Qoqlanmagan ishton kissasi
yoki diktatorning noskadisi
Islom aka
Ismatcha o’g’lini maktabga olib borayotgandi, telefon jiringladi. Radiodan ekan. U gaplashib bo’lgach׃
-“Saytimni har kuni Islom akam o’qib boradilar”, deb aytdingizmi dada,- deb so’radi o’g’li.
-Ha, Islom aka har kuni o’qiydilar. Buni chin qalbdan his qilaman, ko’rib turaman go’yo.
-Dada nega meni aka deydigan bo’ldingiz?
-Men seni emas, bobongni nazarda tutayapman.
-Ha…, men ham hayron bo’ldim, chunki saytingiz borligini bilmaymanda.
Ta’sirli
-O’zbekiston musulmonlari ichida eng ta’sirlisi, eng taniqlisi, eng kuchlisi kim?-deb so’radi radio muxbiri bir tinglovchidan.
-Kim bo’lardi, Ismatchada
-Qaerdan oldingiz bu gapni? Kim aytdi bu gapni?
-Kim aytardi, uning o’zi aytdi!
Lapsha
-Ismatcha saytingda “Aziz muxlislar, iltimos, to yangi kuchli kompyuter olib bu muammoni bartaraf etgunga qadar saytimizga kamroq kirishingizni iltimos qilsak, bizdan ranjimang”, deb yozibsan. Nahotki bu narsa kompyuterga bog’liq emasligini bilmasang?
-Bilaman aka…
-Unda nega bunday deb yozding?
-O’zim komment yozishdan charchab kettim. Boshqalar esa meni IPsini topib, Toshkentga uzatadi, deb o’ylab, yozishmayapti. Shuning uchun quloqqa lapsha osib qo’ydim.
-Ha, ko’rib turibman, yarashibdi.
Shohanshoh
-Bitta maqolangda Islom Karimov haqida yozib unga “Saddam Husayn, Muammar Qaddofiy, Husni Muborak va mana Bashar Asad kabi fojeali qismat yor bo’lishini orzu qilayotgan odamlar Islom Karimovning… ayni paytda ko’plarga yaxshilik qilgan va alal oqibat ularning aksariyatidan yaxshilik ko’rmagan shahanshoh ekanini bilisharmikan?” deb yozibsan? Hech bo’lmasa bitta yaxshiligini aytib berolasanmi?-dedi bir muxolifatchi.
-Mana, masalan, yaqinda Amerikaning iltimosi bilan bitta muxolifatchini qamoqdan chiqarib yubordilar. Bunday misollar mingta,-deb javob qildi Ismatcha.
-Muxolifatchilarni uning o’zi qamagandi-ku?
Ismatcha ajablangandek elkasini qisib׃
-Ja, qiziqsiz-a, Islom akam oddiy melisamikilar odamlarni qamasinlar? U kishi shahanshoh!-dedi.
Tepki
Karimov Ismatchaning orqasiga tepib yubordi. U Anhorga qulab tushdi. Bir ozdan so’ng suvdan shallabo bo’lib chiqqan Ismatcha Karimovga:
-Islom aka kechirasiz, oyog’im toyib suvga tushib ketdim!-dedi.
Aloqa
-Kechalari uxlay olmayapman, nega?-deb so’radi Maratu Ismatchadan.
-Bekor o’tirmang, o’zingizni ovora qiling, masalan, menga bir narsalar yozib turing. Uyqu o’lim emas, bugun kelmasa ertaga baribir keladi,-deb javob qildi Ismatcha.
-Nima, o’lim kelmaydigan bo’lganmi?-ajablandi Maratu.
-Bilmasam, buni mendan ko’ra siz ko’proq bilishingiz mumkin. Doim hali tirikman deb yozasizku?
-Birgalikda tirik edik uka, bu yerda bo’lganingda uchrashib turardik, aloqa qilib turardik, tirik edik, ajraldigu o’ldik.
-O’kismang aka, internet orqali aloqa qilib turamiz,-dedi Ismatcha.
Vahshiy hayvon
Ismatcha turli sabablar bilan qochib ketgan Xo’roz, It va Eshakni boshlab aeroportga olib keldi.
-Xalq och, borsang seni so’yib eydi, u yerda nima qilasan? -dedi bir keksa yo’lovchi Xo’rozga.
-Hozir hizblar ko’payib ketdi, xabaringiz yo’qmi, har joyda azonni har turli aytishmoqda, men borib bir xil azon aytilishini tashkil qilaman!-dedi Xo’roz.
-Senchi?-deb so’radi u Itdan.
