Muxlislar ijodidan

O’zbekcha dars

(Davomi)
Pavlik,Sereja,Boleslav,Kopov,serjant Bunin degan safdoshlarimiz halok bo’lishdi.
Serejani minomyot ikkiga bo’lib yubordi.
Kopovni topganimizda yuztuban yotar ko’zining oq qismi kosasidan chiqib qolgandi,nemis snayperi ko’krak qiyofali nishonni ermak qilganday ko’rish a’zosini nishonga olgandi…
Bir qancha to’pni og’ziga granata tiqib stvolini qiyshaytirdik ya’ni endi bizga xavf sololmaydigan darajada yaroqsizladik.
Biroq tezgina orqaga yo’naldik.Chunki dushman bizdan ancha ustun,ayniqsa bronetexnikasing sanog’i yo’qdek tuyulardi.Har o’nta texnikasiga esa odatda ko’pi bilan ikkita tankimiz g’ildirab maydonga kirar,ko’pchilik tankistlar esa o’qsizlikdan shikoyat qiladi.
Poltoratskiy har doimgidek so’kong’ich.Ayniqsa muaffaqiyatsiz kompaniyadan keyin quturgan itdan ham battar yovuzlashib ketadi.Atakaga kirmagan askarlarni so’roqsiz otib tashlaydi.Uni ham ayblab bo’lmasa kerak,negaki urushni u boshlamagan,Germaniya bilan bitimni ham u imzolamagan…
-Igorchik,agar orqaga qaytadigan bo’lsak bu yerda kimdir qolishi kerak-dedi u sariq sochli rus yigitga.
-Xuddi shunday qilamiz o’rtoq komandir men qolib ertalablari nemischa salom beraman ularga -qarama-qarshi tarafga ishora qildi u.
-Barakalla haqiqiy kommunistcha javob qilding o’g’lim.Lekin darrov orqaga qaytishlaringni ta’minlab beramiz!

Oxirgi gap ko’ngil uchun aytilganini sezib turibdi hamma, biroq nimagadir ishonmasang bu chirkin olamda yashashning qizig’i yo’q.
Uni ko’nglini ko’tarmoqchi bo’lib oldiga yaqinlashaman,
ammo nima deyman?
-O’zi nemischa gaplashishni eplaysanmi?
-Faqat ertalabki salomni bilaman…-u xuddi bo’shliqqa tikilganday bir nuqtadan ko’zini uzmasdi.
-Balki bir-ikki so’kishni o’rganarsan-dedi hazillashib Vladik.
-Yo’q do’stim, bizlar madaniyatli xalq bilan so’kishib muloqot qilmaymiz shunchaki salomlashamiz xolos.
-Bunga vaqt ham bo’lmasa kerak…
Doim iljayib yuradigan bu yigit ham jimib qoldi.
U o’yga cho’mgan edi.
Ehtimol yana bir dovyurak safdoshi bilan xayolan vidolashayotgandir,oxirgi bor ko’rib turganini his qilib gapirgandir balki…

Ertalab yana dushman hujumini qaytardik.
Avval obdon artilleriya o’qqa tutdi so’ngra tanklar bostirib keldi,osmonda samolyotlar paydo bo’ldi lekin hujum keng qamrovli bo’lmadi.
Ortlariga to’la burilib jo’nab qolishdi.
Ularning bu harakatini Vladik “obed qilgani ketishdi”deya izohladi.
-Na chora uchinchi reyxning navbatdagi qurboni bo’lish biroz vaqt kutib turadi,biz esa ularning mehnati mahsuli bo’lgan manabu konservalarni tamaddi qilib olsak yomon bo’lmasdi-u to’rvasidan konserva chiqardi!
Hamma to’y bilan, bo’ri qo’y bilan deganlariday ataka payti o’z ishini bajarganda!

Rustam.

One Response

  1. To’grilik egilgan kun bu,
    Egrilik quvnagan..
    Haqiqat yanchilgan..
    Yuraklar g’ashlagan,
    shoirlar ham qaqshagan kun bu.

    Vujuding,aqling yolg’onga tashna hatto tiling yolg’on to’qiydi
    Nahot bolalaring endi faqat yolg’on o’qiydi?

    Yolg’on dema hammasi rost-ku
    Bu kunlaring senga la’natku,
    Dunyo kuladi-ku holingga xalqim
    Bu o’sha mag’rur Temur zuryodku

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: