Savol-Javob

XALQ EMAS, DIKTATURA AYBDOR!

SAVOL: Xalqimiz nega buncha tebranmas bo’lib qoldi? (ISMSIZ).

JAVOB: Bundan bir necha yil oldin diktatura fitrati haqida yozganimda, bu rejim beradigan “mahsulot”lardan biri xalqni loqayd etishi va jamiyatni ma’nan buzishi ekanligini aytgandim. Nazarimda shu nuqtaga kelganga o’xshaymiz. Ya’ni diktatura o’z maqsadiga erishgani bugungi chiqishlarda ham ko’zga tashlanmoqda.

Bunday sharoitda mirshabdan boshlab o’qituvchiga, hokimiyat idorasidagi xodimdan boshlab mamlakat ichidagi rejim muxolifiga qadar hammadan bir nuqs topish qiyin emas. Ularni befarqlikda yoki ma’nan buzilganlikda ayblash ham oson.

Rejimni o’zgartirib berishi kerak deya butun xalqni ayblash o’zimiz ham diktaturaning qarmog’iga ilina boshlaganimizdan darak bo’ladi.

Hatto chet eldagi do’stlarimiz ham xalq Karimovni yiqitib berishidan umidvor.

Har doim rejimlarni xalqning juda kichik bir qismi, shu rejimga muxolif bo’lgan ziyoli qismi o’zgartirgan.

Lekin diktatura rejimi kuchaygandan kuchayib ana shunday iddaodagilarni ham umumiy karvonga soldi.

Andijon voqealaridan besh kun oldingi radio muloqotida xalq ko’chalarga chiqsa, rejim bostiradi, otadi, tanklar bilan majaqlaydi degandim. Andijon qatliomi bu gapni isbotladi.

U holda nima qilish kerak? Yo’llar bitmagani va diktaturani qon to’kmasdan ag’darish mumkinligi haqida esa, bir muddat oldin yozgan edim.

Odamlarning buzilib ketganidan shikoyat qilayotgan do’stlarimga esa shuni eslatmoqchiman. Demokratiya bu xalq boshqaruvidir. Bu rejim paytida xalqning o’zi jamiyatni boshqaradi.

Dunyoning hamma joyida odamlikni unutgan mirshablar va boshqa mansabdorlarni topish mumkin. Hatto Amerikada ham mahbuslarni qiynaydigan mirshablar chiqib turadi. Ammo jamiyat ularni jamiyatberun qiladi, jazolaydi, tarbiyalaydi. Diktaturada esa bunday odamlar rag’batlantiriladi.

Bu bilan zehniyatimizda ham illatlar yo’q demoqchi emasman. Oshib toshib yotibdi. Ularni davolash uchun demokratik zamin zarur.

Bugun O’zbekistondagi vaziyatga qarab odamlarga rahmim keladi. Ular yoppasiga diktaturaning qurboniga aylanmoqdalar. Diktatura tarqatgan va tarqatayotgan “epidemiya”lardan qochish, saqlanish juda qiyin. Bundan qutulishning uddasidan chiqa olganlar qolganlarni ham qutqarish uchun davo topishlari kerak.

Bugun ko’proq ana shu haqda gapirishimiz lozimga o’xshaydi.

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: