’xshab ketadi. Ammo Britaniyada qirolicha hukumat ishlariga uncha aralashmaydi. Taylandda esa bu yettinchi marta amalga oshirilgan to’ntaruv. Bu boshqaruvning bir nuqtasi boshqaruvning ikkinchi nuqtasini hokimiyatdan chetlatuvidir.
Bunday hollar Pokistonda, Turkiyada ham bo’lib turadi. O’zbekistonda bunday zamin yo’q. Butun boshqaruv bir kishining qo’l ostida. Ozgina norozilik u yoqda tursin kuchishlatar tizimlarining rahbarlari bir-birlari bilan pichirlab gaplashib qolsalar, shuning o’zi ularning ildiziga bolta bo’lib uriladi.

“O’z Vatanimni rasvo deganim uchun izr so’raman”

26 Sentyabr-2006

SAVOL: Sog’inchli salomlarim bilan men sizga uzoq mulohazalardan keyin o’zimni bir ikkita qiynayotgan savollarimni bermoqchiman. Sizga sog’inchli salomlar iborasini ishlatganimdan hayron bo’lmang, garchi sizzi yaqindan tanimasamda hayolan saytingiz orqali ko’p bor suhbatlashish sharafiga deyarli har kuni sazovor bo’laman. Agar ijozat bersayiz gapni cho’zmasdan muddaoga o’tsam.
Birinchi savolim quyidagicha: Ma’lumki O’zbekistondagi hozirgi ahvol sir emaski, achinarli ahvolda lekin sizni savol-javoblaringizni har safar o’qiganimdan so’ng ochig’i shunday rasvo joyda yashayapmanmi, deb o’ylab qolaman (o’z Vatanimni rasvo deganim uchun izr so’raman) Siz o’z fikrlaringizni aniq isbotlangan fakt deb 100% ishonch bildira olasizmi? Agar sir bo’lmasa aytinchi, siz ma’lumotlarni qayerdan olasiz?
Men sizni qo’pol qilib aytganda tuhmatchi yoki hammasi bo’hton gaplar, ayrimlarni ta’qib uchun, alamzadaligi uchun shunday gaplar yozadi, degan fikrlardan umuman yiroqdaman, lekin mani ojiz fikrlashimcha, hamma muholifatchilarni maqsadi hukumatni egallsh, deb bilaman. Albatta bu meni fikrim.
Endi ikkinchi savolga o’tsam:Yon qo’shnilarimiz bo’lmish Qozog’iston iqtisodi jadal suratlarda rivojlanib bormoqda buni O’zbekiston aholisini u yerga ishlash uchun oqib borayotganidan ham bilsa bo’ladi. Savol:aytingchi, O’zbekiston qachondir Qozog’istonni ortda qoldirishi mumkinmi?
Uchinchi savol: O’zbekistonni hozirgi ahvoliga bosh sababchi bo’lgan va bo’layotgan hukumat tepasidagilar qachondir yoki qachonlardir o’z qilmishlariga yarasha javob berishiga shaxsan siz ishonasizmi? Agar ishonsangiz, aytingchi, bu ish yaqin yillarda yoki yaqin kelajakda bo’lishi mumkinmi?(Dilmurod).

JAVOB: Birinchi savolingizga javobim shuki, ma’lumotlarni siz kabi o’quvchilardan olaman. Juda ko’p xatlar keladi. Albatta, hammasidagi ma’lumotlarga ishonib bo’lmaydi. Ba’zilarini surishtirib, tekshirib ko’raman. Ba’zilari menga o’zim bilgan manzaralarni eslatadi. Qolaversa, har bir odamning o’z axborot manbalari bo’ladi va bu haqda ochiq yozilmaydi.
Muxolifat va hukumat masalasidagi fikringiz to’g’ri. Muxolifatning maqsadi hukumatga kelish. Bu qonuniyat. Lekin menda shaxsan bunday orzu yo’q, buni bot-bot yozganman, ammo diktatura rejimi o’rniga demokratiya kelishi uchun qo’limdan kelgani qadar urinmoqdaman. Eng asosiysi, umrim behudaga o’tib ketmoqda, degan fikrdan yiroqdaman.
Ikkinchi savolingizga kelsak, unga qisqa qilib javob bermoqchiman. Bu yaqin orada bunday narsani xayolga keltirish qiyin. Chunki iqtisodda bugun tashlangan urug’ bir neca yillardan keyin hosil beradi. O’zbekiston Karimovning ayanchli kashfiyotlarining girdobidan hali beri qutula olmaydi. Qozog’istondan o’zish emas, balki unga yetish ucun ham juda uzoq yillar kerak bo’ladi.
Uchinchi savolingizga ham ijobiy javob bera olmayman. Bundan bir necha yil oldin muxolifatdagi bir “og’zi katta” odam bilan bahslashib qoldik. Men unga:
-Mana ko’rasiz, Jo’rabekov ham, Almatov ham ketadi, ammo xalq ularga bir narsa demaydi, ula rosh berishsa oshini yeb, duo qilib ketaveradi,-degandim.
Shunda haligi muxolifatchi:
-Bular Karimov bilan kelgan va u bilan ketishadi. Mamlakatni shular boshqarmoqda. Agar hozir ishdan ketsalar, ertaga xalq ularni toshbo’ron qiladi!-degandi.
Ko’rib turibsizki, ishdan ketgan Jo’rabekov yaqinda yubiley oshi berdi, mahallasidagilar kelib, oshni yeb, haqqiga duo qilib ketdilar. Almatov ham bugun ertaga iftor qilib bermoqchi. Ajabmas, bolasi qamoqda bo’lgan odamlar ham iftorlikka borib, uning ham haqqiga duo qilib qaytsalar?
Kommunizm kuychilari mustaqillik qahramonlariga aylangani kabi bir hol bu! Yusuf Juma xalqini bekordan bekorga tanqid qiladimi?! Mana siz ham “O’z Vatanimni rasvo deganim uchun izr so’raman” deb yozibsiz. Uzr so’ramang. Rasvoni rasvo deyishni o’rgansak, bir narsa qilish mumkin. Bo’lmasa, Karimovdan keyingi karimovchalar davrida ham “gullab-yashnagan aziz Vatan” deb ashula aytib, amalda esa, qashshoqlikdan chetga chiqib, mardikorlik qilib yurilaveradi.

QOG’OZDAGI HAQIQAT

11-12-2006
SAVOL׃ Mana bir necha kundirki, hamma joyda O’zbekiston Konstituttsiyasi haqida gap bormoqda. Shu hujjatning asl tarixi haqida ma’lumot berishingiz mumkinmi? (Rajab, Buxoro).

JAVOB׃ Savolingizga bundan sakkiz yil oldin yozganim mana bu satrlar javob bo’ladi degan umiddaman.
1992 yil 8 dekabrda, 12-chakirik Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining un birinchi sessiyasida mamlakatning yangi Konstitutsiyasi kabul kilingan edi.
Xuddi kechagidek yodimda. Prezident Devonida loyixasi tayyorlangan va sungra xorijdan kelgan ikki-uch olim tarafidan u er bu eriga kalam tegizilgan bu xujjat viloyatlarga muxokama kilish uchun yuborildi.
Uzbekiston Prezidentining davlat maslaxatchisi Mavlon Umrzokov va Vazirlar Maxkamasi raisining birinchi urinbosari Ismoil Jurabekov navbati bilan viloyatlarga tashrif buyurib, xar bir viloyatdan saylangan Uzbekiston Xalk Deputatlarini muxokama uchun bir joyga tuplashardi.
Kiskagina davom etgan bu majlisdan keyin matbuotga berilgan xabarda, «falon viloyatdagi Uzbekiston Xalk Deputatlari Konstitutsiya loyixasini muxokama kildilar va uning 89-moddasiga «UzbekistonRespublikasi Prezidenti ayni vaktda VazirlarMaxkamasining raisi xisoblanadi» jumlasini kiritishni taklif kildilar», degan satrlar urin olardi.
Barcha viloyatlarda utkazilgan yigilishlardan fakat ana shu taklif chikkaniga urgu berilardi. Gap shundaki, Garbdan kelgan olimlar Konstitutsiyadagi ba’zi moddalarning gayridemokratik ekanligini ta’kidlaganlari bois yukoridagi «demokratik usul» uylab topilgandi.
Darxakikat, Uzbekiston Konstitutsiyasi xech kimga suz bermaydigan darajada guzal suzlar bilan yozilgan. Unda inson xukuklari, davlat suvereniteti, xozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak ma’suliyat, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadokat, xalkaro xukukning umum e’tirof etilgan koidalari va shu singarilar uchraganda Garbda demokratiyaning otasiman, deb yurganlar xam labini yalab koladigan mukammal jumlalar bir oraga keltirgan.
Loyixada kuppartiyaviylik, suz va tushuncha, namoyishlar erkinligi kafolatlangan bulsa-da, biz unda demokratik davlatning tamoyilini tashkil etadigan asosiy umurtka yukligini uktirgandik.
Ma’lumki, demokratik xukukiy davlat uch ustunga tayanadi. Konunchilik, ijro va maxkama ustunlarining umumdunyo e’tirof etgan vazifalari bor. Ana shulardan ba’zilari unutildimi, bu ustunlarning buyi kesiladi va tomning ogirligi boshka ustunga koladi. Buning okibatlari esa taxlikali.
Demokratik xukukiy davlatda konunchilik, ijro va maxkama kuchlari proportsional ravishda bir birini nazorat kilib turadi. Shu nuktai nazardan karasak, Konstitutsiyaning 95-moddasida shunday satrlar bor: «Prezidentning konstitutsiyaviy sud bilan bamaslaxat kabul kilgan karori asosida Oliy majlis tarkatilib yuborilishi mumkin». Demokratik-xukukiy davlatda bu normal xol, kachonki buning aksi xam uz ifodasini topgan bulsa. Tarozining karama-karshi pallasida «impichment» degan xodisa turishi kerak. Gap shundaki, Oliy majlis xam Prezidentga ishonchsizlik bildirish vakolatiga ega bulish kerak.
Ushanda muvozanat saklanadi, lekin bizning dovrugi olam Konstitutsiyada bu narsa yuk. Buning okibatini esa xar kun, xar soatda kurib turibmiz. Xatto inson xaklari masalasi Oliy majlisda muxokama kilinar ekan, Prezidentning shaxsan uzi «Gapiringlar, kamchiliklarni aytinglar» deyishiga karamay, butun deputatlar jim edi. Xa, ular kuzoynagi olib kuyilgan olim, kurolsiz maydonga tushirilgan askarga uxshab kolgandilar. Ishonchim komilki, bugunga kadar Konstitutsiyamizni madx etib, bir nechtadan kitob yozgan maddoxi zamonlar bugun xam, ertaga xam uni tarannum etishadi. Lekin bitta narsani kurmaslikka olishadi, bu xujjat kogozdagi xakikatdir.
Gapni chuzib utirmaylik, Konstitutsiyadan bir jumla ukiylik: 34-modda: «Siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy xarakatlarda, shuningdek, xokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning xukuklari, erkinliklari va kadr-kimmatini xech kim kamsitish mumkin emas».
Xa, muxolifatchi shaxslar bugun ne axvolda ekanligi sizga ayon. Yoki yana bir jumla. 3-modda: «Fukarolar uz ijtimoiy faolliklarini Uzbekiston Respublikasi konunlariga muvofik mitinglar, yigilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish xukukiga egadirlar». Muxolifat miting utkazish u yokda tursin, miting utkazish uchun ruxsat surasin-chi? Xa, boshiga nimalar kelishini allakachon taxmin kildingiz.
Darvoke, suzimni besh yil oldingi vokealardan boshlagandim. Ushanda viloyatlarda utkazilgan kichik majlislarni baxona kilib, Oliy Kengashda Konstitutsiya loyixasi muxokama kilinmasdan ovozga kuyildi.
Uning usha kuni bir necha dakika ichida kabul kilinishi xam oldindan ma’lum edi. Chunki oldindan loyixa kabuli 8-dekabr tushdan keyinga belgilangan, kechkurun esa Navruz saroyida katta ziyofat buyurilgandi.
Xuddi oldindan belgilanganidek, xammasi vakti soatida utdi. Konstitutsiyamiz xam xuddi oldindan belgilanganidek kogozdagi xakikatdan amaldagi xakikatga aylanmay koldi. (O’zligim, 1978).

Abdurashid Sharipov
24-12-2006
SAVOL׃ Abdurashid Sharipov degan jurnalist bundan bir oy oldin Shvetsiyada olamdan o’tibdi. Shu odam haqida ma’lumot bera olasizmi? (G’ayrat).
JAVOB׃ O’zbekistonda Abdurashid Sharipovni Rossiya nashrlaridan birining muxbiri sifatida ikki-uch marta ko’rgandim. Muxolifatga yaqin yurardi va diktaturaga qarshi fikrlar edi.
Keyin uning ta’qibga uchrab chetga ketganini eshitdim. U O’zbekistonda “Birlik” rahbariyatiga yaqin bo’lsa, chetda “ERK” rahbarini qo’llardi. Har holda yozgan maqolalarini nazarda tutmoqdaman.
2005 yilda Demokratik O’zbekiston Kongressi tuzilar ekan, u menga maktub yo’llab, tashkilotga a’zo bo’lishini bildirdi. Uning arizasini e’lon qilgan edik. Ko’p o’tmay “Bu tashkilotga Abdumannob Po’latov rais o’rinbosari etib saylangani uchun men undan chiqdim” deb maktub yozdi. Ularning orasida nima o’tgani menga qorong’u. Zotan bizning tashkilotga a’zo bo’lish va undan chiqish ixtiyoriy bo’lgani uchun men bu masalaga ko’p qiziqmadim.
“Harakat” sayti uning o’limi haqida yozganini o’qidim. Ko’ngilda chuqur bir hazinlik uyg’ondi. Muxolifat saflari bir kishiga ozaydi. Tangrining rahmatiga qovushgan bo’lsin.
Ayni paytda bu xabar uning o’limidan keyin oradan bir oy o’tib chiqqani tashqaridagi muxolifatning o’zaro aloqalari ham hamin qadar ekanligini ko’rsatadi. Hatto Shvetsiyada yashaganlar ham eshitishmabdi. Mana sizga bizning real ahvolimiz.

Bunaqa mardlik Karimovda yo’q

25-12-2006
SAVOL: Assalomu-alaykum hurmatli Jahongir aka! Avvalambor yaqinlashib kelayotgan qurbon hayiti va yangi yil bilan tabriklayman, Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman, barcha o’ylagan orzu-niyatlaringizga yetishingizni tilagan holda bir necha savollar bermoqchiman.
Bundan bir necha yillar oldin Boris Yeltcin yangi yil tabrigi bilan bir vaqtda iste’fo berib, vakolatini Putinga bergan edi. Nima deb uylaysiz, Karimov ham shunday qilishi mumkinmi?
Ikkinchi savolim, Moskva Davlat Universitetining Toshkent filiali birinchi prorektorligiga Lola Karimovani kelishiga qanday munosabat bildirasiz? U hali tirrancha-ku, O’zbekistonda tajribali olimu-professorlar topilmaganmi?
Javoblaringiz uchun oldindan rahmat, hurmat bilan Erkin.

JAVOB: Rahmat. Sizga ham ayni tilkalarni yo’llayman.
Birinchi savolingizga aniq javob shu- YO’Q!
Chunki Yeltsin demokrat edi, Karimov esa diktator. Diktatorlar uchun taxtni topshirish jonni topshirishdek gap. Bunaqa mardlik Karimovda yo’q.
Ikkinchi savolingizga ham javob qisqa. Xalqimiz orasida shunday gap bor. Har qanday Nar ham otasi shoh bo’lgan Modani ko’rganda orqasini buradi. Bu bejiz aytilmagan gap.
Mana bir misol: Eshakni taxtga mindirib qo’ying. Ertasiga birovlar dunyoda uning hangrashidan go’zal musiqa yoq’ligini yozadilar. Boshqalar esa uning xo’tigiga fan doktori unvoni beradilar. Yana bir guruh esa gaz o’rniga uning tezagini sota boshlaydi.
Shuning uchun ajbablanmang, bugun narlar modaga orqasini burgan kun!.

Yaxshi inson edi
26-12-2006

SAVOL׃ Urgut tumani hokimi Xolmuhammad Nurov Karimovning sirlarini bilgani uchun o’lgani va shu o’lim bilan bog’liq har turli gaplar yozilmoqda. Shu borada sizda ma’lumot bormi? (Jamshid).

JAVOB׃ Birinchidan, u Nurov emas, Nurullaev. Tangri rahmat etsin, yaxshi inson edi.
Samarqand viloyatidagi Urgut tumanida bir necha yildan beri hokimlik qilayotgan asli kasbi jurnalist bo’lgan Xolmuhammad Nurullaevning o’limi haqida eshitib, darhol surishtirdim. U o’yida o’rnatilgan gaz pechkadan chiqqan zaharli havodan bo’g’ilib vafot etgan ekan. Uni yaxshi tanirdimgina emas, balki do’stligimiz ham bor edi.
Samarqand viloyatining “Lenin yo’li” gazetasida 1981-1985 yillarda birga ishlaganmiz. Ajoyib qalamkash, xushmuomala do’st edi. Shu gazeta kotibasi Shoiraxonga uylangan edi.
Kamtar va doim kulib turadigan bu yigitni jurnalist va siyosat arbobi Ahmadjon Muxtorov viloyat hokimiga yordamchilikka tavsiya qilgandi. U hokimiyatda ishlaganda men xalq deputati edim. Uchrashib turardik.
Meni deputatlikdan chaqirib olish haqida hokim Po’lat Abdurahmonov xonasida soxta qarorlar yozilgani haqida ham undan eshitgan edim. Keyin ham u bilan do’stlik munosabatlarimiz uzilmadi.
Men quvg’inga uchragan kezlarda juda yaqin do’stlarim yuz burganda ham mansabiga qaramasdan hol-ahvol so’rab turganini bugun alohida ta’kidlashim kerak.
U bundan bir necha yil avval Urgut tumaniga hokim bo’lgandan keyin ham bizning Samarqand tumanidagi Pulimurg’ob qishlog’idan o’tganda, alohida to’xtab, (Urgut yo’li bizning qishloqdan o’tadi-JM) qarindoshlarim orqali salom yo’llab turardi. U O’zbekiston hukumati tarkibida ishlagan bo’lsa ham dili erkinlik sari talpingan insonlardan bir edi. Keyingi paytda unga tazyiqlar mavjud edi. Lekin bu narsa uning o’limiga sabab bo’ldi, deb ayta olmayman.

KO’RLAR VA SOQOVLAR HAQIDA
12-27-2006
SAVOL׃ Abdurahim Po’latovning o’z saytida yozgan mana bu gaplariga nima deysiz,“Bu Murojaatning jiddiy kamchiliklari bor. Yaqindagina, Demokratik O’zbekiston Kongressi Abdurahim Po’lat ham ishtirok etgan majlisda shu yil noyabr oyining oxirida O’zbekiston muxolifatining qurultoyini chaqirishga qaror (olamshumul qaror) qilgan edi. Bu qarorni unutib, u nima uchun bajarilmaganini hatto tilga olib ham o’tirmasdan yangi loyihalar o’rtaga otilsa, ularni hech kim jiddiy qabul qilmasligi aniq.
Ikkinchi tomondan, so’nggi yilda muxolifatni birlashtirish va birlashtirish mexanizmlari xususida sal kam hamma liderlar o’z fikrlarini bildirdilar. Xuddi o’sha fikrlar bo’lmagandek, ularni mutlaqo hisobga olmasdan, “yangi qo’riq” ochayotgan kishidek ish qilish ham ushbu Murojaatning jiddiyligini shubha ostiga qo’yadi. Chunki, o’rtadagi manzara – ko’rlar bilan soqovlarning gaplashishi kabi bo’lmoqda. (Mirzoulug’).
JAVOB׃ Albatta, kamchiliksiz parvardigor.
Demokratik O’zbekiston Kongressining bugun e’lon qilingan Murojaatiga garchi o’z nomidan bo’lmasa ham sayt tahririyati nomidan deb javob berilganining o’zi ham yaxshi gap. O’zini yashirmagan dushman o’zini yashirgan do’stdan yaxshi degan gap bor.
Lekin eslatilgan majlis Demokratik O’zbekiston Kongressining majlisi emas edi. DO’K ham qatnashchilarning bir tomoni edi, xolos. Mana o’sha haqda 26 avgust kuni berilgan xabardan parcha׃
“26 Avgust kuni AQShning Neyu York shahrida xorijda yashayotgan O’zbekiston demokratlarining navbatdagi prezidentlik saylovida qanday ishtirok etish yuzasidan qurultoy chaqirishga qaratilgan yig’ilishi bo’ldi.
Yig’ilishda so’zga chiqqan notiqlar (ularning nomlari so’zga chiqish tartibi asosida keltirilmoqda-tah.)׃
-Ozod Dehqonlar partiyasining lideri MuhammadBobir Malikov,
-O’zbekiston Demokratik partiyasi faoli Tursunpo’lot Nazarov,
-Demokratik O’zbekiston Kongressining raisi Jahongir Mamatov,
-AQShda ro’yxatdan o’tgan “Birdamlik” harakatining lideri Bahodir Choriev,
-“Birlik” partiyasining raisi Abdurahim Po’latov va boshqalar qurultoy o’tkazish zarurati va O’zbekistondagi vaziyat haqida gapirdilar.
Ular kurashning qurolli yo’lini rad etishlari va maqsadga demokratik yo’l bilan borish imkonlari haqida fikr almashdilar. Fikr alamashish jarayonida o’z takliflarini aytgan faollar Zokir Ali, Ilhom Isoqov, Bobur Isoev, Xudoyqul Hafizov, G’ayrat Mirzo va boshqalar qurultoyni tezroq o’tkazish, saylov masalasida aniq pozitssiyani begilab, ish boshlash haqida gapirdilar.
Aksariyat qatnashchilar mamlakat ichidan chiqadigan nomzodni har tomonlama qo’llab-quvvatlash haqida hamfikr ekanligini bildirdilar. Umuman bunday mavzular Qurultoyda uzil-kesil qarorga bog’lanishi lozimligi uqtirildi.
Qurultoyni o’tkazish tashkiliy guruhi saylandi va qurultoy shu yilning Noyabr oyi oxirida, Neyu York shahrida o’tkazish yuzasidan kelishib olindi.
Qurultoyga barcha demokratik partiya, harakat va tashkilotlar o’z imkoniyatlaridan kelib chiqib, vakillarini yuborishlari lozimligi ta’kidlandi.
Qatnashchilar barcha demokratlarga murojaat qilib, ularni tashkiliy ishlarda faol qatnashishga, mamlakatimizning kelajagi uchun o’ta muhim bo’lgan masaladan chetda turmaslikka chorladilar.”
Abdurahim Po’latov yig’ilishdan keyin ham yozgan maqolasida bu majlisni DO’K majlisi deb yozdi. DO’Kka bu qadar katta o’rin berayotgani uchun rahmat. Ammo bu majlis muxolifat guruhlari namoyondalarining majlisi edi. Qurultoy chaqirish bilan bevosita mas’ul bo’lgan MuhammadBobur Malikov haliga qadar shu ishning ortidan yugurib yurganini Po’latov yaxshi biladi. Shuning uchun ham DO’K o’z murojaatida bu masalning ikir-chikiriga to’xtalmasdan uning hali ham muhimligini uqtirib, undan boshqa yo’l yo’qligini ta’kidlash bilan birga yana bir olg’a qadam tashladi.
Ha, uch bosqichli yo’lning dastlabki ikki bosqichi – umummuxolifat qurultoyi, mamlakat ichidan yagona nomzod ko’rsatish muhokama mavzusi bo’lib kelmoqda. Ammo bu ikki bosqichga endi Turkmaniston sabog’idan kelib chiqib, yangicha yondashildi va o’ta jiddiy nuqtaga diqqat qartildi. Bu esa saylovdan oldin mamlakatga qaytish masalasidir. Agar Abdurahim Po’latov yoki boshqa bir da’vogar ochiq qilib “Mana men yaqinda Vatanga qaytayapman, Oliy sudga murojaat qilib, (Bahonalari tayyor “Oliy sud bizni eshitmaydi”. Ha, barakalla, shuning uchun ham nomzod ichkaridan bo’lsin deyapmiz-JM) o’zimning saylovda qatnashish haqqimni isbotlayman va shundan keyin nomzodimni prezidentlikka qo’yaman. Ana o’shanda mening nomzodimni qo’llanglar” deb maydonga tushsin, qurultoyning ham keragi bo’lmay qoladi, biz uni qo’llaymiz. Lekin bunday jur’at hech kimda yo’q.
Da’vogarlar esa darhaqiqat, to’g’ri aytilganidek, ko’r va soqovning holiga tushib qoldilar. Biri u desa, ikkinchisi bu deydi. Shuning uchun ham DO’K bu vaziyatdan chiqish yo’lini taklif etdi.

Mening Vatanga qaytish-qaytmasligim haqida
28-12-2006
SAVOL׃ Jahongir aka, DO’Kning “Vaziyatdan chiqishning uch bosqichli yo’li” haqidagi murojaatidan keyin “Mamatovning o’zi Vatanga qaytadimi?” degan savol qo’yilmoqda. Shunga nima deysiz? (Faxriddin).
JAVOB׃ Agar bu savolga javobni bilmaganimda murojaat ostiga qo’l qo’ymagan bo’lardim.
Bugun qaytsam, bu suiqasd bo’ladi, ya’ni borib ko’lga o’zimni cho’ktirgandek gap. Tabiiyki bu axmoqlik.
Lekin ko’pchilik bilan birga qaytishga tayyorman. “Bu ham suiqasdek gap. Karimov hammani yo qamaydi yoki otib tashlaydi, deb o’zingiz aytib yurgan edingiz, bu yog’i qanday bo’ldi?”, deyishingiz mumkin.
Inson doim umid va vaziyatdan chiqish yo’llarini qidirib yashaydi. Men bugunga qadar Karimovdan keyin kim kelishidan qat’iy nazar u Karimov bo’la olmaydi va o’zgarishlar boshlanadi degan fikrda edim. Tayyorgarlik ham shunga yo’nalgan edi. Ammo Turkmanboshining o’limidan keyin Toshkent Oqsaroyi atrofida kechayotgan voqealar mening bu fikrimga jiddiy ta’sir qildi.
Ishonarli bo’lgan manbaga ko’ra, Turkmanboshining o’limidan keyin Karimov hafsalasizlikka berilib, har ikki gapda “Mendan keyin nima bo’lasanlar, hali?”, “Mendan keyin boshlaringga itning kuni keladi”, “Mendan keyin menga zora bo’lasanlar!” kabi gaplarni ishlatayotgan ekan.
Bu esa uning o’zidan keyin o’rniga bir lattachaynar qolishini va mamlakatdagi vaziyat izdan chiqib ketishini, O’zbekiston parchalanishi va hatto xaritadan yo’qolish holiga tushishini ko’zlayotganini ko’rsatadi. Tabiiyki u shunday paytda mening “xizmatlarim” o’z bahosini oladi, odamlar qadrimga etadi, deb o’ylamoqda.
Ammo buni tushungan “Bermuda uchburchagi”- Shavkat Mirziyoev, Erkin Xalilov va Gulnora Karimova uning kutilmganda o’lib qolishi yoki 2007 yilgi saylov borasidagi rejalarni tayorlab qo’yishga kirishganlar. Ular mamlakatning bundan keyingi ichki va tashqi siyosati qanday bo’lishi va qaysi yo’ldan borishi haqida bevosita Islom Karimovning o’zini ishga solganlar. Bugunga qadar bu masalani doim sir saqlagan Karimov endi “Bermuda uchburchagi”ning o’yiniga o’ynamoqda.
Hatto mamlakatda prezidentdan keyingi mavqega ega bo’lib kelgan MXX raisi Rustam Inoyatovni ham “Bermuda uchburchagi” o’yinga olmagani ular o’zlarini qanday kuch deb bilayotganlarini ochiq ko’rsatadi.
Hokimiyat teppasiga “Bermuda uchburchagi” kelsa, Karimovning “oqil” siyosati davom etib qolmaydigina emas, balki Turkmanboshi siyosati darajasiga tushadi. Shuning uchun ham muxolifat bugun o’zini ko’rsatishi kerak.
Shunday paytda o’rtada ikki holat mavjud.
1.Abdurahim Po’latov “Hamma “Birlik”ka birlashsin”, deydi. Buni “Birlik”ka birlashish” -“Muxolifat umuman birlashmasin!” degani deb qabul qilinmoqda.
2.Muhammad Solih esa o’zini butun muxolifatning lideri deb atamoqda. Bu esa “Butun muxolifatning lideri u bo’lsa, demak muxolifat yo’q ekan” deb baholanmoqda.
Shuning uchun ham hatto umummuxolifat qurultoyi o’tmay qolmoqda. Xo’sh nima qilish kerak?
Bunday sharoitda har qanday takliflar qarab chiqilishi va so’ngi imkoniyat boy berilmasligi uchun intilmoq zarur. DO’Kning bayonoti mana shu maqsadni ko’zlagan. Kim e’tibor qiladi, kim e’tibor qilmaydi, bu esa boshqa masala.
Gapni yana mening qaytish-qaytmasligim masalasiga bursak.
Agar biz aytgan etaplardan o’tsak va Vatanga qaytsak, Karimov yo otadi yo qamaydi. Bunga shubha yo’q. Zotan bu dunyoda hech kim ustun bo’lib qololmaydi. Shunday ekan, hech bo’lmaganda Karimovning va “Bermuda uchburchagi”ning rejalarini buzish yoki O’zbekistonni saqlab qolishga erishmoq mumkin. Bu esa dunyoning bir chetida o’lib ketgandan ko’ra, mazmunli o’lish bo’ladi.
Lekin biz taklif qilgan etaplardan o’tsak, nozo’ravonlik yo’li bilan Vatanni ozod qilish imkoniyati bor. Buni esa ochiq yozishga hojat yo’q.

SHUHRAT NUSRATOV…
28-12-2006

SAVOL: Sizni kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman.Tilaklarim Sizga va Sizga yaqin, qadrdon bo`lgan, jumladan ezgu niyyatdagi barcha insonlarga Alloh dan ikki dunyo saodatini so’rab duo qilaman.
Bu imkoniyatlar diyorida eson omonmisiz?
Sizni taniganimga atigi bir hafta boldi. Shu qisqa bir vaqt oralig’ida siz bilan juda yaqin bo’lib qoldim.
Web sahifangizni har bir qismini o’qib, tinglashga shoshib qolmoqdaman. Juda qiziqarli ma’lumotlar, fikrlar, mulohazalarga boy ekan sahifangiz.
Ikkita savolim bor.
1.7 sessiyada nutq so’zlagan Nusratov haqida malumot bersangiz iltimos?
2.O`zbekiston iqtisodiyot vazirligida ishlagan, “Shuhrat” o`rdeni bilan taqdirlangan Yo’ldosh Saidhonov hozirda ish faoliyatidan chetlatilgan va hech qanday tashkilot u kishini ishga olmayotganligini qandaydir siyosiy sabablari bormi? Shu kishi haqida qanday fikrlarga egasiz? (Rahim).
JAVOB: Bildirgan ezgu tilaklaringiz uchun rahmat. Sizga ham saodatli kunlar yor bo’lsin.
O’zbekistonda demokratiyaning so’nggi kunida xuddi bugunni bashorat qilgan kabi nutq so’zlagan kucli siyosatchi Shuhrat Nusratov shu sessiyadan keyin qattiq quvg’inga olindi. Ishdan chetlatildi. Shundan keyin siyosatni yig’ishtirib, tijorat bilan shug’ullana boshaldi. Uning 1995 yilga qadar bo’lgan taqdiridan xabardorman. Bu yo’g’iga u haqda hech narsa eshitganim yo’q.
Siz aytgan ikkinchi odamni tanimayman. Ismi sharifi siyosat maydonida aylanganini ham eshitmagan ekanman. U kishi ham minglab aziyat chekib yurganlardan biri bo’lishi mumkin. Agar siz u kishi haqida ko’proq bilsangiz, bizga yozing va saytimizda e’lon qilaylik.

About these ads
Follow

Get every new post delivered to your Inbox.

Join 377 other followers