Savol-Javob

Yaxshi yashash uchun Amerikadek joy yo’q!

SAVOL׃ Biror bir islomiy davlatda yashar olarmidingiz?(Olimjon).

JAVOB׃ Islomiy davlat deganda qaysi davlatni nazarda tutgansiz, bu menga qorong’u. Chunki dunyoda islomiy davlatning o’zi yo’q. Lekin islomning ba’zi qadriyatlari yoki qonunlari joriy qilingan mamlakatlar bor. Agar Turkiyani shundaylar safiga qo’shsangiz, u yerda bir necha yil yashaganman.
Agar islomiy davlat deganda Saudiya Arabistonini nazarda tutsangiz, u yerda bir kun ham yashay olmayman, o’ldirishsa kerak. Yaqinda avstraliyalik bir musulmon yigit hajga borib, ilgari aytgan gapi uchun 500 darraga hukm qilinganidek meni ham yo zindonband etishadi yoki o’ldirishadi.
Chunki o’zimni juda erkin odam deb hisoblayman va dilimdan kechganini aytishga yoki so’rashga hech ikkilanmayman, birovdan hayiqmayman. Masalan, Turkiyada bitta shayxga ”Taqsir, men Xudoga to’la ishonaman, lekin odamning qo’li aralashgan narsalar borasida savollarim ko’p. Masalan, oyati shariflar nozil bo’lgan. Bu haq. Lekin ularni to’plagan va xatga tushirgan odamlar, shuning uchun menda savollar bor…” deb gap boshlashim bilan׃
-Yaxshiyamki Turkiyadasiz, shukur qiling. Agar Saudiya yoki Pokistonda bo’lsangiz qattiq jazo olardingiz,-degandi shayx.

Ko’rdingizmi, faqat savol bermoqchi bo’lganim uchun shu javobni olganman. Ehh-e, yana qancha gaplarim bor.

Yashash joyi masalasiga kelsak, Yaratgan Egamga ming shukrki, Vatandan quvilganimda u menga boshqa bir joyni emas, Amerikani nasib ettirdi. Amerikada hayot tarzi qobiliyatingiz va ishingizga qarab quyidan tepaga o’sib boradi. Ma’lum bir davrda ma’lum bir darajaga yetib olgandan keyin dunyoning hech qayerida yashay olmaysiz. Men bormagan va ko’rmagan mamlakat oz qoldi. Ba’zilariga bir oyga borib, ikki haftada qaytib kelgan paytlarim ham bo’ldi. Pulingiz yetarli bo’lgani holda Amerikadagi sharoit va muhitni, munosabat va muomalani topa olmaysiz. Bu yerdagi bag’rikenglik, tabiiy va qalbiy tozalik, tenglik, erkinlik, kamsitilmaslik, qobiliyatingizni ishga solish uchun imkoniyatlar dunyoning men borgan va ko’rgan biror mamlakatida yo’q.

Shuning uchun ham O’zbekistondagilarga qo’limdan kelgani qadar yordam qilishga urinaman. Bu mansab va manfaat ilinjida emas. Bu ikki nafs o’zimda to’la qondirilgan.

JM.

One Response

  1. Gapingiz tughri chiqdi. Manu Ozodlik radiosidan.
    15.02.2012
    Saudiya Arabistoni hukumati shakkoklikda ayblanayotgan 23 yoshli jurnalist va blogger Hamza Qashg’ariyni hibsga oldi. Bunga Qashg’ariyning Twitter sahifasida yozilgan, biroq keyinchalik o’chirib tashlangan yozuvlar sabab bo’lgani aytilmoqda.

    Bu haqda birinchilardan bo’lib xabar tarqatgan The Wall Streen Journal saytiga ko’ra, jurnalist Hamza Qashg’ariy 9 fevral kuni o’z Twitter sahifasida Muhammad payg’ambar tug’ilgan kuni munosabati bilan bir nechta “tvit” yozadi. Bir oz o’tib esa, musulmon tvitterchilari orasida ko’tarilgan norozilik tufayli, u o’z “tvit”larini o’chirib tashlaydi va barchadan kechirim so’raydi.

    Shunga qaramasdan, o’z xavfsizligidan xavotirlangan Qashg’ariy 10 fevral kuni Malayziya orqali Yangi Zenlandiyaga qochmoqchi bo’ldi. Biroq u Kuala Lumpur aeroportida hibsga olindi va Saudiya Arabistoniga qaytariladi.

    Mashable saytiga ko’ra, blogger Hamza Qashg’ariy o’z Twitter sahifasida quyidagi yozuvlarni qoldirgan:

    “- Tavallud kuningizda sizga aytarim – menga sizdagi isyonkorlik yoqardi, siz men uchun doim ilhom manbai bo‘lgandingiz va menga sizning atrofingizdagi ilohiy nur chambaragi yoqmasdi. Men siz uchun ibodat qilmayman.

    Tavallud kuningizda men qayoqqa qaramay, sizning siymoingizni topaman. Men sizning ayrim xislatlaringizni yaxshi ko‘raman, ayrim jihatlaringizdan esa nafratlanaman, ko‘p xususiyatlaringizni tushuna olmayman.

    Tavallud kuningizda men sizga ta‘zim qilmayman. Men sizning qo‘lingizni o‘pmayman, balki o‘z tengim qatori qo‘llaringizni siqib qo‘yaman va siz menga tabassum qilgandek men ham sizga tabassum qilaman. Men siz bilan faqat do‘stim bilan so‘zlashgandek gaplashaman, bundan ortiq emas.”

    Agar Hamza Qashg’ariy shakkoklikda aybdor deb topilsa, u Saudiya Arabistoni qonunlariga ko’ra olimga hukm qilinishi mumkin.

    Ayni damda esa Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda Hamza Qashg’ariyni yoqlagan va qoralagan guruhlar tuzilmoqda. Birinchilari inson huquqlar, hususan so’z erkinligi haqida bong urayotgan bo’lsa, ikkinchilari jurnalistni qatl qilishga chaqirmoqda.
    http://www.ozodlik.org/content/article/24484731.html

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: