YAQIN MOZIY

O’ng so’z o’rnida


SO’Z MULKI
JAHONGIRLIGIGA DA’VOGAR

Bitilmagan bir qoida bor: shogirdlar ustoz haqida yozishsa yarashadi. Necha yillarki, ana shu an’ana davom etib kelmoqda. Jumladan, men ham ko’p azizlarning ulug’ yo’llari, hayotni bezagan umrlari, sizu bizga saboq bo’lgan dunyolari xususida ko’p yozganman. Ammo shogirdim haqida ilk bor qo’lga qalam olishim.
Buning sabablari ancha. Avvalo shogird misoli farzanding kabi  dil rishtasi. Ota-bobolarimiz o’g’il – qizlarni maqtashniyu ko’z-ko’z qilishni olijanob ish deb hisoblamaganlar. Qolaversa, maqtov tufayli shogirdni taltaytirib qo’ymasmikanmiz degan istihola bor. Xullas, ko’zga ko’rinmas xitoy devorlari-yu, andisha va ming o’y-xayollar u haqda dadil bir so’z aytishga yo’l qo’ymas edi. Nazarimda, eng asosiysi haqiqiy shogirdsizlik hamda uning , ya’ni tolibi shogirdning kelajagiga shubha bilan qarash hisoblangan. Continue reading