Savol-Javob

SAVOL׃ Savolimga javobingiz bilan o’zbeklar orasida erkin yozadigan mustaqil jurnalist yo’q demoqchimisiz?(Komil).
JAVOB׃ Aksincha, o’zbeklar orasida fikrini erkin ayta oladigan jur’atga sohib jurnalistlar anchagina. Karimov rejimiga muxolif kuchlarning aksariyatini ham jurnalistlar tashkil qiladi.
Siz mustaqil jurnalist bilan fikrini erkin ayta oladigan jurnalist orasidagi farqni bilib olishingiz kerak. Men oldingi javobda inson zotining deyarli mustaqil emasligi haqidagi falsafani tushuntirishga uringandim. Inson tug’ilarkan mustaqil emas, u qaysi bir dinga mansub bo’lib tug’iladi. Keyinchalik ham qaysi bir madaniyat va mafkura uni jilovlab oladi. Keyin…keyin… davom etaveradi. Bu inkor etib bo’lmaydigan hol. Ya’ni inson mutloq mustaqil bo’lishi juda qiyin masala.
Shunday ekan jurnalsit ham shu insonlarning biri.
Endi fikrni erkin aytish masalasiga kelsak, buni Yer kurrasidagi aksariyat odamlar amalga oshiraoladilar. Hatto Eski Juva bozorida chiptachiga, bozorkomga, soliqchiga tobe bo’lgan, ya’ni mustaqil bo’lmagan savdogar ayol ham Karimovni shunday so’kishi mumkinki, uning yonida og’zi lo’lining kalishiga aylangan Abdurahim Po’latov labini yalab qoladi. Joyi kelib qolgani uchun aytay, jahli chiqqandan o’zbek muxolifatining kushandasi Po’latov shu ayolni ham terrorist deb yuborishi mumkin. Unga qolsa, uni tug’dirgan odamni ham terrorist deydi va “U onamning qo’yniga to’satdan bostirib kirgan” deb fikrini qoramolchasiga isbotlaydi.
Mayli, qoramolni haqorat qilmaylikda, asosiy gapga qaytaylik.
O’zbek jurnalistlari orasida o’z fikrini ochiq ayta oladiganlari ko’p, lekin O’zbekistonda ularga minbar yo’q. Tashqaridan turib ularni yoppasiga qoralash ahmoqlikdir. 1990 yillar arafasida ularga minbar berilganda xalqimizning qanday kuchli jurnalistlari borligini ko’rganmiz. Bugun ham juda ko’p jurnalistlar qiyin sharoitlarda yo’lini topib, fikrlarini erkin aytmoqdalar. Birgina “Zamondosh” radiosining o’zi bunga yaqqol misol bo’la oladi.
JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: