Posted on September 1, 2007 by Jahongir Muhammad
Ўзбек халқининг жонкуяр фарзанди Жаҳонгир Муҳаммадни 1 сентябр – туғилган куни билан чин дилдан табриклаймиз!
Ҳақ сўз ҳамма вақт, ҳамма даврларда зулмнинг қатағони билан юзма-юз келган ва доим курашлар гирдобида яшаган. Бугун ҳам. Бу қатағоннинг оғирлиги эса ҳақ сўзни айтганларнинг елкасига тушган. Бугун устозимиз, сафдошимиз, таниқли сиёсат арбоби, тилшунос олим, ёзувчи ва журналист – Демократик Ўзбекистон Конгрессининг асосчиси Жаҳонгир Муҳаммадга диктатура режими 16 йилдан бери таъқиб этиши, йўқотишга уриниши ҳам бунга мисол. Continue reading →
Filed under: E'tirof | Leave a comment »
Posted on September 1, 2007 by Jahongir Muhammad
DEVON
OTASH QALB UCHQUNLARI
(O’ng so’z)
Xaq so’z-istibdoddan kuchli.
Ayniqsa, shoirning, ijodkorning haq so’zi.
Bu yerda “ijodkorning haq so’zi” ifodasining ta’kidlanishi tasodifiy emas. Zero boshqa yurtlarda, boshqa zamonlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda bugungi kunlarda ham shoirlar, to’g’rirog’i, shoirlik da’vosini qilguvchilar, ijodkor yoki ijodkorlik da’vosini qilguvchilar ko’p. Ular bolshevizm davri ifodasi bilan aytadigan bo’lsak, ” so’z ustalari” dirlar.Shu xolos. Continue reading →
Filed under: Ҳамма китоблар | 1 Comment »
Posted on September 1, 2007 by Jahongir Muhammad
Hujjatli kitob
1. NEGA BUGUN?
O’zbekistonda Oliy sud raisi, Adliya vaziri, O’zbekistonning AQShdagi elchisi bo’lib ishlagan, 1994 yilda O’zbekistonda demokratiya oyoq osti qilinmoqda, degan bayonot tarqatib, AQShdan siyosiy boshpana olgan Muhammad Bobur Malikov bilan muloqot
-Bobur aka, keyingi kunlarda ba’zilar menga Salay Madaminov haqidagi faktlarni shuncha yil nega yashirib kelgansan, deb asossiz iddao qila boshladilar. Xabaringiz bor, men bu faktlarni bugun o’rtaga olib chiqqanim yo’q va doim bu haqda gapirib kelmoqdaman. Bu esa, shunday iddao qilayotganlarning yo muxolifat tarixini bilmasliklarini, yoki Madaminovning qilmishlarini xaspo’shlashga urunishlarini ko’rsatadi. Continue reading →
Filed under: Ҳамма китоблар | 3 Comments »