Boshqa dunyo

kitob11.Tangri tarafdori

Oregonda qish va bahordan chiqdingizmi, kuzga tutilasiz, degan gap bor. Bu degani yilning qariyb hamma vaqti yog’ingarchilik bor va yoz juda qisqa degani. Shuning uchunmikan, yoz “odim otdimi” aksariyat odam dam olish kunlari yo parklarga chiqadi yo Tinch okeani sohiliga qarab yo’l soladi. Quyoshli kunlarning birida Bivertondagi markaziy parkka chiqdik. AQShning boshqa joylarida bo’lganidek, bu yerda ham  “stol-stul”lar  o’rnatib qo’yilgan. Yonginasida esa qo’ra. Bittasida uyda “marinovat” qilib kelingan qo’y go’shti va tovuq oyoqchalarini jizillatayotgandik, novcha bir kishi kelib qoldi׃

-Assalomu alaykum, o’zbek ekansiz, Xudoyimdan aylanay,-dedi.-Sakkiz yildan beri o’zbekni uchratmagandim.

U tinmasdan gapirardi. Eng qizig’i u adabiy tilda xuddi diktorlardek, nutq irod qilgandek so’zlardi. Birov yozib bergan va u o’qimoqda, deb o’ylardingiz.

Ismi Mahmud, o’zi Chinozdan ekan. Ko’rinishidan o’ttizlardan oshib qolgan.

Bir zumda borib mashinasidan umr yo’ldoshi va uch farzandini ham boshlab keldi. Mashinasi qimmatbaho-“Mersedes”. Amerikada bunga etish oson emas. Avropadan olib kelishgani uchun bahosi osmonda. Buning ustiga qo’shimcha soliq ham olishadi -yiliga bitta oddiy mashinaning pulini to’lab turasiz. “Mersedes” minganlarning dimog’i baland bo’ladi, ammo bu yigit juda kamtar ekan. Qo’limdan otashkurakni olib “Mana bunaqa qilib pishiradilar” degandek ishga kirishib ketdi. Qo’li ishda, tili tinim bilmaydi. Continue reading