GENERALNING IQRORI

HAYDAROV: Men bilaman Xorazmdan, Qoraqalpogistondan kelgan bir guruh xodimlar yuribdi. Bir 10 mi 15 ta tintuv o’tkazi’ga narkomaniya bo’icha. Lekin ularning ro’yxati yoq bu ichida. U yerda kimdir narkotiklarni chegara olib chiqish paytida ushlangan. Shu uchun kelib bu yerda 10 mi 15 ta uyni tintuv qilishga kelgan ular. Lekin manashu ro’yxatda Murtazayevlar yoq.

BBC radiosining O’zbek Xizmati:

“Diktor: Endi taniqli jurnalist va siyosiy muhojir Jahongir Mamatovning opa-singillari nima sababdan hibsga olinganlari haqida tinglaysiz.

O’zbekistonda mamlakat tashqarisida yashayotgan siyosiy muhojir va kozga koringan jurnalist Jahongir Mamatovning ikki singlisi Milliy xavfsizlk xizmati tomonidan hibsga olingan. Mehriniso va Nodira Murtazayevalarni Xavfsizlik xodimlari giyohvand moddalarni saqlaganlikda gumon qilganliklari taxmin etilmoqda. Rasmiylr hodisa borasida hech qanday axborot bermaganlar. Yaqinlari ularni ikki kunlik hibsdan song bugun Samarqan viloyatining Milliy xavfsilk xizmatidan Nukusga olib ketilganligini aytmoqdalar. Tafsilotlar bilan Pahlavon, Toshkentdan.

PAHLAVON: Guvohlarning bildirishica, 16 may kuni kechki soatlarda harbiy kiyimdagi 10 nafar chamasi xodim avvaliga Mehriniso, keyin Nodira Murtazayevlarning xonadonida paydo bolgan va bir necha soat davom etgan tintuvdan song ularni nomalum manzilga olib ketishgan. Tintuv nomalum bir ayol Murtazayevalarning jiyani Sarvigul ismli qizchaga ichida giyohvand bolgan sumkani xonadon sohibasiga yetkazish istagida bergandan so’ng sodir bo’lgan. Mehriniso Murtazayevaning Samarqand tumani O’zbekiston jamoa xojaligidagi xonadonidan kelib chiqishi xonadon sohiblariga qorong’u bolgan qoradori musodara qilnar ekan, xodimlar Nodira Murtazayevaning Samarqand shahridagi uyidan uning akasi Jahongir Mamatovga tegishli yozuvlar, videokaseta hamda kitoblarni olihsgan. Uch oylik chaqaloqning onasi bo’lgan Nodira Muratazayeva hamda 49 yoshli Mehriniso Murtazayevalarning hibsga olinishi haqida yaqinlariga hech qanday tushuntirish berilmagan. Mehriniso Murtazayevaning turmush o’rtog’i Rajab Ahmedov voqeani shunday bayon qiladi:

AXMEDOV: Soat 12:30 dan to uc yarimgacha bizning uyni tintuv qilishgan. Nodiraning ham uyini tintuv qilishgan. Jahongirning rasmlariyu videokasetalaru lentalaru va bohsqa narsalarni olgan. Ular oblast CNBsida ikki sutkadan beri yotibdi. Nukusga olib boramiz, ochniy stavka qilamiz, degan gaplar chiqarayaptilar. Eshitishimcha Hukusda qanaqadir ikkita familiyani berib yuborgan ekanlar shu buyicha potstavka( soxtakorlik) qilib ularni olib ketilgan. Nodiraning uch oylik bolasi bor. Bizlarning qo’limizda turibdi.

PAHLAVON: Samarqand viloyati Milliy Xavfsilk xizmati xodimlaridan biri biz bilan suhbatda ayollarning hibsga olingani haqidagi xabarni rad etar ekan, bugun Xavfsilk xizmatida bo’lgan Murtazayevalrning yaqinlari manabunday guvohlik berishadi.

-Soat tortlar edi. Bizlar bordik. Ularni SNBdan olib chiqayotgan ekanlar. “Neksiya”ni ham toxtatmadi. Haydab ketayotgan vaqtda qo’limdagi kiyimlarini berdim. Umuman toxtatmay haydab ketdilar “Neksia”ni.

PAHLAVON: Ayni paytda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’I Vagiz Haydarovning manabu sozlari ayolarning hibsga olinishi atrofidagi vaziyatga biroz oydinlik kiritadi, deyish mumkin.

HAYDAROV: Men bilaman Xorazmdan Qoraqalpogistondan kelgan bir guruh xodimlar yuribdi. Bir 10 mi 15 ta tintuv o’tkazi’ga narkomaniya bo’icha. Lekin ularning ro’yxati yoq bu ichida. U yerda kimdir narkotiklarni chegara olib chiqish paytida ushlangan. Shu uchun kelib bu yerda 10 mi 15 ta uyni tintuv qilishga kelgan ular. Lekin manashu ro’yxatda Murtazayevlar yoq.

PAHLAVON: Mehriniso va Nodira Murtazayevalrning yaqinlari ularning hibsga olinish sababini akalari, taniqli jurnalist va siyosiy muhojir Jahongir Mamatov nomi bilan bog’lashmoqda. Mamlakat parlamentining sobiq azosi, bir muddat Uzbekiston davlat televideniyesiga rahbarlik qilgan Jurnalist Jahongir Muhammad 90 yillar boshida ERK demkoratik partiyasi safiga qo’shilgach uning yaqinlari ham taqib va tazyiqlar ostida qolishgan. Jurnalistning singlisi Muharram Mamatova gapiradi:

MAMATOVA: 1992 yil edi. To’satdan SNB ning odamlari borib meni olib kelib, urishib, ichkariga olib kirib, urishib tushuntirish xati olib, Nodirani ikki uch kun qamab qo’yishdi. Urdilar. Amakimning og’li Abbosni shunday qamab qo’yishdi. Urdilar. Bir necha kishini qamab qo’ishdi. Jahongirni topib ber deydi faqat. Faqat topib berasizlar deydi.

PAHLAVON: Kuzatuvchilar O’zbekistonda faoliyati taqiqlangan muxolifat pariya va harkat azolarining yaqinlariga nisbatan turli ko’rinishdagi bosimlar birinchi navbatda muxolifat faollarining o’ziga qarshi yo’naltirilganligini takidlaydilar. Huquq tartibot mulozimlari esa bunday holatlarda gap sof jinoiy harakat haqida borayotganiga urg’u berihsadi.

Toshkentdan PAHLAVON.” (5/18/01)

7 Responses

  1. […] ишлар бошқармаси бошлиғини “тўрга туширган”ди. (“Генералнинг иқрори”). Генералнинг иқрори туфайли АҚШ Тошкентга босим […]

  2. […] ишлар бошқармаси бошлиғини “тўрга туширган”ди. (“Генералнинг иқрори”). Генералнинг иқрори туфайли АҚШ Тошкентга босим […]

  3. […] ишлар бошқармаси бошлиғини “тўрга туширган”ди. (“Генералнинг иқрори”). Генералнинг иқрори туфайли АҚШ Тошкентга босим […]

  4. […] by Jahangir Muhammad” 2001 17. BBC: “Exiled writers“, Bi-bi-si 18. “Generalning iqrori“, Bi-bi-si 19. Muhammad Solih, “Xalq irodasi”, “O’zbekiston adabiyoti […]

  5. […] 18.“Генералнинг иқрори” Би-Би-Си, 18 Май, 2001. […]

  6. […] by Jahangir Muhammad” 2001 17. BBC: “Exiled writers“, BBC, 2003 18. “Confessions of General“, BBC, May 18, 2001. 19. Muhammad Solih, Leader of “ERK” party, “Xalq […]

  7. […] Laheb, “Interviews by Jahangir Muhammad” 2001 17. BBC: “Exiled writers“, BBC, 2003 18. “Confessions of General“, BBC, May 18, 2001. 19. Muhammad Solih, Leader of “ERK” party, “Xalq Irodasi”, […]

Comments are closed.