NOSIYOSIY LATIFALAR (4)

ZAMBURMASAL

QOIDA

-Oshxonada Kafgirning qoidasini yurgizamiz,-dedi Qoshiq.
-Bekor aytibsan! Kafgirning qoidasini o’z tanangda sinab ko’rsang bilasan! Momotaloq qilib tashlaydi,-deya e’tiroz bildirdi Qozon.
-Unday bo’lsa, O’choqning qoidasini yurgizamiz!
-Aqlingni edingmi? Uning qo’liga tushsang onangni Omonqo’tandan ko’rsatadi!
-Uf-e! Sizlarga u qoida ham yoqmaydi, bu qoida ham. Bo’lmasa mening qoidam bilan yashaymiz.
-U qanaqa qoida ekan?
-Hammaning og’ziga bir narsa tiqasiz… Ana obro’! Mana obro’! Mazza qilasiz, har borib kelganingizda sizni yalab-yalab ham qo’yishadi!

QAYTAR DUNYO
Uyga yangi Divanni olib kirishayotgandi. U olib chiqilayotgan eski Divanni turtdi׃
-Oshna tit-piting chiqib ketbdi-ku! Tirnalmagan, yirtilmagan, sinmagan joying qolmabdi. Bu ketishda manziling borsa-kelmas, shekilli! O’l bu kuningdan, o’zingni qo’lga ololmabsan!
Eski Divan bir g’ichirladi-da׃
-O’h!-dedi.
-Nega o’hillav qolding, qattiqroq turtib qo’ydimmi!
-Ha, oshna qattiq turtding, hali yaqindagina shu gaplarni men boshqa Divanga aytgan va uni turtkilagan edim, shuni esimga solding-da! Qaytar dunyo ekan!

QUL
Parda bir hilpirab oldida, Derazaga dedi׃
-Rahmat sizga, siz tufayli tashqarini ko’rib turibman!
-Sizga ham rahmat, mendan minnatdor bo’lganingiz uchun,- javob qildi Deraza.
-Beminnat xizmatingiz uchun sizdan qarzdorman! Biror ishingiz chiqib qolsa, tortingmang, xizmatga borman!-deb hilpiradi Parda.
-Unday bo’lsa, kichik bir iltimos…
-Marhmat! Qulog’im sizda!
-Bilasizmi, mening ham ichkarini ko’rib turish orzuim bor…
-O’h-ho’! Bu kichik emas, juda katta iltimos-ku, birodar! Bilasiz, men Qo’lning quliman. Qo’l istamaguncha joyimdan jila olmayman.
-Shu… Qo’lni bir iloj qilib yo’lga solsangiz bo’lmaydimi?
-Qiyin masala! Unga bir narsa uzatish kerak…
-Nima ham uzatamiz, hech narsamiz yo’q!
-Siz endi shunday desangiz, axir bir tomoningiz tashqarida-ku…

OLOVNING HUNARI
Qumg’on qimirlay boshlagan Suvga baqirdi׃
-Agar jim turmasang o’ynatib yuboraman. O’ynaganda ham ho’ngrab-ho’ngrab o’ynaysan! Azoblarning azobini tortasan!
-Ozgina shashtingdan tush, Qumg’onjon, juda ham kerilib ketayapsan, bu sanga yarashmayapti.
-Men bor gapni aytayapan, ahvolingni chatoq qilaman!
-Uf! Sanga nima bo’ldi o’zi! Ha,-ya, sendan xafa bo’lish yo’q. Sen asli sokin, quyilgansan. Nima qilayki, seni olov qizdirib turibdi!

Jahongir Mamatov.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: