“Boshqa dunyo” kitobidan boblar

14.Hadik

-Azizlar, Xudoga shukur o’zimizning mustaqil vatanimiz va aziz yurtboshimiz bor. Garchi Amerikada mardikor bo’lib yurgan bo’lsakda ana shu tuyg’ular bilan yashaymiz. Men o’zim juda katta olimlar sulolasining a’zosiman. Oilamizdan men kabi fan doktorlari juda ko’p chiqqan. Taqdir taqozosi ekan, mana besh-olti yildan beri Amerikada yuribman. Mehnatning oq-qarosi yo’q. Kuchimiz etgancha ishlab u yo’qda qolgan oilamizga etkazib turibmiz. Meni quvontiradigan yana bir narsa bugun shogirdlarimizni Qozog’istonda, Rossiyada, Avropada va mana Amerikada ham uchratish mumkin. Shu erda atrofimizda ham shogirdlarimiz o’tirishibdi. Kelin ham shogirdimiz. Kelin-kuyovga arzimas  bir hadya olib kelganmiz…

O’zbekistonlik  bu professor majlisda emas, to’yda nutq so’zlayotganini payqadingiz. Kelinning ustozi ekan. Bu erdagi to’ylar qiziq. Gapirgan odamni deyarli hech kim eshitmaydi. Chunki kimdir gapirayotgan paytdagina sal tinchlik bo’ladi va odamlar yonlaridagilar bilan hol-ahvol so’rashib ulguradilar. Bo’lmasa musiqa sasining balandligi va hammaning o’rtaga chiqib o’ynashidan hol-ahvol so’rashga ham  imkon bo’lmaydi. Continue reading