Oltinchi qavat (Qissa)

taychiPrezident  tansoqchisining kundaligi

12. Bokschi va chumoli

Majlis oldidan hamma narsani hozirlab qo’yishgan ekan. Putin׃

-Qo’l qo’yamizmi?-dedi.

“Ketdik!”, deb qo’l qo’ya boshlashdi. Yordamchilar bir zumda imzolangan hujjatlarni ko’tarib chiqib ketishdi.

-Tilivizunga kim nimani gapiradi?-deb so’radi Putin.

-Boshida kelishganimizdek, kimning “xo’rozi” yutsa o’sha gapiradi,-dedi “Abishich”. – Ammo “Tilivizun” degani “tili uzun” deganidir. Buni ham unutmaylik!

-Men Samarqand va Buxorini haligacha ololmaganim haqida gapiraman,-dedi qoraqosh “Otarchi”. Continue reading