NOSIYOSIY LATIFALAR(3)

ZAMBURMASAL

(Davomi)

IFLOSLAR
Jo’mrak shirillab turgandi.
-O’chir tovushingni,-deb unga baqirdi iflos idishlardan biri.
Qolganlari ham unga qo’shildilar.
-Men tovushimni o’chirsam, siz qanday qilib toza bo’lasiz, qanday qilib poklanasiz?-dedi Jo’mrak.
-Bizga tozalik muhim emas, bizga tinchlik, ya’ni jimlik muhim,-deyishdi iflos idishlar.

PICHOQ
-Men bu tarvuzni kesmayman,-dedi Pichoq.
-Nega?-so’radi boshqasi undan.
-Bu tarvuz menga yoqmaydi, chunki po’sti juda ham qalin.
-Unda men ham seni qo’llayman… Malades, mahkam tur!
-Biz ham seni qo’llaymiz, sen bilan birgamiz,- deyishdi boshqa pichoqlar ham.
Ular bu masalani tongga qadar, keyin tushgacha muhokama qildilar.
Lekin ular bilan kim ham hisob-kitob qilardi. Bu yog’ini o’ylash uchun aql kerak, ularda esa tig’ bor, aql emas.

TOVOQ
-Men bu yerni tashlab ketaman,-deya baqirdi sopol Tovoq.
-Qaerga ham ketasan?
-Bu yer jonimga tegdi. Shu ham hayot bo’ldimi?
-Hov, oshna, hovliqma buncha. Bu yerni sen o’z ixtiyoring bilan tanlamading va bu yerdan ketadigan bitta joy bor, u ham axlat qutisi.
-Bu yerdan axlat qutisi yaxshi!
-Unday bo’lsa, sinishing kerak. Darhol maqsadingga etasan! Qani boshla, biz tomosha qilamiz. He… sen hatto sinishni ham eplolmaysan!

CHOYNAK VA PIYOLA
-Ko’rdingmi, hamma meni o’padi. Mana, sen ham mening soyamda yuribsan. Agar men bo’lmasam ichingdagi choying bilan qolib ketasan,- deb Choynakka zarda qildi Piyola.
-Jinnimisan, agar mening choyim bo’lmasa, kim ham seni o’pardi. Bo’sh piyolani o’padigan ahmoq yo’q. Sen pakanani dasturxon boshiga olib kelib yurgan men bo’laman, buni unutmagin!
Ular tinmay janjal qilib turishganda, dasturxonga mineral va shirin suvlar tortildi va “shaqar-shuqur” qilib stakanlarni ishga solishdi.
-Choy ichadigan yo’qmi?-degan ovoz keldi.
-Yo’q…
Choynak va piyolani daturxondan olib ketishdi.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: