Oltinchi qavat (Qissa)

ostonaPrezident  tansoqchisining kundaligi

11.Xalta

Qo’rquv insonning qonida bor deyishadi. Kimdir halokatdan qo’rqsa, kimdir falokatdan.

Prezident samolyotning to’satdan qalqib ketishidan qo’rqdi. Buni bir qarashda sezishingiz mumkin edi. Rangi oqarib, qo’llari titrab qoldi.  U biror narsani tutaman deb joy topolmayotgan ko’r odamga o’xshardi. Bu qancha davom etdi, bilmayman. Balki bir soniya, balki ko’proq. Lekin tezda eski holiga qaytdi va hech narsa bo’lmagandek joyiga  yastanib oldi. Nafasini rostladida:

-Nima gap?-deb baqirdi. Ovozi shunchalar kuchli ediki, quloqlarim qang’illab ketdi. Uning boyagi qo’rquv holati menga ko’chdi. O’zim bilmagan holda titrayotgandim. Nima bo’lganini qayoqdan bilaman? Nega menga baqiradi? Xayriyatki, ichkaridan komandir yugurib chiqdi va:

-O’rtoq Prezident, kechirasiz, samolyotga qo’yiladigan zinaning motori to’xtamagan ko’rinadi, shiddat bilan kelib urildi…,-dedi. Continue reading