13.Begona birodarlar
Poytaxt Vashington alohida shtat ham emas, birorta shtatga ham kirmaydi. Shu nomda alohida shtat bor. U Tinch okeni tomonda. Vashington shahri esa Atlantikaga yaqin-poytaxt, mustaqil shahar. Uncha boy emas. Chunki Amerika soliqlar hisobiga yashaydi. Soliqlarni esa shtatlar va federal hukumat yig’adi. Shuning uchunmikan, Vashingtonning ko’chalari o’ydim-chuqur, mashina qatnovi yomon, uy-joylar eski. Lekin yangi va yaxshi uylari ham bor, juda qimmat turadi. Bu shaharda boy odamlar anchagina. Shunga qaramay, Oregondek joydan ko’chib kelgan uchun ilk taassurot-g’arib shaharga o’xshaydi.
Aksariyat odamlar Vashingtonda ishlagan bilan bu shaharni o’rab turgan Virjiniya va Meriland shtatlarida yashashadi. Shahar va shaharni o’rab olgan joyni Metropolitan mintaqasi deyishadi. AQShga Afg’oniston, Turkiya orqali ko’chib kelgan 140-150 o’zbek oilasi ham mintaqaning Virjiniya qismida yashaydi. Bu joyni Shimoliy Virjiniya deyishadi.
Filed under: Boshqa dunyo | Leave a comment »
You must be logged in to post a comment.