Diktatura qilmishlariga xalq ham aybdor deydigan bo’lsak, u holda zolimning zulmiga sherik bo’lamiz
FIKR: Jahongir oka sizni biz oddiy axoli(xalq)ga qaraganda siyosatimiz haqida tushunchangiz yetarlicha ildamroq sizga savolim shuki nahotki bugunga kelib HAQ Allohu taolodan na xayiqadigan na qo’rqadigan bu(UZB xalqimiz)hammasi ham emas aniqki yarimidan ko’bi yangi Yurt boshi kelgandan keyin ham yaxshi bo’lib ketadi deb o’ylasangiz?
Nega hamma bir narsaga yopishib olgan men Karimov tarafdori emasman biroq shuni aniq bilamanki Uzbekistonimizdagi bu ayanchli vaxshiy holatga yagona KARIMOV sababchi emas.
Yurtimizni qay burchagiga bormaylik hattoki odamiylikni bilmaydigan shaxslar bor demoqchimanki UZB.da xalqning ko’pchiligi aqlan qashshoq bemexr oqibat diyonat vijdon degan tuyg’ulardan ancha yiroq meni fikrim biz yangi YURT boshini siyosatimizni taxlil qilmasdan aholini fikrini unuversal yetuk bo’lishini rejalarini o’ralarini kavlasak bo’larmidi shunda InshaAlloh siyosatimizni va boshqa boshqaruvlarni faol ongli insonlar boshqaramidi balki siz aytishiz mumkin iqtidorli yoshlarni ko’bhiligi chet ellarda deb biroq ular ozlik qiladi 23 yillik kufr sharoitda vatanda juda ko’b faxsh narsalar aholini miyasiga o’rnashib bo’ldi ularni o’chirish kerak deb bilaman hamma yurtdoshlarimga Allohdan Jannatni tilab qolaman.amiyn abu Sufyon
Javob: Agar hamma narsaga Karimov javobgar emas deydigan bo’lsak u holda ilgari yozganimdek, Karimov diktator emas va O’zbekistonda diktatura rejimi yo’q degan xulosaga kelinadi.
Diktator va diktaturaning fitrati ko’p o’rganilgan va bu borada uzil-kesil gap aytilgan.
To’g’ri, diktator bilan qo’shilib xalqqa zulm qiluvchilar ham bo’ladi. Ular qonunlar oldida jazolarini olishlari shart.
Agar O’zbekistonda boshqa tuzum bo’lganda bugun boshqa manzarani ko’rgan bo’lardingiz.
Hech kim hech qacon butun xalqni ayblay olmaydi va bunday huquq hech kimga berilmagan.
Aytganingiz kabi O’zbekistonda rejim o’zgarishi bilan darhol hamma narsa o’zgarib qolmaydi.
Karimov odamlarni 20 yilda o’zgartirdi. Demak, yangi bir avlod yetishib chiqishi uchun kamida yana shuncha yil kerak bo’ladi.
Lekin buni tezlashtirish ham mumkin. Sho’rolar 70 yil buzgan tafakkur 10-15 yilda qayta uyg’ongandi.
Katta jamiyat keng qamrovli bo’ladi. Kimdir bir narsani fahsh deydi. Kimdir o’sha narsani sevadi. Kimdir din tarafdori, kimdir ateist va hokazo.
Mening gunohlarim uchun sizga, sizning gunohlaringiz uchun menga jazo berilmaydi.
Yaratgan juda odil va jazoni har kimning o’z qilmishiga qarab beradi.
Shunday ekan, biz odamlar axloqsiz deb diktatorning bir qism aybini ularga yuklashimiz kerak emas.
Yaratgan bizga odamlarning fitratini isloh qilish vakolatini bermagan. Har kimga o’zini o’zi isloh qilish haqqini tanigan. Uning adolati ham shunda.
Bilib-bilmay Uning vakolatiga sherik bo’ladiganlar esa Unga shak keltirayotganlardir va ularning jazosini ham Uning o’z beradi.
Xullas, rejim o’zgarsa odamlarda o’zlarini o’zlari isloh qilish imkoni paydo bo’ladi. Bu siyosatga, iqtisodga, odil qonunlarga bog’liq bo’lgan narsadir.
Demak, biz nimadir qilmoqchi bo’lsak ana shu yo’nalishda qilishimiz mumkin.
Diktatura qilmishlariga xalq ham aybdor deydigan bo’lsak, u holda zolimning zulmiga sherik bo’lamiz.
Fikrgingiz uchun rahmat. Yaratganga omonat!
JM
Filed under: Savol-Javob |
Necha marta aytish kerak, yurtboshi degan so’zni unutung. U prezident, prezident esa, siz va mening hisobimga oilasi bilan kun ko’rayotgan qishloq farroshi(cho’poni,otarchisi, moldo’xtiri va h.k.) Mamarayim bovadan ortiq emas. Mamarayim bovaning xizmati yoqmadimi, uni haydab yuborib,Abdirayim bovani ishga olishni o’rganishimiz kerak. Prezident, mullachalar aytganidek bizga olloh tayinlagan noyyib emas. U siz va mening xizmatimdagi odam xolos.