Muxlislar ijodidan

O’zbekcha dars

(Davomi)

Frontda vaqt degan tushuncha deyarli yo’q hisobi. Chunki quyosh har kuni ertalab aqlga sig’mas dahshatni yoritadi.Stvoli bukilib ko’mirday qoraygan tanklar,dam pastlik dam balandlik uzra tartibsiz sochilgan turli kalibrdagi artilleriya, okoplar esa ba’zan tuproqqa butunlay to’lib tayyor lahadga aylanadi.Bu tabiiylashgan ammo aslida sun’iy qabrlarda haligina poezdlarda bir-birigat hazil qilib,bir kotelokdan tamaddi qilgan odamlar birgalikda yotibdi.Endi ular kulmaydilar,ular xursand bo’lishmaydi,ularga endi ko’p narsaning ahamiyati allaqachon yo’qolib bo’lgan..
Urushning ham..
Aslida ular hozir chog’roqqina kulbasida sevgan yori,bolalari,belidan quvvat qochgan ota-onasi,qarindoshlari bilan o’tirishi kerakmasmidi?
Nega bu ahvolda zabunlar?
Nega? Nega?
Ularga olamni oriylashtirish,yoki kommunizm qurishning necha pullik ahamiyati bor edi?
Shon-u shavkat izlab uylaridan chiqqanlarida bu haqda nega o’ylamadilar?

Ikrom osmonga qaradi.U Allaqachon bulg’angan.Sim to’rlarni qirqayotgan askarlar gapirmaydilar.Ularning yuzlari xuddi ichki g’amgin olamlari singari qop qora.Bu chehralarda hamma narsani topish mumkin:O’z burchiga sodiqlik,dushmanga nafrat,Va

O’LIMGA MAHKUM QILINGANLIK

Ehtimol hali yigirmani qarshi olmagandir ammo ular ming yillik kulfat qa’riga itqitilgan ojiz jonlar xolos.
Qozoq yigit hammaga qand ulashib chiqdi.
Toshdek qattiq non bilan bu juda zo’r ketadi.Hatto frontdagi eng to’q askar ham shu payt bularni holatiga havas qilgudek.
Kimdir so’kinib qo’ydi.
Har qanday ruhiy metin odam ham bunday paytda o’zligini yo’qotadi.
Poyoni yo’q,o’qdan xavfli o’ylar toshdek bosadi kishini.
Ayovsiz ta’qibdan chekinish ham qiyin ham azobli.
Dushman samolyotlari har soniyada ajal o’qlarini bu ojiz mavjudotlarga yo’llab hayot deb atalmish go’zal va ayni paytda manfur birlikdan judo qilishi mumkin.
“Lyutvaffe” ning turli ko’rinishdagi shotirlari hozir azroildan ham yomonroq,qo’rqinchliroq…
Avgust oyi bo’lishiga qaramay havo anchayin sovuq.Xuddi ichingga muz solib qo’yganga o’xshaydi.
Kun davomida havo isib ketsada hozir negadir bunga ishonmaysan.
Ertalabki shudring transheyalar buruqsishidan oldingi kam sonli ijobiy ishlardan biri.
Ikki yuz ellik kishidan ellik sakkizta baxtiqaro tirik qoldik.
Ikki haftadan beri polkimiz shuncha qoldi.Dushmanning pastqamlikdagi depsib qolgan tanklari tagiga granat o’rami bilan o’zini otgan gurji yigit kabi biz ham yaqinda “rixlat” qilsak kerak u yoqqa.Omadimiz kelsa etik bilan bo’lmasa sarpoychan…

Ayni holatimizda ochmiz.Ta’minot uzilgan.Hali aytganimday omadimiz juda yurishgan taqdirda qurshovga tushmay qolishimiz mumkin.
Vzvodda “Jukov”deb nom olgan Dmitriy Krafchenko ko’pni ko’rgan. Ichimizda eng mahmadanamiz ham shu, erta kelgan-erta ketadi degan gap unga kelganda ahamiyatini yo’qotadi.
U juda qobiliyatli shaxs.Urushgacha zavodda injenerlik qilgan.Mohir razvedkachi.
Gapirganda doim biz undan biron saboq olishga harakat qilamiz.
-Cherchilni nafasi bo’g’ziga tiqilib yig’laguday yordam so’rayaptiku
-Birminghemga birinchi bomba tushgandayoq tamom bo’lishini sezgandim uni-deydi u.
-Endi nima bo’ladi deb o’ylaysiz?
-Menimcha kuzda Berlinga undan keyin Londonga birrov kirib o’tib bu shishirilgan sharni paqillatib yoramiz.Shunda Washingtongayam yo’l ochiladi!
Bu odamning gaplariga qotib-qotib kulsakda ammo aslida mavjud reallikdan chekina olmasdik.
Dushman sutkasiga yuzlab kilometrlarga surib kelardi.
Ayniqsa “SS” chilar juda tezkor hujum qilar,imkon topdi deguncha yorib o’tishga harakat qilar edi.
Odatda dushman to’plari kechalari “faolroq” bo’ladi.Kunduzi esa samolyotlar.
Shunday qilib biz rasvo bo’ldik.O’q-dori kam qoldi.Ish qo’l ko’tarishgacha borib yetguncha:yotib qolguncha otib qol naqliga amal qilib hujumga o’tdik.Oldingi chiziqdagilarimiz qurshovga tushib qoldi.Shunday og’ir vaziyatda komandirimiz bizni umidsiz atakaga tortdi:”Tovarishi,russkie svoix ne brosayut..”deb boshlangan nutq yarim soatlar chamasi davom etdi.”Kim manashu bayroqni sevsa ortimdan”deb baqirdi u.
Biz ham Stalin uchun, vatan uchun deb atakaga ko’tarildik.
Dushman bizni qattiq o’qqa tutdi…
Nemis okoplariga bir necha metrlar qolganda granatalar uloqtirdik.Sakrab kirib nayzalar sanchdik ularga…

RUSTAM.

One Response

  1. Bu o’zgarishlar bizgacha yetib kelarmikin nima deb o’ylaysiz?
    Arab bahori…
    U kimningdir yuragini yondirib o’tdi,umid bag’ishladi,bamisoli istiqlol tulpori kabi qalblarni ertangi kunga ilhomlantirdi…
    Axir bahor kelishi bilan inson yangi g’oyalar,o’zgarishlar,nafis his-tuyg’ular qurshovida qoladi-ku!
    Arab bahori bergan ishonch soxtami? Nahotki o’zimiz biron ish qila olmasak?
    Taxt tagidan prujina chiqqanday bu nokas muttahamlar osmon-u falakka reaktiv raketa yanglig’ uchdiki,og’iz juftlab so’nggi bor o’z onalarini yod etishga ulgurishmadi hatto, Afsus!
    Men ularning jaxannamga yo’l olishidan oldin nimalar haqda o’ylaganini taxmin qildim o’zimcha,Demak Kaddafiy,Muborak va Asadjonlarning oh-u nolalariga quloq tuamiz:
    “Mard bo’salaring pullarimni o’zim bilan ko’mlaring,baribir haromdan kegan narsa sanlagayam buyurmiydi, Xotya bitta haykalimmi opqo’ylaring nomardlar! Uni qurish uchun nechchi yil odamla qozonini suvga tashab yashaganini bilasanlami o’zi a? Iy iy sindirma uni ozi yaxshi turibdi,eeeeeeeeeeeeee onangni Amerikadagi skameykada ko’ray… qulog’ingga xalqim yegan makaron xo’pmi? Eh mening Ittifoqim,sen bo’lganingda hozir tovuqday go’ng titib o’tirmagan bo’larmidim,Axir sening yo’lingdan yurdim,nima qil desang ikki baravar ortig’i bilan bajardim,
    Bularni sudiga kirguncha meni qizil maydonga o’zing ko’msang bo’lmasmidi.. Kremlni
    bir umr tavof qilib shu yerda to’rva ko’tarib so’lkavoy yig’sam bo’masmidi,itlar bilan bir tovoqdan ovqat yesam ham mayli edi,
    Axir nega dunyo turguncha turmadingiz o’rtoq Leonid Ilich! Voy-voy yuragim…mmm

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: