JAHONGIR MAMATOV:TARIXNI TITRATGAN KUNLAR

MING ASRGA TATIGULIK

 

“TARIXNI TITRATGAN KUNLAR” kitobiga so’zboshi o’rnida

Dunyoda qancha odamlar yashaganlar va yashamoqdalar. Ularni uch guruhga bo’lish mumkin:

1.Dunyo tarixining burilish nuqtalarida voqealarning bevosita va bilvosita ishtirokchilari.

2.Mazkur voqelarning tomoshabinlari.

3.Anashunday voqelarga guvoh bo’lishdan ham mahrum bo’lganlar.

Tangrining inoyati bilan birinchi guruhga kirdim. Bir qarashda bu baxtiyorlik hissini uyg’otsa yana bir qarashda esa hayrat to’fonini o’rlatadi.

 Afg’on sahifasi

Sho’rolarning Afg’onistonga bosib kirishi katta tarixiy voqea edi. Tabiiyki bu katta voqea ekanligini mamlakat ichida yashagan ko’pchilik bilmasdi. Men ham tasodifan o’rganib qoldim. Samarqanda viloyat ro’znomasida ishlardim. Mening ishga-borib keladigan yo’limda Rajabamin degan qihslqoda olomon tobut ko’tarib borayotgandi. Sherigim bilan darrov odamlarga qo’shildik. Olomonning oldida bir zobit va ikki askar ham bor edi. Bu diqqatimni tortdi. Oradan ikki kun o’tib fotihaga bordim va 19 yoshli bir yigit Afg’onistonda halok bo’lganini aytishdi. U o’zini otib qo’yganmish… Nega? Nima uchun? Bu kabi savollarga javob yo’q edi.(Oradan yillar o’tib o’rgandimki, haligi askar Razvedkaga borib muhim ma’lumotlar to’plab kelgan va uni qahramonlikka tavsiya qilishgan.Ammo bu ish uchun unga o’rniga bir urusga mukofot berishgani, uning g’ururini toptashgani uchun o’zini otgan ekan-JM). Bir maqola yozdim. Bosh muharririmiz Ahmadjon Muxtorovga ma’qul bo’ldi.

– Bugunga qadar hech narsa berganimiz yo’q, bir urinib ko’raylik,-dedi u kishi.

Ertasiga bosh muharririmizni Toshkentga Vazirlar kengashining raisiga nutq yozib berish uchun chaqirishdi. Maqolam shu kuni sahifada edi. Ammo ertasiga kelganimda sahifadan topa olmadim. Navbatchi muharrir tushdan keyin keldi va:

-Uzlit olib qoldi,-dedi.

Uzlit degani bugungi tilda senzura deganidir.Shu kuni Bosh muharrirning birinchi o’rinbosari huzuriga bir kishi keldi. Kimligini va qayerdan kelganini aytmadi. Meni taklif qilib eshikni yopib olishdi.

-Aka, Afg’oniston juda muhim masala, bunday masala haqida yozishga Politbuyroning qarori kerak. Bu birinchidan. Ikkinchidan esa, siz Afg’onistonga borganingiz yo’q va nima bo’layotganini, kim nima uchun o’layotganini bilmaysiz. Bilmagan narsangizni yozib nima qilasiz?- dedi.

Men unga nima gapi bo’lsa bosh muharrir bilan gaplashishi kerakligini aytib chiqib ketdim. Shundan keyin Afg’onistonga borish istagi ko’nglimni ishg’ol qildi va 1988 yilda imkon bo’ldi va jurnalist sifatida bu o’lkaga bordim. Qaytib kelganimda yozganlarimni “Sovet O’zbekistoni” ( Bu kezda mazkur gazetaning Samarqand viloyati boyicha muxbiri edim-J.M.) da nashr etishmadi. “Politbuyroning ruxsati yo’q” edi. Ahmadjon Muxtorov “Qishloq Haqiqati”ning bosh muharrirligiga ko’tarilgan edi. Yozganlarimni unga olib bordim.

-Yana bir sinab ko’ramiz,-dedi u kishi va yozganlarim gazetada chiqa boshladi. Dunyoning charxi teskari aylanib ketdi. KGB tishini qayrab ishga kirishgan kezlarda Mixail Gorbachevning Afg’onistonda xato qildik, degan iqrori chiqdi. Keyin rus armiyasining generel Gromov boshchiligida Hayratondan mag’lubona qaytishini ko’rish sharafiga muyassar bo’ldim.

Qizil Imperiya”ning qulashi

1989 yilda e’lon qilingan saylovoldi dasturimda O’zbekiston mustaqilligi g’oyasini ilgari surganman. Bu dasturim Jomboy tuman gazetasida ham chop etilgandi. O’shanda nomzodim Jomboydan O’zbekiston Xalq deputatligiga ko’rsatilganda kommunistik partiyaning qora buluti boshimga yog’ildi. Lekin kurashda g’olib chiqsh nasib etdi. O’zbekiston Oliy kengashining 1990 yil 20 Iyundagi sessiyasida kotibiyat raisi sifatida O’zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasini kun tartibiga kiritish ham mening sharafimga tushdi. Bular haqida alohida yozilgan.”IAK” hujjatli romanimda ham bu voqelarga katta o’rin ajratganman.

Sovet Ittifoqining qulashida ham yana tomoshabin emas, balki ishtirokchi edim. Jurnalisilar uyushmasidan SSSR Xalq deputatligiga saylangan Ahmadjon Muxtorovning ishonchli vakili sifatida Moskvada va O’zbekiston Oliy kengashi Oshkoralik Qo’mitasi raisining o’rinbasari o’laroq Toshkentda zulm saltanatini yiqitish jabhasida edim. Ha, 70 yildan uzoq ostonasiga bosh urilgan Moskvadan biz yuz o’girdik, bizning avlod yuz o’girdi.

 

Ko’rfaz urushi

1991 yil Ko’rfaz urushi boshlanganda O’zbekiston Oliy kengashida ishlardim va bu borada majlis bo’lganda urushga qarshi ekanligimizni qarorga bog’ladik. Oradan 12 yil o’tib yana ayni urush boshlanganda Amerikada edim va jurnalsit sifatida yana voqelarning ichida bo’ldim. Bu safar fikrim 1991 yildagidan farqliroq edi. Men Saddam Husayn ketkizilishi tarafdori edim. Ayni paytda Rossiya, Fransiya, Olmoniya va Xitoyning AQSH ga qarshi chiqqanlari meni hayrtaga solardi. Rossiya Chechenistonda musulmonlarni xonavayron etayotgan, Xitoy Sharqiy Turkistonda zulm yurgizayotgan, Fransiya va Olmoniya ham musulmonlarga ko’z ochdirmayotgan bir paytda ularning “musulmonlar qalqoni”ga aylanishlari g’ashimga tegardi.

 

Charxi Falakning To’foni

2001 yilning 11 Sentyabri Dunyo charxining boshqa tomonga aylangan kuni bo’ldi.

2001 yilning 11 sentyabri. Ertalab soat 8.45.Bostondan uchgan 175 parvozli uchqich New Yorkda Jahon Savdo markazining ekizak binolaridan biriga urildi.

Oradan 18 daqiqa o’tib boshqa bir uchqich osmono’par binolarning ikkinchisiga urildi.

Soat 9:43 da yana bir uchqich Washingtonda Pentagon binosiga sanchildi.

Oradan ikki daqiqa o’tib Oq uy evakuatsiya qilindi.

Soat 10.05. Jahon Savdo markazining binolaridan birinchisi qulab tushdi.

Soat 10.-28. Osmono’par binolarning ikkinchisi ham quladi.

Washingtonga tomon kelayotgan bir uchqich soat 11:26 da Pensilvaniyada halokatga uchradi.

Terroristlarning Ozodlikka, Erkinlik dunyosiga qarshi hujumlari elni larzaga soldi.Amerika ularning oz’lariga qarshi kurash uchun oyoqqa qalqdi. Bir soz’ bilan aytganda dunyoning charxi boshqa tomonga qarab aylana boshlandi.

11 Sentyabr… Ming minglab insonlarning umr rishtalari soniyalarda uzilgan kun.

11 Sentyabr… Begunoh insonlarning yostig’i qurigan, onalar va bolalarning esa yostig’i yoshlangan kun.

O’sha kuni “Amerika ovozi”dagi hamkasblarimga “Bu ishni qilganlar musulmonlarning dushmanlari va bu axmoqona harakatlari bilan musulmon dunyosini yana 100 yil orqaga itqitib yubordilar” dedim. Ba’zilar bosh siltab qo’ydi. Lekin qisqa vaqtda gaplarim o’z isbotini topdi. Sichqonlar arslonning tirnog’ini qo’parsa undan keyin keladigan tomoshani tasavur qila olish kerak edi.

Kimdir bu ishni Amerikaning o’zi qilgan, dedi. Amerikada yashaganim va voqelarining bevosita ichida bo’lganim uhcun ham bilardimki, agar bu suihni Amerikadan bir bir tashkilot u yoqda tursin hatta biror bor shaxs aralashib qilgan bo’lsa ham bir daqiqada ayon bo’lardi. Chunki bu hamma hokimiyat bir qo’lda emas balki respublikachilar va demokratlar o’rtasida talash. Bunday voqea esa, ya’ni o’z xalqini o’ldirish evaziga nigadir erishihs) partiyalarning birini yakson qilib hukumati boshqasi olishi uchun asos bo’ladi. Qolaversa demokratik bir jamiyatda har qanday sir ham albatta ochilishini unutmaslik kerak. Qonli hujumni qilganlar o’z jazolarini oldilar va o’rmonga o’t ketdi. Endi ho’lu quruq baravar yonishi ham aniq!

 

TURONZAMIN

www.jahongor.org-

Interentni ilk ishlatgan ham bizning avlod bo’ldi. Menga esa O’zbekistonda ilk bor adabiy nashr sifatida o’z asarlarimning hammasini bo’lmasa ham akasarini bir joyga to’plab, TURONZAMIN sahifasini ochish nasib etdi. Bu paytda xorijda muxolifatga oid baz’i sahifalar bor va ular xabar og’irligida va deyarli kirilda bo’lgan siyosiy weblar edi. Menga esa o’z asarlarimni asosan lotin alifbosida nashr etish va she’rlarimni ovozim bilan birga mazkur sahifaga qo’yish nasib bo’ldi. Bu paytda O’zbekistonda mashur adiblar ham kitoblarini chiqara olmay xunob edilar. Ular kitob orqasidan pul qilib kun kechirish ilinchida edilar. Lekin kitoblarini chiqarish uchun mablag’ kerak edi va buni topolmay qiynalmoqda edilar. Bir kun kelib o’zbek ijodkorlarining WEB lari ko’payib ketar, ko’ngil shuni istaydi. Ammo men Internetda o’zbek ijodkorlari orasida ilk adabiy nashrni yaratganimdan va buni pul topish ilinjida emas, balki elimga bir xizmat sifatida bajarayotganimdan baxtiyorman.

…Yana XX asrdan XXI asrga o’tish…Yugoslaviyada Miloshevich rejiming qulashi, Afg’onistonda Toliblar rejimining ag’darilishi, Iroqda Saddam Husayn haykallarining yiqitilishi, Karimov rejimiga qarshi kurash kabi muhim voqelarning guvohi bo’ldim. Har biri alohida kitoblarga sitg’maydigan voqelar. Hali oldinda yana qancha siru sinoat bor? Nima bo’lganda ham bularning hammasi menga bedorlikni baxsh etdi va umrim uyquda kechayotgani yo’q. Dunyodagi uch guruhga mansub odamlarning birinchi guruhiga kirish ham bir samar.

Hujjatimda tug’ilgan kunim 30 noyabr qilib ko’rsatilgan. Bu yanglishlikning ham bir tarixi bor. Ammo asl tug’ilgan kunim 1- Sentyabr. Esimni tanigan kundan beri shu kunni bayram qilamiz, shu kunga salom beraman. Ushbu maqolani anashu kunga bir salomdir.

Tug’ilgan kunimga salomlar bo’lsin.

(VASHINGTON, 2003 yil, 1 Sentyabr).

MILLIY MA’NAVIYATSIZLIK

yoki

JAMOL KAMOL

Mening Jamol Kamol haqidagi fikrlarim uning “Turkiya” gezetasining muxbiri Ihsan Gulchu bilan o’tkazgan suhbatidan keyin o’zgargandi. O’shanda men  Turkiyada yashradim va mazkur ro’znomada ishlardim. Ro’znomada aksariyat-ko’pchilk Karimov rejimi haqida, uning xalqqa zulm va zug’umi borasida xabardor edilar va mening qarashlarimni hurmat qilardilar. O’zbekiston haqida yozgudek bo’lsalar, albatta kelib, mendan fikr olardilar. Ammo bir-ikki kishi Toshkentga borib, Karimovdan shaxsan to’n kiyib qaytgach, ularning va ularning gaplariga ishonganlarning fikrlari o’zgara boshladi. Shularning orasida Ihsan ham bor edi. Bir kuni u menga:

-Jahongir abi(aka-JM),  ertaga chiqadigan sahifani yaxshilab o’qi,  bizlarga ishonmasang, mana Jamol beyga ishonarsan, axir u ham muxolifatdan chiqqan ekan, haqiqatni aytadigan odam-ku!- dedi sensirab.

Turkiyada yaqin olib gapirilganda sensirashadi va sizlash o’rtadagi uzoq masofani ko’rsatadi. Ammo gazetadagilar o’zbek odatlari haqida yozganlarimni o’qiganlaridan keyin va mening ularni “sen” deb gapirishga tilim bormaganini ko’rganlaridan so’ng  men bilan  sizlab gapirishardi. Shu bois ham Ihsanning sensirashini o’sha daqiqada tushuna olmasamda, keyinchalik uning ” vatan xoinlarining gaplariga ishonavermanglar” degan nasihatlardan ta’sirlanganini o’rgandim.

Darhaqiqat, ertasiga, ya’ni 1995 yilning 5 Sentayabr, Seshanba kuni  Jamol Kamolning “Turkiya” gazetasining 4-sahifasida to’liq va boshqa sahifada ham davom etgan suhbati bilan chiqdi.

Unda Jamol Kamolning alohida bir suvrati, yana muxbir bilan tushgan surati hamda qizi, nevaralari va ilgari “Ozodlik’da ishlagan va o’sha  kunlarda O’zbekiston hukumati bilan yaqin bo’lgan Ziyovuddin Boboqurbon bilan birga tushgan surati ham bosilgandi.O’shanda Jamol Kamolning fikrlariga qarshi maqola yozdim va bir necha gazetada chiqqan ham edi. Bahora Olim qizi bu maqolalarni to’plab,  “Ozodlik”radiosi orqali eshittirgandi ham. Demak, javobsiz haq qolmagan, buning ustiga shu suhbati chiqqandan keyin oradan  hech vaqt o’tmay Jamol Kamol ishdan olib tashlandi. Shunday, ekan, nega bu suhbatga qaytishga ehtijoy tug’ildi, deb o’ylarsiz.

Gap shundaki, yaqinda, ya’ni 2003 yilning 14 vefralida Jamol Kamolning “Mohiyat” haftaligida “Kitobsiz el…” degan bir maqolasi chiqdi.

Uning maqolasidagi manabu satrlar  kishini o’ylatadi:

“…Birov bozorga supurgi olib chiqadi, birov ko’kat, birov kartoshka, sarimsoqpiyoz… Yozuvchining xalqqa taklif etadigani-kitob…

…alam qiladigan joyi shundaki, bizda sandiq yasagan ustadan soliq olinmaydi, kitob yozgan yozuvchiga  soliq solinadi…

…hozir O’zbekistonda kitob nashr etish yozuvchi uchun orzu emas, armon bo’lib qoldi…

…Yurtimiz mustaqillikda yashayotgan o’n ikki yil ichida mening bitta ham kitobim bosilmadi. Ajabo, mustaqillik shiorini birinchi bo’lib ko’tarib chiqqan biz, yozuvchilar emasmidik?..

Yoshim oltmishdan oshdi. El oldida  hisob berish fursati yetdi…

Loaqal “Saylanma” asarlarimni chiqarib bering, deb qaysi eshikka boray, qaysi  ostonaga bosh uray?..”

Ana endi men yuqorida zikr etgan suhbatdagi manabu satrlarni o’qib ko’ring. O’shanda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining rahbari bo’lgan Jamol Kamol Turkiyaning eng yirik ro’znomasiga quyidagilarni aytgan edi:

“ Adabiyot va san’at azaldan beri davlat va saltanat sohiblarining himoyasida bo’lib kelgan. Sulton G’iyosiddin  Mavlononi  o’z qanotlari ostiga olgan edi. Sulton Husayn Boyqoro bo’lmasa Navoiy bo’lmas edi. Davlat rahbarining oti istang boshqon, istang sulton va yoki prezident bo’lsa ham masala o’zgarmaydi… O’zbekistonda Islom Karimov anashunday buyuk ishni bajarayotgani holda Turkiyada ijodkorlarga bunday munosabat yo’q”..

Jamol Kamol o’shanda Turkiya bilan O’zbekistonni solishtirar ekan, Turkiyani, uning hukumatini qattiq tanqid qilgani, mashhur latifani eslatgandi. AQSH rahbari Brejnevga ” Mana bizda so’z erkinligi bor, odamlar hukumatimizni istagancha tanqid qiladilar” desa, Brejnev, “Bizda ham so’z erkinligi bor, biznikilar ham istagancha tanqid qilishlari mumkin, hukumatingizni…” degan ekan.

Jamol  Kamol yozgandi:

“…O’zbekistonda Yozuvchilar uyushmasi raisining mavqei Madaniyat vaziri bilan tenglashtirilgan.

Menga davlat katta maosh beradi.

Men uchun hukumat maxsus mashina ajratgan.

O’tgan yil Prezidentimizning qarorlari bilan yozuvchilarga tarqatish uchun 50 ta kvartira berildi.

Turk hukumati yozuvchilarga shunday mehribonlik qilmoqdami?…

Yoki yana o’tgan yil Toshkent atrofidan 100 gektar yer ajartib berdilar. Istagan uy qursin, istagan bog’, dedilar. Bu davlatimizning ijodkorlarga munosabatining bir ifiodasidir.

Ammo Turkiyada ijodkorlarga bunday munosabatni ko’rmadim…

Ya’na O’zbekistonda o’tgan yil hukumatimiz ijodkorlar uchun, ularning oilalari uchun uch qavatli bir poliklinika qurib berdi…”

Shundan keyin O’zbekistonda ijodkorlarning ro’znomalariyu jurnallariga hukumatning mehribonchiligi sanaladi. Hammasi Islom Karimovning munavvar saxiyligi bois bo’layotgani aytiladi. Kitoblar guvvilab chiqib turganidan machitlarda azonlar gurillab aytilganiga qadar hech narsa unutilmaydi va Islom Karimov xalqqa Alloh ino’m etgan bir zot ekanligi urg’ulanadi.

Shunday gaplarni aytgan odam bugun birdaniga jamiyatdan, tuzumdan shikoyat qilib qolsa,  quloqqa ancha qiziq tuyular ekan.

Nima bo’lganda ham bugunga qadar Turkiyada biror  bir yozuvchi kitobim chiqmayapti, deb shikoyat qilgan emas. Chunki Turkiyada hukumat ijodkorning ishiga aralashmaydi va ijodkor mustaqil. Hukumat rahbariga qulluq qiladigan ijodkorni esa u har qancha talantli bo’lsa ham ijodkor, deb tan olishmaydi, balki maddoh, deyishadi.

Jamol Kamolning mustaqillik deb atalgan yillarda  O’zbekistonda kitoblari chiqmagan bo’lsa aslida u faxrlanishi kerak edi. Chunki bu yillarda maddohona kitoblarga doim yo’l ochiq… Karimov rejimining qullariga Jamol Kamolning o’zi Turkiyada baralla aytgani kabi barcha sharoit qilib berilgan. Maddohlik mualliflariga orden, medallar, qahramonlik unvonlari berilmoqda…

Men shu yillarda O’zbekistonda kitobim chiqmaganidan g’ururlanaman. Mening ham kitobimni chiqaring,  deya yolvorish esa siz qilayotgan zulmlarga ko’z yumganman, degandek tuyuladi, menga.

Darhaqiqat,  “Amerika Ovozi” ga suhbat bergan (21 fevral,2003 yil) taniqli olim, yozuvchi va jurnalsit Botir Norboyev   xalqni emas, o’zingni o’ylashni   mustaqillik yillarida  yanada keng yoyilgan milliy ma’naviyatsizlk, deb baholadi.Qachon anashu ma’naviyatsizlikdan qutulsak, jamiyat o’shanda o’nglanadi.

( Vashington, 2003 yil, 24 fevral).

 

SHARAFSIZLIK

1999 yil 16 fevralda yuz bergan Toshkent portlovlari kuni Islom Karimov so’zlagan nutqida bir kishi ham begunoh o’lsa bu uning uchun sharafsizlik bo’lishini aytgandi. Ammo o’shandan beri qancha begunoh odamalr rejim tomonidan o’ldirildi. Shovruq Ro’zimurodovdan tortib Emin Usmonga qadar rejim qo’lida o’lganlarning son–sanog’i bo’lmay qoldi. Kimlarnidir qiynab qamoqda o’ldirishsa, kimlarnidir yurak xurujiga mubtalo etishdi. Bu ham yetmaganiday qancha-qancha odamlarga o’lim hukmi o’qildi.

7 Fevral kuni BMTning maslahatchi organi hisoblanmish inson huquqlari xalqaro Ligasining ijroiya direktori Louise Kantrow O’zbekiston prezidenti Islom Karimov nomiga yo’llagan maktubi bu “sharafsizlik”ning ko’lami naqar kengligini yana bir bor ko’rsatdi. Birgina o’tgan yilning ikki oyida olti kishi o’limga hukm qilinibdi.Ularning necha yoshdaligini qarasangiz Islom Karimovning ishtahasi qanchalik hakalak otganiga guvoh bo’lasiz. Mazkur tashkilot rahbari o’limga hukm qilingan bu olti kishi masalasi xalqaro jamoatchilik orasida jiddiy tashvish uyg’otganini ta’kidlab, prezident Islom Karimovdan bu qotillikni to’xtatishni talab qilgan. Chunki tashkilot o’z manbalariga asoslanib, bu insonlarning aybi isbotlanmagan, degan xulosaga kelgan.

Hukmni tasdiqlash va yoki tasdiqlamaslik vakolatida bo’lgan prezidentning navbatdagi qurbonlari manabular:

Iskandar Xudoyberganov, 28(!) yoshda, Toshkent shahar sudi tomonidan 2002 yilning 28 Noyabrida oliy jazoga hukm etilgan,

Azamat O’tayev, 21(!) yoshda, 2002 yilning 28 Iyun kuni Qoraqalpog’iston oliy sudining hukmi bilan o’lim jazosi olgan, Yevgeniy Gugnin, 21(!) yoshda va Ilhom Karimov u ham 21(!) yoshda, har ikkalasi ham 2002 yilning 28 Oktyabrida Toshkent shahar sudi tomonidan o’limga hukm qilingan.

Abror Isayev, 18(!) yoshda va Nodirbek Karimov, 22(!)yoshda, 2002 yilning 23 dekabrida Toshkent shahar sudi tomonidan oliy jazoga hukm qilinganlar.

Bu o’n gulidan bir guli ochilmagan navqironlar nima qildilaru nima qilmadilar menga qorong’u. Ammo Inson huquqlari xalqaro Ligasining xulosasiga ishonchim komil.Chunki O’zbekistonda qiynoqlar, iqrorni qabih “Vishshinskiy” usli bilan olish “gullab –yashnagan”.

Inson huquqlari xalaro Ligasi 18-28 yosh orasida bo’lgan bu shaxslar suddan olingan qiynoq, iskanjaga ma’ruz qolganlari, ulardan qattiq bosim o’tkazish yo’li bilan iqroq haqida ko’rsatma olingani, hatto bu haqda sudda bayonot beraman, desalar ham quloq solinmaganini ta’kidlagan holda bunday harakatalar BMTning Qiynoqlarga qarshi Bitimining 15 moddasiga mutloq xilof tushihsini alohida urg’ulaydi.

Ayni paytda o’limga hukm qilingan bu shaxslarning yaqinlariga ham bosim o’tkazilgani, tergovchilar shu yo’l bilan mahbuslarning bo’yinlariga ayb ilganlari qayd etilar ekan, bunday holga ko’z yumib bo’lmasligi aytiladi.

Maktubda qiynoq va iskanjalar O’zbekistonda odatiy holga aylangani, jumladan bu masala 2001 yilning Mart oyida BMTning Inson huquqlari komitetida muhokama qilinganiga qaramay jidiy chora-tadbir olinmagani ta’kidlanadi.

O’zbekiston hukumatining o’tgan yili BMTning qiynoqlar masalasi bilan shug’ullangan maxsus vakil ham O’zbekstonda qiynoqlar sistematik tarz kasb etganini e’lon qilgani amalda hukumat aniq tadbirlar olmayotgani va qotilliklar bevosita o’zining faoliyatiga aylanganini tan olishini ko’rsatadi.

Shungdek, qiynoqlar haqidagi gaplar tasdig’ini topayotgani va begunoh odamlar o’ldirib yuborilmasligini oldini olish maqsadida prezident Karimovdan bu masalaga bevosita aralashish so’raladi.

Maktub shungdek, O’zbekiston Inson huquqlari ombudsmani Sayyora Rashidova, O’zbekiston Oliy sudu raisi Aminjon Ismatov, Bosh prokuror Rashid Qodirov, Ozbekiston inson huquqlari Milliy markazining rahbari Akmal Saidovga ham yuborilgan. Aslida ular xalq tarafida turib xalqning farzandlarini qotillardan asrashlari kerak bo’lgan odamlar. Ammo bu sahnada ularning o’zlari jallodlik rolini o’ynamoqdalar. Himoyani esa xalqaro tashkilot bajarmoqda.

Turkmanboshidek jallod o’lim hukmini muzalatgan. Hatto, eng ashaddiy raqibi qo’lga olinganda ham bu aqidasini buzmadi. Demak, bu biznikilar Turkmanboshidan ham tuban ketganlarini ko’rsatmaydimi?

Bir begunoh insonni o’ldirish sharfsizlik bo’lsa, o’nlab, yuzlab begunoh insonlarni o’ldirishning nomi nima ekan?!

(Vashington, 10-fevral, 2002 yil).

QULLIKNING ALOMATLARI

Qullik faqat  quldorlik davridagidek birovning qo’lida hayvon kabi ishlash ma’nosinigina  anglatmaydi. Bugunga kelib  bu kalima boshqa ma’nolar ham kasb etmoqda. Masalan,  kimningdir yo’lidan chiqa olmaslik, podshohlarga tobe bo’lish, o’z fikriga ega bo’lmasdan o’zgalarning chizig’an chiqa olmaslik, mustamlakada bo’lish zehniyatidan qutula olmaslik va hokazo holatlarda ham qullik kalimasi ishlatilmoqda.

Anashundan kelib chiqadigan bo’lsak, Sovet davri ham quldorlik jamiyati edi. Bu jamiyatning uslub va usullari kishilarning ongiga, hayotiga shu qadar singib ketgan ekanki, mana O’zbekiston mustaqil bo’lganiga 11 yil bo’layati hali ham qullik  alomatlari gurkirab yashamoqda. Masalan deysizmi?

-Karimovga tobe bo’lganlar…

-Karimovning rejimini qo’llab-quvvatlayotganlar…

-Karimovning siyosatini ko’r-ko’rona targ’ib qilayotganlar…

 Bular chin ma’nodagi qullardir.

Yoki:

-1990 yillarda lotin harfi uchun kurashib o’zlari bugunga qadar kirilda yozayotganlar…

-Mustaqillik yillarida o’zbek tilini davlat tili qilish uchun hayqiib, ozlari bugunga qadar rus tilida yozayotganlar…

Yaqinda Internetda “Usmon Haqnazarov”  degan “vatanparvar”ning nomi bilan O’zbekiston haqida bir qancha maqolalar e’lon qilindi. Agar u vatanparvar bo’lsa nega maqolasini rus tilida yozdi?- hech kim so’ramadi ham. Vaholanki yozishdan maqsadi o’zbek xalqini ogoh etish eknaligini bir necha  marta takrorlaydi. Eng qizig’i uni tanqid qilganlar ham rus tilida yozdilar. Yana ham qizig’i tortishuvlarda rus mustamlakasi, uning asoratlari haqida  to’lib-toshib gapirilar ekan, yana yozuvlar rus tilida edi.

Turkmanboshi jallod, lekin uning o’rniga ko’z tikkan Boris Sixnazaryan (ukasi Konstantin, opasi Larisa) rus zehniyatli, turkman tilini bilmagani holda  uni qo’llaganlar ko’p bo’ldi. Men esa har ikkalasiga ham qarshi edim. Karimov ham Turkmanboshidan qolishadigan joyi yo’q. Ammo uning  o’rniga  millatni samarqandliklaru toshkentliklar va farg’onaliklarga bo’ladigan “haqnazarov”lar kelsa nima o’zgaradi?

Yana ham achinarlisi  o’zlarini keljakning “reformatorlari” deb  tanishtirayotgan yoshlar ham ingliz tili bir yoqda tursin, rus tilida yozmoqdalar va gapirmoqdalar. Bular mustaqillik yillarida ulg’aygan nihollardir.”Haqnazarov”lar esa ularni rus tilida yoshishga va gapirishga rag’batlantirmoqdalar.

Shu bois bugunga qadar to’la o’zbekcha bo’lgan veb sahifalar yo’q hisobi. Chunki o’zbekchani qoyillatadigan, qullik alomati bo’lgan kirilni bir chetga surib qo’yib lotinda yozadigan o’zbek bugun anqoning urug’i. Hatto hukumat tashkil qilgan veb sahifalarda ham bu ishni yo’la qo’ya olishmaypti.

11 yildan beri mustaqil bo’lib o’z ona tilida gapira olmagan, yoza olmagan odamlar chin ma’nodagi quldirlar. Rus tilining, rus alifbosining qullaridirlar.

Istasalar rus tilida, ingliz tilda yozsinlar, bu ham hunar, deydiganlar bo’ladi va ularni ham qo’llayman, lekin, avvalo o’z ona tillarida qoyil qilib yozsinlar, ana undan keyin boshqalrida.U holda bunday insonlarni qobiliyati odamlar deyish mumkin.

Agar  bir amerikalikka  “Men falon-falon  tillarni bilaman” desangiz, ” Bu sen uchun yaxshi, men esa faqat ingliz tilini bilaman” deb javob berish odati bor. Buning ostida katta kinoya ham yotadi.

Bu: “Men  o’z tilimni mukammal bilaman!” degani.

Bu “Boshqa tillarni bilganim bilan maqtanmayman, men o’z tilimni bilganim bilan g’urulanaman!” degani. Bizga ham anashunday shuur kasb etarmikam?!

Bugun o’zbek tilini, o’z ona tilini bilmagan holda bir-birini sen “o’zbek emas” deb ayblashlar ko’payib qolgan. Bu xuddi”Men qul, sen nega qul emassan” deganga oxshaydi.

Ziyolilardan biri radioda yuqoridagi mavzuda  gapirib, bular qullikning asoratlaridir  dedi.  Anashu gap mazkur maqolani yozishimga sabab bo’ldi.

Yo’q bular qullikning asoratlari emas!

Bular QULLIKNING ALOMATLARI dir!

(Vashington, 28 Yanvar, 2003 yil).

 

OZOD SHARAFIDDINOV HAQIDA

Ozod Sharafiddinov Sovet davrida eng Leninchi tanqidchilardan biri edi. Biror yozgan narsasi yo’qki, Lenin kalimasi bilan boshlanib, Lenin kalimasi bilan bitmagan bo’lsin. (Ishonmasangiz “Sharq yulduzi” jurnalining 1975-1990 yillardagi sonlarini varaqlab ko’ring-JM).

O’zbekiston mustaqil bo’lgandan keyin bu odam Sovet tuzumiga qarshi gaplar bilan chiqa boshladi, bu tuzum millatning gullarini yo’qotgani haqida maqolalar yoza boshladi. Muxolif qarashdagi shoir va yozuvchilarni qo’llab chiqishlar qildi.

Shundan keyin bir umr Leninga sadoqat bilan xizmat etgan bu odam qanday qilib birdaniga Lenin yo’liga qarshi bo’ladi, degan gaplar ko’payib ketdi. Eshittiki, bu odam o’tmishdagi leninchiligi uchun iqroq bo’lib, butun kechmishini silib tashlagani haqida bayonot berganmish.

Shundan keyin u Sovet davrida qanday “ulug” bo’lgan bo’lsa mustaqillik davrining ham “ulug” siymolaridan biriga, hammaning “Ozod aka”siga aylandi. Katta majlislarda katta gaplar gapiradigan bo’ldi.

-U prezidentning o’zi ham qatnashgan majlisda gapni aylantirib bo’lsa ham prezidentni qo’rqmay tanqid qildi,-dedi ziyolilardan biri.

-Qani edi hamma ham unga o’xshab gapirganda bugun ko’p narsa o’zgargan bo’lardi,- dedi ikkinchisi.

-Uning xorijiy radiodagi chiqishlarini aytmaysizmi?- dedi uchunchi bir ziyoli.

-Agar prezidentni yuziga qarab tanqid qilgan bo’lsa va O’zbekistonda emin erkin yurgan bo’lsa yaqinda mukofot oladi,-dedim men o’zim yaxshi tanigan taniqli bir adiba bilan bu boradagi suhbatimizda.-Chunki prezidentning topshirig’i bilan uni silab-siypab tanqid qilgan, Prezidentga shu kerak bo’lgan bo’lsa kerak, hoynahoy.

Aytganimday bo’ldi, oradan ko’p o’tmay prezident unga orden berdi. U radioda prezidentni “Otam’” deb yubordi. Taniqli adibaga buni eslatgandim,

– Ha endi keksayib qoldilar, xursand bo’lib aytib yuborganlar, ammo u odam buyuk odam,-dedi u.

Shu orada “buyuk odam”ga “Ozbekiston qahramoni” unvonini berdi Karimov.

-Bir umr Leninnni kuylagani uchunmi?- deb soradim opaxondan.

-Mardlik qilib o’z o’tmishidan voz kechgani uchun dedilar,-opaxon bu safar.

-Menimcha Ozod akangiz Karimov haqida kitob yozayotgan bo’lsa kerakov,- dedim men kinoya bilan. Opaxon ham kinoya bilan kulib qo’ydilar.

Mana bu ham to’g’ri bo’lib chiqdi. Ozod Sharafiddinovning Islom Karimov haqidagi “Mustaqillik me’mori” degan kitobi nashrdan chiqibdi.

U avval Leninga xizmat qildi, keyin unga tupurib Karimovga xizmat qildi.

Yoshi bir joyga borib qolgani uchun bugungi faoliyatidan ham voz kechihsga, karimovchilikka tupurishga ulguradimi yo’qmi bilmayman, ammo bir kun kelib millat uning kitobiga tupurishiga ishonaman.

(Vashington, 24 Yanvar, 2003 yil).

 

TARIXNI MILLATNING QONI BILAN RETUSH QILAYOTGANLAR

Gazetachilar RETUSH kalimasini ko’p ishlatadilar. Tush ya’ni Hind siyohi bilan rasmlarning muhim nuqtalarini qayta bo’yash ishiga retush deyiladi. Bu yo’l bilan foto tasvirdagi odamning qoshini qalin, labini do’rri va yoki o’zini suratdan butunlay yo’qotib yuborish mumkin. New Yorkda chiqqan va muallifi David King bo’lgan “Yo’qolgan komissar”lar deb nomlangan albom-kitobda Lenin hamda Stalin davrida yuqori lavozimdagi shaxslar nafaqat hayotdan, balki “dohiy”lari bilan yonma-yon tushgan suratlardan qanday yo’qtib yuborilganlari ko’z oldingizga keltiriladi.

Kitobning muqovasi uning butun mohiyatini anglatib beradi. “Kommunistboshilar” Antipov, Stalin , Kirov, Shvernik birgalikda tushgan suratlari. Matbuotda dastlab e’lon qilingan bu suratdan ikkinchi marta nashr etilishida Antipov g’oyib bo’lgan. Uchinchi marta e’lon qilingan ayni suratda Stalinning yonida faqat Kirov qolgan va bu surat keyingi marta Kirov ham retush qilingani holda chiqqan. Stalinning bir o’zi savlat to’kib turibdi.

Xuddi anashunday manzarani Lenin bilan birga suratga tishgan safdoshlari taqdiri misolida ham ko’rsatib berilgan. Otilgan, dom-daraksiz yo’qotilgan komissarlarni rasmlardan o’chirish Sovet rejimining oddiy odati bo’lgan. Ammo eng diqqatni tortadigani kitobdagi rasmlarning aksar qismi O’zbekiston bilan bog’liq ekanligidir.

Gap shundaki bunday retushbozlikda O’zbekiston o’sha paytda ham peshqadam bo’lgan ekan. Kitobinng “O’zbekiston 10 yoshda” deb nomlangan bo’limida Fayzulla Xo’jayev, Akmal Ikromov va boshqalar hayotda qanday yo’qotilgan bo’lsalar tasvirlardan ham xuddi shunday g’oyib bo’lganlari tilsiz fotosuratlar guvohligida ko’z oldingizga keltiriladi.

Yana bir diqqatli narsa esa, Leninga birinchi ordenni Xorazm respublikasi bergani kabi uning portretini ilk bor gilamga tushirish ham Turkistonda “kashf” qilingani ekan.

Bu ana’ana bugunga qadar yashayongani esa yana ham qiziqdir. O’zbekiston tarixidan tortib, O’zbekiston ensiklopediyasiga qadar ochib varaqlasangiz 1990 yillar boshidagi tarix retush qilib yuborilganini ko’rasiz. Rasmlarda esa Islom Karimovning yonidan dastlab Shukrulla Mirsaidov g’oyib bo’lgan bo’lsa, keyin Mirzaolim Ibrohimov, Adham Fozilbekov, Po’lat Abdurahmonov, Shavkat Yo’ldoshev, Rahim Rajabov va boshqa kazo-kazolar retush qilinganlarini ko’rasiz.

Mustaqillik kunlarida prezident bir yosh qizaloqni ko’tarib rasmga tushishi ham O’zbekistonda ana’naga aylangan. Bu ham yangilk emas ekan. Kitobda Stalinning bayram kunlari yosh qizaloqni ko’tarib tushgan rasmi keltirilgan va bir kun kelib bu rasm ham retush qilingani aytiladi.

Ha, bu Lenin va Stalindan qolgan “o’lmas” merosning bir bo’lagi, xolos.

“Yo’qolgan komissarlar” kitobida yana bir falsafiy nuqta bor. Stalin bilan birga suratga tushgan odamlar tasvirlardan bir-bir g’oyib bo’lib qolaveradilar va barcha rasmlarda Stalin yakka o’zi savlat to’kib ko’zga tashlanaveradi. Bu diktaturaning birlamchi belgisi. Shu kunlarda O’zbekistonda klanlar bor, hamma gap samarqandliklar, farg’onaliklar va toshkentliklar o’rtasidagi tortishuvda, deb jar solayotganlar diktaturaning anashu asosiy ramzini bilmaydilar, deb o’ylaysizmi? Juda yaxshi biladilar. Ammo ularning bir qismi Karimovning zulmini shu yo’l bilan oqlasa, ikkinchi qismi Turkistonni parchalab, chegaralarni portlovchi nuqtaga aylantirilishini yopib yubormoqchilar.Turondan Turkistonga, Turkistondan mustaqil davlatchalarga va endi samarqanliklar, farg’onaliklar va toshkentliklarga bo’lish tarafdorlarining ishi bu. Bo’l, parchala va boshqar- ularning maqsadi shu! Ziyolilar ham bu aravaning ortidan yugurib ketayotganlari esa eng katta fojedir.

Mazuga qaytadigan bo’lsak, bu maqolaga bois bo’lgan kitob oxirida Stalinning tobutda yotgan rasmi keltiriladi va ramziy xulosa qilinadi. Ya’ni u dunyoga ustun bo’lib qololmadi. Ming afsuski, bu falsafadan xulosa chiqarish oson ish emas ekan, aks taqdirda bugun Karimov, Turkmanboshi, Lukeshenko… lar zulmi, tarixni millatning qoni bilan retush qilish davom etmagan bo’lardi! (Washington, 17 Yanvar, 2003 yil).

 

KARIMOVNING TEGIRMONIGA KIM SUV QUYMOQDA?

Usmon Haqnazarov(?)imzosi bilan O’zbekistondagi “klanlar” haqida yozilgan maqolani “Birlik” va “ERK” nomli web sahifalarni yurituvchilari ko’zlariga to’tiyo qilishmoqda. Yilning eng yaxshi tahlili, deb o’z sahifalarida targ’ib qilishmoqda. Bu maqola O’zbekistondagi barcha jonoyatlarga Karimov emas, boshqalar aybdor, degan chalg’ituvchi fikrni odamlarga singdirishdan boshqa emas. Faktlari chalkashliklardan iborat bo’lishi va muallifning masalani yaqindan, ichdan bilmasligi, eshitganlariga asoslanib yozganligi sezilib turganiga qaramasdan bu maqolaning “diqqat tortishi” esa mahalliychilk tarafdorlari hali ham ko’pligini ko’rsatmoqda.

Gap Jo’rabekov va yoki Alimovda emas, bundaylar Samarqand yoki Toshkentni tamsil qila olmaydilar ham. Gap anashunday jallodlarning jallodboshisi Karimovdadir. Kecha Turon g’oyasini o’ldirganlar bugun Turkiston g’oyasini chegaralarga mina to’shab portlatib yubormoqdalar,yer parchin qilmoqdalar. Yana ham tubanlashib ertaga mahalliychilk qilichi bilan millatni butunlay parchalab tashlamoqchilar.

Bu mavzuda 1999 yilda “Ozodlik” radiosidagi chiqishimda o’z fikrimni o’rtaga qo’yganman va bugun ham u o’z aktualligini yo’qotmagani uchun uni o’qib chiqishingizni taklif etaman.

Maqolalar ro’yxatiga qarasangiz oxirroqda “O’zbekistonda klanlar bormi?’ degan nom bilan turibdi.

O’qib chiqsangiz, “Karimovning tegirmoniga kim suv quymoqda?” degan savolga javob topasiz.

(Vashington,2003 yil, 4 Yanvar).

 

O’ZBO’AMACHILIK

Sovet Ittifoqi inqirozga yuz tutayotgan yillarda “Ko’zbo’yamachilik” kalimasi iste’molga kirgandi. Bu ko’proq qo’shib yozish, Markazni aldash kabi illatlarni ifoda etishda qo’llanilaradi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab esa “So’zbo’yamchilik” kalimasi istefoda qilina boshlandi. “Olti oyda sizga jannat qurib beraman”, “mustaqillikni mustahkamlash”, yurtboshimiz aytganlaridek…” kabi takrorlanaverib siyqasi chiqqan iboralarga baho berish uchun paydo bo’lgandi bu so’z.

Bugungi vaziyat esa “O’zbo’yamachilik” degan yangi kalimani talab etmoqda.Odatda bir uyda yashasangiz devorlarni bo’yashning ikki mantig’i bor. Birinchisi, o’zingizga qulay bo’lsin, deb va ikkinchisi, eski devorgdagi nuqslarni kelgan-ketgandan yashirish uchun. Bu ayni paytda zehniyat masalasi ham.O’zbekistondagi siyosatni anashunga qiyoslasak, oldin devor bo’yash “o’zimga” deb bohslandi. Keyin “kelgan ketganga” yo’naltirildi. Endi esa devor esdan chiqib, bo’yayotgan odam o’zini bo’yamoqda. Bu yerda rangning ahamiyati qolmadi, oq bo’lsin yoki qora bo’lsin, farqi yo’q. Bu holatni bir so’z bilan “o’zbo’yamachilik” deyish mumkin.

Avropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining 3- 5 May (2003) kunlari Toshkentda o’tgan yillik anjumani oldidan O’zbekiston prezidenti mamlakatda qiynoqlar mavjudligini tan olaman, deb bank rahbariga va’da bergan, ammo mazkur majlisda aksini gapirdi.

Majlisni televideniye orqali jonli ko’rsatamiz va bu oshkoralikning ifodasi, deb amalda anjumandagi haqiqiy vaziyatdan bir shingil ko’rsatgan telemuxbirlar quvg’in etildi. Dunyo jamoatchiligi ularni himoya qilgach esa ularga o’z nomlaridan “bizni qo’llamang” degan xat yozdirildi.

Markazi New Yorkda bo’lgan inson haqlari bilan shug’ullanuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti mazkur bankning yangi rahbariyati 21 Iyulda(2003) Toshkentga qiladigan safari munosabati bilan bir bayonot e’lon qilib, bankning May oyidagi yig’ilishidan keyin ham demokratik o’zgarishlar bo’lmaganini qayd etdi. Aksincha yana qiynoqdan o’lganlar, to’hmat bilan qamalganlar, diniy qarashlari uchun sudlanishlar… bular O’zbekistonning kundalik voqealari o’laroq “o’rgangan ko’ngil, o’rtansa qo’ymas” deganlaridek davom etdi.

Biz matbuotga erkinlik berdik, deyildi. Lekin amalda erkinlikni bo’g’ishning yangi yo’llari topildi. Tanqidiy maqolalar yozgan jurnalistlarni qamash orqali qo’rqitish yoki ularga hukumatning odamlarini rahbar etib tayinlash yo’li bilan cheklash kabi. Masalan, “Mohiyat” gazetasi jamoasining kollektiv o’laroq ishdan ketish haqida ariza yozgani voqeasi bunga bir misol.

Mustaqil Inson huquqlari tashkilotlarini ro’yxatga oldik deyildi. Lekin bu tashkilot a’zolari hukumatga tobe bo’lib qolgan ba’zi liderlarini demokratik yo’l bilan almashtiramiz, deyishsa bunga qarshilik qilinmoqda.

Biz diniy erkinlik berganmiz, deyilayotir. Lekin oddiy imomlarga qadar hukumatning maxsus idorasi tasdig’idan o’tishi kerak. Namoz o’qiganlar esa Milliy Xavfsizlik Xizmatining nafaqat ro’yxatiga, balki ta’qibiga ham olinadi.

Biz piketlarga yo’l berdik, deyildi. Ammo adolat izlab chiqqanlarni ta’qib qilish u yoqda tursin, kaltaklashmoqda va jamiyatning yot unsurlari deb e’lon qilishmoqda va hokazo va hokazo.

Xullas, qayoqqa qaramang, anashunday ikki manzara. Xo’sh bu bilan O’zbekiston nimaga erishmoqchi? Chetdan kelganlarni aldab yordam olmoqchimi? Lekin chetdagilar ham buni ko’rib turibdilar-ku?! Shunday ekan bu o’z-o’zini aldash, bir so’z bilan esa O’ZBO’YAMACHILIKdir.

(Vashington, 2003 yil, 18 Iyul).

 

DIN VA DAVLAT

Buhronlarning oldini olish xalqaro guruhining 10 Iyulda (2003)e’lon qilgan navbatdagi hisoboti Markaziy Osiyoda din va davlat- Islom va hokimiyat masalasiga qaratilgan bolib, bugun yuzaga kelgan vaziyat tahlil qilinadi va mavjud buhroniy holatdan chiqish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi ta’kidlanadi.

Buhronlarning oldini olish uchun Markaziy Osiyodagi hukumatlar o’zlarining Islom dini borasidagi siyosatlarni qayta ko’rib chiqihslari kerak, deyiladi, jumladan hisobotda. Yetmish yil davomida Sovet boshqaruvi Islom dinini butunlay ta’qiqlab tashlay olmagan bo’lsada dunyoviylik siyosatini ilgari surib keldi.

Mustaqillikdan keyin esa Islomga bo’lgan intilish juda kuchaydi va o’z navbatida boshqaruv bilan ziddiyatga tushadigan guruhlar yetishib chiqdi. Bunday ziddiyat turli to’qnashuvlarga olib keldiki, bunda hukumatlarning ham qattiqqo’llik bilan olib borgan siyosatlari ta’sir aks ta’sir yo’lini ochdi. Jumladan, musulmonlarga qarshi kuchli qatag’onlar dastlab O’zbekistonda yuz berdi.

Ta’qibga uchraganlarning ko’plari Tojikistonga va so’ngra Afg’onistonga o’tib ketdilar. Shu zayl Toshkent hukumatiga qarshi bo’lgan O’zbekiston Islomiy Harakati vujudga keldi va Toliblarning ittifoqdoshiga aylandi. O’zbekistonda Islomiy guruhlar, umuman shaxslarga qarshi ham hukumatning muxolifi sifatida qaralib qattiq repressiya o’tkazildi va bu bugun ham davom etmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra kamida ollti ming dindor qarashlari uchun qamlagan va 2003 yilda ham mavjud rejimdan qoniqmaganlarni zindonband etish to’xtagani yo’q.

Tojikistonda fuqarolar urushidan keyin Islom uyg’onish partiyasining hukumat tarkibidan o’rin olishi vaziyatni ancha yumshatdi. Lekin bugunga kelib Tojik hukumati “Hizbu at Tahrir” kabi guruhlarga qarshi murosasiz kurash boshlatgan. Bu holatni Qirg’iziston va Qozog’istonda ham kuzatish mumkin.

Turkmanistonda esa vaziyat yana ham achinarli bo’lib hamma narsa, jumladan din ham Saparmurod Niyozovning shaxshiga sig’inishga yo’naltirilgan.

Markaziy Osiyoda Islom dinini Sovet usullari bilan nazorat qilishga urinilmoqda.Buni O’zbekiston eksremistik repressiv yo’l bilan qilayotgan bo’lsa, Qirg’iziston esa bir qadar yumshoqlik bilan amalga oshirmoqda. Islomga ikki xil qarash shaklangan. Birinchidan, hukumatlar Islomiy oqimlar va harakatlarni mavjud konstitutsiyaviy tuzumning dushmani deb bilsalar, ikkinchidan islomiy qadriyatlarni o’z mavqelarini mustahkamlashda mafkura o’laroq qo’llanmoqdalar.

Ayni paytda barcha majitlar va imomlarning faoliyati nazorat qilibgina qolinmasdan, imomlar va diniy ulamolarni tayinlashni ham hukumatlar o’z qoliga olgan. Oqibatda Islom dinini o’rganish ham oqsab qolmoqda. Oddiy xalq orasida hukumat qo’ygan imomlarga ishonchning yoq’ligi odamlarni boshqa radikal oqimlar tomon yetaklamoqda. Vahobiylik kabi oqimlarning paydo bo’lishida xuddi anashi singari omillar ham borligini inkor qilmaslik kerak.

Markaziy Osiyoda Islomga nisbatan mavjud hokimiyatning munosabati buhronlar tug’ilishi uchun sabab bo’layotganini ta’kidlagan xalqaro tashkilot, jumladan O’zbekiston hukumatiga bunday vaziyatdan chiqsh yo’llarini ham ko’rastadi.

Masalan, din borasidagi qonunlarni xalqaro talablar darajasiga chiqarish, din erkinligini ta’minlash, diniy ta’limga ruxsat berish, machitlar va madrasalarda diniy ta’limga yo’l ochish, diniy tashkilotlarni ro’yxatga olishni madaniy darajag ko’tarish kabi tavsiyalar anashular jumlasidandir.

Shungdek, diniy peshvolarning yozganlarni erkin nashr qilish, Diniy boshqarmalarning mustaqilligini ta’minlash, Islomning noan’anaviy yo’llariga qarshi primitiv Sovet usuli bilan kurashdan voz kechib, zamon yo’nalishida bahs maydoni uchun o’rin berish, diniy qarashlari uchun qamalganlarni avf etish va majburiy iqrorlar hamda qiynoqlarga berham berish, hukumat tarkibida dinni yaxshi biladiganlar sonini ko’paytirish va umuman diniy ishonchni hurmat qilish, qadrlash kabi imkonlar borki, mavjud boshqaruv buni idrok etib, amalga oshirsa, tabiiyki buhronlarning oldini olgan bo’ladi.

(Vashington, 2003 yil, 11 Iyul)

REJIMNING  MAHSULI

Ma’lumki, Buhronlarning oldini olish xalqaro guruhi vaqti-vaqti bilan turli minataqalardagi dolzarb muammolar borasida hisobotlar e’lon qilib, yuzaga kelgan vaziyatni qanday bartaraf etish yo’llarini ko’rsatishga intiladi. Mazkur guruhning yaqinda (2003, 30 Iyun) e’lon qilingan navbatdagi hisoboti “Hizbu at Tahrir: Radikal islomga javob” deb nomlangan hamda Markaziy Osiyodagi, ayniqsa, O’zbekistondagi achinarli vaziyatning oldini olishga qaratilgandir.

1950 yillarning boshida Yaqin Sharqda paydo bo’lgan Hizbu at Tahrir diniy tashkilot emas, deyiladi hisobotda, balki dinni asos qilib olgan siyosiy partiyadir. Uning maqsadi xalifalikni tiklash, dunyodagi islomiy hududlarni yagona xalifalik bayrog’i ostida birlashtirish, Shariatni butun hayotning asosiy qonuniga aylantirishdir. Hizbu at Tahrir zo’aravonlikka qarshi ekanligini e’tirof etib keladi. Zotan aksariyat faoliyatlari tinchlik yo’lida amalga oshiriladi. Masalan, o’tgan oy Buyuk Britaniyada O’zbekiston elchixonasi yonida o’tkazilgan norozilik namoyishi yoki 7 Iyulda ayni joyda o’tkazilishi mo’ljallangan ayollar namoyishi ortida ham shu tashkilot turgani aytiladi.

Hizbu at Tahrir terrorizmni rad etishini, begunoh odamlarni o’ldirish mumkin emasligini, buni Islom qoralashini o’z hujjatlarida bayon etib kelmoqda. O’zbekistonda bu tashkilot mustaqillik yillarining ilk paytlarida o’zini ko’rsata boshlagandi. Bugunga qadar katta kuchga aylanmagan bo’lsada, ammo faoliaytining izchilligi va yoshlarni o’z tomoniga ag’dara olish qobiliyati bilan hukumatni shohsirib qo’ymoqda.

Hizbu at Tahrir varaqalarini va ma’lumot tarqatish yo’llarini O’zbekiston hukumati qattiq ta’qib etib kelmoqda va buni jinoyat deb baholamoqda. Uning ko’plab a’zolarini qamoqlarga tiqqan va ba’zilari qiynoqlarga tutilib, vahshiyona o’ldirilmoqda ham.

Dunyoning bir qator mamlakatlarida ochiq faoliyatda bo’lgan Hizbu at Tahrirni O’zbekiston hukumati terroristik guruhlar ro’yxatiga kiritgan. Bu ham yetmaganidek, qo’shnilarini ham shunga ko’ndirmoqda va dunyoga ham bu talabini o’tkazishga urinmoqda.

Bu holatni keskin tanqid qilgan Buhronlarning oldini olish xalqaro guruhi Islom Karimov rejimi qattiqqo’lik bilan radikal islomiy qarshilik guruhlarini yaratayotganini urg’ulaydi va o’z hisobotiga ilova qilgan takliflarida siyosiy yo’llar bilan kurash olib borish kerakligini ta’qkidlaydi.

Bu esa eng avvalo, demokratik va dunyoviylik tarafdori bo’lgan siyosiy muxolif tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazib, erkin faoliyatlari uchun izn berilishi kerakligidir. Shuningdek, matbuotga amalda erkinlik berish, diniy mavzularda yozihni ta’qiqlamaslik zarur.Hukumatni, jumladan Milliy xavfsizlk xizmatini ochiq tanqid qilishga izn berilishi lozim. O’zbekistonda mufti va imomlarga ham erkinlik berilsa, bu xalqning ularga ishonchini oshirishi mumkin. Hozir esa ularning aytganlarini hukumatnining aytgani, deb bilgan yoshlar kelajakka ishonchni Hizbu at Tahrir kabi guruhlarning talqinlaridan topmoqdalar va ishonmoqdalar.

Ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’rnatilgan qattiq chegara siyosati, iqtisodiy cheklovlar ham yoshlarning ishsiz qolib, turli guruhlarning va’dalariga og’ib ketishlariga olib kelmoqda.

O’zbekiston hukumatining sallani olib kel desa, kallani uzib keladigan maxsus xizmatlarini qonuniy yo’lga,tartibga solish, ularning o’zboshimchaliklarini cheklash zarur. Bularning hammasi demokratik jamiyat sari qoyilgan muhim qadamlar bo’ladi.

Lekin gapni gapir uqqanga, deyishadi. BMTning qiynoqlar boyicha vakilining safaridan keyin ham Hizbu at Tahrir a’zolarini, boshqa siyosiy mahbuslarni qiynash davom etgani kabi, o’nlab, yuzlab hisobotlar va takliflarga qaramasdan O’zbekiston hukumati o’z bilganidan qolamaypti. Bu esa uni kun sayin, soat sayin orqaga yetaklamoda va bu depsinishning, bu repressiyaning oqibatlari oddiy xalqqa qimmatga tushmoqda.

(Vashington, 2003 yil 2 Iyul).

 

QIYNOQLARNI QORALAB

Avropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti(OBCE)ning amaldagi raisi, Niderlandiya Tashqi Ishlar vaziri Yaap de Xup 6-11 Iyul kunlari Markaziy Osiyoga, jumladan O’zbekistonga tashrif buyuradi.

8-Iyul kuni esa O’zbekiston inson huquqlari jamiyati qiynoqlarga qarshi namoyish rejalagan.

Har ikki voqea ham AQSH Kongresining Helsinki komissiyasi raisi Kristofer Smitning yaqindagi bir chiqishi bilan bo’g’liq.

Ma’lumki, O’zbekistonda qiynoqlar masalasi davlat siri darajasidan chiqib, jahon jamoatchiligining diqqatiga tushib bo’lgan. Ilgari hukumat qiynoqlar yo’q, deb kelardi. Keyinchalik inson huquqlari kurashchilarining jasorati bilan qiynoqlar borasidagi dalillar o’rtaga qo’yilgach, hukumat qiynoqlar borligini bevosita tan olish o’rniga,har bir voqeaga bahona ko’rsata boshladi. Bu bahonalarga kimdir ishondi, kimdir ishonmadi. AQSH Kongresining Helsinki komissiyasi raisi xuddi anashi masalani o’rtaga qo’ydi. Gap O’zbekistonga iqtisodiy yordamlar masalasida edi. Bu borada Kongresga ikki marta, ya’ni 2002 yilning 26 Avgustida va shu yilning 14 mayida murojaat qilgan AQSH Davlat kotibi Kolin Powell O’zbekistonda “jiddiy va davomli ijobiy o’zgarishlar” bo’layotganini qayd etgandi.

O’tgan oy, ya’ni 24 Iyunda esa Helsinki komissiyasining raisi kongresmen Kristofer Smit Davlat kotibining bunday izohotini tanqid qilib chiqdi.U O’zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokini qayd etgan holda, baribir iqdisodiy yordamlarni bu mamlakatdagi inson huquqlari masalasiga bog’lash kerakligini uqtirdi. Kongresmen O’zbekistonda keyingi paytda inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi bir-ikki tashkilot ro’yxatga olingani, tsenzura bekor qilindi, deb e’lon qilingani, amnistiyalar, bularning hammasi xo’jam ko’rsinga qilingan ishlar, jahon jamoatchiligining diqqatini chalg’itish uchun otilgan “odimlar” ekanligiga diqqat qaratdi.

BMTning qiynoqlar borasidagi vakili O’zbekistonga borgani va mamlakat qamoqxonalarida qiynoq-iskanjalar surunkali tus olganini ochiq qayd etgani, bu masala xalqaro sahnada bir necha bor muhokama qilinganiga qaramay yana siyosiy qarashlari uchun qamalganlar qiynab o’ldirilgani o’rtaga chiqdi. Masalan, Orif Eshonovning momotaloq bo’lgan vujudini aks ettirgan fotosuratlar butun dunyoga tarqaldi va g’azzab uyg’otdi. Otamirza G’afforovning o’limi ham anshunday aks sado berdi. Ammo O’zbekiston hukumati bu mahbuslar o’z ajallari bilan o’lganlarini aytishi kongresman Smit iborasi bilan hech narsaga yaramaydigan bahona edi.

“Prezident Karimov vahshiyona qiynoq usullaridan voz kechishi kerak,- dedi Kristofer Smit,-va bunday holatlar takror bo’lmasligi uchun keskin choralar ko’rishi, aybdorlarni jazolashni yo’lga qo’yishi zarur. Afsuski Karimov anashunday oddiy odim otishdan, ya’ni qiynoqlar mavjudligini tan olishdan bosh tortmoqda.”

Taniqli adib Mamadali Mahmudovga ko’rsatilgan va ko’rsatilayotgan tazyiqlar, Murod Jo’rayev, Samandar Qo’qonov kabi yuzlab o’zgacha fikrlaydigan muxoliflariga nisbatan betoqatlik O’zbekiston hukumatining kundalik siyosatiga aylangan.

Kristofer Smit OBCE ni ham bu borada yanada jiddiyroq harakatlarga chaqirgan edi. O’zbekistonga tashrif buyurayotgan OBCE rahbari avvalo qiynab o’ldirilgan mahbuslar masalasida xalqaro mustaqil ekspertlarni ishga solishni so’rashi kutilmoqda. Shungdek, siyosiy va diniy qarashlari uchun qamalganlarni zudlik bilan, hech qanday shartlarsiz ozod qilinishini talab etish kun tartibida. Ayni paytda siyosiy muxolif partiyalar va inson huquqlari tashkilotlarini ro’yxatga olish, matbuot erkinligini ta’minlash ham suhbat mavzui.

O’zbekiston 2003 yilning Noyabr oyidan boshlab pulni konvertatsiya qilishga o’tajagni e’lon etdi. Bu esa xalqaro yordamlarsiz jiddiy iqtisodiy buhronlar paydo bo’lishiga olib keladi. Xalqaro yordamlar esa demokratiya va inson huquqlariga bog’lanmoqda. Demak, yana tanlov. Kristofer Smit iborasi bilan aytganda qiynoqlarni qoralab, demokratiya tomon yuzlanish bu boshqalarning emas, O’zbekistonning, o’zbek xalqining manfaatlari uchun xizmat qiladi. Bu manfaat tanlovidir. Ya’ni, millat manfaati uchun tanlovdir.

(Vashington, 2003 yil 3 Iyul).

CHINGIZXON SALTANATINING AMERIKA SAHIFASI

Chingiz Xon… Butun dunyoning xoni degani…

Garchi u shunga intilgan va butun yer kurrasining bo’lmasada, dunyoning bugun Xitoy deb ataladigan o’lkasining bir qismi va Eron, Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkazning ham aytarli qismini o’z imperiyasi doirasiga kiritgan, qalbi Qoraqumda bo’lgan yirik bir hamjamiyatni tiklagan edi. Asl nomi Timuchin bo’lgan va mug’ullar orasida “Muqaddas qo’mondon” nomi bilan atalgan bu sarkarda bugungi Afg’onistondan tortib, bugungi Bulg’oristonga qadar ot yeldirib yetib borgan va dunyoni yakqalam qilisga intilgandi.

Bugun Amerikaning madaniy markazlaridan biri Los Angeles shahridagi Sa’nat asarlari muzeyi tashabbusu bilan Xalqaro simpozium ish boshladi. Uch kun davom etadigan bu anjumanga dunyoning barcha burchaklaridan ilm va madaniyat namaoyandalari taklif etilgan.

Chingizxon merosi deyilar ekan, Bobur Mirzoga qadar uzangan Sharq madaniyatini bunga bog’lash Ga’rbda azaldan odat bo’lgan. Zotan Boburni bugunga qadar ham mo’g’ul hukmdori deyishadi. Vaholanki, Temir kuragoniydan keyingi madaniyat o’z boshiga ayri bir dunyo.

Chingizxon merosi bugun talqin qilinar ekan, unga ikki yo’ndan qaralmoqda. Birinchisi, mo’gul madaniyati va ikkinchisi Islom madaniyati. Bugun Amerikaning madaniyat markazlaridan birida Chingizxon merosi olimlarning muhokamasiga tushar ekan, qiziqish kattaligining ham ikki bois mavjud.

Birinchidan, Timuchin dala qo’mondionligi davrida katta kuchni qo’liga to’plab, keyin emperiya qurishga qadar yetib bordi. Bugun ham dunyoda dala qo’mondonlarining “daraxti gullagan” payt. Bu Afg’onistondan Pokistonga va Indoneziyadan Kashmirga, Chechenistondan Filippinga qadar hamma joyda kun tartibida. Demak, tarixga nazar solish uchun ehtiyoj bor.

Ikkinchidan, bugun G’arbda islomni o’rganishga jiddiy ehtijoj tug’ilgan. Xitoy va Markaziy Osiyoda ikki din orasida imperiya qurgan Chingizxonning tajribasiga nazar solish shu jihatdan muhimdek ko’rinadi. Chingzixon imperiyasining halokat sabablari ham balki saboq olish uchun ibrat bo’lishi mumkin.

Nima bo’lganda ham o’sha davrning madaniyat va san’ati gullab yashnagandi va bugunga qadar sho’la sochmoqda. Boshqacha aytganda bugun Chingizxon saltananing Amerika sahifasi ochildi deyish mumkin.

(13 Iyun, 2003 yil, Lose Angeles).

OROL FOJIASI

Orol… keyingi 20-30 yilda yilda eng ko’p gapirilgan va majlislarning eng ko’p mavzui bo’lgan masala. Orol uchun million-million dollarlar to’plandi va qayerga gum bo’lganini hech kim bilmaydi. Orolni oyoq osti qilganlar, ya’ni uni qum oroliga aylantirganlar bugun qahramon va ularning insoniyat oldidagi jinoyatlariga haliga qadar baho berilgan emas.Balki shu boisdan ham bugun Orol haqida gapirish modaga aylangan va ish qilmaslik esa odatga.

Bundan ikki oy muqaddam Dunyo suv forumida nutq soz’lagan siyosatchilar 21-asr suv muammosi va suv uchun uruhslar asri bo’ladi, degan gapni bot-bot takrorlagan edilar.Aslida esa Orol fojeasi 21-asrning eng katta dahshati bo’ladi, deyishmoqda olimlar. Buning yonida Chernobil voqeasi kabi fojilar ummondan qatra bo’lib qoladiganga o’xshaydi.

Shu bois 2003 yilning 2 Iyun kuni Fransiyaning Evian sharida o’tadigan eng oliy darajali uchrashuvda Orol taqdiri ham ko’riladigan bo’ldi. Ya’ni “Rivojlangan yettilar va Rossiya” deb nomlangan hamda qisqa qilib G-8 deyilgan Summitning ham diqqatini tortdi bu masala. Balki yana pullar ajratilar va yoki tadbirlar izlash uchun yo’llar ochilar. Ammo “Financial Times” shu kunlarda yozganidek, baribir masalaning yechimi Markaziy Osiyoda qolaveradi. Orolning o’tmishi O’zbekiston, Qirgiziston, Turkmaniston, Tojikiston va Qozog’istonga qanchalik bo’g’liq bo’lsa, kelajagi ham bu davlatlarga shunchalik bog’liqdir.

Orol 1960 yildan boshlab quriy boshladi. Amu daryo va Sirdayoning o’zanlari boshqa tomonga, oniy manfaatlarga burilgandan keyin katta fojiaga yo’l ochildi. Sovetlar yiqilib o’rnida mustaqil davlatlar paydo bo’lgandan beri Orol yana ham kichrayib, qumliklar, ko’chkilar, kasalliklar maskaniga aylandi. Sovet davrida Orolni quritganlar mustaqillik davrida ham bu ishlarini davom ettirdilar. O’zbekiston Davlat planlashtirish idorasida o’tirib, Orol taqdirini Qudrat Axmedov, Islom Karimov va Ismoil Jo’rabekov hal qilganlarini tarix yashirgan emas. Ammo bugungi avlod yashirmoqda. Bunday jinoyatlarni yashirish uchun Orol masalasida Markaziy Osiyoda yo’liga bir qo’mita ham tuzilgan va prezidentlar navbati bilan bu qo’mitani boshqarib turadilar. Ammo ularning butun harakatlari Orolning ziddiga bo’lmoqda.

O’zbekiston Qirgizistonni energiya girdobiga itarar ekan, Qirgiziston buning chorasini gidroelekrtostansiyalar insho etishda deb bilmoqda.

Bu esa suv degani degani.

Bu Orolning rizqiga chang solish degani.

O’zbekistonda Iqtisodiy boshqaruv Sovet usulida qolib, o’rta sinfga yo’l berilmas ekan, sanoat rivojlanmay qolmoqda. Bu hayotni yana butunlay yerga bog’lamoqda.

Bu esa suv degani.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’rtada sim to’rlar tortilib, bir-biriga turli tadbirlar qo’llanilar ekan, chorasiz qolgan Tojikiston va Qirg’iziston O’zbekistonga qarshi boshqa tadbir topolmagani uchun sivni qurol qilmoqda va hokazo va hokazo.

Shunday ham bo’gilgan Orolni bugun yana bo’gmoqdalar.

Bir so’z bilan aytganda, o’z qo’llari bilan o’zlarining kelajaklarini bug’moqdalar.

(Vashington, 2003 yil, 31 May)

KARIMOVGA KALTAK

Bugin xalqaro Amnesty tashkiloti 2002 yilning voqelarini o’zida mujassam etgan yillik hisobotini e’lon qildi. “Hisobot-2003” deb nomlagan hujjatni dunyo jamoatchiligiga taqdim etish munosabati bilan tashkilotning bosh kotibi Ayrin Kanning murojaatida dunyoda xavfsizlik yo’lida otilayotgan odimlar va ulardan kelib chiqayotgan natijalarga, inson umriga zavol bo’layotgan omillarga ko’proq o’rin beriladi.Inson haqlarining turli ko’rinishlardagi buzilishlari keskin qoralandi.

Hisobotda O’zbekiston uchun ham alohida o’rin ajratilgan. O’zbekistonning AQSH harbiylariga o’z hududlarida joy bergani va inson haqlarini toptashda xalqaro terrorizmga qarshi kurash shiorini o’ziga qalqon qilib olgani aytiladi.Referendum o’tkazish yo’li bilan prezident vakolatlarini uzaytirish kinoyaga olinar ekan, mamlakatda garchi ba’zi inson haqlari tashkilotlari ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsada, umum vaziyat juda og’irligi, hukumat siyosatini tanqid qilib kelayotgan mustaqil tashkilotlar esa quvg’in etilayotgani ta’kidlanadi.

Inson haqlari uchun kurashayotgan, ta’qib va tazyiqlarga uchrayotganlarini misollar bilan asoslagan tashkilot vijdon erkinligi ayniqsa yomon ahvolda ekanligiga urg’u beradi. Musulmonlar bilan birga boshqa dinlarning oqimlariga ham erkin faoliyat uchun yol berilmagani va hatto bu boradagi ishonchlari uhcun qamalganlar ko’payib borayotgani aytiladi.Jumladan, Marat Mudarissov va boshqlarning sudga tortilgani qayd etiladi.

Hisobotning O’zbekistonga ajratilgan qismining siyosiy mahbuslar bo’limida keyingi paytda “Hizbu at Tahrir” a’zosi deb qamashlar avj olgani, ayniqsa ayollarga ham anashu tamg’a bosilayotgani, ularning norozilik namoyishlari esa bostirib yuborilayotgani, militsiya xodimlari qamoqdagilarning oilalariga ham qattiq bosim o’tkazayotgani ta’kidlanadi.

O’zbekistonda qiynoqlar surunkali tus olganini BMTning mamlakatga borib qaytgan maxsus vakili e’lon qilgan hisobot bilan mustahkamlar ekan Amnisty tashkiloti tergov jarayonida va sud paytida, undan keyin ham qiynoq va iskanja davom etayotgani, shu yo’l bilan mahbuslar o’zlari qilmagan ishlarni qildim, deyishga majburlanayotgani, ularni o’limga hukm qilib yuborish esa oddiy holga aylanib qolgani aytiladi. Misol sifatida qamoqda o’ldirilgan Ravshan Haitovning taqdiriga to’xtalingan.Shungdek, 35 yoshli Muzaffar Avazov va boshqalarning qamoqda qiynoqlarda o’ldirilgani chidab bo’lmas hol ekanligi aytiladi.

O’zbekistonda 2002 yilda olim jazosi keng miqyosda qollanilganini ta’kidlagan tashkilot oliy jazoga hukm qilinganlarning ism sharifalarini sanab o’tadi.

O’zbekiston inson haqlari bo’yicha odimlar otmoqdamiz, deya ko’rinish bergani bilan aslida vaziyat qanday bo’lsa, shundayligicha qolmoqda va yoki aksiga qarab ketmoqda.Bunga 2002 yilda ro’y bergan va qaydiyatga olingan misollar dalolatdir.

Bu hisobot Islom Karimovga navbatdagi kaltak bo’ldi. Ammo kaltakka o’rgangan bohsga bunday zarbalar ta’sir ham qilmasa kerak. Boshqacha aytganda gapni gapir uqqanga… (Vashington, 2003 yil, 28 May).

IJDIHOD DAVRI

Bugun islomshunoslar va diniy qadriyatlarni ta’rif va tafsir qiladiganlar juda ko’p. Ammo ular aksariyat hollarda bir- birlarini yo rad etmoqdalar va yoki mushtarak bir nuqtada birlasha olmayaptilar. Boshqacha aytganda asrlardir birlasha olmaslik bugun ham o’zini ko’rsatamoqda. Ulardan ba’zilari Islom va demokratiya bir birini rad etmaydi, deydilar va buni Quroni Karim asosida isbot etadilar. Boshqalari esa demokratiya bu g’arbning to’qimasi deydilar va Quronni pesh keltirib buni rad etadilar.

Yaqinda Washingtonda o’tgan “Nega demokratiya va nega aynan hozir?” deb nomlangan ilmiy anjumanda ham anashu haqda so’z bordi va islomshunos olimlardan biri demokratiya tushunchasi aslida Sharqda vujudga kelganini va bu islom dunyosiga begona emasligini urg’ulab, islom faylasufi Abu Nosir Forobiyning , “Bizning saylov erkimiz paydo bo’lmoqda” degan so’zlarini takrorladi.

Ko’pgina olimlar islom dunyosining yetakchi namoyondalarini IJTIHODga chorlamoqdalar. Bu esa, islomiy an’analar va ta’limni yangicha talqin etishni o’z oldiga qo’yadi.

Ma’lumki, Quron oyatlari ikkiga bo’linadi va ba’zilari qat’iy oyatlar bo’lib, aniq-ravshanligi uchun tafsirni talab qilmaydi. Ammo aksariyati asrlar davomida ba’zi olimlarning o’z xoxishlari, yoki amaldorlarning istaklariga qarab talqin va tafsir qilib kelindi. Islom olimlaridan biri “Demokratiya yaxshi tuzum emas, lekin hozir undan yaxshiroq tuzum ham yo’q, ya’ni borlarining yaxshisidir bu” degan edi. Shunday ekan, anashu borlarining yaxshisiga intilishning nimasi yomon degan savol tug’ilmoqda bugun.

O’zbekiston kabi yakkahokimlik hukm surib turgan joylarda esa qatag’on, zilm, quvg’in yo’li bilan islomiy qadriyatlariga uzangan kishilar extremizm, radikalizm, kuchga qarshi kuch yo’liga kirib ketishga majburlanmoqdalar. Vaholanki, Islom nima ekanligini uzoq yillar davomida chalasavod mullalardan eshitgan millatga haqiqatni bilish yo’lidagi eshiklar ochilsa uning o’zi oq va qorani ajratadigan bo’ladi va demokratiya uning foydasiga ekanligini va buni Allohi ham, Rasuli ham inkor etmaganini tushunadi.

Buyuk Britaniyada chiqadigan “Ekonomist” jurnali yozishicha, O’zbekistonda diniy va siyosiy qarashlari uchun qamalagan qariyb 6,5 ming kishining taqdiri mamlakatda haqiqiy Islomni o’rganish uchun sharoit yo’qligini ko’rsatadi. Darhaqiqat, ko-r-ko’rona ergashish hamma sohada extremizga olib boradi. Ongli, erkin va mushohadali qarash esa demokratiyaning tamalidir. O’zbekistonda esa unisi ham bunisi ham ora yo’lda. Balki shuning uchun ham mamlakat ora yo’lda qolmoqda. Boshqacha aytganda, Islomni o’rganishni demokratiyani qabul qilishdan va demokratiyani hazm qilishni Islomni anglamoqdan boshlamoq kerak.

(VASHINGTON, 2003 yil, 24 May).

 

DIKTATURA O’Z RASMINI O’ZI CHIZMOQDA

Keyingi kunlardagi uch voqea diqqatimni tortdi.

Birinchisi: O’zbekiston televideniyesining keksa rejisserlaridan Ahmadjon Ibrohimov “o’z arizasiga” binoan ishdan ketkazilgani. Uning aybi Avropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining Toshkentda 3-5 may kunlari o’tgan yillik yig’ilishining ochilishida Islom Karimovning mudrab o’tirgani, bank boshqaruv raisi uni tanqid qilayotganda yuzlarini burishtirib, quloqlarini bekitgani. Karimov gapirayotganda zaldagilar uxlab o’tirgani kabi holatlar efirga ketib qolgani ekan.

Ikkinchisi, O’zbekiston radiosida 13-may kuni Xolida Tojiboyeva va Sharoffidin To’laganov matbuot haqida bevosita muloqot o’tkazar ekanlar, o’zini Qoraboyev deb tanitgan tinglovchi hukumat rahbalarining korrupsiya botqog’iga botganini aytar eka, gap prezidentga yetib borganda dastur to’satdan uzib qoyilgani.

Uchinchisi, mustaqil iqtisodchi G’ulomqodir Tursunovning prezidentga yozgan maktubi. Unda muallif O’zbekiston iqtisodini oyoqqa qo’yish uchun o’z takliflarini O’zbek televideniyesi yetti marta yozib olgani va biror marta ham efirga bermagani haqida so’z yuritadi.

Ko’rinib turibdiki, har uch voqea ham O’zbekiston prezidenti va O’zbekiston Teleradikompaniyasi bilan bo’gliq.

Ma’lumki, O’zbekiston televideniyesi Avropa Tiklanish va Taraqqiyot banki yig’ilishini bevosita ko’rsatish uhcun udan mo’maygina pul olgandi. Qolaversa O’zbekiston rahbarining shaxsan o’zi bank direktoriga bevosita ko’rsatuv haqda va’da bergandi. Shulardan kelib chiqadigan bo’lsa, ishdan quvilgan rejisserda nima ayb? Qozonda bori cho’michga chiqqan.

Ahamadjon Ibrohimovning matbuotga bergan suhbatlarida u “Bu voqeani prezidentimiz bilmasalar kerak: deydi. G’ulomqodir Tursunov ham najotni prezidentdan kutadi. Bu esa zehniyat xuddi 1990 yillar boshlaridagi kabi qolganini ko’rsatadi. O’shanda ham “bu ishlarni prezident bilmaydilar”, deganlarning ko’pchilgi prezidentning buyrug’i bilan ishdan olingan yoki qamalgandi. Ular buni bilar edilar va bilib turib bilmaslikka olardilar.So’nggi umidni ham o’ldirmaslik yoki butunlay yo’qolib ketmaslik uchun shunday der edilar. Lekin diktaturaning eng katta ishi odamlarning zehniyati bilan birga ularning so’nggi umidlarini ham o’ldirishdir.

Sobiq rejisser Ahmadjon Ibrohimovning xorijiy matbuotga bergan suhbatidan ma’lum bo’lishicha unga O’zbekiston televideniyesining direktori Ahmad A’zam ariza yozdirgan. Avvaliga “ERK” partiyasining, so’ngra “Fidokorlar” partiyaisning tashkilotchisi, nafaqat tashkilotchisi balki asosiy rahbarlaridan ham biri bo’lgan Ahmad A’zam va O’zbekiston Prezidentining iqtisodiy siyosatini “o’zbek yo’li” deb jar solgan Telerediokompaniya raisining o’rinbosari Farhod Ro’ziyev, va qolaversa kompaniya raisini bu faoliyatlari uchun tanqid qilish emas, balki maqtash kerak. Chunki ular o’zlari o’tirgan shoxni arralamoqdalar.

Boshqacha aytganda, Avropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining yig’lishi bevosita ko’rsatilgani ham jumlasida bo’lgan ba’zi jarayonlar bois O’zbekstonda demokratik o’zgarishlar bo’lmoqda, senzura bitdi, degan fikr ilgari surilmoqda edi. O’zbekiston Teleradiokompaniya rahbarlari esa bu g’irt yolg’onligini, O’zbekistonda senzura gullab yashnayotgani va diktatura sakkiz oyoqli axtapotdan ham o’tib o’rgimchak kabi kabi hammayoqni chirmab olganini isbotlashdi.

Shunaqa, o’rgimchak ham oxir oqibat o’z oyog’idan osilgani kabi diktatura ham o’z rasmini o’zi chizmoqda.

(Vashington, 17 May, 2003 yil).

 

OYNADA OY EMAS, OLAM KO’RINAR

 

Paydo bo’lgan imkoniyatdan hukumat ham muxolifat ham foydalana olmagani haqida

“Moskovskiye Novosti” haftaligi “Islom Karimov Avropani laqillatdi” deb yozdi.

Boshqa bir ro’znoma esa “Anjuman kunlari muxolifatga minbar yaratildi” dedi.

“Financial Times” “Diktaturaning jozibasi Avropani o’ziga mahliyo etdi” degan fikrni ilgari surdi.

Inson haqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti “Bu anjumanning Toshkentda o’tishi dunyoda demokratiyaning ildizlariga bolta urishdir” degan qat’iy xulosa bilan chiqdi.

“O’zbekiston bu bankdan yarim millirad dollar olishi mumkin, ammo uning yig’ilishiga tayyorlanish uchun 2 milliard dollar sarfladi” deb yozganlar ham bo’ldi.

Xullas, Avropa Tiklanish va Taraqqiyot bankining 3-5 May(2003) kunlari Toshkenta bo’lib o’tgan yillik yig’ilishi anashunday turli qarashlarni, bahs va tortishuvlarni o’rtaga qo’ydi.

Nega?

Birinchidan, bu bank sarmoyalarini siyosiy jarayaonlarga bog’lab beradigan dunyodagi yakkayu yagona ochiq siyosiylashgan bankdir.

Ikkinchidan, xalqaro maydonda sarmoyadorlar bu bank bilan ish qilib, uning izidan borishni kafolatli yo’li, deb bilayotganlari.

Anashu omillarni hisobga olganda “Moskovskiye Novosti’ning Karimov uchun bu anajuman Toshkentda o’tishi muhim edi, degan xulosasiga qo’shilish ham mumkin, qo’shilmaslik ham. Chunki O’zbekiston iqtisodi nurab bitgan binoga o’xshab qolgan bir pytda demokratik jarayonlarni kuzatib, so’ngra pul beradigan bankning yig’ilishi Toshkentda o’tishi qaysi bir ma’noda yutuqdir. Ammo natijalarga qaraydigan bo’lsak, gazetaning “Karimov Avropani laqillatdi” degan gapi unchalik asosli emas. Buning bir qancha sababalari bor.

