Jahongir Mamatov: Karimovning 100 kuni

jmnewyork.jpgO’ng so’z

 

100 kun…

Dunyoda mamlakat rahbarlari, xususan prezidentlarga ularning 100 kunlik faoliyatlariga qarab baho berish an’anasi mavjud.

Boshqacha aytganda 100 kun tahlil va xulosa uchun yetarli fursat.

 

Men Karimov hayotidan 100 kunni ataylab yil boshi yoki muhim bir sanadan boshlab olmadim. To’g’ri kelgan kundan e’tiboran, ya’ni 2004 yilning 12 Martidan 19 Iyunga qadar 100 kun davomida mahalliy va xorijiy matbuot xabarlarini kuzattim. Aslida har doim ham kuzatib borsam-da bu safar xabarlarga shunchaki yanglikni bilish uchun emas, balki do’stlardan olgan xatlarni e’tiborda tutib, bu xabarlar ortida qanday gaplar yotibdi, degan sinchkovlik bilan nazar tashladim.

 

Tanganing ikki tomoni bo’lgani kabi xabarlarning ham ikkinchi tomoni borligini ko’rdim. Agar imkonini topib, 100 kunlik matbuot xabarlarini yoningizda qo’yib, mening yozganlarimni o’qisangiz yarmi chin, qolgan yarmi esa hajv, ya’ni ximchin ekanligni ko’rasiz.

 

Bugun kitobxonning uzundan uzoq narsalarni o’qishga hafsalasi va imkoni yo’qligini hisobga olib, katta voqealarni ham kichik hajvlarga sig’dirishga urindim. Bu ham Karimovning kimligini kengroq yoyish uchun tanlangan o’ziga xos bir uslubdir.

 

Xabarlar ortida turgan haqiqatni ko’rish uchun Karimovning yonida bo’lgan, ammo voqealarga befarq bo’lmagan, boshiga tahlika buluti yoprilishidan ham cho’chimasdan menga har kun elektron maktublar yo’llab turgan do’stlara esa minnatdorchilk bildiraman.

MUALLIF

 

 

 

2004 yil, 12 Mart

 

 

HAZIL

 

Karimov bugun ishga otlanar ekan, boshida salla, soqoli ko’ksiga tushgan kishini ko’rib, qo’rqib ketdi.

-Kim bor, bu yerni tolibon bosibdi,-deb baqirmoqchi bo’ldi, ammo tovushi chiqmadi.

-Men tolibon emas, men Nasriddin Afandi bo’laman, 100 kun siz bilan yonma-yon yuraman, ba’zan gaplashib ham turishimiz mumkin, meni Xo’ja Nasriddin, yo’q yaxshisi, taqsir desangiz ham bo’ladi,-dedi Afandi.

-Siz…siz bu yerga qanday qilib kirdingiz?

-Men istagan joyimga kiraman…

-Yo’q, unday huquq faqat menda bor, men istagan vaqtimda istagan joyimga kirishim mumkin, siz esa izn olishingiz kerak.

-Istagan vaqtda, istagan joyga egilmasdan kirishingiz mumkin-mi?

-Men hech qachon bosh eggan emasman, hech qachon egilmayman ham!

-Hmm.. aslida mixni sizdan yasash kerak ekan,-deb hazillashdi Afandi.

 

TRUBA XASTALIGI

 

Xalqaro guruh “Yumshoq muomala qilganimiz uchun iqtisodda ham turg’unlik bo’ldi” deb e’lon qlishi bilan Karimov brifing o’tkazib, iqtisodiy yutuqlarni targ’ib qilishga kirishdi. Brifingni Tashqi Ishlar vaziri olib bordi. U mamlakatni “uspexiston”, ya’ni yutuqlar diyori deb maqtar ekan, jurnalistlardan biri savol berdi:
-Chet ellarga shuncha gaz sotdik, deb aytayapsiz, lekin odamlar qishni tezak yoqib o’tkazishdi, bunga nima deysiz?
Vazir savolga javob berolmay turgan edi Karimov gapga aralashdi.

-Bizda gaz hammaga yetadigan. Qishda bo’lmagan bo’lsa bo’lgandur? Endi… odam ham kasal bo’ladi-ku? Trubalar ham xasta bo’lgan-da!
Jurnalist yonidagi sherigiga shivirladi:
-Haqiqatdan ham Karimovning trubalari xastalikka yo’liqqanga o’xshaydi.

 

 

2004 yil,13 Mart

VOQEADAN ORQADA

Karimov shanba kunlari ertalab soat o’n birga qadar uxlar edi. Bugun oldinroq turib chet ell matbuotining yozgan xabarlari to’plangan kitobchani varaqladi va yordamchisini chaqirdi:
-Men kecha sahroning o’rtasidagi joyga bekorga bordimi? Nega ko’prikining ochilishi haqida chet elda hech gap yo’q?
-Chet elda faqat Ispaniyadagi voqealarni gapirishmoqda,-dedi yordamchi.
-Nima ular biznikidan kattaroq ko’prik ochishibdimi?
-Yo’q, ularda kuchli portlovlar yuz berdi…
-Bilganimzida biz ham ko’prik ochilishini portlovga aylantirib yuborar edik. Doim voqeadan orqada yurasanlar!- dedi Karimov jahl bilan.

 

 

2004 yil, 14 Mart

HAQIQAT

 

 

Bugun ertalab Karimov tennis o’yinidan qaytishi bilan Putinga telefon qildi:

-VladimirVladimirovich, Sizni saylovdagi ulkan yutuq bilan butun xalqimiz nomidan, o’z nomimdan qutlayman,- dedi u hayajon bilan.

-Nima bo’ldi to’ydan oldin nog’ora chalayapsan?-so’radi Putin.

-Baribir yutishingizni bilaman-da,- dedi Karimov o’ziga xos bir mamnuniyat bilan.

-Nima, meni ham o’zingga o’xshatayapsanmi? Meni ham saylov natijalarini buzadi deb o’ylaysanmi?- dedi Putin jiddiy ohangda. Bundan Karimovning esi chiqib ketgandek bo’ldi va:

-Yo’q, yo’q, Sizga chindan ham ovoz berishadi, siz chindan ham xalqning prezidentisiz, siz saylov natijalarini hech qachon buzmagansiz va buzmaysiz ham, buni butun dunyo biladi, bunday axmoqgarchiliklar mana bizga oid,- dedi Karimov.

-Xudoga shukur, axiri haqiqatni bo’yninga olding, samimiyating uchun rahmat,- javob qildi Putin.

 

2004 yil,15 Mart

SIYOSATDON

 

Karimov kech yotgani bilan erta uyg’ondi. Yarim tungacha Rossiya saylovi bilan bog’liq ko’rsatuvlarni tomosha qilgandi. Putin raqiblari Irina Hakamadani qamab qo’ymagani, Nikolay Xaritonovning mushuguni pisht demagani kabi gaplarni eshitar ekan, “Aslida u ham o’zimizdan, bo’lmasa bularni erkin qo’yarmidi? Hali bir-ikki oydan keyin hammasining burnini yerga ishqaydi. Ammo gaplashganda o’zi yelkasini yerga bermaydi” deb o’ylagancha uyquga ketgandi.

Tushida ham Putinni ko’rdi.

“Sen ko’p ham okeanning naryog’iga ishonma, istasam, bir soatda dumingni tugaman” deyayotganmish u. U esa bir narsa deyish o’rniga dumini yashirayotgan emish.

Tushini Rossiya rahbarining kechagi munosabatidan ko’ngli xijil bo’lganiga yo’ydi va erta turib xotinini uyg’otdi:

-Bir Lyudaga telefon qilib qo’y, erining saylovda yutgani bilan tabrikla, net-net, dunyoda bizlarni oilaviy do’st deb bilishadi.

-Siz telefon qildingizmi, necha prosent bilan yutibdi?-so’radi xotini ko’zlarini ishqalab.

-Prosent-mrosentni nima qilasan, tabriklab qo’yavermaysanmi?- o’shqirdi Karimov.

-Xo’p, xo’p, dadasi, lekin bir gap chiqib qolsa bilib olganim yaxshi, ularning saylovi ham biznikiga o’xshagan, natijasi oldindan ma’lum bo’ladimi, yoki ular saylovni rostdan o’tkazishadimi?- dedi xotini.

-Sani ham Putin bilan tiling birga o’xshaydi,- deya baqirdi u xotiniga.- Hammaning ham qudrati biznikiday, kerak bo’lsa 25 millionni yotqizib-turg’azadigan emasligini bilmaysanmi?

Xotini telefon qilib, Manej yonib ketgani va Putin ham, umr yo’ldoshi ham tabriklarni emas, hamdardlik tilaklarini qabul qilishayotganini aytdi.

-Xudoga shukur,-dedi Karimov,- Xudo ohimni eshitdi. Telefon qilib orani tuzatib olishim uchun bahona topildi! Qani telefonni menga ber, sening siyosatga aqling yetmaydi!

 

2004 yil,16 Mart

SAROY TILI

Bugun Karimov ishni oldingi maslahatchining o’rniga tayinlangan yangi maslahatchi bilan suhbatdan boshladi.

-Shanba kungi hashar qanday o’ti?

-Xudoga shukur,- dedi maslahatchi.

-“Xudoga shukur”, degan gapni siz emas, men aytishim kerak. Siz esa ” Yaxshi o’tdi” deyishingiz kerak. Darvoqe, sizni oldingining tavsiyasi bilan bu yerga olganimni bilasiz-a?

-Ha, u kishining….- deya pichirladi maslahatchi.

-Siz oshni qanday damlaysiz?-so’radi Karimov qo’qisdan.

-Oshnimi?Andijoncha-da! Devzira bilan…

-Nima Andijondan ham “devzira” chiqa boshladimi? Yoki Muruntovdan tashib ketayapsizlarmi?

Maslahatchi tushunmay qarab qoldi. Karimov uning anqayib qolganiga e’tibor bermay so’zida davom etdi.

-Jo’rabekov osh pishirishning hamma turlarini bilar edi. Masalan, Xorazmga borsa oshni xorazmcha qilib damlar edi. Samarqandga borganda samarqancha, Buxoroda buxorocha, hatto “Xo’jandi” va “Kobuli”hamda O’sh, Uzkent oshlarni ham qanday damlashni bilar edi. Siz esa faqat andijoncha osh damlashni bilaman deyapsiz.

-U odamda o’rganaman-da, oqsoqol.

-Lekin U keyingi paytda bilasizmii nimani xato qila boshladi?

-Yo’q…

-U oshni damlab, meni kutmasdan o’zi suza boshladi…

-Yo’q, men oshni siz kelganingizdan keyin suzaman, oqsoqol.

-E, juda sodda odam ekansiz-ku, siz hali “Saroy tili”ni ham bilmaysiz shekilli? Men hima desam, siz nima deysiz? Oshni siz damlaysiz, men suzaman!

-Axir sizni ovora qilib…

-Gap haqiqiy osh haqida borayotgani yo’q, gap shundaki, nima qilsangiz ham “damlab” qo’yasiz va men suzaman, bildingizmi? Mendan boshqa odam qozonning yoniga bormaydi, hatto o’zingiz ham,- dedi Karimov.

Sodda masalahatchi baribir gap nimadaligini tushunmay chiqib ketdi va sobiq maslahatchiga qo’ng’iroq qilib, gap nima haqdaligini so’radi.

-Bunaqa gaplarni telefonda gapirmaydilar,- dedi u.-Bir andijoncha qilib osh damlasangiz, o’tirib gaplashamiz.

-Oshni o’zingiz suzasizmi?-Bilimdonlik qilmoqchi bo’ldi maslahatchi.

-Qanday guruch bilan damlamoqchisiz?- so’radi sobiq maslahatchi.

-Devzirada damlasam bo’ladimi?

-Devzirani oqsoqolga atab olib qo’ying, Men pensiyadagi odamman, menga okeanning naryog’idan keladigan importniuy “guruch” yaxshiroq, ancha yumshoq…- dedi sobiq maslahatchi.

Maslahatchi shundagina gap nima haqdaligini angladi va “Saroy tili”ni o’rganmasam bo’lmas ekan, degan qarorga keldi.

 

 

2004 yil, 17 Mart

 

OLTIN FIKRLAR

 

Bugun Karimov hukumat tarkibidagi idoralar xodimlarini qisqartirish, ya’ni rasmiy tilda aytganda ma’muriy islohotlar masalasi bilan qiziqdi. U vazirni chaqirdi va:

-Kecha sen o’tkazgan matbuot konferensiyasini dunyoda qanday qabul qilishdi?-deb so’radi.

-Juda zo’r! Xalqaro Valyuta Jamg’armasidan “Talabimizni bajarayotganlaringiz uchun rahmat” deb telefon qilishdi. Sanlarning talabing oqsoqolimizning talablariga mos tushib qolgani uchun shunday qildik, deb og’ziga urdim,- dedi vazir.

-Ishqilib, ana u ipirisqilarga maosh to’lash uchun xazinada bir miri ham qolmagandi deb javob bermadingmi?- so’radi Karimov.

-Yo’q’-e, xazinamiz mustahkam, deb aytdim. Kegin ba’zi mamlakatlardan keladigan “ovoz”larda shuncha odam ishsiz qolmoqda, deb tanqid qilishmoqda. Bu o’qimishli odamlarning kelajagi nima bo’ladi,- deb so’rashmoqda.

-Ularni o’sha tanqid qilgan mamlakatlarga mardikorchilikka jo’natamiz, viza berishni qattiqroq qilib qo’ysangizlar boruvchilar turli yo’llarga bosh uradilar va yana anchagina odamning qorni to’yadi. Bir o’q bilan uch quyonni urgan bo’lamiz. Pul topib berish tashvishidan qutulamiz-bir, qizqartirishga tushgan odamlar ham o’zlari uchun-ikki, ham boshqalr uchun- uch, mardikorlik qiladilar,- dedi Karimov barmoqlarini o’ynatib.

-Oltin fikrlaringiz bor-da, otaxon, bu qisqarganlarning ichida ayollar ham ko’p. Ularni nima qilamiz?-deb so’radi vazir.

-Ular bulan ishing bo’lmasin. Ularni qizimga topshir. Arab Amirligida ish tiqilib yotgan ekan,- dedi Karimov gap tamom, ketaver ishorasini qilib. Vazir chiqib ketar ekan, Karimov:

-Sen ham o’zingni chetga olma, pul almashadi degan gapni tanish-bilishlaring orqali tarqataver, shunda bu muttaham odamlar yashirib qo’ygan pullarini chiqaradilar. Agar chiqarishmasa undan keyin bir yo’lini qilamiz dedi,- dedi.

 

 

2004 yil, 18 Mart

 

RO’ZAGA ATALGANI

 

Karimov bugun ertalab Tashqi Ishlar vazirini chaqirdi:

-O’tgan kun bir iloj qilib Putinning ko’nglini topdim. Toshkentga taklif qilgan edim, ko’nmadi. Aprelda Moskvaga kelasan, oshanda ko’rishamiz, dedi. Nima qilamiz? Okeaning naryog’idagilarning ko’nglini o’g’ritmaydigan harakatlar qilishimiz kerak. Yaxshilab tayyorgarlik ko’ringlar, sovg’alar ham original bo’lsin!-dedi.

-O’tgan kun aytgan gapingizni Internetda tarqatib yubordik, ko’pchilikka yoqdi. Xudo xoxlasa bu borada ham o’zingiz bir yo’l ko’rsatarsiz,- dedi vazir.

-Qaysi gapni?-so’radi Karimov.

-Bizda ham Gurjiston varianti amalga oshishi mumkinmi, degan savolga, agar xalqimizning hammasini mardikorlikka jo’natib, o’rniga gurjilarni joylashtirsak o’shanda mumkin, degan gapingizni-da,- javob qildi vazir.

-Kegin birorta latta prezident kerak bo’lishini ham yozdingmi?

-Eduard Ambrosovich xafa bo’ladilarmi, deb o’yladik.

-Xafa bo’lsa bo’lavermaydimi, endi uning Eduard Ambrosovichlik joyi qolmagan. Uni ochiq qilib pensiyaxo’r-latta deb yozaveringlar,- dedi Karimov.- Bu gap Putinga ham yoqadi. Aprelda borganimda latifani unga o’zim aytib beraman.

-Kegin, Ovro’po Ittifoqining Tashqi siyosat bo’yicha rahbari kelgan, shuni ham bir qabul qilib, tinchitib bersangiz, -dedi vazir.

-Nima balo bu ham inson haqlari, qiynoqlar deb keldimi?-so’radi Karimov.

-Bu ko’proq qamoqdagi jurnalistlar masalasini ko’tarmoqda…

-Bo’pti birortasini qo’yib yuboramiz, tortiq uchun, o’sha ham xursand bo’lib ketsin. Ayt bo’lalarga qamoqdagilarning delolarini olib kelsin.

-Har bir kelganiga bittadan qo’yib yuboraversak, qanday bo’larkin?

-Mehmoning ketib bo’lgach, og’ayninga aytasan, yana qaytadan qamab qo’aydi, yoki bir ikki portlov qilib yuborsa olam guliston!- dedi Karimov.

Vazir ketishidan oldin odatiga ko’ra:

-Oqsoqol, yangisidan yana bitta eshitaylik,-dedi suzilib.

-Bo’pti,-dedi Karimov,-ro’za paytiga asrab qo’yganim bor edi, ayta qolay. Bittasi ro’za kuni ovqatlanib o’tirgan ekan, mulla kelib. “ Ie, sen ro’za tutmaysanmi?” deb sorabdi. Haligi odam: “Men och bo’lganimda qulog’imga gap kirmaydi, yarim soatdan keyin kelsangiz gaplashar edik” debdi…

Vazir latifa tugadi deb kula boshladi. Karimov qo’lini ko’tarib “To’xta” ishorasini qildi va yana so’zida davom etdi.

-Yarim soatdan keyin kelgan mullaga, “Yo’q tutmayman, Jannatga boradigan sen, nima uchun men ovqat yemasligim kerak ekan” debdi. Ana endi kulsang bo’ladi, bor, chaqir mehmoningni!,- dedi Karimov o’zi ham kulimsirab.

 

 

2004 yil, 19 Mart

 

 

NAVRO’Z VASVASASI

 

Karimov bugun tushga yaqin Bosh Vazirni chaqirdi:

-Nima qilayapsan?-deb so’radi undan.

-Navro’zga tayyorgarlik ko’rayapman,- dedi Bosh vazir.

-Halim-halisa, sumalaklar ham bo’ladimi?- so’radi Karimov.

-Albattada, otaxon, har yildagidan ham bu yil yaxshiroq, to’yimliroq, mazzaliroq qilamiz.

-No’xat ham pishirasanmi?

-Halim no’xatsiz bo’larmidi, otaxon, lekin no’xatsiz yeyilsin desangiz, darrov…

-Qozon boshida odam ko’p bo’ladimi?

-Iloji boricha yoshlarni bu ishga solaman, keksalar sizni duo qilib, choy ichib o’tiradilar.

-Seni-chi?

-Men hali yoshman…

-Nima demoqchisan, men qarib qoldimmi?

-Yo’-Yo’q, nima bo’lsa ham bizdan bir ikki ko’ylak ortiqcha yirtgansiz, duolar sizga qaratilishi kerak demoqchiydim.

– Men ko’ylak yirtganimni qayerda ko’rdin?- u Bosh vazirni siquvga oldi.

-Men…-Bosh vazirning gapi og’zida qoldi.

-O’zi, sen bola nega buncha bayramsevar bo’lib qolding? Qachon so’rasam, Navro’z bilan shug’ullanmoqdalar deyishadi, nima halittan hukumatning ishini yig’ishtirib qo’ydingmi?- dedi birdan avzoyi o’zgargan Karimov.

-O’zingiz imzolagan qaror bo’yicha ish qilayapman, bir harfi ham bajarilmasdan qolmasligi uchun urinayapman,- dedi Bosh vazir ovozini ichiga yutib.

-Men u qarorni sen uchun chiqarganim yo’q, sen bajar deganimda halim pishirib o’tir deganiim yo’q, qarorni ana u avom xalq uchun chiqarganman, sen bo’lsang hamma ishni tashlab, halitdan halim pishirishga kirishib ketibsan, uyingda shuncha gapu meni aytmabsan ham… Qozonni qayerga qo’yding, balkongami?

-E, e, xo’jayin, anglashilmovchilik bo’ldi, men Nazro’z haqida hukumat qilayotgan ishlarni gapirayotgan edim…

-Birinchidan, gapimni kesma, ikkinchidan, gapni olib qochma, men anqov emasman, uchinchidan, mendan keyin prezident bo’lish istaging bo’lsa, hamma vaqt aybingni bo’yninga ol,- dedi Karimov.

-Ayb menda,- dedi Bosh vazir.

-Unday bo’lsa, halim pishirishni boshingdan chiqarib tashla va Navro’zni mamlakatda qanday qilib janjal- to’polonlarsiz, katta bayram qilib o’tkazish haqida o’yla! Hukumatdan chiqmasin. O’z cho’tagidan olib, o’ziga ur, kambag’alman deganining ham ikkita qo’yi, bitta ho’kizi bo’ladi, bularning. Menga hisob berib tur! O’sha kun televizorga qaysi artistlar chiqishini ham men bilan maslahat qil. Tag’in betayinlar ko’rinib qolib, asabimni buzmasin. Navro’z konsertini ham oldindan mashq qildirib, lentaga yozib ol. Bu yerda ko’rib chiqaylik. Viloyatlar va tumanlarga ham odamlaringdan yubor. Xalqni to’plab butun dunyoda ahvol qiyinligini, odamlar urushlardan o’layotganini, biz Xudoga shukur, tinch o’tirganimizni eslatishsin.

-Bosh ustiga, otaxon! Xudoga emas, sizga shukur, agar siz bo’lmasangiz, biz ham bugun urush zonasiga aylanib ketgan bo’lar edik. Xudo ham to’xtatib qololmas edi,- dedi Bosh vazir chiqib ketar ekan.

-Ana u Moliya vaziri naqd pul yetishmayapti deb ko’p kallamni garang qilmasin. Kerak bo’lsa pensionerlarning bir qism maoshini chek qilib magazinlarga yuboringlar, oziq-ovqat olishsin. Shunga o’xshagan yo’llarini topinglar. Milisaga ham aytib qo’y, bir ikkita uyga kirib naqd pul yashintiirb qo’yganlarni topib, televizorda ko’rsatsin. Navro’zda odamlarga yordam qilish o’rniga yastiqqa tiqib o’tiribdi desalaring xalqqa yoqib ketadi.

-Rahmat, otaxon, boshimizda sizdek g’amxo’r odamning nur sochib turishi butun mamlakatning, butun mintaqaning omadi,- dedi Bosh vazir orqasi bilan yurib chiqib ketar ekan.

-Karimov uni yana to’xtatdi va:

-Bilasanmi, erta indin yog’ingarchilk bo’lishi mumkin, mening yomg’ir ostida sanqib yurgib kelmayapti. Rasmiy tantanani bugun o’tkazamiz. Bor tezda odamlarni yig’, o’zingni ko’rsat, bola!,-dedi.

Bosh Bazir rangi oqargancha yugurib ketdi.

 

 

2004 yil, 20 Mart

HALIMXO’RLIK

 

Karimov bugun soat o’nga qadar uxladi. Uyg’onib joyida u yoqdan bu yoqqa, bu yoqdan uyoqqa ag’darilib yotdi. Massajchi qiz hammayog’ini uqalab quygandan keyin Xavfsizlik xizmatining kunlik hisobotiga ko’z yugurtirdi va yordamchini chaqiradigan tugmani bosdi. Yordamchining o’rniga xotini yugurib kirdi:

-Qan u?,-so’radi Karimov.

-Qizimiz telefon qilib, halim pishirmoqchimiz, tezlikda bir-ikki oshpaz yuborsin, degan edi, narigi xonada kimgadir telefon qilayapti.

-Ayt bu yoqqa kelsin!

Ko’p o’tmay yordamchi yugurib kirdi:

-Arxangelskdagi uyda o’lganlar soni yana ko’paydimi?- soradi undan Karimov.

-Yo’q, 51 dan oshmadi…

-Ta’ziyanomaga javob keldimi?

-Hali kelgan emas…

-Navro’z bilan ham tabriklab xat yubormadimi?-ajablandi Karimov.

-Bugun kelib qolsa kerak, majlisni kecha o’tkazganingzini eshitishgan bo’lishsa kerak. Muxbirlarning hammasini quvg’inga olib, tezlikda yoritinglar deganman.

-Yan nima gaplar?- o’rnidan erinibgina turar ekan so’radi Karimov.

– Pokistonda Al Qoida qoldiqlariga qarshi urush davon etayotgan ekan.

– Menga uning nima qizig’i bor?

-Xabarlarga ko’ra qurshovdagilar chechenlar va biznikilar ekan? Bazilari o’lib, bazilari yaralanibdi?

-Anau boshlig’i ham bor ekanmi oralarida?

-Biz ham shuni surishtiraymiz. Haligacha bir gap yo’q.

-Agar u ham o’lgan bo’lsa, darhol televiozrga ayt, progarmma qilsin, bu Xudoning bizga Navro’z tuhfasi deb aytsin. Lekin u tug’ilgan joyga ko’z-quloq bo’linglar. Tag’in bir gap chiqmasin. Ha, ana u aksionerlar nima uchun kelgan ekan?

– Bu masalani hali endi aytmqochi edim sizga, farishta bo’lib keting-e, darrov qaydan eshita qoldingiz, xo’jayin?.

-Sanlarning mendan gap yashirishlaringni bilamanda. Shuning uchun farishtalarga ham aytib qo’yganman. Nega kelishga ekan, nega 50 kishi mening idoramga yaqin joygacha keladiyu hech kim ularni to’xtatmaydi?

-To’xtatishgan, ba’zilarini yo’llarda ushlashgan, lekin bular oila a’zolari, bola chaqalari bilan Navro’zga qarindoshlarimiznikiga borayapmiz deb o’tib kelishibdi. Ularning aksiyadirlik shirkatlari yopilgan ekan, darrov hukumat idorasiga olib kirib va’dani quyuq qilib jo’natdik.

-Orqasidan mirshaga ayt, borib tekshirsin ularni, qanday qilib markazga kelgani, muxolifatga aloqasi bo’lib-bo’lmaganiga alohida etibor bersin. Ulardan bittasining bolasi chet eldagi ovozlarga “Yeydigan nonimiz to’q” debdi. Uyiga kirib tekshirsin, agar noni bor bo’lsa jamiyatimizga qarshi tuhmat qilganlikda ayblab, besh o’n kun turmaga tiqib qo’ysin.

Yordanchi xo’p deb chiqib ketayotgan edi u to’xtatdi:

-Men yuz yuvib, chiqqunimcha halimni suzib qo’y, butun xalqim halim yegan paytda men ham ular bilan birga bo’lishim, ular yegan narsani yeyishim kerak!

Bu gap o’ziga yoqib ketdi shekilli qo’shimcha qildi:

-Ayt ana u muxbir bolani yuborishsin, mening ham halim yeganimni xalqqa ko’rsatsin, balki besh-oltita cholni ham topib kelarsan, yoki narigi xonani choyxona qilib tuzatsang ana o’sha yerda halim yeymiz. Odamlar ham tomosha qilib, xursand bo’ladilar! Kegin toqqa ketamiz. Haramga yangilaridan kelgandur. Aytib qo’y, chet elga chiqmagani, kasal-pasal bo’lmagani bo’lsin. Injiqlarining ham keragi yo’q. Yangangi esa qizinikiga jonatib yubor. Biz ertaga ham Haramda qolamiz. Halimxor’likdan keyin dam olmasak bo’lmaydi.Halimxo’rlikni haramxo’rlikka ulab yuboramiz!

 

 

2004 yil, 21 Mart

BUZULGAN NAVRO’Z

 

Karimov bugun poytaxtdan ancha olislikdagi tepalikda insho etilgan Haramda uyg’ondi. Bu yerga u vertoletda kelgan edi. Tashqariga qarasa havo xira. Mayda-mayda yomg’ir yog’moqda. Soqchilar vertolyotning yonida va Haramga kiraverishda shay bo’lib turganlarini ko’rib ko’ngli tinchidi. Sekin narigi xonaning eshigini ochdi. Qizlar qator bo’lib uxlab yotibdilar. Yordamchisi esa stulda o’tirgancha pinakka ketgan. Karimov qizlarning ustidan hatlab o’tib, yordamchining qo’lidagi qog’ozlarni olaman, degan edi u yg’onib ketdi;

-Nima bular?- so’radi Karimov.

-Pokistonliklar urush qilayotganlar orasida haqiqatdan ham biznikilar borligini tasdiqlashdi. Lekin kattasi qochgan bo’lishi mumkin, deysihmqoda.

-Lattalar, og’izlaridagi baliqni ham qochirishadi,- g’azablandi Karimov.-Bo’pti bizdan uzoqdaku nima bo’lsa-bo’lavermaydimi?. Boshim og’riyapti, och bitta shishani , biroz otaylik.

Karimov bir rumka viskini ichdida yotog’ xonasiga o’tib, qizlardan birini chaqirtirdi.

-Juda yaxshi ekansan, kechasi azob bermading…Qayerga o’qishga kirmoqchisan?- soradi undan.

-Yordam bersangiz Turkiyaga borib o’qisam…- dedi qiz iymanibgina.

-Qaysi yili bittasi Turkiyaga borgandi. Men bilan birga bo’lganini jurnalistlarga gapirib berib o’zini sharmanda qildi. Mana endi vataniga qaytaolamay itning keyingi oyo’gi bo’lib yuribdi. Ota-onasini esa qamoqda chirittim. Lekin sen menga yoqding. Injiq emas ekansan. Shu yerda istaganingcha tur, keyin Moskvaga yuboraman, o’sha yerda o’qiysan. Boshqa joyga ketaman desang o’sha yerda bitta opang bor, istasa Arab Amirligiga jo’natadi sani.

-Yoqding, deysizu kecha konsertda ana u ashulachi opamni quchoqlab, op’dingiz-ku?- noz qildi qiz.

-Sani hali siyosatga aqling yetmaydi…Undan keyin og’iz maniki, istasam o’paman, istasam tishlayman…

-Men sizni juda ham yaxshi ko’raman. Kerak bo’lsa men ham ashula aytib beraman sizga bag’ishlab. Hayotimda sizdan boshqa odam bilan birga bo’lgan emasman, menga uylanib qo’ya qoling,- yolvordi qiz.

-O’hho’, ishtahang nahang-ku? Mening xotinim borligini bilmaysanmi?

-Musulmonchilikda to’rta uylanish mumkin ekan-ku,- dedi qiz jovdirab.

-Meni musulmon deb senga kim aytdi, mening kitobimda to’rta uylanish yo’q, mening kitobimda Haramda to’rt yuzta senga o’xshaganini saqlash bor. Kayfiyatim yaxshi bo’lgani uhcun seni kechirdim, bo’lmasa ana u qo’riqchi bo’lalarga berib yuborar edim, ular yomon, bir nechtasi birdaniga senga yopishadi, bildingmi? Bor yo’qol.

-Voy, Karimov bo’lsangiz o’zingiza, odamlar aytganicha bor ekansiz, nega menga yo’qol deysiz?-birdan baqira boshladi qiz.

Shu payt ikki yigit yugurib kirib qizni ko’tarib olib chiqib ketishdi.

-Uni psixbolnitsaga tiqib qo’yinglar, Navro’zni ham buzdi, bu ablah, qani vertolyoni ishga sol, qaytamiz,- dedi u yana bir rumka viskini ichar ekan.

 

 

2004 yil, 22 Mart

 

BABUSHKANING JAZOSI

 

Karimov bugun ertalab soqolini oldirib, kiyimlarini kiyar ekan, shoshilinch maktublarga nazar tashaldi. Hammasi Navro’z tabriklari edi. Bittasi esa okeanning naryog’idagi katta davlatdagi elchidan ekan:

“Bugun Navro’z munosabati bilan nomingizdan yuqori lavozimli kishilarga ziyofat bermoqchimiz. Taklifnomalarga kelgan javoblarda ular vaqtlari juda ziq bo’lishiga qaramasdan faqat Sizning hurmatingiz uchun tashrif buyurishlarini ma’lum qilganlar. Ular Sizni dunyodagi eng noyob lider ekanligingizni alohida qayd etmoqadalar. Ertaga ziyofat yakunlarini ham yozib yuboraman. Shu o’rinda sizdan bir narsani so’ramoqchi edim, xorijdagi “ovoz”lardan biri Navro’z munosabati bilan suhbat berishimni so’ragan. Shunga nima deb javob qilsam bo’ladi? Ehtirom bilan qulingiz…”

-Ziyofatga qancha xarajat qilishihini alohida tekshirib ko’ringlar,- dedi Karimov,- ilgarigi elchilardan biri shuncha pulni olib qochganini, endi esa partiya tuzib yana rahbar bo’lish uchun o’sha pullarni o’zimga qarshi sarflayotganini unutmanglar…Nima, bu ham radioga chiqib o’zini ko’z-ko’z qilmochimi yoki buning ham partiya tuzish istagi paydo bo’ldimi? Buning o’rniga yo’lini qilib mening safarimni tezlashtirsin. Borganimda birgalashib interviyu beramiz, agar kerak bo’lsa.

Keyin u Kaspiy ortidan keladigan mehmonni kutib olishga tayyorgarlik bilan qiziqdi:

-Yaxshilab kutishimiz kerak, ancha usta bolaga o’xshaydi, kam deganda 20 yil taxtda o’tiradi, otasining nomiga bir-ikkita ko’chani qoyib yuborsak u ham kelajakda shunday yo’l tutadi,-dedi.

Shu payt nevarsi yugurib keldi va:

-Dedushka, dedushka, men babushkam bilan gaplashdim, ertaga kelar ekanlar, babushkamdan “Nega sartarosh amaki bobomning soqollarini olgandan keyin yuzlariga atir sepadi?” deb so’rasam, “Chunki bobong juda ham sassiq, ustaning ko’ngli aynib ketgan bo’lsa kerak” dedilar. Shu gap to’g’rimi?-dedi.

-To’g’ri, shuning uchun ham babushkangni mehmonga jo’natib, kecha Haramga borib keldim, bor unga ayt, ertaga ham kelib yurmasin, men bilan yotsa ko’ngli aynib qoladi, men boshqalar bilan yotib yuraverman, – dedi Karimov.

Keyin televizorga nazar tashladi. Eron shohining xotini Farah Phahlaviy eri haqida “Ol’mas muhabbat” degan kitob yozgan ekan, shu bo’yicha suhbat o’tkazilayotgandi. Karimov xayolga botdi:” Meniki ham bir kuni Farah Pahlaviyga o’xshab men haqimda kitob yozar, lekin Farah qarigan bo’lsa ham chiroyini yo’qotmabdi, meniki bo’lsa halitdan murib qoldi. Qo’yib yuboray desam, gap-so’zga qolaman. Bu ham mayli, lekin bu ona yurtiga ketib qolib, butun sirlarimni ochib yuboradi.Indamasam, tili uzun bo’lib ketayapti. Yaxshisi u emas, kelajakda men u haqda kitob yozishim kerak. Eroh shohi nimadan o’lganini o’rganishim kerak ekan”.

Uning xayolini kuchukchaning irillagani buzdi. Dunyo rahbarlari kuchukchalar bilan yurganini ko’rib u ham bittasini uyiga keltirgandi. Man endi g’ing’ishib asabini buzmoqda.

-Bore, sen ham babushkanga!- deb u kuchukchni tepib yubordi.

 

2004 yil, 23 Mart

 

“KARIMOV ISHI”

 

Karimov bugun zerikib o’tirar ekan, birdan ko’ngliga “So’nggi qatag’on” deb nomlangan besh qismli hujjatli filmni tomosha qilish keldi. Bu filmda “Paxta ishi” deb qamalgan yuzlab odamlar gapirtirilgan va Karimov xaloskor qilib ko’rsatilgan edi. Hatto bir kishi ‘ “Karimov kabi jasoratli odam bo’lmaganda mustaqil bo’la olmas edik” degan. Karimov filmni tomosha qildiyu uning muallifi bo’lgan maslahatchisini chaqirtirdi. U kelgunga qadar xayolga toldi.

“Bu axmoqlar hech narsani bilmaydilar. Aslida o’sha qamalgan odamlarning ko’pi pora olib, pora berganlar. Mening o’zimga qanchasi pora bergan. Men o’zim qanchasiga pora berganman. Buning ustiga men planlashtirish idorasining rahbari bo’lib arang 22 senther paxta beradigan yerga 35 sentnerdan plan qo’yib yuborganimni qayoqdan ham bilishsin? Aslida ana u deputatlar g’ovg’a qilmaganlarida bular qamoqda chirib ketardi. Bu maslahatchim ayyorga o’xshaydi. Bila turib mening nozik joyimga urib, tilimni qisiq qilmoqchi bo’ldimi? Ana u shoirchi? Mahbuslarni ozod qilish haqida xat yozganlarini o’zim ko’rgan edim, debdi. Voy ablahey, qip-qizil yolg’onchi ekan-ku? Men unga qahramon unvoni berib yuribman-a? O’shanda tergovchi bo’lganlar bugun Oliy sudning raisi, prokuror, vazir va hokazo. Hammasi qip-qizil yolg’onchi ekan. Gapirgan gaplarini qarang. Ertaga ishdan ketsam, “Karimov boshimizda topponcha ushlab turgan edi, shuning uchun gapirganmiz” deydi hali bular. Aslida tarix insonning qo’lida ekan. Istasang o’ldirish, istasang tiriltirish, istasang xoxlaganing kabi yozdirish mumkin. Ammo qo’rqaman-ki, mana shu maslahatchilar hali “Karimov ishi” degan hujjatli film ham qilishadi. Chunki minglab odamlar qamoqlarda o’lib ketdi. Gdlyan-Ivanovlar bir kishini ham qaynoq suvga solib qiynab o’ldirgan emas, ammo biznikilar bolasini qaynoq suvda qaynatib, onasini qamoqqa tiqib qo’yishni odatga aylantirishgan. Lekin bularning ustini yopib bo’lmayapti. Shuning uchun hozirdan bir yo’lini qilishim kerak. Bo’lmasa meni ham go’rdan chiqarib tashlashadi”.

Karimov ichimda shayton paydo bo’ldimi, deb seskanib ketdi. Lekin qarshisida maslahatchisi turgandi.

-Ha, “Karimov ishi” deb yozayapsanmi, yangi senariyni, yoki “Birinchi qatag’on” deb yozayapsanmi?- deb so’radi u maslahatchidan.

Maslahatchi anqayib qoldi.Keyin:

-Men yozayotgan narsa sizning qahramonliklaringiz haqida,-dedi..

-Nega menga aytmasdan yozayapsan?

-Men sarlavha topolmay yurgan edim, lekin hozir siz aytganingizdan keyin yozganlarimga “Karimov ishi” deb nom qo’ymoqchiman. Bu juda ham mos tushadi,dedi maslahatchi quvonib.

– Soxta demokrat deputatlar, muxolifatchilar, dinchilarlarni ham qo’shishni unutma!- dedi Karimov ayyorona ohangda.

-Asosan shular haqida yozayapman,- javob qildi maslahatchi.

-O’zingni ham bir chetiga qo’shib qo’y!

-….- maslahatchining nafasi ichiga tushib ketdi. Karimov esa so’zida davom etti.

-Chunki o’zing ham o’shalarning yoniga ketasan. Sen bir marta yo’lg’on gapirgan odam, mendan keyin yana gapirasan.. Sen ham endi “Karimov ishi”ning bir bo’lagisan!

-Yo.. Yo..,- maslahatchi g’ulduray boshladi.

-Bo’yninga olsang, qutulsan, bo’lmasa…

-Bo’ynimga oldim, bo’ynimga oldim,- deb masalahtchi tiz cho’kdi.

Karimov Ichki ishlar vazirini chqirdi va:

-Yana bir xoinni topdim. Hammasini bo’yniga oldi. “Karimov ishi” deb yozmoqchi bo’lganini ham. Mana eshitib ko’r ishonmasang, deya mitti magnitafonni ham unga uzatdi.

 

 

2004 yil, 24 Mart

MUZOKARA

 

Karimov mehmoni Ilhom Aliyev bilan gaplashar ekan,

-Otangizning buncha uzoq rahbar bo’lib yashaganlarining sirini bildingizmi?- deb so’radi.

-Men doim ish bilan band edim. Otamning yonida esa xotinim yurar edi. Hatto chet el safarlariga ham u birga borardi. U ayni paytda otamning doktori ham edi,- dedi Ilhom.

Karimov Ilhomning yonidagi hurliqo, dilbar ayolga nazar tashlar ekan:

-Sirni angladim, shunday ayol mening yonimda ham bo’lganda bemalol 80 yoshga qadar taxtda o’tirar edim,- dedi.

Bu hazil Ilhomga uncha yoqmasad u yumshoqroq javob qildi.

-Sizning xotiningiz ham menikidan qolishmaydi.

U shunday deb Karimovning yonidagi ayolga qarab jilmaydi.

Karimov xaxolab kuldi-da:

-Ilhomjon, bo’lmsa almasha qolaylik,- dedi.

-Almashar edik-ku, lekin mening o’zim ham taxtda uzoq qolmoqchiman’da,- dedi Ilhom kinoya bilan.

 

TAJRIBA

 

-Men sizni otamdek ko’raman,-dedi Ilhom muzokaralar bitib, Karimov bilan ziyofatda o’tir ekan.-Hurmatim balandligi uchun ham birinchi bo’lib siznikiga keldim. Maslahatlaringizni mendan ayamasangiz.

-Demak, men o’lgandan keyin ham bir necha oy hech narsa bilmagandek yuraverar ekansizda,- dedi Karimov Ilhom otasining o’ligini xorijga yashirib saqlaganini eslatib.

-Agar o’limingiz saylovga to’g’ri kelib qolsa, bu tabiiy hol. Azaldan Sharqda to’y kuni birov o’lib qolsa to’y o’tgunga qadar xabarini chiqarishmaydi.Shuning uchun harakat qiling to’ydan keyin o’lishga.

-Ie, sizga maslahatchi kerak emas ekan, siz o’zingiz maslahatchi ekansizku,- dedi Karimov.

-Bu maslahat emas, bu tajriba,- dedi Ilhom,- xalqlarimizning ming yillik tajribasi.

 

MUSOBAQA

 

Karimov bilan Ilhom ichib olganlaridan keyin bir-birlariga maqtana boshlashdi

-Men istagan ishimni qilaman, lekin xalq g’ing demaydi,- dedi Karimov.

-Men muxolifatni turmaga tiqib tashlaganman, lekin dunyo miq etolmydi, chunki og’zini neft bila moylaganman,- dedi Ilhom g’o’ddayib.

-Men esa butun mamlakatni turmaga aylantirganman, qani birov gapirib ko’rsinchi?- ko’kragiga urib maqtandi Karimov.

-Mening boshqa boyliklarim ham bor, kerak bo’lsa har qanday odamni sotib olaman.- dedi Ilhom.

-Mening xorijliklarga asqotadigan aerodromlarim bor…

-Menga ham otamdan qolgan…Yana men butun dunyodagi fohisha bozorlarini ham sotib oldim,- tovushini balandlatti Ilhom.

-Men esa o’sha bozorlarni tovar bilan ta’minlayapman, bildingmi?,- dediyu Karimov birdan qovun tushirib qo’yganini anglab gapni boshqa tomonga burib yubordi.

 

 

2004 yil, 25 Mart

YAXSHIROQ

 

Karimov bugun ertalab xayol surib o’tirgandi, maslahatchisi kirib keldi.

-Chaqirtirgan ekansiz?- dedi u tovushini ichiga yutib.

-Qizim hol jonimga qo’ymayapti. Suncha odamni zindonga tiqqan odam bitta erimni ushlab berolmaysizmi, deyapti.

-Saddam ham qizlarining gaplariga kirib kuyovlarini o’ldirtirgan edi. Mana endi Saddam zindonda, qizlari esa yallo qilib yuribdilar,-dedi maslahatchi.

– Nima, men meni Saddam bilan tenglashtirayapsanmi?

-Yo’ge, Saddam sizning oldingizda ip ham esholmaydi, qizlaringiz ham uning uning qizlariga dars beradi,- dedi maslahatchi Karimovning tilni yaxshi bilmaganidan foydalanib, soz’ o’yini qilar ekan.

 

 

IKKI ESHAK

 

Karimov mehmoni bilan uchrashuvdan chiqib ketar ekan, bir xorijlik muxbir unga savol berdi:

-Ucrashuvdan qanday taassurot oldingiz?

Karimov muxbirga termuldi-da:

-Uchrashuvdan keyin bitta eshakning hangraganini eshitganimni aytmasam, bugun hech qanday taassurot olmadim,-dedi.

-Siz-chi den so’radi muxbir mehmondan.

-Men esa bir eshakning hangrashidan bezor bo’lib kelayotgan edim, yo’limda ikkinchisi uchradi,- deb javob qildi.

 

O’Z-O’ZINI TANQID

 

Karimov xorijga ketib qolgan muxolifatchi haqida berilgan savolga javob qilar ekan:

-Uning uchun vatan degan tushuncha yo’q! U o’z ota-onasini ham sotgan kimsa! U odamlarning hayotini bir tiyinga olmaydi! Faqat o’zini o’ylaydigan badbaxt, qo’rqoqdir u! O’zini tirik deb oylagani bilan aslida murdadir u! Xalq unga o’z bahosini berib bo’lgan. U bevatandir! U xoindir!

Savoldan keyin kirib kelib Karimovning gapini eshitgan bir chet ellik:

– Kim bu odamni o’z-o’z ini tanqid qilmaydi, desa bekor aytibdi,- dedi.

 

 

 

2004 yil, 26 Mart

HALI…

 

Bugun Karimovning huzuriga kirgan maslahatchisi dedi:

-“Transparency “ degan bir tashkilot dunyo liderlaridan qaysilari o’z boshqaruvlari davrida qanchadan pul o’marganlarining ro’yxatini el’on qilibdi. Birinchi o’ringa Suxartoni qo’yibdi. U 31 yillik boshqaruvi davrida qariyb 30 milliard dollarni o’margan ekan…

Karimov maslahatchisining gapini kesdi.
–Buncha maydalaysan gapni, biz ro’yxatda yo’qmi, shuni aytsangchi?

-Yo’q, siz hali ishdan ketgan emas-ku. U yerda faqat ketganlar haqida yozilgan,-dedi maslahatchi.

-Xudoga shukur, lekin bizniki unchlaik ko’p emas, ikkinchi o’rinni egallasak kerak,- dedi Karimov bamaylixotir.

-31 yilga yetsa siz ham birinchi o’ringa chiqib olasiz,- deya pichirladi maslahatchi Karimovga eshittirmasdan.

 

PARASHUTCHILR

 

Bugun Karimov kundalik hisobotga qarar ekan vazirni chaqirtirib:

-Chegarada naryog’lik bir kishini otib qo’yibsanlarmi? Tekshirib ko’rdinglarmi, yana menga qarindosh bo’lib chiqmasin? Keyin aka-ukalarim boshimni qotirib yuboradilar,- dedi.

-Yo’q, oldin so’rab, keyin otdik,- dedi vazir.

-Offarin! Ha, Nega bu 25 nafar parashutchi qo’lga tushib qoldi?

-Bilasiz chegaralarni minalashtirganmiz. Bizdan qochib ketib, naryoqda yurgan bir-ikkitasini ushlash kerak bo’lib qolgandi, bolalarni parashutda tashlasam, qo’lga tushibdilar.

-Sharmandamiz chibdi-ku?

-E, yo’q, xo’jayain, mashq qilayotgan edik, shamol bolalarni o’sha tomonga uchirib olib boribdi, degan edik, ana ular laqqa ishonishdi.

-Shamol bor edimi, o’zi?

-Aksiga olib shamol yo’q edi, desangiz, lekin televizordan shu mintaqa osmonidan kuchli shamol o’tdi, deb xabar berib yubordik. Darrov bolalarni qo’yib yuborishdi.

-Ushlaydiganlarimiz nima bo’ldi endi?-so’radi Karimov.

-Bu bolalarni “qutqarish” maqsadida o’tganlar hali osha yerda. Ushlaydiganlarimizni ham “parashutchilar” qilib rasmiylashtirib olib qaytamiz,- dedi vazir erkalanib.

 

ILHOM

 

-Okeanning naryog’ida Navro’zni zo’r nishonlashibdi,- dedi Karimov kundalik hisobotni o’qishda davom etar ekan, xorijiy masalalar bilan shug’ullanadigan maslahatchini chaqirib.- Elchi bir raqqosa bilan o’yinga ham tushibdi. Tuzoqqa ilinayapti. Yoki mendan qutuldim, deb bayram qilayaptimi? Nima bo’lganda ham og’ayningni elchi etib tayinlab yomon ish qilmadik. U mendan xorijiy radioga chiqshni so’ragan edi. Ayt gapirsin, lekin ehtiyot bo’lsin, eski quda haqida so’rab qolishmasin tag’in?

-U usta, qudangiz haqida savol berolmaydigan muxbir bilan gaplashadi,- dedi maslahatchi.

-Shunaqasi topilib qolsa, menga ham ro’para qil, mening ham aytadiganlarim bor,- dedi Karimov.

Maslahatchining esa ko’ngliga:“Aslida hammayoq o’shanaqa muxbirlarga to’lib ketgan, birortasi ham quda haqida savol berolmaydi. So’raganda-ku biz ham dala hovliga chiqib olib, mazza qilib eshitgan bo’lar edik?” degan gap keldi va rangi oqarib ketdi.

-Sobiq qudamni eslasam mening rangim oqaradi, seniki nega oqardi?-so’radi Karimov.

-O’zimiz o’zingizdan, rangimiz rangingizdan ilhom oladi-da, oqsoqol,-deb javob qildi maslahatchi.

 

 

 

2004 yil, 27 Mart

NARSA

 

Bugun Karimov hovuzga kirib miriqib cho’mildi. Keyin achchiq sho’rvadan ichar ekan, yordamchisiga savol berdi:

-Dunyoda sen uchun ota-onadan aziz qanday narsa bor?

-Men uchun eng aziz narsa bu siz,- dedi maslahatchi.

-Dunyoda mendan ham aziz qanday narsa bor?

-Sizdan aziz narsa yo’q,- dedi maslahatchi.

Keyin Karimov yana suvga sho’ng’iganda suhbatni eshitib qolgan soqchi yordamchiga:

-Ona-onangiz siz uchun aziz emas ekanda-a?- dedi.

-Ota-ona bilan bilan narsani almashtirma va qulog’ingni narsadan uzoq tut,-dedi masalahatchi.

 

 

KINDIK

 

-Sevgidan teppada nimani qoygan bo’larding,-dedi Karimov yordamchisiga.

-Men bir narsa qo’yolmagan bo’lardim,- dedi maslahatchi.

-Nega?

-Chunki yaratganning o’zi kindikni qo’yib qo’ygan-da!

 

 

O’LGANDAN KEYIN

 

-Sen doim men bilan birgasan. Bunday hayot joningga tegmaydimi? Qachon o’z hayotingni yashaysan?-deb so’radi Karimov yordamchisidan.

-Siz mening hayotimsiz ,- deb javob qildi yordamchi.

-Bir kun men o’lib qolsam, nima qilasan?- so’radi Karimov.

-Hayotimni yana sizga bag’ishlayman.

-Qanday qilib?

-Vaqtimni doim go’ringiz yonida o’tkazaman.

-Bu nima deganing? Nega endi vaqtingni mening go’rimni yonida o’tkazasan?

-Chunki men o’sha paytda axlat tashiydigan mashina haydayman-da,- dedi yordamchi.

 

 

2004 yil, 28 Mart

 

TARIX TAKRORLANMAYDI

 

Bugun Karimov dam olar ekan, gapdan gap chiqib qolib yordamchisi:

-Dehqonlar partiyasining tuzuvchisi bir maqola e’lon qilib, bizni ro’yxatga olmaganlari qonunga xilof, Karimov dehqonlarga imkon berishni istmayadi, hokimiyat dehqonlarga!- deb yozibdi dedi.

-Uning bobosi ham dehqon edi. Bir marta hokimiyat dehqonlarga berilgandi. Lekin hammayoqni rasvo qilib, o’lkani sotib yuborishdi, tarix takrorlanmaydi,- dedi Karimov.

“Xudoga shukur, tarix takrorlanmasa, demak, Karimovdan keyin uning sulolasidan ham boshqa Karimov chiqmas va tarix takrorlanmas ekan” deya o’yladi yordamchi.

 

XALQ DIPLOMATIYASI

 

-Ertaga Shimoldan keladigan mehmon allaqachon ishdan ketgan, unga nega orden bersihmoqchi, deb muxolifat bizni tanqid qilmoqda,- dedi maslahatchisi Karimovga.

-Xudo ko’rsatmasin ertaga bir kor-hol bo’lsa, bolalar bu yerdan ketib, odamdek yashaydigan faqat o’sha mamlakat qoldi. Bu odam bugun ishdan ketgani bilan juda katta boy. O’zining fondi bor. O’zi gazeta chiqaradi, televideniyesi, banklari bor. Biz hukumatlarga emas, oddiy xalqqa ishonishimiz kerak. Xalq diplomatiyasini ham o’rganishimiz kerak. Ayt uni yuqori darajada kutib olsinlar,-dedi Karimov.

BIRINCHI QO’L

-Xalqaro jamg’arma iqtisodimizni yaxshi, deb baholadi,- mamnun bo’lib Karimovning huzuriga kirdi vazir.

-Ma’lumotlarni o’zing berdingmi?-so’radi Karimov.

-Yo’q, statistika idorasidan o’zlari kovlashtirib olishdi,-deb javob qildi vazir.

-Voy ablah, unaqada rasvomiz chiqadi-ku?

-Unchalik emas, oqsoqol, siz aytganingizdek qilib hamma hujjatlarni qaytadan yozdirib ularga moslab qo’ydik. Mendan ma’lumot olsa ikkinchi qo’ldan oldik, deb ishonmas edilar. Endi esa ma’lumotni birinchi qo’ldan oldilar.

-U birinchi emas, uchinchi qo’l, axmoq, mana meniki birinchi qo’l, buni unutma, mana shu qo’l kiygizgan zarbof to’nlar va mana shu qo’l bergan hadyalar va manashu qo’l senga yozib bergan raqamlar natijasi bu!-dedi Karimov o’zining “yol”i ish berganiga sh’ama qilib.

 

 

2004 yil, 29 Mart

SODIQLIK

 

-Internetda nima gaplar bor?-deb so’radi bugun Karimov maslahatchisidan.

-Ba’zi og’ziga kuchi yetmaganlar, mashinlarimiz tashqarida arzon, ichkarida qimmat, deb yozishmoqda,-dedi maslahatchi.

-Ular madaniyatimizni ham bilmaydilar. Ota-bobolarimiz “Mehmon otangdan ulug’”, “O’zing chanqab o’tirgan bo’lsang ham suvingni ko’chadan kelgan tashnaga ber” deb bekorga aytmaganlar. Bu “Begonani hurmat qil” degani. Begonalar bizning mashinlarimizni olishmqochi bo’lishsa va biz arzonga bersak, bundan xafa bo’lish emas, quvonish kerak, bu bizning madaniyatimizga soqiligimizni ko’rsatadi.-dedi Karimov.

 

 

ILONNING YARALISI

 

-Dunyoda yana nima gap?-deb so’radi Karimov maslahatchisidan.

-Xushxabar, bizniki Pokistonda qattiq yaralanibdi,- dedi maslahatchi.

-Tezda hukumatiga murojaat qilinglar va uni bizga topshirishsin. Olib kelib, o’zim uni davolayman, keyin sud qilib, undan keyin peshanasidan otaman,-dedi Karimov.

-Murojjat qildik, lekin ablah qochib qolibdi,- dedi maslahatchi cho’chigan qiyofada.

-Unday bo’lsa, chegaralarni mustahkamla, askarlar shay bo’lishsin, uning qishlog’ini o’rovga ollaring, yaqinlarini nazoratda tutinglar, umuman hamma joyda “g’ing” deganni turmaga tiqinglar!-deb biyruq berdi Karimov.

-Yog’e, uning bizga hujum qiladigan kuchi yo’q edi va bugun ayniqsa qolmagan, u teshikma-teshik yashirinib yurgan bo’lsa kerak,- dedi maslahatchi.

-Sen bilmayasan, ilonning yaralisi yomon bo’ladi,- dedi Karimov.

 

O’Z-O’ZIGA BAHO

 

Maslahatchi kirganda Karimovning qo’lida “Xalq hikmatlari” kitobi bor edi.

-Men shu yerga kelganimdan beri faqat qo’lingizda shu kitobni ko’raman,- dedi u Karimovga.

– Nima gaplarimda maqollarni ishlatayotganimni sezmayapsani?- so’radi Karimov.

-Sezganda qandoq, har bir gapingiz shuning uchun ham xazinaga, hikmatga, shiorga aylanmoqda, odamlar nutqlaringizni miriqib o’qimoqdalar,- deb javob qildi maslahatchi.

-Bundan 12 yil oldin bittasining “Topponchaga javob” degan maqolasini bir kun o’tirib o’qib chiqqandim. Chunki, butun mamlakat o’sha kuni bosh ish qilmay shu maqolani qidirib o’qigandi. Buning sirini keyin bildim, u bitta yozuvida 64ta xalq maqolini ishlatgan ekan, anglab yetdim-ki, u aslida zo’r emas, g’or yozuvchi ekan. Chunki xalqning hikmatlarini ko’chirib olib, mashhur bo’lib yurgan ekan. Bu o’sha sirni ochgan, aqlimga nurni sochgan kitob,- deya uni varaqlay boshladi Karimov.

 

 

2004 yil, 30 Mart

 

 

TAKLIF

 

Karimov bugun ertalab ishga kelishi bilan yordamchisiuning huzuriga bir dasta qog’oz olib kirdi.

-Men senga bundan keyin menga qog’oz olib kelishni bas qil degan edimku!- dedi Karimov.

-Bular odamlardan kelgan hamdardlik maktublari…

-Birov o’lib qoldimi yana?

-Kechagi portlovlar uchun bildirilgan hamdardlliklar,- dedi yordamchi.

-Hamdardlik emas, tabriknoma bo’lsa olib kelasan, bor!.

-Bularni tashlab yuboraymi bo’lmasa?-so’radi yordamchi.

-Ovora bo’lib yurma, gazetalarga ber, ular chop etishsin,odamlar o’zlari tashladilar, kerak bo’lsa,- dedi Karimov.

 

XAYOL

 

Karimov vazirni chaqirib so’radi:

-Kechagi portlashlar rostdan ham bo’ldimi?

-Bu safar rost, lekin foydasi katta, oqsoqol.

-Masalan?-so’radi Karimov.

-Masalan endi saylovga muxolifat ham kirsin, diniy mahbuslarni ozod qilinglar, qiynoqlarga chek qo’yinglar, degan talablarni qilishmaydi.

-Lekin men buning uchun senga ilgarigisi kabi bir narsa tayyorla degan edim,-dedi Karimov.

-Tayyorgalik qilayotgandik, lekin bu chiqib qoldi,- deb javob berdi vazir.

-Agar bu safar portlovlarda qo’ling bo’lmsa, arizangni yoz,- deb buyurdi Karimov.

-Nega oqsoqol?-ajablandi vazir.

-Chunki sendan qo’rqadigan joyim yo’q endi. Senda

sir yo’q, bo’shsan endi, g’ing desang hammasini bo’yninga qo’yaman…

Vazir bir egildiyi qandaydir tugmani bosib, yugurib kelib Karimovni quchoqlab oldi. Kuchli portlash…

Karimov seskanib ketdi va “Xudoga shukur xayol ekan” dedi.

 

JASORAT

 

-O’lgan mirshablarning hammasini “Jasorati uchun” degan ordenga taqdim et, darrrov qo’l qo’yib beraman,- dedi Karimov vazirga.

-Ular jasorat ko’rsata olmaganlari uchun o’lib ketdilar,- dedi vazir.

-Unday dema. Ular men va sen uchun o’lib ketdilar. Bu jasorat bo’lmay nima?

-Lekin…

-Lekinlayversang, o’zingni ham shunday ordenga tavsiya qilib yuboraman!-dedi Karimov.

 

OT IZIDAN

 

-Portlovlarni kimning bo’yniga qo’yamiz,- deb so’radi Karimov vazirdan.

-Chet eldagi muxolifat bozorda o’ldirilgan bir cholning xuni uchun kurashga chaqirib, kecha bayonot tarqatgandi.Menimcha shunga bog’lasak yaxshi bo’ladi,- dedi vazir.

-Bo’pti shunday qil.

-Lekin ular bugun yana bir bayonot tarqatib portlovlarni qoralab chiqishdi.

-Bizning metod qo’limizdan ketibdi’ku? Ular ham ot izidan borib, usta bo’lmoqdalar. Tuyoqlariga mix urib qo’yamiz hali. Bo’pti hozircha boshqalarning bo’yniga qo’y!, Keyinroq o’zim biror majlisda ularga bo’glab yuboraman,- dedi Karimov.

 

…DUSHANBA

 

Karimov ertaga chiqadigan gazetalarning xomaki sahifalariga ko’z yugurtirar ekan, ularni olib kirgan maslahatchisidan so’radi:

-Nega “Qonli dushanba” deb sarlavha qo’yding?

-Bu tarixiy ahamiyatga molik kun bo’lgani uchun,- javob qildi maslahatchi.

-Axmoq, tarixiy ahamiyatga ega bo’lsa sarlavhani “Qonli dushanba”emas, “Shonli dushanba” deb qo’yish kerak,- dedi Karimov.

 

OLTINCHIDAN…

 

-Voqelarni Navro’zga bog’laganim qanday bo’ldi?- deb so’radi Karimov Bosh vazirdan.

-Juda zo’r. Lekin ba’zi og’ziga kuchi yetmaganlar “Agar oldindan bilgan bo’lishsa, nega portlovlarni to’xtatish uchun tadbir olishmadi, Navro’z bayramini oldinga ko’chirib o’z jonlarini saqlab qolishdi-mi?”, deb tanqid qilishmoqda,- dedi Bosh vazir.

-Birinchidan, o’z jonimizni emas, Navro’z tantanalariga kelgan qanchadan-qancha mehmonlarning, chet elliklarning ham jonini qutqazganimizni aytib qo’y o’shalarga.Ikkinchidan, to’rt beshta melisa o’lsa nima bo’libdi? Ular o’limni bo’yinlariga olib bu ishga kirganlar. Melisa bo’lish uchun tug’ilmaydilar, olish uchun melisa bo’ladilar.Uchinchidan, tadbir olsak vaqealar yuz bermay qolardi va mamlakatimiz manfaatlariga foyda bo’layotgan qanchadan-qancha iliq gaplarni eshitmagan bo’lardik, hozir butun dunyo bizni qo’llab turibdi, hali kechagina tanqid qilishayotgan edi. Beshinchidan, anashularni tushunmaganing menga yoqmayapti.Oltinchidan esa,menga bunaqa gaplarni tashima!

 

 

2004 yil, 31 Mart

QUTULGAN BO’LARDIK

 

Bugun Karimov otishmalar bitgani haqida gapirib bergan vazirdan so’radi:

-Buning qanday yomon va qanday yaxshi jihatlari bor?

-Buning faqat yaxshi tomonlari bor. Masalan, o’zini muxolifat deb yurganlarning “Bugun butun xalq Karimovga muxolif” degan gaplari qanchalik asossizligini isbotladik.Agar butun xalq dushman bo’lganda manashu paytda qo’zga’lib ketardi.

-Koshki qo’zg’alganda edi. Udan ham qutulgan bo’lar edik,- dedi Karimov.

 

QAMOQDAN CHIQQANLAR

 

-Hujum qilganlarning ko’pchiligi qamodan chiqqanlar ekan,- dedi vazir Karimovga.

-Tezda tekshirlaring va kim ularni qo’yib yuborganini aniqlab darhol uni ushlanganlar va vatan xoini deb e’lon qilinglar.Chunki o’sha odam hujumlarning orqasida turgan qora kuch va ularni maxsus yetishtirib, qurollantirib bu ishga tayyorlagan. Mana nihoyat ipning uchini topdik,- dedi Karimov mamnun ohangda.

-Lekin ular o’zingizning Amnistiyangiz bilan chiqqanlar ekan!-dedi vazir qo’rqa-pisa.

 

XALQ

 

Karimov bugungi gazetalardan birini qo’liga oldi-da:

-Nega “Xalq posbonlariga hujum” deb yozasanlar, bu hukumatga hujum!-dedi.

-Oqsoqol biz xalq deganda sizni va hukumatni tushunamiz, odamlar ham allaqachon buni anglab olganlar,- dedi maslahatchi.

 

TAKRORLASHMOQDA

 

-Kecha televideniyega bergan suhbatingizda “Bohsqa joylarda bo’layotgani tushunarli, orqasida nima gap borligini bilamiz, lekin bizda nega bunday bo’lmoqda, mana bu tushunarsiz?” degan gapingiz portlovlar bo’layotgan mamlakatlarda ba’zilarga yoqmabdi,- dedi matbuot kotibi Karimovga.

-Nima deyishmoqda?- so’radi Karimov

-Ular ham sizning gapingizni takrorlashmoqda,- dedi kotib.

ISH USLUBI

 

-Bugun xalqaro inson huquqlari tashkiloti bizni oddiy dindorlarni qamayotganlikda va qiynoqqa solayotganlikda ayblab hisobot e’lon qilibdi,- dedi inson huquqlari bo’yicha ambudsman Karimovning huzuriga kirib.

-Nega bugun e’lon qiladi?

-Aslida bugun emas, kecha e’lon qilgandi,- dedi ambudsman.

-Nega kecha e’lon qiladi.

-Bugun matbuotda chiqishi uchun kecha e’lon qilgan-da.

-Agar kecha e’lon qilgan va bugun matbuotda chiqqan bo’lsa nima qizig’i qoldi.Sen ularga portlovlar,otishmalar haqidagi hisobotni yubor. To’xta, bugun e’lon qil, ertaga gazetada chiqsin, keyin yubor, ish uslubini o’zlaridan o’rgan- dedi Karimov.

“DUSHMAN OBRAZINI YARATIB”

 

-Inson huquqlari bo’yicha xalqaro tashkilot bugun “Dushman obrazini yaratib” degan kitob taqdimotini o’tkazdi,- dedi maslahatchi Karimovga.

-Dushman…?

-Biz dushman obrazini yaratayotgan ekanmiz,- takrorladi maslahatchi.

-Dushman obrazi kimga kerak ekan?- so’radi Karimov.

-Harholda bizga… ularga ko’ra,- dedi maslahatchi.

-Biz obraz yaratishni bilmaymiz,deb aytib qo’y ularga, kallavaram, ho’kiz!- dedi Karimov.

“Ha, biz obraz emas, haqiqiy dushman yaratishni bilamiz” deb o’yladi maslahatchi chiqib ketar ekan.

 

 

2004 yil, 1 Aprel

TONMOQ KUNI

 

Karimov ertalab vazirga telefon qildi:

-Mening idoramni portlatib yuborishdi, qayerdasan?

-Ro’yxatda sizning idorangiz yo’q edi-ku,-ajablandi vazir.

-Ishdan ketding ablah, arizangni yoz!-dedi Karimov.

-Bo’pti ketsan kettim, lekin sizni ham o’zim bilan yetaklab ketaman,- dedi vazir.

-Birinchi aprel- tonmoq kuni, kulaverib yonmoq kuni,-dedi Karimov so’zlarni qofiyalashtirib.

 

BUYRUQ

 

-Portlovlarga dunyoning munosabati qanday bo’lmoqda?-deb so’radi Karimov vazirdan.

-Hech ishonishmaypti,-dedi vazir.

-Unday bo’lsa yana bir ikkitasini, kuchliroq qilib portalatib yubor!

 

 

HID

 

-Okeanning naryog’idan tekshiruvchilar kelmoqda. Tag’in hidi chiqib qolmasin,- dedi Karimov maslahatchiga.

-Hid chiqaradigan narsalar boshqa mamlakatlarniki bilan ayni, y’ani hidini ham o’sha yoqdan olib kelganmiz. Ularning burunlariga mos,-dedi maslahatchi.

-Ijrochilardan bir gap chiqmaydimi?

-Mo’jiza bo’lib portlab ketganlarning ruhlari gapirib qolmasa, buyog’i tinchlik.

-Bo’pti, sinab ko’rdim seni, tekshiruvchilar kelishi esa birinchi Aprel hazili edi,- dedi Karimov.

 

HAZIL

 

Vazir Karimovga telefon qildi:

-Bizning idoraga hujum qilishdi!

-Ro’yxatda sening idorang yo’q edi-ku?!

-Bilmayman, tirik jon qolmadi!

-Sen qolibsan-ku, bas, menga faqat sen keraksan, sen tirik bo’lsang,bas!

-Men ham senga hazil qildim,-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 2 Aprel

NOM-NISHONSIZ

 

Karimov ertalab maslahatchi olib kirgan xorijiy xabarlarga ko’z tashladi:

“Yana portlov… Ichki ishlar bo’limi yonida kuchli potrlov, o’lganlar va yaralanganlar bor… Talabalardan bir qanchasi halok bo’ldi…20 tacha jangari mahalla ahlini garovga oldi…Otishmalar tinmayotir…Universitetlarda o’quvlar to’xtatildi…”

-Ja, oshirib yuboribsanlar-ku?- dedi u xabarlarni qarab chiqib.-Bunaqada bilib qolishadi.

-Hammasi pishiq…,-dedi vazir gerdayib.

-Haligi o’zini “portlatgan” odaminga nima bo’ldi?-so’radi Karimov.

-U ishonchli joyda. Bu yoqda esa undan nom-nishon ham qolmadi. Hatto xotini ham uning portlab ketganiga ishondi.

 

IZN

 

-“Manabu ayolni xorijga o’zim jo’natganman, hamma qarindoshlari o’zimning qo’limda ishlaydi”, deganding, lekin faqat bizni tanqid qilib yotibdi-ku?-dedi Karimov xabarlarga nazar tashlar ekan vazirga.

-Unga nisbatan ishonchsizlik paydo bo’lgan ekan, shuning uchun o’zim izn berdim,-dedi vazir.

-Unday bo’lsa meni emas, seni tanqid qilsin,-dedi Karimov.

 

SHAK

 

-Manabularga qara, bizga oz-moz “muxolif” bo’lganlarning hammasi, voqealarni qoralab bayonot tarqatishibdi.Endi nima qilamiz? Ulardan qaysi birini ayblaymiz?-dedi Karimov maslahatchisiga.

-Ularning hammasi o’zimiznikilar. Buni ko’pchilik bilib qoldi. Endi boshqasini yaratamiz,-dedi maslahatchi.

-Voy, bo’y,-dedi Karimov,- yaratuvchilikni ham o’z bo’yninga olibsanku? Biz qayoqda qoldik?

-Men… “Siz” bilan “biz”ni almashtirib yuboribman, bir qoshiq qonimcdan keching,-deb yalindi maslahatchi.

-Bo’pti, bundan keyin shak keltirma,-dedi Karimov.

 

“ITVACHCHA!”

 

-Yol’g’onni ko’paytirib yuborsak, odamlarni qamab tashlayversak, aytganlarining teskarisini qilaversak okeanning naryog’idagi akamizning jahli chiqib qolmaydimi?-deb so’radi Karimov vazirdan.

-Juda jahli chiqib ketsa, “Itvachca, ammo o’zimizning itvachcha!” deb so’kishi mumkin,-dedi maslahatchi.

-Qayoqdan bilasan?

-Tarixda urush jarayonlarida ular bilan sherik bo’lgan bir diktator hammayoqni rasvo qilganiga munosabati so’ralganda oldingi akalardan biri “Ha, u qanchiqning bolasi, lekin o’zimizniki?” deb so’kkan ekan, ular tarixdan ibrat olishni yaxhsi ko’radilar,-dedi vazir.

-Xudoga shukur,-dedi Karimov,-ko’nglim ancha tinchidi. Ularning so’kishlari biznikining yonida hech narsa emas ekan.

 

 

2004 yil, 3 Aprel

VASIYAT

 

Karmov bugun kelajakdagi vorisi uchun uchta vasiyatnoma yozib, konvertlarga solib, seyfga qo’ydi.

Birinchisida: “Agar vaziyat og’irlashsa portlovlar uyushtir va norozilarni qamab tashla. Muxolifatni surgun qil. Pulni tez-tez almashtiraman deb xalqni qo’rqit.Birorta rahbarga ishonma. Ularni almashtirib tur. Aybni doim yoningdagilarga ag’dar. Xalqqa o’zingni yaxshi qilib ko’rsat. Odamlarni o’zing haqingda gapitirib yoki kitob yozdirib tillarini qisiq qil. Vaziyat shunda ham og’irlashsa ikkinchi konvertni och” deb yozilgandi.

Ikkinchi konvertda esa: ”Demak yana portlov uyushtir. Bu safar kuchliroq va zamonaviyroq bo’lsin. Dunyo matbuotini qo’llan va dushmanlaringga qarshi kurash uchun mablag’ ista. Norozilarni yo’qotib yubor. Qamoqlarni uzoqda qur va borsa kelmas bo’lsin. Qiynoqning shunday yo’llarini topki, eshitganlarning suyagi zirqirasin. Matbuot va siyosiy tashkilotlarni qattiq nazoratdan chiqarma.. Chegaralarni mahkamla. Boyligingni asta-asta birorta mamlakatga chiqar. Bolalaringni ham.Katta mamlakatlar nima desa xo’p deginu o’z bilganingdan qolma.Vaziyat yanada og’irlashsa uchunchi konvertni och” deb yozilgandi.

Uchinchi konvertda esa “Onangni… Diktatorlikni udda qilolmasang, uchta konvertga vasiyatingni joylayu yo’qol!” deb yozilgandi.

 

 

HAROMI

 

-Muxoliflar televideniyeda ishlayotgan o’g’lingiz haqida yozishmoqda,-dedi maslahatchi.

-Qaysi o’g’lim?-ajablandi Karimov.

-Oldingi portlovlar haqida film qilgandi-ku, bu safar ham unga film qilishni topshirgan edingiz-ku…

-Voy haromi-ey, mendan bo’lganini aytib qo’ymasin deb unga shuncha qarashsam ham baribir aytibdi-da, onasiga tortgan-da, go’zal ediyu ammo o’g’zida gap turmasdi….-dedi Karimov jahl bilan.

 

 

“XALQ O’ZINI-O’ZI QO’RIQLASIN!”

 

-Dunyoda qanday yangiliklar bor?- deb so’radi Karimov maslahatchisidan.

-Okeaning naryog’idagi katta davlatda xalq “Biz soliqlarni berib bu hukumatni oyoqda ushlasak-da, hukumat bizni yaxshi qo’riqlamasa” deb maxsus komissiya tuzib, rahbarlarni so’roq qilayotgan ekan,-dedi maslahatchi.

-Kelajakda mendan keyin shunday gaplar chiqib qolmasligi uchun portlovlarni o’rganish komissiyasi nomidan bir murojaat tayyorla va voqealar uchun xalq ma’suliyatni o’z bo’yniga olsin, hamma o’z-o’zini himoya qilsin, degan gapni singdir,- dedi Karimov.

-Bo’pti men hoziroq tayyorlab kelaman, o’zingiz komissiya raisi sifatida imzolab berarsiz.

-Senga aql kirmadi-da hech,- dedi Karimov,-maoshlar oshishi haqida men imzolayman, narxlar oshishi haqida esa Bosh vazir, bu qoida, o’rganib ol, xalqni qo’riqlaymiz deyilganda men imzolagan bo’lardim, xalq o’zini-o’zi qo’riqlasin deyildimi, bas, Bosh vazir imzolaydi. Sen vazifalarni chalkashtirma, qolaversa Bosh vazirni bo’rdoqiga boqayapmanmi?

 

2004 yil, 4 Aprel

ISHONCH

 

Karimov bugun katta mamlakatning rahbari bilan telefonda gaplashgandan keyin sarosimaga tushib qoldi:

-Masala juda ham jiddiylashib ketdi,-dedi u maslahatchisiga.-Ertaga bu portlovlar haqidagi gaplar tasdiqlanmay qolsa nima qilamiz?

-Xavotir olmang, tasdiqlaydigan odam o’zingiz, oldingisi haqida gap-soz’ qilsidhi, lekin baribir sizning gapingiz tosh bosdi-dedi maslahatchi.

-Lekin endi hech kim ishomayapti ishimziga,-dedi karimov maxsus hisobotlarga qarab. “Shunday ham bizga hech kim ishonmas edi” deb yubordi maslahatchi xayolida.

HADYA

 

-Internetda nima gaplar,-deb so’radi Karimov vazirdan.

-Qandaydir bir guruh portlovlar ma’suliyatini o’z boyniga olgani haqida yozishmoqda.

-Nima, ichimizdan xoin chiqdimi?-so’radi Karimov.

-Yo’q, o’zimizni chetga olish uchun shunday xabar tarqatib yubordik,dedi vazir.

-Nega menga aytmasdan qildilaring?!

-Sizga bir hadya qilmoqchi edik-da,-dedi vazir.

-Men yashirincha hadyalarni qabul qilmayman!- deb vazirga o’shqirdi Karimov.

MERGAN QIZ

 

-Internetda nima gaplar bor,-deb so’radi Karimov bu safar maslahatchisisdan.

-Qizingiz mafiyaning boshli’gini otib qo’ygani haqida yozishmoqda.

-Men sizlarga aytgan edim-ku, u qizim emas o’g’lim. Otasiga balli! O’zi ham jonimga tekkan edi o’sha mafiya, qayerda bo’lmasin rizqimga sheriklik qilardi. Xudoga shukur, qutulibman! Otangga balli, qizim! Unga merganlikni o’zim o’rgatgan edim. Mendan ham yaxshi otadi.

-To’g’riku-ya, lekin o’q axmoqgarchilik qilib tegmay o’tib ketib-da,-dedi maslahatchi iymanib.

 

2004 yil, 5 Aprel

 

 

ASLIDA BIR XIL

 

Karimov bugun ishni maslahatchisini chaqirib, Internetdagi gaplarni bilishdan boshladi.

-Haligi ”Tanga” bor-ku, o’sha: “Karimov muxolifatga baribir yo’l bermaydi” degan maqolasida “Men 15 yil bu rejimni ichidan tanigan odam shuni ochiq ayta olamanki, Karimov boshqalarga yo’l bermaydi”deb yozibdi,-dedi maslahatchi.

-Unga bir marta yo’l bergandim, mashinalar, binolar, o’ziga kvartiralar ham bergandim, lekin udda qilolmadi,-dedi Karimov.

-Nonko’r ekan,- qo’shimcha qildi maslahatchi.

-Nonko’r-ponko’rligini bilmaymanku lekin siyosatchi emasligi aniq. Qaysi hukumat muxolifatiga “Kel, men senga yo’l beraman” deb aytadi. Demokratiya berilmaydi u olinadi, deb jar solib yurganlardan biri ham shu edi. Uzoqdan turib da’vo qilguncha, kuchi bo’lsa kelsin, kurashib, hukumatni olsin, qachongacha qochib yuradi!-zarda qildi Karimov.

-Hukumatni olgan bilan udda qila olmasligini o’zi ham biladi-da,-dedi maslahatchi,-hukumatni boshqarish bilan tanga o’g’irlashni bir xil deb o’ylayapti, shekilli…

-Aslida bir xil, mana sen ham tanga o’g’irlashdan boshqa gapni bilmaysan,-dedi Karimov jahl bilan.

“O’zlari-chi?! Unda hammamizning bir-birimizdan farqimiz yo’q ekan-da” dedi maslahatchi ichida.

 

 

QOZIQSEVAR

 

Maslahatchi Karimovga Internetda e’lon qilingan maqolani ko’rsatar ekan,

-Manabu joyini o’qing, “Tanga: “Men rejimni ichdan taniyman” deb yozibdi, roppa rosa 15 yildan beri tashqarida qochib yuribdiyu qanday qilib ichdan tanir ekan.

-Balki ayg’oqchisi bordir, yana sen unga ishlayotgan bo’lma? -dedi Karimov.

-Sizdek xazina bu yerda turganda so’ppaygan qoziqqa ishlaymanmi?-dedi maslahatchi.

-Ha, endi ba’zilar qoziqsevar bo’ladilar,-deb askiya qildi Karimov.

 

SO’Z MARAFONI

 

Tushdan keyin Karimov uzoqdan kelgan mehmonni qabul qildi.

-Portlovlarda hamma o’lgan odamlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiraman,-dedi mehmon.

-O’lganlarning sakson foizi dushmanlar, ular odam emas,-dedi Karimov.

-Ular odam bo’lmasa, boshqa sayyordan kelishganmi?-qiziqdi mehmon.

-Sizda shunday voqea bo’lsa, ularni kim deb atagan bo’lardingiz?-so’radi Karimov.

-Hali sud bo’lgan emas, har holda ularni odam emas, demagan bo’lardim, buning ustiga ular hayvon ham emas…

-Ular hayvondan ham battar, ular odam emas, nahotki shuni bilmasangiz? Mana eng katta shoirlarimiz ham ularni odam emas, deb yozmoqda. Odam bilan hayvonni ajrata olasizmi o’zi?-jahl bilan so’radi Karimov.

-Ajrata olaman, bularni bizda boshlang’ich makatbda o’qitishadi, katta-katta shoirlar emas, oddiy o’qituvchilar o’qitishadi,- deb javob berdi mehmon.

-Siz har holda so’z oyini degan narsalarni ham tushunmaysiz shekilli?-dedi Karimov.

Mehmon biroz o’ylanib qoldi-da:

-Men shekilli o’zimni odam emas ekanman, deb o’ylayapman, odam bo’lganimda sizni ham odam deb odamlar haqida odamdek gapirib o’tirmagan bo’lardim,-dedi.

-O’h-ho’, siz so’z o’yinini marafon qilib yuborar ekansiz-ku,-deya Karimov gapni hazilga burib yubordi.

 

2004 yil, 6 Aprel

 

SUYAKSIZ MUKOFOT

 

Bugun Karimov adabiyot bo’yicha maslahatchini chaqirib so’radi:

-Oldingi portlovlarda yozuvchi va shoirlaring yaxshi sayragan edilar, nega bu safar tovushlari unchalik eshitilmayapti?

-Ilgari oldilariga mukofot o’laroq ko’proq “suyak” tashlagan edik. “Suyak”larning go’shti ham ko’p edi, hozir esa ahvol biroz tangroq…

-Xavotir olma, topamiz, mayda-chuydalarini qo’ya tur, nahanglarini to’pla, navbati bilan kirsinlar, suyaksizidan beraman,-dedi Karimov.

 

“KO’RAMIZ”

 

-Kecha radiodam eshittim, ba’zilar bo’lgan voqealardan xursand emishlar,-dedi Karimov vazirga.

-Ular tirik qolganlaridan xursand,-dedi vazir.

-Yo’q, mirshablarga hujum bo’lganidan xursandmiz,-deb aytdi bittasi.

-Mirshablar sizniki ekanligini bilishadi-da,- dedi vazir Karimovga xushomad qilmoqchi bo’lib, ammo tili aylanib gapi boshqa ma’no kasb etti.

-Yo’q,- dedi Karimov,-sen menikisan, mirshablar esa seniki! Odamlar senga hujum bo’layotganidan xursand ekan-mi, demak men ham odamlar tomoniga o’tishim kerak.

-Unday qilmang, bizdan olti kishi o’lgan, odamlardan esa o’ttiz. Nisbatni ko’rayapsizmi, tarozi biz tomonga og’ib turibdi.

-Men odamlar tomonga o’tsam, tarozi o’sha tomonga og’ib ketadi,- Karimov.

“Ko’ramiz” dedi vazir ichida.

 

TASHQARIDAN

 

Karimov vazirga ta’na qildi:

-Mirshablarni o’ttiz foyizga qisqartirish haqidagi qarordan keyin shuncha voqealarni keltirib chiqarding. Portlovlar, hujumlar…Shuning o’rniga o’zimga kirib aytsang-ku pulini topib berardim va odamlaringni saqlab qolardim.

-Puli sizdan chiqmasin, tashqaridan kelsin, dedim-da,- deb maqtandi vazir.

 

HUSHYORLIK

 

Karimov suiqasd voqealaridan keyin telefonni olib “Maslahatchi-1” degan tugmani bosdi, lekin vazirning ovozi eshitildi.

-Nima qilayapsan u yerda?- so’radi Karimov.

-Sizni o’ldirishga uringan bittasini so’roq qilayapman,-dedi vazir.

-Bo’yniga oldimi?

-Olganda qandoq, hammasini planlagan shu ekan…

-Agar u meni o’ldirmoqchi bo’lgan bo’lsa sen, bor ishingni qilaver, uni menga qo’yib ber, hozir borib o’zim peshanasidan otaman,-dedi Karimov.

U ko’p o’tmay maslahatchining xonasiga kirib uni otib tashladi va o’z joyiga qaytganda kotib:

-Izn bersangiz mana bu kishi yangi telefon apparatini o’rnatsalar, eskisida maslahatchi va vazirlarning tugmasi almashib ketibdi,- dedi.

 

OTARCHINING TO’YI

 

-Otarchining to’yi qanday o’tdi?-deb so’radi Karimov to’ylar bo’yicha maslahatchisidan.

-Bayramda yaxshilab o’pgan ekansiz, odam ham ko’p keldi, sizni boradi deb o’ylashganda, kehin uning o’zi siz uchun maxsus zarbof to’n hozirlagan ekan, shuni berib yubordi,-dedi maslahatchi.

-Men unga chet ellik axmoq emasman-ki, bitta zarbof to’n bilan aldasa! Otarchi degani pastkash bo’lishini bilganim uchun ham bormadim, o’ziga ham yetkazib qo’y bu gapni- dedi Karimov.

 

2004 yil, 7 Aprel

 

HISSA

 

Karimov bugun safarga chiqdi.Uchqichda qurib qolayotgan orolning ustidan uchib o’tar ekan, o’tgan yillar davomida qilgan va’dalari yodiga tushdi va yordamchisini chaqirib:

-Mana sen guvoh, ana u pastdagi orolchani saqlab qolish uchun hech ish qilmadi, desalar, Xudoning oldida gunohim yo’qligini, bu ishga hissa qo’shganimni o’zing aytasan,- dedi.

So’ng hojatxonaga kirib ketdi.

 

TENTAK

 

Karimov uchqichdan Turkmanboshiga telefon qildi:

-Nima qilayapsan?- deb so’radi undan.

-Osmonga qarab o’tiribman. Orol qurib ketdi, daryolarga sen to’g’on qo’yding, endi umid osmondan, qachon yomg’ir yog’adiyu biz ekin-tikin qilamiz,-dedi u.

-Men orolni saqlab qolish uchun hissa qo’shib yuribman, bilganimda senga yordam qilar edim,-dedi Karimov.

-Sen o’zingdan boshqani o’ylamasligingni yaxshi bilaman, yordaming o’zinga dori,-dedi Turkmanboshi Karimov nima haqda gapirayotganini tushunmay.

 

 

QOFIYA

 

Karimov uchqichning hojatxonasida o’tirar ekan, Nazarboyevga telefon qildi.

-Tovushunguz buncha yaqin kelayapti, qayerdasiz,-deb so’radi Nazarboyev..

-Sizning ustingizdaman,- dedi Karimov.

-Ichib o’tiribsizmi?,-dedi Nazarboyev Karimovning valaqlayotganiga ajablanib.

-Yo’q,-dedi Karimov va qofiya qilgisi kelib qoldi,- ichib emas, …. o’tiribman.

-Xudoga shukur, hammayoqni rasvo qilib o’tirganingni axiri bo’yningga olding,-dedi Nazarboyev telefon go’shagini joyiga qo’yar ekan.

 

TADBIR

 

Karimov mingan uchiqch Latviya aeroportiga qo’ndi. Lola-gul ko’targan qizlardan biri unga yaqinlashar ekan, ko’zi lolaning qora joyiga tushdi va o’zini orqaga oldi.

-Nima gap?- deb so’radi yordamchisi.

-Dindorlar bu yerga ham yetib kelib, bularni sotib olmagan bo’lsin tag’in? Qaragin, gulning orasida nimadir bor.

-Bu yerda lola o’smasligini bilmaysizmi? Tadbir sifatida bu qizlarni o’zimiz olib kelganmiz. Uchqichning orqa eshigidan yana bir marta tekshirib tushirdik,-dedi yordamchi.

-Unda ana u qora narsa nima?-so’radi Karimov.

-…

“Hamma qora narsadan qo’rqaversangiz, oynaga qanday qaraysiz?” dedi yordamchi ichida.

 

2004 yil, 8 Aprel

 

O’XSHATISH

 

 

Karimov Latviya rahbari bilan uchrashuvdan keyin yoniga Tashqi ishlar vazirini chaqirdi va:

-Tabriklayman,-dedi.

-Nima bilan oqsoqol?-so’radi vazir.

-Internetda seni “Saddamning Informatsiya vaziri Al Sahofning o’zginasi” deb yozishibdi.

-Men ham sizga sodiqman-da, aytganingizni ko’zimni yumib bajaraman,-dedi vazir.

-Ko’zingni och, hov bola, Al Sahof oxirgi kun qochib ketgandi,-dedi Karimov.

 

PO’PISA

 

-Avropada Tiklanish va Taraqqiyot banki bizga beradigan yordamlarini kesadigan bo’libdimi?-dedi Karimov vazirga.

-Qisman kesmoqchi,-dedi vazir.

-Aytib qo’y,-dedi Karimov,-ular qisman kesmoqchi bo’lsa, men ularning oyog’ini bu yerlardan butunlay kesaman.

AYBDOR

 

Karimov safardan qaytar ekan, yordamchisidan so’radi:

-Safar oldi bayonotimga qanday munosabat bo’ldi?

-Hamma qo’shnilar yoqasini ushlab, portlovlar uchun kimni ayblashar ekan, deb kutib turishibdi.

-Prokurorga ayt, qaysi bir qo’shni menga bo’ysunmasdan, g’irromlik qilsa portlovlar ortida o’sha turibdi deb e’lon qilsin, katta akamizning qora ro’yxtaiga tirkab qo’ysak, ana undan keyin men bilan hisob kitob qiladi,-dedi Karimov.

“Unday bo’lsa qozoqlarni ayblab qo’ya qolamiz” deb o’yladi yordamchi Karimovning qozoqlarni yomon ko’rishini bilgani uhcun.

 

JAVOB

 

 

-Tojik qo’shnimiz Avropada Tiklanish va Taraqqiyot banki rahbariga murojaat qilib, bizning yonimizni olibdi,-dedi yordamchisi Karimovga.

-Demak, kechagi bayonotimdan uning oyog’i qaltirab qolgani rost ekan,-dedi Karimov.-Anashunday, bir o’q bilan to’qqiz tovuqni urish kerak!

-Lekin o’q bittasiga tegib, qolganlarini qochirib yuborsak nima qilamiz,-dedi yordamchi.

-Nima qilarding, bir muddat tovuq go’shti yemay turasan!

 

BOG’

 

-Istanbulda Turkmanboshi bog’inini ochishar ekan,-dedi yordamchisi Karimovga.

-Shunaqami hali, biz qolib u tomonga yon bosish boshlanibdi-da! Portlovlarni ularga bog’la!-dedi Karimov ranjigan ohangda.

-Lekin parkdagi butun o’yin joylari Turkmanboshining hisobiga qurilar ekan, u parkning otidan uloviga qadar berar ekan…

-Unday bo’lsa, shoshmay tur,-dedi Karimov,-portlovlar masalasida shoshmanglar, yaxshilab o’rganinglar, oraga begunohlar aralashib qolmasin, tag’in!

 

2004 yil, 9 Aprel

 

“SAVOL BERMASLIGI”

 

 

Latviya safaridan qaytganlaridan keyin Karimovning xotini eridan ranjigan bo’ldi:

-Mehmonda o’zingizni boshqacha tutdingiz-mi? Kun tartibidagi masalalar qolib ketib boshqa gaplarni gapirdingiz-mi? Ko’zingizni Vaira xonimdan hech uzmadingiz, nima mahliyo bo’lib qoldingiz-mi? Hali ham xayolingizda o’sha-mi? Nimasi yoqib qoldi buncha?

-Savol bermasligi,-dedi Karimov.

 

“MEN BILMAYMAN”

 

 

-Bekatga kimdir bomba qo’yib ketibdi,-dedi vazir Karimovga.

-Qaysi bekatga?

-Senzuraning qarshisidagi bekatga-da.

-Kim qilgan bo’lsa ham senzuraning bekor bo’lmaganini bilganlar qilgan bu ishni, toplaring va qamalaring.

-Senzura bekor bo’lmaganini hamma biladi-ku?!- ajablandi vazir.

-Men bilmayman, toplaring va qamalaring!

 

XLOPUSHKA

 

 

 

-Bekatga qo’yilgan narsa bomba desak, xlopushka ekan,-dedi vazir.

-Bu ketishda hozir pushka qo’yishgan bo’lishsa, ertaga tank bilan chiqishadi,- dedi Karimov.

 

MADDOHBOSHI

 

 

Karimov maddohboshini chaqirib unga:

-Meni bir narsa qiziqtiradi. Seni shuncha so’ksam ham, ursam ham baribir menga sodiqsan. Qalaming yaxshi, talanting bor, indamay kitobingni yozib yotavermaysanmi?-dedi.

-Uyda yotib yozsam, biror joyda chiqmaydi-da, unutilib ketaman,hozir esa sizning soyangizda asarlarim chiqib turibdi,-dedi maddohboshi.

-Bugunni o’ylayapsan, ertani ham o’ylagil. Axir mendan keyin nima qilasan?,-so’radi Karimov undan.

-Sizdan keyin sizdan oldin nima qilgan bo’lsam shuning teskarisini qilaman,-dedi maddohboshi.

-Mendan oldin nima qilgan eding?

-Demokratiyani qoralab, kommunistik partiyani najot qal’asi deb maqtab dostonlar, sh’erlar yozar edim!

 

 

2004 yil, 10 Aprel

 

O’Q JANJALI

 

 

Bugun Karimov kechagi voqealar rivojidan xursand edi. U Bosh prokurorni chaqirib:

-Brifing yaxshi samara berdi.Butun dunyo shuni gapirmoqda. Men portlovlarni qo’shnilarga bog’laysanmi, deb o’ylagandim, sen uzoqlarga boplab bog’lab qoydinku,- dedi.

-O’zingiz balandroq dorga osil, bir o’q bilan yetti quyonni ur, deganingiz uchun shunday qildim-da,-dedi prokuror.

-O’q quyonlarga tegdimi?-so’radi Karimov.

-Quyonlar o’qimga…

-Nima?

-K..kechirasiz quyonlar sizning o’qingizga birin-ketin o’zini urmoqda,-dedi prokuror.

-Indamasam, mening o’qimga ham xojayinlik qilasan-a,-askiya qildi Karimov.

“Hayronman, qachondan mening o’qim, uniki bo’lib qoldi” deb o’yladi prokuror.

 

AMIR?

 

 

-Portlovlarni tashqaridan bir Amir boshqargan, o’sha mablag’ bilan ta’minlagan, deb aytibsan, kim ekan u?-deb so’radi Karimov prokurordan.

-Siz kimni aytsangiz o’shada,-dedi prokuror.

 

JAMOAT

 

 

-Portlovlarni uyushtirganlar har yerda “Jamoat”lar tuzgan, deb aytibsanmi? Ular “Jamaot” tuzgan bo’lsalar sizlar nima qilib o’tirgandilar?-dedi Karimov Bosh prokurorga.

-O’zingiz Vazirning ishiga aralashmalaring, deganingiz uchun, qarab turgandik,-dedi Bosh prokuror.

-Ha, biz ham bir jamoat bo’lib, kutib turgandik desang-chi?!-dedi Karimov.

 

INTERNET

-Urmoqchi bo’lganimiz “quyon”lardan biri Internet edi, uni portlovlarga “bog’lab” qo’ydik, terroristlar Internet orqali ta’lim olgan, mashq ko’rgan deganimizga ishonishdi. Endi qanday qilib Internetning yo’lini tos’amiz?-deb so’radi Karimov maslahatchidan.

-Menimcha bir vazirlik tuzib, o’sha yerda Internetni filtirlab, keyin o’tkazish kerak,-dedi maslahatchi.

-Filtirlashga kimni qo’yamiz?-deb so’radi Karimov.

-Agar menga ishonsangiz, bu ishni o’zim qoyil qilib bajarib beraman,-dedi maslahatchi.

-Senga qolsa sen menikini ham filtirlaysan,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 11 Aprel

 

SSSR TARIXI

Bugun Karimov maslahatchisini chaqirdi va:

 

 

-Sening o’rningda bir muddat ishlab ketgan odam okeanning naryog’ida “Dunyoning eng katta mamlakatida vakilman” deb maqtanib yurgan ekan,- dedi.

-U sizga juda ham sodiq odam edi, ko’p xizmat qildi, aqlli va iste’dodli, yo’lingizdan hech chiqqani yo’q, vazirlar orasida ham eng ko’p u ishladi, bilasizku vazirlikda bir-ikki yilga chidaydigan odam yo’q, u esa olti-yetti yil bardosh berdi, endi shu kichik ish bilan g’ururlanib yurgan bo’lsa, bu ham sizga sadoqatidan,- dedi maslahatchi.

-O’hho’, sen ham uning odamiga o’xshaysan-ku?! Og’zingdan chakkillab asal tomayapti-ku?! Bilib qo’y, chetga yuborildimi, bu surgun degani! Sanlar SSSR tarixini ham unutib yubordilaring! Hokimiyatga ko’z tikkan yoki atrofida odam to’planib qolgan kishilar chetga surgun qilinardi. Bu qamoqning ochiq usuli, ularni atrofdagilardan uzoqlashtirish, kuchsizlashtirishning bir yo’li edi. SSSR tarixini o’qib chiq!

-Men uning muxolifat holiga kelganini bilmay qolgan ekanman,-dedi maslahatchi endi qilgan xatosini tuzatishga urinib.

-Bilmagan bo’lsang, sen ham bitta davlatni tanla va ko’zimdan uzoq tur!-dedi Karimov.-Agar surgunda SSSR tarixini o’rganib, sinovdan o’tsang, balki vazirlikka olib kelarman.

 

SHUBHA

 

 

-Dunyo bankining yillik hisobotiga ko’ra atrofimizdagi mamlakatlarda korrupsiya ko’rsatkichi kamayayotgan ekan,-dedi maslahatchi Karimovga.

-Nima, ular ham, statistikani boshqarishni, raqamlar bilan o’yin qilib, ko’zbo’yashni o’rgandilarmi?-dedi Karimov.-Bir tekshirib qo’y, idoralarimizda ularning josuslari bo’lmasin tag’in?!

 

TAVSIYA

 

 

-Dunyo matbuotida nima gap?-deb so’radi Karimov maslahatchidan.

-Turkmanboshi qizlarga “Tilla tish qo’ymanglar” deb maslahat bergan ekan, shuni yozishmoqda,-dedi u.

-Qani birortasini o’qichi, nega bunday maslahat beribdi?-dedi Karimov.

Maslahatchi maqolalardan birini o’qiy boshladi:

-“O’z tabiiy tishlaringizni asralaring. Mana itlarning oldiga suyak tashlanishidan maqsad nima? Maqsad ularning tishi mustahkam bo’lishi uchun qayg’urishdir, sizlar tilla tish qo’ysalaringiz ertaga qiynalib qolasilzar, tishlaringizni chiniqtirish, mustahkamlash uchun hozirdan qattiq narsalarni yeb turinglar”…

Shu joyga kelganda Karimov uni to’xtatdi va:

-Ablahning kallasi ishlaydi, odamlarning kuni qotgan nonga qoldi, deganlarga anashi maqolani o’qit,-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 12 Aprel

 

“AMAKI”

 

 

Bugun Karimov dunyo matbuotida chiqqan maqolalarni ko’zdan kechirar ekan, “Amaki” degan yozuv diqqatini tortdi. U Karimovning Latviyada bir jurnalist “Yevropa banki mamlakatingizda inson huquqlari poymol qilinayotgani bois yordamni kesgani haqida nima deysiz” degan savoliga “Biz inson huquqlarini buzibmiz-mi? Ular yordamni kesishar ekanu amaki bu haqda bilmas ekan-da?!” degan javobi haqida edi.

Maqolani o’qib chiqar ekan:

-Bu jurnalistlar savol berishni bilmaganlaridek, javobni tushunishni ham bilmaydilar. Men amaki deganimda o’zimni emas, Sem amakini nazarda tutgandim. Men bir kun oldin Sem amaki bilan gaplashgan edim. U kishining bunday gaplardan xabari yo’q edi. Demak bunaqa gapning o’zi ham yo’q. Sem amaki kimligini Stalin davridagilar bilganu bular bilmaydi-ya?!,- deb o’yladi Karimov.

 

SEN-A.T.

 

 

Maslahatchilardan biri bu yilgi saylovda Senatga saylanadiganlar ro’yxatini olib kirdi va -Shuni tasdiqlab bersangiz,-dedi.

-Senat – bu SEN-A.T., deganidir, “Senlar Ayri Turlaring” degan gapning qisqa yozilgani, ya’ni senlar qo’shilmalaring bu ishga degani bildingmi? Bu ishni mening o’zimga qo’yib berlaring va hali nomzod ko’rsatishga erta. Nechtasi hali o’zini yomonotliq qiladi,-dedi Karimov va ro’yxatni otib yubordi.

 

“QO’YLAR PALATASI”

 

– Oqsoqol SEN-A.T. haqidagi gapingiz ko’pchilikka ma’qul tushdi. Hamma bu nomni topib qo’yganingizga qoyil qolmoqda. Endi shu “Quyi palata” deganini ham bir tushuntirib bersangiz,-dedi yordamchisi Karimovga.

-Sen avval talaffuz qilishni o’rganib ol, bu Quyi palata emas, Qo’ylar palatasi bo’ladi,- deb javob qildi Karimov.

-Menimcha hozir ham…

-Hozir “Oliy Majlis”, ya’ni “Ol- qizil degani”, sanlar o’zi tilni ham bilmaysanlar, kegin “Ol degani, berganini ol deganidir”, bular qip-qizil oluvchilar, nafslari nahang bularning, endi o’zgartirib “Qo’ylar palatasi” qilamiz, bersang yeydi, bermasang o’ladi, och qolganda ma’ramaydi, bittasi qayoqqa boshlasa qolganlari ham boshini egib, o’sha tomonga ketaveradi, menga shunaqasi kerak,-dedi Karimov.

“Xullas, Oliy Majlis bilan Qo’ylar palatasi bir go’r ekan-da” o’yladi yordamchi.

 

2004 yil, 13 Aprel

 

BIRINCHI NOMZOD

 

Karimov bugun xayolan o’z o’rniga ko’zlagan birinchi nomzod bilan suhbat qildi

-Mening o’rnimga o’tgach, dastlab nima qilasan?

-Sizga haykal qo’yaman,-dedi vorisi.

-Qayerda?

-Qayerda bo’lardi, jinnixonada-da!

-Nega jinnixonada?

-Chunki ikkalamiz ham o’sha yerda bo’lamiz-da,-dedi vorsi.

-Yo’q, niyating yaxshi emas, seni nomzodlikdan chiqardim,-dedi u o’zicha.

 

IKKINCHI NOMZOD

 

Karimov xayolan ikkinchi nomzod bilan suhbat qurdi.

-Vazifaga kirishgandan keyin dastlab nima qilasan?

-Sizni yotgan go’ringizdan chiqarib tashlayman!

-Nega?

-O’zingiz mening tajriba yo’limdan chiqma, deb o’rgatganingiz uchun-da.

-Men…

-Avval go’ringizdan chiqarib tashlayman, keyin esa nomingizni ulug’layman.

-Agar tirik bo’lsam-chi?

-Surgunda tutaman, haqingizda feletonlar yozdiraman, sizni qora kuch, deb e’lon qilaman. Yaxshisi o’lganingiz ma’qul

-Sen ham bo’lmading,- dedi u ikkinchi nomzodga ham qo’l siltab.

 

UCHINCHI NOMZOD

 

Karimov ko’zlab yurgani uchinchi nomzodni xayolan suhbatga tortdi.

-Mening o’rnimga o’tganingdan keyin birinchi qilgan ishing nima bo’ladi?.

-Qizingizni taloq qilish.

-Nega?

-Chunki vazifasini bajarib bo’lgan bo’ladi-da.

-Men haqimda qanday qarorga kelasan?

-Siz haqingizda bosh qotirib, kitoblar yozdirib yurmayman, filmlar ham qildirmayman, Internetni ochib qo’yaman, bugungacha muxoliflaringiz yozganlari ham yetib ortadi…

Karimovning uchunchi nomzoddan ham ko’ngli to’lmadi.

 

TO’RTINCHI NOMZOD

 

Karimov xayolan to’rtinchi nomzod bilan suhbatlasha boshladi.

-Sen nima qilasan, mendan keyin?

-Odamlarni axlat tozalovchilarga aylantiraman.

-Nega?

-Sizning rasvoliklaringizni bir o’zim qanday qilib tozalayman, bo’lmasa?!

-Bas,- dedi Karimov,-bugun chap qo’lga turganga o’xshayman, nomzodlarim haqida yaxshisi ertaga o’ylaganim ma’qul.

 

2004 yil, 14 Aprel

FARQ

 

Karimov bugun Moskvada edi. U Putinni saylovda g’olib chiqqani bilan yana bir marta tabriklab, quchoqlab, yuzidan o’par ekan;

-Men seni o’pmayman,-dedi unga Putin.-Esingdami, Leonid Brejnev cho’lpillatib rahbarlarning og’zidan o’par edi…

-Bu ham katta hurmatning belgisi edi,- dedi Karimov o’sha kunlarni eslab.

-U paytda davr boshqa edi, hozir boshqa, darrov bular Kaliforniyaga borib nikohdan o’tishlari mumkin deb yozadiganlar chiqib qoladi.

-E, yo’q, yoshimizda katta farq borligini hisobga oladilar,-dedi Karimov.

 

QIYIN MASALA

 

Karimov bilan qisqa suhbat qilgan Putin unga:

-Bir-birimizdan ko’p narsa o’rgandik va o’rganishimiz mumkin,-dedi.

-Masalan men sizdan, allaqachon, qanday qilib katta siyosatga bog’lanishni o’rgandim. Checheniston masalasini ustalik bilan qo’llanayapsiz,-dedi Karimov.

-Sen esa hujum “amaliyot”larini ham bizdan olding, bilaman,-deb qo’shimcha qildi unga Putin.

-Mahalliy hodisalarni xalqaro masalalarga bog’lash ham sizning maktabingiz,-dedi Karimov.

-Men ham sendan qanday qilib bu ishda uzoq qolishni o’rganishim kerak,-dedi Putin.

-Bu qiyin masala,-deb javob qildi Karimov.

-Nega?

-Chunki buni juda ham istasangiz joyimni sizga berishimga to’g’ri keladi. Bu ishni sizning xalqingiz bilan qilib bo’lmaydi,-dedi Karimov.

 

ALKASHGA TENGLASHTIRISH

 

Karimov uchrashuvdan mamnun bo’lib mehmonxonada xayol surar ekan, o’zidan keyin kimni qoldirishni mo’ljallayotgani, taxminiy vorislardan birini sirtdan suhbatga chorladi.

-Xo’sh mana sen mendan keyin nima qilasan?-deb so’radi u taxminiy vorisdan.

-Putin ustoziga ko’rsatgan hamma yaxshilikarni men ham sizga ko’rsataman,-dedi tili burro nomzod.

-Nima, hali sen o’zingni Putin bilan tenglashtirmoqchimisan?- so’radi Karimov.

-Yo’q, sizni Putinning ustoziga tenglashtirmochqi edim.

-O’sha alkashga-ya?!

-Alkash bo’lsa ham ishdan ketgandan keyin toshbo’ron bo’lmasdan, qamalmasdan yuribdi-ku? Ammo sizda bunday imkoniyat yo’q.

-Sen borib imkoniyatlarni o’rganib tur, qani ikkinchi nomzod nima deydi?

 

TARIX UCHUN…

 

Karimov keyingi nomzodga xayolan savol berdi:

-Mening nomimni abadiy saqlash uchun nima qilasan?

-O’zingiz hech narsa qilmagan bo’lsangiz men nima qila olardim,- dedi u.

-Shuncha ishni onangni eri qildimi?

-Agar onamning eri shuncha rasvogarchilikni qilganida allaqachon bahridan o’tgan bo’lardim.

-Bo’r yo’qol, men sening bahringdan o’tdim,-dedi Karimov.

 

ASPALASOFINGA YO’L

 

Keyingi nomzodga Karimov savol berdi:

-Mana men “Agar hokimiyatni saqlash uchun kerak bo’lsa ikki yuz kishining peshanasidan otaman” degandim. Sen qanday yo’l tutgan bo’larding?

-Agar kerak bo’lsa men ming kishini ham otaman,-deb javob berdi nomzod.

“Ha. Barakallla,- deb o’yladi, Karimov,-manashunaqa jallodini tanlashim kerak, ana o’shanda bu odamlar mening qadrimga yetadilar”.

-Muxoliflaringdan biroratsini ham ayamaysanmi?- der ekan Karimov, shu payt eshik g’ichirlay boshladi. Karimov avzoyi buzilib eshikka qaramay xayolidagi nomzodiga quloq tutdi.

-Ko’p savol berib muxoliflik qilaversangiz sizni ham, mana hozir eshikni kim ochib kirib kelsa uni ham asfalasofinga jo’nataman,- deya o’shqira boshladi nomzod.

Eshik ochilib, qo’lida “Washington post” gazetasi bilan qizi kirib keldi. O’z xayolidan cho’chigan Karimov yoqasini ochib, ko’kragiga “tuf-tuf” deb qo’ydi.

Nomzodlar haqidagi qarori esa yana oxiriga yetmay boshqa kunga qoldi.

-Bor, ko’zimga ko’rinma, eshikni taqqillatishni o’rganib, ertalab kelasan, hozir boshim og’riyapti,-deb u qizini ham chiqarib yubordi.

 

 

2004 yil, 15 Aprel

ES

 

Bugun Karimov juda erta uyg’ondi. Chunki uyquning qolganini samalyotda olishi kerak edi.Uch kundir-ki kallasiga shu safar va o’zidan keyingi nomzodlar masalasi o’rnashib olgan. Samalyotda uxlayman degan edi, uxlay olmadi.

Qanday kutib olishadi? Putin qanday qabul qiladi? U okeanning naryog’idagilarga ko’p ham quchoq ochma desa, qanday javob qiladi? Shu singari savollar xayolida aylanaverdi.

Birdan esiga bundan 14 yil oldin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy buyrosi a’zoligiga saylangani tushdi. O’shanda u samalyotda qaytar ekan, hayajondan oz qolsin yurak xurujiga uchray degandi. Kelsa-ki hech gap yo’q. Hatto bir kishi tabriklamadi ham, keyin televideniyedan bir muxbirni chaqirtirib, Siyoisy buyro nima degani va o’zining unga a’zo bo’lgani bu tarixdagi eng buyuk voqea ekanligini aytib, yozuvni darhol ko’rsatishni buyurgandi.

-Mendan oldin Siyosiy buyroga hech kim a’zo bo’lolmagandi, bu menga muyassar bo’ldi,-degandi o’shanda Karimov.

-Sizdan keyin ham hech kim a’zo bo’lolmaydi,- degandi jurnalist.

Ammo u o’shanda bu gapni o’ziga maqtov deb tushungandi. Mana endi oradan 14 yil o’tib, o’sha jurnalistni topib, jazolagisi keldi. Ammo uning kimligini eslay olmadi.

-He, es ham bizni tark eta boshladi shekilli,- deb o’yladi u, he, yo’g’e, Politbuyro a’zo bo’lganim esimda-ku, demak hammasi normalni!

 

BOSHQA AEROPORT

 

 

-Qaysi aeroportga qo’namiz,-deb so’radi Karimov yordamchisidan.

-Bizdan qochgan odam direktor bo’lganiga qonmasligimiz aniq,-dedi yordamchi.

-Nega?

-Chunki u ibodat qilishni o’rganibdi.

-Unday bo’lsa, keyingi voqealarga uning ham ismini tirkash edi, men Putindan uni bizga topshirishlarini so’ragan bo’lardim.

-Lekin u ibodatni Putin bilan birga qilar ekan,-dedi yordamchi.

 

 

2004 yil, 16 Aprel

 

MANFAAT

 

 

Bugun Karimov o’ziga ajratilgan maxsus joyda uyg’onishi bilan boshida og’riq paydo sezdi.

-Kecha ko’p ichib yuboribmiz,shekilli,-dedi u bosh uchida qog’ozlarni ushlab turgan yordamchisiga.

-Ammo Putinni juda xursand qildingiz,-dedi yordamchi.

-Nima uning ham normasini men ichib yubordimi?

-E, yo’q, uning aytganlarining hammasiga rozi bo’lib, qo’l qo’yib berdingiz!

-Bu yerga kelayotib bayonot berganman, bularning ham manfaatini hisobga olamiz, deb, shuning uchun meni mastlikda qo’l qo’yib yubording, deb ayblama!-dedi Karimov boshini g’ijimlab.

OLTINLAR

 

 

 

Karimov Putin bilan uchrashganda Putin unga:

-Bolalar aeroportda besh tonna egasiz oltin topishibdi. Samalyot seniki, oltinlar ham senikimi?-dedi.

-Oltinlar?-o’ylanib qoldi Karimov.

-Agar seniki bo’lsa o’zingga qaytib bermoqchi edim,-dedi Putin.

-Men ham olganim bilan yana sizga berardim, shuning uchun o’zingizda qolaqolsin,-dedi Karimov.

 

MUXBIRNING TAQDIRI

 

 

 

Karimov Rus axborot boshqarmasi rahbari bilan uchrashdi.

-Shu bizdagi muxbiringiz…- deb gap boshlagandi mezbon uning so’zini bo’ldi:

-U hukumatingizning chizig’idan chiqmayotgani uchun bo’shatmqochimiz va o’rniga boshqa bir kishini yubormoqchimiz!

-Jumladan sizga ham atalgan narsalar aeropotda qo’lga tushib qolibdi. Shu muxbiringizni keyingi hafta qaytadan oldingizga jo’nataman, demoqchi edim,-dedi Karimov “suvning oldini olib”.

-Unday bo’lsa, yana olti oy ishlab tursin-chi, keyin gaplashamiz,-dedi mezbon.

 

2004 yil, 17 Aprel

QARMOQDA

 

 

Bugun Karimov dam oldi va uyqudan turib, massajni kanda qilmay, hovuzga tomon borar ekan, yordamchisidan:

-Mening safarimga okeanning naryog’idagilar nima deyishmoqda?-deb so’radi.

-Hozircha jimlik.

-Ularni jimlikka solib qo’ydim. Biroz bosh qotirsalar ana undan keyin yordamlarni kesmaydigan bo’ladilar,-dedi Karimov.

-Ko’rinishidan ular bizni Putinga topshirib qo’yishmoqchi,-dedi yordamchi.

-Unday emas, biz qarmoqqa yaxshi ilinib olganmiz, bizdan osonlikcha qutula olmaydilar,-deb yordamchisiga dars bergan bo’ldi Karimov.

 

BEGONA

 

Avropa bankining Londondagi banki yig’ilishiga bizdan ham birov borsinmi?-deb so’radi yordamchisi Karimovdan.

-Qo’y, ana u o’zini muxolifatman, deb yurganlardan borsin, chunki bank faqat o’shalarga pul bermochi, bizga esa kerak emas, ularning pulisiz ham o’lib qolmasligimizni ko’rsatib qo’ymqochiman?-dedi Karimov.

-Ular ham baribir o’zimzining odamlar-ku,-dedi yordamchi.

-Agar oralarida birorta begonasi bo’lsa o’sani jo’nat. Agar oralarida bizga ishlamaydigani topilmasa, birorta begonani oralariga suqib, keyin jo’nat.

-Unaqa odamni topa olarmikanmiz?-dedi yordamchi.

-Topolmasang, o’zingni ishdan quvaman, bir zumda begonaga aylanasan, keyin muxolifatga suqib qo’yaman seni va qarabsanki Londonga boribsan, hatto bitta partiya ham tuzdim deb e’lon qilasan,-dedi Karimov.

 

OMIL

 

-Putin bizning fazoda tadqiqot qilishni istayapti,-dedi Karimov maslahatchisiga.

-O’zlarining shunday katta fazolari borku?!-ajablandi maslahatchi.

-Xursand bo’lsang-chi o’zlariniki bo’lsa ham sendan so’rayapti.

-Keyin o’zimizniki o’zimizga tor bo’lib qolmasa bas,-dedi maslahatchi.

Karimov unga qo’l siltadi-da Bosh vazirni chaqirdi.

 

AXMOQONA VA AQLLI GAP

 

-Putin bizning fazoda tadqiqot qilishni istayapti, nima deyishni bilmadim,-dedi Karimov bosh vazirga.

-Xalqimiz, parlamentimiz ko’rib chiqsin, deb orqaga tashlaylik,- dedi Bosh vazir.

-Bunday axmoqona gaplar bilan uni ko’ndirib bo’lmaydi,-zarda qildi Karimov.

-Bo’lmasa fazoni ham okeanning naryog’idagilarga beraylik.

-Ulardan ham keyin qaytib ololmasak-chi?

-Ololmasak ham Putinning tazyig’idan qitulgan bo’lamiz,- dedi Bosh vazir.

-Xudoga shukur, sendan ham aqlli gap chiar ekan,-dedi Karimov.

DARS

 

-Siz bu yerda yuribsizu Kiyev Universitetida sizga faxriy professor unvoni berishibdi, tabriklaymiz,-dedi Putin Karimovga.

-Bizda qovun-qovundan rang oladi, degan maqol bor. Ular siznikilarga dars berishmoqda,-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 18 Aprel

JILOV

 

 

Bugun Karimov nevaralari bilan vaqt o’tkazishni rejaladi. Moskvada ularni ko’rgan bo’lsa ham lekin qaytishda o’zi bilan olib keldi.

-Ertaga ertalabki reysda uchub ketamiz,-dedi qizi unga.

-Sen ketsang ketaver, bular bir-ikki hafta qoladilar,-dedi Karimov.

-Bularni istasangiz meni surgun qilmas edingiz,-jahl qildi qizi.

-Seni sirgun qilib ham qulog’im tinchimayapti-ku?!

-O’sha qulog’ingizni tinch qo’ymayotgan latta-maymun maslahatchilaringiz bilan o’zim gaplashib qo’yaman. Sizni informatsiyadan izolaytsiya qilish kerak, -dedi qizi.

-Gapingni o’ylab gapir-ki, agar bahringdan o’tib yuborsam, qo’lingdan bolalaringni olib, o’zingni butun dunyodan izolatsiya qilib qo’yadilar. Ularda sudning qarori biznikiga o’xshab bir telefon bilan bekor bo’lmasligini bilmaysan-mi?

-Kuchingiz yetmaganidan keyin shunday deysiz-da,-jerkib berdi qizi.

-Kuchim-ku yetadi, lekin seni jilovda ushlashim uchun o’sha qaror menga ham kerak,-dedi Karimov.

 

KELAJAK

 

-Ilgari gazetalarga bergan suhbatingda meni “Kelajakni ko’ra oladigan lider” der eding, endi “Kasbiga yarasha odam” debsanmi?- so’radi Karimov qizidan.

-Chunki kelajakka yetib keldik-da,-deb gapni kesib tashladi qizi.

 

 

TIL MASALASUI

 

-Senga ingliz maktabida nimani o’rgatishmoqda?-dedi Karimov nevarasiga.

-Rus tilini,-deb javob qildi nevarasi.

-Nega rus tilini?

-Chunki ingliz tilini bilar ekanman.

-O’zimizning tilni qachon o’rganasan?

-Ayam, “Men prezident bo’lsam, sen bilgan til o’zimizning til bo’ladi”, dedilar.

-Ayang yashayotgan mamlakat qonunlari bo’yicha begonalar prezident bo’lolmaydilar,-dedi Karimov.

 

KO’Z OLDI

 

-Men Moskvaga ketganimda Mavlon to’y qilibdimi?-so’radi Karimov maslahatchidan.

-O’zingizdan izn istaganimizda “Bo’pti, men eshitmayin ham ko’rmayin ham” degandingiz, shuning uchun Moskvaga ketganingizda qildi,-dedi maslahatchi.

-Men eshitmayin ham ko’rmayin ham deganim, to’yni men o’lganimdan keyin qiladi, degani bildingmi?

-Bildim, lekin u sizdan oldin o’lib ketaman, degani uchun rozi bo’ldik.

-Nega mendan oldin o’ladi?

-Agar sizning ikkinchi buyragingiz ham ishdan chiqib qolsa u ikkinchisini ham beraman deyayapti.

-Hozir o’zi qayoqqa borsam uning buyragi lippilab uning yuzi ko’z oldimga kelib turadi. Agar ikkinchisini ham undan olsam, keyin ko’z oldim mozorga aylanar ekan-da,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 19 Aprel

ORGAN

 

-Buncha o’dag’aylasan, kimsan o’zi?-dedi Karimov tushida yoqasiga osilgan mast militsionerga.

-Men organ xodimiman, bildingmi, organman?-deya baqirdi militsioner.

-He, o’pkangni bos, mening organimsan, menga, eganga o’dag’aylaysanmi?-deb Karimov militsionerni tepib yubordi.

 

USTA

 

-Putinga rus gazetalarining ig’vogarliklarini aytgan bo’lsangiz kerak?-deb so’radi maslahatchi Karimovdan.

-Ha, aytdim, lekin “Sizlar ham biz haqimizda istagan gapni yozib turibsizlar-ku” deya gapimni qaytarib yoqamga urdi,-dedi Karimov.

-Tilimizni ham o’rganib olganga o’xshaydi,-dedi maslahatchi.

-Yo’q,-dedi Karimov,- u juda usta, fe’limizni o’rganib olgan.

 

ONASINI…

 

-Ana u elchi ja, o’zidan ketdi, har kun muxolifatni boshiga yig’ib gaplashgani gaplashgan, bir chaqirib tanobini tortib qo’ysakmikan yoki mamlakatdan chiqarib yuborsakmi?-dedi maslahatchi Karimovga.

-Unisini ham, bunisini ham qilma. Ana u muxolifatni buzib yurgan Mishaga yoki Maratuga aytsang bo’ldi, elchining onasini Uchqo’rg’ondan ko’rsatishadi,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 20 Aprel

 

DO’Q

 

Karimov bugun uyqudan uyg’onganda hamma joyi og’riyotgani uchun do’xtirini chaqirtirdi.

-Bu, hamma yog’im zirqirab og’riyapti, nima gap o’zi?-deb so’radi undan.

-Nima gapligini sizdan so’rash kerak? Uyg’onibsiz-ku, shunga shukur qiling,-dedi do’xtir achchiqlanib.

-Hmm, demak, kecha senga quloq solmasdan ko’proq olib yuboribmiz-da,- dedi Karimov.

-Xudoga shukur esingiz hali joyida ekan, qolganini bir iloj qilamiz,-dedi do’xtir jahlidan tushmay.

-Bir iloj qilolmaysan, chunki seni ishdan quvdim, menga do’q qiladigan do’xtirning joyi panjaraning ortida,-dedi Karimov.,-Do’q qilmasdan yursan-ku ishdan ayrilmagan bo’larding.

-Agar do’q qilmasam, qachonlardir ishsiz qolgan bo’lardim,- dedi do’xtir chiqib ketayotib.

 

TARIX

 

-Ertaga tarix nima yozishini ham o’ylab qo’yish kerak,-dedi Karimovga xotini.

-Menga ertangi tarix emas, bugungisi kerak. O’lganimdan keyin menga desa, go’rimning ustiga chiqib tepmaydilarmi,- dedi Karimov.

-Agar go’ringizni topsalar ustiga chiqib tepadilar-da,-dedi xotini.

 

SOROS

 

-Soros hammayoqda bizni tanqid qilib yuribdi, shu bizda ochgan idorani yopmasak bo’larmidi?! Okeanning naryog’idagi katta akamiz bilan munosabatimiz buzilib qolmasmikan?

-Parvo qilma, bu Soros degani katta akamizni ham tanqid qilib yuribdi, unga tarsaki tortganimizdan u kishi xursand bo’ladilar. Lekin saylovdan o’tolmay qolsalar ana unda Sorosga to’n kiygizib, xursand qilishning yo’lini topamiz,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 21 Aprel

 

PUTIN

 

Karimov bugun ertalab ishga otlanar ekan, xotini unga:

-Nursulton og’a bilan oralaringdan it o’tdimi, mushukmi?-dedi.

Karimov:

-Putin o’tdi,-deb javob qildi.

 

BAHONA

 

-Hammayoqni olmonlar bosib ketubdi, nima o’zi?-deb so’radi Karimov masalahatchisidan.

-Ular bilan birga konferensiya o’tkazishga o’zingizdan izn olgan edik, shunga kelishgan, rahbarini bir qabul qilasiz-mi, degan taklifimiz bor edi?-dedi maslahatchi.

-Yo’q, keyin urush faxriylari mendan xafa bo’ladilar,-dedi Karimov.

-Urush faxriylari deyarli qolmadi hisob,- deya yumshoq ohangda gapirdi maslahatchi.

-Bu gapni bir aytting, ikkinchi marta aytma, Olmoniyada yashayotgan Boymirza akang kelib o’z mamlakatimda jon taslim qilmqochiman, desa unda nimani bahona qilasan?- dedi Karimov.

 

BAYRAM

 

-Avropa ittifoqiga a’zo bo’layotganlar kimlaru nega biz bayram qilayapmiz?-dedi Karimov maslahatchiga.

-Bayram qilayotganimiz yo’q, bir ikki foto ko’rgazma tashkil qilib, biroz pullarini oldik,-dedi maslahatchi.

-Pullarini olasiz-u mening xabarim bo’lmaydimi?

-Men olganim yo’q, besh-o’n kishiga grant o’lib berduk,-deya izoh berdi maslahatchi.

-Endi gapni olib qochma, mening haqimni keltirib seyfga qo’y, ha, agar ittifoqqa biz ham a’zo bo’lsak, naqdidan cho’zishadimi yoki bosh og’rig’i ko’pmi?

-A’zo bo’lish hamma vaqt kimningdir a’zosi bo’lgan kabi ixtiyorni qo’ldan oladi,-dedi maslahatchi.

-Unday ekan, biz ularni a’zo qilib olaylik,-dedi Karimov.

 

XUDOGA HAVOLA

 

-Besh yuz dindor ayol imzo qo’yib, erlarini ozod qilishni so’rashibdi,-dedi maslahatchi Karimovga qo’lidagi xatni ko’rsatar ekan.

-Sen nima, qoidani bilmaysanmi? Shikoyatlar kimga oid bo’lsa o’shanga havola qil. Meni Xudoning yerdagi soyasi deb bilmaydiganlarning xatlarini esa Xudoga havola qil. O’zlariga ham sizlarning masalangizni Xudo hal qiladi,deb yozgin,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 22 Aprel

ISLOHOT

 

 

Bugun Karimov iqtisodiy masalalar bilan shug’ullanadigan mulozimlarni chaqirtirdi va ulardan:

-Nima qilamiz, islohotlarni qayerdan boshlaymiz?- deb so’radi.

-Ikki yil ichida hukumat tasarrufidagi mulklarning bir qismini sotasak,-dedi mulozimlardan biri.

-Nima uchun ikki yil ichida?

-O’zingiz ikki yil turaman, bas, deganingiz uchun, siz ketgunga qadar bu mulklarni ham pulga aylantirsak, yomon bo’lmaydi,- dedi mulozim suzilib.

-Unday bo’lsa, sakson foizini sot va qolganini saqla. Mobodo ketadigan bo’lsak, bizdan keyingi odamga ham bir narsa qolsin-da,-dedi Karimov va qo’shimcha qildi- faqat ma’muriyat binolarini saqla, bu yulg’ichlikning oldini oladi, chunki buni sotolmaydilar.

 

MASH’AL VA SHA’MLAR

 

-Men kimman?- deb so’radi Karimov maslahatchidan.

-Siz mash’alsiz, hamma boshiga ko’targan va hammayoqni yoritgan mash’alsiz,-dedi maslahatchi.

-O’zini muxolifatning otasiman, deb yurganlar-chi?

-Ular sha’m, hatta o’z atroflarini ham yorita olmaydigan sha’mlar.

-Agar biz yoqib turmasak ozgina shamolda “lip-lip” etib, o’chib qoladigan sham desang-chi?!-dedi Karimov.

 

SAQICH

 

-Men kimman?- deb so’radi Karimov yordamchisidan.

-Siz mash’alsiz. Hammayoqni nurafshon etgan masha’l,- dedi yordamchi.

-O’zini muxolifatning otasimian, deb yirganlar-chi?-so’radi Karimov.

-Ularmi? Ular saqich,-dedi yordamchi.

-Seni maslahatchining gapini eshitgan, deb gumon qilayotgandim. Bu mash’al bilan saqichning aloqasi nima?

-Sha’m yonib tugagach, nima bo’ladi, saqich bo’ladi,-dedi yordamchi.

-Agar birov chaynasa-da!-qo’shimcha qildi Karimov.

-Mana biz chaynab turibmiz-ku,-dedi yordamchi.

-Tffu..,-dedi Karimov.-Men allaqachon tuflab tashladim, sen esa hali ham chaynab o’tiribsan-a?!

 

2004 yil, 23 Aprel

RASM

 

 

Bugun Karimov ishga kelganda stolining ustidagi rasmga ko’zi tushib qoldi.

-Kim buni qo’ydi?-deb so’radi u yordamchisidan.

-Men qo’ydim,-dedi yordamchi ko’zini rasmdan uzmay.

-Qaysi ablah bular, ana u qochib yurgan muttahamlar emasmi, shuncha semirib ketishibdimi? Tekin pul quturtiradi-da! Boshlariga arablarning ro’molini o’rab olib, butunlay arab bo’lib ketishibdi-ku? Juda yaxshi, ularning delosiga tirkab qo’yinglar, bu ularning vahobiy ekanligining, vahobiylarning musiqasiga o’ynashlarining isbotidir, televizorda ko’rsatinglar, gazetaga chiqaringlar, bu yerga qo’yganing ham yaxshi bo’libdi, chet elliklarning og’ziga shu bilan uraman, –dedi Karimov.

-Ko’z aynakni taqib olib qarasangiz…- dedi yordamchi.

Karimov ko’zaynakni taqqach, rasmdagilardan biri o’zi ekanligini ko’rib jahli chiqdi:

-U yerda rasm olinmaydi, degan edingizlar, bu rasm qayerdan chiqib qoldi?

-Bu rasm “Vashington post” gazetasida chiqqan, o’shanda faqat qizingiz rasm olgandi,-dedi yordamchi.

-Unday bo’lsa, qizimning ham “Oysha ona” bo’lib tushgan rasmini internetga qo’y!-dedi Karimov.

 

HAQIQIY AHVOL

 

-Mafkura borasidagi planlaringni qayta ko’rib chiqlaring,-dedi Karimov maslahatchisiga.

-Dindorlar ko’payib ketgani bois “Avesto”ga e’tiborni qaratgan edik,-dedi maslahatchi Karimovning o’zidan gap olish uchun.

-O’zim borib “Avesto” yodgorligini tantanali ochib kelsam ham bundan foydalana olmadinglar. Sanlarni joyiga man bo’lganimda haliga qadar Zardo’shtiylar yoki Bahoiylar partiyasini tuzgan bo’lardim…

-Lekin ichki nizo chiqib ketsa, ular ozchilk bo’lib qoladi-da,-dedi maslahatchi.

-Ozchiliklardan ko’proq bo’lsa, ko’pchilikni tinchitib qo’yadi. Mana Sovet davrida necha joydan Budda haykallari topilgan edi. O’sha joylarda ota-bobomizning yo’li deb budparastlikni yoylaring, shunday partiya tuzlaring, kerak bo’lsa qo’llariga pul berlaring,-dedi Karimov.

-Xudoga ishonmagan odamlar Buddaga ishonarmikan?

-Sen o’zi haqiqiy ahvolni ham bilmaysan shekilli. Mana sen va menga ishonib o’tirishibdi-ku, nega endi Buddaga ishonishmasin,-dedi Karimov.

 

MUXOLIF PARTIYALAR

 

Karimov stolining ustida turgan kechagi gazetalardan birida chiqqan “O’zimizning muxolifat” degan maqolani ko’rib, o’rnidan turib ketdi. Yugurgancha qabulxonaga chiqib, yordamchilarga baqira boshladi:

-Kim izn berdi? Kim davlat to’ntarishi qilmoqda? Qachondan ular o’zimizniki bo’lib qoldi? O’zimiz kim o’zi?

Hech narsaga tushunmagan yordamchilar darrrov “o’t o’chiruvchi” nomini olgan maslahatchini chaqirishdi. Maslahatchi kelgach, Karimov xonasiga qaytib, gazetani uning oldiga uloqtirdi. Maslahatchi gap nimadaligini darrov tushundi-da:

-O’zimizning ro’yxatdan o’tgan partiyalardan ba’zilarini konstruktiv muxolifat, deb nomlash bilan haqiqy muxolifatni yo’qqa chiqarmoqchimiz,- dedi.

-Birinchidan, bizda haqiqy muxolifat yo’q, ikkinchidan, ro’yxatdan o’tganlar mening partiyalarim, qanday qilib ular muxolifat bo’ladi, nega dunyoni aldaysan, senga yolg’on gapirishni kim o’rgatdi o’zi?

-O’tgan kun chet eldan kelgan mehmonlarga, ikkita partiyamizni muxolifat deb ko’rsatganiniz uchun rost ko’rinsin deya zaminni mustahkamlamoqchi bo’ldik,- dedi maslahatchi.

-Mening aytganimni qillaring, qilganimni emas, bunga aqllaring yetmaydi,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 24 Aprel

BIR MIRIGA ARZIYDI

 

 

Bugun Karimov maslahatchisiga:

-Nursultonga Kembridje universitetining doktori degan unvon berishibdi-mi?-dedi.

-Majlis o’tkazishlari uchun joy bergani bois yo’liga bir diplom topshirib, to’n kiygizib qo’yishgan, aslida diplomlari bir miriga ham qimmat,- dedi maslahatchi.

-Unday bo’lsa men olgan unvonlaru diplomlar ham bir miriga qimmat ekanda-a?

-Yo’q, sizniki bir miriga arziydi,-dedi maslahatchi.

 

KESAKKA QAYTISH

 

-Hojatxonalar masalasini ham tartibga solish vaqti keldi, qog’ozlarni juda ko’p isrof qilishmoqda,-dedi Karimov maslahatchiga.

-Bir farmon tayyorlab kelayinmi?-deb so’radi maslahatchi.

-Nima deysan, qog’oz ishlatishdan oldin odamlarning barmoq izlarini olish va suratga tushirishni yo’lga qo’ysak? Shunda aybdorlarni topish oson bo’ladi?

-Juda ko’p pul kerak bu ishga, yaxshisi qog’oz ishlatishni taqiqlab, kesakka qaytish kerak,-dedi maslahatchi.

 

PUL JAMG’ARISH USULI

 

-Chet eldan keladigan pullarni tartibga oldingmi?-deb so’radi Karimov Markaziy Bank rahbaridan.

-Aytganingizdek qilib, xorijiy pulni oluvchilardan agar qarindoshidan kelgan bo’lsa buni isbotlovchi hujjat ko’rsatishni va umuman pul qanday maqsadda kelganini isbotlovchi hujjat keltirsh qoidasini o’rnatdik,-dedi Bank rahbari.

-O’rnatganingni bilaman, qariyb bir oy bo’ldi, natija qanday deyapman senga?

-Ha, natijami, ancha narsa to’plandi, lekin berganda qo’l uyalmaydigan bo’lsin, deb oyning oxirini kutib turgandim-da.

-Oyning oxiri bo’lmay boshimi hozir? Uyaladigan qo’lni kesib tashlash kerak-ka o’xshab qoldi, bilasanmi, shariatchilar o’g’rining qo’lini kes, deb buyurishadi,-dedi Karimov.

 

 

 

2004 yil, 25 Aprel

TOPSHIRIQ

 

 

 

Bugun Karimov negadir shosha-pisha ishxonaga keldi:

-Nega hammayoq suv quygandek jim-jit,-dedi u yordamchisiga.

-Bugun yakshanba bo’lgani uchun…

-Men hali bugun dushanba deb o’ylabman. Bo’l, haramga, dam olishga ketamiz.

-Lekin Pokistonga elchi bo’lib boradigan kishini chaqirtirgan edingiz.

-Bo’pti…-dedi Karimov tarvuzi qo’ltig’idan tushib.

Elchi etib tayinlangan kishi kirganda Karimov uning salomiga alik olmadi:

-Anvarbek, bilasanmi surgunga nega ketayapsan, qamoqdagi “to’ti”ni radioga chiqarishni uddalay olmading, uka! Portlashlarga ham ko’p odam ishonmadi. Internetdagilarga qarshi kurashni ham rasvo qilding! Buning ustiga rais bo’laman deb boshlig’ingni tagiga suv quya boshlading. Ammo u seni yiqitdi. Lekin meni seni tepib yubormadim. Lekin oyoqqa tirishnining bitta yo’li bor. U ham bo’lsa borgan joyingdagi dushmanni ushlab kelish!

-Bo’ldi buyog’ini diplomatiya qilib tashlayamiz,-dedi yangi elchi.

-Ehtiyot bo’l, Qatardagi ruslarni qilganlaridek, seni ham diplomatiya qilib tashlamasinlar-ki, qutqaradigan odaming bo’lmaydi!-dedi Karimov.

MASALA

 

 

-Muxolifatdagilar bitta partiya tuzib, birlashmoqchi ekanlar,-dedi vazir dam olish uchun chiqib ketayotgan Karimovga.

-Kimga qarshi birlashar ekanlar? Menga qarshi birlasha olmaydilar, buni tarix isbotladi, senga qarshi birlashishlari mumkin. Shuning uchun bu sening masalang,-dedi Karimov.

 

PUL

 

 

-Muxolifatni kim birlashtirishi mumkin?-deb so’radi Karimov dam olish uchun shahar tashqarisiga chiqar ekan, yordamchisidan.

-Ularni faqat pul birlashtira oladi,-deb javob berdi u.

-Ularni kim parchalishi mumkin?-yana so’radi Karimov.

-Pul,-dedi yana yordamchi.

-Pul, pul, pul, nima, boshqa gap yo’qmi?

-Boshqa hammasi gap,-dedi yordamchi.

 

 

 

2004 yil, 26 Aprel

ASLIDA BOR BO’LASA

 

 

Bugun Karimov chet eldan kelib-ketadigan do’xtiri bilan uchrashdi.

-Amaliyotdan keyin qanday o’zgarishlar his qilayapsiz,-deb so’radi do’xtir.

-Boshim yelkamning bir tomonida turganga o’xshaydi,-dedi Karimov.

-Bu normal, vaqt o’tib, boshingiz o’z joyiga qaytadi,- deb hazil qildi do’xtir.

-Ba’zan esa boshim yo’qdek tuyuladi,-dedi Karimov shikoyatini davom ettirib.

-Agar aslida bor bo’lsa, hech qayerga ketmaydi,- deb javob qildi do’xtir yana uruschalab.

 

ISBOT

 

 

Do’xtir Karimovni tekshirar ekan, hayrtalandi:

-Tumorning hatto izi ham qolmabdi!

-Mendan kerak bo’lsa tumor ham qo’rqadi,-deb hazillashdi Karimov.

-Shayton ham tumordan qo’rqadi, deb eshitgan edim,-dedi do’xtir.

-Bu ham mening shayton emasligimning bir siboti, muxoliflarimga yetkazish kerak, ular meni faqat shaytonga qiyoslashadi,-dedi Karimov.

 

SODDALIK

 

 

Karimovning do’xtiri:

-Fikrlash qobiliyatida o’zgarish bormi? Masalan ba’zi narsalar esdan chiqib qoladimi?- deb so’radi.

-Hamma narsa esimda turadi, faqat bergan va’dalarim esimda turmaydi,-deb shikoyat qildi Karimov.

-Bundan xavotir olamasangiz ham bo’ladi, bu hammaga ma’lum kasal, uning da’vosi xalqda, lekin sizlarda bu kasalani davolash yo’lga qo’yilmagan, shekilli.

-Shuning uchun ham men do’xtirni chetdan olib kelishga majbur bo’ldimda,-dedi Karimov “sodda”lik bilan.

 

 

2004 yil, 27 Aprel

 

XO’JAYIN

 

Karimov bugun ertalab vazirni chaqirtirdi va:

-Qirolichaning tug’ilgan kuni bayramiga kimlar bordi?- deb so’radi undan.

-Ko’pchilik bormadi. Lekin anchagina odam bordi,-dedi vazir.

-Bormalaring, demaganmidim. Borganlarning hammasi mening dushmanlarim. Nega ularni kiritding?

-Chet el elchixonasiga biz xo’jayinlik qila olmaymiz-ku?!

-To’g’riya, mamlakat meniki, men xo’jayinlik qilishim kerak, sen menikiga xo’jayinlik qila olmaysan!,- deya vazirni kamsitdi Karimov.

DUSHMAN

 

-Britaniya elchixonasini baykot qilgandik. Ziyofatga borganlarning hammasini qora ro’yxatga tirkab qo’y. Kerak bo’lsa onasini Uchqo’rg’ondan ko’rsat! Mening mamlakatimda yashab, menga dushman bo’lganlarga bu yerda non yo’q! Ketsin, hammasi! Quv hammasini!,-dedi Karimov

-Kichik qizingizni ham quvaylikmi?- so’radi vazir.

-Tavba, men nima desam quyrug’im nima deydi? Qizimning bunga nima aloqasi bor?

-U ham o’sha yerda edida,-dedi vazir.

 

ANTIKARIMOV…

 

Internetni ko’rib o’tirgan Karimov maslahatchisiga dedi:

-“Antikarimov” yozuvlar juda ko’payib ketibdimi?

-“Prokarimov” yozuvlarning oldida bular ummondan qatra,-deb javob qildi maslahatchi.

-Lekin odamlar asosan “antikarimov” yozuvlarni o’qiyotgan ekanlar-da!

-Odamlarni bilasiz-ku, shunday katta okean turgani holda, borib qayerdagi buloqdan suv ichadilar..

-Unday bo’lsa, okeandan suv ichishga o’rataylik, ularni,-dedi Karimov.

-Okean juda ifloslanib ketgan-ku, buning ustiga tozalaydigan kuch ham yo’q,-dedi maslahatchi.

 

 

2004 yil, 28 Aprel

 

BECHORA…

 

Karimov uyqudan uyg’onib hech ishga chiqqisi kelmadi. O’zi bilan o’zi tortishdi:

“Nima qilsam ekan? Pensiyaga chiqsam-mi?”

“O’zing tarbiyalagan itlar g’ajib tashlaydilar.”

“Istefoga chiqsammi?”

“Olomon toshbo’ron qiladi?”

“Chet elga ketsam-mi?”

“Ushlab keladilar?”

“O’lib qo’ya qolsam-mi?”

“Go’rdan chiqarib tashlaydilar?

“Nima qilay, bo’lmasa?”

“O’rningdan tur va idoraga chiq, boshqa najot yo’q!”

 

OTALAR VA BOLALAR

 

-Qanday xabarlar bor dunyoda,- deb so’radi Karimov maslahatchisidan:

-Shevardnadzening qizi ikki oy oldin qamalgan erini ozod qilish uchun budjetga 15 million dollar pul to’labdi. Necha kundan beri shuni yozib yotibdilar,- dedi maslahatchi.

-Qayerdan olibdi pulni?

-Amerikadagi hisobidan?

-Bizga bu xabarning aloqasi yo’q. Bizning qutqaradigan kuyovimiz ham yo’q. Shevardnadzening qizi axmoq ekan, qamoqdagi bir mahbus uchun shuncha pul to’lab,-dedi Karimov.

-Shuning uchun ham pulni Shevardnadze o’girlagan edi,- deb e’lon qilishibdi.

-Otalar bolalar uchun javobgar ekanmi?- dedi Karimov

-O’zingiz “Otasi bolasi uchun javob beradi” degan shiorni o’rtaga tashlagan edingiz…-deb eslatdi maslahatchi.

-Demak, bizniki ularda o’tadi, ularniki bizda o’tmaydi,-dedi Karimov.

 

MANFAATPARASTLIK

 

Internetni qarab o’tirgan Karimovning ko’zi qo’shiqchi Iosif Kobzonning suhbatiga tushdi. U Karimovning Nur Sultonning ziyofatida o’ziga qarata “Qonimdagi Sovet tuyg’usini uyg’otib yubording” degan gaplarini keltirgandi.

-Voy ablahey,-dedi Karimov,- Meni Sovet davrining mahsuli deganlari uchun u davrni yomonlagan edim. Bu gapimni biror joyda aytsin, deb shunday degandim. Artistlarning gapiga odamlar ishonadi, deb undan foydalanmoqchi bo’lgan edim.U esa gapimni buzib o’z foydasiga ishlatibdi. Odamlar juda ham manfaatparast bo’lib ketdilar-da!

 

 

 

2004 yil, 29 Aprel

 

DEPUTAT

 

 

 

Bugun ertlab Karimov sessiyada o’qiydigan nitqini uni yozib kelgan “yozuvci” bilan birga ko’rib chiqar ekan:

-Aslida yozma nutqning keragi ham yo’q,-dedi,- butun dunyo rahbarlari qog’ozga qaramay gapirishadi, nega endi men o’qib berishim kerak, mana bunaqa maza-bemaza narsalarni, demokratiya emish, inson haqlari emish?

“Yozuvchi” agar “Siz shunday gapirganda nima deyayotganingizni, o’g’zingizdan chiqayotgan gap nima ekanligini bilmaysiz-da” desa boshi baloga qoladi. Shu bois:

-Bizning deputatlar o’qib berilgan narsani tushunishga o’rganishgan,-dedi Karimovni fikridan qaytarishga urinib.

-Unday bo’lsa kelayotgan saylovda ularning hammasini yangilayman,-dedi Karimov.

-Men… men…

-Ha, sening ham deputat ekanligingni bilaman!-dedi Karimov qo’lidagi nutqni otib yuborar ekan.

QONUN

 

Karimov vazirga telefon qildi:

-Nima gap, idorangni oldida buncha odam?

-Biz haqimizda qonun qabul qilinishini talab etib, piketga chiqishibdi.

-Sen haqingda qonun qabul qilinishini sendan so’rashadimi?-dedi Karimov.

-Men orqali sizdan so’rashmoqchi,-dedi vazir.

-Unday bo’lsa sen aytmading, men eshitmadim.

 

OQLASH

 

 

-Odamlar nega piket-miket qilib yuribdilar?-dedi Karimov maslahatchiga.

-Odamlar emas, haligi grantchilar,-dedi maslahatchi.-Olgan pullarini oqlashlari kerak-ku?

-Oqlash kerak bo’lsa, qanchadan-qancha qamoqxonaning devori oqlanmay yotibdi, ana o’sha yerga jo’nat,- dedi Karimov.

 

 

 

2004 yil, 30 Aprel

BEBAHO GAPLAR

 

 

Bugun ertalab Karimov maslahatchisni chaqirib:

-Kechagi, sessiya paytidagi gaplarimga qanday munosabat bo’ldi?-deb so’radi.

-Qaysi biriga,- dedi maslahatchi

-Nima, men shuncha ko’p gap aytdimmiki, qaysi biriga deb so’raysan?

-Har bir gapingiz bebaho edi, har bir gapingizga alohida munosabat bo’ldi. Ayniqsa, Internetda.

-Men bir soatdan beri Internetdan qidirib hech narsa topmadim-ku?

-Haligi, so’kishlar yoziladigan sahifalarni ham ko’rdingizmi?-dedi maslahatchi.

HISOB TENG

 

 

-Okeanning naryog’idagilarga atalgan gaplarimga ulardan hech qanday javob kelmadimi?-deb so’radi Karimov maslahatchidan.

-Ular o’z muammolari bilan band. Balki o’zingizga telefon qilib qolishar.

-Menga telefondagi gap emas, yozma gap kerak.

-Yozma gap… qo’limizdagi naqdi shuki, Ochiq jamiyat institutini bekitganimizga ular sizdan ranjigan…

-Men ham ulardan ranjiganimni aytdim-ku!

-Hisob birga-bir bo’ldi-da. Shuning uchun ham ular jim,- dedi maslahatchi.

JURNALISTLARGA MUNOSABAT

 

 

 

-“Tarsaki”ni jurnalistlar qanday qabul qilishdi?- deb so’radi Karimov matbuot kotibidan.

-Aytganingizdek, yer to’laga tushirib, oldlariga teleekran qo’yib berdik, sessiyani o’shandan tomosha qildilar. Lekin biroz norozi bo’lishdi.

-Hamma gap ekranga o’tib ketmadimi, ishqilib?

-Yo’q, senzura qilib, 40 minutlik kechikish bilan ko’rsatdik.

-Shu paytga qadar erkin qush edilar. Erkinlikni bo’g’ish qanday ekanligini mana endi ko’rishsin,- dedi Karimov.-Agar yana bizni tanqid qilib yozsalar, keyingi sessiya ekranni hojatxonaga ko’chir!

 

 

 

2004 yil, 1 May

XOTIRA

 

 

 

Bugun ertalab Karimov “1-May” degan hujjatli filmni tomosha qildi va o’zi bilan o’zi gaplasha boshladi:

“Hahotki, men ham boshqa bolalarga o’xshab 1-May kuni bayrmaga chiqmagan bo’lsam?”

“…”

“Nahotki, men ham pioner galstugini taqib paraddan o’tmagan bo’lsam?”

“…”

“Nahotki, men ham komsomol bo’lib, 1-May kuni tadbirlarida qatnashmagan bo’lsam?”

“…”

“Nahotki, men ham kommunisttik partiya saflarini mustahkamlaylik, deb hayqirmagan bo’lsam?”

“…”

“Demak, hammasi xotiradan o’chgan, kim so’rasa men oktyabryat, pioner, komsomol, kommunist bo’lmagan deb qo’rqmasdan javob bersam bo’laveradi!”

TANLOV

 

 

Karimov Bosh vazirni chaqirib unga maslahat berdi:

-Agar o’rnimni senga berib ketsam, Okeanning naryog’idan do’q qilishsa, Shimoldagi o’g’aning panohiga o’tasan, agar Shimoldan tahlika bo’lsa, Okeanning naryog’iga bosh urasan,-dedi.

-Agar tahllika birdaniga ikki yog’dan ham bo’lsa-chi?-deb so’radi Boshvazir.

-Unda tanlaysan?

-Nimani tanlayman.

– Yo o’zingni o’ldirish yoki bolalaring ko’zi qisiq, xitoy bo’lib tug’ilishini,- dedi Karimov.

QUL

 

 

Karimov matbuot kotibini chaqirib:

-3-May kuni dunyoda matbuot erkinligi kuni ekan, tag’in biror-bir tadbir qilmalaring,-dedi.

-Keyin yana bizni tanqid qiluvchilar ko’payib ketadi-da,- dedi kotib.

-Tanqid bilan bir narsa o’zgarsa, mana sen o’zgarar eding, necha yildan beri ishlasang-da hech narsaga aqling yetmaydi, indamasdan aytganimni qil, desam ham yana tilingni tiymaysan,-dedi Karimov.-Noming matbuot kotibi, o’zing esa menga qul, buni unutma?

-…

 

 

2004 yil, 2 May

LEKIN…

 

 

Bugun ertalab Karimov maslahatchisiga:

-Lotin alifbosiga o’tishni 2010 yilga qadar kechiktirganimiz yaxshi bo’ldi. Endi ana u oshnamizning men haqimda yozgan latifalarini hech kim o’qimaydi,-dedi.

-2010 dan keyin-chi?

-1993, 1995, 2000, 2005, 2010… anashunday uzatib ketaveramiz. Ungacha latifalar eskirib qoladi.

-Lekin…

-Lekin-pekiningni qo’y! Qani o’sha sahifani ochgin-chi, bugun nima yozibdi!

OQPADAR

 

 

Karimov “qahramon” shoir bilan gaplashib o’tirar ekan:

-Rahmat, Murojaatnomani yaxshi yozibsiz. Menga ham, odamlarga ham yoqdi,-dedi.

-Sizga ham rahmat, bizni shu lotin alifbosidan qutqarganingiz uchun,-dedi shoir yaltoqlanib..

-Sizlarni qutqarish mening vazifam. Bilmadim, mendan keyin nima bo’lasizlar?

-Siz tanlab ketgan qutqaruvchining panohida turamiz.

-Agar u meni qoralasa hamm-mi?

-U kimnidir maqtaganimiz va kimnidir qoralaganimiz uchun bizga otalik qiladi-da, bo’lmasa bizni bir tiyinga ham olmaydi.

-Aslida shunday qilib tog’ri qiladi,-dedi Karimov.-Oqpadarlarga bu ham kam!

KIM XURSANDU KIM XAFA

 

 

-Lotin alifbosini to’la joriy etganimizda urus og’aynilar xafa bo’lgan bo’lardi, mana endi kattasi telefon qilib rahmat aytdi,-dedi Karimov maslahatchiga.

-Ammo maktablarni lotin alifbosida bitirib chiqayotganlar endi kirilni o’rganishlari uchun biroz mablag’ sarflashimiz kerak.

-Qo’yaver, biroz chalasavod bo’lishsa, ko’p narsaga aqllari yetmaydi va aytganimizni bajarib o’tiraveradilar,-dedi Karimov.

SEHR

 

 

-Oldingi podshodan keyin “Uning sehriga tishib qolgan ekanmiz” deb yozgan edingiz,- dedi Karimov keksa, nuri ketib, piri qolmagan maddoh-shoirga orden topshirar ekan.-Mendan keyingining “sehri” haqida ham yozasizmi?

-Qachon yozay, bugunmi, ertagami? Amringiz vojib!

 

 

 

2004 yil, 3 May

BAYKOT

 

 

Bugun ertalab Karimov nevarasi bilan gaplashgisi keldi. Telefon qilsa qizi oldi:

-Bolalar bilan gaplashmoqchi edim,-dedi Karimov unga.

-Men bola emasmi sizga?

-Sen bilan ko’p gaplashganmiz,, qani chaqir ularni telefonga!

-Ular siz bilan gaplashmaymiz deyishmoqda.

-Nega?

-Chunki Internetda ayam haqida yozilgan maqolalar bobomning yurtida qo’lba-qo’l yurgani holda bobom bunga chora ko’rmaganlari uchun baykot e’lon qildik, deyishmoqda.

-Hozir urus oshnamga telefon qilsam bormi, u baykot degan gapni eshitsa jinnisi tutadi, san ko’rnamaklarni bir zumda quvub yoboradi,-deb telefonni uloqtirib yubordi Karimov.

OG’A

 

 

-Chegaraga yaqin joydagi bosmaxona nima boldi?-deb so’radi Karimov yordamchisidan.

-Sizning Nursulton og’aga telefon qilganingizdan keyin darhol yopib tashlandi.

-Qachondan u senga og’a bo’lib qoldi?

-Kechiraiz qarg’a demochi edim, og’a deb yuboribman, tuf, tuf…,-deya yordamchi o’zini oqlagan bo’ldi.

QUDRAT

 

-Iroqdagi rasmlarni ko’rdingmi?-dedi Karimov yordamchisiga.

-Ko’rdim, biz ham gazetalarga berib, bizda bu darajaga yetmaganini yozsak-mi?

-“Bizda bu darajaga yetmagan” degan gapni o’zgartir, bu gap qudratimizga soya tashlaydi,-dedi Karimov.

 

 

 

2004 yil, 4 May

 

BURGA…

 

Karimov ertlab kundalik ma’lumotnomalarni o’qib chiqqach, vazirni chaqirtirdi.

-Ana u elchini nima qilamiz? Endi matbuot erkin emas, deb vaysabdi-mi? Nima, unga javob beradiganlar yo’q edimi?

-Bizdan ikki kishi chiqib, uni askiya qilishdi, hatto unga pichching ham otishdi,-dedi vazir,-lekin u askiyani tushunmas ekan.

-Bizga uning tushunib-tushunmagani muhim emas, bizga o’zimiznikilar tushunsa yetadi. Ertaga “Bitta shu elchining og’zini yopa olmayapti, demak iti ketib, biti qolibdi” degan gaplar tarqalishi mumkin.

-Bolalarga aytaman, matbuotaa elchini boplab askiya qilishadi, iti ketib, biti qoladi.

-Ularda bit bo’lmaydi. Ularning burgasi bor, ammo yomon chaqadi.

-Qanday o’ldirsak ekan, bir maslahat berib, yo’l ko’rsatib yuborsangiz?!-dedi vazir Karimovning o’zidan qaror olish uchun.

-Axmoqlar, shuni ham bilmaysizlar. Avval burgani ushlaysan, keyin ikki tirnog’ing orasiga olib ezasan, “qirs” etsagina o’lgani bo’ladi!

 

PAYTAVA

 

Karimov yangi ishga olingan maslahatchisiga telefon qilib:

-Tez, qayerdan bo’lsa ha, “Paytava”ni topib kel,-dedi.

Ko’p o’tmay maslahatchi hovliqib kirdi:

-Bir qoshiq qonimdan keching. Hamma paypoq kiygani uchun paytava degan narsa qolmabdi,-dedi.

-Ablah, ana u muharrirning laqabi “Paytava” ekanligini bilamysanmi?

-Qaysi muharrirni aytayapsiz, tushunolmadim?

-Onangni erini!-Karimovning jahli vulqondek portlab ketdi.

-Dadam muharrirlikdan ketganlariga ko’p bo’lgan, shoirlik qiladilar, hozir siz haqingizda yangi doston yozmoqdalar, laqablari “Paytava” bo’lganini bilmas ekanman,-dedi hali saroyning havosini olmagan sodda maslahatchi.

Karimov o’zini tutolmadi va uning orqasiga bir tepib:

-Bor-e, ko’zimga ko’rinma, ayt, ana u “Lattakesar” kirsin,-dedi.

Maslahatchi boshini yelkasining ichiga tortgancha, orqasini ushlab, yana tushunmay chiqib ketdi.

 

KO’PSHAXSIYATLI

 

-Internetda “Karimovning ikkita yuzi bor” deb yozishmoqda. Nega javob bermadilaring,-dedi Karimov matbuot kotibiga.

-Bu ayblov emasku,-ajablandi kotib.

-Bu ayblov bo’lmasa, bu haqorat!- tutoqdi Karimov.

-Aslida ham yuzingiz ikkita. Ular tilni ham bilmaydilar. Qolaversa hozir dunyoda bir necha shaxsiyatli odamlar ko’paygan. Tibbiyotda ularni ruhiy kasallar safiga qo’shishgan…

-Sen meni devona demoqchimisan?

-Yo’q, yo’q, bunday odamlar har qancha jallodlik, qotillik qilsalar ham advokatlari aybni ularning boshqa shaxsiyatlariga, ya’ni boshqa yuzlariga yuklamoqdalar, ular osongina oqlanib ketmoqlar.

-Shunday demaysan-mi, unday bo’lsa ikkita emas, yetita deb javob yozingalar,- dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 5 May yil

KO’RIKDA

 

Karimov bugun do’xtir ko’rigidan o’tdi. U prostata raki bor-yo’qligini tekshirgan do’xtirning ustidan kulib:

-Ishingiz u yoq-bu yoqni ushlab ko’rish ekan-da,-deb kuldi.

Oradan ko’p o’tmay do’xtir qo’liga oq sellafandan qilingan yupqa qo’lqopni kiyib, ko’rsatkich barmog’ini o’ynatar ekan, labida tabassum aylandi.

-Nega jilmayayapsiz?-deb so’radi Karimov.

-Endi gemaroy bor-yo’qligini tekshiramiz,-dedi do’xtir mamnun ohangda.

 

BOSHQA DO’XTIRGA

 

-Og’zingizni oching,-dedi tish do’xtiri Karimovga

-Men senga Saddammi, buyqruq berasan? Men qurol-aslahani og’zimga yashiradigan qadar axmoq emasman, yashirsam sochimning orasiga yashiraman, hech kim topolmaydi.

-Bo’pti, og’zingzini yoping,-dedi do’xtir va qo’lidagi narsalarini stolning ustiga qo’yib, qog’ozga nimalarnidir yoza boshladi.

-Niima bo’ldi?-deb so’radi Karimov.

-Hech narsa bo’lgani yo’q, sizni boshqa do’xtir ham tekshirishi kerakligini yozayapman.

 

UYG’ONMANG

 

-Juda ham yomon uxlayman,-dedi Karimov psixiator vracha.

-Nimalarni tush ko’rasiz,-deb so’radi do’xtir.

-Doim bittasi beliga portlatgich bog’lab kelib, meni quchoqlab oladi va Xudoga shukur-ki uyg’onib ketaman.

-Bu safar, uyg’onmaslikka harakat qiling,-dedi do’xtir.

 

 

 

2004 yil, 6 May

DEMOKRATIYA

Bugun ertalab Karimov maslahatchisidan so’radi:
-Partiyalar o’zaro janjal boshlabdilar-mi?
-Yo’q, Siz ularni “Bir xildagi jo’jaxo’rozlar” deb tanqid qilganingizdan keyin yo’ligagina bir-birlariga tosh o’tib qo’ymqodalar.
-Men yo’liga tosh otsin, demagan edim. Ularni chinakamiga urishtir! Xalq tomosha qilsin! Agar demokratiya deganlari shu bo’lsa, mana berdik, shu bilan qorinlari toysin!

SAKSAKASHVILLI

-Qolgan xalqaro tashkilotlarning ham jilovini tortib qo’ysakmi? Ularning ham niyati buzuq, Gurjiston variantini o’ylashmoqda,-dedi maslahatchi Karimovga.
-Bizda hech qachon bunday variant bo’lmaydi, deb senga necha marta aytishim kerak. Gurjiston varianti uchun, avvalo, bizda Saksakashvili yo’q.

IMTIHON

-Urush faxriylariga oldingisa kabi bittadan bepul mashina berish haqida lohiya tayyorlasam, qo’l qo’yib berasimzi?-deb so’radi Karimovdan maslahatchi.
-Bundan bir necha yil oldin ham shunday qilgan edik. Uruslar yubormadi, deb bahona qilasak ham o’shanda 3-4 yoqayirtarqga berishga majbur bo’lgandik. Bu safar nimani bahona qilamiz?
-Oldin imtihon topshirib haydovchi guvohnomasini olinglar deymiz, qani o’tadigani topilarmikan, hammasi qarib qartayib qolgan.

KAFANLIK

-Qo’y, Ikkinchi Jahon urushi faxriylari uchun mashina beramiz, degan gapni yig’ishtir. Yaxshisi 18 ming so’mdan naqd pul va’da qilgin,-dedi Karimov maslahatchisiga.
-Nega endi 20 emas, 18 ming?-ajablandi maslahatchi.
-Hozir bir kafanlik 18 ming so’m ekan. Shuni ham bilmaysan. Urush faxriylari esa buni bepul oladilar. Naqd pul yo’qligi uchun deb 3 metrdan surf berasan, yaqin orada ularning qolgan qutganlari ham o’lib ketadi, o’shanda esa bu kafanligini olgan edi, deb hisobni tenglashtirib qo’yasan, shu bilan kabob ham kuymaydi, og’iz ham!-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 7 May

NAMOYISH

 

Bugun Karimov vazirni chaqirib, undan so’radi:

-Birinchi Iyunda davlat to’ntarishi bo’larkan-mi?

-E, Xudo saqlasin, bu gapni qayerdan oldingiz?-dedi Vazir hovliqib.

-Muxolifatchilar shu kuni ommaviy miting qilamiz, deb yurishgan ekan-ku!

-Ha, endi uch-to’rttasi shunday deb yuribdi, lekin davlatni to’ntaradigan kuch qani ularda?!

-Ammo shunga urinishayotgan ekan-mi, sen chorasini ko’rishing kerak, davlatni to’ntaradiganlarni sen to’ntarib qo’y, bildingmi, bor bajar!

 

DUNYOGA DARS

 

Karimov maslahatchini chaqirdi va unga:

-Besh olti kishi birinchi Iyun kuni Ommaviy miting qilamiz deb yugurib yurgan ekan. Bundan foydalanishimiz kerak,-dedi.

-Aytganingizday qilib foydalanamiz,-dedi maslahatchi.

-Mitingga keluvchilarning kumligini anqilab, oldindan “tugmasini tikib” qo’yish kerak. 4-5 ta tashkilotchiga esa indamalaring. O’zlari to’planishsin. Dunyoda dars berib qo’yaylik, ko’rishsin, ularning orqasida qancha odam borligini.

 

 

XAT

 

Karimov yordamchisiga dedi:

-Birinchi Iyunda bo’ladigan ommaviy mitinglar tashkilotchisi qilib ana u bebosh elchini ko’rsatinglar. Vazir bilan kelishib uning boshliqlariga bitta xat yozinglar.

-Xatni hozirdan yuboraveraylikmi, yoki birinchi Iyundan keyinmi?-so’radi yordamchi.

-Avval odamlaring orqali tashviq qilib, uning o’zini ham o’sha kuni mitingga olib chiqlaring va ana undan keyin xatni jo’natlaring,-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 8 May

 

AYBDOR

 

Bugun Karimov vazirni chaqirib, undan so’radi:

-Ana u katta mamlakat elchixonasi yonida piket bo’libdimi?

-Ha, indamadik. Ko’rib qo’yishsin, agar demokratiya bo’lsa bular kimning yoqasidan olishlarini,-dedi vazir gerdayib.

-Nimalarni talab qilishdi?

-Bizga yordam bermasliklarini va Sizning iste’fongizni?

-Mening iste’fomni nega ulardan talab qilishadi?

-Shunday bo’lgani yaxshi, bilasizku ular iste’fo masalasini har bir joyning ichki masalasi deb hisoblaydilar va jiddiyga olmaydilar, biznikilarning nazdida esa hamma narsa ularning bo’yniga tushadi, tarix oldida ular aybdor bo’lib qoladilar,-dedi vazir.

-Unday bo’lsa, ayt har kun chiqaverishsin!

 

G’ILDIRAK-1

-“Tarixning g’ildiragi ortga aylanmaydi” hujjatli filmiga odamlarning munosabati qanday?-deb so’radi Karimov maslahatchidam.

-Qo’mitaning bu haqdagi hisobotini stolingiz ustiga ham qo’yganman, odamlar filmning nomidan ajblanishdi, axir bizda hech qachon xalifat bo’lmagan-ku, deyishmoqda.

-To’g’riya,-dedi Karimov,-bu filmni qilganlaning kallasidagi g’ildiraklar aylanmaydi, shekilli!

 

G’ILDIRAK-2

 

Karimov televideniyeda namoyish etilgan filmining muallifini chaqirdi.

-Tarixning g’ildiragi ortga aylanmaydi, deb kim aytdi senga?-deb so’radi undan.

-Filmning nomini o’zingiz qo’yib berdingiz-ku, otaxon,-dedi muallif suyulib.

-Meni sening bilimingni sinash uchun shunday nom qo’ygandim, bizda qachon xalifat bo’lgan?

-Xalifat … hech qachon bo’lgan emas.

-Nega bo’lmasa, filmning nomini “Tarixning g’ildiragi ortga aylanmaydi” deding.

-Men…

-Bor, ko’zimga ko’rinma, endi sening g’ildiraging butunlay aylanmaydi,-dedi Karimov.

 

 

 

2004 yil, 9 May

VASVASA

 

Bugun Karimov xotirlash anjumanida qatnashib qaytar ekan, xayolga botdi va odatiga ko’ra o’zi bilan o’zi gaplashdi:

“Meni ham shunday tantana bilan xotirlashadimi?”

“Eslashganda qandoq? To’planganlarning hammasi ho’ngir-ho’ngir yig’lasa kerak.”

“Ayniqsa, qahramon shoirlar ko’proq yig’laydi.”

“Ha, ularni hamma baloga sherik qilib qo’ydim, javobini bersinlar.”

“Qanday javob berishadi-ki ular ham sening yoningda bo’lishsa?”

“Nega endi mening yonimda bo’lishadi?”

“Chunki birdaniga ketmadik-mi?”

“Astag’furullo degin, la’nat shaytonga, ular oldin ketishlari kerak!”

“Unday bo’lsa sen ularni xotirlab yig’lashing kerak bo’ladi.”

“Ular kim bo’libdi-ki men ular uchun yig’layin. Ular men uchun yig’lashlari kerak!”

 

KONFERENSIYA

 

Karimov maslahatchini chaqirib:

-Qanday yangiliklar bor?-deb so’radi.

-Chet elliklar “Elektron hukumat” mavzuida xalqaro konferensiya o’tkazishni taklif qilishgandi…

-Elektron hukumat degani nima ekan?

-Hamma narsani komputeringizga joylab berishadi, hamma yoqni o’tirgan joyingizda tugmalarni bosib boshqaraverasiz. Masalan, vazir choy ichayaptimi yoki konyakmi, buni ham darhol aniqlash imkoni bo’ladi.

-Uning konyagiga zahar solib qo’yishning ham yo’li bo’ladimi?

-Albatta, bitta virus yuboradigan tugma ham bo’ladi.

-Qachon o’tkazishmoqchi konferensiyani?

-Yilning oxirida.

-Yo’q, shu oyning oxiriga ko’chir va bu ishni tezlat!-dedi Karimov.

 

FAMILIYADOSHLAR

 

Karimov maorif sohasiga yangi tayinlangan vazir bilan suhbatlashdi.

-Bilasanmi seni nega tanladim?-dedi unga.

-Yo’q,-deb javob qildi vazir.

-Familiyang oldingi vazirniki bilan bir xil bo’lgani uchun. Ertaga familiyang nima edi deb adashib yurmaslik uchun shunday qildim.

-Unday bo’lsa, uning o’zi qolaversa bo’lardi-ku,-dedi vazir.

-O,hhoo, tilingiz uzunku, nima bu familiyadan boshqa odamda yo’q deb o’ylayapsan-mi? Seni 50 ta anashunday bir xil familiyadagilar orasidan tanlab oldim. Yana bir marta “g’ing” desang, vazirlikdan quvib, boshlang’ich sinfga jo’nataman. Ha-ya, seni chaqirganimning boisi oldingi vazirga, ya’ni familiyadoshinga birorta maktabdan ish topib ber va nazoratda ushla demoqchi edim, “g’ing” desa tilini kes!,-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 10 May

QO’RQUV

 

Bugun Karimov uruslarning rahbariga telefon qilib, Chechenistonda yuz bergan portlov tufayli ta’ziya izhor qildi. Keyin xonasida derazadan tashqariga qarab choy ichib turgan vazirga:

-Yaxshiyam 9-Mayni “G’alaba bayrami” qilmasdan “Xotira kuni” qilgan ekanmiz,-dedi.

-Bizda baribir u darajaga bormaydi. Hammayoqni o’zim boshqarib turibman,-dedi vazir.

-Men shundan qo’rqaman-da,-dedi Karimov.

 

YO’L

 

-Turkmanboshi prezidentlik muddatini yana uzaytiribdimi?-deb so’radi Karimov Afandidan.

-Ularga farqi yo’q, uzaytiradimi, kesadimi, bir umrlik qiladimi?-dedi Afandi.

-Biz nima qilsak ekan?-dedi Karimov Afandining ko’ziga termulib.

-Biz ularning yo’lidan bormaymiz, bizning o’z yo’limiz bor,-dedi Afandi g’urur bilan.

-Qaysi yo’l?-so’radi yana Karimov.

-Sizning yo’l-da, taqsir,-dedi Afandi.

-Mening yo’lim? Qaysi yo’lim?

-Taqsir, yo’lingizni siz bilmasangiz, men bilaman-mi?- dedi Afandi.

 

NASIBA

 

Karimov maslahatchini chaqirib:

-Ertaga keladigan mehmon kelmaydigan bo’ldi,-dedi.

-Kelavermaydimi, biz qo’ylarni so’yib qo’ygan edik,-dedi maslahatchi.

-Nega bir kun oldindan so’yib qo’yding! Sen sudraluvchi eding-ku, bu safar nima bo’ldi?

-Aslida qo’yni sizga ataganmiz, barra, mehmonga esa o’ziga o’xshagan cho’chqa so’yib qo’ygandik…

-Bo’pti, qo’yni menga qoldir, co’chqani esa o’zingga ol, har kimning nasibasi!-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 11 May

 

AHOLI SONI

 

Karimovning huzuriga kirgan maslahatchi aholi ro’yxatga olingandan keyin e’lon qilinadigan raqam haqida so’ramoqchi bo’lib:

-Oqsoqol, aholi sonini nima qilamiz?-dedi.

-Nima qilardik, tomosha qilamiz,-dedi Karimov.

 

CHIPTAFURUSHLAR

 

-Muxolifat birlashish o’rniga mushtlashib ketibdimi?-so’radi Karimov maslahatchidan.

-Majlisga borgan elchi uchun tomosha qo’yib berduk-da,-dedi maslahatchi maqtanib.

-Tekin tomosha kimga ham yoqmaydi. Chiptasini olsin edi.

-Chiptafurushlarimiz ungacha yetib borolmadilar, xaridor ko’p edi.

-Sanlar doim asosiy xaridorni qochirasanlar. Qo’rqoqlik qonlaringda bor!,-dedi Karimov.

 

ADASHMOQ

 

-Motamsaro ona haykali yonida juda xafa ko’rindingiz, nimani o’yladingiz, taqsir,-deb so’radi Afandi Karimovdan.

-Seni onangni,- dedi Karimov savol yoqmagani uchun qo’rs javob qilib.

-Menimcha o’z onangiz bilan mening onamni adashtirayapsiz,-dedi Afandi.

 

SPORT ZALIDA

 

Sport zalida Karimov o’ziga va Afandiga turnik o’rnattirgandi. Afandi turnikka osilayotganda Karimov keldi. Bu payt ustalar uning turnigini tuzatishayotgandi va u Afandinikiga osila boshladi.

-Taqsir, nega menikiga osilasiz,-dedi Afandi.

-Ko’rmayapsiz-mi, meniki yiqilib qolibdi, turg’azib bo’lmayapti,-dedi Karimov.

 

 

2004 yil, 12 May

 

OLIY JAZO

 

Karimov maslahatchisiga:

-Rahmonov o’lim jazosini bekor qilaylik, degan tashabbus bilan chiqibdimi?-dedi.

-O’zining kelajagiga zamin hozirlayotgan bo’lsa kerak-da ,-deb javob qildi maslahatchi.

-Biz nima qilamiz?-deb so’radi Karimov.

-Biz oliy jazoni bekor qilamiz-mi, qilmaymiz-mi, baribir kelajagimizga ta’siri yo’q.-dedi maslahatchi.

 

BOZOR IQTISODI

 

-Turkmanboshi o’zi tog’ilib o’sgan qishloqda o’n ming kishi birdaniga namoz o’qiydigan majit quribdi,-dedi yordamchisi Karimovga.

-Biz qurmasak ham tashvihsimiz yetarli,-dedi Karimov.

-Lekin qursak kelajakda sizning nomingizga qolgan bo’lardi.

-Kelajakni qo’y, bugundan gapir. O’sha Turkmanboshi har bir odamdan qanchadan pul olar ekan, chipta uchun?

-Machitga kirish uchn ham pul berishadimi?

-Sanlar Sovet zehniyatida qolib ketdingizlar, sanlar bilan qanday qilib bozor iqtisodiga o’tamiz ekan-a?- dedi Karimov uf tortib.

 

MUZLATISH

 

Karimov tush ko’rsa Afandi tergovchi ekan. Uni so’roqqa chaqirdi. U Afandining kondinsioner g’irillab ishlab turgan xonasiga kirar ekan:

-Hamma yoqni muzlatib yuboribsiz-ku, taqsir?- dedi.

-Yo’q, hali sizning hisoblaringizni muzlatib ulgurmadim,-deb javob qildi Afandi.

 

 

2004 yil, 13 May

OL

 

Bugun Karimov xorijiy radioga hujum qilgan televideniye haqida bir qancha norozilik ma’lumotlarini oldi va muxbirni chaqirdi:

-Odamlarning oyog’idan olishga ja, usta ekansan-ku?-dedi.

– O’zingiz aytaningizdek qildim, Siz ol desangiz, bo’ldi, olaveramiz,-dedi muxir.

-Unday bo’lsa, ol!-dedi Karimov.

-Nimani taqsir?

-Oyog’imni-da!

-Qaysi birini?

-O’zing top, qaysi biri ekanligini,-dedi Karimov.

 

QO’RQUV

 

-Kecha urus mehmonning qo’llari qaltirab turgandi, men bilan uchrashuvdan oldin muzeyga borgan ekan. Hech gap bo’lmagandimi?-deb so’radi Karimov vazirdan.

-Kirishidan chiqqaniga qadar qaltiradi,-dedi vazir.

-Nega qaltiraydi?-so’radi Karimov.

-Qo’rqqanidan-da!

-Nimadan qo’rqadi?

-Muzeydan keyin Siz bilan uchrashishi kerak edi-da,-dedi vazir.

-Mendan nega qo’rqadi?

Karimovning avzoyi buzilganini ko’rgan vazir odatiga ko’ra darhol vaziyatni tuzatdi:

-Qo’rqmaydi, lekin sizni hurmat qiladi, hurmatni ko’rsatish uchun qaltirash kerak, u muzeyda qaltirashni mashq qildi….

 

ETAK

 

-Internetni nima qilsak ekan?-dedi Karimov Afandiga.

-Oyni etak bilan yopib bo’lmaydi, deganlaridek, bu Interenetni ham hech narsa qila olmaysiz,-dedi Afandi.

-Mening etagim oyni ham yopadi kerak bo’lsa, Internetni ham bekitsam qoyil qolasizmi?-dedi Karimov.

-Bekitishga bekita olmaysiz. Lekin Internetning muxlislari soni kamayadi. Chunki ko’pchilik Sizni tomosha qiladi,-dedi Afandi.

 

 

 

2004 yil, 14 May

 

SHART

 

Karimov Oliy o’quv yurtlari bo’yicha yangi tayinlangan vazirini chaqirib:

-Bilasanmi, sendan oldingi vazir nima qilganini?-deb so’radi.

-Bilmadim…,-deb javob qildi vazir.

-Tinimsiz pora olgan, o’g’irlik qilgan, talon tarojlikkka yo’l qo’ygan, oshna-og’aynichilkni qo’llagan, ko’zbo’yamilik qilgan, talaba qizlar bilan yotib-turgan…

-Yo’g’e…-dedi vazir,-ajablangan tarzda.

-Ko’p ham o’zingni ajablangan qilib ko’rsatma. Sen unga birinchi o’rinbosar eding, bularning hammasiga sheriksan, mana deloga tirkab qo’ydim. Men bu ishlarni qilma demayman, erkakchilikda ko’p gap bo’ladi, faqat shartim shuki, yotsang ham tursang ham mendan yashirma ,-dedi Karimov.

 

ISSIQKO’L

 

-Chingiz Aymatov keyingi oy Issiqko’lda majlis qilib, Nursultoning “Avroosiyo plani”ni qo’llar ekan-mi?-dedi Karimov maslahatchiga.

-Sizni ham taklif qilgan,-dedi maslahatchi.

-Unga orden berib bekor qilgan ekanmiz, sotilib ketdi.

-Nursulton bilan Asqar kattarog’ini berdi. Biz ham qahramon-pahramon unvonini bersak-mi, balki o’shanda bizning yo’lga yurishi mumkin bo’lar,-dedi maslahatchi.

-Avval u nimani yoqtirishini bilinglar,-dedi Karimov.

-U yaqinda gazetaga bergan suhbatida eng yoqtirganim Issiko’l debdi, Issiqko’l mening taqdirim, mening hayotim, debdi.

-Bo’pti, uning istaganini top,-dedi Karimov.

 

AXMOQONA ISH

 

-Turkmanboshi bolalarni paxta terimiga olib chiqmaslik haqida qaror qilibdi, siz ham shunday qilmaysiz-mi?-dedi Afandi Karimovga.

-U g’irt axmoq odam bo’lsa, uning qarorlari ham o’ziga o’xshagan axmoqona…

-Lekin hamma vaqt u qabul qilgan qarorni siz besh-olti oydan keyin takrorlaysiz, bu safar kechikmang,dedim-da, taqsir,-dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 15 May

TALAB

 

Bugun Karimov dam olgisi keldi. Haramga borar ekan, birdan vertoletning motori ishlamay qoldi.

-Nima gap…?-deya oldi. Keyin nafasi qaytdi. Ko’zini ochsa, vertolet pastga qarab tushib ketayapti. Boshi aylana boshladi. Yuragi aynib, allanechuk bo’ldi. Shu payt vertolet birdan yana teppaga ko’tarila boshladi va muvozanatni saqladi. O’ziga kelgan Karimov vertoletchiga baqira boshaldi.

-Baqirmang, hozir rulni qo’yib yuboraman!-dedi vertoletchi.

-Nima istaysan o’zi, mendan?-so’radi Karimov.

-Iste’fo berishingizni!

-Bo’pti…,- dedi Karimov va biroz nafas olib, qo’shimcha qildi:-qo’yib yubor rulni!

 

QO’RQUV

 

Haramga borib qo’ngandan keyin Karimov vertolet haydovchisining peshanasiga topponcha tirab:

-Kimga sotilding, ablah?-dedi,-Nega meni o’ldirmoqchi bo’lding?

-Otmoqchimisiz? Men sizning joningizni saqladim. Benzin baki teshilgan, ko’rmayapsizmi hammayoqqa bensin sachrayapti.

-Bu bahona bo’lolmaydi. Kimga sotilganingni aytmasang otaman!

-Oting!

-Otaman deyapman, senga!

-Men ham sizga oting deyapman! Butun millatning savobiga qolaman.

-Namuncha o’zinga ishonmasang. Nima boshing o’q o’tmasmi?-dedi Karimov.

-Ko’rmayapsiz-mi? Boshim bensin bakining yonida turibdi,-dedi uchuvchi.

TALOQ XATI

 

Karimov Haramda yosh-yosh qizlar bilan o’yin kulgi qilar ekan, buzuqchiliklarni video oldirdi. Qaytar ekanlar, Afandi video tasmaga ishorada bo’lib:

-Taqsir buni yanga ko’rsa nima bo’ladi?-dedi.

-Nima bo’lardi? Taloq xati oladi,-dedi Karimov pinagini buzmay.

 

 

 

2004 yil, 16 May

TARIX-MARIX

 

Bugun yakshanba bo’lgani uchun Karimov uyqu dorini ichib kun bo’yi uxladi. Shomga yaqin uyg’onib maslahatchisidan:

-Dunyoda nima gap?-deb so’radi.

-Olimlar Kyoto shartnomasiga qo’shilmaganlarnni tanqid qilib, Global isishning oldi olinmasa kelajakda dunyoni butunlay suv bosib, ofatlar qoplaydi, Yer sharida tirik jon qolmaydi demoqdalar…

-E, Xudoga shukur!,-deb maslahatchining gapini bo’ldi Karimov.

-Nimaga taqsir?-ajablandi maslahatchi.

-Axmoq yangang har kuni kelajakni ham o’ylang, sizdan keyin bolalaringiz, nevaralaringiz nima qilishadi? Faqat bugunnu, o’zingizni o’ylamang, tarixda yaxshi nom qoldirish ham kerak, deb ming’illagani-ming’illagan. Bu xabarni darhol unga yetkaz, kelajakda tarix marix bo’lmaydi!

 

 

2004 yil, 17 May

FILM

 

-Oyning oxirida Moskvada kinochilarning yig’lishi bo’lar ekan, ruxsatingiz bilan shunga qo’shilayapmiz, kimlar borishini ham bir maslahat qilmoqchi edim,-dedi bugun ertalab vazir Karimovga.

-Kimlar borishini keyin ko’ramiz. Avval ayt-chi, qanday film olib borayapsizlar?

-Siz haqingizdagini?-dedi vazir burrolik bilan.

-Men haqimdagini qo’ya tur, yaqinda bo’lgan hujumlar va buni uyushtirganlar haqidagini olib bor!

-Zotan shuni olib borayapmiz-da,-dedi vazir.

 

NOMAQBUL VA BOMAQBUL

 

Bugun Karimov inson huquqlari bo’yicha maslahatchisini chaqirdi:

-Inson huquqlari yomon, deb kitob chiqaribsizlar-mi?-deb so’radi undan.

-Yo’q, o’zingizga oldindan aytganimdek, bu boradagi yutuqlarimiz haqida kitob qildik va ba’zi joylariga sizning ayrim kamchiliklar yuzasidan aytgan gaplaringizni qo’shib ketdik,-dedi maslahatchi.

-Men kitobning faqat bosh qismida o’z ismimni ko’rdim, qolgan joyida yo’q-ku?

-Kamchiliklar aytilgan nomaqbul joylarda sizning bomaqbul ismingiz bo’lmagani ma’qul degan fikrga keldik-da,-dedi maslahatchi tilyog’lamachilk bilan Karimovning ko’nglini olib.

 

NIMA QILISH KERAK?

 

-Payg’ambar bo’lish uchun nima qilish kerak?-deb so’radi Karimov Afandidan.

-Turkmanboshidan so’rash kerak!-dedi Afandi.

-Sizdan hech to’gri gap eshitish mumkin-mi, o’zi?-Karimovning jahli chiqdi.

-Mumkin, Payg’ambar bo’lish uchun Xudodam mujda olib kelish kerak,-dedi Afandi.

-Shuncha yo’lga borib-kelish kerakmikan?

-Siz borishni hal qiling, taqsir, kelishini Xudoning o’zi hal qiladi,-dedi Afandi.

-Qanday qilib hal qilaman?

-Juda oson, soqchilaringizni tashlab, bir o’zingiz bozorga chiqasiz va xalqning o’zi kuzatib qo’yadi sizni,-deb javob qildi Afandi.

 

 

2004 yil, 18 May

 

BUZULGAN ODAM

 

Karimov Majlis raisini chaqirib:

-Saylov komissiyasi raisligiga aytgan odamingni qo’ydik, lekin u ishni ko’ngildagidek qilib uddalay olarmikan? Ilgari uni nima uchun quvganimni bilasan,-dedi.

-U ilgari buzilgan edi, yo’lga soldik, lekin atrofidagilar yana uni buzayaptilarmi, deb o’ylayapman,- rais odatdagidek o’rtacha qilib javob berishga urindi.

-Bur marta buzilgan odamni yana qanday qilib qayta buzishlari mumkin?-dedi Karimov.

 

BOSHQA DUNYO

 

-Qozoqlar bilan chegaralarni ajratish qanday ketayapti,-deb so’radi Karimov vazirdan.

-Ular bu ishga jiddiy kirishib ketdilar va biz qilishimiz kerak bo’lgan ishlarni ham o’zlari qilib, hammayoqqa simto’r tortmoqdalar.

-Bu ahvolda o’zlarini dunyodan ajrataib qo’yadilar-ku?

-Ularning dunyosi boshqa,-dedi vazir.

 

TEKSHIRUV

 

-Taqsir rasmini ko’rib qoldim, Moskvadagi elchingiz Aeroportga borib ziyofat yeb yuribdi-mi?-dedi Afandi Karimovga.

-Ruslar chet elliklarning rasmiy qo’nish yo’lini qayta beton qilishayotgan ekan. Borib boshida tur, Chechenistonga o’xshatib betonning ichiga bir narsa solib qo’ymasinlar, degan edim.

-U har holda topshiriqni boshqacha tushunganga o’xshaydi. Faqat ovqatlarni tekshirib ko’rayapti, shekilli,-dedi Afandi.

-Bo’lmasa ovqatning ustiga qo’namiz-da,-dedi jahl bilan Karimov.

 

 

 

2004 yil, 19 May

 

“AKRAMIYA”

 

Karimov bugun vazirni chaqirib so’radi:

-Ushlaganlaringdan bir gap chiqdimi?

-O’zlarini “Akramiya” tariqatiga mansub deb aytayaptilar,-javob qildi vazir.

-“Akramiya”, bu qanday tariqat ekan?

-Bilolmay o’tiribmiz…

-O’tirgan bilan ish bitadimi? Ismi Akram bo’lganlarning hammasini ushla, bittasidan bo’lmsa, boshqasidan bu tariqatning nizomi topiladi,-dedi Karimov.

 

TOSH

 

-Piketchilarga ruxsat ber degan edingiz, mana endi ular Sizga ham tosh ota boshladilar,-dedi vazir Karimovga.

-Qachon o’tishdi? Men sezmay ham qolibman…

-Haligi… tosh emas…

-Tosh bo’ladimi kesak bo’ladimi, men yuradidan yo’llardan hammasini terib ollaring deb sanlarga qachonlardir aytgan edim,- deya baqirdi vazirga Karimov.

 

TAPPI

 

-Dehqonlar nomidan tuzilgan partiyani ro’yxatga ol, deb qo’yishmayapti. Lekin oti menga yoqmayapti, qanday nom qo’ysak ekan?-dedi Karimov Afandiga.

-XDP bor, MDP bor, Fidokorlar bor, LDP ham tuzildi… Menimcha TAPPI deb qo’yish kerak,-dedi Afandi.

-Bu nima degani?

-Buni dehqonlarning o’zlari yaxshi tushunadilar,-dedi Afandi

DEVORGA…

 

-Afandi yangi latifalardan birini aytar ekan, Karimov yuzini boshqa tomonga burib e’tibor qilmadi.

-Men devorga gapirayapman-mi?-dedi Afandi.

-Devorga gapirsang yaxshiroq,- dedi Karimov odatdagidek nima deyayotganini tushunmay.

 

 

2004 yil, 20 May

TADBIR

 

Bugun Karimov inson huquqlari bo’yicha maslahatchisini chaqirdi va unga

-Yana bizni inson huquqlari masalasida tanqid qilishibdiimi?-dedi.

-Bu safar yoniga demokratiyani ham qo’shishgan. Shu bois narigi maslahatchini ham…

Karimov uning gapini bo’ldi:

-Bo’pti, men ham inson huquqlari va demokratiya masalasidagi maslahatchilarni qo’shib yuboraman.

-Qaysi birimiz qolaylik?-dedi maslahatchi.

-Sen mahmadana ketaver, kim qolishi kerakligini qoladigan odamga aytaman,-dedi Karimov.

BAHONA

 

-Qaysi kun Eron Tashqi Ishlar vaziriga bir qadimiy kitobni va’da qilgandingiz. Agar shuni bersangiz, jo’natib yuborgan bo’lardik,-dedi vazir Karimovga.

-Men u kitobni yeb qo’ydim,-dedi Karimov.

-Ie, kitobni ham… Endi nimani bahona qilamiz?

-Senlar bahona topishni ham bilmaysanlar, bahona kerak bo’lsa kitobni yeb qo’yish yoki yo’qotib qo’yish ham mumkin. Men u kitobni bermayman? To’xta, o’zi qaysi kitob haqida aytgan edim?!

NIMA QILISH KERAK?

 

-Ba’zilar, ayblari ochilib qolishini bilgandan keyin, Karimovning o’zi diniy tashkilot tuzmoqda, deb yozishmoqda. Bunga nima deysiz?- dedi Afandi Karimovga.

-O’sha yozayotganlarning ko’ylagining orqa qismi ko’tarilib, tepaga sanchoqlab qo’yilmaganmi?-so’radi Karimov.

-Buni siz qayoqdan bilasiz?

-O’sha sanchoqni men urib qo’yganman-da,-dedi Karimov gerdayib.

-O’shandan keyin qo’lingizni yuvgan edingiz-mi?-so’radi Afandi.

-Nimaga sh’ama qilayapsiz?

-Chunki doim bir ish qilsangiz orqasidan hid chiqad-da,-dedi Afandi.

-Orqasini hidlamang-da,-dedi xaxolab Karimov.

 

 

 

2004 yil, 21 May

ME’ROS

 

Bugun Karimov vazir bilan gaplashar ekan:

-Pekinda “Me’ros” deb nomlangan fotoko’rgazmamiz ochilibdi,-deya vazir qo’lidagi hisobotni o’qiy boshladi.

-Qaysi suratlar ko’proq taassurot qoldiribdi? O’sha joyini o’qi!-dedi Karimov.

-Odamlar eng ko’p sizning suratingizga termulib qolishib, juda ko’p savollar berishibdi?

-Masalan qaysi savolni eng ko’p takrorlashibdi?

-Ko’pchilik, bu odam tirkimi o’lganmi, deb sorabdi,-dedi vazir qo’lidagi qog’ozga qarab.

-Nega bunday savol berishadi?

-Mavzu me’ros bo’lgani uchun qolgan suratlarning hammasi o’lganlar haqida edi-da,-dedi vazir.

 

E’TIROF

 

-Turkiya Turkmanboshiga “Otaturk” ordenini beribdi-mi?-so’radi Karimov maslahatchidan.

-U diktatorlarga beriladigan orden bo’lsa kerak, bo’lmasa borib-borib Turkmanboshiga berishadimi?-dedi maslahatchi.

-Menimcha, Turkiyadagilar kim diktatoru kim lo’ttibozligini bilmaydilar…

-Yo’g’e, katta davlat-ku, menimcha, bilsalar kerak,-dedi maslahatchi.

 

TOLIBON

 

Muzeyda Karimovning ko’nglini olish uchun uning portretini Ulug’bekning rasmi yoniga osib qo’yishgandi. Karimov mehmoni bilan muzeyga borganda jahli chiqdi:

-Nega mening portretimning yoniga Tolibonning rasmini osdilaring? Kim men bilan o’yin qilmoqda? Toplaring u badbaxtni!

-…Ulug’bek,-deya pichirladi Karimovning qulog’iga yordamchisi.

-Ulug’bek! Familiyasi nima, qanday ish qiladi? Darhol topib Jasliqqa jo’natlaring!-dedi Karimov.

 

 

NARSA

 

Karimov Afandidan so’radi:

-Hammaga o’tmishdan bir me’ros qoladi? Masalan, Sovet davridan sizga nima meros qoldi?

-Bizga qolgan eng katta me’ros mana siz…

-Ja, soddasiz-da, men odam haqida emas, nima haqida… narsa haqida so’radim?

-Men ham javob berdim, taqsir,-dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 22 May

QOVUN…

 

Bugun Karimov vazirdan so’radi:

-Qamoqda bir kishi o’libdi-mi, yana Xalqaro tashkilotlar jar solishmoqda?

-Qamoqda emas, tergovda, buning ustiga o’zimizdan emas, haligi naryog’dan kelganlardan,-dedi vazir.

-Rosa qiynabsanlar-mi?

-Qovun qovundan rang olar deyishad-ku? Bolalar, Abu G’arib qamoqxonasida olingan suratlarni ko’rib ilhomlanib ketishibdi-da…

-Qovun qovundan rang olsa biz ham bolalaringni qamashimizga to’g’ri keladi,-dedi Karimov.

-Bosh ustiga, bir o’g’iz gapingiz, ularning o’zini ham “Abu G’arib”ga oborib-kelaman!

-Men, senga unday qil, bunday qil deyayotganim yo’q. Mahmadanalik qilib, har qanday maqollarni ishlataverma, demoqchiman, xolos,-dedi Karimov.

TOSH VA MEVA

 

-Kechagi bayonotinga qanday munosabat bo’ldi?-dedi Karimov vazirga.

-O’zingiz aytgandek qilib, okeanning naryog’idagilarning po’stagini qoqib berdim. O’zini muxolifat deb yurganlarning ham basharasini ochib tashladim. Okeanning naryog’idagilarning ana u kungi hisobotlariga ham javob bo’ldi, shekilli, mot bo’lishdi, shuning uchun ham jim, -dedi vazir.

-Menga Noyabrgacha ularning qizig’i yo’q, Moskvadagilar xursand bo’lishdimi, yo’qmi, menga hozir shu kerak, shuni o’rganib kel, toshni uzoqqa ot, mevani yaqinga sot !-dedi Karimov.

JILOV

 

-Oliy sud ham web sahifa ochibdiimi?-deb so’radi Karimov Afandidan.

-Karvondan ortda qolmay deyisgan-da…

-Qanaqa karvon? Karvon-parvonni bilmayman! Ular odamlarni sud qilishadimi yoki kecha-kunduz Internet bilan ovora bo’ishadi-mi?

-Hozir sud ishlari oson bo’lib ketdi. Chunki hukmni siz berasiz. Ular nima qilsinlar, bekorchilikdan zerikib o’lsinlar-mi, yaxshiyam Intenetga kirish yo’lini topishdi.

-Bir joyga kirish yo’lini topgan odam, boshqa joyga ham topadi. Shuning uchun ham u web sahifaning jilovini qo’limga olishim kerak!-dedi Karimov.

-Hammayog’ingiz jilov bo’lib ketdi, jilovlar ichida jilovlanib qolmang-da ishqilib,-dedi Afandi chiqib ketar ekan.

 

 

2004 yil, 23 May

“PUL YUVISH”

 

Bugun Karimov vazirdan so’radi:

-Buxoro yahudiylarining okeanning naryog’idagi rahnamosini Manhattanda otib ketishibdi-mi?

-Qarang-a, New Yorkning shundoq markazida tag’in… Uni pul yuvish masalasida sud qilishmoqchi edi, kimdir otib ketdi.

“Pul yuvish” iborasini tushunmagan Karimov:

-Men uni katta odam deb eshitgandim, bechoraning kuni kir yuvishga qolgan ekan-da?-dedi.

SOVUQ…

 

-Shamollab qolibman,-dedi Karimov Afandiga.

-Yoz kelayapti-ku, nega shamollaysiz?

-Bilmayman, kechasi bilan sovuq yeb chiqdim…

-Boshqa narsani yeyish kerak edi-da,-dedi Afandi.

 

 

OTALARI AYBDOR

 

-Yoshlar orasida sizga qarshi bo’lganlar ko’payib ketdi,-dedi Afandi Karimovga.

-Otalarini jazolash kerak, qamoqqa tiqish kerak!-dedi Karimov.

-U ahvolda tashqarida birorta ham ota qolmas ekan-da?!-dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 24 May

SHAYX

 

-Bugun ikkita shayxni o’nlab muridlari bilan birga qamoqqa oldim,-dedi vazir Karimovga.

-Bu shayxlar qanday qilib o’zlariga buncha murid to’playdilar? Ularning tajribalarini o’rganish kerakmikan?

-Foydasi yo’q,-dedi vazir,- chunki sizning muridilaringiz oldida ularning soni hech narsa emas.

FARQ

 

-Muridlari o’lsa o’ladiki, ammo shayxini sotmaydi,-dedi vazir Karimov bilan suhbatlashib o’tirar ekan unga.

-Shayxlar ularga mansab bermasa, mukofot bermasa, qanday qilib buncha sodiq bo’lisadi?-so’radi Karimov.

-Narigi dunyoda mansab olasizlar, deb umidvor qilishadi, siz esa avval mansab berib, keyin sodiqlik talab qilasiz, mansabu mukofotdan keyin naryog’i sotqinlikka bir qadam,-dedi vazir.

 

QAMOQ

 

-Qamoqdagilarning hammasini qo’yib yuborsak nima bo’ladi?-dedi Karimov Afandiga.

-Unda qamoq o’zingizga qoladi,-dedi Afandi,-o’zingiz rohat qilib o’tirasiz.

 

 

2004 yil, 25 May

 

BOSH

 

Karimov bugun inson huquqlari bo’yicha markaz rahbarini chaqirib so’radi:

-Men senga viloyatlarga chiqib odamlar bilan gaplash degan edim, sen nima qilib yuribsan?

-Majlislar o’tkazib, odamlar bilan gaplashib, aytganlaringizni tushuntirib yuribman.

-Qadimiy shahardagi majlisda nega boshinga muxolifatni ham to’plading?

-O’zlari kirib kelishdi, men quvib chiqara olmadim.

-Boshinga to’plab, keyin chiqara olmasang, bilasanmi nima qilish kerak?

-Bilmadim…

-Kesib tashlash kerak… bunday boshni!-dedi Karimov.

 

SOTQIN

 

-Maykasiga mening iste’fomni so’rab xat yozgan bolani nima qildingizlar,- deb so’radi Karimov vazirdan.

-Bolalar biqinidan daricha ochib qo’yishdi,- dedi vazir.

-O’sha darichadan qarab ko’rchi maykaga yozilgan gap yuragidan chiqqanmi yoki chetdan o’rgatishganmi?

-Bolalar mashinasini ham olib qo’yib, yuragini yorib yuborishgan shekilli, o’ziga kelolmay yotibdi.

-Qaytarib berlaring, darrov o’ziga keladi.

-Allaqachon sotilib ketdi-da.

-Voy sotqin-ey, kim, kimga sotildi?- dedi Karimov mavzuni adashtirib.

 

TARBIYA

 

-Ta’lim tarbiya bo’yiicha yangi farmonimga o’qituvchilar nima deyishmoqda?- deb so’radi Karimov Afandidadan.

-Ta’lim haqida gap boru tarbiya haqida hech narsa yo’q deyishmoqda.

-Indamadingizmi, yaxshilab javob qilmadingizmi?

-Qildim. Aslida bu narsa taqchil, u kishida ham yetishmaydi, bor bo’lganda, albatta farmonga ham qo’shgan bo’lardilar deb yaxshilab javob berdim,- dedi Afandi.

 

 

 

2004 yil, 26 May

HOKIM

 

Bugun Karimov ba’zi hokimlarni qabul qildi. Ulardan biridan so’radi:

-Kecha ana u andini nima uchun bo’shatganimning sababini bilasan-mi?

-Bilmadim…

-Bilmasang bilb ol, u o’z so’ziga hokim emas edi. O’z so’ziga hokim bo’lmagan o’z-o’ziga ham hokim bo’lolmaydi.

-Men so’zimga ham, o’zimga hokimmman, siz nima desangiz ana o’sha mening so’zim bo’ladi.-dedi u.

-Bo’pti keyingi hafta boraman, arizani yozib qo’y.

-Hokimligim nima bo’ladi?

-O’z so’zinga va o’z o’zingga hokimliging qoladi, bunga va’da beraman, lekin viloyatga hokimlikni boshqaga topshir,-dedi Karimov.

 

MAKALATURA

 

-Mening asarlarimni makalatura deb yozishibdi-mi?- dedi Karimov Afandiga.

-Juda ham oshirib yuborishibdi,-dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 27 May

PO’STAG

 

Bugun Karimovga maslahatchisi dedi:

-“Freedom House”, “Amnesty International” degan xalqaro tashkilotlar e’lon qilgan hisobotlarida yana po’stagimizni qoqishibdi.

-Changi bo’lsa chiqadi, ularning nafasi siqiladi, nega cho’chiysan, qo’y qoqsa qoqaversin!

SABAB

 

-Kecha hisobotni ko’rsam, o’tgan oy mening kitoblarimni sotib olish boshqa oylarga ko’ra besh marta ko’payibdi,-dedi Karimov Afandiga.

-Men ham ko’rdim o’sha hisobotni, o’tgan oy hojatxona qog’ozlarining narxi esa besh marta qimmatlashibdi,-dedi Afandi.

 

MASLAHAT

 

-Taqsir, nega har kuni hojatxonaga shisha ko’tarib borasiz, qog’oz ishlatsangiz bo’lmaydimi?-dedi Karimov Afandiga.

-Men bir ish qilsam, orqamni tozalab yuraman, sizga ham ko’p maslahat qildim, lekin e’tiborga olmadingiz,-dedi Afandi.

 

 

 

2004 yil, 28 May

MANFAAT

Bugun Karimovmaslahatchisidan so’radi:
-Internetda nima gap?
-Og’ziga kuchi yetmaganlar sizning : “Davlat manfaati emas, shaxs manfaati birinchi” degan gapingizni ushlab olib, nega o’z so’ziga amal qilmaydi, shaxslarning huquqlari poymol bo’lmoqda deb yozishmoqda.
-Men so’zimga amal qilayapman, man gapirganda “shaxslarning” deganim emas, “shaxs”ning deganman, bu yerda esa faqat bitta shaxs bir, kim u?
-Albatta, siz!
-Unday bo’lsa nega bu gaplarni menga tashib yuribsan, o’zing javobini berib yuboraver!-dedi Karimov qo’l siltab.

QO’YBOQAR

-Turkmanboshi tovuq fermasi ochib, biznes boshlagani va 19 ming xo’rozi hamda 21 ming tovug’i borligini aytib, maqtanib yuribdi,-dedi maslahatchi Karimovga.
-Nima bo’libdi, mening qo’ylarim unikidan ming marta ko’p. Lekin rost gapni aytsam, podshoga tekkan gadoy ayol har kuni tokchalarga qotgan non qo’yib, keyin terib chiqar ekan, ya’ni nasliga qarab nasabi, Turkmanboshi ham asl tovuqboqarligiga qaytibdi-da-dedi Karimov.

ORABUZAR

-Akayev bilan Rahmonov abadiy dos’tlik haqida qaror olishibdi,-dedi Afandi Karimovga.
-Ko’ramiz, do’stliklari necha kunga bora ekan?
-Bu endi orabuzarga bog’liq,-dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 29 May
GAP TAGIDA GAP

Bugun Karimov kechagi voqealarni esladi.

U Nazarboyevdan:
-Qizinga partiya tuzib beribsan-mi?-deb so’radi.

-Biznes qilsa o’g’irligi ko’p bo’lardi, buning ustiga agar oltin-poltinlar bilan qiziqsa, gap so’z ko’payib, oilasi buzilib, chetga, biror elchixonaga chiqarib yuborishga majbur bo’lmayin deya shunday qildim,-dedi Nazarboyev.

KESATIQ

 

 

Karimov Nazarboyevning kesatiq gaplaridan ranjib, uni uzib olgisi keldi:

-Qizing qaysi bir jurnalistni do’pposlatibdi, deb eshittim shu to’g’rimi? Dunyoda shunaqa gap-soz’lar yuribdi,-dedi.

-Bunaqa gap eshitganim yo’q, odamlarning qiziga o’xshab qamoqqa olinishi haqida okeanning naryog’idan qaror ham chiqqan emas, masalasi Interpolga ham tushgan emas,-dedi Nazarboyev.

FUQAROLAR

 

 

Karimov Akayevning jig’iga tegdi:

-Okeanning naryog’idagilar seni xalqaro qonunlarga rioya qilmayapti, deb tanqid qilishibdi-mi?

-Interpolni o’z manfaati yo’lida qo’llanmoqda, deb bir kongresman o’zingizni qattiq tanqid qilibdi-ku?-deb savolga savol bilan javob berdi Akayev.

-Men o’z manfaatim yo’lida emas, fuqarolarimning manfaatlari yo’lida qo’llanganimni ular bilmaydilar deb o’ylaysan-mi?

-Ha-ya, qizingiz, nevaralaringiz va yanga fuqarolaringiz bo’lishad-ya?!-dedi Akayev.

 

 

 

2004 yil, 30 May

TUNDA

Bugun Karimov maslahatchisidan so’radi:

-Bu Turkmanboshi nima uchun o’z portretlarini ko’chalardan to’plab olibdi?

-Chunki odamlar yirtib keta boshlabdilar, oyoqlar ostida qolibdi, basharasiga tupurganlar ham bo’libdi, hatta olib borib nomunosib joylarga ilib ham qo’yishganmish, ba’zi joylarda ko’zlarini ham o’yib ketishibdi. Ilgari bu ishni tunda qilishsa, endi kunduzi ham qilishayotgan ekan.

-Tavba, tavba… Bizda vaziyat qanday?

-Bizda biroz yaxshiroq, faqat tunda shunday qilishmoqda.

 

 

BUYRUQ BERGAN ODAM
-Qamoqda o’ldirilgan mahbusning jasadini tekshirganlar nima deyishdi?- so’radi Karimov vazirdan.

-Avval yordamni olaylik, keyin natijani e’lon qilamiz, degan taklifga ko’nishdi.
-Agar yordam masalasiga zarar beradigan bo’lsa “Shunday qil!” deb buyruq bergan odamning bahridan o’t!-dedi Karimov.

-Shundan ko’ra bir-ikkita oddiy mirshabning bahridan o’tsak-chi? Chunki sizning bahringizdan o’tish mening qo’limdan kelmaydi,-dedi vazir.

KERAKSIZ

 

 

-Siz meni “keraksiz” debsiz-mi?-Karimov Afandiga o’dag’ayladi.

-Yo’g’e, taqsir, siz juda ham keraksiz,-dedi Afandi.

 

 

 

 

2004 yil, 31 May

TASHABBUS

Bugun Karimovdan maslahatchisi so’radi:

-Oqsoqol, qo’shnilar bilan yagona informatsiya zonasi tuzaylik, debsiz, juda ma’qul gap, lekin hozirgacha qo’shnilarning televideniye, radio va matbuot yo’llarini yopganimiz nima bo’ladi? Ochaylik-mi endi?
-Men bu ishni boshlaylik, demadim, men tashabbus bilan chiqib, shunday qilish kerak, dedim. Ikki-uch yil kutaylik-chi, ulardan qanday tashabbus chiqar ekan?-dedi Karimov.

 

MUHOFAZA

-Ertaga Dunyoda bolalarni himoya qilsih kuni ekan, ba’zi muxolifatchilar shu munosabat bilan ommaviy picketlar qilishmoqchi, maslahatingizni olmoqchi edim,-dedi vazir Karimovga.

-Miting qiladimi, picket qiladimi, nima bo’lganda ham o’zimizning bolalar, Dunyoda bolalarni himoya qilish kunida biz ham ularni himoya qilsihimiz kerak. Ayniqsa, ana shunda nomaqbul harakatlardan… Ularni uy-uyidan terib olib, muhofaza qilgin, burunlarini qonatma, bir joyini qonatmasdan ham ish qilishni o’rganlaring!

 

 

KO’Z QISISH
-Iyun oyining o’rtalarida Xitoy rahbari keladi, qanday tayyorgarlik qilsak ekan-a?-deb so’radi Karimov Afandidan.

-Menimcha, ko’z qisishni mashq qilish kerak, u kelganda unga o’xshab siz ham qisib o’tirasiz, -dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 1 Iyun

A’ZO

-Dunyoda nima gap?-deb so’radi Karimov maslahatchidan.

 

 

-Yana Rossiya bilan yaqinlashishmoqda, deb tanqid qilishayapti. Ayniqsa Rossiyaning ham birligimizga qo’shilganini ro’kach qilib ko’rsatishmoqda.

-Darahol javob qil, biz Rossiyani a’zo qilib oldik, davrlar o’zgardi, endi biz Rossiyaning oyog’iga emas, u bizning oyog’imizga keladigan bo’ldi,-dedi Karimov.

-Xudoga shukur.Qachon keladi?-dedi maslahatchi.

 

MASLAHATCHI

 

 

-Sizdan bir masalada maslahat so’rab kelgandim,-dedi maslahatchi Karimovga.

-Sendan oldin ham shu gap bilan uchtasi kelib ketdi. Men maslahatchimi yoki senlar maslahatchi-mi?-dedi Karimov.

-Aslida haqiqiy maslahatchi siz-da,-dedi maslahtchi g’ururlanib.

 

“YO’G’-E!”

 

 

 

-Bugun ishga kech qoldingiz-mi-deb so’radi Afandi Karimovdan.

-Yo’l-yo’lakay bir oshnamning oldiga kirib chiqdim,-dedi Karimov.

-Yo’g’-e!-deb yubordi Afandi.

 

 

2004 yil, 2 Iyun

USTOZ

-Qiynoqdan o’lgan mahbusning jasadini tekshirish uchun uzoqdan kelganlarning bo’yniga to’rva xalta osib jo’natibsan-mi, qoyil qoldim, bunday ustalik bilan ishlashni qayerdan o’rganding, qaysi maktabda o’qigansan, ustozing kimligini bilmoqchiman?-dedi Karimov vazirga.

 

 

-Oqsoqol, o’zingizning marktab-da, ustozim ham o’zingiz, hayotda nima o’rgangan bo’lsam, hammasiga sizdan qarzdorman!-dedi vazir.

 

OTASIGA…

 

 

-Eshitdingiz-mi, okeanning naryog’ida prezident bo’lish uchun kurashayotgan nomzod “Agar men saylansam, demokratiyani xorijga eksport qilishni to’xtataman!” debdi,-dedi maslahatchi Karimovga.

-Otasiga rahmat, tez elchiga ayt, u bilan aloqa o’rnatsin va har qanday yordamga tayyor ekanimizni aytsin,-dedi Karimov.

-O’ziga ham rahmat aytsakmi-kan?- suzildi maslahatchi.

-O’zi avval saylansin, keyin aytamiz,-deb javob qildi Karimov.

 

PORA

 

 

-Nega ba’zi hokimlarni rektorlar orasidan tanlayapsiz?-deb so’radi Afandi Karimovdan.

-Ular qoni qaynagan talabalarni musht ichida saqlashga o’rganishgan, viloyatda ham intizomni saqlaydilar. Faqat pora olishga usta bo’lganlari uchun hamma hokimlarni ulardan tanlayotganim yo’q,-dedi Karimov.

-Cho’chimasdan tanlayvering, olishni yaxshi bilgan odam, berishni ham yaxshi biladi,-dedi Afandi.

 

 

2004 yil, 3 Iyun

XITOY

-Xitoylik mehmon bilan Sammitga tayyorgalik masalasini muhokama qilishda chigallik chiqmadi-mi?-deb so’radi bugun Karimov vazirdan

-E, unga tushuntirguncha xitoy bo’lib ketdik,-dedi vazir.

-Gapingni o’ylab gapir, konstitutsiyamizni, chegaralarimizni, tilimizni o’zgartirmasdan, qanday qilib Xitoy bo’lamiz, oson ekan-mi shuncha?!

MUDDAT

Karimovdan maslahatchisi so’radi:

-Konstitutsiyaga bir-ikkita o’zgartishlarni hozirdan qilib qo’ysak, nima deysiz?

-Qanday o’zgartishlar?

-Masalan, sizning muddatingizni yana bir-ikki yilga uzatsak…

-Muddat degani qamoqda bo’ladi, qamoqdagilarning muddatini uzaytirishga o’rganib qoldilaring-da, o’rgangan ko’ngil o’rtansa qo’ymas.

-Unday bo’lsa umuman muddat degan tushunchadan voz kechaylik…

-Bu gap sendan emas, boshqalardan chiqishi kerak, mening muddatimni uzaytirish masalasini sen emas, xalq ko’tarishi kerak, bilding-mi, gap qayerda?

 

ADASHISH

 

 

-Taqsir, kecha mufti hazratlari oinajahondan juda yaxshi gapirdilar-da, eshitdingiz-mi?-dedi Afandi Karimovga.

-Yo’q eshitmadim, men unga hazrat unvonini berganim yo’q, qayerdan hazrat bo’lib qoldi?

-Hazrat degan kalima hurmat ma’nosida bo’lgani uchun men adashib aytib yuboribman,-dedi Afandi.

-Bizga qolganda hech adashmaysiz-a?! -dedi Karimov o’pkalanib.

-Sizga ham adashganmiz, adashmaganimzida shu yerda savlat to’kib o’tirarmidingiz, taqsir,-dedi Afandi jilmayib.

 

2004 yil, 4 Iyun

MARATORIY

Karimov maslahatchisidan so’radi:

-Qo’shnilarning hammasi o’lim hukmiga maratoriy e’lon qilibdi-mi?

-Ha, faqat biz qoldik, biz ham bir narsa qilsakmikan?

-Biz qo’shnilarning hammasiga maratoriy e’lon qilamiz,-dedi Karimov.

ANGLASHILMOVCHILIK

Karimov vazirga dedi:

-Menga Nursulton telefon qilib, arz-dod qildi… Nega chegarada yana bir qozoqni otib o’ldirdilaring?

-O’zingiz bilan maslahat qilgandik, otlaring, degan edingiz-ku,-dedi vazir.

-Men bir-ikkitasini ushlab, chegaradan naryoqqa otlaring, degan edim,-dedi Karimov topgan javobidan quvonib.

-Demak, yana anglashilmovchilk…-pichirlab qo’ydi vazir.

 

 

YAXSHI BILISHADI

 

 

Karimov qiziga:

-Hamma joyda nutq so’zlashga o’rganib qolding-mi, sening ham opangga o’xshab gap-so’zing ko’payib ketmoqda,-dedi.

-Hamma joyda emas, yetim bolalarga gapirdim. Ertaga sizga dushman bo’lishlarining oldini olayapman,-deb javob qildi qizi.

-Men ertaga bo’laman-mi yo’q-mi qayerdan bilasan?

-Faqat men emas, hamma, hatto o’sha yetim bolalar ham siz hali beri ketmasligingizni yaxshi bilishadi,-dedi qizi.

 

SHA’MA

 

 

-Taqsir nutqingizda “Biz endi ochiq jamiyat quramiz” deb aytdingiz-mi yoki men yanglish eshittim-mi?- deb so’radi viloyat sessiyasida nutq so’zlagan Karimovdan Afandi.

-Quramiz, demadim, qurishni boshladik, dedim!

-Hmm, ochiq jamiyat qurish ishini “Ochiq Jamiyat instituti”ni bekitishdan boshlash kerakligini men bilmas ekanman,-deb kesatdi Afandi yaqinda Soros fondining bo’limi yopilganiga sha’ma qilib.

 

2004 yil, 5 Iyun

ZIYOFAT

Karimov maslahatchisidan so’radi:

-Kecha Ivan ziyofatdan xursand bo’lib ketdi-mi?

-Ketish qayoqda? Uni sudrab olib borib qo’ydik,-dedi maslahatchi.

-Qiziq, men sezmay qolibman-da?!

-Menimcha sezdingiz, chunki uni sudrab olib chiqayotganimizda, siz yotgan joyingizda bir ko’zingizni biroz ochib, qarab qo’ydingiz,-dedi maslahatchi.

 

 

DIPLOMAT QIZ

 

Karimov qiziga telefon qildi:

-Gazetaga bergan interviyungni o’qidim. “Otangizning o’rniga eng yaxshi nomzod ekanligingiz aytilmoqda. Nima deysiz?” degan savolga “Bunaqa gap yo’q” deyish o’rniga “Bu gapni aytgan odamlardan fikr so’rang” debsan-mi?

-Aytganlar orasida siz ham bo’lishingiz mumkin va sizning xoxishingizga qarshi gap aytib qo’ymayin, deb shunday qildim,-dedi qizi.

-Ancha diplomat bo’libsan,-dedi Karimov.

 

 

FIL

 

 

-Taqsir malayziyaliklar bizga fil hadya qilishibdi-mi?-so’radi Afandi Karimovdan.

-Ha, menga hadya qilishgandi, men hayvonot bog’iga berdim,-dedi Karimov.

-Bilasiz-mi, ularda bir odat bor, har kimga o’z laqabiga qarab hadya berishadi…

-Mening laqabim fil deb ularga kim aytdi?

-Men ham shunga hayronman-da, taqsir,-dedi Afandi.

2004 yil, 6 Iyun

AYTGANLARIDEK

Karimov Markaziy saylov komissiyasi raisidan so’radi:

-Saylovga tayyorgarlik qanday ketayapti?

-Ayganingizdek…

-Natija qanday bo’ladi?

-Aytganimizdek…

-Dunyo qanday xulosa qiladi?

-Aytganlaridek…

 

SADOQAT

 

Karimov maslahatchisiga dedi:

-Ko’rding-mi, Imomali qo’rqqanidan ruslarga harbuy baza uchun yer ajratib berdi.

-Bizdan qo’rqib boshqalarga qul bo’ldi…

-Bizga do’st bo’lgandan boshqalarga qul bo’lishni afzal ko’rgan desa, o’zi biladi.

-Do’stlik qiyin masala, qullik esa majburiyat talab qilmaydi.

-Menga qulsanda, majburiyating yo’q, shu bois o’zinga o’xshaganlarni ham yaxshi tushunasan,-dedi Karimov maslahatchining yelkasiga urib.

-Do’stlaringiz sodiq chiqmadilar, qamalib ketdilar yoki surgun bo’ldilar, biz qullaringiz esa sodiqmiz,-dedi maslahatchi.

 

KARIMIYLAR

 

 

-Taqsir, eshitdingiz-mi, Turkmanboshi “Bahoiylar”ga, “Niyoziylar”ga ruxsat berib, ularni ro’yxatga olibdi. O’zini demokrat qilib ko’rsatmoqchi, shekilli,-dedi Afandi Karimovga.

-Mening ham “Karimiylar”ni ro’yxatga olishga hech qanday qarshiligim yo’q.

-Unaqa jamoat yo’q-ku?

-Men ham shuni aytayapman-da, taqsir dedi,-Karimov.

 

kim aytdi?

-Men ham shunga hayronman-da, kim aytdi ularga?-dedi Afandi.

 

2004 yil, 7 Iyun

HAMDARDLIK

Karimov maslahatchisni jerkib berdi:

-Nega ta’ziyanomani Reyganning xotiniga yozding?

-G’arbda shunday qabul qilingan. Hamma shunday qilmoqda.
-Uning xotinidan bizga nima foyda? Bor o’zgartirib kel, uni prezident nomiga yoz!

-Prezidentning ham otasi keksa u o’lganda unga hamdardlik xati yozsak bo’lardi,-deya maslahatchi Karimovni ko’ndirishga urinib.

-Axmoq u paytda unga emas, amalda o’tirgan yangi prezidentga yozamiz,-dedi Karimov.

 

 

KALLASI…

 

Karimov yordamchisidan so’radi:

-Nursulton Ispaniyaga qirolning o’g’li uylangan to’yga borib kelibdi-mi?

-Ha, kichkina qizi bilan boribdi.

-Nima, uning ham katta qizi G’arbga borolmaydigan bo’lib qoldi-mi?

-E, yo’q, har holda bunisiga chetdan kuyov izlamoqda. Bir kor-hol yuz bersa, qochib qolish uchun,-dedi yordamchi va qo’shib qo’ydi:-O’zining ham qizining ham kallasi ishlaydi.

-Ha, hamma bizga o’xshagan emas,-dedi Karimov.

 

ETAKCHI

 

 

-Taqsir, G’arb davlatlari rahbarlari Ikkinchi Jahon urushida ikkinchi front ochilganining 60 yilligini nishonladilar, nega tantanalarga sizni taklif qilishmadi?-deb so’radi Afandi Karimovdan.

-Taklif qilishdi, lekin bormadim. Chunki bizning ikkinchi frontga voqeaga aloqamiz yo’q,-dedi Karimov.

-Gap aloqada emas, mana qahramon yozuvchilardan biri sizni “Dunyo liderlariga yetakchi bo’ladigan rahbar” deb yozgan. Shunday paytda ularga yetakchi juda ham zarur.

-Bular yozaveradilar, ularga yetakachi emas, etakchi kerak,-dedi Karimov.

-Nima bo’lganda ham borsangiz yaxshi bo’lardi,- dedi Afandi gapini “qalampir”ga o’rab.

 

2004 yil, 8 Iyun

BIZNI VA SIZNI

Karimov bosh prokurordan so’radi:

-Eshiging yonida bittasini kaltaklashibdi-mi?

-Namoyish qilishga kelga kelgan ekan, bizni qo’llaganlardan birining jahli chiqib uning t’azirini beribdi.
-Sizni kimlar qo’llashini yaxshi bilaman, pora berib javobgarlikdan qochib yurgan o’gnrilar, dorning tarigan qochgan bezorilar, mafiyachilar..

-Men bizni deganda sizni nazarda tutdim, oqsoqol,-dedi prokuror.

 

 

KELAJAK

 

Karimov yordamchisidan so’radi:

-Internetda nima gaplar?

-Kelajagi buyuk, buguni kuyuk davlat, deb yozishibdi bizni,-dedi yordamchi.

-Xuodga shukur tan olishibdi, kelajakni buyuk qilguncha kuyib ketdik,-dedi Karimov.

-Bilasiz-mi, ular buguni dabdala, ertasi esa yaxshi, chunki bular ertaga bo’lmaydi deyishmoqda,-deya tushuntirishga urindi yordamchi.

-Nima bo’lsa ham kelajakning buyukligini tan olishsa bas, bu mening shiorimni tan olishgani!-dedi Karimov shitob bilan.

 

 

XAVFSIZLIK CHORASI

 

-Taqsir, nima uchun buncha pul sarflab poytaxtda hamma chorrahalarda yuqoridan o’tadigan ko’prik-yo’l qurdirayapsiz?-dedi Afandi Karimovga.

-Tunnel qurdirayin-mi? Tunnel hamma vaqt xavfli, bir kun to’g’ri kelib o’zimiz ham o’tib qolishimiz mumkin,-dedi Karimov bamaylixotir.

 

 

BOSHQARISH SAN’ATI

 

 

Karimov Afandining “Boshqarish san’ati nima?” degan savoliga shunday javob berdi:

-Bir to’da qorni to’q bir xonaga qamab qo’ying. Yana bir to’da qorni och tovuqni boshqa xonaga. Qo’lingizda bir hovuch don bilan qorni och tovuqlar xonasiga kirib hovuchingizni u yoqdan bu yoqqa o’ynating. Donni ko’rsatib qo’ying. Tovuqlar qo’la harakatingizga qarab don tushdi deb o’zlarini u yoqdan bu yoqqa urishadi. Keyin shu holni ikkinchi xonada takrorlang. Qorni to’q tovuqlar pinaglarini ham buzmaydilar. Jamaiyatni boshqarishda odamlarni och saqlasangiz siz ko’rsatgan tomonga o’zlarini uraveradilar. Juda bo’lmasa, orada bir-yoki ikkita don donasini ham uloqotirib qo’yasiz. Bo’ldi, bori shu!

-Samimiyatingiz uchun rahmat,-dedi Afandi.

-Bu samimiyat emas, bu san’at,-deb g’ururlandi Karimov.

 

 

 

2004 yil, 9 Iyun

 

SPORT OQIMI

 

Karimovdan bugun maslahatchisi so’radi:

-Oqsoqol, bizdan olimpiada o’yinlarida yutganlarning har biriga yuz ming dollardan mukofot beramiz, deb yubordingiz, mabodo yutib qolishsa nima qilamiz?

-Yutadi-mi yutmaydi-mi menga qizig’i yo’q. Menga sportga etibor qilayotganimiz muhim. Yoshlar pul uchun diniy oqimlarga kirib ketmoqdalar degan edilaring. Pul kerak bo’lsa mana sport oqimiga kirishsin. Ko’rdingmi, gap qayerda?-dedi Karimov.

 

 

SHIRIN ODAM

 

-Shanxay hamkorligi tashkilotining majlisiga tayyorgarlik qanday ketmoqda?-deb so’radi Karimov vazirdan.

-Atrofdagi hamma rahbarlarni ham taklif etdik.

-Men unu so’ramayapman. O’sha kuni majlisda atrofimda bitta pashsha uchsa yoki bitta ari g’ing desa boshing ketadi, buning chorasini ko’rding-mi?

-Ko’rdim taqsir, kundani ham qilichni ham tayyorlab qo’ydim,-dedi vazir.

-Bundan ko’ra tadbir olib, pashsha va arilarni yo’latmaslikning yo’lini topsang bo’lmaydimi?

-Taqsir siz shirin odamsiz, har qancha urinsak ham pashsha va arilar baribir atrofingizda aylanadilar,-dedi vazir.

 

IKKI YULDUZ

 

Karimov Afandiga dedi:

-Ko’rdingiz-mi demokratiyani, bizda bir xonanda ham gazeta chiqarmoqda.

-Ko’rdim, “Yulduz” degan gazeta chiqa boshlabdi. Unda asosan mamlakatning ikki yulduzi haqida yozishmoqda.

-Kimlar ekan u yulduzlar?

-Siz va gazetaning muassisi-da!

-Xo’p, buning nimasi yomon?

-Lekin bir joyda ikki yuldiz ortiqchalik qiladi, bittasi o’chisi kerak, degan shioringiz bor edi-da-dedi,-Afandi.

 

2004 yil, 10 Iyun

BIZNI VA SIZNI

Karimovga maslahatchisi dedi:

-Biz bormaymiz degandan keyin GUUAM gum bo’lib ketdi.

-Agar men indamasam, sanlar tirrancha Saksakashivili bilan borib o’tirishimga ham rozi edilaring…

-Siz yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko’rganingiz uchun…

-Kim bilan ishlashimni o’zimga qo’y, senga o’xshab qarigan-qartayganlarga osilib yurayin-mi?

 

 

AYOLLAR SAVDOSI

 

Karimov yordamchisidan so’radi:

-Ayollar savdosi bo’yicha majlis bo’layotgan ekan-mi?

-Ha, bu masalani butunlay qo’lga olmoqchimiz.

-Men ayollar savdosini qo’lingizga oling, deb sizga topshiriq berganim yo’q-ku?!

-Qizingiz topshiriq bergandilar.

-Yo’q, u qo’lidagini mahkam ushlaydi, sizga beradigan darajada axmoq emas,-dedi Karimov sallonib.

 

HASHAR VA ASHAR

 

Karimov Afandiga dedi:

-Sho’rolar ko’p ham yomon emas edi, mana ulardan qolgan yodgorliklardan biri hashardir. Ko’rdingiz-mi, Orolga bag’ishlab o’tkazilgan hasharda 6 million odam ishtirok etdi?

-Faqat qashshoqlar chiqibdi-da!

-Nega unday deyapsiz?

-Mana siz chiqdingiz-mi?

-Men band edim, mehmonlarim bor edi, ziyofatda edik, nima, xabarlarni o’qimaysizmi?

-O’qiyman, taqsir, lekin ko’rdingizmi, qashshoqlar hasharda, boylar esa asharda-dedi Afandi.

 

 

 

2004 yil, 11 Iyun

 

VAQTIDA KETA BILISH KERAK

 

Bugun Karimov Afandiga dedi:

-Televizorni ko’rdingiz-mi, Reyganning o’lganini juda katta tantana qilib yuborishmadi-mi?

-Juda zo’r prezident edi-da!

-Biz ham Brejnevni anashunday tantana qilib ko’mgandik.

-Lekin Brejnev taxtda turib o’lgandi, Reygan esa taxtdan ketganiga yigirma yildan oshgan.

-Bo’lmasa biz ham ketsak bo’laverar ekan-da.

-Buyuklik anashunda, vaqtida keta bilish va xalqning ichida yashay olish kerak,-dedi Afandi.

OG’A

Karimov maslahatchisidan so’radi:-Qanday yangiliklar bor?
-Kecha temir yo’l muammolari konferensiyasiga kelganlardan faqat urus mehmonni qabul qilganingizga boshqalar taajjubda.

-Hech taajjublanishmasin, u mening og’am bo’ladi, qo’rqmasdan shunday deb aytaver-dedi Karimov.
-Og’ami og’ayni-mi?-so’radi maslahatchi.

-Farqi nima?-dedi Karimov.

 

 

TUSH

 

 

-Mening ustimdan shikoyat yozishibdi, ablahlar,-dedi Karimov Afandiga.

-Taqsir kimga yozishadi sizning ustingizdan?

-Xudoga, kimga bo’lardi

-Siz qayerdan bildingiz?

-Shu kecha tushimga kiribdi.

-Hmm, juda jiddiy-ku?!

-Nega jiddiy bo’ladi?

-Xudo ko’rib chiqishni qo’lga olganga o’xshaydi,-dedi Afandi.

 

 

 

 

2004 yil, 12 Iyun

 

POCHCHASI

 

Karimov bugun maslahatchisidan so’radi:

-Bittasi matbuot konferensiyasi o’tkazibdi-mi?

-Ha, sizning joyingizga ot’aman degan xoinning jiyani aytib yurgan gaplarni oshkor qildik.

-Nima gaplar ekan?

-“Butun dunyo pochchamning rahbar bo’lishini istayapti, buning uchun katta pul ajratilgan”, degan gaplarini.

-Aslida ham shundaymi?

-Qayoqda? Uning pochchasini u yoqlarda bizdan ham yaxshi bilishar ekan. Pochchasining obro’yini oshirish uchun shunaqa deb yurganini, maqsadu pul o’ndirish ekanligini oldin ham sizga aytgan edik.

-U sening ham pochchang bo’ladi-mi?

-E, Xudo saqlasin.

-Bo’lmasa yo’q gapni tortqilab, nega uning tegirmoniga suv quyasan? U hech qachon rahbar bo’la olmasligini o’zi ham biladi, lekin maqsadi u yoqdan bu yoqdan pul tortish deb aytib turibsan. Aslida matbuot anjumanida gapirgan odaming ham o’sha pochchanga xizmat qilgan, -dedi Karimov.

 

 

OTADAN O’G’IL

 

-Bir paytlar bizdan ketib qolib, chet ellarda yurgan ba’zi sotqinlar SSSR paytida o’z yoru do’stlarini, tanishlarini sotib KGB ga xizmat qilganlari haqidagi ma’lumotlarning maxfiylik muddati tugayapti. Shularni oshkor qilsak-mi?-deb so’radi maslahatchi Karimovdan.

-Yo’q, tirik bo’lsa o’zlari, o’lganlarining esa o’g’illari, jiyan-piyanlari xafa bo’lishadi, chunki ular endi bizga ishlayaptilar-da,- dedi Karimov.

 

 

HADYA

 

-Taqsir uruslardan hadyaga 90 mingta kitob olibsiz-mi?-so’radi Afandi Karimovdan.

-Ko’rdingiz-mi endi ruslar bizga xizmat qilishmoqda. Ilgari faqat biz ularga hadya berar edik, endi ular bizga berishmoqda.

-Kitoblar qaysi tilda ekan?

-Qaysi tilda bo’lardi, urus tilida-da.

-Ha, siz uchun go’zal hadya bo’libdi,-dedi Afandi.

 

 

 

2004 yil, 13 Iyun

 

HOZIRLIK

 

-Xitoy rahbariga qanday sovg’a hozirlasak ekan?-deb so’radi maslahatchi Karimovdan.

-Zarbof to’n, oltin kamar, oltin qilich va kesilgan til- dedi Karimov.

-Tilni qayerdan olamiz, qanaqa hayvonning tili bo’lsin?

-O’zingnikini kes, bundan keyin menga hadeb savol bilan kelavermaysan,-dedi Karimov.

 

 

BIR-BIRINI YEB BITIRISH

 

-Meni juda ham yomon so’kinadi,-deb yozishibdi-mi?- Karimov yordamchisidan so’radi.

-Foydamizga bo’ldi. Rahbar bo’lish uchun so’kinishni o’rganish kerak ekan, deb muxolifatchilar faqat bir-biriga eng iflos gaplarni aytishdan boshqa narsaga vaqtlari ham hafsalalari ham qolmayapti.

-Unday bo’lsa bizda bir-birini yeb bitirsh rahbar bo’lishning asosiy sharti deb yozinglar,-dedi Karimov.

 

 

HAYRON

 

-Taqsir sammit ochilishiga ham sanoqli kunlar qoldi, juda hayajonlanib ketayapsiz-a?!-dedi Afandi Karimovga.

-Nega hayajonlanaman?

-Xayolingiz ham joyida emasdek ko’rinayapti-da?

-Nega unday deysiz?

-Chunki bir soatdan beri qo’lingiz mening cho’ntagimda-da.

-Shundaymi, nimani ushlab o’tiribman, deb o’zim ham hayron edim,-dedi Karimov.

 

 

 

2004 yil, 14 Iyun

LAG’MON

 

-Xitoy rahbari zo’r berib uyg’urlar haqida gap ochmoqda, qanday javob qilsak ekan?- dedi Karimov maslahatchiga.

-“Mana bizda uyg’urlarning ovozi chiqmaydi, sen ham bizdan o’rgan”, desangiz bo’ladi.

-O’rganaman, desa, nimani o’rgatamiz?

-O’ziku o’rganishga vaqt topolmaydi, keyinchalik odamlarini yuborishi mumkin.

-Xo’p, ularga nimani o’ratamiz?

-Yo’lini topamiz, ular lag’monxo’r bo’ladilar, uyg’urcha lag’monni quloqlariga osib jo’natamiz,-dedi maslahatchi.

-Ehtiyot bo’l, tag’in ular senikiga osib ketmasinlar!

-Hozir birinchi galdagi vazifa siznikiga osib ketmasliklarining oldini olsak, keyin bizga navbat kelganda chidab beramiz,-dedi maslahatchi ovozini yutib.

 

 

QOQI

 

-Italiyada kuzda bo’ladigan qishloq xo’jalik yig’iniga nima olib borishga qaror qildingizlar?-deb so’radi Karimov vazirdan.

-O’rik qoqi, olma qoqi, kishmish ba shaftoli qoqi ilib boramiz,-dedi vazir.

-Ishqilib borib-kelguncha o’zing ham qoqi bo’lib qolma-da,-dedi Karimov.

-Xudo xoxlasa yaxshi borib kelamiz, Italiyaning qoqi gilamlari yaxshi deyishadi, bitta sizga ham olib kelaman,-dedi vazir.

-Bita olib kelsang mushkullik chiqadi, sen ham keyin menikini ustida o’tirishing kerak bo’ladi, shuning uchun o’zingga ham bitta olib kel!

-E, yo’q, siznikining ustida o’tirish biz uchun sharaf,-dedi vazir.

 

SO’Z OYINI

 

 

-Ketdim,-dedi Karimov majlisdan chiqar ekan Afandiga.

-Rostmi, ketdingizmi-a, bunday jasoratni qayerdan oldingiz? Yashavoring!-dedi Afandi Karimovga.

 

 

2004 yil, 15 Iyun

O’YIN

 

Karimov bugun maslahatchisidan so’radi:

-Sammitga qo’shimcha chaqirganlarimizdan kimlar keladigan bo’ldi?

-Mo’g’ilistondan vakil kelar ekan?

-Mo’g’ilstonni boshimga uraman-mi?

-Bu tomondan Karzay keladigan bo’ldi.

-Ana shuni gapir. Men uni bekorga chaqirmagan edim. Agar bu Sammitga okeanning naryog’idagilar norozi bo’lsalar Karzay bahona topib kelmasligini aytar edi. Demak ishlar joyida.

-Lekin Karzayga ichkaridagi vaziyatni o’rganib qayt ham degan bo’lishlari mumkin…

-Yo’q unga u qadar ishonmaydilar.

-Yana bir ma’lumotga ko’ra u tayinlagan hokimlarni Do’stim quvib yuborayotgan ekan, balki shuning uhcun kelayotgandir?-dedi maslahatchi.

-Bo’lmasa Do’stimni ham olib kelib bir joyda saqla, agar kerak bo’lsa ishlatamiz,-dedi Karimov.

-Lekin Do’stimning bizga do’stligi qolmagan.

-Nima bizning unga do’stligimiz bormi? Siyosat-o’yin!-dedi Karimov mag’rurlanib.

 

 

VODKA

 

-Ertaga Putin keladi, hama tayyorgarliklar joyida-mi?-deb so’radi Karimov yordamchisidan.

-Hammasi tayyor, faqat vodkani tanlashda bir qarorga kela olmadik. O’zimzinikidan bo’lsin-mi yoki uruslarnikidan-mi?

-Hmm, qiyin masala…- o’ylanib qoldi Karimov va keyin javob qildi,- ilgari biznikini ichmagandi, demak har ikki tomonning ham ko’ngli qolmasin, chet elnikidan bo’lsin!

 

ODAM…

 

 

-Men ham ertalab choyxonaga chiqishni, ko’k choy ichib o’tirishni, keyin do’stlarim bilan otamlashishni, to’ylarga borishni, emin-erkin yurishni, odamlarga ox’shashni isyatman , odamga o’xshab uxlashni istayman!-dedi Karimov Afandiga.

-Taqsir, ilohim Tangri ohingizni eshitsin, tezroq murodingizga yeting ,-deb javob qildi Afandi.

 

 

2004 yil, 16 Iyun

 

DO’STLAR

 

Karimov bugun Karzay bilan gaplashdi:

-Okeanning naryog’idagi do’stingiz bilan yilda besh-olti marta uchrashasiz. Kecha ham u bilan uchrashdingiz. Do’stingiz bilan bizni ham uchrashtirmaysiz-mi?- dedi Karimov unga.

-Jonim bilan, mening do’stim sizning ham do’stingiz, urinib ko’raman, -dedi Karzay.

-Rahmat, men ham bilganday bu yerga Do’stimni ham chaqirib qo’ydim va u bilan sizni uchrashtiraman.

-Sizning ham do’stingiz bormi?-ajablandi Karzay.

 

 

MDHning KELAJAGI

 

-MDH ishlamagani uchun Shanxay Hamkolrik Tashkilotini tuzdik, endi MDHni tarqatib yuborsak bo’ladi,-dedi Karimov Putinga.

-Men MDHning mas’ul kotibi Rushayloni ham olib keldim, bu yerda ish o’rgansin deb,- javob qildi Putin.

-Shuncha vaqtdan beri hech narsa bo’lmadi, bundan keyin ham uning kelajagiga ishonchin yo’q,-dedi Karimov MDHni nazarda tutib.

Putin esa gap Rushaylo haqida deb o’yladimi yoki Karimovning gapi yoqmadimi:

-Menimcha har kim o’z kelajagi haqida gapirsa yomon bo’lmasdi,-dedi.

 

 

YANGI FILM

 

-Hindistonda lezbiyanlar haqida film olishibdi deb biznikilar ham ish boshlab yuboribdilar-mi?,-dedi Karimov Afandiga.

-Biznikilar besoqolbozlik haqida olishmoqda,-dedi Afandi.

-Yana chegaradan otib ketishmasin,-dedi Karimov.

-Bu yog’i o’zingizga bog’liq, chunki men tarixdan kelgan mehmonman va mening siz qilayotgan ishlarga aloqam yoq,-dedi Afandi.

2004 yil, 17 Iyun

MOL EGASIGA O’XSHAMASA

 

Karimov kecha kechqurungi konsertni esladi.

Konsert ko’rib o’tirishar ekan, u Putinga dedi:

-Ko’rdingiz-mi biznikilar hamma tilda sayraydilar.

Putun jilmaydi-da:

-Mol egasiga o’xshamasa harom o’ladi. Sizning shogirdlaringiz-da,-dedi.

 

TOSHLAR…

 

 

Bugun Karimov yangi xalqaro markaz ochiladigan joyga birinchi bo’lib yetib keldi va yordamchisidan so’radi:

-Kecha okeanning naryog’idagi muhokamada bizga qattiq hujum bo’lmadimi?

-Men o’zim ma’lumot olib turdim. Tosh otishdi, lekin birortasi ham tegmay o’tib ketdi.

-Tosh otuvchilarining mazasi yo’q ekan-da,-deya kesatdi Karimov.

-Kamtarsiz-da, taqsir, aslida “Matritsa” filmidagi kabi bukuluvchanlik bilan toshlarni o’tkazib yuborishingizni aytmaysiz-a?

-Men o’qlar haqida gap borganda aytishim mumkin. Toshlar nima bo’pti?

 

“BRONEJILET”

 

 

Yangi xalqaro markazning ochilishida lentani qirqish marosimini Karimov boshqa davlatlarning rahbarlari bilan birga qilmoqchi edi.

-Taqsir ularning qo’liga qaychini topshirib qo’yib, yonginangizda turishlariga qanday ishonasiz?-dedi Afandi.

-Aziyat chekmang taqsir, qaychilarning uchuni o’tmas qilib qo’yganmiz va har ehtimolga qarshi “Bronejilet” ham kiyib olganman,-dedi Karimov.

 

STRATEGIK HAMKORLIK

 

 

-Kecha uruslar bilan “Strategik sheriklik shratnomasi”ni imzoladingiz. Bu nima degani?- deb so’radi Afandi Karimovdan.

-Bu yer osti va yer usti boyliklarini baham ko’ramiz degani,-dedi Karimov.

-Bo’lmasa uruslarning o’rmonlariyu olmos konlaridan biz ham foydalansak bo’lar ekan-da.

-Gap uruslarniki haqida emas, gap bizniki haqida bormoqda,- dedi Karimov.

-Unda evaziga nima olamiz?

-Kelajak, xavfsiz kelajak! O’zimiz va bolalarimizning xavfsiz kelajagi, xavfsiz boshpana!- deb javob qildi Karimov.

 

2004 yil, 18 Iyun

POYONDOZ

 

Bugun Karimov Bosh vazirdan so’radi:

-Xitoy rahbarini sen olib yurding, biror narsadan ranjimadi-mi?

-Yo’q aksincha sizlardan ko’p narsa o’rganishimiz kerak ekan,-dedi.

-Ular shunaqa o’rganishimiz kerak, deb aslida o’rgatib ketishadi.

-Karatega o’rgataman degandi, lekin uddalay olmadi.

-Qanday qilib?

-Oliy majlisda gapirib bo’lib, chiqayotgan edik, kutilmaganda basharamni nishonga olib, oyog’ini osmonga ko’tardi. Bir hamla bilan o’rniga tushirib qo’ydim. Keyin uylaganidan “Poyondoz sirg’alib ketdi” dedi. Biz ham darhol jazoladik.

-Kimni?

-Poyondozni-da,-ded Bosh vazir.

 

ORZU

 

 

Karimov Putinni kuzatishga chiqqanda:

-Nega faqat meni kutib olish uchun aeroportga chiqdingiz va yana faqat meni kuzatib qo’yayapsiz?-dedi unga Putin.

-Mening sizdan boshqa hech kimim yo’q, suyangan tog’im siz bo’lasiz. Buni ko’rsatib qo’yish uchun shunday qildim,-dedi Karimov.

-Ko’ramiz, okeanning naryog’idagi katta akangiz kelsa aeroportga chiqmaysiz-mi?

-Yo’q chiqmayman.U kelsa aeroportni saroyga ko’chirib qo’ya qolaman,-dedi Karimov.

 

TIYILGANLAR

 

 

-Taqsir, mirshablaringiz urus mehmonni, ya’ni Gaz idorasining rahbarini bir chetga uloqtirib yuborishibdi-mi?-deb so’radi Afandi Karimovdan.

-U asli urus emas, kelib chiqishi ozarbayjon. Shuning uchun ham bunday narsalarni ko’ngliga olmaydi,-dedi Karimov.

-Lekin ranjib ketdi-da,-dedi Afandi.

-Xafa bo’lmang, urus do’stimga aytsam, uning ta’zirini berib qo’yadi va u qanday ranjib ketgan bo’lsa, shunday ranjib qaytib keladi.

-Shundan ko’ra mirshablaringizni tiyib qo’ysangiz bo’lmaydi-mi?

-Ular qachonlardir tiyilgan, faqat buyruqni bajaradilar,-dedi Karimov.

 

2004 yil, 19 Iyun

TO’YONA

 

-Katta tadbir o’tkazdik, xazina ham huvillab qolgandir, okeanning naryog’idan keladigan yordamning yo’lini shu tomonga burib qo’y,-dedi Karimov vazirga.

-Xazinaga tegmadik, boyvachchalarga “Bu oqsoqolning to’ylari, qani to’yonangizni cho’zing” degan edik, shuning o’zi Sammit xarajatlarini qoplab yubordi,-dedi vazir.

-To’yona degin… men uchun… ro’yxati bormi?

-Albatta-da, mana,-deya vazir to’yona berganlarning ro’yxatini uzatdi.

-Men quruq ro’yxatni nima qilaman, bor to’yonasi bilan birga olib kel,-dedi Karimov.

 

QOCHQINLAR KUNI

 

 

-Ertaga Xalqaro qochqinlar kuni ekan, yaxshilab nishonlanglar,-dedi Karimov maslahatchiga.

-Urg’uni bizdan qochib ketayotganlarga beraylikmi yoki bizga kelayotganlarga-mi?

-Agar kelayotganlar bor bo’lsa, nur ustiga a’lo nur, bo’lmasa ketayotganlarga diqqat qaratlaring, qancha ko’p ketsa, shuncha yaxshi, dunyoga yoyilish ham sharaf,-dedi Karimov.-Iloji bo’lsa qochqinlar haftasi yoki yili o’tkazish tashabbusini boshlatinglar.

 

“KELAJAK”DAN KEYINGI KELAJAK

 

 

-Mana, 100 kun ham to’ldi, endi men ketaman,-dedi Afandi Karimovga, vaqtida ketish ham mardlik.

-Lekin qayoqqa ketasiz?

-Kelajak-ka ketaman,-dedi Afandi.

-Ja, qiziq odam ekansiz? O’tmish ham, bugun ham kelajak ham men bo’lsam, qanday qilib meni tark etishingiz mumkin.

-Uzr, yanglish aytibman, men yaqin kelajakdan keyingi uzoq kelajakka ketaman,-deb Afandi chiqib ketdi.

 

 

 

 

One Response

  1. […] 18.Karimovning 100 kuni […]

Comments are closed.