Savol-Javob

Karimovdan shavqat kutsa bo’ladimi?

SAVOL׃ Jahongir aka, nima deb o’ylaysiz, bugun Karimovdan shavqat kutish mumkinmi? (Akram).

JAVOB׃ Bilasizmi, Karimovdan shavqat kutish mumkin emasligini 20 yil oldin tushunganman.

Bitta misol keltiraman׃ SSSR Xalq deputati Ahmadjon Muxtorov Islom Karimovning taxtga kelishi uchun ko’p xizmat qilgan. Lekin u “Xalq so’zi” gazetasining Bosh muharriri ekan, ikki voqea bahonasida Karimovning zulmiga uchradi.

Gazetada Toshkentdagi Markaziy Univermag orqasidan narsa sotilishi va oldida turnaqator navbat borligi haqida fotoreportaj chiqdi. Mirabror Usmonov Savdo vaziri edi va darhol Karimovga shikoyat qilgan. O’zini hokimiyatga keltirganlardan qutulish uchun bahona qidirib yurgan Karimov o’sha kunlari “Xalq so’zi”da chiqqan O’ktam Hakimalining “Olloh” degan maqolasini ham ro’kach qilib Muxtorovni “Ketsin” degan.

Bunga javoban gazeta jurnalistlari namoyish o’tkazdilar. Biz deputatlar ham qo’shildik. O’shanda oraga MXX raisi G’ulom Aliev kirdi. U voqeadan Karimovning xabari yo’qligi va bu ishlarni Oliy Majlis raisi Shavkat Yo’ldoshev hamda Bosh vazir muovini Erkin Samandarov uyushtirganini aytib, o’zi Islom aka bilan gaplashajagani takrorladi. Ahmadjon aka unga ishonadi va namoyishlarni to’xtatishni talab qildi.

Lekin “Islom akadan” shavqat bo’lmadi. Biz Oliy Kengashda katta janjallar bilan Muxtorovni joyiga tikladik, lekin Karimov baribir yana bo’shatdi va ishsiz qoldirdi.

U Samarqandda ekan boshiga qon quyilib, xastalanib qoladi. Samarqandda davolashning iloji bo’lmaydi. Uni Toshkentdagi hukumat kasalxonasiga yotqizmoqchi bo’lishadi. U olgan unvonlari bo’yicha ham o’sha kasalxonada davolanishga haqli edi. Lekin Karimovdan izn olish kerakligini aytishadi. Oraga Muxtorovning Toshkentdagi yon qo’shnisi Zelemxon Haydarov, “Islom akaning” ishongan odami Ismoil Jo’rabekov va boshqalar kirishadi. Lekin Karimov shavqat qilmaydi.

O’zbek xalqining sharafi uchun jallod Gdlyanlarga qarshi chiqqan va eng muhimi o’zining taxtga kelishi uchun Moskva bilan jang qilgan kishi 63 yoshida miyasiga qon quyilib yotganda unga o’limidan oldin oddiy odamgarcilik ucun bo’lsada shavqat qilmagan zolimdan bugun qanday qilib mehr kutasiz?

Yo’q, Karimov tosh qalbli odam va unda mehr-shavqat degan narsa yo’q, uning qalbida bugungacha mehr-shavqat tug’ilmadi, bundan keyin ham tug’ilmasligi aniq. Bu yuqoridagi kabi minglab, balki millionlab voqealardan chiqaragan xulosamdir.

JM.

Quyida Ahmadjon Muxtorovning SSSR Oliy Sovetidagi chiqishlaridan bir lahzani ko’rishingiz mukin:

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: