Савол-Жавоб

Яхши яшаш учун Америкадек жой йўқ!

САВОЛ׃ Бирор бир исломий давлатда яшар олармидингиз?(Олимжон).

ЖАВОБ׃ Исломий давлат деганда қайси давлатни назарда тутгансиз, бу менга қоронғу. Чунки дунёда исломий давлатнинг ўзи йўқ. Лекин исломнинг баъзи қадриятлари ёки қонунлари жорий қилинган мамлакатлар бор. Агар Туркияни шундайлар сафига қўшсангиз, у ерда бир неча йил яшаганман.
Агар исломий давлат деганда Саудия Арабистонини назарда тутсангиз, у ерда бир кун ҳам яшай олмайман, ўлдиришса керак. Яқинда австралиялик бир мусулмон йигит ҳажга бориб, илгари айтган гапи учун 500 даррага ҳукм қилинганидек мени ҳам ё зиндонбанд этишади ёки ўлдиришади.
Чунки ўзимни жуда эркин одам деб ҳисоблайман ва дилимдан кечганини айтишга ёки сўрашга ҳеч иккиланмайман, бировдан ҳайиқмайман. Масалан, Туркияда битта шайхга ”Тақсир, мен Худога тўла ишонаман, лекин одамнинг қўли аралашган нарсалар борасида саволларим кўп. Масалан, ояти шарифлар нозил бўлган. Бу ҳақ. Лекин уларни тўплаган ва хатга туширган одамлар, шунинг учун менда саволлар бор…” деб гап бошлашим билан׃
-Яхшиямки Туркиядасиз, шукур қилинг. Агар Саудия ёки Покистонда бўлсангиз қаттиқ жазо олардингиз,-деганди шайх.

Кўрдингизми, фақат савол бермоқчи бўлганим учун шу жавобни олганман. Эҳҳ-е, яна қанча гапларим бор.

Яшаш жойи масаласига келсак, Яратган Эгамга минг шукрки, Ватандан қувилганимда у менга бошқа бир жойни эмас, Американи насиб эттирди. Америкада ҳаёт тарзи қобилиятингиз ва ишингизга қараб қуйидан тепага ўсиб боради. Маълум бир даврда маълум бир даражага етиб олгандан кейин дунёнинг ҳеч қаерида яшай олмайсиз. Мен бормаган ва кўрмаган мамлакат оз қолди. Баъзиларига бир ойга бориб, икки ҳафтада қайтиб келган пайтларим ҳам бўлди. Пулингиз етарли бўлгани ҳолда Америкадаги шароит ва муҳитни, муносабат ва муомалани топа олмайсиз. Бу ердаги бағрикенглик, табиий ва қалбий тозалик, тенглик, эркинлик, камситилмаслик, қобилиятингизни ишга солиш учун имкониятлар дунёнинг мен борган ва кўрган бирор мамлакатида йўқ.

Шунинг учун ҳам Ўзбекистондагиларга қўлимдан келгани қадар ёрдам қилишга уринаман. Бу мансаб ва манфаат илинжида эмас. Бу икки нафс ўзимда тўла қондирилган.

ЖМ.

20 Responses

  1. Hurmatli Jahongir Mamatov
    Men to’satdan internetda sizning web sahifangizga kirib qoldim(va o’zim uchun sizni “kashf” qildim) sizni ishontirib aytamanki,bundan ancha ilgari ham mening VATANimizda yuz berayotgan voqealarga nisbatan o’z qat’iy pozitsiyam mavjud edi.Bu pozitsiya esa meni tuzum haqida haq gapni aytishga,vijdonim oldida va chin vatanparvar inson sifatida faqat va faqat haqiqatni aytishga ruhlantirib keldi,sizning sahifangizga kirgan ilk kunim(o’shanda googldan ma’lumot izlab to’satdan kirgan edim)men uchun juda maroqli bo’ldi,”IAK”ni va shoshmasdan boshqa kitoblaringizni o’qib,navbati bilan o’qib chiqish chog’ida “men yolg’iz emas ekanman”deb o’zimga o’zim murojaat qildim (siz IAKda aytganingiz kabi.) va yana o’shanda nafratdan necha yillardan buyon qalbimda tug’yon urgan g’azab birdan “qah-qahlab”zulm va yolg’on ustidan kuldi. Bugun vatanda menga o’xshagan fikrlaydigan kam emasligini bilishingizni xohlayman

    • Hurmatli Rustamjon!
      Maktubingiz va iliq fikrlaringiz uchun rahmat.
      Meni ruhlantirgan va ruhlantiradigan va men uchun juda qimmatli bo’lgan gap bu-“Bugun vatanda menga o’xshagan fikrlaydigan kam emas” degan gap.
      Dunyoni qurollar emas, zolimlar emas fikrlar o’zgartiradi.
      Rahmat siz kabilarga!

  2. Assalomu alaykum.Hurmatli Jahongir aka sizga savollarim bor edi.
    1) Turkiyadagi shyxna nima deb savol bermoqchi bulgan edingiz?
    2)demokratiya kufr qonuni deganda qanday qaraysiz?

  3. Dunyoni haqiqatdan ham fikrlar o’zgartiradi,mana sovuq urush davrini(1945-1991) olaylik ikki bipolyar tizim,mafkuraviy-siyosiy, harbiy- strategik jihatdan o’z ta’sir zonasiga aylantirishga uringani,ularning qarama-qarshiliklari nihoyasi o’laroq,(garchi hozir ham davom etayotgan bo’lsada) Padarla’nat ittifoqda(CCCP) M.S Gorbachev boshliq bir guruh haromxo’rlarning “oshkoralik”haqidagi “fikrlari” AQSH prezidenti ta’biri bilan aytganda “YOVUZLIK IMPERIYASI”ning oshkoralikning ilk nafasidanoq jahannamga ravona bo’lganligi bir misoldir. O’sha davr “hikoyalari” esa sizning kitoblaringizda…
    Voqealar esa teskarisiga ketdi…
    “Xo’sh biz yashayayotgan davr qanday xususiyatlarga ega? jahonda yuz bergan,berayotgan,dunyoning jug’rofiy-siyosiy tuzilishini va xaritasini tubdan yangilagan o’zgarishlar hozirgi zamon va kelajak uchun qanday tarixiy ahamiyatga molik?”(shu haqda mulohazalaringiz) bular haqida TO’G’RI mulohaza yuritish haqiqatdan ham muhimdir. Shunday emasmi?
    Men atrofimdagi voqealarga tanqidiy jihatdan yondashib, “Tanqid-kelajakning mevasi” degan iddaoni ilgari surib yashamoqdaman.
    Xo’sh sizda “do’zaximizni” butunlay boshqacha,hatto “yigirmalik” “katta yettilik” qatoriga qo’sha oladigan muayyan konsepsiya,strategik reja bormi?(o’rtoqlashing)
    Sizga hurmat va abgor bo’lgan muqaddas ona “VATANimiz”dan SALOM ILA-R.

  4. As.Al (men ham o’rganib olyapman,aslida bu hammasi mayda-chuyda gaplarku! Shuniyam ayrimlar o’ziga nisbatan yoqimsizlik deb qabul qilishi menimcha yaxshi emas.)
    Xullas, Jahongir aka maktubimni qabul qilgan bo’lsangiz sahifangizda savollarimga javob yozing iltimos,axir kutyapman! sizga Hurmat bilan R.

    • AS AL
      Alabatta javob yozaman… Ozgina vaqt bering…T
      “To’yona” deb nomlangan video suhbatda ham savollaringziga javob bor. Ilgari yozganlarimda ham. Shunday bo’lsada yana bir marta yozaman. Siz ko’targan masalaga ikki qator bilan javob qilib bo’lmaydi. Toqat va bardoshingiz uchun rahmat!

  5. Rahmat Jahongir aka! Albatta bu savollarim juda keng qamrovli binobarin men har ikki soatda web sahifangizga kirib tekshirib turishdan charchamayman,chunki bu meni doim o’ylantirib kelgan va “Qanday qilib har tomonlama mukammal,qolaversa yuqori hayot darajasini o’z fuqarolariga “tortiq” qila oladigan jamiyat qurish mumkin” degan o’y meni bir zumga tark etgani yo’q! Yevropaning ilg’or davlaridan qanday qilib o’zib ketish mumkin? Buning uchun nima qilish kerak?
    Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi bu davlatlarda ham jumaladan bank-moliya tizimida ham yetarlicha muammolar mavjudligini isbotladi.
    Shu savollar meni doim o’ylantirib kelgan Jahongir aka.

  6. (Boshqa partiya va harakatlar haqidagi qismi manupulyatsion-provakatsion bo’lgani uchun qisqartirildi. Uzr!)
    Do’zax va Pulisirot haqida esa yozganingizga qo’shilaman-bu ko’rinib turgan narsa
    24-yillardagi milliy hududiy chegaralanish-“bo’lib tashlab hukmronlik qil” qabilidagi va biz uchun doim millatlararo nizoga sabab bo’lgan va sabab bo’ladigan “chegaralanish”edi bu. Siz yagona Turkiston va O’rta Osiyo bo’laylik deyapsiz-ikki ming foiz haqsiz! Yashang! Ammo lekin bunga erish chakana ish emas!; Yana men sizdan KONSEPSIYA so’radim siz-“BOSH QOTIRISH KERAK” dedingiz.(modomiki men sizda shunaqa reja borligiga shubhadaman,fikrim xatoligini isbotlashda sizda imkon bor.)
    Endi men sizga bir hikoyacha aytay:boshni kreslo suyanchig’iga qo’yib eshiting:
    Kunlardan bir kun o’rmondagi barcha sichqonlar yig’ilib battol mushukning qonxo’rligidan bir-birlariga arz qilibdilar.
    Shunda bir yuragi katt a sichqon o’rtaga chiqibdida:
    -Men bilaman bu mushukni nima qilishni!,bu maxluqni bo’yniga qo’ng’iroq osib qo’yish kerak shunda bizga yaqinlashayotganini oldindan sezamiz!!!
    Qalay?-debdi u.
    Shunda yana bitta sichqon o’rtaga chiqib:lekin og’ayni,shu la’nati qo’ng’iroqni kim iladi mushukni bo’yniga?-debdi.
    Shu voqeadan so’ng sichqonni ini ming tanga bo’lib ketgan ekan!!!
    Yo’q,yo’q xulosa qilishga shoshilmang,sizga hurmatim baland,siz haqingizda fikrlarim faqat IJOBIY! ana shu fikrlarim sizday vatanparvar insonni ko’nglini ozmi-ko’pmi xijil qilgan bo’lsa uzr. Axir betga aytganni-zahri yo’q deydilar.
    Agar omad biz faqirlarni ham boshiga qo’nib,”GREEN CARD”dan yutib,AMRIQOGA borib qolsak siz bilan “Samarqandcha osh” ustida “debat”lashamiz-a? R.

  7. …men yurtimni boy,farovon va hatto eng ulkan orzuim shuki-siz yashayotgan “democratic country”ni har jabhada ortda qoldirish!!!
    Birovga ozor yetkazish xohishim yo’q va imkonim ham…
    Men sizni o’zimga USTOZ deb qabul qildim,samimiy gaplarimni noto’g’ri tushunmang.Balki,savolimni to’g’ri tushunib,unga javob yozing iltimos.

    • Unday bo’lsa sizdan ham bir iltimos, men yozgan narsalarni bir o’qib chiqing. Savollaringizga bir marta emas bir necha martadan javob topasiz. Agar qoniqmasangiz shuni ham inobatga olingki men dunyoda hamma narsani biladigan ideal odam emasman. Men shunchaki o’z fikrlarimni yozaman, xolos.

  8. Hurmatli Jahongir Mamatov keling oramizdagi tushunmovchilikga nuqta qo’yaylik.Agar sizni qiziqtirsa mening ham mamlakatni o’ta darajada industrlashtirishga,zamonaviy ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishga qaratilgan o’z dasturlarim bor va uni o’rtoqlashishim mumkin.
    Bugun insoniyat yangi davrga qadam qo’ydi,bu davr-YANGI DEMOKRATIYA davri biroq bizda hamon ¿DIKTATURA¿
    Bizni bir yuz ellik yil oldin o’zaro noahllik,qoloqlik,harbiy nochorlik yurtimizni birovga qul qildi XO’SH O’TMISHDAGI XATOLARNI BUGUN TAKRORLAMAYAPMIZ DEB KIM AYTA OLADI BUGUN? Shunday ekan VATAN uchun, ming yillar davomida qon-qonimizga singib ketgan muqaddas islom dinimiz uchun,
    kelajak avlod va xalqimizning farovonligi,uning manfaatlari, uning munosib turmush sharoitlarida kamol topishi uchun barchamiz BIRLASHAYLIK!!!
    Qardosh respublikalar bilan muloqotga kirishib,iqtisodiy cheklanishlarni,chegaralardagi to’siqlarni olib tashlabgina xalqlarimiz turmush sharoitlarini yaxshilash mumkinligini tushuntiraylik.VA INTEGRATSIYANING ILK TAMAL TOSHINI QO’YAYLIK!!!
    Bu yo’lda shaxsan men va vatanning asl egalari bo’lgan yuz minglab vatanparvarlar jonimizni berishga tayyormiz!
    Unutmaylikki VATANimiz faqat va faqat yaxshi taqdirga munosib.
    Bu yo’lda men sizga qanday amaliy yordam beray ayting.

    • Rahmat sizga.
      Bugun sizning eng katta yordamingiz o’zingizni qiynayotgan bu fikrlarni maqola tarzida yozib boshqalarni ham o’zingizga ergashtirishdir. Dunyo zarralardan tashkil topgan va sizning fikrlaringiz ham behuda ketmaydi.
      Siz ham, men ham oddiy fikr odamlarimiz. Lekin dunyoni fikr o’zgartiradi degan falsafaga ishongan odamlarmiz. Demak, shu yo’lda qo’limizdan kelganini qilaverishimiz kerak. Toki dunyo birlashgan zarralargan ayri-ayri, yolg’iz zarralarga aylanib yo’qolib ketmasin. Bizdan keyin, ulardan keyin va ulardan ham keyin… keladiganlarga ham qolsin!

  9. SAVOL.Bizga yadro quroli kerakmi?AES chi? Kosmosga qachon chiqamiz jin ursin?
    JAVOB.biz kosmosga chiqmaymiz…chunki u yerda PORA beradigan “MARD” yo’qda!
    Qaley? Jahongir aka bundan oldin Turdi Farog’iyni she’rini yozib yuborgan edim o’qidizmi? Kommemtga yozib qo’yibman adashib.

  10. Please,answer our questions too!
    E’tiboringizni tortish uchun shu tildan foydalanishga majburmiz endi.

  11. Savollarimdan “Men ideal emasman”
    deb qutuldingiz.
    Xo’p savollar ummonidan:
    1.Suriyadagi voqealar haqida,Bashar al-Asad diktati haqida fikrlaringiz.

    • Саволларингиздан қутулганим йўқ. Улар жуда кўп бўлгани учун навбатда турибди ва яна анчасини юборибсиз. Шулардан эскириб қолиш мумкин бўлган биринчисига-Суриядаги воқеаларга менинг мухтасар фикрим шундай:
      Башар Асад ҳокимиятни отасидан олган эркатой жаллод диктатор ва у кетиши керак. Бу гап сўзсиз. Лекин кетмаслиги ҳам аниқ эди. Орқасида Россия ва Хитой турганди. Кимга жабр бўлди? Минглаб бечораларга. Катта ўйиннинг қурбони бўлдилар. Россия ва Хитой бахмал инқилобларини Каримов билан тил бириктириб Андижонда тўхтатгани каби араб баҳорини Сурияда битиришмоқчи. Агар Ғарб Эрон билан овора бўлиб қолмаса Асадни битиради. Аммо жуда қийин бўлади бу иш. Сўнг фуқаролар ва мазҳаблар уруши осонликча битмаслиги мумкин. Хуллас, истайсизми истамайсизми бу иш яна Ғарбга боғлиқ бўлиб турибди.

  12. 2.E’tibor qilib, kuzatayotgan bo’lsangiz Shimoliy Korea “INXE-3” deb nomlangan o’z ballistik raketasini fazoga uchirdi. Ammo
    “Ulug’ dohiy” Kim Ir sen(1912-1994) tavalluding 100 yilligi bayramdan ko’ra ko’proq azani esga solardi (chunki raketa oradan bir necha soat o’tgandan so’ng “qulab tushgan”)
    Ushbu voqealarga AQSHda bo’layotgan munosabat va shaxsiy fikringiz.
    3.Endigisi esa o’zimiz haqimizda:
    Xo’sh bizga g’arb davlatlarining axloqiy tanazzul belgilari nomoyon bo’lgan hayot tarzi kirib kelib (demokratiya soyasida-. Albatta demokratiya bu narsa degani emas, buni farqlash kerak,va yana shuki, “kosmopolitizmga qarshi kurash” haqida ham gapirayotganim yo’q balki g’arb davlatlaridan o’zlashtirishimiz va undan ham quchlirog’ini yaratishimiz shart bo’lgan narsa bu-ularning TEXNIKASI,qurollari, ularning eng zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari,korxonalari va hkz.) millatimizga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi uchun nimalarni taklif qila olasiz?
    4.Amerika, Yevropa iqtisodining qolaversa siyosatining eng

  13. (uzr. komputer bilan bog’liq muammolar)
    eng nozik joyi bu-ishsizlikdir.Aynan manashu muammoning bizda kelajakda bo’lmasligi uchun masalan AQSH tajribasi xususan F.Ruzveltning qo’llagan taktikasi(kambag’al,ishsizlar uchun maxsus lagerlar qurilib, ularda tekin ta’lim berilib ishsizlar sanoatning yangi tarmoqlari uchun zarur mutaxasislar tayyorlash va hkz) ni qo’llasak o’rinli bo’larmikin?
    Ko’p gapirib qo’ygan bo’lsam uzr. Yigirmaga ham to’lmagan bolaning fikrlarida xatolar bo’lishi aniq. Ular uchun uzr deb Rustam.

Leave a reply to Rustam Cancel reply