Savol-Javob

Savob so’qmog’i

SAVOL׃ Liderlikka da’vogar bo’lmasangiz, siyosiy tashkilotlarga kirmasangiz, O’zbekistonga qaytib mansab olishni istamasangiz vaqtingizni ayamay savollarga javob beraverishning Sizga nima qizig’i bor? Bu menga jumboq bo’lib qolmoqda. Shu jumboqni yechishda yordamlasha olmaysizmi? (Tohir).

JAVOB׃ Bilasizmi, savol savobga yetaklaydigan so’qmoqdir. Biror davrada o’tirsangiz, kuzating, hammaga ham savol berilmaydi. Kimki mantiqliroq yoki kutilmagan bir gap aytsa, hamma o’sha tomonga qayriladi va bir narsalarni so’ray boshlaydi.

Kelayotgan savollarga ana shu nuqtai nazardan qarayman. Boshqacha aytganda, o’zimni sababchi deb bilaman. Demakki, nimadir deb qo’ydim va  savol uyg’otmoqda. Bu birinchi sabab.

Ikkinchi sabab esa, bilganlarimni, hayotiy tajribamni o’zim bilan olib ketishni emas, kimlar bilandir o’rtoqlashishni istaganimdir.

Va nihoyat uchinchi sabab, dunyodagi, atrofdagi voqealarga befarq qololmaganim.

Elektron manzilimda “SAVOLLAR” degan “papka” ochganman. Kelgan savollarni shu “papka”ga “ko’chiraman”. Ba’zilar xafa bo’lib, qayta-qayta ham yozishadi. Ularga doim uzrimni aytib qo’yaman. Lekin ayrim savollarga darhol javob bergim kelmaydi. Ayrimlari yuzasidan bir narsalar o’qishim talab etiladi.

Ba’zan kayfiyat va ba’zan vaqt yoki mas’uliyat undab shu “papka”ni ochamanda savollar ichidan bittasini tanlab, javob yozaman.

Ba’zan esa xuddi dilimdagini uqib turgan kabi bitta savol kelib qoladi va uni “papka”ga otmasdan darhol javob yozib qo’ya qolaman.

Savob ish qilish uchun ko’chaga chiqib, gadoy qidirib yurish kerak emas. Har qanday yaxshi niyatli ish ham agar Yaratganning o’zi xohlasa, uning nazdida savobdir.

Ba’zan javoblarim foyda qilganini yozishadi. Bunday e’tiroflar ko’nglimga “Balki shu ishim savobdir” degan tuyg’uni soladi.

Albatta ranjitadigan savollar ham bo’ladi. Hamma savollarga javob berishim yoqmaydiganlar ham bor va ular meni boshqa sohalarga aralashishda ayblaydilar. Ularga “Juda qulay imkoningiz bor, saytimni ochmang” deb javob qilaman. Ko’rdingizmi, baribir javob qilish kerak.

Lekin bugun Sizning savolingizdan foydalanib, o’n yildan beri yaxshimi-yomonmi menga savol yo’llaganlarga chin dildan minnatdorchilik bildirmoqchiman. Chunki ular meni savob so’qmog’iga boshlashdek xayrli ish qilganlar.

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: