Savol-Javob

“Tuz” Karimovning qo’lida

SAVOL: Jahongir aka, May oyining (21-22) oxirida  Chikagoda NATO yig’ini bo’ladi deyishmoqda va amerikalik tujjorlar shu yig’inda Barak Obamadan Islom Karimovni qabul qilishini so’rashibdi. Siz qanday fikrdasiz, butun dunyoning Karimovga qarshi ekanligini bila turib, Obama unga qo’l uzatadimi? (S.Sodiq).

JAVOB: Siyosatni turli o’yinlarga o’xshatadilar. Ba’zilar uni shaxmat o’yini deydi. Lekin shaxmat o’ynash uchun aqlli bo’lish kerak. Bugungi dunyoga qarasangiz, siyosat ko’proq qarta o’yiniga o’xshab qolgan. Bu o’yinda asosiy narsa aqlga emas, shumlik va tasodifga bog’liq.

Siz aytgan masalada “tuz” Karimovning qo’lida. Istasa “tuz”ni ko’rsatadi, istamasa yo’q. Boshqacha aytganda, istasa Chikagoga keladi va istamasa kelmaydi. Agar kelsa, Obama u bilan uchrashishga majur. Buning ikki sababi bor. Biri texnik sabab, ikinchisi siyosiy.

Siyosiy tomoni shundaki, Obamadan Karimov bilan uchrashishni so’rayotganlar orasida uning eng suyangan tog’lari bor. Masalan, ulardan biri “General Motors”. Bu Obamaning qalqoni. Kelayotgan saylovlarda ham uning kelajagi qaysi bir jihatdan shu kompaniya bilan bog’liq. Obama Oq uyga kelishi bilan yiqilayozgan bu kompaniyaga soliqchilar hisobidan juda katta miqdorda pul berdi va bu keskin tanqidlarga sabab bo’ldi. Hozir bu kompaniya olingan pulni qaytarmoqda va Obamaning saylovoldi uchrashuvlarida tilini uzun qilmoqda. Demak, O’zbekistonda mashina chiqarayotgan bu kompaniyaning kelajagi Obamaga befarq emas.

Texnik sababga kelganda esa, Obama uchrashmayman desa ham uchrashadi. Chunki umum majlislarda va suratga tushishlarda alfabet bo’yicha amal qilinadi, (USA, Uzbekiston) va Karimov Obamaning yonginasida turadi. Esingizda bo’lsa, Klinton davrida (1999-yil) NATO yubileyida bunday yonma-yon turib suratga tushib qolishni Karimov o’z maqsadi yo’lida oshirib-toshirib propaganda qilgandi.

Dunyodagi bir qator mamlakatlar va tashkilotlar Karimov haqida nima desalar desinlar, Obamaning ikki ro’kachi bor:

Birinchisi, Afg’onistondan chiqishda O’zbekistonga ehtiyoj mavjudligi.

Ikkinchisi, O’zbekistonda qo’llab-quvvatlaydigan boshqa siyosiy kuchning yo’qligi.

“Arab bahori”dan ruhlangan andijonliklar tashabbusi bilan tuzilgan “O’zbekiston Xalq harakati” dastlabki kunlarda AQSh diqqatini tortgandi va Davlat departamenti vakillari Olmoniyaga borib bir necha andijonlik bilan uchrashib, gaplashgandilar ham. Lekin mazkur harakat boshiga chiqib olgan ba’zi kimsalarning darhol G’arbga va Amerikaga qarshi keskin bayonotlari, demokratik tuzumni kufr deb e’lon qilishlari, terrorist kuchlar bilan til biriktirishga urinishlari, Turkiya maxsus doiralari qo’lida o’yinchoqqa aylanib qolishlari, kurashni diktaturaga emas, demokratlarga, o’z tanqidchilariga qarshi yo’naltirishlari umidlarni puchga chiqardi. Andijonliklarning bu harakatni tark etishlari bilan “Arab bahori” nasimining esishi bitdi, xalq harakat nomi ostida qolgan sanoqli odamga ergashmadi va bu marginal guruh ilgarigi missiyasiga qaytdi-janjalchi to’daga aylandi.

Tabiiyki, bunday sharoitda makkor Karimov qo’liga chiqqan “tuz”ni yana bir bor shumlik bilan o’ynaydi. Obama esa chorasiz.

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: