Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni (7)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-7-
Oqsaroy. Toshkent
“O’rta Osiyo o’ruslarning o’kiniga tushganmi?” Karimov daftarchasiga yozib qo’yilgan bu gapni nima uchun va qachon yozganini eslashga urinardi. Kim aytgan ekan buni? Yangi gap emas. Yangi gap bo’lganda “O’rta Osiyo” emas, “Markaziy Osiyo” deb yozgan bo’lardi. Chunki bu iborani uning o’zi topgandi. Hammani shunga o’rgatdi. O’zi ham bunga rioya qilgan bo’lardi. Demak, bu gapni to’qsoninchi yillarning boshida yozib qo’ygan. Lekin bu savol hali ham javobsiz qolmoqda.
Mana Shanxay Hamkorligi Tashkilotining majlisi Toshkentda o’tayotgani,  hatto Medvedev ana u xonada uni intizorlik bilan kutib o’tirganiga qaramay, bu savol muhimligicha qolmoqda. Faqat Medvedev emas, qolganlar ham uning nima deyishini kutishmoqda. Continue reading

“Qiyomat kuni”ga maktublar

BISHKEK TEN KAYTISH BALACHAKALI BOLISH NASIPLIGI

Turk milliyatchisi Shukri Birdemirning Qirg’iziston xotiralari va qirg’inga  falsafiy munosabati (O’rta turk tilida yozilgan bu maktublar o’zbek tili qoidalariga moslashtirilib “Qiyomat kuniga” kiritiladi)

Beshinchi maktub

Bishkekten samalodga mingen mahalda bir kirgiz ogil bilen yuk koprakligi ichun dost bolip kalish ve hazir kunge dek dostlik davamida kaldim. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (6)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-6-

Сулаймон тоғи. Ўш.

Саиджон Доно билан мактабда бирга ўқиган. Лекин шу қизга уйланаман, деб хаёлига ҳам келтирмаганди.

Бир куни дадаси׃

-Болам, мана университетни ҳам битираясан, энди бошингни икки қилмасак бўлмайди,-деб қолди.

Дадаси тарих ўқитувчиси эди ва тез-тез ўқувчиларни олиб Сулаймон тоғига бориб турарди.

Донони ўша ерда кўриб қолибди.

-Синфдошинг бор эди-ку, аълочи қиз, ҳамма мажлисларда шеър айтадиган, исми ҳам, ўзи ҳам Доно қиз. Шуни кўриб қолдим. Бошига ҳижоб олибди. Мингта гапирсанг, битта жавоб қилади. Суриштирдим, совчиси кўп экан. Агар отни қамчиламасак, кетиб қолади… Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni (6)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-6-

Sulaymon tog’i. O’sh.
Saidjon Dono bilan maktabda birga o’qigan. Lekin shu qizga uylanaman, deb xayoliga ham keltirmagandi.
Bir kuni dadasi׃
-Bolam, mana universitetni ham bitirayasan, endi boshingni ikki qilmasak bo’lmaydi,-deb qoldi.
Dadasi tarix o’qituvchisi edi va tez-tez o’quvchilarni olib Sulaymon tog’iga borib turardi.
Dononi o’sha erda ko’rib qolibdi.
-Sinfdoshing bor edi-ku, a’lochi qiz, hamma majlislarda she’r aytadigan, ismi ham, o’zi ham Dono qiz. Shuni ko’rib qoldim. Boshiga hijob olibdi. Mingta gapirsang, bitta javob qiladi. Surishtirdim, sovchisi ko’p ekan. Agar otni qamchilamasak, ketib qoladi… Continue reading

“Qiyomat kuni”ga maktublar

DEMOGRAFYA VE 1 SAAT KEGEN MENI HEM TURKIYAYA ABARIN AYTGEN KIRGIZ KIZ….

Turk milliyatchisi Shukri Birdemirning Qirg’iziston xotiralari va qirg’inga  falsafiy munosabati

(O’rta turk tilida yozilgan bu maktublar o’zbek tili qoidalariga moslashtirilib “Qiyomat kuniga” kiritiladi)

Beshinchi maktub

Yashagen bir halkdin anikkin yarimi balaca boladi. Yarimdan hem kop bolishi halkdin kanday toggenige karap boladi.750 000 adam kirgizdan otip rus granidjasige otgen. Continue reading

BISHKEKDA TURK STUDENTLARI VE QIRG’IZ KIZLAR

Turk milliyatchisi Shukri Birdemirning Qirg’iziston xotiralari va qirg’inga munosabati

(O’rta turk tilida yozilgan bu maktublar o’zbek tili qoidalariga moslashtirilib “Qiyomat kuniga” kiritiladi)

To’rtinchi maktub

Gula bilen hemma vakt otmeydi. adam zerikhip kalishadi.yad memlekette zerikhish adamge tezrak keladi.kirgiz digan memlekette iki nersede ochirt kordim.adamlar ochird digani nima bilmaydi.masharodge hem challar erkaklar kizdar balachaka basip ezip minishedi. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (5)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-5-

Пенсилвания штати. Питтесбург шаҳри.

“Қиёмат куни” қаҳрамонига!

Саиджон, сизни ҳали яхши танимайман. Лекин таний бошладим. Шунинг учун ҳам ҳеч кимга айта олмаётган гапимни тезроқ сизга айтмоқчиман.  Чунки сизни ҳам бутунлай таниб қолсам, фикримдан қайтишим мумкин.

Мен Месхет туркиман. Фарғонада уйимиз бор эди. Уйимизни кўзимнинг олдида ёқиб юборишган ва ўлгудек қилиб калтаклашган. Беҳуш бўлиб қолганимдан кейин ташлаб кетишган. Мен ўзимга келганимда учқичда қаёққадир олиб кетишаётган эди. Ўшанда  хаёлимга илк келган нарса ёнимдаги дўхтир агар ўзбек бўлса, уни ўлдириш эди. Урус экан.  Аммо ўзбек бўлганда ҳам уни ўлдиришни эплолмас эканман. Чунки икки қўлим ҳам синдирилган экан. Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni (5)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-5-

Pensilvaniya shtati. Pittsburgh shahri.

“Qiyomat kuni” qahramoniga!

Saidjon, sizni hali yaxshi tanimayman. Lekin taniy boshladim. Shuning uchun ham hech kimga ayta olmayotgan gapimni tezroq sizga aytmoqchiman. Chunki sizni ham butunlay tanib qolsam, fikrimdan qaytishim mumkin.

Men Mesxet turkiman. Farg’onada uyimiz bor edi. Uyimizni ko’zimning oldida yoqib yuborishgan va o’lgudek qilib kaltaklashgan. Behush bo’lib qolganimdan keyin tashlab ketishgan. Continue reading

Bu vaziyatni yaxshilashtirmasdan qirg’izda yaxshilik uzoq yillar bolmaydi!

Turk milliyatchisi Shukri Birdemirning O’sh haqidagi xotiralari va qirg’inga munosabati

(O’rta turk tilida yozilgan bu maktublar o’zbek tili qoidalariga moslashtirilib “Qiyomat kuniga” kiritiladi)

Uchinchi maktub

Endi ……….

bilesizku ayin nuru bar hemmamiz hem bunaka bilemiz .dunyadan koz bilen karegende ayda nur bar.insan hem hayatinda birovlarda nur bar digani his kilishiyapti.togrumi ozinin nuru mu yaki nuru yokmu kegencheli bilinishi hem mumkin boliyapti.
hayatta kop nerseni oni korishimiz tamandan tarif kilamiz.halbuki o nerse ustida astida yan tamandandan baska tesirler mumkin.bulari o’yalmazdan bu nerse shu mahiyatta aytish insai natogru tushinishge hem abaradi.menim hem bunakaliklarim oldi.derslerimizi kurslarimizi koriyapmiz dep ozimge mana berdim. Continue reading

GULERIZ AG’LANAJAK HALIMIZE

Turk milliyatchisi Shukri Birdemirning O’sh haqidagi xotiralari va qirg’inga munosabati

(O’rta turk tilida yozilgan bu maktublar o’zbek tili qoidalariga moslashtirilib “Qiyomat kuniga” kiritiladi)

Ikkinchi maktub

Ake kegencheli Yetmish ake bilen merte merte ucraship kaldik.Kegen kayinatam bilen hem tanish kildim.yashlari yakinrak idi.
Yiglagen kuninden ertaga yena bagda bulak bashinda ucrashsak alidinda bir ogil bala.yengi yigit boladigan 15 yashlarce.akpak yuzi alma kebi yanaklari hicirgicir kilmagen lakin kulimsirak yuzli bir ogil.sorushmasan gepirmagen lakin ciddiyat bilen gapge kulak salgen ogil.lisenin 1.sinda okur iken.o’shta turk lisesinde okushge bargen turkceni hem tushinariken.azmaz turk tavashi bilen gapleshsek dedesi gozleri yiltirap karap suyinip kaldi.men dedesi bilen gapleshgende indemazdan eshitti. Continue reading

Tomirida urus yashagan qirg’iz

Turk milliyatchisi Shukri Birdemirning O’sh haqidagi xotiralari va qirg’inga munosabati

(O’rta turk tilida yozilgan bu maktublar o’zbek tili qoidalariga moslashtirilib “Qiyomat kuniga” kiritiladi)

Birinchi maktub

2006 chi yilda o’shlik bir kiz bala bilen uylengendim.(huda tugurgenden hem katta kilgan dedesinden hem razi bolsin.siz hem bilerdingizku menga kopchiligi yakmagen bolip uylenmegen idim ve hem uylenmezden otishni razi bolip yurer idim)

2008 yilda o’shge kettim. 3 ay yurdim.sheherin tuzilishinge karasam kadim sherlerge okshgen lakin bir tamandan balalik vaktimdaki turkiya insanlarige okshagen bir tamandan isa dunyada shunhca kembehallik bilen muncha shirin muncha kuzel yashagen bashkaca bir halk bolmasa kerek dep o’yalp kalgen idim.mane shu oy bilan bir 2=3 hafta otkenden kegin yengidan o’yalnish bashla boldi. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (4)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-4-

Мериланд штати. Эликот шаҳри

Саиджоннинг фиғони фалакда. Буни телефонни қулоғимдан узоқроқда тутиб турганимдан ҳам билиш мумкин. Лекин “ҳужумларим” оз-моз иш бермоқда. Фалакдаги фиғон баъзан “ерга тушиб” ҳам қолмоқда. Афсуски, кўпга эмас, доимийга эмас.

-Ака, Ўзбекистон ҳукумати тезлик билан  армиясини киритиб,  Қирғизистонда ҳокимиятни қўлга олиши керак. Бошқа йўли йўқ. Бўлмаса, Каримов бутун ўзбеклар олдида хоинлик қилган бўлади… Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (4)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-4-

Meriland shtati. Elikot shahri
Saidjonning fig’oni falakda. Buni telefonni qulog’imdan uzoqroqda tutib turganimdan ham bilish mumkin. Lekin “hujumlarim” oz-moz ish bermoqda. Falakdagi fig’on ba’zan “erga tushib” ham qolmoqda. Afsuski, ko’pga emas, doimiyga emas.
-Aka, O’zbekiston hukumati tezlik bilan  armiyasini kiritib,  Qirg’izistonda hokimiyatni qo’lga olishi kerak. Boshqa yo’li yo’q. Bo’lmasa, Karimov butun o’zbeklar oldida xoinlik qilgan bo’ladi… Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (3)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-3-

Бруклин. Океан шоҳ кўчаси.

-Қимирлама, отаман!

Зарб билан эшикни синдириб ичкарига кириб келаётган саноқсиз полиция ходимларининг ҳар бири ана шундай деб бақирар эди.

Энди ўртага қўйилган паловга қўл узатган йигитларнинг ранг-қутлари учиб кетди. Лаблари титраб, бир сўз айтолмай қолдилар. Полициячилар эса уларнинг ҳар бирини силтаб, юзи билан ерга ётқизар ва қўлларини орқага қилиб кишанлар, кейин оёқларини икки томонга очиб, бошдан оёқ текшириб чиқарди. Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (3)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-3-
Bruklin. Okean shoh ko’chasi.
-Qimirlama, otaman!
Zarb bilan eshikni sindirib ichkariga kirib kelayotgan sanoqsiz politsiya xodimlarining har biri ana shunday deb baqirar edi.
Endi o’rtaga qo’yilgan palovga qo’l uzatgan yigitlarning rang-qutlari uchib ketdi. Lablari titrab, bir so’z aytolmay qoldilar. Politsiyachilar esa ularning har birini siltab, yuzi bilan erga yotqizar va qo’llarini orqaga qilib kishanlar, keyin oyoqlarini ikki tomonga ochib, boshdan oyoq tekshirib chiqardi. Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (2)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-2-
Мериланд штати. Эликот шаҳри.

Лекин…
Бундан кейинги бўлимларгача, Каримовни ўз хаёллари билан ёлғиз қолдирамиз. Кекса одам. Баъзи нарсалар эсидан чиққан бўлиши мумкин. Қолаверса, шу лаҳзада Нью Йоркдан Саиджон деган йигит сим қоқмоқда. Саиджон асли ўшлик. У билан тўрт йил олдин танишганмиз.

Ўшанда ярим тунда телефон жиринглади׃
-Бу қўлга тушган чет элликларни сақлаш маркази, агар телефон чақириғини қабул қилсангиз, минутига тўрт доллар тўлашингиз керак бўлади… Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (2)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman
-2-
Meriland shtati. Elikot shahri.
Lekin…
Bundan keyingi bo’limlargacha, Karimovni o’z xayollari bilan yolg’iz qoldiramiz. Keksa odam. Ba’zi narsalar esidan chiqqan bo’lishi mumkin. Qolaversa, shu lahzada Nyu Yorkdan Saidjon degan yigit sim qoqmoqda. Saidjon asli o’shlik. U bilan to’rt yil oldin tanishganmiz.
O’shanda yarim tunda telefon jiringladi׃
-Bu qo’lga tushgan chet elliklarni saqlash markazi, agar telefon chaqirig’ini qabul qilsangiz, minutiga to’rt dollar to’lashingiz kerak bo’ladi… Continue reading

Жаҳонгир Муҳаммад׃ “ҚИЁМАТ КУНИ” (1)

Блогда ёзиб борилаётган тарихий-замонавий роман

-1-

Тошкент. Оқсарой.

-Соиповни сен отдингми?-деди Каримов Иноятовга сим қоқиб.

-Йўқ, мен отганим йўқ!

-Биламан, сен отганинг йўқ! Лекин сени болаларинг отдими деяпман?

-Йўқ, улар ҳам мендан сўроқсиз бир иш қилмайдилар ва мен ҳам сиздан сўроқсиз бир иш қилмайман.

-Унда нега ҳаммаёқда ватаванг?

-Биласизку, душманларимизга баҳона керак.

-Ўша баҳонани ким берди уларга? Бугуннинг ўзи иккита хат олдим. Ҳатто мана америкаликлар ҳам келиб таранг қилишмоқда. Continue reading

Jahongir Muhammad: “Qiyomat kuni” (1)

Blogda yozib borilayotgan tarixiy-zamonaviy roman

-1-

Toshkent. Oqsaroy.

-Soipovni sen otdingmi?-dedi Karimov Inoyatovga sim qoqib.

-Yo’q, men otganim yo’q!

-Bilaman, sen otganing yo’q! Lekin seni bolalaring otdimi deyapman?

-Yo’q, ular ham mendan so’roqsiz bir ish qilmaydilar va men ham sizdan so’roqsiz bir ish qilmayman.

-Unda nega hammayoqda vatavang? Continue reading