Prezident tansoqchisining kundaligi
15. Oltin tangalar
Gulya menga qaradi, men unga. Ikkalamiz ham jim. Uning ko’zlarida nafratsimon to’lqin aylanmoqda. Kimdan nafrat qiladi? Mendanmi? Kim bo’libdiki, nafrat qiladi? Osmondan tushgan oymidi? Bu yerdagi go’zallar oldida u loyga botgan go’salaga o’xshab qolgan. Qiz deganni nozi bilan birga mehri ham bo’lishi kerak. Suzaman degan qo’chqordek o’qrayib turibdi. Nima emish, biz bilan Toshkentga borarmish. Buning uchun sal pastroqqa tushish kerak.
Unga bir narsa demoqchi bo’lib turgandim adam eshikdan kirib kelgan bir kishidan׃
-Maxsus yuk keldimi?-deb so’radi.
U “Ha” ishorasini qilishi bilan menga qarab׃
-Bo’pti, oshiq-mashuqlikni keyinga qoldiramiz, ketdik, davlat ishini bajarishimiz kerak,-dedi. Keyin Gulyaga׃
-Bor, adang bilan gaplash, nimani muhokama qilish va nimani muhokama qilmaslikni, qayerga borish va qayerga bormaslikni o’rgatib qo’ysin,-dedi. Continue reading
Filed under: Oltinchi qavat | Tagged: oltin tangalar, prezident tansoqchisi | 1 Comment »
You must be logged in to post a comment.