Masalan, bank yig’ilishi kunlari O’zbekistondagi muxolifat kuchlari o’zlarini sinab ko’rishlari uchun katta maydon paydo bo’ldi. Oz’bekiston Inson huquqlari jamiyati nafaqat Toshkentda, balki barcha viloyatlarda norozilik namoyishlari, piketlar o’tkazdi. Hukumat majlis o’tguncha ko’z yumgan bilan bu hol muxolifat kuchlarida oz’lariga ishonch paydo qildi. O’n yillar davomida quritishga harakat qilingan maysalar birdaniga bosh ko’tardi.Ammo…

Shu kunlari “Birlik”ning qurultoyi o’tgani ayniqsa diqqat tortdi. Hukumat deyarli qarshilik qilmagani, katta bir kinoteatrda o’tganiga qaramay qurultoyga 40 kishi ham to’planmagani esa harakatning jamiyatdagi o’rni nuqati nazaridan bahslarga yo’l ochdi. Qolaversa xalqiga qarab podshohi degan almisoqdan qolgan gap yana kun tartibiga keldi. Faqat endi podshohiga qarab muxolifati degan ko’rinishda. Karimov islohotlarni orqaga surayotgan, demokratiyaga yo’l bermayotgan bir paytda unga muxolifman deganlar ham ayni ishni qilmqodalar. Masalan, “Birlik’ uchun islohotchi va demokratchi nomini olishi, qaytadan oyoqqa turib, katta kuchga aylanishi uchun imkon chiqqandi. Ammo bu imkonni qo’llana olmadi. O’n yildan ko’p vaqtdan beri mamlakatdan chetda yashayotgan Abduraim Po’latni yana rais etib saylash bilan buni isbot etdi. Agar “Birlik” imkoniyatdan foydalanib yangi bir lider chiqara olganda edi bu kurashning burilish nuqtasiga aylanardi. Qolaversa “erk”chilarni ham “Birlik” zontigi(shamsiyasi) ostida to’plashga kirishilganligi iddao qilingan bir paytda bu juda zarur edi. Agar “Birlik” yangi lider bilan maydonga chiqsa, Karimov zulmidan ezilgan millionlab insonlar unga qo’shilgan va Sobir Rahimov nomidagi kabi konoteatrlarga sig’may ketgan bo’lardi. Yangi ruh va yangi kuch xalq to’lqiniga aylanib to’g’onlarni buzgan bo’lardi. Muxolifat a’zolaridan biri, “Qurultoy o’tkazish uchun imkon bo’ldi, nega Abdurahim Po’latning o’zi kelishga jur’at etolamdi” degan savoliga achchiq haqiqat bor edi. Darvoqe, Ismoiljon Dadajonov kabi tashkilotchilardan birini nega raislikka saylash mumkin emas edi? Unda “Birlik”ni tetepoya qilgan Abdurahim Po’lat nima bo’lardi? Demokaratiyaning chiqish yo’llari ko’p. U “Birlik”dan ajralishni istamayotgan bo’lsa, uni faxriy raislikda qoldirish mumkin edi. Xuddi Karimov prezidenlikdan keyin abadiy senatorlikni orzu qilayotganidek. Balki o’shanada Yodgor Turlibekov(Qasgadaryolik) kabi “birlik”chilar uning saflarini isyonkorona tark etishmagan va boshqa bir qurultoyga borib qo’shilmagan bo’lardilar?

O’zbekiston dehqonlarining yangi partiyasi ham shu kunlarda o’z ta’sis qurultoyini o’tkazdi.Unda esa qariyb 500 kishi qatnashgani ma’lum bo’ldi. Hatto “Birlik”ni tark etib, bu partiyaga qo’shilganlar ham anchagina edi. Balki bu normal holdir. Lekin gap anashu normal holning ko’rinishiga bois bo’lgan ko’zgu haqida ketmoqda. Qolaversa O’zbekiston Inson huquqlari jamiyati boshlatgan norozilik namoyishlari va piketlariga “Ezguluk”, “Mazlum”, Mustaqil Inson huquqlari tashkiloti kabi guruhlar rasman qo’shilmaganlari esa umumiy maqsad yo’lida birlasha olmaslik bugun ham muxolifatning umurtqa suyagini tashkil qilayotganini ko’rsatdi.Bu esa imkoniyatalar kelavergani bilan muxolifatga bosh bo’lganlar ojizligicha qolaverishini ko’rsatadi.

Toshkentda o’tgan xalqaro anjumanda bank rahbari O’zbekiston prezidentini ko’ziga qarab siz so’zingizda turmadingiz, deya tanqid qilishi va Toshkentdan qaytar ekan, demokratik islohotlar uchun oxirgi marta bir yillik muddat beramiz va oz’garish bo’lmasa masalani jiddiy ravishda ko’rib chiqamiz, deyishi esa Karimov hukumatining zafari bo’ldi deb aytish mumkin emas.

Xullas, bu anjuman, dunoyda turli qarshlarga yo’l ochgani bir bo’lsa, u ayni paytda ham demokratiya hamda diktatura uchun ko’zgu rolini o’ynadi.Demokratiyaning ko’zgudagi aksini ko’rib qanday xulosa chiqarish sizning hukmingizda bo’ladi. Ammo diktaturaning ko’zgudagi aksini ijobiy xulosa qilish mumkin emasligi ham ayon bir haqiqatdir. Oddiy qilib aytganda, qozonda bori cho’michga chiqadi, yoki oynada oy emas olam ko’rinar…

(Vashington, 10 May, 2003 yil).

 

KIM PREZIDENT BO’LADI?

Birov nomzodlar orasida Zokir Almatov, O’tkir Sultonov, Shavkat Mirziyoyev, Erkin Xalilov, Rustam Inoyatov bor desa, yana birov Abdulaziz Komilov, Elyor G’aniyev, Rustam Azimov deydi. Men o’ylagan nomzod boshqa.

Avvalo Karimov nimani o’ylayotgan bo’lishi mumkin.

Birinchidan, “Kasalligim avjiga chiqsa falonchini o’z o’rnimga qo’yaman”, degan fikrda bo’lishi aniq.

Ikkinchidan, “Mamlakatni boshqarishni Bosh vazirga topshirib, falonchini biror bir partiya orqali bosh vazirlikka chiqaraman, yana bir boshqa falonchini esa davlat ramzi bo’lgan prezidentlikka qo’yaman. Ulardan biri menga qarshi chiqsa ham, ikkinchisi baribir mening etagimni ushlaydi” degan xayolda. Shu bois u “valiahdlari”ni bugun bir-birini yeb qo’yadigan qilib tarbiyalamoqda.

Shu kunlarda Islom Karimov haqidagi hujjatli romanning so’nggi bo’limlari ustida ishlar ekanman, “qahramon”imning nafaqat kitobda balki hayotda ham tugab borishi mos tushayotgani qiziqdir.

Bugun nima bo’lganda ham Karimovning ketishiga ishonch paydo bo’lmoqda. Balki u olti oyning ichida, balki ikki yildan keyin ketar. Demak, Karimovdan keyin kim bo’ladi, degan savolga hamma, O’zbekistondagi siyosiy partiyalardan boshlab, muxolifatu oddiy fuqarolarga qadar javob qidirish kerak. Har kim o’z qarashini va o’z taxminini o’rtaga qo’yishi mamlakatning kelajagi uchun qayg’urishini ko’rsatadi.

Lekin Karimovdan keyin kim kelishidan qat’iy nazar u juda tezda, ya’ni ikki uch yilda qiyin ahvolga tushib, Karimov qilmishlarining “qurboni” bo’ladi. Chunki Karimov o’z o’rniga tanlaydigan odam, birinchidan, Amerikani qoniqtiradigan odam bo’ladi. Ikkinchidan esa, islohotchiroq bo’ladi. Anashu ikki omil yangi rahbarni qiyin vaziyatga soladi.

G’arda “Domino effect”, ya’ni “Domino ta’siri” degan ibora bor. Bu esa domino toshlaridan tiklangan o’yinchoq uyning bir toshi olinsa, hammasi qulab ketishiga ishora. “Boshqaruv”ning bir shoxi sinib ketishi bilan hammasi ishdan toxtab qolishi nazarda tutiladi. Diktatura sharoitida esa’ boshqaruv diktatorga bo’g’langan bo’ladi. O’zbekistonning “domino” tizimidan Karimovning chiqishi butun tizimni shal bo’ladi. Boshqacha aytganda u qurgan q’al’a o’zi bilan yiqilib ketadi.

Buni soddaroq qilib aytadigan bo’lsak, yangi rahbar xalqqa nimadir qilishga intiladi, ammo puli bo’lmaydi. U G’arbdan, jumladan IMF- Xalqaro Valyuta Jamg’armasidan qarz so’raydi. Beramiz , istganingizcha beramiz, ammo siz islohot qilishingiz, bozor iqtisodiga o’tishingiz kerak, degan shart qo’yishadi. U xalqqa “Menga ikki yil berin, men iqtisodni tuzataman”, desa, xalq ishonmaydi, chunki 1991 yildan beri “olti oyda jannat qilib beraman” degan prezident uning cho’ntagini shilib ketdi. Islohotni boshlatsa, hukumat jilovini ushlab turgan narx-navo oshib ketadi, pulning qadri tushadi, bu esa g’alayonlarga olib keladi. Ikkinchi tomonda u siyosiy islohotlarga ham yo’l berish majburiyatida bo’ladi. Bu esa uning tanqidchilarini ko’paytiradi, xalqning anashu tanqidchilar tomoniga o’tib ketishiga zamin hozirlaydi. Xullas, yana boshqa omillar ham borki, kim bo’lishidan qat’iy nazar, bunday holga bardosh berolamydi.

Rashidovdan keyingi kunlarni eslang. Yiliga bir rahbar almashgandi. Ozarbayjonda Abulfayz Elchibey perzident bo’lgan davrni tahlil qiling. Gurjistonda Gamsaxurdiya paytini olib ko’ring. Uzoqqa bormang, Gorbachev tushgan vaziyatga nazar soling. Karimov buni biladi va bir muddat o’tib ba’zilar. “Karimov davri yaxshi edi” deb gapirishlariga ham ishonadi. Xuddi bugun Saddamning davri yaxshi edi, deganlar topilgani kabi. Chunki oddiy xalq kelajak bilan emas, balki bugun bilan yashaydi.

Mening nazarimda Islom Karimov “valiahd” etib uch kishini tanlagan. Ulardan biri Sodiq Safoyevdir. Ikkinchisi Rustam Azimov. Uchinchisi esa Shavkat Mirziyoyevdir. Amerika va Xalqaro tashkilotlar Sodiq Safoyev bilan ishlashni istaydilar va uning islohotlar qilishga moyil,deb hisoblaydilar. Rustam Azimovga ham xuddi anashu ko’z bilan qaraydilar. Lekin Karimov Shakat Mirziyoyevni tanlashi mumkin, agar u bilib-bilmay Karimovning oyog’ini bosib qo’ymasa. Menimcha “o’tish’davri, boshqacha atganda, qurbonlik uchun ulardan qaysi birining tanlashi muhim emas. Ularning ham davri o’tadi.Tez. Ammo ulardan keyin katta g’alag’ovurlar va demokratik saylovlarning bo’ronida tug’iladigan yangi bir lider O’zbekistonni Markaziy Osiyoda Turkiston birligining tashkilotchisiga aylantirishi, dunyoda ham e’tibori yuksak davlat darajasiga olib chiqshi mumkin va uning davri O’zbekistonning qayta tug’ilish davri bo’ladi.

(Vashington, 2002 yil, 28 Aprel)

 

O’ZINI ALDAMOQDA

2003 yilning 25 Aprel kuni, ya’ni bugun Oliy Majlisning 11 sessiyasida kutilmagan voqea yuz berdi. U ham bo’lsa, oldin kun tartibiga kirilmagani va e’lon qilinmagani holda to’satdan “O’zbekiston prezidenti vakolatlarining asosiy kafolatlari haqida”gi qonun qabul qilinishidir. Bunday qonunlar ko’p mamlakatlarda qabul qilingan. Ammo O’zbekistondagisi hech biriga o’xshamaydi. Qizig’i shundaki, bu qonun Islom Karimov xasta ekan, ana ketarmish, mana ketarmish, degan mishlar tarqalgan bir paytda qabul qilindi.

Agar Islom Karimov 2007 yilda ketishga tayyorgalik ko’rayotgan bo’lgan taqdirda oldinda o’nlab sessiyalar bor va buni qoidalarga solib, toshu tarozisini ko’rib chiqib qabul qilish mumkin edi. Apal-tapal qabul qilinishiga ko’ra, boshqa bir gap borga o’xshaydi. U ham bo’lsa, Islom Karimovning o’zi o’z salomatligiga ishonmay qolgan. Doktorlar uni jiddiy ogohlantirishgan. Shu sababdan ham yangi qonunda “salomatligi tufayli” degan kalima alohida o’rin olgan. Lekin gap bunda ham emas.

Qabul qilingan qonun Xalqaro normalarga ziddligi bilan ajarlib turadi. Ko’plab davlatlarda mamlakat rahbarlari vakolat muddati davrida daxlsizlikka egadirlar va vazifalarini bajarishdagi harakatlari uchun vakolat muddati tugagandan so’ng adolat huzuriga chiqarilishlari mumkin. Zotan shu narsa ularning diktatorlik qilmasliklari, qonunlarni oyoq osti etmasliklari uchun bir ogohdir. Ammo diktatorlar o’zlariga yuqoridagi kabi qonunlarni qabul qilib olganlar, Masalan, Chilida Pinochet anshunday umrbod daxlsizlik qonunini qabul qildirgandi.

Agar Oz’bekistonda qabul qilingan qonunga nazar solinsa, prezident istagan odamini qamab, istganini o’ldirib yuborishi mumkin, ammo buning uchun javobgar emas, degan xulosa chiqadi. Buning ustiga u umrbod Senat a’zosi bo’lib qolarmish. Bunday holda senat parlamentning bir bo’lagi emas, kolxozdan farqi yo’q ekanda. Chunki parlament degani bu ma’lum bir muddatga xalq tomonidan saylanadigan vakillarning anjumani degani. Agar Oz’bekiston yakkahokimlik yo’lida qoladigan bo’lsa, tabiiyki bu iddaolarimiz o’z kuchini yo’qotadi. Ammo O’zbekiston demokratik yo’lni tanlagan ekan, uning parlamentida umrbod a’zolar bo’lmasligi, balki xalq tomonidan saylangan a’zolar bo’lishi shart.

Yangi qonunga ko’ra prezident ishdan ketgandan keyin ushlanmas, so’roq qilinmas va shaxsiy kuzatuvdan o’tkazilmas ekan. U Shovruq Ro’zimurodov kabi yuzlab fidoyilarni o’ldirtirgan bo’lsa hammi? Ozbekiston oltinlarini chetga olib chiqib ketgan va ketayotgan bo’lsa hammi? Narkotik kontrabandasi bilan shug’ullanayotgan bo’lsa hammi? Yo’q, bu qonun emas, bu o’z o’zini axmoq qilishdir.

Karimov bugunga qadar o’zbek xalqini aldab keldi, endi esa o’zini aldamoqda. Bugun u o’zi haqida qonunni qanday qilib bir zumda tasdiqlatgan bo’lsa, ertaga bir kun kelib, xuddi shunday bir zumda bekor qilnadi bu qog’oz!

Darvoq, Karimov ham Yeltsin yo’lini tanladi, deyishmoqda. Yeltsin Rossiyaning birinchi prezidenti edi va baholi qudrat demokratiyani boshlab berdi. Sovetlar qulashida esa u demokratiyaning bayrog’iga aylangan inson edi. Ammo Karimov borini ham o’ldirdi. O’zbekistonni botqoqa itqitdi.

Karimovdan keyin O’zbekiston qayta tug’iladi va uning birinchi va haqiqiy prezidenti ham o’shanda paydo bo’ladi. Karimov esa O’zbekiston tarixidagi qora kunlarning ramziga aylanadi. Y’ani zulmat elchisi, deb yodga olinadi.

(Vashington, 2003 yil, 25 Aprel).

 

 

2003 yil, 9-Aprel…

President Bush “Tarixiy lahza” deb atadi.

Iroqning BMTdagi elchisi Muhammad Al Duri “O’yin bitdi” dedi.

Fransiya prezidenti Jak Shirak mamnuniyat izhor qildi.

AQSHning ABC Televideniyesi “Saddam o’z salaflari bo’lmish diktatorlar safidan “munosib” o’rin oldi” dedi….

2003 yil, 9-Aprel, Bag’gdod vaqti bilan soat 6.50…

O’tgan salaflari Stalin, Lenin, Dzerjinskiy…va hokazolar-niki kabi bugungi zulmning yorqin timsollaridan biri bo’lgan Saddamning ham mamlakat poytaxtining Firdavs maydonidagi asosiy haykali qulatildi.

Zulm zavoli shunday bo’ladi!

Ki zulmu zolim taxtga mingusidir,

Muqarrarki kun yetib, ingusidir,

To’rt oyoqli cho’p otda tingusidr,

Oltin oyna qasrlari singusidir…

40 yilda to’plangani 40 kunda bitadi, degan gap bor. Ammo Saddamning xalqqa o’tkazgan zulmi shu qadar o’gir bo’lgan ekanki, uning haykali 40 kunga ham yetmasdan yiqildi.

2003 yil, 9-Aprel, Bag’dod vaqti bilan soat 6.50…

Bu raqamlar barcha zulmkorlarga dars bo’lishi kerak.

Saddamning haykaliga tupurganlar, kalishlarini olib uning yuziga otganlar, yiqilgan haykalning ustiga chiqib tepkilaganlar, bayram qilib tunni kunga ulaganlar kabi zulmingizdan ezilganlar sizning ham oxirgi kuningizni kutishmoqda o’rtoq diktatorchalar! Zotan Prezident Bush ham diktatorboshi Saddamni qulatib uning halaflariga saboq makatabi yaratamiz degandi.Endi sabog’ingizni chiqarib oling.

2003 yil, 9-Aprel, Bag’gdod vaqti bilan soat 6.50…

Ming afsus yuzlab o’qqa uchganlar va yigirmaga yaqin jurnalistlar bu daqiqani ko’ra olmadilar. Ammo zulmning zavolidan ularning ruhlari shod bo’lgan bo’lsa ne ajab?!

2003 yil, 9-Aprel, Bag’gdod vaqti bilan soat 6.50…

Sadamning haykali ustiga avval Amerikaning bayrog’i tortildi, ammo bir daqiqadan keyin xato tuzatildi va Saddamning zulmiga uchragan hamda o’n yil oldin hilpirashdan to’xtatilgan milliy Iroq bayroq’i tiklandi. Bu juda ramziydir. Ma’lum, bir muddatdan keyin butun boshqaruv Iroq xalqiga o’tishining ifodasi bu!

Zulming zavoli Iroq xalqiga muborak bo’lsin!

Demokratiya bu ezilgan xalqning yorug’ kunlarini boshlab kelsin!

Qolgan diktatorchalarning ham tizzalariga qaltiroq tushsin!

Zotan “Borarg’a ne maskan muyassar, Turarg’a ne davlat muqarrar!

(Vashington, 2003 yil, 9-Aprel, Bag’dod vaqti bilan soat 6.55…)

TALABSIZ TALABALAR

“Bugun, 2003 yil 24 Mart kuni Samarqandda Chet Tillar oliygohi talabalari o’z rektorlari Yusuf Abdullayev ishdan olinishiga qarshi bosh ko’tardilar”.

(Xabarlardan)

Talabalar nima uchun millatni, ya’ni ota-onalarini emas, balki rektorni himoya qilib ko’chaga chiqdilar?

Hammamiz ham talaba bo’lganmiz. Biror bir talabaning rektor bilan ishi yo’q. Nari borsa muammosini dekan bilan hal qiladi. Rektorni esa bayramlarda yoki katta majlislarda uzoqdan ko’rib qoladi. Yoki xizmat mashinasida g’izzillab o’tib ketganini ko’chada ko’rib qoladi. Ammo talabalar zulm iskanjasida qolgan ota-onalarini har kun ko’radilar. Bir burda nonini o’zi yemasdan, talaba bolasiga bergan, maktabda o’qigan go’dagiga yangi kiyim xarid qilolmagan, ish qidirib is topolmagan, ish topganda maoshini ololmagan ota-onasining dardlaridan xabarlari bor. Zulm bois quv’ginga olinganlar, qamoqdagi azoblar haqida ham u yoq, bu yoqdan eshitib turadilar. Matbuot va televideniyedagi yolg’onlardan bezillab qolganlar.

Buning ustiga xorijiy tillar oliygohining talabasi tashqi dunyodan ham xabrdor. Millati, ya’ni ota-onasining hayotini taqqoslab ko’rishi uchun misollari yetarli. Dunyo xabarlarini ham xorijiy matboutdan olib turadi. Ba’zan oliygoh yo’llanmasi bilan chet ellarga ham borib keladi.

Ma’lumki, bugunga qadar dunyodagi barcha isyonlar ortida talabalar turgan, ularning harakatlari katta oz’garishlarga olib kelgan. Hech kimning kuchi yetmagan diktatorlarni ham talabalar, yohslar yiqitganlar va bugun ham dunyoning ko’p mamlakatlarida talabalar jamiyatning yetakchi kuchu hisoblanadilar.Ammo Oz’bekistonda bu kuchni yanchib tashlash 1991 yil Yanvarida Toshkent talabalar sharchasida yuz bergan isyondan keyin boshlandi. Hukumat talabalarni kuchsizlantirib qo’yish, ularning g’ayratlarini boshqa tomonlarga yo’naltirish uchun maxsus dastur ishlab chiqdi va bugunga qadar shu dastur harakatda..

Shunday ekan, Samarqandda chet tillar oliygohining talabalari rektor Yusuf Abdullayevni ishdan olishgani uchun nega isyon qildilar? Nega ko’chaga chiqdilar va hokimlikka qadar borib, hatto derazalarni sindirdilar? Buni uyg’onish deya baholaganlar ham bo’lmoqda. Afsuski, bu uyg’onmaslikning, hali ham uyqudalikning yorqin bir ifodasi.

Birinchidan, Yusuf Abdullayev faqulloda bir arbob emas. U xalq orasidan chiqib xalq dardini ko’targan, bugungi rejimga qarashi bosh ko’targan rahbar ham emas. Uning butun faoliyati bugungi hukumatning siyosatini qo’llashga qaratildi. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy komitetidan boshlab hukumatning Moskvadagi vakolatxonasiga va T’alin vazirligidan rektorlikka qadar qayerda ishlamasin hukumatga sodiqligini namoyish etdi. Lekin bu hukumat vaqti-vaqti bilan o’ziga sodiqlarning ham “boshini tanasidan judo” ( tanasi vazifasi ma’nosida tushunilsa ayni muddao bo’ladi-JM) qilib turadi.Sodiq rahbarni ishdan olsalar buni dushmanlarim qilmoqda va prezidentim bilmaydi deb o’ylaydi Yoki o’zini shunday o’ylashga majbur qiladi va perzidentiga bildirishning yo’llarini qidiradi. Bu isyon anashunday yo’llardan biri.

Ikkinchidan, umr bo’yi hukumatda ishlab, pishib ketgan rahbarlar, ayniqsa komsomoldan chiqqan va kommunistik partiya ta’limini olganlar o’z atroflariga o’z odamlarini to’plashni biladilar. Ularning o’rniga keladigan yangi rahbar bu odamlarni quvib, o’zinikini olib kelishini ham yaxshi tushunadilar. Bunga xalq “ratatsiya” deb nom qo’ygan.”Ratatsiya”ga tushganlar anashunday kezda nima qilishni o’ylaydilar. Samarqand misolida Abdullayevdan keyin ketishi kerak bo’lganlar talabalarni qo’llanib, ko’chaga olib chiqqanlar. O’lmagan jondan umid! Oddiy haqiqat shu. Aks taqdirda talabalar rektorni emas, o’zlariga undan ham yaqinroq bo’lgan ota-onalarining manfaatalarini himoya qilib ko’chaga chiqqan bo’lardilar.

Uchinchidan, ularning rektorni o’z o’rniga tiklash talabini jamiyatning pishib yetilgan talabi deb aytolmayman. Jamiyatning pishib yetilgan talabi bilan, ya’ni “Prezident iste’foga ketsin”, “Biz demokratik, adolatli va erkin saylovlar istaymiz!” “Matbout erkinligi, so’z erkinligi, ishonch erkinligini istayamiz!” “Biz islohotlar istaymiz, yolg’onga chek qo’yishni, adolatni tiklashni istaymiz!”. “Mirshbalar kalatklayotgan o’ta-onalarimiz, suddan adolat topolmayotgan yurtdoshlarimizni bu kuyga solayotganlar hukumati bilan birga daf bo’lishini istaymiz”, “Jamiyatni poraxo’rlik botqog’iga botirganlar yo’q bo’lsin!” kabi talablar bilan chiqishganda men ularga qoyil qolgan va ofarin degan bo’lardim. Ammo talabalarning talabsiz isyonlari bu fojiadan, ya’ni ularni qo’llanish davom etayotganidan darak, ya’ni ular hali mustaqil kuchga, ongli harakatga aylanmaganlaridan darak.

(Vashington, 24 Mart, 2003 yil).

 

KARIMOVNING “O’YINI”

Islom Karimovning 14 Mart kungi Farmoni bilan A. Komilov maslahatchi bo’ldi (nazorat maydoniga olindi) va ilgari ham ayni joyda bir marta o’tirib ko’rgan Sodiq Safoyev Tashqi Ishlar vaziri etib tayinlandi. Bu voqeani turlicha baholayotganlar bo’lmoqda. Hatto Sodiq Safoyevni bo’lajak prezident deganlar ham topilmoqda.

Menimcha keyingi kunlarda bo’layotgan o’zgarishlar ortida boshqa masala bor. Yodingizda bo’lsa, Karimov Rossiya bilan munosabati vaqtincha buzilib Amerikaga yuz burgan kunlarda ildizi Moskvaga qadaladigan Mudofaa vaziri Rustam Axmedovni olib tashlab, o’rniga Vashingtonda aloqalari yaxshi bo’lgan Qodir G’ulomovni qo’ygan edi.

Bu safar ham ayni uslub, gap shundaki Islom Karimov Iroq masalasida Amerikaning pozitsiyani qo’lladi va Rossiya qarshi jabhada qoldi. Eski Sovet zehniyatiga ega Karimovning kallasida bunday paytda “Rossiya menga qarshi bir ish o’ylashi mumkin” degan xayol kechishi aniq. Shunday holda u kimlar Rossiyaga qo’l kelishi mumkinligini nazardan o’tkazadi. Tarozining o’gir toshiga aylangan Abdulaziz Komilovning ildizi Moskvada. Vladimir Putinning shogirdlaridan biri. Rossiya bir ish qilmoqchi bo’lsa, MXX orqali qilishi mumkin. MXXning ham Putinning ham siyangani Komilov bo’lishi mumkin.

Karimov eng kichik xavfni ham bartaraf qilib turadigan fenomen bo’lgani uchun Tashqi ishlar vazirligini bir oyog’i Amerikada bo’lgan va sotib olish uchun Rossiyaning puli yetmaydigan kishi bilan mustahkamlab qo’ymoqchi bo’ldi. Ammo bu vaqtinchalik odim. Bir yildan keyin yoki oldinroq yana Moskva bilan eskichasiga o’giz burun o’pishsa tabiiyki o’zgacha odim otadi.

Karimovning o’yinlarini bilgan odamlar uchun bu voqealar tanish.

Boshqacha aytganda Karimov o’zi bilan o’zi o’ynaydigan shaxmat taxtasida yana bitta toshni u yoqdan bu yoqqa siljitib qo’ydi. Vassalom, bo’lgan gap shu!

(Vashington, 15 Mart, 2003 yil)

 

ISTE’FO TALABI VA QO’RQUV

7- mart kuni Toshkentda “Amerika ovozi” va “Ozodlik” radiosining muxbirlariga hujum qilindi. “Amerika ovozi”ining Toshkentdagi hamkori Behruz, Ya’ni Yusuf Rasulov va “Ozodlik” radiosining hamkori Husniddin Qutbiddinov poytaxtning Eski shahar qismida jurnalistik vazifalarini bajarayotgan bir paytda kaltaklandilar.

Bu joyda 8- mart xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida prezident Karimovning iste’fosini, qamoqlardagi qiynoqlarni to’xtatishni, begunoh qamalgan bolalari va turmush o’rtoqlarini ozod qilish talabi bilan bir guruh musulmon ayol namoyishga chiqqan va ular militsiya xodimlari tomonidan kaltaklanib olib ketilgandi…

Qo’li va kiyimlari qon bo’lgan mirshabga “Ayollarga nima bo’ldi, ularni qayoqqa olib ketishdi?”, deb savol bilan murojjat qilgan jurnalistlar oradan ko’p o’tmay o’zlari ham kaltaklar zarbi ostida qoldilar.

Bunday, namoyishni yoritish uchun mahalliy jurnalistlar jur’at eta olmasliklari aniq. Ammo xalqaro jurnalistlar qiyinchilik bilan baholi qudrat bu ishni bajarib kelayotgan edilar. Endi ular ham zulmning tegirmon toshiga duch keldilar. Lekin bu tosh ularni eza olmasligini zulm idrok eta olmayotir.

Shu o’rinda aytish kerakki, O’zbekistonda keyingi paytda jurnalistlarni qo’rqitib qoyish mexanizmi izga tushmoqda. Masalan, oxirgi bir oyning ichida G’ayrat Mihliboyev qamab yuborilgani, Olim Toshev, Lutfullo Mamasoliyev ustidan ish qo’zg’atilgani, Tox’tamurod Toshev, Murod Kalonxonov qamoqqa olingani, Ergash Bobojonov sud qilingani xalqaro jamoatchilikda jiddiy tashvish uyg’otdi. Jumladan, AQSH Davlat departamenti bu borada bayonot berib, O’zbekistonda jurnalistlarga ta’qib to’xtatilishini talab qildi va hukumatga matbuot erkinligi borasida bosim o’tkazish yo’lida qarorli ekanligini bildirdi.

Ammo mazkur bayonotdan keyin oradan to’rt kun ham o’tmay xalqaro jurnalistlar kuppa kunduz kuni, ahli ayonning ko’z oldida kaltaklanib, qo’llaridagi ish qurollari tortib olindi. Bu voqea bugun dunyoning diqqat markaziga tushdi. AQSHning nufuzli gazetalari terrorizmga qarshi kurashda Qo’shma Statalarning yaqin hamkori bo’lgan O’zbekiston amalda inson huquqlarini toptash bilan birga matbuotni nazorat qilishni kuchaytirgan holda jurnalistlarga nisbatan mutlaqo toqat qilib bo’lmaydigan faoliyat ko’rsatayotganini yozmoqdalar.

Jumladan, “The New York Times” gazetasi bugungi sonida “O’zbek to’dasi ikki jurnalistni kaltakladi” degan maqolani chop etgan. Unda qiynoqlar odat tusiga kirgan O’zbekistonda “Bu qiynoqlarni to’xtating!”, deb ko’chaga chiqish nooadatiy hol ekanligi, ammo bir guruh ayollar bunga jura’t etishgani ta’kidlanar ekan, bu voqeani yoritishga uringan jurnalistlar kalatklangani, ularga tan jarohati yetkazilgani va ularning ish qurollari tortib olingani mamlakatning qaysi yo’lda ekanligini ko’rsatuvchi dalil bo’lganini ta’kidlanadi.

Diniy erkinlik bug’ilgan, saylovlar adolatsiz bo’lgan O’zbekistonda matbuot xodimlariga bunday munosabat tashvishli ekanligi urg’ulanadi.

“The Washington Times” gazetasi ham mazkur masalada bugun katta bir maqola bergan va uni “Mirshablar jurnalistlar kaltaklanishini tomosha qildilar” deb nomlagan. Maqolada, o’zbek rasmiylari, jumladan Islom Karimovning o’zi sovetlar davrining “m’erosi” ekanligi qayd etilgan holda uning rejimi korrupsiya va repressiya botqo’g’i ustida turgani yoziladi.

Yuz bergan voqeaga boshqa nashrlarda ham anashunday keskin munosabat bildirilar ekan, bir qator xalqaro tashkilotlar ham bu voqeani qoralamoqdalar. O’zbekistonning ichida ham bu ishni hukumatga oid odamlargina amalaga oshirishi mumkinligi ochiq aytilmoda. Mustaqil jurnalist, “O’tyuraklar” tashkilotining asoschisi Mo’tabar Tojiboyevaga ko’ra hukumat bunday ishlarni tap tortmay qiladi va so’ngra xabarim yo’q deb turaveradi. “Ozodlik” radiosining muxbiri Husniddin Qutbiddinov esa ualrni urgan kishilarni turli namoyishlar bo’lgan kunlarda ko’p bor ko’rganlarini va qolaversa ular Ichki ishlar vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash bo’limida ishlagan xodimlar ekanligini aytgan guvohlar bo’lganini qayd etadi.

Ha, O’zbekiston rahbariyatining ko’rsatamasi bo’lmagan holda jurnalistlarga hujum qilish, ularning “ish qurollarini” tortib olish hodisasi yuz bermasligi hammaga ayon. Ba’zi manbalardan olingan xabarlarga ko’ra 6- mart kuni Nezavisimiya gazetasida Karimovning “salomatligi yomonlashgani va hatto o’lgan bo’lishi mumkinligi” haqidagi maqola uning qattiq jahlini chiqargan va xorijiy muxbirlarning jazosini berib qo’yishni talab qilgan. Ammo ilk hujumga Amerika matbuotining vakillari tushib qolishini esa xayoliga ham keltirmagan. Shu bois jurnalistlarga hujum qilganlar “kuyib” qolishlari ham hech gap emas. Shunaqa, rejim quturganda nima qilayotganini o’zi ham bilmaydi.

Bu voqeadan esa ikki jiddiy xulosa kelib chiqadi.

Birinchidan, bu voqea O’zbekistonning yaqin kunlarida prezident Karimovning is’tefosini talab qilib o’tkazilgan ilk siyosiy namoyish ekanligi bilan ajralib turadi. Shu bois hukumat namoyishchilarga shavqatsizlarga munosabatini yana bir bor ko’rsatishi bilan birga ba’zi ayollarning bo’lgan voqea haqidagi gaplarini yozib olishga ulgurgan jurnalistlarga nisbatan ham zo’ravonlik qildi. Iste’fo talabi va bu talabdan qo’rquvning manzarasi bu.

Ikkinchidan, hali yaqindagini O’zbekistonda jurnalistlarning ma’lumot olishlarini kafolatlaydigan yangi qonun prezident Islom Karimovning imzosi bilan kuchga kirgan edi. “Amerika Ovozi” va “Ozodlik” radiosining muxbirlariga nisbatan yuz bergan bu voqea esa O’zbekistonda qonunlar nimayu hayot nimaligini yana bir isbotladi. Rejimning so’zi va yuzi ikki ekanligini ko’rsatdi.

(Vashington,8-Mart, 2003 yil)

 

TURKMANISTON va MEN TANIGAN KARIMOV

Turkmanboshi ham Karimov ham yakkahokimlik, diktatorlikda bir-biridan qolishmaydigan zotlardir. Bunday odamlar xalqning ko’z o’ngida og’iz-burun o’pishsalarda orqada bir-birlariga hasad qilib “xanjar” ham sanchaveradilar. Bundaylar paranoya kasalining mubtalosi bo’ladilar va nima qilayotganlarini o’zlari bilmaydilar. Bu birinchi xulosa.

Diktatura hukmron bo’lgan mamlakatda biror-bir rahbar o’z xohishi bilan, mustaqil holda biror ish qlimaydi. U har tarafda diktatorning “quloqlari” va “qo’llari” borligini biladi, hushida emas, hatto tushida ham mustaqil odim otishga cho’chiydi. Bu ikkinchi xulosa.

Diktator har kuni, har tarafdan maqtov eshitaverib, o’zini dunyoning eng kuchli odami deb his qilib qoladi. Yuksalib ketgan “reytingi’ga ishonib qo’shni davlatlarni ham o’z viloyatlari o’rnida ko’radi va “hokim’larini almashtirishga harakat qiladi. Bu uchinchi xulosa.

Ana endu bu xulosalarni keltirib chiqargan savollar.

Agar bir voqea yuz bersa va diktator bundan bexabar bo’lsa, o’sha zahotiyoq yuzlab odamlarning boshi sapchadek uchib ketmaydimi?

Turkmanboshi va uning bosh prokurori O’zbekistonni ayblagandan keyin ham Toshkent bir necha kun “mum yutib”, nega jim turdi?

Nega na MXX, na IIV, na Chegara qo’shinlari safida hech qanday o’zgarish bo’lmadi?

Terrorizmga qarshi urush borayotganini bahona qilib, qush uchsa oyog’idan urib tushirilayotgan O’zbekistonning chegaralari Shuxmurodovlar uchun “kirdi-chiqdi” joyiga aylangan bo’lsa nega darhol Xavfsizlk kengashi chaqirilib chorasi olinmadi?

Moskvada yoki Chukotkada bir gap bo’lsa “hassoslik” bilan tadbir oladigan president bu safar qayerda edi?

Buning ustiga Toshkent xuddi Boris Shixmuradovning chegardan o’tganini o’zi boshqargani kabi Tashqi ishlar vaziri A. Komilovning Shixmurodov Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri bo’lgan va uning O’zbekistonda tanishlari, do’stlari ko’p bo’lishi tabiiy va u bu yerga kelib- ketgan bo’lsa bizning xabarimiz yo’q, deyishi “Bu ishni biz qildik” degani emasmi?

Yoki bugungi kunda O’zbekistonga kirib chiqish shu qadar osonlashtirib yuborildimi?

Ayniqsa qiduruvda bo’lgan Shixmurodov kabi bir odam O’zbekistonga kelib, bu yerda emin-erkin yursa, chegardan o’tib Turkmanistonda suiqasdga rahbarlik qilsa va O’zbekiston elchixonasida boshpana topsa va bu ochilib qolgandan keyin ham Karimov hech kimni jazolamasa… yo’q bu men tanigan Karimov emas! Men tanigan Karimov bunday paytda devonni ag’dar to’ntar qilib, maslahatchilaridan boshlab vazirlarga qadar bir qancha odamni do’pposlash bilan birga ularning “dumini tugib” yuborgan bo’lardi. Nahotki Karimovning bunday diktatorlik “uslublari” o’lib qolgan bo’lsa?

O’zbekistonning Turkmanistondagi elchisi Abdurashid Qodirovning suiqasdga aralashgani ochilib qolgani zahotiyoq nega Karimov hassoslik bilan uni chaqirib olmadi va “nima bo’ldi?’ deb so’ramadi?

Hatto Turkmaniston o’zbek elchisini chiqarib quvganda ham nega Karimov xalqaro protokol boyicha ayni javobni qilib, turkman elchisni chiqarib yubormadi?

Nega O’zbekistonni qurbsiz, iqtidorsiz bir vaziyatga soldi?

O’zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasi uning hududi hisoblanadi. Turkmanlar bu joyga bostirib kirishganda nega O’zbekistonning xavfsizligi va bir-butunligi uchun kafolatni bo’yniga olgan prezidenti jim edi?

Undan urush e’lon qilish talab qilingan emas, nega u O’zbekiston hududini himoya qila olishi mumkinligini aytib chiqmadi?

Bunday holatlarda darhol prezidentning o’zi bayonet berishi kerak emasmi?

Ashgabatda Turkmanboshi O’zbekistonni ayblar ekan, Toshkentda Karimovning sadosi chiqmayotganing boisi nimada edi?

Jimlik alomati gunohmidi yoki?

Ikki gapning birida qo’shnilarini ayblab turadigan Karimov nega bu safar kabinetidan maydonga chiqmadi?

Ashgabatda Boris Shixmuradov qo’lga tushishi bilanoq Karimov apal- tapal Qashqadaryoga borib, o’zining eng yaqin odamlaridan bo’lgan Baxtiyor Hamidovni kutilmaganda ishdan olib qaytgani nimani anglatadi?

Hali Turkmaniston Shixmurodovni Karimovning o’zi qabul qilib, keyin Ashgabatga jo’natgan ekan, deb aylab qolmasin tag’in?

O’shanda “Men emas, sobiq hokim qabul edi”, deyish uchun zamin hozirlash emasmikan bu?

Yoki boshqa sirlar o’chib qolgan taqdirda “aybdor” ni tayyorlab qo’yish uchun hechdan ko’ra kech bo’lsa ham bir odim otildimi?

Turkmanlar suiqasd rejasi Qarshida tayyorlanib, e’lon qilinadigan barcha farmonlar matni shu joyda yozilganini ma’lum qilganidan keyin barcha ayb Hamidovga yuklanib, uni yo’qotishga qaror qilindimikan?

Ashgabatda Afg’oniston va Pokiston rahbarlari turkman gazini dunyoga olib chiqish borasida bitim imzolgan kun Shixmurodov va Iqlimovning qo’lga tushishi ortida qanday sir bor edi?

Balki O’zbekiston rahbari bu bitimga qarshi bo’lgan Rossiyaning “oyinni buzish” borasidagi sherigiga aylanib qoldimi?

Bo’lmasa Ashgabat tarfidan kelib chiqishi turkman emas, armani deb aytilayotgan Shixmurodovga yaqinlik ko’rsatishdan maqsad nima edi?

O’zbekiston Tashqi ishlar vazirining bayonotida Shixmurodovni hurmatli shaxs qilib ko’rsatishga urunishni qanday izohlamoq kerak bo’lmasa?

Nega senzura bekor qilingan O’zbekistonda turkman voqelari haqida yozilmadi?

Hatto hukumatning “to’ti qushlari” ham nega jim edilar?

Bu sirli sukunat nimani yashirayotgan edi?

Bu ishlarning hammasidan Karimov bexabar qolgan deb tasavvur ham qilaylik. U holda O’zbekistonda diktaturaning tagiga suv ketgan degan xulosa kelib chiqmaydimi?

Yoki MXX degan tashkilotni darhol isloh qilinishi va yoki Prezident devoni qoshida tuzilgan va birinchi MXXni kuzatib turadigan ikkinchi “MXX”ni tarqatib yuborishi kerak emas edimi?

Shixmuradov Rossiyada edi va shu yerdan O’zbekistonga borgan bo’lsa Karimovning ikki “MXX” sidan bittasi Rossiya bilan birga ishlamoqda, degan xulosa chiqmaydimi?

Turkmaniston va Karimov deganda mening xayolimga anashunday savollar keldi. Balki oshirib yuborgandirman? Lekin bir oddiy odamning savollari bular. Kim biladi sizning ko’nlingizdan yana ham ko’proq savollar kechgandir?

Savollar fosh qiluvchidir va xulosaga olib boruvchidir….

Darvoqe, kirib kelayotgan yangi yilingiz muborak bo’lsin va yangi yilda bunday savollarga ehtiyoj tuymaylik.

Xayr- savollar ko’lankasi 2002 yil!

Salom javoblar umidi 2003 yil!

(Vashington, 2002 yil, 28 Dekabr)

TOJIKISTON HAM BO’Y KO’RSATMOQDA

Keyingi paytlarda AQSH va Tojikiston munosabatlarida katta o’zgarishlar ko’zga tashlanmoqda. Davlat Departamenti yaqinda e’lon qilgan hisobotga ko’ra 1992 yildan hoziriga qadar AQSH bu o’lkaga 508 million dollarlik moliyaviy yordam ko’rsatgan. Bundan tashqari 73 million dollar miqdorida insonparvarlik yordami yuborgan.

Davlat Departamenti keyingi paytda Tojikistonda demokratiya tomon siljish borligini ham qayd etgan holda hali bu mamlakatning boshqaruv tizimi jiddiy tahlika bilan yuzma-yuz eknanligini ham diqqatdan qochirmaydi.

Jumladan Davlat Departamenti 20 dekabr (2002 yil) kungi hujjati bilan Tojikistonga safar qilish borasida 2001 yilning 25 dekabrida e’lon qilgan ogohini yana uzaytirdi.

Ma’lumki, 1998 yilda AQSH fuqarolari va manfaatlariga qarshi jiddiy tahdidlar paydo bo’lgandan keyin AQSHning Tojikistondagi elchiligi faoliyatlarini boshqarish Dushanbedan Qozog’istonning Almati shahriga ko’chirilgan edi. Davlat Departamenti ta’kidlaganiga ko’ra, bugun ham Tojikiston Qo’shma Shtatlar fuqarolari uchun jiddiy tahlikali mintaqa o’laroq qolmoqda. 1997 yilda Tinchlik bitimi imzolangandan keyin bu o’lkada xavfsizlk masalasida oldinga siljishlar bo’ldi. Lekin odamlarni o’g’irlash, garovga olish, o’ldirish kabi voqelar haliga qadar davom etmoqda. Ayniqsa amerikaliklarga qarshi tahdid hali ham saqlanib qolayotir.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonov 8-10 Dekabrda Vashingtonga tashrif buyurganda ham bu masala diqqat markazida edi. Jumladan AQSH va Tojikiston terrorizmni bartaraf etish yo’lida birgalikda kurashish borasida hujjat imzolar ekanlar, O’zbekiston Islomiy Harakati(O’IH)ga qarshi ham hamjihat bo’lib, izchil kurash olib borishlarini ifodalagan edilar.

Davlat Departamenti ham e’lon qilgan hujjatida diqqatni O’IH ga tortadi. Bu harakat Al Qoida terroristik tizimining bir bo’lagi ekanligi, Tolibon bilan sherikligi qayd etilgan holda uning AQSH harbiy kuchlarining zarbasidan tor-mor bo’lgani aytiladi. Lekin O’IHning amaliyotlar o’tkazish qobiliyati yakson qilingani bilan uning tarafdorlari qaysi bir ko’rinishlarda terroristik harakatlar qilishlari mumkinligi borasidagi tahlika saqlanib qolayotganiga urg’u beriladi. Ayniqsa amerikaliklarga Kofarnihon mintaqasiga, Afg’oniston va Qirg’iziston bilan bo’lgan chegara hududlariga, Qarategin vodiysi hamda Tavil Daraga bormaslik tavsiya qilinadi.

Xullas, bunga qaramasdan AQSH Tojikiston bilan munosabatlari zamirida bu mintaqani tahlikalardan xoli etish, endigina chechak otayotgan demokratiyasini qo’llab, katta yo’lga olib chiqish va mamlakat iqtiosdini oyoqqa qo’yish uchun iqtisodiy dastaklash kabi maqsadlarni nazrda tutmoqda. Bu esa mintaqada Tojikistonning ham e’tibori oshayotganidan darak beradi.

(Vashington, 2002 yil, 4 dekabr).

 

XALQI QASSHOQ, MALIKASI BOY MAMLAKAT

 

 

Ayni mavzuda yozilgan oldingi maqolalarimizda ta’kidlanganidek, New Jersey shtati Oliy sudidagi mojaro hali ham davom etmoqda. Oldingi mahkamalarda sud prezidentning qizi diplomatik daxlsizligi borligini ro’kach qilganini o’rganib chiqib, vajni rad etgandi va 9 yoshli Islom hamda 4 yoshli Iymonga otasi Mansur Maqsudiy egalik qilishi haqida qaror olgandi. Ya’ni Gulnora Karimovani onalik huquqidan mahrum etgandi. Bu esa AQSHning barcha huquq tartibot organlari sudning qarori bajarilishi uchun birinchi galdagi imkoniyatdanoq foydalanib bolalarni otasiga qaytarishlari kerakligini anglatsada bolalar hali ham O’zbekistonda va bu masala qachon aniqlashishi noma’lum bo’lib turibdi.

Endi Oliy sud mazkur masalaning moliyaviy jihatlarini ko’rib chiqdi. Islom Karimovning sobiq kuyovi Mansur Maqsudiy huquqiy xarajatlar uchun oldindan 80 ming dollar to’lagan va buning bir qismini Gulnora Karimova ko’tarishi kerakligi masalasida sudga murojaat qilgan ekan. Sud Gulnora Karimova huquqiy xarajatlar, xalqaro ekspertlarga to’langan mablag’, qaydiyat masraflari hamda boshqa xarajatlar uchun darhol 50 ming dollardan ziyod pul to’lashi kerakligini qarorga bog’ladi.

Maqsudiyning advokati, Gulnora Karimovaning bu pulni darhol to’lamasligi uning mol-mulki yuzasidan hukm chiqarishga yo’l ochishini, prezidentning qizining dunyoning juda ko’p joylarida, jumladan Shvetsariya va Kayman orollarida hisoblari, mol-mulki mavjudligini aytgan. Shungdek,Gulnora Karimova o’z advokatiga qo’shimcha ravishda 200 ming dollar to’lashi kerakligi ham yozilmoqda.

Ajaralish mojarosi davomida bolalarning salomatligi hamon diqqat markazida turibdi. Gulnora Karimova bolalarni otasi bilan gaplashtirmagani haqida sudga yozgan izohotida o’g’li Islom ruhiy jihatdan sog’lom emasligi va uni ruhiy kasalliklar shifokoriga ko’rsatib turish kerakligini qayd etgan. Bola otasi bilan gaplashgandan keyin yana ham og’ir vaziyatga tushgani aytiladi. Shungdek, Gulnora Karimova qizi Iymon Ingliz tilida gaplashishni unutgani va otasi o’zbek tilini bilmagani bois u bilan muloqot qilish imkoniga ega emasligini aytgan. Bu bahonalar esa sudda otaning foydasiga qaror chiqishiga sabab bo’lgan omillardan biri edi.

Xullas, O’zbekiston va Amerika orasidagi ajralish mojarosi Gulnora Karimovaning ketma-ket mag’lubiyatlari va prezident oilasining sirlari ochilishi bilan bilan davom etmoqda.

Mana, O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning dunyoning juda ko’p mamlakatlarida hisob raqamlari borligi oshkor bo’ldi. Xo’sh, bu hisoblarda qancha mablag’ bor va bu pullar qayerdan topildiyu nega chet ellarga chiqib ketdi? Buning ustiga o’zbek podshosining qizi bo’lgan malikai turondotning chet ellarda katta mol-mulki ham borligi aytilmoqda. Amerika mahkamasida aytilgan bu gaplarga nahotki O’zbekistonda munosabat bildiradigan kishi yo’q? O’zbekning boyligi, o’zbekning puli shu qadar ham egasizmi? O’zini muxolifat deb yurganlar nega bu masaladan ko’z yumib kelmoqdalar? Nega buni tinimsiz fosh qilish haqida o’ylamayaptilar? Agar biror- bir g’arb davlatida shunday voqea o’rtaga chiqsa bu muxolifat uchun eng katta qurol bo’lishini biznikilar bilmaydilarmi? Nega muxolifat maxsus bayonotlar bilan chiqmadi va nega o’zini mard hisoblagan deputatlar parlamentga so’rov kiritmadilar?

Savollar va savollar… Javobsiz savollar…

(Vashington, 14 Dekabr, 2002 yil).

 

PULLAR QAYERDA? KARIMOV HISOB BERADIMI?

AQSH Davlat departamenti 2002 yilda O’zbekistonga ko’rsatilgan moliyaviy yordamlar hisobotini e’lon qildi. Unga ko’ra AQSH hukumati( e’tibor bering faqat hukumat) yil davomida O’zbekistonga 508 million dollar atrofida moliyaviy yordam qilgan. Bu qarz emas. Yordam. Qarz esa bu ko’rsatkichdan bir necha marta ko’p. Bunga qo’shimcha ravishda Mudofaa yo’li bilan 266 million dollarlik insonparvarlik yordami jo’natgan.

Hukumat idoralari orqali berilayotgan yordam quyidagi yo’nalihslarga qaratilgan:

-demokratiya dasturlariga 26 million dollardan ziyod;

-ijtimoiy xizmatga 45,5 million dollar;

-bozor iqtisodi dasturlariga qariyb 11 milion dollar;

-xavfsizlik va huquq tartibot organlariga 79 million dollar;

-insonparvarlik maqsadlarida 53,1 million dollar;

-mahhaliy rivojlanuv dasturlari uchun 5,5 million.

2001 yilning 11 sentyabridan keyin AQSH hukumatining            O’zbekistonga ko’rsatayotgan moliyaviy yordami yanada tez suratalar bilan o’sib bormoqda. Bu voqealardan oldin ham Amerika hukumati turli dasturlar yo’li bilan yordam berib kelayotgandi.

Masalan 1993 yildan buyon hukumat AQSHga tajriba almashinuv uchun kelgan 2000 dan ziyod o’zbekning safar xarajatlarini ko’targan. Bu yil anashu boradagi harakatlar yana ham jonlantirilgan va endi yuqori sinf o’quvchilari ham “Bo’lajak liderlar” dasturi asosida Amerikaga kelib ketmoqdalar.

Fuqarolar faolligini oshirish, internetdan foydalanish, sud islohotlari kabi turli yo’nalishlarda ham yordamlar ko’rsatkichi oshib bormoqda. Birgina eksport nazorati va chegaralar mudofaasi uchun AQSH favqulodda yordam fondidan O’zbekistonga 18 million dollar bergan. Shungdek, O’zbekiston tashqi harbiy moliya yo’li bilan 36 millon dollar olgan.

Bu yil insonparvarlik yordamlari ham har qachongidan ko’p bo’lmoqda. Agar birgina avgust oyida 53 million dollarlik tibbiy jihozlar yordami ko’rsatilgan bo’lsa, shu yilning dasturlari asosida shu xususdagi ko’rsatkich 116 million dollarga yetishi nazarda tutilgan. Bu O’zbekiston qishloq xo’jalik vazirligi orqali olayotgan 48 million dollarlik yordamni ham o’z ichiga qamraydi. Boshqacha aytganda bu 100 ming tonnalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni nazarda tutadi.

Bular AQSH hukumati yo’li bilan ko’rsatilayotgan yordamlardir. Nohukumat yo’llar orqali berilayotgan va qarzlar alohida masaladir. Amerika hukumati qancha berganini e’lon qildi. Xo’sh O’zbekiston hukumati bu pullar qayerga ketganini qachon e’lon qiladi. Karimov ketgandan keyinmi? U paytda kech bo’ladi, chunki bu pullarning izini ham topolmaysiz unda.

Shu o’rinda yana bir narsani ta’kidlash kerak. O’zbekiston olayotgan yordam MDH davlatlari ichida eng ozidir. Sababi esa Toshkent rejimi. Chunki Amerika ko’p yordamlarni maxsus dasturlarga beradi (masalan, men mustaqil televideniye ochmoqchiman va unda shuncha odam ishlaydi, shuncha texnika olamiz, kabi turli maqsadlarda tayyorlangan dasturlar, Oz’bekistonda bunday dasturlarga yo’l berilmaydi) va bevosita odamlarga yetib borishini istaydi. O’zbekistonda mustaqil dastur tayyorlash va mustaqil demokratik ish qilish mumkin bo’lmagani uchun olingan yordamlar birgina Qirg’izistonda 2 milliardga ayqin bo’lsa O’zbekistonda yarim milliard dollar atrofidadir. O’zbekiston va Qirg’iziston aholisi sonidagi nisbat solishtirilganda esa yordamlar naqadar kam olingani yaqol ko’zga tashlanadi. Lekin O’zbekiston hukumatiga yordamni xalq emas, o’zi olsa, bas. Chunki Karimov gapda xalq boy bo’lsin, degan bilan amalda buni o’ylagan ham emas, o’ylamaydi ham. Buni yuqoridagi faktlar ham isbot etmoqda.

(Vashington, 14- dekabr, 2002 yil)

 

PREZIDENT VA OILASI

Dunyo matbuotida eng ko’p yoziladigan va eng ko’p o’qiladigan mavzulardan biri mamlakat rahbarlarining oilalari , yaqinlari bilan bog’liq xabar hamda maqolalardir. Ma’lumki, bu mavzu O’zbekistonda yopiq. Agar O’zbekistonda matbuot erkin bo’lganda hozir eng ko’p yozilgan va va eng ko’p o’qilgan xabar, maqolalardan biri prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova bilan bog’liq bo’lgan bo’lur edi.

Aslida demokratik jamiyatlarda bu narsadan qo’rqilmaydi va buning siyosiy faoliyatga u qadar ta’siri ham yo’q. Siyosatchining oilasi va o’ziga ayri-ayri qarash shakllangan. Masalan, bu yilgi (2002 yil 5 Noyabr) saylov arafasida prezident Bushning ukasi Florida shtatining gubernatori Jeb Bushning qizi narkotik iste’mol qilgani va uni davolanishga yuborishganda bosh tortgani uchun sud huzuriga olib chiqilgani nafaqat Amerikada, balki G’arb o’lkalarida juda ko’p yozildi. Ammo saylovda Bushning partiyasi g’olib chiqqani barobarida ukasi ham Florida gubernatorligiga qayta saylandi. Ya’ni qizi bilan bog’liq masalaning saylovga ta’siri bo’lgan emas. Ammo odamlar qiziqqani uchun bu mavzu izchil yoritib borildi. Agar bu narsa yashirilsa va xalq mish-mihslar orqlai buni eshitsa u holda saylovda jidiy to’siq tug’ilishi mumkin. Demokratiya va oshkoralikning kuchi anshunday holatlarda yaqqol ko’zga tashlanadi.

Lekin O’zbekistonda prezidentning qizi Amerikalik eridan ajralganda ham xalq bundan bexabar bo’ladi va yoki xorijiy matbuotdan bilganlardan eshitadi. Shu kunlarda xorijiy matbuotda O’zbekiston bilan bog’liq ikki mavzuda bir qator maqolalar chiqmoda. Biri yuqorida ta’kidlaganimiz, Gulnora Karimova New Jersey shtatining sudi bergan bir oylik muddatda mahkama talablarini qanday bajargani, bolalari Islom va Iymonni amerikalik otasi otasi Mansur Maqsudiyga ko’rsatmagani masalasidir.

Sudning talabi bilan telefon so’zlashuvi tashkil qilinganda 9 yoshli Islom bir necha oydan beri ko’rmagan va mehriga zor bo’lgan otasiga “Men sen bilan gaplashishni istamayman” deb javob bergani diqqat tortdi. Endi sud bu ishga psixologni taklif qildi va video tasmaga yozish sharti bilan suhbat uyushtirishni buyurdi.Agar bu amalga oshmasa sud Gulnora Karimovani qamash va kuniga 500 dollardan jarima to’lashi haqida qarorga kelishini ma’lum qilgan. Amerika zehniyatida 9 yoshli bolaning bunday javob qilishini chetdan ta’sir va yoki kasallik belgisi, deb qarashadi. Xullas, nikohni Amerikada qilib, ajralishini O’zbekistonda hukmga bo’glatgan Gulnora Karimova bilan bog’liq masalada sud unga yana bir oy muhlat tanidi.

Yana bir masala esa, Indonesiya prezidenti Megavati Sukarnoputrining 50 yoshli ukasi Muhammad Guruxning 23 yoshli Ozbek raqqosasi Sabina Guseynovaga uylangani haqidagi maqolalardir. Masalan, “Nezavisimaya gazeta”sining yozishicha butun boyliklarini oilasiga emas, millatiga me’ros qoldirgan prezident Sukarnoning o’zini muzika olamiga baxshida qilgan uncha boy bo’lmagan o’gli o’zbek xotinidan besh bola istaganmish. Guruxning otasi Sukarnoning yettita xotini bo’lgan ekan. Muhammad Guruhning esa noyashirin 20 ga yaqin jazmani borligi aytiladi. Indoneziya matbuoti anashunday xabarlar bilan to’lib toshgan.

Bir paytlar Amerikaning havoisga uchgan Gulnora Karimovadek bir kun Sabina Guseynova ham qiyin vaziytga tushib qolsa nima bo’ladi, degan savollar ham ko’p. Chunki uning otasi prezident emaski, borib Toshkentda nikohni bekor qilsa?! Shuning uchun ham bu oilaga abadiy totuvlik tilanmoqda. Lekin tilaklar bilan hayot odimlari hamma vaqt ham baravar kelavermaydi.

Umuman esa liderlarning shaxsi va oilasi haqida xalq hamma narsani bilishni isyatdi. Zotan lidrelikka bel boglading-mi buni ko’zga olish shart.

Xulosa o’rnida esa shuni aytish kerakki, qachon Oz’bekistonda Prezidentning va boshqa liderlarning oilasi haqida hamma gaplar ochiq yoziladigan bo’lsa, demak o’shanda bu yurtga demokratiya oralabdi, deyish mumkin. Chunki bu demokratiyaning muhim uchqunidir. Ungacha esa “yopiq oqozon”- kommunistik tizimning qoidalari hukmron bo’lib qolaveradi. O’zbekistonda Prezident u yoqda tursin hali muxolifat ham demokratiyaning bu talabiga bardosh bera olmayotir. Bu esa kommunistik qoida shuurlarga qanchalik chuqur singib ketganidan dalolatdir.

(Vashington, 2002 yil, 9 Noyabr).

 

YANA PREZIDENTNING OILASI HAQIDA

O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning New Jersey shtati Oliy sudidagi mojarosi kulminatsiya nuqtasiga, ya’ni rivojlanuv cho’qqisiga chiqdi. Oldingi mahkamada prezidentning qizi( tabiiyki uning nomidan advokati)diplomatik daxlsizligi borligini ro’kach qilib, sudning “Agar bolalarni otasiga ko’rsatmasa uni qamoqqa olish haqida’gi ogohini rad etgandi. (2002 yilning 9 Noyabridagi “Prezident va oilasi” deb nomlangan maqolada Gulnoraning “komandasi” “chuchvarani xom sanagani”ni aytgandik va bu to’gri bo’lib chiqdi-JM) O’shandan keyin sud bu qanday diplomatik daxlszilk ekanligini o’rganish uchun mahkama jarayonini kechiktirgan edi.

2002 yilning 27 Noyabr kunidagi mahkamada New Jersey Shtatining Oliy sudi Gulnora Karimovaning diplomatik daxlsizligi haqidagi da’vosini inobatga olmadi va u Amerikada bu yerning barcha qonun-qoidalariga rioya qilish haqida qasamyod qilib, turmish o’rtog’i bilan doimiy istiqomat qiluvchi statusida yashagan, degan qarorga keldi.

Sud O’zbekistonning BMT qoshidagi vakilining Gulnora Karimova diplomatik daxlsizlik huquqiga ega, degan da’vosini (BMT qoshidagi vakilning bunday vakolatga ega bo’lib- bo’lmagani ham bir masala) rad etar ekan, agar shunday bo’lganda bu AQSH Davlat departamenti tomonidan rasman tasdiqlanishi kerak, edi dedi.

Darhaqiqat, AQSH ga keladigan xorijiy fuqarolar agar diplomatik daxlsizliklari bo’lsa, buni Davlat departamentidan tasdiqdan o’tkazishlari kerak. Mansur Maqsudiy( Islom Karimovning sobiq kuyovi, “O’zbek koka-kolasi”ning sobiq boshqaruvchisi)ning advokati himoyachisining ortida O’zbekiston boyliklari bo’lmagani(aslida bu ham qiziq) va shu bois cho’zilib ketayotgan sud jarayonlarini qisqartirish haqida taklif kiritdi. Sud masalaning muhimligini, Amerikada bolaga egalik eng jiddiy masalalardan biri hisonlanishini ta’kidlagan holda barhca hijjatar va da’volarni o’rganib chiqish vaqt talab qilishini eslatdi.

Ma’lumki, Gulnora Karimovaning advokati New Jersey Oliy sudidan bolalariga egalik qilish huquqini o’zida qoldirishni so’ragandi, lekin sud bu da’voni ham rad etdi va 9 yoshli Islom hamda 4 yoshli Iymonga otasi Mansur Maqsudiy egalik qilishi haqida qaror oldi. Bu esa AQSHning barcha huquq tartibot organlari sudning qarori bajarilishi uchun birinchi galdagi imkoniyatdanoq foydalanib bolalarni otasiga qaytarishlari kerakligini anglatadi.

Prezident Karimovning AQSH fuqarolari bo’lgan ikki nabirasini O’zbekistondan olib kelish bilan endi huquq tartibot organlari shug’ullanadi va sudning qarorini bajarish yo’lidagi harakatlarni to’xtatishga hech kim aralasha olmaydi. Ammo Gulnora karimova bu qarorni shikoyat qilib AQSH oliy sudiga chiqsa orda bir muncha vaqt yutishi mumkin, ammo qarorni o’zgartira olmaydi. Aksincha AQSH oliy sudi bu masalani ko’rsa undan chiqadaiga qarorning ijrosini ta’minlash yanada tezlashadi. Ba’zi gaplarga qraganda Maqsudiylar Karimov oilasiga taklif bilan chiqqan, ya’ni O’zbekistonda qamab qo’yilgan qarindoshlarini chiqarib yuborishsa evaziga bolalarning borib kelib yurishiga roiz bo’lishadi. Lekin bu rasman aytilgan gap emas. Balki advokatlar orasida ko’rib chiqilgan bo’lihsi mumkin.

Nima bo’lganda ham 1991 yilda AQSH fuqarosi Mansur Maqsudiyga turmushga chiqqan va oradan o’n yil o’tib ajralish qarorini o’zi nikohdan o’tgan Amerikada emas, balki otasining vazifasidan foydalanib, g’ayriqonuniy ravishda Toshkentda rasmiylashtirgan Gulnora Karimova Ney Jersey oliy sudining qarori bilan onalik huquqdan mahrum qilingani O’zbekiston prezidentining oilasi uchun mahkama mojarosi bitmaganini ko’rsatadi. Aksincha hazil kunlar ortda qolib turmushning jiddiy kunlari boshlandi.

Gulnora Karimova ikki bolani Amerikadagi otasiga topshiradimi yoki bu ishni AQSH huquq tartibot organlari bajaradilarmi buni vaqt ko’rsatadi.

O’zbekistonda qonunni chetlash, qonundan qochish, qonunni bepisand qilish mumkinligini bu misol ham ko’rsatmoqda, lekin Amerikada qonun bilan hisoblashmay ilojingiz yo’q, garchi dunyoning boshqa joyida yashasangiz, otangiz yakkahokim hukmdor bo’lsa ham.

(Vashinton, 29 Noyabr, 2002 yil).

 

ISLOHOTDAN QOCHISH YO’Q

AQSH Davlat Departamenti 2001 yilning 11 sentbaridan keyin Markaziy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash yo’lida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Departamentning Markaziy Osiyo boshqarmasi tayyorlagan hisobotni e’lon qilar ekan, unda AQSHning mintaqadagi manfaatlari xavfsizlik, energetika va ichki islohotlar ekanligi alohida qayd etildi. Bu esa Amerika Markaziy Osiyo, jumladan Oz’bekiston bilan faqat Afg’onistondagi voqelar, xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqincha yaqin bo’lib turibdi, degan iddaolarni puchga chiqaradi.

To’gri, AQSH uchun xafsizlik birinchi darajali masala. Lekin ayni paytda shu bilan teng qo’yilgan yana ikki masala- energetika va ichki islohotlar masalasi- AQSHning strategik manfaatlari darajasiga qo’yilgani nihoyatda muhimdir.Garchi energetika O’zbekistonni biroz chetlasa va ko’proq Qozog’iston, Turkmanistonni o’z ichiga olsada ichki islohotlar birinchi galda O’zbekistonga taalluqlidir.

Davlat departamenti Markazi Osiyoda, ayniqsa O’zbekistonda barqaror xafsizlikni ta’minlash AQSHning strategik manfaatlari doirasiga kirishini uqdirib, bu ichki islohotlar orqali ta’minlanishi mumkinligini qayd etar ekan, bu yo’lda qilinishi kerak bo’lgan ihslar nihoyatada ko’pligiga alohida urg’u beradi.

Masalan:

-iqtisod jabhasida qo’shib yozish avj olgani, haqiqiy rivojlanuv yo’qligi xalninq qashoqlashuvi va ishsizlkning ko’payisghiga olib kelmoqda;

-siyosatda esa, xalqning o’z noroziligini siyosiy yo’llar va yoki ommaviy axborot vositalari orqali tilga keltira olmayotgani, ijro hokimiyati suistemol qilinayotgani, qonun kuchining ojizligi umidsilik paydo bo’lishiga va qadriyatlar toptalishiga olib kelmoda;

– ijtimoiy jabhada bo’lsa, sog’liqni saqlash, maorif va boshqa sohalardagi vaziyatning yomonlashib ketgani, ekologik fojelarning kishilar hayotiga ta’siri, narkotik bozorining yuksalishi oqibatida jinoyatchilk o’sgani va salomatlikka ham jiddiy putur yetayotgani tashvishli holdir. Ayniqsa, SPID kabi xastaliklar keng tarqalayotgani ham bu jabhadagi ayanchli ahvoldan darakdir.

Buning ustiga mintaqadagi besh davlatning bir-biri bilan ta’sirchan aloqalar o’rnatish yo’lidagi harakatlari quruq gapdan iborat bo’lib qolmayotgani va amalda jiddiy masalalarni birgalikda hal qilishga qodir emasliklaro tobora oydinlashib qoldi. Masalan suv resurslaridan foydalanish borasidagi muammolar, huquq tartibot odoralarining hamkorlik qilaolmayotgani, ayniqsa chegaralar bo’ylab hukm surayotgan dahshatli manzaralar Markaziy Osiyo liderlarining umumiy nuqtalarni topishda ojiz ekanliklarini ko’rsatadi.

Hisobotda Amerika hukumatining mintaqaa davlatlariga yordami ham sanalar ekan, bu 2001 yilda 230 million dollarni tashkil qilgan bo’lsa 20002 yilga kelib, 594 million dollarga ko’tarilgani aytiladi. Bu faqat hukumat xazinasidan yordam sifatida berilgan mablag’dir. Nohukumat yo’llar orqali berilganlari esa bir necha milliard dollardan oshadi.

Davlat Departamenti mintaqada rivojlanish uchun yirik imkoniyatlar mavjudligini sanar ekan, etnik nizolar kelib chiqishining oldini olish muhim ekanligiga diqqat qaratadi. Demokratiya, inson huquqlariga hurmat, siyosiy, diniy va matuot erkinligini ustivor etish mintaqani umum dunyodan ajralib qolmasligini ta’nimlaydi degan xulosa chiqariladi va AQSH xuddi anashu yo’nalishda ish olib borayotgani ta’kidlanadi. Xuddi anashu sohalarda islohot qilish zarurligi uqtiriladi va bu mintaqa hukumatlariga, xususan, O’zbekiston boshqaruviga islohotdan qochish yo’q, “uni yo amalga oshirasan-yo amalga oshirasan!”, boshqa yo’l yo’q, degan talabdir.

( Vashington, 2002 yil, 28 Noyabr)

 

KERAK BO’LSA…QARG’A QARG’ANING KO’ZINI O’YADI

Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi, degan gap bor. Ammo bu “Yashasin Sovet ittifoqi” degan gap nafaqat eskirgani, balki modadan tushgani kabi odatdan chiqmoqda. Chunki qarg’a qarga’ning ko’zini nafaqat cho’qiydigan, balki zo’r kelsa o’zini yeb yuboradigan ham misollar ko’p. Shulardan biri, Tojikiston Islomiy uyg’onish partiyasining lideri Said Abdullo Nuriyning yaqinda anchagina shov-shuvlarga bois bo’lgan suhbatidagi gaplardir.

U partiyasining nashri hisoblangan “Najot” haftaligi(2002 yil, 19 Niyabr)da chiqqan suhbatida kutilmaganda “O’zbekiston Islomiy Harakatining Afg’onistondagi qoldiqlari Markaziy Osiyoga, jumladan, Tojikistonga ham xavf solmqoda” dedi. Aslida haqiqatdan ham O’IH ning qoldiqlrai mavjud bo’lsa, bu Tolibonning qoldiqlari kabi tahlikldir. Zero bugunga kelib bu harakatning toliblardan hech qanday faqri yo’qligi ravshan bo’lgan narsa. Chunki bu harakat mansublari toliblar safida turib mahalliy o’zbeklar va tojiklarga qarshi, tarixiy va zamonaviy madaniyatga qarshi qo’l ko’tardilar, demokratik kurash yo’lini tan olmadilar.

O’IH anashu yo’lga kirgan kunlardayoq Said Abdullo Nuriy qo’lini yuvib qo’ltig’iga urgan bo’lishi mumkin. Chunki oz’bekistonlik musulmon yigitlar unga hukumatga kelguniga qadar kerak edilar-da. Tojikiston hukumati tarkibiga kirgandan keyin uning siyosatida milliyatchilik ham oldinga chiqa boshlagani sir emas. Shu bois ham u Tolibonni emas, balki Shimoliy ittifoqni tanladi.

Ammo, O’zbekiston Islomiy Harakati liderlari “Biz Tolibon saflarida turib jang qilmoqdamiz” deya bayonotlar bergan kezlarda nima uchun Nuriy bu harakatni qorlamadi va bugun ish bitib, g’isht qolipdan ko’chganda bunday bayonot bilan chiqqani tabiiyki, qiziq. Bu ham siyosatning bir bo’lagi. Chunki islomiy kuchlar hukumatga yaqin kelganda va yoki kuch mavqeiga aylangan kezlarda ichki bo’linishlar o’rtaga chiqishi an’anaga aylangan. Mazhabchilik, tariqatchilik, oqimchilik va hatto xonaqohchilk kabi tobora maydalashib, bo’linib ketaveradilar.

Said Abdullo Nuriy O’IH vahobiylik oqimi yo’lidan ketgani bois Tohir Yo’ldosh bilan aloqlarini uzgani ko’pdan ma’lum narsa. Uni O’IHga bog’lab turgan esa Juma Namanganiy bilan bo’lgan yaqinligi ekanligi aytiladi. Bugun bu qarta ham qo’ldan tushgan.

Uning yuqorida zikr etilgan suhbatida “Hizbu at Tahrir xalifalik quraman, deb Markaziy Osiyoga, bu yerdagi konstitutsiyaviy tuzumlarga tahlika solayotgan navbatdgai kuchdir” deb aytishi ham o’z yo’lini ajratib, aniqlashirib olishga qaratilgan va yoki jon saqlab qolishga uringan odimi bo’lishi mumkin. Chunki bundan ikki-uch oy oldin Tojikiston prezidenti parlamentdagi nutqida radikal islomiy oqimlar Tojikiston davlatiga tahlika solmoqda deya, uning payini kesishga chaqirgan edi. Shu bois Nuriy etagini qoqoib olishga qaror qilgan bo’lsa ajablanadigan joyi qolmaydi.

U hatto Tojikiston Islomiy uyg’oniy partiyasining radikal qanotidan ham yuz o’girganini ma’lum qilgan. Lekin polkovnik Mahmud Xudoyberdiev kuchlarining tahlikasi haqida gapirar ekan, bu borada Tohir Yo’ldosh bilan g’oyadosh, qarashlari bir xil ekanligi ko’zga tashlanadi. Chunki Tohir Yo’ldosh ham Mahmud Xudoyberdiyevni nafaqat Tojikistonning, balki O’I H ham dushmani, deb e’lon qilgandi.

Eng asosiysi esa, Tojikistonda hukumatga kirgandan keyin Nuriy ko’rdiki, xalqning asosiy qismi radikal islomiy tuzumni istamaydi. Agar xalqning aksariyati bu tuzumni istaganda edi, har qanday bosimga qaramasdan bu partiya saylovdan hozirgisi kabi tuyaning oldidagi chumuq kabi yengilib chiqmas edi. Turkiya misoli shuni ko’rsatdiki, dunyoning boshqa joylarida ham xalq radikal islomiy kuchlarni qo’llamaydi, balki xalq demokratiya va mo’tadillikka moyildir.

Radikal qarashlari bilan tanilgan Najmiddin Erbaqan 30-40 yillik kurashi davomida Turkiyada hech qachon yakka boshiga hukumatni boshqaradigan partiyaga egan bo’lgan emas.Lekin mo’tadil qarashlari bilan tanilgan Rajab Tayyib Erdo’gan guruhi ikki yilda bu ishni uddalay oldi. Balki Nuriy ham Tojikistonning kelajakdagi Erdo’gani bo’lishni o’ylayotgan bo’lsa ne ajab? Chunki uning yuqoridagi kabi bayonotlari nafaqat Tojikiston hukumati va aksar xalqiga, balki qo’shnilariga ham ma’qul tushishi mumkin. Tabiiyki orqasida yashirin niyatlaru va qabih oyinlarisiz, samimiy bo’lsa!

(Vashington, 2002 yil, 26 Noyabr).

 

“OTA”LAR VA “BOLA”LAR

 

O’zbekiston Mustaqil bo’lgandan beri Qo’zog’iston bilan Abadiy do’stlik haqida bir necha marta shratnoma imzoladi. Abadiy do’stlik qayta-qayta imzolangan shartnomalar bilan emas, amaldagi harakatlar bilan ustivor bo’lishini hayot yana bir bor ko’rsatdi. Islom Karimov “Turkiston yagona uyimiz” deyishni yaxhsi ko’rsa, Nursulton Nazarboyev “Biz bir oilaning bolalarimiz” deyshni yoqtiradi. Lekin yagona uyning u xonasidan bu xonasiga o’tishda qurolli askarlar turadigan bo’ldi va adashib o’tib qolsangiz, hatto oyog’ingizdan emas, boshingizdan otishadi.

Shu yulning 6 noyabrida O’zbekistonning Toshkent rayoni va Qozog’istonning Sariog’och tumani chegarasida yuz bergan fojia oldingilari kabi siyosatadagi ikkiyuzlamachilikning hayotdagi ifodasidir. Shu kuni kechqurun Sariog’och tumanining Jibek Joli qishlog’ida yashovchi Elmurat Bayturg’unov mollarini uyidan 50 metr naryog’dan otadigan chegara atrofidan haydash uchun o’tganida o’zbek soqchilari tarafidan otib o’ldirildi. Otilganda ham boshiga otilgan. 31 yoshli marhumning 4 bolasi chirqillab qoldi. O’zbek chegarachilari marhumni kontrabandachi edi, deb rasmiylashtirishdi. Lekin tekshuruvlar bu yolg’on ekanligini ko’rasatdi.

Qo’zog’iston hukumati aralashgandan keyin O’zbekiston tomoni oradan bir kun o’tib voqea joyiga tekshiruv o’takazdi. Oldin ham Bo’stonliqda shunday voqea yuz bergandi. Oqibat esa aniq, ikki xalq orasiga rahna solinmoqda.Bugun Qozoq ro’znomalariga razm solsangiz o’zbeklar haqida iliq gap topolmaysiz, O’zbekiston gazetalari ham nafaqat Qozog’istondagi qozoqlar va balki mamlakat ichidagi qozoqlar hayotidan tashvishli xabarlardan boshqa narsa yozmaydigan bo’ldilar.

Mamlakatlar yakkahokim, bir kishinig qovog’iga qaragan rejim bo’lganiga qaramay prezidentlarning do’stlik haqidagi gaplari amalda dushmanlik urug’iga aylanib ketayotanini qanday tushunihs mumkin?Nahotki, bir oilaning farzandlari “ota”lari olgan qarorlar bilan bir-birlariga begona bo’lmoqdalar, hatto g’anim bo’lmoqdalar?

Masala shunga qadar borib yetdki, chegaradagi qishloqlarda mustqail davlatlar e’lon qilina boshlandi, prezidentlar saylashga kirishildi. Tabiiyki, bu hollar darhol bostiirlmoqda. Lekin bu bir qarashda kulgili tuyulgani bilan aslida fojiadan darak. Chunki bu- shu joylarda yashovchi insonlarning bir isyoni. Bu- bugungi boshqaruvga, bugungi adolatsizlikka va bugungi ikkiyuzlamachilkka qarshi bir namoyish.

Ma’limki, Markaziy Osiyoda Karimov va Nazarboev orasida “Kim zo’r”, degan ko’rinmas kurash mavjudligi aytiladi. Hali yaqindagina Qozog’istonda bo’lgan Karimov “Chegaralar masalasida va umuman hamma masalalarda aka ukadek, orada hech qanday muammo yoq’ligiga qanoat hosil qildik, degandi. Lekin oradan ko’p o’tmay qozoq fuqarosi otib o’ldirildi va bu yopib yuborishga urinildi.

Agar aytilgan soz’ samimiy bo’lganda Toshkent bu masalaga nihoyatda jiddiy kirishgan va Ostonadan keladigan norozilk notasini kutmasdan adolatni tantana qildirgan bo’lardi? O’z qardoshiga miltiq o’qtalgan odamning jazosini bergan bo’lardi? Afsuski, bunday bo’lmadi.

Hukumatlar va rahbarlari o’tkinchi, xalqlar esa abadiy, ammo o’tkinchilar abadiylarni abadiy dushmanlarga aylantirib qo’ymayaptilarmi?

(Vashington, 2002 uil, 26 Noyabr)

 

HAYOT KO’P NARSANI  ISBOTLAYDI

O’zbekiston prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning New Jersey shtati Oliy sudidagi mojarosi yan bir haqiqatni isbotladi. Bu esa O’zbekistonda qonunlar xalqqa boshqa va prezident oilasiga boshqa ekanligir. Qolaversa bu Konstitutsiyada “President qonunlar kafolati” degan gapning O’zbekistonda puch ekanligini ham isbot etdi.

Ma’limki, sud Gulnora Karimovaga bo’lalari Islom va Iymonni Amerikada istiqomat qiladigan otasi Mansur Maqsudiy bilan telefon orqali gaplashishlariga sharoit yaratishni buyurgandi. 9 yoshli Islom telefonda otasiga “Sen bilan gaplashmayman” degandan keyin sud bolaga tashqi ta’sir bo’lgan deya videoga yozib olish sharti bilan qaytdan suhbat uyushtirishni buyurdi. Ammo Gulnora Karimova bu talabni ham inkor etdi. Sud “Agar bu talab bajarilmasa, Gulnora Karimovani qamoqqa olish haqida qaror chiqarishi” aytdi. Shu orada bolaning ilgari ruhiy kasalliklar doktoriga ko’rsatilgani va uning ruhiy jihatdan davolangani ham kun tartibiga keldi.

Sudning talablari qanday bajarilayotgani, jumladan Karimovani qamoqqa olish borasidagi ogohi munosabati bilan ochilgan navbatdagi mahkama majlisida Gulnora Karimovaning advokati uning nomidan bayonot qilib, diplomatik daxlsizligi mavjudligini ilgari surdi. O’zbekiston hukumati 1997 yilda unga diplomatik daxlsizlik haqqini bergan ekan. Har holda buni sirtdan Oliy Majlisdan ham o’tkazib qo’yishgan bo’lishsa ajablanadigan joyi yo’q. Chunki O’zbekistonda bo’lmayadigan ishning o’zi yo’q. Shu bois sud bu daxlsizlk nimadan iborat ekanligini o’rganish uchun mahkamani yana kechiktirdi.

Gulnora Karimova Amerikaga turmushga chiqqanda bu yerda doimiy yashash statusini olishi bilan Qo’shma Statlar qonunlariga bo’ysinish majburiyatini ham qabul qilgan.”Green kard” olganda esa qonunlarga bo’sunaman deb, qo’lini ko’tarib qasam ichgan. Bu yerda esa prezidentning bolalari qonunni buzgan taqdirda, ayniqsa fuqarolik qonunlari bilan ish ochilganda sudga bormasin, yoki sud qarori unga nisbatan qo’llanilmaydi, degan qoida yo’q.

Hatto bevosita daxlsizligi bo’lgan prezident va kongressmenlar ustidan ish ochilganda ham bu ma’lum davrga kechiktiriladi va daxlsizlk muddati tugashi bilan ish qayta ochiladi. Ya’ni Amerikada qonundan qochish yo’q. Bu barcha demokratik davlatlarda, qonunlar hurmat qilinadigan joylarda ham shunday.

Hato Janubiy Koreada prezidentning o’gl’i ustidan ish ochilganda otasi xalqdan uzr so’radi va bolasi boshqalar kabi qonun oldida teng ekanligini aytdi. Shunday ekan, Gulnora Karimovaning diploamtik daxlsizligi nimadan iboratligi tabiiyki nafaqat sudni, balki jamoatchilikni ham qiziqtirmqoda. Chunki, O’zbekistonda 90 yillarda deputalik daxlsizligi bo’la turib Shovruq Ro’zimurodov(rahmatli), Inomjon Tursunov, Samandar Qo’qonov va boshqalar qamoqqa olingani va bugunga qdar bu an’ana davom etayotgani misollari ko’p. Buni qonunlar shunday, oldin qamoqqa olib, keyin daxlsizlk bekor qilinadi, deb izohlab kelishadi.

Endi, agar prezidentning qizi daxlsizlik orqasiga bekinadigan bo’lsa, o’rtada ziddiyat kelib chiqmaydimi? Tabiiyki kelib chiqadi. Amerikada qasamga xiyonat etsa, O’zbekistonda qonunlarni bepisand qilsa va otasi qonunlar posboni bo’lsa, demak, xulosani o’zingiz chiqarib olavering. 1991 yilda men Islom Karimov O’zbekistonni shaxshiy mulkiga aylantirib oldi, deya tanqid qilganimda, tanbeh berganlar ko’p bo’lgandi. Hayot ko’p narsani isbotlaydi, jumladan, mening gapim ham to’g’ri bo’lib chiqqanini o’tgan yillardagi va bugungi voqelikning o’zi isbotlab turibdi.

(Vashington, 20002 yil, 19 Noyabr, “Amerika ovozi”).

JURNALIST BO’LISH OSONMI?

Bir qarashda jurnalsit bo’lish qiyin ish emasdek, tuyuladi. Universitetga borib, “Jurnalist” diplomini olib, bir narsalarni yozib yurish bilan o’zini jurnalist hisoblaganlarning son-sanog’i yo’q. Lekin haqiqiy jurnalist bo’lib tanilganlar esa juda kam. Bu faqat O’zbekiston, Markaziy Osiyogagina xos emas, balki butun dunyoda ham shunday. Shundan kelib chiqib jurnalistlarni uch guruhga bo’lish mumkin.

Birinchisi, haqiqat, adolat tomonida turuvchilar, xalq manfaati uchun kurashuvchilar, ya’ni mashaqqat yo’lini tanlaganlardir.

Ikkinchisi, maqtov yo’li bilan hukumatlar, ma’lum guruhlarga xizmat qiluvchilar. Bularni xalq “maddohlar” deydi.

Uchinchisi, faqat o’z halovatini o’ylaydiganlar, dunyoni suv bossa ham “To’pig’imga kelmadiku?” deb o’ylaydiganlar.

Birinchi guruhga kiruvchi jurnalistlardan 2002 yilda ham dunyo bo’ylab bir qanchasi o’ldirildi va bir qanchasi zulm qurboni bo’ldi. Diqqatimni, qozog’istonlik jurnalsit Sergey Duvanovning qamalishi haqida norozilik bildirgan( 2002 yil Noyabr) Avropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti prezident Nursulton Nazarboyevni eski zehniyatdan qutulishga chaqirgani bo’ldi.

Eski zehniyat. Bu sovet davrida kishilarning qon-qoniga singib ketgan tanqidni hazm qila olmaslik zehniyatidir. Ma’lumki, u paytda Xudoni so’kkanalr rag’batlantirilib, rahbarlarni tanqid qilganlar yo qamoqqa yoki jinnixonaga tiqilardi. Y’ani rahbar muqaddas hisoblanib qolgandi va bugun ham o’sha “to’ra”lar o’zlarini eng pok insonlar, deb biladilar. Tanqid qilganlarni esa shayaton, deb hisoblaydilar. Aks holda Ukraina prezidenti Leonid Kuchmani tanqid qilganidan keyin mustaqil jurnalist Georgiy Gongadze yo’qotib yuborilarmidi? Yoki Nursulton Nazarboeyni tanqid qilgani uchun jurnalsit Sergey Duvanovga tuhmat qilinib qamoqqa tiqilarmidi? Checheniston masalasida Prezident Putinni tanqid qilgan jurnalistlarning boshiga nimalar kelganini hamma ko’rib-bilib turibdi. Belorussiyada esa nafaqat qamash, balki o’ldirib yuborish an’naga aylanib bormoqda. Kavkaz o’lkalari ham bundan kam emas.

O’zbekistonda esa bugun prezident Islom Karimovning faoliyatini tahlil qilgan holda ochiq tanqid qiladigan jurnalist yo’q hisobi, har holda mamlakat ichida. Hukumatni yoki uning biror-bir tizimini tanqid qilganlar yo qamalib ketadilar, va yoki ishlaridan quviladilar. Shu bois ham bugun jurnalistlarning aksariy qismi maddohlik yo’lini tanlaganlar. Lekin rahbarlarni eski zehniyatdan xalos qilishning asosiy yo’li ularning kamchiliklarini tinimsiz tanqid qilish va shu yo’l bilan ularni tanqidga o’rgatish, qayta tarbiyalash jurnalistlarning zimmasiga tushganini yo bilmaydilar, yoki his etmaydilar.

Agar jurnalsitlarning aksariyati qamalgan safdoshlarining orqasida tursalar hukumat ularga qarashi tadbir olishda ojiz bo’lib qoladi. Afsuski, ko’p hollarda hukumatlar jurnalistlarning o’z qo’li bilan o’z safdoshlarini yomon otliq qilishga urinadilar.O’zbekistonda qamoqda yotgan jurnalistlar haqida faqat ularni qoralovchi maqolalar chiqib turishi va ularni himoya qilgan materiallar esa faqat xorijiy matbuotda e’lon qilinishi ham anashundan dalolatdir. “Angren haqiqati” gazetasi bosh muharriri Abdurahim Razzoqov haqida barcha gazetalarda chiqqan sudsiz, tekshuruvsiz aybnoma va uning o’z joniga qasd qilgani buning bir misolidir.

Bugun hatto qamalib chiqqan, hukumatning qora ro’yxatiga kirgan jurnalistga dushman ko’zi bilan qarash ham eski holatida turibdi. Qamoqdan chiqqandan beri adolat izlab yurgan, ish izlab yurgan qashqadaryolik Po’lat Gadoyev, samarqandlik Shodi Mardiey va boshqalar haqida xorijda yozilib, O’zbekistonda esa yozilmayotgani ham masalaning bir jihati.

Prezidentni tanqid qilishdan qo’rqqan jurnalistlar o’z safdoshlarini himoya qilishdan ham cho’chiganlari ularning eski zehniyatga tobe bo’lib qolayotganlarini ko’rsatmaydimi?

Matbuot ancha erkin deb maqtalgan Tojikistonda Oktaybrning oxirgi kunlari harbiylarni tanqid qilgan jurnalistlar g’ayri qonuniy ravishda qamoqqa tiqilgani eski zehniyat bu yerda ham o’lmaganini ko’rsatadi. Ayni holatni Qirg’izistonda ham kuzatish mumkin. Turkmanistonda esa jurnalistlarning faqat bir guruhi, ya’ni maddohlari qolgan, xolos. Lekin xalq ham, dunyo jamoatchilgi ham maddohlarni emas, mashaqqat yo’lidan yurganlarni qadrlaydi.

(Vashington, 14 Noyabr).

 

O’ZBEKISTON UCHUN TURKIYA TOPISHMOG’I

Turkiyada 2002 yilning 3 Noyabrida o’tgan parlament saylovini millatning isyoni deyish mumkin. Chunki millat bugunga qadar o’zlarini aldab kelgan milliyatchi ko’rinishdagi so’lchi kommunist Bulent Ejevitdan tortib, “biznesmen” Masud Yilmasga qadar hammasidan yuz o’girdi. Saylovda mo’tadil-islomiy (har holda liderlari shu ko’rinishni bermoqdalar, agar amalda teskarisi bo’lsa ularni ham harbiylar tarafidan supurib tashlangan Erbaqanning qismati kutadi) platformadagi Adolat va Taraqqiyot partiyasining yutib chiqishini ko’pchilik taxmin qilgan edi, ammo koalitsiya hukumatlari a’nanasini buzib, yakka boshiga mamlakatni boshqaradigan darajada kuchli natijaga erishishini hech kim kutmagan edi.

Izoh o’rnida aytib o’tish kerak-ki, Turkiyada parlament tizimi hukmron bo’lib, mamlakatni Prezident emas, balki parlamentda ko’p ovoz to’plagan kuch boshqaradi. Lekin mamlakat demokratik izdan chiqa boshlasa harbiylar darhol bunga nodemokratik nuqta qo’yishni biladilar.

Amaldagi qonunlarga ko’ra saylovda 10 foizdan ko’p ovoz olgan partiya parlamentga kira oladi. Bu to’siqni faqat ikki partiya, ya’ni Adolat va Taraqqiyot hamda Jumhuriyat Xalq partiyasi ( Bu Ota Turkdan qolgan so’lchi partiya) oshib o’tgani uchun majlisga kira olmagan partiyalarning ham to’plagan ovozlari bu ikki partiya hisobiga o’tdi.

Shu bois hali rasman e’lon qilinmagan natijalarga ko’ra Adolat va Taraqqiyot partiyasi 35 foizga yaqin ovoz to’plagan bo’lsada 550 o’rinli parlamentning 360 dan ziyod joyini qo’lga kiritdi. Qariyb 20 foiz ovoz olgan Jumhuriyat Xalq partiyasi esa 180 ga yaqin o’ringa ega bo’ldi. Rasmiy natijalar e’lon qilinganda bu raqamlarda ko’p emas, bir yoki ikkitaga o’zgarish bo’lishi mumkin. Shuningdek, 10 nafar mustaqil deputat ham saylandi. Parlamentga kira olmagan sobiq bosh vazir Bulent Ejevit “Biz muddatidan oldin saylov belgilab o’z jonimizga suiqasd qildik” deb aytdi. U keyingi paytlarda ko’p kasal bo’lib, hukumatni boshqarishdan uzilgan, “yurolmagan qariya” nomini olgan bo’lsada haliga qadar xalqning hukmini mensimagani juda qiziqdir. ejevit qirq yildan beri partiyag raislik qilsa qittaygina ham aqli yo’q ekan, degan bir turkning gapida jon bor. Bu odam, xotini va ayni paytda partiyadagi o’rinbosari Ravshan Ejevit bilan demokratiyani turk xalqi ko’z oldida sharmanda qilgan kishidir. Uni shoir ham deyishadi. Birorta she’rini o’qib ko’rmaganim uchun qanday shoirligini bilmayman, lekin o’z manfaatini xalqqdan ustun qo’yishda hammaga ibrat ekanligini aytish mumkin. Uning bundan olti oy oldin, “O’lsam o’lamanki, is’efoga ketmayman” degan gaplari ham buning isboti va bu qo’lbola siyosatchiklarga yog’dek yoqadigan gap.

Turkiyaning ko’zga koringan siyosatchisi Tansu Chillar partiyasi parlamentga kira olmagani uchun bayonot berib, tez orada quroltoy chaqirishini va o’zi partiya raisligiga nomzod bo’lmasligini bildirdi. Hukumatning asosiy sherigi bo’lgan Milliyatchi harakat partiyasining lideri sobiq Bosh vazir o’rinbosari Davlat Bog’chali ham yangi yilda qurultoy o’tkazib yangi rais saylayajagini ma’lum qildi. Masud Yilmaz esa siyosatdan chekindi.

Turkiya siyosatining shu kech kunduzdagi qahramoni bo’lgan Adolat va Taraqqiyot partiyasining lideri Rajab Tayyub Erdo’gan Istanbul hokimi bo’lganda katta obro’ qozongan, ammo uning bir mitingdagi so’zi uchun qamab, siyosatdan uzoqlashtirishgandi. U qamoqdan chiqib, yangi partiya tuzdi va qisqa vaqt ichida bu partiya Turkiyaning asosiy kuchiga aylandi. Bu partiya liderlari hozir Avropa bilan yaqinlikni asosiy yo’l qilib olishni aytayotgan bo’lsalarda amalda partiya Sharqqa qarab yo’naladi va ko’proq Kavkaz va Markaziy Osiyoga intiladi. Zotan Erdo’g’anning kelib chiqishi ham asli kavkazlik cherkaslarga borib taqaladi. Lekin Markaziy Osiyoda Islomiy kuchlarning hukumatga kelishiga mutloq qarshi bo’lgan O’zbekiston kabi o’lkalar bilan munosabati qanday bo’lishini taxmin qilish qiyin emas.

Faqat shuni ham aytish kerakki, Rajab Tayyub Erdo’g’anning ishi hali ham mahkamada. Uning bosh vazir bo’lishi uchun siyosatga kirishini man etgan hukm bekor bo’lishi uchun esa anchagina ish qilish kerak. Osongina davlat to’ntarishi qilish tajribasiga ega harbiylar mamlakatida yo’talish uchun ham izn kerak bo’ladi.Shu bois uning o’rinbosdari Abdulla Gulning ( agar harbiylar bu taklifni qabul qilishsa)bosh vazir bo’lishi mumkinligi aytilmoqda. Abdulla Gul esa Erbaqan hukumatida Turkiy jumhuriyatlar boyicha vazir bo’lgan.Sobiq Refaq partiyasi lideri Najmiddin Erboqanga Bosh vazirlik paytida O’zbekiston Islomiy Harakatiga yordam ko’rsatishida ham Abdulla Gulning vositachilik qilgani aytiladi. Rajab Tayyib Erdo’g’an ham o’zbek “islomiy” muxolifat kuchlari va chechenlar bilan yaqin aloqada bo’lgan.Bu Toshkentga ayon narsa.Shu bois Turkiya- O’zbekiston munosabatlarida tabiiyki muhim rol o’ynaydi. Xullas, bugungi Turkiya aslida topishmoq bo’lmasada O’zbekiston uchun yana bir topishmoq holiga keldi.

(Vashington, 2002 yil, 4 Noyabr)

QASAMYOD

yoki

QULLIKKA DA’VAT

O’zbeksiton mustaqil bo’lganiga 11 yildan oshdi. Lekin xalqimizning qullik xususiyatlaridan qutulishi esa yillarning odimiga qaraganda, obrazli qilib aytganda ko’kda uchib ketayotgan qushning tezligiga nisbatan yerda sudralayotgan toshbaqaning odimi kabi juda sust kechmoqda. Aksincha orqaga qarab ketish jarayonlari ham sezilmoqda. Jurnalsitlarni himoa qiluvchi xalqaro tashkilot 2002 yilning Okytabrida O’zbekistonda jurnalistlar taqdiri, so’z erkinligi, matbuotdagi vaziyat borasida e’lon qilgan maxsus hisobotiga bekordan-bekorga “Orqaga, SSSRga ” deb nom qo’magan.

Bizdan shunday kalimalar borki, bularni qandaydir ko’rinishlarini boshqa xalqlarda uchratsangiz ham yuklangan ma’nosi bizniki kabi og’ir bo’lgan boshqa joyni topa olmaysiz. Masalan, “Oqpadar”, “Padarkush”, “Qasamyod”, “Qasamxo’r” kabi va bu kalimalar mustaqillik yilarining “Islom”, “Karimov” ‘Prezidentimiz”, “Yurtboshimiz” kalimalari kabi eng ko’p ishlatilgan so’zlari desak aslo mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Qasmayod an’anasi dunyoning barcha mamlakatlarida majud va bugungi kunda protokol a’nanasiga aylangan va u qadar kuchli ma’no tashimaydi. Masalan, Amerikada prezidentning qasamyod qilish kuni bayram hisoblanadi. Barcha hukumat idoralarida ishga qabul olinuvchilar qasamyod qiladilar. Fuqarolikka qabul qilishdan tortib, mahkama majlislariga qadar qasamyod qilish mavjud. Lekin qasamyod matnini bilgan odamni uchratish qiyin. Qsamyod shunchalik rasmiyatga aylanganki, uni birov o’qib turadi va ikkinchi odam lablarini pichirlatib takrorlagan bo’ladi. Bu ish shu bilan bitdi va unutilib ketadi. Bu narsani birinchi bo’lib O’zbekiston prezidenti Islom Karimov ilg’ab oldi. U qo’lini Quron ustiga qo’yib, qasamyod qilgani bilan va’dalarining birortasini ham bajarmadi va hech kim undan nega qasamyodni buzding, deb so’rgan emas, yoki endi seni sazoyi qilamiz ham degan emas.

Amerikada esa qasamyodni buzgan buzmagani so’ralmasada prezidentning saylovoldida xalqqa bergan va’dasi nuqtama-nuqta so’rab turiladi va unga shunga qarab baho beriladi.

2002 yilning 19 Oktyabrida “Turkiston” gazetasida O’zbekiston Milliy Universitetining Jurnalistika fakulteti kafedra mudiri Tohir Karimovning “Bo’lajak jurnalistlar qasamyod qabul qilishlari kerakmi?” degan maqolasi chiqqan va unda bituruvchilar prezidentga, vatanga, millatga xizmat qilsih haqida qasamyod qilishlari kerakligi ilgari surilgan. Dunyoning biror joyida, Turkmaniston va Iroqdan boshqa, prezidentga xizmat qilaman, deb qasamyod qilish yo’q. Ayniqsa jurnalsitlarga bunday tavsiya qilinishini chetdan emas, jurnalistlarni yetishtiruvchi darhohdan chiqshi juda qiziq.

Qiziqligi shuku, Sovet davrida paxta terishga boramiz, degan taklif oliygohlardan chiqradi. Unga qo’l qo’ygan talabalarning o’zlari ham bu narsadan gazetada chiqqan murojaatlaridan bilib qolishardi. Ishni esa Partkom bitirib yuborar edi. Partkomga esa tavsiya teppadan kelgan bo’ladi. Masalan, O’zbekiston Kompartiyasi markaziy komitetining birinchi kotibi Islom Karimov buni bo’lim mudiriga aytar, bo’lim mudiri esa instruktor Ahamadjon Meliboyevga, u esa gazetalar va oliygohlarga yetkazardi.

Bugun esa nomlari qisman o’zgargan, xolos. O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining binosi-Prezident devoni, birinchi kotib-prezident, o’sha Karimov-bugungi Karimov, o’sha Meliboyev-bugungi maslahatchi Meliboyev… Demak, Tohir Karimovga qo’ng’iroq qayerdan kelgani aniq va buning sababi bor.

Birinchidan, senzurani olib tashlab o’rniga redaktorlani senzur qilib qoyildi. Bosh muharrirlarning ko’zi saksonta emas va jurnalistlar bir narsalarni yozib yubormoqdalar. Shulardan sadoqat talab qilinmoqda. Tohir Karimov taklifi amalga oshirilganda ular sadoqatsizlik uchun jazolanar ekanlar.Ya’ni sazoyi qilinarmishlar. Boshqacha aytganda sug’urta usuli.

Ikkinchidan, Turkmanistonda, jurnalistlar “Kerak bo’lsa prezidentimiz uchun jon beramiz” deb turganlarida, nima uchun O’zbekiston orqada qolishi kerak?! Zotan bu ikki mamlakat zulm masalasida tobora egizak bo’lib qolmoqda. Xalqaro Chegara bilmas jurnalistlar tashkiloti 2002 yil hisobotida 139 mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilar ekan, O’zbekistonga 120 va Turkmanistonga 136 o’rinlarni “hadya’qilgani ham anashundan. Yana Tohir Karimov kabi hurmatli “domla”larimiz qasamyod talab qilishlari qiziq. Ular qasamyod haqida emas, jurnalistlarning boshida ofat bulutlari bo’lib kezib yurgan masalalar haqida yozsalar o’zlariga yarashgan bo’lardi. Qsamyod bilan bir narsa o’zgarganda, O’zbekiston bundan o’n yil oldin, olti oy ichida jannatga aylanib ketardi.(1).

(Vashington, 26 Oktyabr, 2002 yil)

 

1.Bilmaganlar uchun izoh, bundan o’n yil oldin Islom Karimov “O’zbekistonni olti oyda jannat qilib yuboraman”, deb qasam ichgandi.

BIRINCHI O’LIM

Namanganlik ishbilarmon Mahmudjon Hojiyevning jasadi Kanadada o’zi yashagan Regina shahridagi ko’lda 2002 yilning 13 Oktyabrida topilishi O’zbekistondan chetga chiqqan yangi muhojirlar hayotidagi ilk o’lim voqeasi edi. Bugunga qadar ularning O’zbekistondagi yaqinlari o’limi hodisalari ro’y bergan va bu ayriliq azobini anchagina odam his qilgandi.

Lekin bugunga qadar aksariyat muhojirlar yurtga “ana qaytamiz, mana qaytamiz” degan umidda yurganlari uchun bu og’ir zarba bo’ldi. Ya’ni yurtga umuman qaytmaslik, jasadlari olis o’lkalarda qolib ham ketishi mumkinligini his etdilar.

O’zbekiston Islomiy Harakati haqida turkum dasturlar hozirlaganimda(2002 yilning boshida) Mahmudjon Hojiyev bilan ham ancha gaplashgandik. Fikri tiniq, o’z qarashiga ega, masala mohiyatini anglaydigan odam edi. Uning qarashlari bilan “Islom lashkarlari” kitobimda tanishishingiz mumkin.

Mahmud akani adshmasam, ilk bor 1996 yilda Turkiyada ko’rgandim. Ishbilarmonlik qilib, boyib ketgani, “Birlik”ka ham qarashib turgani, keyin hukumat odamlari uyiga bosib kelishgani va katta mablag’ talab qilishgani uhcun ketganini aytgandi. Orada Qirg’izistonga ham borib kelib, tijorat bilan shug’ullanib yurdi. Avval qizlari, keyin umr yo’ldoshi keldi, Turkiyaga. Nima bo’ldi, nima qo’ydi, umr yo’ldoshi bolalari bilan birga qaytib ketdi. Kanadaga 2000 yilda siyosiy muhojir o’laroq yonida bir urus ayol kelganini,(unga uylangani aytiladi) u ayolning voyaga yetgan bolalari borligini eshitib uncha ishonmay yurdim. Chunki Mahmud aka dindor va o’z e’tiqodida ancha mustahkam odam edi. Bunday odamning bir rus ayoli bilan yashab ketishiga u qadar ham ko’zim yetmagandi. Keyin eshitsam, u ayol bulg’or ekan asli. Mahmud akani yaxshi tanigan, uyida mehmon bo’lgan Zokir Alining ta’kidlashicha, Mahmud aka u bilan Qirg’izistonda oila qurgan, keyin uni qizi bilan birga Turkiyaga olib kelgan, namoz qiladigan musulmon ayol ekan.Lekin keyinchalik ajralishgan va Mahmud aka yolg’iz yashayotgan ekan.

Muhojir yigitlardan birining aytishicha esa keyingi vaqtlarda Mahmud aka ancha radikal guruhlarga yaqinlashgan, kerak bo’lsa uncha-buncha odamni o’ldirtirib yuboradigan kuchim bor, degan ekan. Yolg’izlik unga qattiq ta’sir qilgani aytiladi. Xullas, o’limi sirli. Mahalliy matbuotda esa o’z joniga qasd qilgan bo’lishi mumkinligi aytiladi.Har kuni machitga borgani va dindorlar bilan birga bo’lgani uchun uning o’z joniga qasd qilganiga ishonib bo’lmaydi. Nima bo’lganda ham bir muhojir bu dunyoni tark etdi, uning yaxshi-yomonligi, gunohu savoblarini biz emas, o’lchaydigan boshqa endi. Bizdan esa duo qilish: Alloh rahmat aylasin!

Achchiq haqiqat esa, bu Karimov rejimining yana bir “mevasi”…

O’Z UYIDA JOSUS

Agar rasmiy xabarlarga nazar solsangiz, qadim Turkiston, bugungi Markaziy Osiyodagi davlatlar orasida qizg’in, dostona va samimiy hayot mavjudligi ko’zga tashlanadi. Prezidentlar tez-tez uchrashib turibdilar, qator-qator hujjatlar imzolamoqdalar, hay’atlar borib-kelib, bo’zchining mokisidek qatnamoqlar va hokazo.

Rasmiy ma’lumotlar ba’zan hayotiy xabarlarni ko’mib yuboradi. Masalan, 5 Oktyabr kuni Dushanbeda o’tkazilgan oliy darajali uchrashuv davomida rahbarlar do’stlik, birlik haqida jo’shib gapirar ekanlar, bir kichik xabar esa e’tibordan chetda qolib ketdi.Dushanbe televideniyesi tarqatgan xabarga ko’ra So’g’d viloyati mahkamasi 51 yoshli O’zbekiston fuqarosini josuslikda ayblab 12 yilga qamoq jasosiga hukm qilgan. U qo’lga olinganda unda muhim joylarning xaritasi bo’lgan ekan.

Ha, bir qarashda bu juda kichik xabar. Ammo bir oila bo’lgan Turkistonning bugun qaysi manzilga kelganini ko’rsatish jihati bilan judda katta ma’no tashiydi. Nikita Xrushchev cho’l-u sahrolarga qadar makajo’xori ekdirgani kabi O’zbekiston-Tojikiston chegaralari bo’ylab mina komib chiqilgani turli bahonalar bilan o’ralgandi. Bugunga qadar 60 dan ziyod begunoh fuqarolar anashu minlarning qurboni bo’lgani esa hech kimning parvoyiga kelmaydi.

Islom Karimovning bir chiroyli gapi bor edi: “Agar bir mamlakatda bir kishining qoni bekordan-bekorga to’kilsa bu shu mamlakatning rahbari uchun qora dog’dir” degandi u. Balki, dog’ bo’lmasin, deya to’kilayotgan qonlarga ko’z yumilayotganmikan?

Yana qaytaylik, kichik xabarga. Hatto ismi ham aytilmagan o’sha O’zbekiston fuqarosi haqiqatdan ham josulik qilgan bo’lsa, bu bir fojia. Chunki Tojikiston aholisining salmoqli qismi o’zbeklardir va bundan keyin u yerga borgan har bir o’zbekka josus ko’zi bilan qarash, ortidan ayg’oqchi qo’yish odat bo’lmaydi, deb kim ayta oladi.Balki allaqachon shundaydirki, bu odamni qamab yuborishdi.

Nahotki, qardosh ikki mamlakat o’rtasida josulik yo’li bilan aniqlanadigan manbalar mavjud va nahotki ular bir-birlariga josus yuboradigan darajada dushmanga aylanganlar? U holda Islom Karimov va Imomali Rahmonovning bizlar ikki tilda gapiaradigan bir xalqmiz, oramizda hech qanday tafovut yo’q, hamma narsani birgalshib hal etamiz, degan bayonotlari nima bo’ladi?

Agar o’sha O’zbekiston fuqarosi josuslik qilmagan holda josuslik aybi bilan qamalgan bo’lsa-chi? Bu esa, birinchidan, O’zbeksiton hukumaning o’z fuqarosi taqdiriga munosabatini o’rtaga qo’yadi. Ikkinchidan, Tojikisonda o’zbeklarga bo’lgan munosabatni oydinlashtiradi.

Ha, bazan, oddiygina bir misol katta voqening ko’pik ekanligini isbotlaydi. Nima bo’lganda ham katta xabarlar ortida qolib ketgan bu kichik xabar bugun Turkiston xalqlari o’z uylarida sohib bo’lmaganlarining bir misolidir.

O’z uyingda o’gri, degan gap bo’lardi.

Ha, Turkiston xalqlari bugun o’z uylarida begonaga aylanib qolmoqdalar.

(Vashington,8 Oktyabr, 2002 yil).

SUVIGA QARAB ILONI…

Bundan bir necha kun oldin Toshkentda matbuot erkinligi va korrupsiya masalasida bir anjuman o’tkazildi. Bu yig’ilish ham shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonda poraxo’rlik zarpechak singari hukumatni chirmab olgan va undan qutulishining faqat bitta yo’li bor, u ham bo’lsa, bu pechakni ildizi bilan qo’porib tashlashdir. Ildizi bilan qo’porish esa hukumatni ham o’z orqasidan sudrab ketishi, degani uchun bu gapni birov yurak yutib ochiq ayta olmaydi. O’zbek matbuoti esa aslo!

Ikki oy oldin esa dunyo davlatlari korrupsiya masalasida qanday vaziyatda ekanliklari haqidagi xalqaro hisobot e’lon qilinganda, O’zbekiston korrupsiya markazlaridan biriga aylanganini ko’rsatuvchi raqamlarga ba’zilar ajablangandi. Xalqining o’rtacha daromadi 4-5 dollar atrofida bo’lgan holda pora berish uchun bir nech nol raqamli katta miqdordagi dollarlar rishvat o’laroq qanday aylanib yurishi, ularni taajubga solgandi. Hamma narsa ko’rpasiga qarab bo’lishi kerakligiga ishongan g’arbliklar O’zbekistonda ham pora olish o’z darajasida bo’lsa kerak, deb o’ylashganda.

Lekin keyingi kunlarda xorijiy va mahalliy matbuotda chiqayotgan bir qator xabarlar O’zbekistonda haqiqatdan ham xalqning ahvoli orqaga ketgani holda, poraxo’rlik G’arb ko’rsatkichlari darajasidan ham o’zib borayotganini ko’rsatmoqda.

“RIA Novosti”ning xabar berishicha, Toshkent shahridagi bir tumanda uy-joylarni foydalanishga topshirish boshqarmasida rahbar bo’lgan Ochilov degan shaxs 7.200 dollar miqdorida pora olayotganda qo’lga tushgan. Bu o’rtacha maosh oladigan 35 mingdan ziyod kishining bir oylik ish haqi miqdoridagi pul. Boshqacha aytganda bir katta tuman aholisining bir oylik maoshini hukumat idorasidagi kichkina to’ra bir daqiqada olmoqda.

Hukumat zinalaridan yuqoriga qarab chiqib borsangiz, demak bundan ham dahshatli vaziyatni ko’rish mumkin.Yoki o’t uchirish idorasiga ishga olish uchun bir kishidan 2000 dollar pora olgan(Bu ham RIA Novosti xabari-JM) Orifboyev degan shaxs misoli esa O’zbekistonda nafaqat yuqori mansablar va balki ko’zga korinmaydigan ish joylari ham katta pullarga sotilayotganidan darak bermoqda.

New York Times gazetasining yozishicha prezident Karimovning qizi Gulnora Karimova Amerikaga sudga chaqirilganda “Sobiq turmush o’rtog’im, agar mening nomimga chet eldagi banklardan biriga 5 million dollar qo’ysagina mahkamaga boraman” degan. Oddiy odamning maoshi besh dollar bo’lgan bir mamlakat rahbarining qizi 5 million dollardan gapirib tursa, tabiiyki ko’p narsa ravshan bo’lib qoladi.

O’zbekiston mustaqilligi uchun kurashganlar 1990-1991 yillarda dallilar asosida bu mamlakat kelgusida jannat kabi diyorga aylanishini isbot etishgandi. Uning qazilma boyliklaridan tortib, paxtasiga qadar hammasi dollarga pullanayotgani uchun xalqining turmush darajasi yuksak bo’lishi kerak edi. Lekin o’tgan 11 yilda anshu daromad oddiy xalqning emas, bir to’da to’ralarning cho’ntagiga kirayotganini yuqoridagi misoldan ham ko’rish mumkin.

Hokim, prokuror bo’lish uhcun Sovet davrida ham o’rtada millionlab dollarlar o’ynagani sir emas. Bugun oddiy bir ish joylari uchun pora shu qadar katta miqdorda bo’lsa, hokim yoki prokurorlik mansablari uchun beriladigan rishvatni tasavvur qilish mushkul emas.Muxtasar qilib aytganda, oddiy xalq tobora qashshoqlashib borgan holda, bir hovuch to’ralarning pora olishi bu qadar yuksalishi jamiyatdagi cho’kishning darajasini oshkor etmoqda. Ha, tog’iga qarab sirtloni, suviga qarab iloni.

(Vashington, 5 Oktyabr)

 

O’ZBEK XALQI IQTISODIY QAMAL ICHIDA

Daraxtning ildizlariga bolta urilsa yoki ildizlari qurigan holatda ham o’q ildizi baquvvat bo’lsa, bo’ronu dovullar uni yiqita olamaydi. Ammo o’q ildiz chirik bo’ldimi, oddiy shamol ham bu daraxtni qulatishi mumkin. Shu mantiqdan kelib chiqilsa, iqtisod boshqaruvning o’q ildizidir. Xo’sh O’zbekistonda boshqaruvning o’q ildizi qay ahvolda. Taassufki, bu savolga ijobiy javob topib bo’lmaydi.

Eng so’ngi Xabarlarga ko’ra 20 sentyabr kuni Xalqaro valyuta jam’g’armasi O’zbekistonni bozorni erkinlashtirish, so’mni konvertatsiya qilish borasida sust odim otayotgani uchun yana qattiq tanqid qildi. Darvoqe AQSH Moliya vaziri Paul O’Neill Iyul oyining o’rtalarida Toshkentga borganda Prezident Karimov shu yilning oxiriga qadar o’zbek so’mi konvertatsiya qilinadi, degan edi.

Bugun o’zbek valyuta bozoriga qarasangiz, pulni almashtirishning uch korinishi mavjud. Birinchisi, hukumat tomonidan belgilangan kurs bo’lsa, ikkinchisi tijoriy banklar tomonidan o’rnatilgan kursdir. Uchinchisi esa qora bozor. Dollarning O’zbekistonda anashunday uch bahosi bor. Oradagi farq qariyb ikki baravarga borib yetadi. Buning orqasidan millioner bo’lib yurganlar hukumatning eng baland nuqtalariga uzanganlaridan mana o’n yildirki konvertatsiya qilish masalasi yildan-yilga o’tib kelmoqda. Bu esa O’zbekistonga olib kiriladigan investitsiyalar yo’lini bog’lash bilan O’zbekiston iqtisodi taraqqiyotini bir necha o’n yilliklarga orqaga uloqtirib tashladi.

Ma’lumki, O’zbekiston prezidenti bundan 10 yil oldin o’rtaga qo’ygan va doim takrorlab kelayotgan besh tamoyilidan biri “Avval iqtisod keyin siyosat” degan yo’ldir. Bu yo’l yangi emas va lenincha siyosatning ham tamalini shu yo’l belgilagandi.

Zotan shu yilning olti oylik yakunlari muhokama qilinganda O’zbekiston Vazirlar mahkamasidagi nutqida Islom Karimov o’zidan boshlab barcha boshqaruvchilar kommunistik iqtisodiy boshqaruv asoratlaridan qutula olmayotganlarini, sotsialistik iqtisod tamallari qon-qonlariga singib ketganini e’tirof etgandi.

Gap boshqa Ish boshqa.Oradan sanoqli kun o’tmay konvertatsiyaga tayyorgarlik yuki oddiy xalqning gardaniga tashlandi. Erkin bozorlar yopildi. Erkin do’konlarga qulf urildi. Chetdan tovar olib keluvchilarning yo’liga to’siq qo’yildi. Televideniye orqali bu harakatlarni tushuntirgan mulozimlar birinchi navbatda o’zimizda ishlab chiqarilgan narsalarni xarid qilinglar, deb shunday qildik deyishdi.

Bu esa bozor qoidalarga mutlaq xilofdir. Bozor qoidalari bo’yicha hamma narsani raqobat hal etishi kerak. O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan narsalarni xalq olmayotgan ekan, demak buning uchun xalqni jazolash emas, balki raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’lini qidirish kerak.

Bu ham hukumatning hamma narsani monopoliya qilib olganiga borib taqaladi. Butun zavod-fabrikalar, ishlab chiqarish korxonalari hukumatning qo’l ostida bo’lgani uchun ham raqobat maydonidan uzoq qolmoqda.

Prezident Karimovning Litvaga safari oldidan Boltiq bo’yidagi mahalliy gazetalar O’zbekiston iqtisodi ustidan masxara qilib yozishdi. Ular yosh bolaning og’ziga u istamagan ovqatni tiqsangiz basharangizga tuflab tashlaydi, lekin o’zbek xalqi bardoshli ekan, O’zbekiston hukumati chetdan mahsulot olib kelishni to’xtatib, o’zimizinikini olasiz, deb tursa ham indamayapti, deb yozishdi.

Aslida indamayapti emas. Barcha viloyatlarda namoyishlar bo’ldi, xalq o’z noroziligini aytmoqda. Lekin namoyishga chiqqanlar yoppasiga ushlanmoqda va jazoga tortilmoqda. Matbuot uchun esa olam guliston, muammolar yoq. O’zbekiston boshqaruvining o’q ildizi iqtisod emas, balki xalqni iqtisodiy qamal holida saqlash ekanligi sir bo’lmay qoldi.

(2002 yil, 24 Sentyabar)

 

HAMKORLIK VA XAVOTIRLAR

 

Jizzaxlik Inson huquqlari kurashchisi, O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining Jizzax viloyat kengashi raisi Baxtiyor Hamroyevdan bir maktub oldim. Unda, jumladan, shunday deyiladi: “Dilshod degan 15 yoshli yigitni mirshablar qiynagani haqida xabar tarqatgan edik. Vaziyat qanday ekan, bir xabar olay, deb borsam, onasi nima deydi deng:”Mirshablar kelib, bu pravozashitniklar(inson huquqlari himoyachilari-JM) bilan aloqa qilmanglar, ular vatan xoinlari, ehtiyot bo’linglar deb ketishdi”. O’zbekistonda dahshatli jamiyat qurib bo’lindi. Uzluksiz tazyiqlar, qo’shnilardan “bu vahobiy” deb ko’rsatma olishlar, internetni uzub qo’yishlar tinmayapti. Jamiyatimizning olti nafar a’zosi qamoqda….

Ma’lumki, AQSH prezidenti Bush O’zbekiston rahbari Islom Karimov nomiga yo’llagan va Toshkent matbuotida 19 sentyabr kuni e’lon qilingan maktubida terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirar ekan, erkin istiqbol yo’lida bundan keyin ham birgalikda odim otaveramiz, dedi. Amerika rahbari 11 Sentyabr fojialari bilan uning nomiga yuborilgan hamdardlik maktublariga javoban anashu ruhda xatlar yo’lladi. O’zbekiston esa AQSH bilan manfaatlari tutashgan nuqtada. Manfaatlar raqiblarni ham do’stlashtirishini unutmaslik kerak.

Bu AQSH Davlat Kotibi Kolin Powel 18 Sentyabr kuni O’zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Abdulaziz Komilovni qabul qilgan marosimda ham ta?kidlandi.

Shundan kelib chiqib tomonlar uzoq muddatga mo’ljallangan hamkorlik shartnomasini imzoladilar.

Ayni payda Qo’shma Statlar O’zbekistondagi inson huquqlari masalasini ham diqqatdan qochirayotgani yo’q. Masalan, Davlat Departamenti hali yaqinda qamoqlardagi qiynoqlar va sirli o’limlarni jiddiy ravishda tekshirib chiqishni talab qildi.

“Yaqinda,-deyiladi AQSH hukumati siyosatini aks ettirgan va “Amerika Ovozi” Radiosida 2002 yilning 14 Sentyabrida eshittirilgan bosh maqolada,- Jasliq qamoqxonasida Mirzakomil Avazov va Husniddin Olimovning o’lgani bilan bog’liqi olingan xabarlar tashvishlidir. Ikkala shaxs ham qamoqda ekan, qiynoqqa solinib o’ldirilganga oxshaydi. O’zbekiston hukumati, ular, mahbuslar orasida ro’y bergan janjal natijasida halok bolganini da’vo qilmoqda. Avazov, diniy radikalizmni tashviqlovchi materiallar tarqatganlik aybi bilan, 1999nci yilga 16 yilga qamalgandi. Olimov esa, foaliyati man etilgan “Hizb at Tahrir” a’zosi ekanligi aybi bilan 20 yil qamoqqa hukum qilingan edi. Ular, sharoiti qattiq ekanligii va butun qamoqdagilar, ayniqsa diniy tushunchalari sababli qamalganlarni qattiq qiynoqqa solinishi bilan do’ng’i ketgan Jasliq hibsxonasida ushlab turilgandilar. Avazovning jasadida, qiynab o’ldirilganligi alomatlari korilgani aytiladi. O’zbekiston hukumati, Avazov va Olimov-lar o’limining sabablari tekshirilganini da’vo qilmoqda. Lekin, AQSH va Yevropa Ittifoqi O’zbekiston hukumati, bu masalada qoniqarli ish bajarmagani qanoatidair. President Islom Karimov, o’lganlar masalasi barvaqt va ishonarli ravishda tekshirib chiqilishi uchun, darhol buyruq berishi darkor. Ana shu o’lim hodisasi yoki, qamoqdagilarga qo’pal muomala qilganlikda ayblanayotganlar, ochiq sudda muhokama etilishi kerak.”

Shunga qaramasdan, bir qator xalqaro tashkilotlar O’zbekistonda inson huquqlari qo’pol tarzda buzilayotganidan ko’z yumilayotganini aytmoqdalar.

Bu mavzuda Urush va Tinchlik xalqaro taqdqiqotlar insituti O’zbekiston Inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubov bilan muloqot nashr etgan. Tolib Yoqubov keyingi kunlarda Toshkent rejimi Amerika yordamlaridan ilhomlanib inson huquqlarini yanada qo’polroq poymol etayotganini ta’kidlaydi.U jumladan, inson huquqlari kurashchisi Yo’ldosh Rasulovning 17 Sentyabr kuni 7 yil qamoqqa hukm qilinganini misol sifatida keltiradi.

Human Rights Watch tashkilotining ijrochi direktori Elizabeth Andersen shu munosabat bilan e’lon qilgan bayonotida Yo’ldosh Rasulov darhol ozod qilinishi kerak edi, unga qo’yilgan ayblar isbotini topmadi va sud siyosiy mahkama bo’lganini o’zi isbot etdi, dedi.

Sentyabr oyining dastlabki kunlari Xorazm viloyatida ichki ishlar xodimlari tarafidan fuqaro Havojon Bekjonovaga nisbatan qilingan tajavuz ham tekshiruvlarsiz qolayotgani tashvish uyg’otmoqda.

Inson huquqlari kurashchilarini diniy tashkilotlarga aloqadorlikda ayblash O’zbekiston sud tizimida an’anaga aylanib bo’lgani esa bot-bot aytilayotgani bilan biror chora ko’rilmayotir.

Bir qator inson huquqlari tashkilotlarining a’zolari, jumladan, 16 sentyabr kuni Qashqadaryoda inson huquqlari kurashchilari Jo’ra Murodov, Musulmonqul Hamroyev va Norpo’lat Rajapovlarning uzoq yillarga qamoqqa jo’natilgani ham Toshkent rejimining ayovsizligini ko’rsatmoqda.

Ilgari O’zbekiston rahbarlarining Vashington safari oldidan ijobiy odimlar otilgan bo’lsa, endi O’zbeksiton Tashqi ishlar vaziri Vashingtonda hujjatlar imzolayotgan, BMT da O’zbekiston nomidan nutq irod qilayotgan, Amerikaliklarni to’plab ziyofat berayotgan kunlarda Toshkentda va Qashqadaryoda inson huquqlari kurashchilari ustidan hukmlar o’qildi.

Anashularning ta’siri bo’lsa kerakki, AQSHdagi eng nufuzli ro’znomalardan hisoblangan “Vashington post”da 20 Sentyabr kuni Amnesti Internationalning ijrochi direktori Oq uy Iroqqa qarshi tadbirlar olishda Xalqro Amnesti tashkilotining hisobotlarini, matbuotdagi chiqishlarni ham diqqat markazida tutganini eslatar ekan, O’zbekiston masalasini ham ilgari surdi.

U agar Prezident Bush Iroq rahbariyati inson huquqlarini oyoq osti qilayotgani haqidagi hisobotlarimizni e’tiborga olgan bo’lsa, u holda O’zbekiston, Rossiya va Columbiyadagi vaziyat haqidagi tashvishlarni ham jiddiy ravishda qabul qilishi kerak, bu mamlakatlarda AQSHning harbiy yordamidan foydalanilgan holda, inson huquqlari oyoq osti qilinmoqda, deb yozdi.

Xulosa qilib aytganda, esa barcha mamlakatlar chetdagi har qanday masalaga o’z manfaatlari nuqtai nazaridan qarashlarini yodda tutish kerak. O’zbekistonda inson huquqlari yaxshilanishi birinchi navbatda xalqning, uning vakillarining harakatlari bilan amalga oshadi. Xalqaro jamoatchilikning ta’siri esa oddiy ta’sirdir. Kimgadir t’asir qiladi, kimgadir esa “pashsha tepganday” gap bo’lib qolaveradi. Xalq bu yo’lda jon fido qilayotgan kurashchilarni himoya qilsa, himoyachilarning o’zlari o’zaro birlashsalar, nizolardan ustun tursalar, muxolifatmiz deganlar esa tarqoqlikdan qutulsalargina ilgari qarab odim bo’ladi. Aks taqdirda g’oyibdan kelgan kuchning mo’jizasini kutish bilan vaqt o’tib ketaveradi, xuddi 11 yil qanday o’tgan bo’lsa, Baxtiyor Hamroyev alam bilan aytganidek, dahshatli rejimning ildizlari chuqurlashib boraveradi.

(2002 yil, 21 Sentyabar)

MUSTAQILLIK BAYRAMI ANA’NALARI

 

1.QADAH VA QAROR

Sessiyalar aslida xalq tafakurining xazinasi bo’lishi va bu xazina millat vakillari tarafidan to’ldiririlib turishi kerak. O’zbekiston Mustaqilliginig ilk yillarida sessiyalar o’z ma’nosida millatning majlisiga aylana boshlangandi. Masalan, 1990 yilning 20 Iyun kunida Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun deputatlar o’zbek xalqining 70 yillik orzularini majlis zaliga olib kelish bilan cheklangan emas, balki uni ro’yobga chiqarish uchun ham odim otgandilar. O’shanda millat bilan bira uning vakillari ham shod edilar. Oradan bir yil o’tib 1991 yilning 30 Avgustida Islom Karimov Mustaqillik masalasini o’rtaga otganda millatning majlisida sokinlik hukmron, hatto Karimov qarsakni ham so’rab olgandi. Sabablar ayri masala. Buni alohida yozganmiz. Lekin shu kundan e’tiboran, 1-Sentyabr O’zbekiston mustaqillik kuni, deb e’lon qilingan bo’lsa anashu kun oldadan sessiya o’tkazish a’nanaga aylandi.

Bu an’anaviy sessiyalarda Prezident uzoq nutq soz’laydi. Mamlakatning birinchi galdagi vazifalarini belgilab bergan bo’ladi. O’tgan o’n sessiyadagi nutqlarni olib, bir solishtirib ko’ring’a?! Har holda Karimovga nutq yozganlar yoki har safar bir oldingisidan nusxa ko’chirganlar va yoki Karimobning zehniyatida hech qanday o’zgarish bo’lmagan. Hamma vaqt birinchidan, ikkinchidan deb sanalgan muhim masalalar qog’ozda qolib ketadi. Amalda esa tamoman teskarisi qilinadi. Ya’ni bayram oldi sessiyasi o’z-ozini va hamda boshqalarni ham aldab turish an’anasiga aylandi.

Qizig’i shundaki boshqalar ishonmagani aniq. Har holda notiqning o’zi ham ishonmasa kerak. Shunday ekan bunday an’ana nimaga kerak? Bu savol qo’yiladigan bo’lsa barcha jabhaga qarata qo’yilihsi kerak bo’ladi va biror-bir ish qilinmagani oydinlashadi. Shuning uchun “ish qilinmoqda” timsolini yaratib turish kerak.

O’n yilda gapirilgan gaplar 10-tomlik kitob bo’libdi. Islom Karimovning bu o’n tomligini bir varaqlab ko’ring-a?! Hamma nutqlar bir-biri bilan egizakka o’xshaydi.Ayniqsa bayramoldi nutqlari.

Boshqacha aytganda, bayram sessiyasidagi nutq xuddi tug’ilgan kuni kabi bir marosimda qadah ko’tarib aytilgan so’zdek oniy bo’lib qolmoqda. Aytilgan so’z uchun birov ma’suliyat talab qilmagandan keyin shunday bo’ladi-da. Eshituvchilar ham majlisga emas, bayramga keladilar. Ularga ham qadah so’z kerak. Maqsad ichkilikni ichish, maqsad-gap va maqasad emas.

Mazkur sessiyalarda o’nlab masalalar kun tartibiga qo’yiladi va qadahni yutib yuborgan kabi tez qabul qilinadi. Deputatlar u yoqda tursin hatto prezidentning o’zi ham bu sessiyalarda qanday qonun qabul qilinganini aytib berolmasa kerak. Diktatura kasali shunaqa, odamlar nima qilayotganlarini bilmaganlari kabi nima qilganlarini ham bilmaydilar.

 (“Amerika ovozi” radiosi, 2002 yil, 4- Avgust).

 

2.SADOQATFURUSHLIK

Sovet davrida bir latifa bo’lardi. Brejnev Mudofaa vaziri bilan shaxmat o’ynab o’tirgan ekan, jangci-uchuvchi kirib keladi va :

-O’rtoq bosh qo’mondon Kobulga bomba tashlab shoh saroyini vayron qildim,-deydi.

Brejnev vazirga qarab: -Bu o’zimizdan’mi?-deb so’raydi.

-Shuning uchun bu yerga erkin kirib keldi-da, bulmasa …

-Ha,ya..-degan Brejnev g’aladondan bir ordenni olib uchuvchining, ikkinchisini esa mudofaa vazirining va uchinchisini o’zining ko’ksiga taqib qo’yadi.

Bu latifa Brejnev tirikligida xalq orasida tarqalgandi. Darvoqe, orden- medalu va mukofotlari eng ko’p o’lka Sovet Ittifoqi edi va Brejnevning ko’ksida orden taqishga joy qolmagandi.

Sovetismning barcha ko’rinishlari qatorida bu timsoli ham O’zbekistonda qolgan. Faqat orden va medallarning nomi o’zgargan. Masalan, “Sovet uttifoqi Qahramoni” o’rniga “O’zbekiston qahramoni” degan kabi Lening ordeni o’rniga Amir Temur va yoki Jaloliddin Mnagu berdi ordeni kabi.

Ilgari bu orden medallar berilishida ikki holat e’tiborga olinardi. Xizmati va sadoqati. Hozir esa faqat sadoqati hisobga olinadi. Ilgari mukofotlar bayramlarda tarqatilgan. Hozir ham. Ammo eng ko’p mustaqillik kuni tarqatiladi.

Toshkentdan olingan bir xabarga ko’ra, bu yil mukofot oluvchilarga, agar ularning qo’lidan yozish-chizish keladigan bo’lsa, rejim tomonidan o’ldirilgan yoki quvg’in qilingan kishilar haqida, “Ayb ularning o’zida”, deb qoralovchi kitoblar yozish buyurilgan ekan. Bu ham sadoqatga chorlov, albatta.

Darvoqe, shu o’rinda bir narsani eslatmoq kerak. Agar mukofot berilishi kerak bo’lsa, va bu ish mustaqillik kuniga to’gri kelganda eng avvalo Mustaqillik uchun kurashganlarga berilihsi kerak. O’zbekiston mustaqil bo’lsin, deb bayroq ko’traganlardan, adib Mamadali Mahmudov, mustaqillik uchun kurash yillarining xalq deputatlari Samandar Qo’qonov, Murod Jo’aryev, Meli Qobulov va boshqalar bugunga qadar hibsda o’tirsa-yi “Mustaqillik bu orqadan pichoq urishdir”, deganlar O’zbekiston qahramoni bo’lib, davralarning kelbatiga aylansa haqiqatning beli singani emasmi?

Sadoqat sotilmaydi, degan ekan, mashoyixlardan biri. Ko’rib turibmizki u xato qilgan ekan. Bugun sadoqat ham sotiladi va sotb olinadi. Ya’ni sadoqat ko’rsatish ham xizmatga aylangan va bu xizmat evaziga mukofot beriladi va mukofot olinadi.

Suhbatimizni Brejnev haqidagi latifa bilan boshlatgan edik. Yana bir latifa esga tushmoqda.

Brejnev narigi dunyoda ham orden medallarini shaqirlatib taqib yurgan ekan, yoniga bir kishi kelibdi. Unda Brejnevdagidan o’n barvar ko’p orden va medallar bor ekan.

Qanday qilib mendan ko’p olding bularni,- deb ajablanibdi Brejnev.

-Bozorda bularning hammasini bir choychaqaga sotib oldim,- deb javob qilibdi haligi kishi.

Ha, o’tgan kunlarning eng yuksak ordenlari bugun choychaqachalik ham qadri qolmagan.

Har holda O’zbekiston orden-medallarining bahosi kelajakda qancha bo’ladi, buni vaqt ko’rsatadi.

(“Amerika ovozi” radiosi, 2002 yil, 11 Avgust).

 

3.QO’RQUV

Qurquvni shaytoni la’yn deydilar. U inson vujudiga bir yopishib oldimi, chiqib ketishi qiyin bo’ladi.

Ba’zilar o’z kamchiliklari, qusurlari ochilib qolishidan qo’rqadilar va umrlarini anashu nozik nuqtalarni bilganlarga qarshi kurashga sarflaydilar. Ya’ni shaytoni la’ynning malayiga aylanadilar.

Ba’zilar kimlargadir yomonlik qilib, zulm o’tkazib o’zimga ham shunday tarzda qaytmasin, deb qo’rquv girdobiga g’arq bo’ladilar. Ya’ni sayatoni la’yning quliga aylanadilar.

Ba’zilar qo’ruv bilan tug’ilib, qo’rquv bilan o’lib ketadilar. Y’ani shaytoni la’ynning o’ziga aylanadilar. Bu bir falsafa. Haqiqat esa shuki, qo’rquv O’zbekistonda mustaqillik boshlangandan beri mustaqillik kunlarining an’anasiga aylandi.

Ma’lumki, 1 Sentyabr bayram deb e’lon qilingan. Lekin qo’rquv qurshovidagi bayram. Sentyabr yaqinlashaverishi bilan Toshkent shahri o’rab olinaveradi. Kelganning kelbati ketganning ketmonidan shubha qilinadi. Toshkent mirshbxonaga aylanadi. Yana ham to’grirog’i mirshbaxona ichidagi tutqunlarning o’yin kulgi sahnasiga aylanadi. bu yerga oddiy xalq kiritilmaydi. Ayniqsa mustaqillik maydoni oddiy xalqdan qo’riqlandi. U yerga kirish uchun sadoqatfurush bo’lishga to’g’ri keladi.

Ilgari podsholar mamlakatning to’rt tomoni ichiq qolgan holda o’zlari yashagan shaharni qal’a bilan o’rab olganlar. Ularga xalqning joni emas o’z jonlari aziz bo’lgan. Bugun ham ayni holatni ko’rish mumkin.

O’zbekistonda 16 fevraldan keyin kuchli tadbirlar olinishi kerak bo’ldi, bu shart-sharoit taqozosi, deguvchilar ham bor.

Darvoqe, Amerika ham 11 Sentyabrdan so’ng katta tadbirlar oldi-ku, va Mustaqillik kuni bayram qilingan 4-Iyulda Washington kuchli tarzada qo’riqlandi-ku deya e’tiroz bildirganlar bo’ladi.

Ha, Washington qo’riqlandi, xalqdan emas balki xalq uchun qo’riqlandi. Yani Washingtonga kirish hech kim uchun man etilmadi. Tantanalar bo’ladigan markaziy maydonga ham istagan odam keldi.

Shu kuni terroristlar hujumi bo’ladi, deya xabar olingani uchun katta tadbirlar ko’rildi va bu tadbirlar xalqning ommaviy sayliga hech qanday salbiy ta’sir ko’rsatgan emas. Amerikaning istalgan nuqtasidan istagan odam kelib, Washingtonning markazida Mustaqillik kunini bayram qildi. Sen kirishing mumkin va yoki sen kira olmaysan degan gap bo’lgan emas.Boshqacha aytganda tahlika qo’rquvga aylangan emas.

O’z soyasidan ham qo’rqish, degan gap bor.Yoki qo’rqqan “ilon” deya ipning ustidan hatlamaydi, deydilar. Yoxud qo’rqqanga qo’sha ko’rinadi, degan maqol bor. Agar qo’sha ko’rinmaganda tabiiyki bigungi manzaralar boshqacharoq bo’lardi. Amerika prezidentlari haftada ikki uch marta xalq orasiga kirishadi. Bu qo’rqmaslik an’anasini saqlab qolishning bir yo’li. Aks taqdirda saylov kezlari har kuni xalqning oldiga qanday chiqadilar?!

Boshqacha aytganda ular xalqning orasidan o’tib taxtga kelganlari uchun yanq xalqning orasiga chiqishlari qo’rquvga aylanmaydi. Xalqni bosib, uning ustidan o’tib kelganlar esa bir umr qo’rquv ichida yashaydilar. Orqaga yurish emas, balki orqaga qarash ham ularga keljakka qarash kabi qo’rqinchdir.

 (“Amerika ovozi” radiosi, 2002 yil, 18 Avgust).

 

4.TOMOSHA SAHNASI

Ma’lumki, Sovetlar mafkurasining asosiy bo’ginlaridan biri tomosha sahnasi edi. Boshqacha aytganda ko’zboyamachilk va so’zbo’yamachilk edi. Ya’ni ichkarida birov o’lib yotgan bo’lsa ham tashqarida konsert, tomosha davom etaverdi. Konsertlarning mag’zi-mundarijasi jonajaon partiya va uning rahbarlarini, ular bergan faravonchilkni kuylashga qaratilgan bo’lardi. Ilgari shoirlar yozib berar, kompozoitor musiqasini yozar, ashulachi kuylardi. Ya’ni maddohlik madhiyasi uch “qo’l”dan chiqardi. Bugunga kelib bu ham qisqardi. Ashulachining o’zi yozib, o’zi kuylab beraveradi.

Mustaqillik kunlarining eng muhtasham an’anasiga aylangan tantanali konsertga har yili alohida tayyorgarlik ko’riladi. Har har bir harakat va har bir qoshiq nazoratdan o’tkaziladi. Aytib bo’ladimi? Qoshiqchilardan biri bilib yoki bilmasdan muxolifat yoki “Hizbu Tahrir” deb yuborsa nima bo’ladi? Konsert paytida qaysi qo’shiqchi yoki o’yinchi yurtboshining yoniga boradi va kim uning ko’ksiga bosh qo’yadi va kim u haqda qo’shiq aytadi va kim qarshak chaladi, hamamsini bayramni o’tkazish komissiyasining raisi belgilab beradi. Odatada bu ishni preizdentning maslahatchilaridan biri va Bosh vazir o’rinbosari bajaradi, Madaniyat vaziri esa yordamchi. Ular ijrochilarni bir necha martalab mashqdan o’takazadilar. Shunday bo’ladiki, ijrochilar xuddi vatanni qutqarish uchun urushga borayotgandek shay bo’ladilar. Hukumat tomonidan bu ishlarga bosh-qosh bo’lganlarning fikri-zikridagi aniq. Butun sahna, butun tomosha bir kishining kayfiyatini chog’ qilish va bir kishiga yoqish uchun yo’naltiriladi.

Aslida mustaqillik kuni konsertlar, tomoshalar hamma mamlakatlarda ana’anaga aylangan. Y’ani shu kuni xalq bayram qiladi. Masalan, Amerikada shu kuni xalq sayllari bo’ladi va kechqurun paytaxt Washingtonda va bohsqa markaziy nuqtalarda mushakbozlik o’tkaziladi. Rasmiylar, ya’ni mulozimlar ham shu kuni ko’p qatori o’z oilalari va yoki do’stlari davrasida bayram qiladilar. Chunki shu kuni rasmiy bayram deb e’lon qilingan, ish yo’q va bu bayram prezidentdan tortib oddiy fuqaroga qadar hamma uchun. Ya’ni odamlar tabaqalashtirilmaydi va ajratuilmaydi. Konsertlar uyushtirilganda ham ularga mavzu berilmaydi. Sa’antkorlar istagan mavzuda istganlari kabi kuylaydilar. Masalan G’ulomjon Yoqubov deganiga prezidentni maqtab yoki Yulduz Usmonova deganiga vatan xoinlarni qoralab, degandak mavzular berilamydi.

O’zbekistonda mana bir necha yillardir-ki mustaqillik kuni mamlakat tomosha sahnasiga aylanadi. Lekin aslida butun mamlakat tomosha sahnasiga aylangan.

Qorni och odam qo’liga miskov olib tish kovlayotgandek bo’lib ochligini yashirganidek, cho’ntagida bir miri ham qolmagan xalq faravonlik haqida kuylaydi. Kuylamay ko’rsin-chi?

Yoki, talaba ilmgohda pora olinadi, deb gazetaga xabar yozsa, buning to’griligiga hamma ishonsa va lekin talabani ayblashsa bu ham “normal” hol. Jo’jaxo’rozga kim qo’yibdi bunday gaplarni aytishga, deyishadi.

Qamoqlarda mahbuslar qiynab o’ldirilgani haqida xabarlar oqimi to’xtamasa ham sharoitlar yaxshilangan degan hisobotlar tarqatiladi. Dunyodagi eng yaxshi qamoq bizning qamoq. Qashqadaryolik bir yigit, meni ham qamang, ochiqda na ish na non bor, qamoqda har holda ochdan o’lmayman, degani shundan bo’lsa kerak.

Iqtisodiy buhron eshik qoqmagan hovli qolmagan holda oynaijumhir, (oynaijahon deyishga til bormaydi)ya’ni televideniye va radio buyuk o’zgarishlardan gapirib tursa tabiiyki bularning hammasi tomosha sahnasi. Boshqacha aytganda masxarabozlik tomoshasi.

Ammo gap shundaki tomoshbain kim?

Javob jo’n, tomoshabin tomosha sahnasining qarshisida o’tirganlar.

 (“Amerika ovozi” radiosi, 2002 yil, 30 Avgust).

 

BOYMIRZA HAYIT HAQIDA SO’Z

 

Boymirza Hayit Turkiston tarixining 20 asrdagi chinorlaridan biridir. Yana ham aniqroq aytsak chinoridir. Chunki Turkistonning 20 asrning birinchi yarmidagi tarixini yoritishda unga teng keladigan bohsqa olim yo’q. O’sha davrda yo’q edi va haliga qadar yo’q. Agar u haqiqatni yozmaganda Sovetlar davrida unga qarshi 2000 dan ziyod buhton maqola bitilarmidi?

Uni “Vatan xoini” dedilar. Bu kalima o’z mazmunini yo’qotdi va vatansevar anglamiga keldi. Chunki Vatanini Boymirza Hayit kabi kuchli sevadigan boshqa odam bo’lmagani va “Vatan xoini” kalimasi doim unga qarata aytib turilgani uchun ham bu ibora o’z mazmumini o’zgartirdi. Boymirza Hayitga qiyosan “Vatan xoini” demak bu vatansevar anglamiga keladi. U anashunday kalimalar mazmunini o’zgartira oladigan hayot yashadi.

Uni tuhmatchi dedilar. Buni oddiy insonlar emas, Sovet davrida eng mashhur olimlar, adiblar, davlat arboblari takrorladilar. Tuhmatchi kalimasi ham unga nisbatan aytilganda o’z ildizidan ayrilib haqiqatgo’y anglamini aks etdi. Chunki u bir umr haqiqatni yozdi. Bugunga qadar hali sovetlar “bosmachilar” deb tamg’a qo’ygan Turkiston milliy ozodlik harakati haqida Boymirza Hayitdan o’tib tushadigan tarix yozgan odam yo’q.

Undan qo’rqdilar. Sovet davrida sho’rolar yashirgan qilmishlari ohskor qilingani uchun undan qo’rqdilar. Mustaqillik yillarida esa sho’rolar boshqa qiyofada turlanganlarini u bilgani uchun yana undan qo’rqdilar. Qolaversa mustaqillik uchun kurahsgan u edi, ammo suv keltirgan xoru ko’za sindirgan aziz bo’ldi.

Boymirza Hayitni muhojirlikda ham sevmaganlar bor edi. Kimdir uni “Yuzaki tarixchi”, dedi. Vaholanki, bu gapni aytganlarning o’zlari Turkiston tarixi masalasida ko’zlari ko’r, qalblari so’qir edi. Umrlarini faqat valdirash bilan o’tkazdilar. Kimlardir endi ularning nomlarini ham Boymirza Hayit nomining yoniga qo’yishga intilmoqda. Oltinning yoniga sariq chaqani qo’ygan bilan oltin xazinasi boyimaydi. Oltin oltindir, sariq chaqa esa sariq chaqadir.

Sho’rolar ta’sirida qolgan ba’zi muhojirlar Boymirza Hayitni seva olmadilar, ardoqlay olmadilar, uning hayotidan, asarlaridan nuqs qidirishga urindilar. Lekin pishqirib oqayogan daryoning yo’lini xas bilan to’sihga urinishdek gap edi bu.

Boymirza Hayit quruq valdirash va yoqi maqatnishlar bilan emas, o’zining kamtarona mehnati, o’lmas asarlari bilan o’ziga haykal qo’ydi. O’zbekistondagi to’ralar Boymirza Hayitni Vatanga kiritmasak uning nomini unuttiramiz dedilar. Aksincha uning nomi Vatanda yanada balandror yangramoqda.

U ikkiyuzlamachilk qilib soxta mustaqilchilarni maqtamadi.

U so’zboyamachilk qilib mansabfurushlarga xizmat qilmadi.

U bugun xasta va to’shakka mixlangan. Vatanga qaytaman, dedi, ammo Vatanni onasining mahriga tushgan kabi o’zining shaxsiy tomorqasi qilib olganlar yana unga yo’l bermadilar.Lekin bu bilan Boymirza Hayit nomini ko’ngillardan o’chira olmaydilar. Bizning ko’ngillarimiz uning uchun Vatan bo’lgay!

U umr bo’yi haqiqatani bildi, haqiqatni tanidi va haqiqatga xizmat qildi. Shu bois ham uning nomi haqiqat kalimasi bilan teng mazmun kasb etmoqda bugun. Shuning uhcun u bugun, ertaga ham , undan keyin ham Turkiston tarixining ustuni, chinori o’laroq qolaveradi.

(Vashington, 2002 yil, Avgust).

 

ZINDONBAND SHE’R

Kimlar sevincidam mastu mastondir,

Kimlar zindonlarda cekadi ozor,

Bu dunyo kim ucun taxti arkondir,

Kim ucun umidi komilgan mozor!

Sharqda bir odat, bir udum bor. Aqli qilic bolgan o’gillarini avvalo zulm qoli bilan yakson qilib, keyin uluglaydilar. Bu mudhish anana Turkiston zaminini ham chetlamagan edi. So’z mulkining jahongiri Mirzo Alisher Navoiy Astrobodga surgun qilinganidan tortib Boborahim Mashrabning boshi uchun qurilgan dorga qadar bu hodisa davom etdi.

Uzoqqa bormaylik. Fitratu Qodiriy, Co’lponu Usmon Nosirni Stalin o’ldirdi, deya ayuhannos soladiganlar aslida ularga buhton uyushtirib, ularni tutqin qilib berganlar kimligini yashirayotganga o’xshaydilar.

Ya’ni oz’ og’illarini Stalinning qo’li bilan o’ldirib, bugun endi ularni qahramon deya olqishlab yuribdilar. Shu narsa kunday va oyday aniqki, erta bir kun O’zbeklar bu ulug’ adiblaridan so’ng albatta Evril Turon, yani Mamadali Mahdudov va Yusuf Jumanining nomini tilga oladilar, ulug’laydilar. O’zbek adabiyotining “asadulloi sharifi” edi, zulm qo’li jigarini yulib olgan o’lmas qoya edi, so’zi zulfiqorday o’tkir, o’zi Alpomishday pahlavon edi, deydilar.Va buni bugun saroylarda o’tirgan adiblar ertaga o’zlarini asrab qolish uchun aytadilar, ularning vorislari aytadilar bu so’zlarni. Tao tortmay, uyalmay aytadilar. Basharalari bez qilib turib aytadilar bu kalimlarni va yana davr qahramoni bo’ladilar balki?!

Lekin aslida ham bu ikki adib – Evril Turon va Yusuf Juma bugun zindonband ekan bu O’zbekning yuz qorasi, eng uyat ishidir. O’zbekiston qahramoni nishonini ko’ksiga taqib yurgan shoirlar hali Volodya Ulyanovni otam, deb yurganlarida Evril Turon mustamlaka zanjirini uzib uloqtirgan va bu ruhni adabiyotga ham boshlab kirgan edi. Rus mustamlakasiga qrashi fikr yuritishdan qo’rilgan bir paytda Evril Turon bu zulmga qrashi kitob yozdi.

Bugungi saroy shoirlari zilm zanjirini moylab turar ekanlar Yusuf Juma millatning dardini sherga soldi. Millatning gulday bolalari turmalarda o’ldirilar ekan Yusif Juma tomoshabin bo’lolmadi. U shoir edi va afg’onni she’rga soldi. Agar bugun taxt jilovini silkitib turgan hurmatlar saltanatining beshikdorlari istasalar bu ikki adibni ozod qilishning yo’lini topa oladilar. Lekin ular istamaydilar. Agar bu ikki adibning iste’dodi davlat darajasida e’tirof etilsa, qolganlar hech kim bo’lib qoladilar-da! Mana, gap qayerda?

Saroy shoirlari Millat va Manfaat, Vatan va Inson deb hayqiradilaru bu kalimlar ortida boshqa ma’nolarni idrok etadilar. Agar ularning manfaatiga zid kelsa Millatdan ham, Vatandan ham yuz o’giradilar.

AQSH hukumati Mamadali Mahmudov taqdiri haqida bir neca marta tashvish bildirdi. Bugun Yusuf Jumaning qamoqda o’tirgani ham O’zbekistonni dunyoda sharmisor etmoqda. 2001 yilning 20 dekabrida dunyoda terrorizmga qarshi kurashda bayroqdorlik qilayotgan AQSH hukumatining Avropada Xavfsizlk va Hamkorlik Tashkilotining doimiy kengashida o’qib eshittirilrgan bayonotida Yusuf Jumaning qamalishi inson huquqlarini toptashdir, deyildi. Toshkent esa shoirga terrorist tamg’asini urishga intilmoqda.

Terrorizmga qarshi uruhsni shoirga qarshi urushga aylantirish hec bir mantiqqa sig’maydi. Shoirning o’g’lini ayblashmoqda. Qizining yozgan sherlarini tortib olib uni tahqirlashmoqda. Shoirning oilasini qishlog’ida, Buxoroda yomonotliq qilishga urinishmoqda. Bu ishlarni KGBning merosxo’ri bo’lgan MXX bajarmoqda.

Bularning hammasi tafakkurga qarshi urushdir, aqlga qarashi urushdir, sheriyatga qarshi urushdir.

She’r inson qalbining inikosidir. Shoirni qamash she’rni qamashdir. She’rni zindonband qilishdir.

She’riyatning shon daftari,

G’ijim-g’ijim ajindir.

Millatimning hur kaftarin,

Oyog’ida zanjirdir.

Bu ne adl, bu ne davron?-

Qlam sinar qindonda.

Bu ne safar, bu ne karvon?-

Yolci yulduz zindonda.

(Amerika Ovozi, 2001 yil 22 Dekabr)

O’ZBEKNING ONASI

O’zbekistonda har yilning bir oti Bor. Keyingi uch yil esa onalar nomi bilan bogliq edi. Bu yillar onalarga nima berdi? O’zbekning onasi bir yil tugab ikkinchi yil boshlanarkan qay ahvolda?

 

Qorlar tog’ga emas, boshingizga yog’di, Onam!

Dorlar yovga emas, bolangizga boqdi, Onam!

Umringizdan yana bir yil ketarkan,

Torlar kuyga emas, nolangizga og’di, Onam!

Dynoda onalar haqida eng jo’shqin va eng larzali, otashin hamda ohangrabo sozlarni ko’p aytganlar bellashuvu bo’lganda tabiiyki, O’zbek g’olib chiqqan bo’lardi.Onasi haqida gap ketsa yo’llariga poyondoz to’shashini, qo’llariga gard yuqtirmasligini, yegani oldida, yemagani ortida kabi sharoit qilib qo’yganini gapiqib ko’krakka uradigan yan boshqa kim?.

Shoir yo’qki bu elning, onasi haqida sherlar, dostonlar bitmagan bo’lsin.

Hofiz yo’qki bu elning, Onam deb dilo’rtar qo’shiqlar kuylamagan bo’lsin.

Siyosatchisi yo’qki bu elning Ona haqida jo’shib jo’shib gapirmagan bo’lsin.

O’g’loni yo’qki bu elning, Onam, deb mag’rurlanmagan bo’lsin.

Ha, dunyodagai hamma yaxshi kalimalar o’zbek onasining boshiga yo’gan.

Lekin subhi kosibdan kun tig’ga kelganda ham, olamlar Xurshidi yonboshlab shafaq qontalash bo’lganda ham paxta dalasida, go’zalar orasida emaklab qolgudek holda bukilgan ham O’zbekning onasi emasmi?

Tandiriga o’tin tashlab, xamiriga un toplomay nolasini ko’ksiga ko’mib, mardikor bozoriga chiqib ketgan ham O’zbekning onasi emasmi?

Qish chillasida sovuqdan dildiragan, saratonda issiqdan mo’ltiragan bolalariga qarab erta bir kun jallod qo’l ularni ham bag’rimdan uzib ketmasmikan, deb xun bo’lgan ham O’zbekning onasi emasmi?.

Bolasining qarashlari va yoxud o’zining Allohga inongani, bilib bilmay ikki og’iz haq gapni aytib qo’ygani uchun zindonband etilgan, xokisor bo’lgan O’zbekning onasi emasmi?

Dardlar iskanjasida qolgan Onaizor bu nomard olamni tark etgach, orqasidan zaminni titratgan kabi kabi uvvos soladigan esa O’zbeknig bollasi emasmi? Ammo bu kechikkan sado Onaizorning laxta qonga aylangan qalbiga yetib borarmidi?

Qabristonga yugurib marmar toshlar tiklagan, har uch kunda bir ma’raka qilib Onam, deb bo’zlagan ham O’zbekning bolasi emasi?

Sho’rolar davrining yemrilish kunlarida Oz’bekiston qishloqlarida yashagan onalarning 80 foizi qamqon edi. Onalar va bollar o’limi bo’yicha O’zbekiston dunyoda sarbon edi. Xasta onalarni davolash, bolarini asrab qolish haqida va’zlar aytilardiyu amalda burchak burchaklarda bir musht bo’lib o’tirgan onalarni ko’rar ko’zlar ko’r edi..

Bugun esa, bir paytlar oshkor bo’lgan raqamlar ham sir. Onalrning xastaligi ham davlat siri. Xastaxonlar eshgida yuragini g’ijimlab qolayotgan, qo’lida bir narsasi yo’qligigi uchun jarroh amaliyotga olmaganda umidalari tilim tilim bo’layogan, besh tanga topmagani uchun kitobsevar bolasi oliygohga kirolmagnidan kozlarining qorachigi’ erib sel bo’lgan, eng so’nggi chora olaroq o’z oz’ini yoqib yuborayotgan, dahshatli kunlariga isyon sifatida o’z o’zini osib qiyayotgan ham O’zbekning onasi emasmi?

Bangivor tashib Dehli qamoqxonasida yotgan, olis Bangladeshda hibsga olingan, Birlashgan Arab Amirliklari zindonida iztirob chekkan, Russiyada oddiy ruslarning ostonasida qul bolib, cho’rilik qilgan, o’z bolasi uyida qolib Garbda bolaboqarlik yoki kekesaboqarlik qilgan ham bugungi O’zbekning onasi emasmi?

Poyezdalarda temir ustida yotgan, sassiz sassiz ingrangan, qo’nalg’alarda tunlarni tongga ulab kipriklari snchiqqa aylangan, izg’rinda nimchasiga o’ralib qaltiraga, qorli qirovli kunlarda qordan ham oqarib ketgan boshiga ba’zan boglaydigan romolcha hamtoplmagan ham bugungi mustaqil O’zbekning onasi emasmi?

Tetapoya qilib, ming azob, ming uqubat ichida ulg’aytirgan bolasini “ha”, yo’q,”be’ yo’q, mirshablar olib ketsa, uraverib ichaklarini ezsa, qovurg’larini sindirib, ruhini sindirsa, tirnolarini so’kib olsa yana sim sim yiglaydigan O’zbekning onasi emasmi?

O’glini uyli qilsa “Kelinimning oldida tili qisiq bo’lmasin”, deb tashvishini yeng ichiga oladigan, qizini uztasa “Kuyovimning qo’liga qarab qolganda”, deya iztirobini ichga yutgan, o’zi kiyadigan ko’ylagidan o’quvchi bolasiga jild tikib bergan ham O’zbekning onasi emasmi?

Bugun yurtboshi maslahatcilari, hukumat vazirlari, viloyat va tuman hokimlari, siyosatmadorlar orasida ham ko’zga tashlanmaydigan zot bu O’zbekning onasi emas?

Olima bo’lganlari olmonda sarson, otina bo’lganlari olamda sarson.Dinga ishongani diyonat ko’chasida xor, elga inongani adolat soqmog’ida zor. Yuraklari hil-hil, orzulari chil chil, xayollari mil-mil bo’lgan ham O’zbekning onasi emasmi?

Bir yil tugab borakan sariqlikdan sarg’aygan, nochorlikdan notavon, nonini topsa shakarini topmagan, yog’ini olsa, go’shtini ololmgan, ihslab ishlab maoshsiz qolgan, qadriyatiga yig’lab qadriga yig’lay olmagan Onaizor uchun nima qildik, deb bir o’lyab koring-a? Balandparvoz maqtovlar saltanadidan dardlar vodiysiga inib yuqoridagi kabi savollarni bir takrorlab ko’ring-a, balki tosh kabi qotgan qalbingizda bir narsa yilt etsa?!

 

O’rningiz boshimiz ustida dedik,

Oyoqlar ostida qolib ketdingiz, Onam!

Jannat oyog’ingiz ostida dedik,

Jahannam bag’rida yonib ketdingiz, Onam!

(“Amerika Ovozi” radiosi, 2001 yil, 30 Dekabr)

 

SO’KAG’ON KASALLAR

“Birlik” sahifasining “Mehmonlar kitobi”da O’zbekning nomiga yarashmagan so’kishlar va bir-birga nisbatan kurakda turmaydigan haqoratlar o’rin olishini birov “Xalqimizning madaniyati” bu deb yozdi. Avvalo shuni aytish kerak-ki uch-to’rt kishi hech qachon bir xalqning ko’zgusi bo’lolmaydi. Aksincha bunday insonlar o’sha xalqning bechora maxluqlaridir. Maxluq deganimizni ham haqorat, deb qabul qilganlar bo’lishi mumkin. Unutmang, Alloh nazdida jamiyki jonzotlar, jumladan inson ham maxluqdir.

Men masalaga boshqa jihatdan yondashib, gap nimadaligini o’rtaga qo’ymoqchiman.Bugun dunyo aholisining 30 foizi ruhiy kasallik bilan xasatalangan, deb yozgandi taniqli psixiatr olim Krew Lant. Bu esa oddiy asabiylikdan boshlab, shezafreniya, paranoya, paranoyik skleroz va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi. Kasallik belgilari juda ko’p. Olimning tadqiqotlariga razm solib chiqqach, yuqorida nomi zikr etilgan sahfada juda ko’p belgilarni ko’rmoqdaman. Olim yozadi: “Bolaligida va yoki undan keyin zo’rlangan kishi bir umr ruhiy bosim ostida qoladi. U gapirganda va yoki yozganda anashu o’tmishining ta’siri ostida bo’ladi va o’zi bilmagan holatda boshqalarni …. (zo’rlanganlar) deb so’ka boshlaydi”. Olimning haqligi shundaki, har birimiz hayotda bunday misollarga juda ko’p duch kelganmiz. Masalan, atrofdagi do’stlarining mavjudiyatlari uchun kun kechirishga asos topib yurgan odamlar shu atrofdagilarini ayblaydilar doim.

Olim uqtiradi: “Jinsiy jihatdan yaroqsiz bo’lib qolgan va yoki bu masalada bir maummosi bor odam, doim boshqalarni “unday qilib quyaman, bunday qilib yuboraman” deb so’kadi. U o’z nuqsini boshqalar sezib qolsa nima qilaman va eshitishgan bo’lishsa qanday bosh ko’tarib yuraman, kabi andishalar bilan yashaydi.

Darhaqiqat, umri poraxo’rlik bilan o’tgan odam doim halollik haqida gapirishga va boshqalarni poraxo’rlikda ablashga intilgani kabi. Hatto xuddi oldi berdining ustida turganek, falonchi falon yilda falon joyda falon odamdan pora olgan, edi deb yozadilar va yoki aytadilar. Ular kimdir ishonib, kimdir ishonmasligini diqqatga olmaydilar. Ular o’zlarini o’ylaydilar. Bir kun ayblarining ustidagi parda olinsa, bunday odam faqat men emas, boshqalar ham shu ishni qilgan, degan fikrning asiriga aylangandir ular. O’ziga qachondir laqab qo’yganlarida ruhiy jihatdan ezilib ketgan odam boshqalarga turli laqablarni qalashtirib tashlashga harakat qiladi, degan olimga qoyil qolmay iloj yo’q.

Yoki, o’z oilasida, qarindoshlari orasida izdan chiqqanlar, buzuqlar, tarbiyasizlar bo’laganidan ezilgan kishilar esa boshqalarni shunday, deb so’akadilar, ya’ni men haqimda bilib qolishganda mening yolg’iz emasligim bilishsin, degan fikrdan qutula olmaydilar. Bu kasallik, ayniqsa Sharqqa xos bo’lib eng ko’p tarqalgan alomatdir.

Aqlini allaqachon yo’qotib bo’lganlar esa boshqalarning otidan yozib, keyin shu boshqalarni yana bir boshqalar otidan so’kib boplayapman, deb o’z oz’larini qonitiqtiirb turadilar.

Yana bir toifa esa hamma yozilganlardan, aytilganlardan o’ziga ham olib turadi va qiynalib yashyadi, bir kuni kelib u ham bohsqalarga qo’shilib so’kina boshlaydi. Tojiklar bundaylarni “Devori nam kash” deydilar. Bu gap O’zbekistonda ham keng yoyilgan. Ya’ni har narsani o’ziga olaverish xastaligining obrazli ifodasi bu.

Yana bir guruh esa meni falonchidan boshqa hech kim sukmaydi deb uylaydi. Bu endi kasallikning paranoyik darajaga ko’tarilishidir.Bu davrda kishining miyasiga “chip” kabi yopishib olgan kasallik doim lippillab turadi va har doim o’zi yomon ko’rgan odam ko’z oldiga keladi. Hatto qor yog’ib qolsa ham o’sha odamdan ko’radi. Kasal bo’lmaganlar o’zlarining haqiqiy nomlaridan yozadilar va mas’uliyatni doim his etadilar. Kasallar esa o’z otlarini ham yashiradilar.

Olimning kuzatuvlariga tayanib, “Birlik” sahifasining “Mehmonlar kitobi”ga ba’zan tinmay haqoratlarni yozadiganlardan ajbalanish kerak emas. Men ham avvaliga ulardan ranjib, ochiq xat ham yozdim. Ammo olimning maqolasini o’qib fikrim o’zgardi. Ular xasta odamlar ekan. Ularning xastaliklari davolanmaydigan kasallikdir. “Bukrini go’r tuzatadi”, deganda xalqimiz balki anashundaylarni nazarda tutgan bo’lishi mumkin. Mening esa ularga faqat rahmim keladi. Kasallarga, tabiiyki, rahmingiz keladi.

Washington, 2002 yil, Avgust.

O’ZBEKISTONDA “KLAN”LAR BORMI? 

 

Shu yilning fevral oyida Toshkentda portlagan bombalar orqasidagi sirni tahlil etishar ekan, Amerika matbuoti bir necha taxminlar haqida to’xtalib jumladan, O’zbekistonda “klanl”ar mavjudligi va mudhish voqeada ularning ham qo’li bo’lishi mumkinligini yozishdi. E’tibor bersam o’zimizning qo’lbola siyosatchilar ham O’zbekistonda klanlar bor va juda kuchlu degan fikrni tinmay gapirishmoqda. Avvalo “klan” degani o’zbekchada urug’-aymog’chilik  bo’lganini etiborda tutib, bu so’zni qo’shtirnoq ichida ishlatishga qaror qildik

Xo’sh bugun O’zbekistonda klanlar bormi? Bu savolga javob qidirgan Rossiya fanlar Akademiyasining  mintaqaviy tadqiqotlar  markazi  ilmiy xodimi Zurab Todua O’zbekistondagi barcha o’zgarishlarni klanlarga bog’lashga urinandi. Hatto 1992 yil yozida( bu yerda u voqealarni 1991 yilning kuzidagi 7-sessiya bilan chalkashtirgan-JM) O’zbekiston parlamentida Karimov siyosatiga qarshi chiqilganini ham Mirsaidov boshchiligidagi Toshkent klanining muvaffaqiyatsiz urinishi, deb talqin qiladi. Aslida mazkur sessiyadagi muvaffaqiyatsizlik Mirsaidovning “Menga mansab kerak emas” degan bayonoti va muxolifat liderlaridan biri Salay Madaminov(Muhammad Solih)ning bu kommunistlar uyushtirayotgan to’ntarish shaklidagi chiqishi tufayli tug’ilgandi.

Bugun endi parlament raisi Erkin Xalilovni Toshkent, Bosh vazir O’tkir Sultonovni Farg’ona va Prezident Islom Karimovni Samarqand klanlarining yetakchisi deb talqin qilishmoqda. Bular bo’lmagan gap.To’g’ri Xorazm va Qashqadaryoning ba’zi jaoylarida urug’-aymoqchilik saqlanib qolgan, lekin bu mamlakatni boshqaradigan kuch emas.

Hamma narsani o’z oti bilan aytadigan bo’lsak O’zbekistonda mahalliychilik bor. Lekin bu ham institutlar darajasida. Hali hukumat pog’onalariga yetib borgan emas. Ba’zi korinishlarda yetib borgan bilan davlatni boshqaradigan kuchga aylangan emas.

Biz bugungi vaziyatni klanlar yoki mahalliychilik kabi illatlar bilan oqlashga urinsak juda katta siyosiy xatoga yol qo’ygan bo’lamiz. Bu bilan O’zbekistonda chuqur idiz otgan poraxorlik yani saraton kabi tuzalmas xastalikka aylanib borayotgan korrupsiyani yashirgan bo’lamiz. Bugun puli bor kishi har qanday odamni, har qanday mansabni sotib olish qurbiga ega. Pul bugun har qanday klan va har qanday mahalliychilikni  bir zumda yenga oladi.

Ba’zilar hukumatda Samarqandliklar ko’payganini Karimovning klanlari deyishdi va adashdilar. Karimov ularni paypoq almashtirgandek juda tez yo’qotdi. Chunki ular hukumatdagi vazifani sotib olgandilar va o’z haqlarini kvadrati bilan yig’ib olgach ularning ish bermasliklarini Karimovning ozi ham bilardi.

Ha, bugunga kelib pul, ya’ni poraxorlik, korrupsiya hamma narsani hal qiladigan kuchga aylandi. Buning qarshisiga chiqadigan mard qolmadi. Hatto Prezident ham bu xususda ojizdir, u o’tgan yili Samarqand va Navoiy viloyat sessiyalarida  O’zbekiston korrupsiya sariqpechagi bilan o’ralganini tan oldi va korrupsiyaga qarshi kurash boshlatganini e’lon qildi. Ammo juda qisqa vaqta chekindi. Yana bir ikki odim otganda korrupsiya uni taxtdan uloqtirib tashlashini sezdi.Chunki korrupsiya  padarkush farzandga o’xshaydi. Agar uning yo’liga chiqadigan bo’lsa u o’z otasini ham tanimaydi.

Biz klanlar va mahalliychilik deb o’zimizni ovutib, Amerika matbuotini ham chalg’itmay ochiq gapirishimiz kerak. O’shandagina xalq bizni anglaydi.  (“Ozodlik radiosi” 1999 yil 13 Iyun).

OTALAR VA BOLALAR 

 

Amerikaning markaziy shtatlaridan birida ikki yuqori sinf o’quvchisi 12 nafar tengdoshini otib o’ldirgani haqidagi xabar butundunyoga yoyildi va o’ylaymanki siz ham bundan voqifsiz.  Mazkur jinoyatni balog’atga yetmagan bolalar sodir etushgani bois ota-onalar mas’uliyati tortishildi. Tabbiyki, hech kim ularni qamoqa tiqish kerak, degan emas.

“The Washington post” gazetasining shu minosabat bilan internet orqali  o’tkazgan so’roviga men ham ota-onalar mas’uliyatli, deb ovoz berdim. Cunki farzandlarning har qanday hatti harakatlariga ota-onalari mas’uliyatlidirlar. Bu ma’naviy yuk demak. Biz isatasak, istamasak ham har qanday ota-ona mas’uliyat his etadi. Bu unsonning ruhida, qonida mavjud bo’lgan narsadir. Ya,ni u istasa ham mas’uliyatdan qocha olmaydi. Bu Tangri tomonidan ruhimizga yerlashtirigan ilohiy mexanizm bo’lishi ham mumkin.

Ammo bola ulg’ayishi bilan undagi mustaqillik instinkti kucayib boradi. Buning Sharq yoki G’arbga aloqasi yoq. Alloh bandasini o’zidan boshqaga tobe bolmaslika va mustaqillika tashna qilib yaratgan. Bu hayot jarayonida uzviy o’laroq davom etadi. Lekin bizda 40 yoshli biri uchun 80 yoshli ota-onasini ham aybdor qilish tarixan mavjud. Balki butun imperiyalarimizning yemrilib ketishi, ota o’limidan keyin taxt talashlari avj olishi kabi unsurlarning sababini ham anasundan qidirmoq kerak. Otasi hayot bo’lgan davrda liderlik darajasiga ko’tarila olmagan o’g’illar bir-birlarini yoqavayron qilish bilan ovora bo’lganlar.

Otalar vabolalar usulini Sovet Ittifoqi davrida kommunistlar shu qadar mahorat bilan qo’llandilar-ki oxir oqibat ularning ham imperiyasi qulab ketdi.  Otasi har qancha qobiliyatli bo’lmasin farzandi noqobil chiqib qolsa allbatta bunday padardan  voz kechishardi. Buni ma’naviyat deb bilashardi.

Bugun mustaqil O’zbekiston anashu an’anani sadoqat bilan davom ettirayapti. Prezident Islom Karimovning manabu so’zlarini eshitgansiz, yana bir marta eshitib ko’ring:

”Men nafaqat bu muttahamlarning ko’ziga qarab gapirmoqchiman, ularning otasi va onasining ko’ziga qarab aytmoqchiman:  ularga tarbiya bergan ota bolasining yoniga kelib javob beradi. Men kerak bo’lsa, yangi farmonga ham imzo chekaman. Otasi javobgar! Ayollar bilan bizlar kurashmaymiz. Kerak bo’lasa, otasining yoqasidan ushlab, bo’g’ib og’lini yoniga olib kelib, bir joyga tiqib, so’roq qilib jazosini beramiz, bilsin otasi. Olti oy, bir yil gumdon bo’lib ketgan bolarini so’ramaydimi, qaerda yuribsan, deb, kim bilan kurashmoqchisan, o’zining qo’li bilan boshini olib tashlamaydimi?”

Kechirasizu bu 24 millionli bir davlat rahbarining emas dovdur brigadirning gaplariga o’xshaydi. Amo og’zidan adi kirib bodi chiqadigan capani va dovdur brigadir ham birovga bolngni o’ldir, boshini kesib tashla demaydi. Butundunyoda o’lim hukmi bekor qilinayotgan bir paytda,  hatto jinoyatchining huquqlari borligi e’tirof etilatotgan bir sharoitda va hali bolasi gunohkormi yoqmi, isbotini topmagan bir holatdata otani qotillikada’vat etgan Prezidentga  emas, bu gaplarni hazm qilganlarga qoyi qolish mumkin.

Gapni qarang otasini ushlab kelib, kamega tiqar ekanlar, so’roq qilar ekanlar, keyin javobgarlikka tortar ekanlar. Butun masala bolasi qaerga gumdon bo’lib ketgani haqida. Xo’sh bu masalaga zamonaviy davlatchilik, huquq nuqtai nazaridan  baho berib ko’raylikchi qanday natija chiqar ekan? Prezident qonunlarda mavjud bo’lgan normativlar bo’yicha farmon qabul qilish huquqiga ega. Qaysi qonunda otalar bolalar uchun javob beradilar, deb yozilgan? Mayli, ertaga Prezident parlamentni toplab darhol qonun qabul qildiradi, shuni ham bilmaysizmi, deya dakki berishingiz mumkin. Ammo men huquqiy davlat nuqtai nazaridan fikr yuritayapman. Chunki janob Karimov  ikki gapda bir “Biz huquqiy davlat qurdik” deydilar.

Bu ham mayli, hali bolasining gunohi bo’yniga qo’yilmasdan otasini ayblash  na huquqqa va na mantiqqa  to’g’ri keladi. O’zbekiston Konstitutsiyasining 117 moddasida “O’zbekiston Respublikasining 18 yoshga to’lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar” deb yozib qo’yilgan. Demak, bu yosh barkamollik, voyaga yetganlik va mustaqillik pallasi hisoblanadi. Demak, bu yoshda otasi Karimovga ovoz bersa bolasi unga qarshi ovoz berish huquqiga ega. Yani o’z fikri, o’z qarashi bilan harakat qiladi. Demak, bu yoshda u o’z yo’lin tanlaydi. Butun dunyoda shunday va biz bu jarayonga qarshi tursak bobokalonlarimiz kabi holga tushamiz, qullik ruhiyatidan hech qachon qutula olmaymiz.

Bir oilda otasi kommunist, o’g’li demokrat va qizi sotsialist bo’lishi mumkin. Siz buning uchun otasini jazolaydigan bolsangiz sho’rolardan hech qanday farqingiz yo’qligini isbotlaysiz, xolos. Agar birovning kamolga etgan o’g’li jinoyat sodir etganda gumon qilinsa  bu Prezidentning emas huquq tartibot idorasining ishi. Tekshirsin, isbotlasin va qonunga ko’ra jazosini bersin. Bu uning taqdiri, uning tanlagan yo’li. Otasini esa tinch qo’ying! Bugungacha juda kop otalar va onalar  farzandlari Prezidentdan boshqacha fikrlagan bolsa qiynoqqa solindilar va qanch- qanchalari yuraklarini g’jimlab bu dunyodan ko’z yumdilar. Yan uyalmasdan biz onalar bilan kurashmaymiz deysiz.

Agar kamolga yetgan bir yigit Vatanini tashlab chetga ketgan bo’lsa bu otasining emas, unga yaxshi sharoit yaratmagan hukumatning aybi. Chunki hukumat otalarning cho’ntagidan chiqqan soliq hisobiga yashayapti. Jumladan Prezident ham. Demak uning birinchi galdagi vazifasi soliq beruvchuning o’ziga va bolasiga xizmat qilishdir.

Agar demokratiya mavjud bo’lganda turli fikrlilik bo’lardi. Matbuotda hamma narsa tortishilardi va bolalar yurtni tark etmasdilar.

Agar etarli ish joylari mavjud bo’lganda, etarli maosh olishganda hech kim o’z go’shasini tashlab ketmasdi. Demak Prezident davogar sifatida otlarning yoqasidan olishi kerak emas, balki bolalarini shu kuyga solgan hukumat va uning boshida turgan Prezidentdan otalar davogar bo’lishlari kerak.  Ammo fikran bunga qodir emaslar, chunki fikran mustaqil emaslar.

Hozir  kamolotga etgan yigitlarni otasiga bog’lash yoki mahallaga yuklash bu o’rta asrga qaytish demakdir.  Aslida Toshkentda bombalar portlashi natijasida yaqinlari halok bolganlar hukumatni ayblashidan qo’rib begunoh otalarni nishon qilib ko’rsatishmoqda.  Bizga “Otamiz Lenin” deb orgatishardi xuddi hozir “Otamiz Karimov” deb yozishayotgani kabi. “Yo’q, Lenin mening otam emas” deganlarni qamashardi. Xuddi “Islom Karimov xalqni emas, o’zini o’ylayapti” deganlarni yoq etishatotgani kabi.

Ammo shunday kun keldiki, biz mustaqil boldik va Leninnig bolasi emasligimizni hamma idrok etdi. Yana shunday kun keladiki fikrda ham mustaqil bolamiz va  o’sanda qullik iskanjasidan  ham qutulamiz.

(“Ozodlik” radiosi 1999 yil 9 may).

UNIVERSAL SHOIR

Institutda O’zbek tilini o’rganayotgan amerikalik talabam “Xalq so’zi” gazetasining  shu yil 3 martdagi sonini oldimga qo’ydi va bosh barmog’i  bilan bir yozuvni ko’rsatib “Bu shoir nima uchun Ozbekiston Qaharamoni unvonini olgan?” dedi. Men gazetaning bu sonini oldin korgan edim. Kinoya bilan “Bizda xalq podsholarni, podsholar esa shoirlarni sevadi. Saroylardan hech qachon shoir oyog’ uzilmagan” demoqchi edimu ammo u savoliga javob kutmasdan Amerikadagi holatni anglatdi: “Bu erda eng yuksak unvon Faxriy medal bo’lib Amerika tarixining misli ko’rilmagan buyuk qahramonlariga beriladi va uning sohiblarini xalqimiz haqiqatdan ham sevadi va qadrlaydi. Ikki yuz yil davomida 12 kishiga berilgan bunday unvon” dedi.

“Xalq so’zi” gazetasida shoir Abdulla Oripovning ismi-sharifi yozilgan edi. Uning O’zbekiston Axborot agentligi tarafidan tarqatigan  “Bedorlik” deb nomlangan she’ri “O’zbekiston Qahramoni” tituli bilan bosilgandi. Xayol surib turganimni ko’rgan talaba “Balki bu kishi O’zbekiston Mustaqilligi uchun kurashgandir?” deb so’radi.

Musatqillik arafasidagi kunlarnu esladim. Abduulla Oripov SSSR xalq deputati edi va boshqa bir deputat Telman Gdlyanning O’zbekistonga, o’zbek xalqiga tuhmatlari masalasi SSSR Oliy soveti sessiyasida kun tartibiga keltirildi. Chkalov zavodinig ishchisi Odilov, jurnalist Muxtorov va boshqalar o’zbeklarni himoya qilib sozga chiqdilar. Ammo Gdlyanning tarafdorlari kopchilik edi. Yana O’zbek xalqiga malomat toshlari ota boshladilar.  Majlis tong saharga qadar davom etdi.Markaziy Televideniye davomli ravishda o’zbek deputatalar o’tirgan qatorlarni korsatar va  Abdulla Oripovning  masalaga loqayd qarab otirishi meni ajablantirar edi. Balki “Nechun tim qarodir arman kozlari’ deb yozgan sherida o’z qavmi bolgan turklarni qoralab oqlagan birodarlaridan malomat eshitayotgani uchun ezilayotgan bolsa kerak, deb oylardim. Lekin shu narsa aniqki, SSSRni parchlash zaminini hozirlagan bu sessiyalarda O’zbek deputati Abdulla Oripov bir marta ham sozga chiqmadi. Lekin O’zbek televideniesiga interviyusida bu holga izoh berib “Bu mahmadanalar buyuk davlatimizni parchalamoqchilar” dedi.

Xayolimdan anashu manzaralar otar ekan talabam sumkasidan “Sharq Yulduzi” jurnalini chiqardi. 1984 yil 11 soni ekan. Ha, o’sha 1984 yilda SSSRning poydevoriga suv ketgani ayon bolib qolgandi. Shoir zoti hamma narsani oldindan koradigan boladi, deydilar. Balki o’sha paytda bizning bugungi Qahramon shoirimiz Abdulla Oripov biror narsa bashorat qilgan bolsalar degan umid paydo bo’ldi ko’nglimda. Talabam 23- sahifani ochib, shoirning “U Tirik” saralvhali sherini oqishimni istadi.

 

Otdi insoniyat murg’ak zamondan,

Endi u shubhagar bir yoshga etdi,

Leninning nomi ham endi tamoman,

Timsol tushuncaga aylanib ketdi.

 

Kordim, qo’hna Rimda qamaldi bir zot,

Amaldor ekan u, lekin muttaham.

Soddadil bir ishchi dedi shu zahot’

“Bundoq bolgan emas Lenin sira ham.”

 

Kecha yon qoshnimiz- inqilobchi chol,

Korsatdi shikoyat to’la daftarin,

So’ng dedi yiroqqa termulib behol:

“Yig’ilb qolgandi dilda gaplarim.”

 

Ha, Lenin har kimga hamdam, hamsafar,

 U bilan basharning bir erur dardi,

Alhazar, alhazar, ming bor alhazar,

 Lenin olgan bolsa nima bolardi?

 

Lenin yashamasa agar vijdonda,

Kim ham kurashlarda bo’lardi sherik?!

Yaxshiyam, g’alvali vaqtu zamonda,

Lenin oramizda yuribdi tirik!

 

Ha, bu satrlar yozilganda oshkoralik va qayta qurish nafaslari sezilayotgan payt edi.  Biz shoirni ayblamaymiz. E’tiqodda har kim erkin. U Leninni sevsa, bu dunyo Leninsiz do’zzax ekanligiga ishonsa bu uning e’tiqodi.  Shu nuqtai nazardan Uning Ozbekiston Komfirqasini jannat beshigi, deb yozgan satrlarini ham tushunish mumkin.  Lekin uning Hoji  Orif taxallusi bilan yozgan she’rlari boshqa bir olam va “Xalq sozi” gazetasining shu yil 3 martadagi sonida bosilgan she’r  ham o’zicha bir dunyo. Kim biladi, balki universal soirlar dunyosidir bu dunyo!

Xullas gazetdagi she’rdan sakkiz qatorini oqiymiz:

 

Istiqlol, sadag’ang ketay, istiqlol,

Buncha og’ir ekan qutlug’ yo’llaring,

Ishonay, duch kelsa, agar yov qattol,

Burda burda qilsin uni qollaring.

 

Men esa, istiqlol, yaloving tutib,

Metin saflaringda sobit keturman.

O’tgan shahidlarning nomin yod etib,

Yurtboshim yonida bedor o’turman.

 

Javob o’rniga yana Abdulla Oripovning bosga bir she’ridan  to’rt satr oqiyman.

Bu uning bolalarga nasihati.

 

Har kimga o’z davrin yo’rig’idir yor,

Mayli tap tortmagil sen ham har ishdan.

Bolam, faqatgina bir o’tinchim bor,

Hazar qilsang basdir harom harishdan.

 

Talamabning ko’zlariga boqdimda, “O’zbekning bir maqoli bor” dedim. Va uni biroz o’zgartirdim: “Shoirning aytganini qilu  qilganini qilma. Aks taqdirda qahramon bo’lasan!”

(“Ozodlik” radiosi 1999 yil).

INSON BO’LIB…

 Amerikada hukumat xalqning xizmatkori. Xalq nima desa shuni bajaradi. Ya’ni u xalqning orqasidan quvib yuradigan podachi emas. Ayni paytda xalq ham hukumatning tayog’idan qorqib har maqomga yo’rg’alamaydi.

Qarang, yaqinda  Amerikaning Pittersburg degan shaharchasida  Donald Dravskiy ismli aqli- hushi joyida bo’lgan bir kishi 12 sahifali ariza yozib sudga keldi. U Tangridan da’vogar edi. O”zining ish topolmayotgani, Kongresdagilar, hukumatdagilarning kamchiliklari, yomonlar qolib yaxshilar tahqirga, quvg’inga, zulmga uchrayotgani uchun u Tangrini aybdor hisoblab sudga muroajaat qilgandi.

Tabiiyki sud uning arizasini rad etdi. Ammo u xabarlarga mavzu bo’ldi. Aslida ateist emas, Xudojo’y odam ekan. Uni hech kim  jinnilikda ayblamadi.  Chunki u erkin odam. Mullalar, poplar ham unga e’tibor qilmadilar. Bizda darrov janozasi oqilmasinga chiqarardik. Agar u Prezident bolsa yoki hukumatda ishlasa dinga dushmanlik qilsa ham uni Allohning erdagi soyasi deguvchilar chiqardi oramizdan.

Amerikada din nima qilsim demang. Bu erdagilar o’z diniga sodiq. Yaqinda ularning muqaddas kitoblari qayta nashr etildi va bir hafata ichida etti million kishi xarid qildi hamda arzon emas edi. Bu erdagi musulmonlar ham soz sohibidirlar. Dunyodagi aksariyt musulmon davlatlar Kosovadagi qardoshlarining boshiga kelganlarga koz yumib turgan bir paytda Amerika musulmonlari har kuni yordam uyushtirmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar.

Gap din haqida emas. Gap insonlar va hukumatlar orasidagi munosamat haqida. New York va Washington o’rtasida Penselvaniya degan joy bor. Bu erda 200 yil oldin Olmoniyadan kelgan Omish qabilasi yashaydi. Ular qanday kelgan bo’lsalar bugunga qadar ham dinlari ijobi hech narsani o’zgartirmay yashayaptilar. Elktr, gaz, zamonaviy barcha texnikani rad etganlar. Chiroq, o’tin, ot-arava, qo’sh-omochni qo’llaydilar. Ular hikumatni ham tan olmaydilar. Lekin hukumat ularni quvg’in qilmaydi. Ko’cirmaydi. Uyini tortib olmaydi. Soqolini kesmaydi. Xo’sh O’zbekistonda-chi?

Hech yodimdan chiqmaydi. 1991 yil edi. Shoir Erkin Vohidov  bilan Oliy Majlis sessiyasida yonma-yon o’tirgandik. Prezident ma’ruza qilayotgandi. Birdan u kishi og’zini qo’li bilan mahakam bekitgancha qator oralaridan xuddi emaklab yurgandek tashqariga yugurdi. Buror kor hol yuz bermasin degan andisha bilan orqasidan chiqdim. Qarasam u kishi bir burchakda yo’talayotgan ekan.

-Oqsoqol gapirayotganlarida savil qolgur yo’tyal kelib qoldida -,dedi Erkin aka  jiddiy ohangda.- Oz qolsin yo’talib yuborardim. Kim bilsin, nima deb o’ylardilar?!

 Men o’shanda kap katta shoirga achindim. U mustaqilligini berib qo’ygandi. U hato  erkin yo’talish mumkin emas deb yushunardi.Yo’talish uchun ham ruxsat olishim yoki yo’talmasligim kerak deb o’ylardi. Kimdir o’zbekchilikka yo’yib ‘Nima qipti, odobli odam ekan” deyishi mumkin. Oliy Kengashning haybatli zalida Prezident eshitaman desa ham u kishining yo’talini eshitishi qiyin edi. Ammo gap mintalitetda, zehniyatda. Zehniyati o’dirilgan kishilarning manqurtdan farqi qolmaydi. U yaxshi sher yozishi mumkin, aqlli ko’rinishi mumkin, lekin u qul. Allohga emas, bandasiga qul.

O’zbekiston Prezidenti televidenie kamersiga tik qarab xalqqa “  Yurtdan chiqib ketgan bo’lasi kelmasa otasini ushlayman” deyishi mumkin va shunday qiladi ham. Chunki xalq shunga yo’l qo’yib berishini biladi. Agar to’rt kishi chiqib “ Hov, Prezident canoblari, agar bolangiz katta bo’lsa va o’z qarashi, o’z  fikriga ega  bo’lsa uni yo’ldan qaytarishga urinib ko’ring-chi?” deyishsa Prezident ikkinchi marta bu gapini takrorlamaydi. U ham inson. U ham o’ylaydi va u ham qo’rqadi. Ayniqsa qarshisida o’z  soziga sohib xalq tursa. Ammo qarshisida bosh egib, labbaychi labbay deb uning nohaqligini oqlab turganlar bo’lsa u haddidan oshmay kim oshsin? Xullas, qars ikki qo’ldan. Saddam Husayinni chetdan kelib hech kim yiqita olmadi. Agar xalqi qo’zg’alsa uning kulini ko’kka sovurardi. Mana ko’rib turibsiz, Milosevishni ham chetdagilar hech narsa qilolmayaptilar. Shu bois O”zbekistonda ham chetdan umid kutganlar va chetdagilarning kuchi bilan bu hukumatni almashtiramiz deganlar chuchvarani  xom sanab yurishadi.Agar xalq o’z haqqini himoya qilib o’rtaga chuqmas ekan, hech narsa o’zgarmaydi.

Biz Amerikadagi sungari Tangrini sudga bering ham deyayotganimiz yoq. Ba’zilar Tangri orniga qo’yib yurgan Prezidentni, hukumatni o’tkazayotgan zulmi uchun sudga bering. O’zbekiston sudlari hukumatga tobe ekan xalqaro sudlar bor. Ovropada Xafsizlik va Hamkorlik tashkilotining qoshida Inson haqlarini himoya qiluvchi xalqaro sud bor va  bu sudga dunyo davlatlari ichida faqat O’zbekistondan birorta ham ariza tushmagan.

 E, yoq, Tangrining qismati  shu ekan deb o’tirish bundan osonroq. Ammo bu kunlar o’tkinchi. Bolangizni uravesangiz bir kunmas bir kun qolingizdan tutadi va o’shanda qarshilik qilish uchun kuch etmaydi. O’zbekistonda ham zulmning qo’lini qaytaradigan kuch albatta etishib chiqadi.

Inson bolib tug’ilganlar inson bo’lib qoladilar va inson bo’lib o’ladilar. Bu haqiqatni anglagan kunimiz qullikdan.Tobelikdan,qorquvdan, zulmdan ozod bo’lamiz. Faqat, boy berilgan vaqt, yo’qotilgan imkoniyat, zoye ketgan umr va tahqirlangan g’ururning o’rni to’lmaydi. ( “Ozodlik” radiosi, 1999 yil).

 

O’zbekiston tanqid ostida

Ma’lumki,bugun AQSH Davlat Departamenti inson huquqlari bo’yicha navbatdagi yillik hisobotni e’lon qildi.

Avvalo shuni ta’kidlsh kerakki, AQSH Davlat Departamenti inson huquqlari bo’yicha e’lon qilgan hisobotning O’zbekiston qismi yuz sahifalik o’rtacha bir kitobdan ko’proqdir. Bu “O’zbekiston yakkahokim, fuqaro huquqlari cheklangan davlatdir” degan satr bilan boshlanadi.

Garchi mamlakat Konstitutsiyasi boshqaruvni qonunchilik, ijro va sud o’laroq uch mustaqil tarmoqlarga ajratgan bo’lsada amalda prezident Islom Karimov butun hokimiyatani markazlashtirib, bir qo’lda to’plab olgani, mamlakatdagi butun siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot ustidan qattiq nazorat o’rnatgani ta’kidlanadi.

Shu asnoda 2002 yilda Prezident muddatini 5 yildan 7 yilga uzatish borasida o’tgan referendumning adolatdan yiroq bo’lgani, erkin o’tmagani aytilar ekan, Oliy Majlis a’zolari deyarli prezident tomonidan tayinlanadigan bir vaziyat mavjudligiga urg’u beriladi.

Prezidentga tobe bo’lgan Ichki Ishlar vazirligi politsiya vazifasini bajarish bilan birga, siyosatga ham xo’jayinlik qiladi. Sobiq KGBning davomchisi bo’lgan MXX ham yakkahokim boshqaruvning erkin firkni bostirish quroliga aylangan.

Hisobotda mamlakatda inson huquqlari vaziyati juda yomonligi qayd etilar ekan, odamlarning eng oddiy huquqlari ham qo’pol tarzda toptalgani borasida ko’plab misollar keltiriladi. Fuqarolar o’z hukumatlarini tinch yo’l o’zgartirish huquqidan mahrum qilinganlar, odamlarni bo’hton va isbotlanmagan ayblar bilan qamash, mahbuslarni, ayniqisa siyosiy mahbuslarni qiynoq, iskanjaga tobe tutish, hatto qiynab o’ldirish hollari ham davom etmoqda.

Mamlakatda mahbuslarni saqlash sharoiti juda ham yomon. Ichki Ishlar va MXX xodimlari nafaqat mahbuslarga balki istagan odamga tazyiq o’tkazadilar, qamaydilar, qiynoqqa soladilar va ularning barcha insoniy huquqlarini mensimaydilar.

Hisbotda diniy tashkilotlarga a’zolikda ayblanib qamalgan va qamoqda o’ldirilgan kishilar haqida to’la ma’lumot berilgan. Shuningdek, yo’qolib qolayotgan odamlar haqida yozilar ekan, qamoqxonada, tergov jarayonida, yoki uyidan olib ketilganidan keyin ularning dom-daraksiz yo’qolib qolish hollariga hukumat ko’z yumish bilan o’z xayrixohligini ko’rsatib kelayotgani hisbotda alohida urg’ulab o’tiladi.

O’zbekistonda to’qima ayblar bilan qamalgan kishilarni qiynqoqa solib oz’lari qilgmagan ayblara iqror qildirish, so’ngra uzoq muddatli jazo berish yoki otuvga hukm etish an’anasidan voz kechilgan emas.Hisobotda bu boradagi ko’plab misollardan bir qanchasiga o’rin berilgan.

Hukumat har qanday dinga moyil bo’lgan odamni jazolashni yo’lga qo’yish bilan fuqarolarning vijdon erkinligi borasidagi konstitutsiyaviy va O’zbekiston rahbariyati imzolagan Xalqaro hujjatlar qoidalarini qo’pol ravishda buzib kelayotganiga diqqat tortiladi.

Muxolifatdagi partiyalar va guruhlarga nisbatan hukumatning murosasizligi qattiq tanqid ostiga olinadi. Sud tizimining hukumat qo’g’irchogi bo’lib qolayotgani chidab bo’lmas darajadagi adolatsizliklar yuz berishiga olib kelmoqda.

Odamlarning mulklariga, oilalariga, uy joylariga va hatto maktublariga qadar tajovuz qilish O’zbekistonda oddiy holga aylangan. Bu boradagi barcha erkinliklar toptab kelinmoqda. So’z va matbuot erkinligi keskin cheklangan. Matbuotga turli yo’llar bilan ta’sir etish davom etayotir. Muxolifatning mamlakat ichida barcha nashrlari ta’qilangani kabi tashqarida hozirlanadigan web sahifalariga qadar ta’qiq qo’yilgan.

Odamlar tinch yo’l bilan namoyishlar o’tkazish huquqidan mahrum etilganlar. Namoyishga chiqqanlarga hukumat mansublari hujumlar uyushtiradlar, tazyiq o’tkazadailar va hatto yashash joylarida ularni quvg’inga oladilar.

Hisobotda siyosiy huquqlarning toptalayotgani ham ko’plab misollar bilan isbotlab beriladi. Partiyalarni ro’yxatga olmaslik uchun hukumat har qanday nomaqbul yo’llarga kirayotgani afsus bilan qayd etiladi.

Xalqaro tashkilotlar va O’zbekistondagi nohukumat tashkilotlarning qiyin vaziyatga tushganlari alohida urg’ulangan holda, xotin qizlar, bolalar, nogironlarning huquqlari toptalayotgani va oqibatda inson savdosining avj olgani tahlil qilib beriladi.

Bir so’z bilan aytganda AQSH Davlat Depatamentining Inson huquqlari bo’yicha yillik hisobotida O’zbekiston hukumatining haqiqiy tarjimai holi dunyoning ko’z o’ngiga olib chiqilgan.(“Amerika ovozi”, 25-26 Fevral, 2004 yil)

 

Karimovning gaplarini jiddiy olmagandim

Bugun ko’p odam “Karimovdan keyin kim prezident bo’ladi?” degan savolni takrorlamoqda. Bu esa birinchidan, odamlarning Karimovdan bezganini ko’rsatsa, ikkinchidan, u ketgandan keyin kim boshqaruv teppasiga kelishiga befarq emasliklaridan darakadir. Men oldingi maqolalarimdan birida (“Karimovdan keyin kim prezident bo’ladi?” Vashington, 2002 yil, 28 Aprel) http://www.jahongir.org/TURON1/KIM.html uch nomzod haqida so’z yuritgan edim va ulardan biri Shavkat Mirziyoyev edi. Uning bosh vazir etib tayinlanishi taxminlarimni yanada kuchaytirdi va ayni paytda bir paytlar Islom Karimovning gaplarini jiddiyga olmaganimni yodga soldi.

Yanglishmasam, 1990 yilning Aprel-May oylari edi. Karimov chaqirib qoldi. Salom alik, u yoq-buyoqdan gaplashgandan keyin u:

-O’zbekiston sharoiti demokratiyani ko’tarmaydi,- dedi,- Ana Moskvani qarang,it-mushuk bo’lib yotishibdi. Bizda ham xorazmliklar samarqandliklarni, farg’onaliklar toshkentliklarni chaynab tashlaydi, agar qo’yib bersak. Mahkam qo’l bilan ularni ushlab turish kerak. Buning ustiga xalqimiz temir qo’l rahbarni yaxshi ko’radi. Latta chaynarni yoqtirmaydi. Ko’rdingizmi, Nishonov bilan Usmonxo’jayev nima bo’lib ketdi? Ikkalasi ham latta edi. Nega hammamiz Amir temur deb yuribmiz? Agar u ham latta bo’lganda yoki istagan odamga istagan ishini qilishiga, istagan gapini aytishiga yo’l qoyib berganda bugun hatto uning nomini ham bilmasdik. Men ham o’zimdan keyin nom qolishini istayman, lekin “latta edi” deyishlarini emas. Mendan keyin qoladiganlarga ham ko’p narsa bog’liq. Shuning uchun hozirdan yaxshi kadrlar tayyorlashim kerak. Mana siz bor yoshlardan, Shavkat Mirziyoyev, Erkin Xalilov, Alisher A’zamxo’jayev bor. Men kadrlarni beshta-beshtaga bo’lib chiqayapman. Har bir idorada o’zimzining besh odam bo’ladi. Ammo sizlarni alohida tarbiyalamqochiman. Masalan, sizni Oliy kengash raisligiga, yana boshqasini boshqa joyga. Ammo shart shuki, men aytgan yo’ldan bir qadam ham chiqmaysizlar. Kerak bo’lsa uraman, so’kaman, ammo hamamsi kelajaklaring uchun. Hozircha Oliy Kengashda bo’layotgani hamma gaplarni menga aytib turasiz…

Men o’shanda Karimovning boshqa gaplarini jiddiyga olmagan va asosan uning “Oliy kengashdagi gaplarni menga aytib turasiz” degan gapidan ranjigan edim. Lekin o’sha kunlari Murziyoyev va Xalilov negadir menga o’zlarini yaqin olib qolishdi. Keyin men Karimovga ochiq qarshi chiqqanimdan so’ng, hatto salomni ham nasiya qilishdi. Jumladan, meni Toshkent shahridan ko’chirib yuborish masalasini Rayosatda Mirziyoyev kiritgan va uyimni tortib olishda ham o’zi boshchilik qilgandi.

Siyosiy faoliyatini oliygoh partiya qo’mitasi kotibi vazifasidan boshlagan Mirziyoyev 1990 yilda XI-chaqiriq O’zbekiston Oliy Kengashi sessiyasida Mandat komissiyasining raisi etib saylangandi. Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani hokimi vazifasida muxolifatni qatag’on qilishda hukumatning asosiy yordamchisi bo’ldi. Jizzax viloyat hokimi ekan, qattiqqo’lligi bilan “dong” chiqardi. Ayni qattiqo’lligi Samarqandda ham prezident Karimov tomonidan ko’p bor maqtovga bois bo’ldi.

Asli Zomin tumanidan bo’lgan Shavkat Mirziyoyevning 2007 yilda o’tadigan Prezident sayloviga qadar juda qattiq mehnat qilishi va Karimovning diqqatidan tushmasligi uchun butun mahoratini ishga solishi talab etiladi.

Shuningdek, saylovga qadar ham “me’rosxo’r” kerak bo’lsa, uning tayinlanishi yoki saylanishi qiyin kechmasligi aniq. Faqat bitta salbiy omil bor. Mirziyoyev viloyatlarda ancha mustaqillikka o’rgandi. Bosh vazir ekanligida esa bu “odat” unga pand berishi mumkin. Bilib-bilmay mustaqil odim otib yuborsa, sadoqatli “ota”si uni oq qilishi hech gap emas. (2004 yilning 15 Fevrali)

 AMIR OLIMXON XONADONIDA TO’Y

Bu yil qish og’ir keldi. Muz ostidan chuchmomolar arang bosh ko’targan kabi odamlar ham bahorda tizza boyi qor kechib charchoq ko’rpasiga yopingandilar. Shunday kezda bu holatning hamma narsaga ta’siri bo’ladi. Hatto to’yga ham. Raqsga tushayotgan qizlarning Amerikaga xos bo’lmagan holda bahorni aks ettirgan ko’ylaklar kiyganlari, soqoli sabza urmagan o’smirlar ham kuyovlarga qiyosan kostumlariga gul taqib olganlari, keksa momolar esa boshlariga qalin ro’mol emas, balki harir matolar tashlaganlari… xullas , hammasi dillar bahorga tashnaligidan darak edi.

Poytaxt Vashingtonning shundaygina biqinida Pentagon shaharchasidagi hashamatli mehmonxonlardan birining to’yxonasi o’ziga xos ravishda ikkiga ajratilgan edi. Bir tomonda Buxoroliklar (asli kelib chiqishlari Buxoro amirligi hududiga kirgan joylardan bo’lganlar) va ikkinchi tomonida Afg’oniston janubidan kelganlar…

O’rtada Amir taxti kabi ko’shk. Taxtda kelin bilan kuyov. Kiyov Amir Olimxonning kenja nevarasi Tamim va kelin Qandahorning sobiq hokimining qizi Ro’yo…

Tanim “Amerika Ovozi” radiosida ishlaydi. Afg’onistonga dastur uzatadigan bo’limida. Shu yerda Amir Olimxonning kenja qizi Shukriya Olimi- Raad ham uzoq yillardan beri faoliyat ko’rsatadi. U ilgari Hindistonga dastur uzatadigan O’rdu bo’limida diktor bo’lgan bo’lsa, hozir Dari bo’limida ishlaydi. Shukriya Olimi kuyovning xolasi bo’ladi. Radioda Amir Olimxon xonadoniga kuyov bo’lgan ozbek jurnalisti Nusratulloh Laheeb ham ishlaydi. Shu boisdan ham to’yda radiodan mehmonlar ham o’ziga xos bir guruh edi.Janubiy va Markaziy Osiyo idorasining rahbari, filologiya fanlari doktori Muzzam Siddiqiy va ilgari o’zbek bo’limini boshqargan Abdulla Chig’atoy, AQSHdagi turkistonliklar jamiyatining ilk raislaridan biri bo’lgan Ne’mat Begish va hokazo.

Bugun O’zbekistonda ulug’lanayotgan Fayzulla Xojayevchilarning talablari bilan kommunist ruslar Buxoroni bombardimon qilgan, qonga botirgan 1920 yilning birinchi sentyabridan keyin Amir avval Surxondaryo hududlariga va keyin Afg’onistonga o’tib ketgan, 1944 yilda 64 yoshida olamdan o’tgandi. Shuni aytish kerak-ki, Amir Olimxon turkiy qavmlarning eng yiriklaridan biri bo’lgan mang’itlar sulolasiga mansub edi. Sho’rolar tarixida otasi Amir Abdul’ahadxondan keyin Buxoro taxtiga o’tirgan Olimxon paytida ruslarga qaramlik kuchaygani yoziladi. Ammo uning ruslar tomonidan hujumga ma’ruz qolgani ham sir emas. Tarixning bu ziddiyati keljakda haqiqiy tarixni yozadiganlarga havola.

Ma’limki, Amirning bir qancha xotini bo’lgani aytiladi. Darhaqiqat, to’yga kelgan-ketganlarni Abdulla Chig’atoy tanishtirib turar ekan, chalkashib ketdim. Keyin Nusratulloh akaning yordamida aniqlab oldim. Chunki bu ham O’zbekiston tarixining yozilmagan oq sahifalarini to’ldirish uchun xizmat qilsa ne ajab?!

Said Amir Olimxonning xotini (yoki xotinlaridan biri) Sabo aya 93 yoshda ekanlar. Bizning yonimizda o’tirgandilar. Shukriyaxonning onasi. Ular birgalikda yashar ekanlar. Shukriyaxonning bir o’gli va bir qizi bor ekan, eri Azimjon olamdan o’tgan ekan.

Amirning Xursanda degan xotinidan bo’lgan qizi Shojon ham shu yerda. U To’y boshi. Shojon ayaning turmush o’rtog’i Sayid Islom olamdan o’tgan ekanlar.

Amirning qizi Shojon ayadan Nurjahon, Fathiya, Simo, Nafisa, Nazifa, Hasina degan qiz nevaralari va Aslam, Salim, Tamim degan o’g’il nevaralari bo’lib, kenchasi uylanayotgan edi.

Hamkasbimiz Nusratulla Laheeb Amirning nevarasi Fathiyaga uylangan, uning bolalari, boshqacha aytganda Amirning chevaralari Nazohat, Fariha, Faridun ham shu yerda.

Said Amir Olimxonning Sultona degan xotinidan valiahd o’g’li Umarxon to’yga kirib kelar ekan, ko’pchilk uning huzuriga oshiqdi. Valiahdning harakat va odimlarida hali ham amirona uslub saqlanib qolgani qiziq edi. Korinib turibdiki, Amirning Amerikadagi xonadoni uning uch xotini bilan bog’liq.

Amirning xos soqchisi Hasan shohning o’gli Muhammadshoh (Shukriya Olimi bilan sut emishgan) ham davrda…

Amir xonadonining bir qismi Kanadaga uzangan ekan. Zotan kelin ham kanadalik.

To’yning oxiri yaqinlashib kelar ekan, Buxoro, umuman Sharq an’analariga xos udumlar boshlandi. Kelinning qo’liga hino qo’yishdan, chimildiq tortib kelin va kuyovga shirinlik yedirishu oynaga qaratishga qadar…

Xuddi og’ir qish chekinib bahor kirib kelganidek, Amir xonadoni ham uzoq yillik sarsongarchiliklardan keyin endi bir oraga kelgan, qayta boshdan bahorni yashayotgandek edi.

…Tarix kimgadir yoqishi yoki kimgadir yoqmasligi mumkin.

Tarix o’z mustaqilligini saqlagandagina tarix bo’la oladi. Unga zug’m qilis, uni o’z xoxishiga qarab yozdirish uning umrini yemiradi va bir kun kelib tarix qaytadan yoziladi. Anashu qayta yoziladigan tarixda oqning ham, qoraning ham, yaxshining ham yomonning ham o’rni bo’lmog’i shart. Oshandagina u tarix bo’ladi.

Xorijga, hijratga ketgan har bir o’zbekning taqdiri O’zbekiston tarixining bir sahifasidir. Amir Olimxon xonadonining tarixi esa yana ham kengroq o’rin tutmog’i kerak bu tarixda.

Xullas, bu maqola kelajakning qaysi bir olimi uchun yozilmagan tarix borasida ilzanishlarni boshlashga debocha bo’lsa ne baxt?!

(Vashington, 2003 yil, 12 Aprel)

AFSUS…

Ma’lumki, 2004 yilning 4-Yanvarida Af’goniston Konstitutsiyasi qabul qilindi.Yuz bergan muhim voqealardan biri o’zbek tilida ko’p gaplashiladigan mintaqalarda bu tilga rasmiy til maqomi berilganidir.Shu munosabat bilan radioda o’sha kuni aytgan gaplarimizga va web sahimamizda e’lon qilingan maqolaga turli munosabatlar bildirildi. Kimdir qutlasa, kimdir bu u qadar katta voqea emasligiga urg’u berdi. Jumladan, janubiy turkistonlik qalamkashlardan Zikrillo Ishonch shu munosabat bilan yozgan xatida shunday deydi:

“JANUBIY TURKISTON O’ZBEKLARINI O’YLAB, G’AMKHO’RLIK QILIB,YOZGAN OTASHIN MAQOLANGIZNI O’QIDIM. BU UCHUN SIZGA KATTA RAHMATLAR AYTAMAN,QALAMINGIZGA QUVVAT BERSIN. LEKIN,”LOYA JIRGA “KO’Z BO’YAMACHILIKDAN BOSHQA

NARSA BO’LMADI.QONUNNING O’NLAB GAPIRILMAGAN YOXUD, KAM GAPIRILGAN NUQTALARI QOLIB KETDI.O’ZBEKLAR MENIMCHA HECH QANDAY HAQ-HUQUQ OLAOLMAY CHIQDILAR.O’ZBEK VAKILLARI “BIZ AFG’ONMIZ”-DEGAN QORA HUJJATGA QO’L QO’ISIB,SHARAF BILAN QULLIK ZANGIRINI BO’YINLARIGA OSISHIB,MAJLISDAN CHIQDILAR…AFSUS.”

Ha, ko’p odam shu gapni aytmoqda. Afsus. Lekin haqiqatning ko’ziga tik qaraydigan bo’lsak, masalaning uchhta muhim ahamiyati bor.

Birinchidan, o’zbek tiliga rasmiy til maqomi berilishi Afg’oniston tarixida ilk marta yuz bedri.

Ikkinchidan,Loya Jirga Afg’onistonda demokratiya boshlanganini ko’rsatdi.Toliblar yoki Sovetlar istilosi davrida ham bu masalani ko’tarish mumkin emas edi. Hatto uncha-buncha mamlakatdaham bugun biror oz sonli xalq o’z ona tilini rasmiylashtirish uchun oliy kengashda ochiq tortisha olmaydi.

Uchinchidan, O’zbek tlining mavjudligini tan olish o’zbeklarning mavjudligini tan olishdir va bu istiqlol yolini ochidi.

Endi bugungi biz yana qul bo’lib qoldik, tushunchasiga qaytsak, xo’sh Janubiy Turkistonda yoki Shimoliy Afg’onistonda bugun mustaqillik uchun zamin mavjudmi? Agar o’z holiga qo’ysa ertsga yana Do’stim tomonidagilar bilan Muhammad Atta tarafdorlari bir-birini o’qqa tizmaydi, deb kim kafolat bera oladi?

Afg’oniston olovlar ichida qolganda shimol mustaqil davlat kabi ayrilib qoldi, lekin oyoqda tura olmadi va tarixiy haqiqat bu zaminda mustaqillik uchun hali ko’p suv oqishi kerakligini isbotladi.

Boshqacha aytganda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shart sharoitlarni hamda yuzaga kelgan bugungi vaziyatni bir joyga qo’yganda bugun mustaqillik haqida talab qlish eshakning qulog’iga tanbur chertganday gap bo’lib qolar edi. Ammo o’zbek tiliga rasmiy til maqomini qabul qildirish bu mustaqillik uchun qo’yilgan ilk mustahkam qadam va Loya Jirgada erishilgan katta g’labadir.

Prezident Karzay Loya Jirga minbaridan turib “Men endi Oz’bek tilini o’rganaman” deb va’da berdi. AQSHda va bir qator ga’arb mamlakatlarida darhol Afg’onistondagi o’zbek tilini o’rganishga, bu borada o’zlariga qo’llanma tayyorlashga kirishdilar.

Biz esa qullikni bo’yinga olib, afg’on bo’ldik, deb o’tiraversak, bori ham g’og’ozda qolib ketadi. Ammo qog’ozdagini amalga kechiradigan pashtunlar va yoki tojiklar emas, o’zbeklarning oz’lari bo’lishlari kerak.

Konstitutsiyani qurol qilib, kitoblar nashr etishni, maktab ochishni, o’qituvchilar tayyorlashni, gazetalar, jurnallar chiqarishni, radio va televideniye tashkil qilishni, san’atni oyoqqa qo’yishni o’ylash zarur va bugun bu ishlar uchun butun dunyo yordamga qo’l cho’zadi. Boshqacha aytganda o’zga ellarda don terib yurgan minglab o’zbeklarga millat yo’lida xizmat qilsih uchun va xirmon choshlash uchun katta jabha ochildi.

Toliblar rejimi davrida o’zbekman deb aytishga qo’rqib qolib, ona yerlarini tark etishga majbur bo’lganlar haliga qadar chet ellarda yashamqodalar va qaytishni ham o’ylamayotirlar. Ularni ayblashdan yiroqmiz. Lekin ularni Vatan da’vat emoqda va qaytishlari uchun imkoniyatlar mavjud. Agar ular qaytsalar va Konstitutsiyada berilgan zarradek imkoniyatni ulkanlashtirib amalga oshirsalar, ana undan keyin istiqlolga yo’l ochiladi. Oddiy haiqiqat shu!

Afg’onistonlik bir kishi “bugungi avlod qurolni vatan, qurolni ona, qurolni kelajak deb biladi” degan edi. Unday bo’lsa umid beshikdagi bolada ham emas, tug’iladigan zuryodda ekan-da. Ana bunga afsus deyish kerak. Ha, afsus, o’z ona tili ulug’langan kunda sevina olmagan dillarga va o’z ona tlini istiqlolning tamal toshiga aylantirish uchun jabhaga otilmagan erlarga afsus…(2004 yil, 11 Yanvar)

Karimov “Birlik”ni nega aybladi?

Agar “Birlik”ning munosabatiga nazar solsak, “Bu Karimovning xatosi, u “ERK” bilan “Birlik”ni almashtirib qo’pol xato qildi” deyishdi ular. Muxolifatning tashqaridagi namoyondalari orasidagi tortishuvlar ham “Karimovning esi kirdi-chidi bo’lib qolgan” yoki “Karimov endi “Birlik”ni ayblashga o’tdi” kabi xulosalardan nariga o’tgan emas. Ular Karimovning faqat “Birlik” haqidagi gaplarini ajratib olib, xulosa qilishgani ham masalaga jiddiy yondashilmaganini ko’rsatadi.

Aslida esa Karimov og’ziga kelgan gapni vaysab yuboradigan odamlar turidan emas. U bir gapni aytishni istasa, uni qaysi yo’l bilan qay tarzda odamlarga yetkazishni uzoq o’ylaydi va buning uchun kerak bo’lsa bir ikki kishining taqdiriga bemalol chiziq tortishi ham mumkin. O’tgan yillarda buning ko’plab misollarini ko’rdik. Keyingi voqea ham Karimov bir o’q bilan uch quyonni urganining bir misolidir.

Birinchidan, Rossiyada Duma Putinning “chap cho’ntagi”ga aylandi, millatchilar, shovinistlar prezidentning qo’ltig’iga kirishdi. Bundan Karimov tashvishda va Rossiyadagi saylovlarga munosabatini bildirganda tashvishda ekanligini sezdirib qo’ygandi. Shundan kelib chiqadigan bo’lsak, Moskva Karimov keyingi yillarda tarozining AQSH pallasini bosishni haddan oshirib yubormoqda deya ochiq gapirayotgan edi. Bu xatarni kuchsizlantirib qo’yish Karimovning nazaridan chetda qolgan deb o’ylagan odam xato qiladi yoki Karimovni umuman bilmaydi.

2003 yilning 19 Dekabrida Toshkentda Turkiya Bosh vaziri Erdo’g’an bilan matbuot konferensiyasi o’tkazgandan keyin Karimovning o’zi ataylab yoniga “Komersant” gazetasining muxbirini chaqirib, “Nima savoling bor edi” deb so’rashi bejizmidi? Oddiy qilib aytganda Karimovning Moskvadagilarga yetkazib qo’yadigan gapi bor edi. Bu esa AQSHni yengilgina tanqid qilib qo’yishdan iborat. Odatda bunday kezlarda Karimovning odamlari muxbirlarga savolni oldindan berib qo’yadilar va Karimov ham javobga shay turadi.

Muxbirning birdaniga AQSH Kongressida Davlat departamenti vakilining O’zbekiston rahbarlaridan biri “Birlik”ni ro’yxatga olish haqida va’da berganini aytganini eslashi etibordan chetda qolib ketgan nuqta bo’ldi. Karimov kimki muxolifat yasamoqchi bo’lsa, yoki kimnidir quvvatlovchi bo’lsa bu haqda uning oz’idan so’rang shaklida javob qildi va bunday javob Moskvadagilarga qaymoqdan yoqadigan gap.

Ikkinchidan, keyingi paytda AQSH bilan munosabatlar jarayonida muxolifatga qisman bo’lsada yo’l berish haqida gaplashilgan va Karimov ham ko’ramiz deb qo’ygan bo’lishi kerak. Chunki AQSH mulozimlari bir gapni osmondan olib gapirmaydilar. Lekin “Birlik” hujjatlarini Adliya vazirligiga topshirgandan keyin ish jiddiylashdi. Bir tomondan chala bo’lsada va’da berilgan, ikkinchi tomondan qonunlar talabi bo’yicha hujjatlar topshirilgan. Nima qilsih kerak? Karimov “Birlik”ni 1999 yil voqealariga bog’lash bilan bu ikki savolni ham javoblantirgan bo’ladi. Amerikaliklar, “Birlik”ning qonli voqelarga aralashmaganini isbotlaymiz degunlariga qadar saylov o’tib bo’ladi va Karamov “Yaxshi, ro’yxatga olamiz,” deydi, hatto olishi ham mumkin. Ammo hayit o’tgandan keyin.

Uchinchidan, Karimovning har qanday kuchni eng avval o’z qo’li bilan o’zini obro’sizlantirish odati bor. Masalan, Xushev kabi bittasiga ” Siz Islom otani bir maqtab bering, vazifangiz yanada ko’tariladi” degan gap keladi. U jon dilidan maqtab beradi.Uning maqtovidan odamlarning ko’ngli aynib ketadi. Orqasidan u ishdan quviladi yoki qamaladi. Himoyachilar yo’q. Chunki ularning qo’li oldindan kesilgan.Xuddi shunday hol “Birlik” bilan ham bo’ldi. Avvaliga “Birlik”ning yetakchisi Vasila Inoyatovaning “Ezgulik” inson huquqlari tashkiloti zudlik bilan ro’yxatga olindi. Boshqalarning nazarida “Birlik”ning yetakchisi hukumatning odamiga aylantirildi. Keyin, ikkinchi yetakchi-Shvetsiyada yashayotgan Po’lat Oxunovning Toshekntga tashrifi bo’ldi va uning muxolifat a’zolarini to’plab o’takazilgan yig’ilishiga yo’l qo’yib berildi. U yerda hukumat bilan hamkorlik qilish haqida baralla aytildi. Demokratiya tarafdorlarining ko’ngli aynidi. Hatto motam tutganlar, marsiya yozganlar ham bo’ldi. Orqasidan, mana endi Karimov “Birlik”ni qonli voqealarga tirkab qo’ydi. E’tibor bergan bo’lsangiz, himoya qilganlar deyarli bo’lmadi. Hatto, “Birlik”ning o’zi ham darhol bir bayonot bilan chiqa olmadi. Vaholanki, mutloq dahshatli ayblov qarshisida qolgandi. Balki ushbu maqolani o’qigandan keyin, hechdan ko’ra kech bo’lsa ham deganday, bir bayonot chiqarishsa ajab emas?!

To’rtinchidan, Turkiya bosh vaziri Erdo’g’an Istanbul shahar hokimi ekanligida “Birlik” rahbariga hokimlikning alohida uyini bergani, qo’llab-quvvatlagani va bosh vazir bo’lgandan keyin ham “Birlik” rahbariyati u bilan muloqotni davom ettirmoqdamiz deyishiga Toshkent befarq qaramagan bo’lishi kerak. Karimov ayni paytda Erdo’g’anga ham “Kim bilan oshnalik qilishni bil”, deganday “dars” berib qo’ymadi deb qiyin.

Karimov bir o’q bilan to’rt quyonni anashunday “boplab” urib turgan bir paytda O’zbekistonda diktatura tugab, demokratiya boshlanmoqda, Karimov Gorbachevga o’xshab o’z daraxtini o’zi kesmoqda degan puch gaplarning qanchalik tosh bosishini baholash esa qiyin emas. (Vashington, 20 Dekabr, 2003 yil).

 

Saddam sabog’i

Buzoqning qochgani molxonaga qadar deydilar. Saddam molxona kabi bir joyda qo’la tushdi.

Etibor qildingizmi, uning ilk e’lon etilgan  suratida u salafi Karl Marksga o’xshab qolgandi. Ammo Karl Marks ta’limoti dunyoning bir tomonini o’pirgan bo’lsada u shaxs o’laroq Saddam kabi millionlarning yostig’ini quritmagani uchun uning suratiga qarasangiz etingiz junjikmaydi. Saddamning surati esa  nafrat uyg’otadi.

Etibor qildingizmi, Saddamni do’xtirlar tekshirayotganda xuddi odatiy qabulga kelgan kabi bamaylixotir edi. Chunki uning xayolida bitta narsa hukmron bo’lsa ne ajab: nima bo’lsa ham o’z jonini saqlab qoldi. Uning uchun qancha badbaxtlar ko’r-ko’rona jon berdilar, hatto o’g’illari ham uning uchun o’lib ketdi. U esa bamaylixotir bir ko’rinishda do’xtirning aytganlarini bajonidil bajarmoqda va  bugun tirik ekanidan xursand.Chunki u o’limdan qo’rqadi xuddi hamma narsadan, hamma odamlardam qo’rqqani kabi.

Etibor qildingizmi, u qo’lga tushganda yonida qurollari bor edi, ammo qarshilik ko’rsatmadi.Chunki otib qo’yishlaridan qo’rqdi. Bu diktatorning asl xislatini fosh qiladigan holat. Chunki diktatorlar qo’rqoqlardan chiqadi.

Etibor qildingizmi,  matbuotga suhbat bergan iroqlik, Saddam tarafdori bir  kishi “ U Bag’dodni tashlab qochganda bir uyaldim, endi esa ikkinchi bor uyaltirdi. U qo’rqoqlik timsoliga aylandi. Axmoq bo’lib unga ishongan ekanaman” dedi. Kechikkan e’tirof…

Saddam qo’rqoq edi…Qo’rqmas, mard odam bohsqalarning tanqididan, tahdididan,  fikridan, zikridan  cho’chimaydi, boshqalarning o’zi haqida aytganlariga parvo qilmaydi. Chunki o’ziga ishonadi.  O’zining tozaligiga ishonadi. Qo’rqoq esa o’z soyasidan ham cho’chiydi va soyaga qarshi ham qatag’on  boshlaydi. Shu zayl u zolim diktatorga aylanib boradi. Taxtdan ayrilishdan, xalq bilan yuzma-yuz qolishdan qo’rqadi diktatorlar. Bu esa ularning shavqatsizligini yanada oshiradi. Bu halqaga, zanjirli halqaga aylanadi va kuchayib boraveradi. Ammo har qanday kuchayishning bir susayishi bor.

E’tibor qildingzimi, u yerto’ladagi chuqurlikda bir maxluq kabi yashagani bilan yonida 750 ming dollar pul bor edi. Pul diktatorning joni. U pul uchun eng yaqinlarini ham sotadi.  U xotinidan ayri yotishi mumkin, ammo puldan ayri yotolmaydi. U sevimli bolalari va nevaralaridan ayri tushishi mumkin, ammo puldan ayri tusha olmaydi. Uni qo’lga olmasdan faqat pulini olib qo’ysangiz u  o’sha yerto’lada devonaga aylanadi.Lekin uning qo’lga olinishi juda muhim edi. Bu tarix va kelajakka Saddam sabog’i degan bir dars yozish uchun kerak edi.

Uning qo’lga olinishi dunda chirmoviqdek yashayotgan diktator va diktatorchalarga Saddam sabog’ini berish uchun kerak edi.

Uning  qo’lga olinishi zolimni adolat huzuriga olib chiqib sud qilish, qonunlarni oyoqosti etib kelgan odamga qonun oldida hamma birdek turishi shartligini ko’rsatish uchun kerak edi.

Uning qo’lga olinishini u dunyoning borligiga ishonmagan  murtadga gunohlari uchun javob berish faqat u dunyoda emas, balki bu dunyoda ham borligini  ko’rsatib qo’yish uchun, o’z qilmishlariga yarasha javob berish nimaligini his ettirish uchun kerak edi.

Kelajakda maktablarda Saddam sabog’i degan dars o’tilishi va insoniyat bolaligidan boshlab qo’rqoq emas, mard bo’lishga, zolim emas, odil bo’lishga, qotil emas, mehribon bo’lishga o’rganishi uchun kerak. Odamlar jon oluvchi emas, yon beruvchi bo’lishga o’rganishlari uhcun ham bu saboq, bu dars kerak.

Mansabu  taxtni otasidan qolgan, deb biluvchilar, millatni  temir betonday qotirib qo’yuvchilar, xalqni o’zining quli deb fikrlovchilar, mamlakatni onasining mahriga tushgan deb o’ylovchilar, bolalari  elu yurtning boyligini talaganda ko’z yumib, bechora odamlarning esa cho’ntagidagi so’nggi bir mirini ham uradigan yurtboshilarga dars bo’lishi ushun  Saddam sabog’i  kerak.

Toki har bir inson idrok etib tushunsinki, zulming, qatag’onning, adolatsizlik, qabihlik, aldov va yolg’onning, zulmatning  bitishi bor. U hisob kunidan qocha olmaydi. Zolim adolat hukmidan bugun qochishi mumkin, ertaga qochishi mumkin, indinga ham qochishi mumkin, ammo butunlay, abadiy qocha olamyadi, qochgani molxonaga qadar.

Yomonga qarab yaxshilikni o’rgan deydilar. Sadam  sabog’ining debochasi bu. (2003 yil, 14 Dekabr).

Shovruqning qotilini bilaman!

 

Zulm chog’i ulus nechun jimligini aytib ketding,

El yuragi zardob bilan limligini aytib ketding,

Tillar muzlab, dillar muzlab yotgan bir payt,

Millatkush kim, asl qotil kimligini aytib ketding!

“2001 yilning 6 Iyul kuni O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining Qashqadaryo viloyat kengashi raisi, sobiq O’zbekiston Xalq deputati, “Birlik faoli” Shovruq Ro’zimurodov o’ldirildi.”

Xabarlar oqimidan.

…O’zbekiston Xalq deputati bolgan Toyiba To’laganova (41), sobiq SSSR xalq deputati va O’zbekiston xalq deputatlarining ro’znomasi “Xalq sozi”ning ilk bosh muharriri Ahamadjon Muxtorov(57), mustaqillik uchun kurash yillarining O’zbekiston xalq deputati Shovruq Ro’zimurodov(44)…. Ular Allohning marhamatiga qovushgan bo’lsinlar!..

1990 yilning 24 mart kuni O’zbekiston Oliy kengashi to’qqizinci chaqiriq birinchi sessiyasida Ahmadjon Muxtorov nutq so’zlab: “Demokratik jarayonlarni yanada rivojlantirish, siyosiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish, konstitutsion tizumni, grajdanlarning huquqlarini, erkinliklari va xavfsizliklarini mustahkamlash, boshqaruv oliy organlarining o’zaro aloqasini takomillashtirish maqsadida prezidentlik boshqaruvi joriy etishni”taklf qildi.

Bu taklifga qarshi ciqqan falsafa fanlari nomzodi Toyiba To’laganova O’zbekistonning bugungi sharoitida prezidentlik boshqaruvi yakkahokimlikka olib kelishini va demokratiya istab diktaturaga yo’liqishimizni, kommunistik partiya tarbiyasini olgan rahbarlardan ciqadigan prezident “tashi” boshqa bolgani bilan ichi ayni tarzda qolishini aytdi. U demokrayita o’rnatilishi uchun parlament boshqaruvi zaruratidan so’z etdi.

-Bunday fikr ayol kishidan ciqmaydi, ayo’llarning aqli kalta boladi, taklifning ortida qandaydir kuclar bor,- degan O’zbekiston Kompartiyasining birinchi kotibi, KPSS MK siyosiy Byurosining a’zosi Islom Karimov Toyiba To’laganovani ochiqcasiga kamsitdi. Tanafusda esa mahalliy muxbirlarga interviyu berar ekan “Ayollar tovuq miya bo’ladi” deyishgacha borib yetdi. Uning gapiga qo’l siltab ketganlardan biri Shovruq edi.

Prezidentlik lavozimi haqidagi qarorni qabul qilish va Karimovni saylash boshlanganda Shovruq so’z soradi. Lekin do’ppini salla qilib ko’rsatish darajasida ustamon bolgan majlis raisi Mirzaolim Ibrohimov:

-Uka, siz emas, yoningizdagi do’ppili odam gapirsin,- dedi.

Do’ppili odam esa so’z so’ramaganini aytishga xijolat cekar ekan, Shovruq o’rnidan turib gapira boshladi. Unga mikrofon kerak emas edi. Uning gurillagan tovushini majlislar zalining har joyidan ham eshitsa bo’lardi. Shovruq: ” Men bu odamni Qashqdaryodan bilaman. Bu odam prezidentlikka loyiq emas. Agar prezident bo’lsa hammangiz puhsymon bo’lib qolasiz hali…” dedi.

Shovruq qo’li bilan minbarga ishora qilib gapirar ekan Karimov qizarib ketdi. Mikrofonnni jahl bilan oldiga tortdi. Lekin nimadir esiga tushgan kishidek yana mikrofonni raisning oldiga surdida ” Bas qiling maynavozchilikni” dedi. Rais darhol bas qildi. Muzokaralar to’xtatilib “bir ovozdan” prezidentlik lavozimi tashkil qilindi va “bir ovozdan” Karimov saylab yuborildi.

Shovruq kechagi kunnni ko’rib, kelajakni aytayotgandi. Keyincalik Karimovning Qashqadaryo viloyat partiyasi birinchi kotibi bo’lgan paytida qo’shib yozish, ko’zbo’yamachiliklardan boshlab yana boshqa jinoyatalariga qadar hujjatlarni Oliy kengash haya’tiga taqdim etgan xalq deputati Inomjon Tursunov qamaldi.

Karimov bilan yuzma yuz bo’lib kamcilklarini yuziga aytgan Samandar Qo’qonov umrbod turmaga tiqildi.

Karimov bilan Qashqadaryoda tortishgan va so’ngra bu kurashni Oliy majlisga tashigan Murod Jo’rayevning on gulidan bir guli ocilmagan o’g’li o’ldirildi, o’zi zindonband etildi.

“Nega jinoyatchilar hukumat boshiga kelmoqda, nega mafiya hukumatni qo’lga olmoqda?” degan Meli Qobulov temir panjaralar ortiga jo’natildi.Va hokazo va hokazo…

Shovruq bularni oldindan ko’ra olgandi. O’sha kuni tanafusda Ahamadjon Muxtorov bilan gaplashib turganimizda Shovruq oldimizga keldi.

-Siz bilib qo’ying ,- dedi u Ahmadjon akaga,- Bo odam rafiqini ham, raqibini ham kecirmaydi!

Ahmadjon akaning ko’zi yonib ketgandek, bo’ldi. Darhol daftariga bu so’zlarni yozib oldi. Keyin

– Ukajon Moskavda Gdlyanchilar bilan kurashda yakkalanib qolayapmiz. Deputatlar partiyadan qo’rqishadi. Prezidentlik tashqil qilinsa partiyaning ta’siri kamayashi mumkin. Men hozir bu odamdan boshqa liderni ko’rmayapman, keyinchalik balki boshqa kadrlar chiqar- dedi. Ahmadjon aka o’sha kezda Karimovga sidqidildan ishonardi.

Shovruq uning Qashqadaryoda odamlarga zulm qilgani, O’zbekiston Kompartiyasining Moskavadan yuborilgan ikkinchi kotibi Anishchev bilan birgalikda ko’p odamni qamatib yuborgani, Gdlyan to’dasi bilan ham aloqasi borligini aytar ekan Ahamadjon aka:

-Ukajon devorning ham qulog’i b’ladi, bu gaplarni menga aytdingiz boshqaga aytmang, bunday gaplar ucun kechirmaydi bu badbaxtlar,- dedi.

-Xalq bu gaplarni aytish uchun meni majlisga yuborgan ,- dedi Shovruq.

Keyinchalik Farg’ona voqelarini bosdi- bosdi qilib yuborgani, Parkentda oddiy odamlarni otishga buyruq berganini, atrofidagilarni haqoratlab do’pposlagani va boshqa “hunarlari”ni ko’rgandan keyin Ahmadjon aka ham Karimovni tanidi. Shu bois ham u o’zi bosh muharrir bo’lgan gazetada tanqidiy maqolalar va tahliliy chiqishlarga yo’l ochdi. Ammo Karimov uni quvqinga oldi. Keksa jurnalistga ish berdirtirmadi. U sarson sargardonlikda yurib miyaisga qon quyildi…

Karimov Toyibani ham kecirmadi. Uni Oliy kengashdagi ishidan quvdirdi. Dorilfununga qaytgandi u yerda ham ta’qibga oldi. Toyiba ham oramizdan erta ketdi…

Su o’rinda kichik bir chekinish: Iosif Stalin tarixni o’zi yozdirgani kabi qoldirishni istab guvohlarni yo’qotihsga kirishganini bugun gapirishga hojat ham yoq. Lekin tarixning u bekitgan sahifalari bugunga kelib ochildi. Stalin davrida oldirilganlar haqidagi malumotlarga qarasangiz, biriga “Qamoqda o’zini osdi”, boshqasiga “Miyaisga qon quyildi”, keyingisiga ” O’g’ir xastalikdan o’ldi” degan xulosalar qo’yilgan. Lekin ularni o’ldirishgandi…

Karimov o’zini kechirmasligini Shovruq yaxshi bilardi. Zotan deputatlar orasida kaltak birinchi bo’lib uning boshida singandi. Karimov 1990 yilning 24 mart kuni prezident bo’lgan bo’lsa, oradan bir hafta ham o’tmay Shovruqni to’rtmi, beshmi bolasi bo’lgan bir ayolga uy olib berganlikda ayblashdi. Yani deputat bunaqa ishlarga aralashmasligi kerak ekan. Bir oydan keyin, May oyida esa norasmiy mitinglar va boshqa bo’htonlar bilan qamoqqa olishdi.

Oliy kengash hay’ati uni qamashga sirtdan izn berib yuborganini eshitib, qo’mita raislariga norozilik bildirdik va masalani sessiyaga olib chiqajagimizni aytdik. Karimov Majlis raisiga’ “Uni olib kelib prezidumda muhokama qilib, deputatalikdan ciqaringlar, qolganlarga dars bo’lsin” deb aytibdi. Raisga “Bu gapimni ham ayt” degan bo’lsa kerakki u “Oqsoqol shunday dedilar” deb qo’rqmasdan aytgandi bu gapni.

Biz qo’mita raislariga bu qaqshatqich zulmining ilk odimi, uni to’xtatish qo’llaringizda” deb Shovruqni saqlab qolish masalasida tazyiq o’tkazdik. Ular o’zlari bir narsa qila olmasliklarini, lekin bizlarni hay’at majlisiga kiritish uchun ovoz berajakalarini aytishdi. Qo’mita raislaridan, shoir Erkin Vohidov esa ” Bizga oldindan qo’l qo’ydirib olishgan, muhoka qilish rasmiyatchilk , xolos, baribir bir narsaga erisha olmaysizlar, deb haya’t majlisiga kiruvchilarning shahdini sindirdi. Bu masalani tortishib turganimizda mirshablar Shovruqni olib kelishdi.

U xalq tomonidan saylangan parlamentga mirshbalar qurshovida, qo’lida kishan bilan kelayotgan edi. Kiyimlari q’ijim. Soqoli o’sib ketgan. Ko’zlari co’kkandi. Biz unga peshvoz ciqdik.

-Bularning kuchi yetmadi. Olib kelgan yangi kiyimlarini ham kiymadim. Soqolimni olish haqidagi buyruqlarini ham bajarmadim,- dedi u.

Uni majlisga olib kirihsdi. Mirshablarga topshiriq berib, hozir prezident kelajagini va ickariga hec kim olinmasligini aytishdi. U paytda hali mirshbalarning ko’zida bir oz bo’lsada qo’rquv bor edi. Bizning yo’limizni tosa olmadilar. Ickariga kirdik. Rais darhol majlisni to’xtatib, “Men pastga, prezidentni kutib olishga borayapman” deb ciqib ketdi. U ham, Prezident ham kelishmadi. Shovruqni esa olib ketishdi.

Biz masalani sessiyada ko’tardik. Kaminaning Shovruq haqida aytgan gaplarimni o’shanda ko’pchilik eshitgan. Sessiya majlisini televideniye orqali namoyish qilishga erihsgandik:” Bugun Shovruqni qamashgan bo’lishsa ertaga navbat boshqalara keladi. Bugun kaltak, ertaga qamoq va indin o’ldirihsgacha borib yetishadi. Buni bugun to’xtatmasak ertaga kech bo’aladi” degandim. Ming afsuski toxtata olmadik va kech bo’ldi.

Bugun Shovruqni… Shovruqlarni yo’qotib turibmiz…

Anashu dard bilan prezident devonida ishlayotgan eski do’stlardan biriga sim qoqdim. Uning ham dardi ichida ekan. O’zi tinch bir joydan telefon qilajagini aytdi. U bilan uzoq gaplashdik. Anchayin qo’rqmasligidan prezident devonidagi vaziyatni ham taxmin qilish qiyin emas. Hatto uning xorijga ketib qolishga ko’ngli bordek tuyuldi menga.

Unga ko’ra O’zbekiston Islomiy harakatini qo’laganlardan biri Ibrohimbek ‘qo’rboshi”ning nevarasi, xorijda yashayotgan Hoji Jamshid Tilav o’gli Azimiy Qashdarayolik bo’lib, harakat uning istagi bilan shu zonalarga hujum qilishi mumkin, degan xabar olingan. Buning ustiga Qashqadaryoda Hizbi- at Tahrirning faoliyati ham kucaygan. Karimov maslahatchilaridan biriga topshiriq berib Qashqadaryoda jiddiy tadbirlar olishni buyurgan. Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov darhol Qashqadaryoga yuborilgan. Qaytib kelgach maslahatchi bilan birga vaziyat haqida hisobot tayyorlashgan.

Karimov o’zi taniyganlarining nomini eshitsa jazavaga tushihsini yaxshi o’rganib olishgani uchun hisobotda asosan Shovruq haqida so’z yuritihsgan: Shovruq Surxondayodagi ko’cmanlar bilan aloqaga kirgan. U yerdagi gaplarni butun dunyoga ovoza qildi… Shovruq Hizbu at Tahrirning varaqalarini komputerda yozib, ko’paytirib bermoqda… Shovruq Moskvadagi “Memorial”ga a’zo bo’lgan va bu tashkilotning rahbarlaridan biri Vitaliy Ponamaryev O’zbekistonni yomonlab gapirayotgan hamma gaplarni u yetkazib turibdi. Ponamarev O’zbekistonga kelganda ham u olib yurgan. Olmoniyadan kelgan “Fokus” jurnalist muxbirlarini ham Surxondaryodagi lagerga u olib kirgan va hokazo.

Hisobotni eshitgan Karimov darhol Shovruqni ushlab kelishni va u bilan o’zi hisob-kitob qilishini aytgan. Zokir Almatov bu ishni asli qashqadaryolik bolgan polkovnik Mahmud Bekmurodovga topshirgan. Shovruqni 2001 yilning 15 uyun kuni ko’cada ushlab Toshkentga olib kelishar ekan, mahalliy mirshablarga “hujjatlarni” tog’rilab qo’yish buyurilgan. Mirshablar uning Yakkabog’ tumanining Olaqarg’a qishlog’idagi uyini bosihsgan.

Manbaning aytishicha “xumordan chiqish” va taniganlarini do’pposlab kelish uchun Islom Karimov Ichki Ishlar vazirligining yerto’lasiga borib turishini prezident devonidagilar yaxshi bilishar ekan.

Agar 1991 yilning kuzida Oliy Kengash raisi A. Yoldoshevni tepkilagani, o’shanda Savdo vaziri bo’lgan Mirabror Usmonovni urgani va Bosh vazir o’rinbosari Baxtiyor Hamidovni do’pposlaganini ko’rmaganimda bu gaplarga ishonmagan bo’lardim.

1993 yil 17 aprel kuni meni ushlab Samarqand viloyat icki ishlar boshqarmasi boshlig’i generel Toxtayevning xonasiga olib kelishganda avval prezident maslahatchisi Temur Alimov unga telefon qilib ertalabgacha yo’qotish haqida buyruq berilganini aytgani, general vaqt so’ragandan keyin prezidetning o’zi telefon qilib baqirganiga guvoh bo’lmaganimda ham shubhaga borishim mumkin edi.

Buning ustiga ularning “Shovruq o’zini osib qo’ydi” degan bahonalari ham qing’r ishning qiyig’ini ko’rsatib turibdi. Shovruq o’zini osadigan darajada zaif emas edi. U ham jismonan hamda ma’nan juda kuchli inson edi. Uning akasi Shavkat Ro’zimurodovning “Ukaming vujudida zadalanmagan sog’ joyi qolmagandi” degan gaplari ham ko’p narsaning dalolati. Boshidagi jarohat izlari esa uning zulmga bo’yinsunmagani belgisidir.Ha, u zulmga bo’ysunmas va qo’qrmas edi. U hech kimdan, ayniqsa Karimovdan qo’rqmas edi.Qo’rqoqlar kuchlari yetmaganda yo tuhmatga boshlaydilar va yoki jirkanch qiyofaga kirib nomardlik qiladilar.

Nomardlar to’daboshisi va haromxo’r quzg’unlar tomonidan o’ldirilgan do’stim Shovruq Ro’zimurodov haqida o’ylar ekanman, yana bir do’st yodga tushadi. Meni qutqarib, Samarqanddan Jizzax orqali yo’lga solgan, Shovruq kabi jismonan kucli bo’lgan polkovnik Asatillo Atoullayev 43 yoshida “salomatligi bois” pensiyaga chiqarilgani va ko’p o’tmay avariyaga uchrab olamdan o’tgani ( Alloh rahmat qilsin!) dilimni o’rtab yuboradi…

Xoinlarga qo’rqmas yigit o’lmasligin ko’rsatding,

Yolg’on-botqoq, bu yo’llari yo’lmasligin ko’rsatding,

O’zbek avom, bu xalq bilmas o’zligini, deganga

Shovruq kabi lochinlari go’lmasligin ko’rsatding!

 

O’JARLIK VA INJIQLIK HAQIDA

Murosa va kelishuv tufayli kop narsaga erishiladi, deb aytiladi. Lekin inson fe’li-xiyida shunday xususiyatlar borki ular murosa va kelishuvni rad etish uchun ishlaydi. Masalan, O’jarlik …

Xarakterimizdagi bu belgi har doim bo’rtib turadi.

O’zbek degani o’ziga bek, o’ziga xon degan ma’nolarni tashiydi, deb ba’zan g’urur bilan yozamiz. Lekin o’jarlik ko’pincha anashu o’ziga beklik va o’ziga xonlikni yemirib kelayotganini esa o’ylab ham ko’rmaymiz.

Men o’jarman. Buni bilaman va tan olaman. Ayniqsa, keyingi yillarda xarakterimdagi bu belgini yengishga ko’p urinaman. Ammo ba’zan jilov qo’limdan chiqib ketadi va yoki o’jarlik ustunlik qiladi.

O’jarlik nima o’zi? Bu kalimaning mohiyatiga nazar solsak, bir qancha ma’noni o’zida mujassam etgan. Masalan, o’jar deganda qaysar, boshqalarning gapiga quloq solmaydigan, o’z fikriga yopishib olgan, o’z bilganini ma’qullaydigan kishi tushuniladi. Qaysarligimini odimma-odim yengib kelayapman. Boshqalarning gapiga quloq solmasligim esa hali ham mavjud. Agar quloq solganimda bugun Amerikada yurgan bo’lmasdim. O’z fikrimga yopishib olish ham yo’qolgani yo’q. To’g’risi o’z fikrimni hurmat qilishim uchun uning ustivorligi haiqda qayg’uraman.

Ayni paytda o’z fikrini o’tkazishga uringan, o’z rejalaridan qaytmaydigan, fikrida sobit turadigan odamlarni ham o’jar deymiz. O’z fikrini o’tkazihsga urinishning ikki turi mavjud. Kimdir bilgan narsasisni boshqlar ham bilihsini istaydi va o’z fikrini ilgari suradi. Kimdir bilmagan narsasini bohsqalarga uqtirishga urinadi.

Hra holda keyingisidan ancha yiroqman.

O’jarlik kalimasiga yuklangan uchuncu ma’no esa, boshqalarning iziga yurmaydigan, asov va bo’ysunmaslikning ifodalashidir. Bu esa Men. Hech qachon bu fe’limdan qutula olmasam kerak. Meni ba’zan, avval falonchi bilan birga bo’ldi, keyin falonchiga ergashdi, deb gapiradiganlar bo’ladi. Bunga mening xarakterim yo’l bermaydi. Agar Karimovga ergashganimda bugun kamida Oliy Majlisning raisi bo’lib o’tirgan bo’lardim. Lekin birovga bo’ysunib, qul bo’lib, o’z fikridan voz kechib Oliy Majlisning raisi bo’lishdan, erkin bo’lib, oddiy fuqaro tarzida qolishni afzal ko’raman. O’jarligimning bu jihatini hech narsaga almashtirmayman!

Hammaning ham anshunday voz kechmas jihatlari bor. Lekin umumiyatla agar o’jarlik prinsipial masalalar hal etilganda jilovga olinmasa bu salbiy oqibatlarga olib keladi.

Masalan, Islom Karimovning muxolif fikr sohiblari bilan kelisha olmasdan o’jarlikni ustun qo’yishi O’zbekistonni yaqin kelajakda chiqishi mumkin bo’lmagan yo’lga soldi. Yoki muxolifat liderlarining o’z oralarida kelishaolmasliklari ularni boshqa mamlakatlarning fuqarolari bo’lishlari tomon yetakladi. Yoki ahamiyatsiz masalalar paytida o’jarlik jilovdan chiqib ketsa yaxshilikni boshlab kelmaydi. Buni “Birlik” web sahifasidagi “Mehmonlar kitobi”da so’kinishda o’zini tiya olamslik oqibati xorijdagi o’zbekistonliklarni yuz ko’rmas holga tushirganidan bilish mumkin.

Yaqinda bir do’stimga “Men o’jarman” deb yozsam, u “Men ham o’jarman va hamda injiq hamman” deb javob qaytardi.

Xo’sh injiqlik nima? Injiqlik uncha-bunchani yoqtirmaydigan, uncha- bunchaga ko’nmaydigan, tabiati nozik odam, deganidir. Bundaylarni mijg’ov ham deyishadi. Ko’chma ma’noda ishlatilganda esa bu kalima ters, aks xaraketrni ifodalaydi. Lekin haligi do’stim kalimaning bu ma’nosini bilmasdan o’zini injiq degan edi. Unda injiqlikdan ham ko’proq o’jarlik mavjud edi.

Xarxasha qilish ham injiqlikning bir turidir. Shu o’rinda bir rivoyat yodga tushdi:

Hotamtoy, Injiq va Vakil haqida. Bir Injiq qiyin vaziyatga tushib qoladi. Unga yordam qo’lini cho’zgan Hotamtoy uning huzuriga Vakilni yuboradi va uning ochdan o’lmasligini ta’min etadi. Keyin Hotamtoyning o’zi har borganida Injiqqa katta ulush tashlab qaytadi. Ammo bir kun Hotamtoy va Vakilning o’rtasida yo’llar ayriladi. Vakil Injiqqa Hotamtoyni yomonlay boshlaydi. Injiq ham uni qo’llab bir kun Hotamtoyning yoqasidan oladi. Hotamtoy qo’l siltab ketib qoladi. Nimaga Hotamtoyga nisbatan nonko’rlik qilding, deb so’rasalar, “Mening og’ir kunimda u emas, Vakil meni qutqazdi” degan ekan Injiq.

Bu rivoyat esa injiqning aks xarakterli bo’lishiga bir dalildir. Buni nega yozayapsanu nima keragi bor, deyishingiz mumkin.

Gap shundaki, juda ko’p katta millatlar o’z xarakterlaridagi anashunday belgilarni nafaqat aniqlab chiqqanlar, balki, ilmiy asosda o’rganib, chorasini ko’rish yo’llarini ham belgilaganlar. Shu sababdan ham ular siyosat bilan hayotni ajrata oladilar. Siyosatda bir-biriga raqib bo’lganlar hayotda bemalol gaplashib ketaveradilar. Kichik bir manfaat uchun katta narsani boy bermaydilar.

Katta millatlar o’z xarakterlaridagi anashu kabi belgilarni o’rganib, masalan, ta’lim tarbiyani shunga qarab yo’naltirishadi. Maktabdayoq raqiblik, siyosat, bellashuv, tanqidga chidamlilik nima ekanligi o’rgatilib, o’jarlik va injiqlik kabi xususiyatlarni nazorat qilish immuniteti hosil qilinadi, yoshlarda.

Men millatimizning xarakterini chizib berishga ojizman. Bu ko’pchilkning ishi. Men ko’rgan narsani boshqa odam ko’rmaydi. Boshqa odam ko’rganini esa men ko’rmayman. Ammo men o’z xarakterimdagi belgilarni ko’rishga urinmoqdaman. Men ojarman, dedim. Demak bu mening nazoratimda turishi kerak bo’lgan belgi. Lekin men injiq emasman. Sizchi? Bu haqda o’ylab ko’rdingiz-mi? Ummon qatralardan boshlanishini hisobga olsak, bu chizgilar balki ilk qatralardir?!

(Vashington, 2002 yil, 19 Sentyabr.)

 

 

 

2 Responses

  1. […] 9.Tarixni titratgan kunlar […]

Comments are closed.