-Melisa va MXX aynib ketdi, xalqni talamoqda, tartib intizom yo’q, o’zim borib amniyat o’rnatmasam bo’lmaydi!-dedi gerdayib It.
So’ng eshakdan so’radi.
-Nega qaytmayin? Xalqqa quloq soldingizmi, hammasi IAKni eshak demoqda, tez qaytib, inqilob qilib, taxtni olib, unga kim aslida kimligini ko’rsatib qo’yishim kerak!-dedi do’rillab Eshak.
Keyin Ismatchadan:
-Sen qochib keldim deb yurganding, sen nega qaytayasan?-deb so’radi.
-Men bularni ushlab olib ketish uchun kelgandim.
-Qanday qilib ushlading bularni?
-Bir ikki maqtab, orqasini uqalasang har qanday vahshiy hayvon oyog’ingga bosh egadi.
-Hmmm… “Islom otam shamollab qolganlarida orqalarini uqalaganman” deb yozganding, nahotki u senga bosh eggan bo’lsa?
-E, unaqa demang, men u zotga bosh egaman.
Ko’ylak
Ismatcha Moskvada Abdulla Orifni ko’rib unga “yopishib oldi”:
-Shu ko’ylagingizni menga hadya qiling, ustoz.
-Yoqasini yag’ir bosib ketgan bu ko’ylakni nima qilasan qiztalaq?
-Aylanib ketay yag’iridan, yuvaman uni,-dedi Ismatcha sevinib-sevinib.
-Jinnimisan bu juldirab qolgan ko’ylak bo’lsa, bir yuvilsa kerak bo’lmay qoladi.
-Ustoz, menga zotan ko’ylak kerak emas, mag’zavasi kerak,-dedi Ismatcha qimtanib.
Vijdon
-Diktator Karimov ozodlik kuychisi, yozuvchi Evril Turonni qamoqda qiynayotgani haqida butun dunyo gapirganda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qarsak chalib turibdi,-dedi Ismatcha bilan suhbatlashayotgan radio muxbiri.
-Ular vijonsizlardir, o’z safdoshlari taqdirini o’ylamaydigan ablahlardir,-dedi Ismatcha.
-Lekin soyuzda sizga hurmatli bo’lgan okaxoningiz Abdulla Orif raislarku?
-Kecha u kishidan ariza yozdirib olishgan.
-Hali o’tiribdi joyida. Islom otangiz javob bermabdi, bila’ks yubileylarini tantanali o’tkazish haqida qaror chiqaribdi.
-Go’zal xabar. Darvoqe, bilasizmi, gap Evril Turonning o’zida, Islom otaning yaxshiliklarini bilmagan, Abdulla akani hurmat qilmagan…
Kallavaram
“Hurmatli qadrdon akaxon. Sizni butun dunyo o’zbeklari, Birlashmagan millatlar tashkiloti, Qochoqlar umumdunyo hamjamiyati, Pulsiz biznessmenlar fondi nomidan tug’ilgan kuningiz bilan samimiy qutlayman. Dunyo turguncha, o’zbeklar bo’lguncha omon bo’ling aka” deb yozdi Ismatcha Maratu haqida. Keyin unga “O’qidingizmi?” deb telefon qildi.
-Nima deb valdirayasan bratok, bugun meni tug’ilgan kunim emas.
-Aka, Feysbukda o’zingiz shunday yozib qo’yibsiz-ku?!
-Kallavaram, qaysi ahmoq Feysbukka haqiqiy tug’ilgan kunini yozadi?
-Mana men yozganman.
Go’rkov
“Hukumat binosiga hujum qilgan bu ablahlarning boshini sapchadek uzib tashlang” deb baqirdi Abdulla Orif majlisda Ichki ishlar vaziri Zokir Almatovga.
Majlisdan keyin Ismatcha uning yoniga keldi:
-“Sapcha”larni ko’mish vazifasini menga olib bering, akajon,-dedi unga yolvorib.
-Nima bo’ldi, yana ishsiz qoldingmi? Go’rkovlik qilishga rozimisan?
-Roziman ustoz, ming marta roziman. Bilasiz qamoqdan keldim, holim tang.
-Bu ishning qamoqqa, holing tangligiga nima aloqasi bor?-dedi Abdulla akasi Ismatchaga.
-Hukumat binosiga hujum qilganlarni bilaman, hammasining tilla tishi bor!
Nofiziy.
Filed under: Yangi latifalar |
Qoyil! Haqiqatlarni juda chiroyli qilib ta’rifini keltiribsiz. ijodiy omadlar!!!