Savol-Javob

O’zbekistonmi, Turkiston?

SAVOL׃ Assalomu alaykum Jahongir aka, sizning yozganlaringizni 3 yildan buyon muntazam o’qib borishga harakat qilaman, fikrlaringizni hurmat qilaman. Biz hozirgi O’zbekiston yoshlari Karimov tizimida ko’zi ko’r, qulog’i kar bo’lib, butunlay noto’g’ri dunyoqarash bilan tarbiyalanayotganimizni sizning maqola va kitoblaringizni o’qib tushunganman. Hattoki birinchi marta IAK romaningizni o’qiganimda ko’zlarimdan yosh quyilgan. Nohotki bizlar qariyb dohiyga chiqarayozgan, 28 million xalqni boshqarayotgan odam jinoyatchi mafiya boshlig’i bo’lsa!
Meni eng quvontirgan narsa siz yozgan inglizcha-o’zbekcha lug’at bo’ldi. Chunki bunday mukammal lug’at hali o’zbek tili tarixida bo’lmagan. Hozirgi vaqtda internetda GOOGLE da ko’plab tillarda onlayn tarjimonlar bor. Turkiy tillardan bo’lgan turk va ozarboyjon tilida ham ham bor. Chunki hozirda asosiy o’zbeklarning ushbu kitobni sotib olishga imkoniyati yo’q. Imkoniyati bo’lganlar ham O’zbekistonda sotib olisholmaydi. Chunki muallif siz bo’lganingiz uchun taqiq qo’yilishi turgan gap. Bizlar ingliz tilini o’rganishimiz uchun rus tilidagi lug’atlardan foydalanishimizga to’g’ri kelmoqda.
Mening sizga aytmoqchi bo’lgan savollarim:
1. Yozgan inglizcha-o’zbekcha lug’atingizni internetga kiritish bo’yicha ham rejalaringiz bormi? Bo’lsa buni qachonga reja qilmoqdasiz?

2. Hozirgi vaqtda bizlar o’zbek (turkiy) adabiy tilining asoschilari deb bilgan Navoiy va Boburlarni vikipediyada ingliz, nemis va boshqa tillarda mo’g’ullar deb yozishmoqda. Ular ijod qilgan tilni esa chig’atoy tili deb aytilmoqda. Navoiy va Boburlarning hozirda biz aytayotgan o’zbek degan millatga mansub bo’lishganliklarini o’zlari ham bilishmaganligi hammamizga ayon. Lekin chig’atoy tili deyilishiga fikringizni bilmoqchi edim. Aslida shunday nomdagi til tarixsha bo’lganmi?

3. O’zbekiston nomini Karimovdan keyin (balki yana bir ikki kommunistlar almashar) Turkiston deb almashtirish mumkinmi? Hech bo’lmaganda Gollandiyani Niderlandiya deb ikki nom bilan ataganday O’zbekiston va Turkiston deb atay boshlasa. Bo’lgan taqdirda buni O’zbekiston xalqi va jahon hamjamiyati qanday qabul qilishi mumkin deb o’ylaysiz?

Javobingiz uchun oldindan rahmat. Hurmat bilan, Alijon.

JAVOB׃Agar yozganlarimdan nimadir Sizga ma’qul kelgan bo’lsa, baxtiyorman.
Savollaringizga kelsak׃

1.Inglizcha-O’zbekcha mukammallashgan lug’atning internet varianti ustida ham ishlayapmiz. Hozir uni Kindlega yuklash mumkin holga keltirdik. Kelajakda, tabiiyki, internetda ham bo’ladi. Bu vaqt, mehnat va sarmoya talab qiladigan ish va buni qilayapmiz.

2.Dunyo tarixini qayta yozib bo’lmaydi, ammo tuzatib borish mumkin. Hali ham Ibn Sino, Berunuy, Xorazmiy…larni arab olimlari deb yozishmoqda. Navoiy va Boburlarni “mo’g’ul” deyishda davom qilishadi. Chunki ular o’zbek ham emas. Bizning aytganimiz bilan ular o’zbekka aylanib qolishmaydi. Ular turkdirlar va biz qachon o’zimining turkiy qavm ekanligimizni anglab etsak, o’shanda ularning me’rosiga da’vogarlik qilishimiz mumkin.

Ha, ular yozgan til katta tarixga “Chig’atoy tili” nomi bilan kirgan. Bu “Chig’atoy ulusi” deyilgan jug’rofiy nom bilan bog’liqdir.

Bundan keyin ham G’arbda Chig’atoy tili deb yozishadi va o’sha davr odamlarini “mo’g’ullar” deb atashda davom qilishadi. Ikki yil oldin buni tuzatish kerakligi haqida amerikalik olim F.Star katta maqola yozgandi.Bu boshlanishi deb o’ylagan edim. Lekin hech kim davom ettirmadi. Olimlar tarix masalasida juda konservativ bo’lishadi.Ular kechagi kunni tuzatish mumkin emas, deb o’ylaydilar va oldinga qarab ketaveradilar. Biz esa bu yerda tarafmiz.

Demak, O’zbekistonda bu masalada G’arb olimlari ishtirokida fundamental ishlar qilinib, dunyo miqyosiga olib chiqish kerak.

3.1990 yillarda O’zbekiston nomini Turkiston nomi bilan almashtirish uchun takliflar bo’lgandi. Lekin ko’pchilik buni qo’llamagandi. Men ham shaxsan Turkiston nomi tarafdori edim. Balki kelgusida bu amalga oshar. Lekin bugungi rejimlarning “o’zbekchilik”, “qirg’izchilik”, “qozoqchilik” va boshqa “…chilik,…chilik” siyosatlari davom etsa, biz millatchilik bandiga aylanib qolamiz.

Bugungi sharoitda bu narsa mutloq amalga oshmaydigan bo’lib ko’rinmoqda. Ammo kelajakni hech kim aniq aytib berolmaydi.

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: