Jahongir Muhammad

BU HAM TASODIFDIR?

Besh-olti yil avval xalq hayotini o’zgartirishni ko’zlab qilingan inqiloblar “AQSh tomonidan amalga oshirilmoqda” deya sarosimaga tushgan Rossiya bu yoyilib ketayotgan harakatdan foydalanib qolishga uringani 2005 yil Andijon voqealaridan keyin aks sado bergandi.

AQShda Putin kabi zo’ravon Bush ma’muriyati ketib, o’rniga Medvedov singari bo’shalangroq ko’ringan Obama kelishi bilan Rossiya “erga urilgan” mavqeini tiklab olish uchun kirishdi. Dastlab Gurjistonda harbiy o’yin yuz berdi. Gurjilarning katta qismi bu o’yinni anglab qoldi. Garchi butun Gurjistonni bo’lmasada Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyani Tbilisidan “ajratib oldi”. Vaqti kelganda bu ikki “musht”ni ishga solishi turgan gap. Continue reading