Boshqa dunyo

mashinalar12.Mashina savdosi

“Birinchi mashinam” bo’limida “Hunday” (Hyundai) voqeasiga kelib qolgandik. Davom etamiz.

Bunday mashinalarni Amerikada sotadigan dillership yangi ochilgani uchun kredit tarixi(xarid va to’lov tarixi)ga qaramasdan  qarzga berdi. Ikki yilga foyizdan ozod ham qilishdi.

Qarzga oldik… qani endi uyqu kelsa? Eng yomon ko’rganim qarzdor bo’lish. Buning ustiga uni maydalab to’laguncha qiymati qirqta qirdan oshib ketadi. Foyiz oladida. Shuning uchun “Yemaymiz, ichmaymiz, qarzdan qutulamiz” shiorini ishga soldim. Qisqa vaqtda mashina o’zimizniki bo’ldi qoldi.

Lekin olti kishilik oila bitta mashina bilan  hech narsaga ulgurmas ekan. Biz turgan joyda avtobuslar yurmaydi. Avtobus yuradigan yo’lga qadar 2-3 kilometr. Umuman Amerikada topgan pulingizning anchagina qismini mashina “yeydi”. Sug’urtasi ham “falakda”. Markaziy shaharlarda jamoat transporti bor. Ammo  sharoit yaxshi emas.  Sharoiti tuzukroq joyga bordingizmi, mashinangiz bo’lmasa hayot yo’q. Bir umr mashinaga pul to’laysiz.

Bir kun biz ijarada turgan uyning sohibi o’zi mashina tuzatadigan korxonada “Volga”ga o’xshagan “Kraysler”(Crysler, New Yorker, Limited edition)ni sotmoqchi ekanini aytib qoldi. Bordik. Juda go’zal mashina ekan.  Hamma joyi temirdan. Baquvvat. Minib ko’rdik. Xuddi Kaspiy dengizida suzadigan parom kabi yumshoq yuradi va tovushi eshitilmaydi. Lekin olti silindrli bo’lgani uchun benzinni ko’proq yer ekan. Continue reading