Nofiziy Amriqo safarida. Hajviya. (7)

askiyaFan-fara

Amriqoda “kultur shok” degan gap bor ekan. Bu degani orzular diyoriga kelgan har qanday odam boshqa madaniyatning to’riga ilinib, shokka tushadi. Shokdan komaga o’tganlar ham tiqilib yotibdi. Lekin biznikilar orasida shokni shokillatib tezda amriqolik bo’lishga ulgurganlari ham topiladi.

Shundaylardan bittasi katta xolamning eriga jiyan tushadigan, bolalikdagi do’stim Qoraboydir. Uni topishim bilan hazillashib nomini inglizchaga tarjima qilib yubordim. U bir sakrab qo’li bilan og’zimni yopdi:

-Mumkin emas, bu so’zni aytish mumkinmas,  ja aytging kelsa “n.” harfi deyishing mumkin!

-Bizda qora tanlilarni…,-deb ulgurdim, u yana og’zimni yopdi va:

-Bilaman “n.” deysizlar, bilaman, lekin bu yerda mumkin emas, bildingmi, og’zingni yirtib orqangga  tikib qo’yishadi,-dedi.

Keyin u menga nima mumkinu nima mumkin emasligini o’ragata boshladi:

-Bittasini orqavarotdan buralab so’kking kelsa “f”. deb qo’yasan.

-Hamma so’kishlar bitta harflikmi? Bir nechta harfliklari yo’qmi? Masalan uch harf?

-Sizlardagi “uch harf” bu yerda ham “uch harf”, faqat uni aytsang  baloga qolasan, seni ham “uch harf” deb orqangga iliqishadi. Continue reading