Savol-Javob

“Men o’zini muxolifat deb ataydigan guruhlar bilan birga emasman”

САВОЛ׃ ShohiJahondan…

Assalomu alaykum Jahongir aka!
Sizga to’kis sog’lik va umri uzoqlik hamda ezgu ishlarizga rivoj tilab, ba`zi fikrlarimni qoldirishni ma`qul topdim. Bu yerga yozayotganimning sababi, http://turonzamin.org/ da ham https://jahonnoma.com/da ham sizning pochta manzilingizni yoki savol yo’llash bo’limini topa olmadim.

Saytlaringizning avvalgi talqinlarida bor edi, o’ylaymanki, sizga xatlar ko’pligidan, xatto “spam”lar usyushtirilganligidan ularni endi qaramasangiz kerak. Siz uzbekcha-englizcha lug’at yozish jarayonida muhlislaringiz bilan muloqotni susaytirib qo’ygan edingiz, lekin biz hafa emasmiz, sababi bu lug’at o’sha suhbat va savol-javoblardan ancha foydaliroq. Mana bir necha oydan beri yana faollashib qolganingizdan mamnunmiz.

Agar har xil odamlarning har xil gaplaridan charchamagan bo’lsangiz savol yo’lash uchun saytingizda biror bo’lim ochsangiz yoki pochta manzilini ma`lum qilsangiz.

Sizning qarashlaringizdan habardormiz, endi faqat munosabatlaringizni emas, tarixiy dalillarni ham bilmoqchimiz. 20-25 yil ilgarigi tariximizni asl holicha tiklashimiz zarur. Bu yo’lda kimlar yordam berishini o’zingiz yaxshi bilasiz.

Biz sizning yozganlaringiz va Bobur Malikovning aytganlariga ishonishimiz mumkin xolos. Qolganlarning kundaliklarini va kitoblarini o’qiydigan bo’lsak, Bitta ikkita shubhali dalil topishimiz uchun tarixga umuman aloqasi bo’lmagan yuzlab shaxsiy janjallarini o’qib vaqt sarflashimizga to’g’ri keladi. Qolaversa, salbiy-ijobiy siyoh va bo’xton aralashganini bilganimizdan so’ng yana hafsalamiz pir bo’ladi.
Kimning aslida kimligini sizdan yaxshi ochib beradigan odam yo’q, iltimos: hech yo’q “ZAMONDOSH”dagi suhbatlarni davom ettirsangiz yoki asl muhlislaringiz bilan muloqotni tashkil etsangiz bizni nafaqat xursand qilgan, balki, biz qorong’i yo’lda dovdiraganlarga fonus bo’lar edingiz.
Barcha sizni hurmat qiluvchi muhlislaringiz nomidan ShohiJahon.

JAVOB: Assalomu alaykum, rahmat, sizga ham saodatli uzoq umr tilayman, orzularingiz ro’yobiga qovushgan kunlaringiz ko’p bo’lsin!

Men sizni shaxsan tanimasamda 5-6 yil davomidagi juda ko’p savollaringiz va ularga bergan imkon-qadar javoblarim yodimda. Ular mazkur saytda ham turibdi.

Sizning mana shu maktubingiz menga juda oson yetib keldi. Zotan bu sayt mening e-mail adresim ham desam bo’ladi.

Savollaringizni shu yozganingiz kabi Jahonnomaga yozavering, men vaqt topib baholu qudrat javob beraman.

Faqat iltimos, unutmang, men o’zini muxolifat deb ataydigan gurular bilan birga emasman. Ammo O’zbekistondagi rejimga, xususan Islom Karimov rejimiga muxolifman. Shuning uchun savollaringiz shu yonalishda bo’lsa, tezroq javoblantirishim mumkin. Muxolifatnning yaqin tarixi bilan bog’liq esa yangi kitob yozayapman. Kitobdan boblarni shu saytda o’qib borasiz.

JM.

5 Responses

  1. Hurmatli Jahongir aka!

    Ismimni to’liq yoza olmaganim uchun meni kechirasiz degan umitdaman. Men ham boshqa muxlislar qatorida Sizning asarlaringizni Jahonnomada o’qib to’g’risi lol qoldim. Fikrlarim biroz o’z savollarining javobini topgandek bo’ldi. Hozirga qadar savol yo’llamanimning sababi mendagi savollarni boshqa muxlislar berib bo’lishgani edi.
    Sizdan, malol kelmasa, bir savolim bor. Bu men uchun juda qiziq.
    Sizning ko’rsatmaringiz bo’yicha Islom Karimov o’zining atrofidagilarni o’ziga kerak bo’lmay qolganda almashtiradi va ularni sudga bog’lab qo’yar ekan.
    Ko’p bo’lmadi, Buxoro viloyat hokimi Samohiddin Husenovning o’rniga ismini to’liq bilmayman, balki, Esanov ….. “joylashib” oldi.
    Shularning holatlari va sabablarini to’liq izohlab bersangiz.
    Eshitishim bo’yicha ushbu kishilar bir joyda tug’ilishgan va bir joyda faoliyat olib borishgan ekanlar.
    Javobingiz uchun oldindan rahmat…

    • Maktub va e’tiboringiz uchun katta rahmat.
      Bilasizmi Stalin Kalininning xotinini qamaganda u kabinetida indamay o’tiravergan. Xuddi shu hol O’zbekistonda bugun mavjud. Bularku bir joydan ekan, xotini mansabdan olinganda eri Karimovga maslahatchilikni davom ettirgan, erini qamaganda xotini Karimovni maqtab va’zlar aytgan hollar ham mavjud.
      Samoyiddin Husenov oila mafiyasi Gulnora Karimovaning “mulki” edi. Ammo bu mafiyaning otasini eng katta mafiyaboshining qahridan Gulnora ham qutqara olmadi.Lekin Gulnora Husenovning o’rniga o’sha guruhdan odam topib ko’p narsani qutqarib qolgan bo’lishi mumkin. Bu endi taxmin. Chunki Karimov qizining ham ko’nglidagini o’qiydigan odam.

      • Hurmatli Jahongir aka!

        Javobingiz uchun katta rahmat!
        Dunyoda mavjud barchasini bilishimiz mumkindir-u? ammo burnimiz tagini ko’rolmasligimiz mumkin. Aytmoqchimanki, men har ikkalasiga ham talabgor emasman. Ko’pgina saytlarni ko’zdan kechirdim va kechirmoqdaman. Hozirda jiddiy savol bilan murojaat qilganim faqat Jahonnoma bo’lmoqda.

        Malol kelmasa Sizga o’zimni qiziqtirgan savollar bilan bog’lansam.

        1. Buxoro Amirligining so’nggi amiri Olimxon ham huddi hozirda Islom Karimovdek (IAK haqidagi ma’lumotlarni sizning saytingizda o’qiganman izohlar bilan) oltinlarni “kerakli” banklarda joylashtirgani kabi o’zlashtirishga harakat qilgan ekan.

        Ushbu ikki “arkoni oliy”larning tafovutlarini qanday izohlaysiz va millat boyliklarining taqdirini qanday ko’rasiz? Boyliklar agarda afsona bo’lmasa, ularni yana o’z egalariga qaytarish tartibi qanday bo’ladi?

        2. Xalqning maqoliga aylanib borayotgan yana bir mavzu bor!
        Gulnora aslida Amir Olimxonning qizi emishki,
        Buxoro unga amirdan meros qolmishki!

        Bu uchlikni o’zaro bo’g’lagan “ip” nima?

        Javobingiz uchun katta rahmat, hurmat bilan…..M.Q.

  2. Buxoro amiri va Karimov xalqqa zulm o’tkazishda ayni zehniyatning odamlari. Lekin Buxoro amirini urus kommunistlar qulatgan, Karimovni esa urus kommunistlar tiklagan. Ularning farqi mana shunda.
    Boyliklar masalasiga kelganda, qo’ldan chiqqan narsa qaytmaganidek, ketdimi ketdi. Bugungacha Amir Olimxonning boyliklarini hatto uning qarindoshlari ololmayotganidek,(ololmaydi ham) Karimovniki ham boshqalarning komi-karmaniga ketadi. Ularni qaytarib bo’lmaydi. “Qaytaraman”, “qaytardik” degan gaplar aldovchi gaplardir. Amalda xalqqa qaytmaydi.
    Bu ham umumdunyoviy bir fojea.
    Gulnora masalasiga kelsak, uning safiga Lola ham qo’shildi va ular O’zbekiston boyliklarining kemiruvchilaridir. Bu kemiruvchilar dunyoning turli joylarida turli nomlarda kelajaklari uchun “yer osti teshiklarini” yaratib qo’yibdilar.
    Ular Saddam va Qaddofiyning bolalaridek hokimiyatga intilmaydilar, bu ehtiroslaridan voz kechdilar, bu o’lim bilan tugashi mumkin, ular boylikka intildilar va qo’limiz qon emas deb jazodan qochib qolishlari hech gap emas.
    Ular juda ayyor tulkilardir. Ovchilar oz, homiylari ko’p. Afsuski, shunday. Bu o’rinda ham xalq omadsiz va xalqni talaganlar omadli bo’lib chiqmoqda. Demakki, jiddiy xatolarimiz bor va ularni topib tuzatmagunimizcha omadsizlik davom etadi.

  3. Assalomu alaykum, Jahongir aka!
    Savolimi bee`tibor qoldirmagningiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Zero, Sizning har bir so’zingiz, tuzum bizga berayotgan loqaydlik dardiga darmon sifatida shijoat beradi.
    (Savollarni shu yerga yozavering deganingiz uchun shu yerdan yo’llayapman, vaqtingiz bo’lganda javob qaytararsiz, Sizdan o’rganadigan narsamiz juda ko’p)
    Keyingi maqolangizda O’zbekiston va Turkiya munosabatlari haqida batafsilroq yozsangiz. Turkiya O’zbekistonning mustaqilligini birinchi tan olgan davlat deb aytiladi. Tarix o’qituvchimiz Turkiyadan avval 2ta davlat tan olgan deb nomlarini ham aytgandi, bu haqiqatga ne chog’lik yaqin? Nega O’zbekiston Turkiya bilan Mustaqillikning ilk yillarida juda yaqin munosabat qildi: turk litseylari ochildi, Turkiyaga o’qishlarga yuborildi. Keyin esa hammasi aksincha. Bu ham yetmaganday, turk tadbirkorlari haydab chiqarildi. Turkiya ham o’z navbatida O’zbekistonni do’st bo’lmagan davlatlar qatoriga qo’shdi. Mening turk litseylarida o’qigan jamiyki tanishlarim, hammasi aqlli, kuchlik bilimga ega bolalar edi. Ular bunday qobilyatli kardlar tezda yuqori lavozimlarni egallab qo’yadi degan havotirda turk litseylarini yopishgan degan gapga ishonishadi. Menimcha bu yagona sabab emas, yana bilamizki Turkiya o’zbek siyosiy qochoqlariga eng ko’p madad bergan davlat ham hisoblanadi (ayniqsa 90-yillarning o’rtalarida). Siz nima deysiz?

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: