Jahongir Mamatov: “Islom lashkarlari”

jmreston.jpg ISLOM LASHKARLARI
yoki O’zbekiston Islomiy Harakatining Parvoz va Inqiroziga sabab bo’lgan omillar
(2000-2003)

1.MAQSAD ISLOMIY DAVLATMI YOKI…?

Ming yillardir nomi qanday atalishidan qatiy nazar, xoh Turon zamin bo’lsin, va yoki xoh Turkistonu Movaraunnahr bo’lsin, bu zamindan Azon tovushisi uzilmagan. Hatto qattol sovet rejimi davrida ham Azonni yo’q etisholmagan. Mustaqillikdan keyin bu sas yana jarangdorroq va yanada balandroq eshitila boshlagani kimlarningdir qulog’iga yoqmadi va umuman Azon caqirig’idan harakatga keladiganlarga qarshi kurash boshlandi.

Islomiy ma’rifat uchun yo’lga chiqqanlar bugun qo’lga qurol olishga qadar yetib keldilar.Boshqacha aytganda, O’zbekiston hukumati o’ziga qarshi o’zi qurolli muxolifat yetishtirishga zamin hozirladi.Bu masalaning ko’p gapirilgan va hammaga ayon bo’lgan qismi. Ammo bugungi haqiqat shuki, AQSH hukumati bu qurolli guruhni, yani O’IH (O’zbekiston Islomiy Harakati-JM) ni dunyodagi eng tahlikali terroristlar ro’yxatiga kiritdi. Bunda O’zbekiston hukumatining qanchalik jonbozligi bo’lsa, O’IHning ham shuncalik yo’l qo’yib bergan jiddiy xatolari bor. Jumladan, O’zbekiston hukumatining Toliblarga nisbatan birdaniga yumshab qolishi kelgusida O’IH bilan ham shunday muzokaraga kirmasmikan, degan savolni uyg’otadi. Lekin bu-savol. Bu-fikr va xayol. Haqiqat esa shuki 2000 yilning Sentayabr oyi boshida BMT o’tkazgan Ming yillik anjumanida O’zbekiston prezidenti Islom Karimov tahlika ko’lami juda katta ekanligini aytdi. Uning manabu so’zlarini mazkur anjumanda qatnashganimda magnit lentasiga tushirganman:
– Mavjud tahlikaning markazi 20 yildan buyon urush ichida bo’lgan Afg’oniston ekanligini isbotlashga hojat yo’q. Afg’oniston bugun xalqaro terrorizm va ekstremizmning tayanch nuqtasiga aylanib qoldi, narkotiklar ishlab chiqarishning dunyodagi eng yirik fabrikasiga aylandi. Bu milliradlab dollar miqdorida foyda keltirmoqda va xalqaro terrorizmni boqmoqda…
Ammo oradan 19 kun o’tib, O’zbekiston rahbari Bishkekda boshqa gapni aytdi:
-Men Afg’oniston haqida vahima qilishlariga, shov-shuv ko’tarishlariga chek qo’yish tarafdoriman. Afg’onistonda nima bo’layotgan bo’lsa, bu uning ichki ishidir. Toliblar harakatini shu mamlakatning xalqi tanladi va biz bu tanlovni hurmat qilishimiz kerak.
Bu yerda izohga hojat yo’q.
Lekin Usama Bin Laden,Tohir Yo’ldosh masalasi nima bo’ldi? Juma Namanganiy-chi? Axir ular Afg’onistondan chiqib ketganlari yo’q-ku! Qolaversa, BMT minbaridan aytilgan gaplar nima bo’ldi? Bunday savollarga javob qidirishdan oldin O’IH lideriga boshqa savol berdik.
SAVOL:Mana Amerika Qoshma Shtatlari, xususan, Davlat departamenti O’IHni Usama Bin Ladenga bog’liq terrorirstik guruhlarning ro’yxatiga qo’shdi. Buni O’zbekiston hukumati juda mamnuniyat bilan kutib oldi. Qanday bo’lishidan qatiy nazar umuman mana sizlarni terroristik harakat deb, yil boshida ham ro’yxatga qo’shishgan edi ,lekin endi dunyodagi eng tahlikali 28 ta terroristlar ro’yxatiga kiritishganiga o’zlaringizning baholaringiz qanday?
JAVOB: Bismillahi Rahmani Rahim. Albatta AQSHning 14 sentyabrda e’lon qilgan va xorijiy terroristik tashkilotlar ro’yxatiga bizning tashkilotimiz nomi ham qo’shilgani, harakatimiz a’zolari tarafidan ajablangan holatda, taajjub holatda qabul qilindi. Chunki terroristlar guruhiga nainki bizni, balki millatimizni 80 yildan beri terror qilib kelayotgan O’zbekiston rejimi yozilsa va bugungi kunda 9 yil mobaynida mustaqillikni e’lon qilgan O’zbekistonda kechayotgan qonli holatlarni, ya’ni musulmon millatimizga bo’layotgan zulmlarga ko’z yumilib, mana shu zulmga qarshi haqiqiy ozodlik uchun kurashmoq maqsadida qo’liga qurol olgan haqiqiy mujohidlarni terroristlar guruhiga qo’shilishi va terrorist deb atalishiga biz afsuslandik. Lekin shu bilan birga bu Amerika hukumatining bir necha kundan keyin Karimov rejimiga qarshi e’lon qilgan boshqa bayonoti ham bizning qo’limizda turibdi. Albatta bu bayonotda avvalgi berilgan bahodan farqli o’laroq bizni ichkarida bo’layotgan qonunsizlikka, ichkarida bo’layotgan zulmga qarshi chiqqan muxolifat deb aytilgan. Bu ham bizni tan olishdir. Lekin bizni emas, Karimov rejimini terrorist, deb yozilganda adolat bo’lar edi. Bu narsalar bizni o’z oldimizga qo’ygan maqsad, haq-huquqimiz uchun kurash yo’limizni to’sa olmaydi va bu berilingan bahoni biz adolatsizlikk bahosi, deya qarshi oldik.
SAVOL:Bilasizmi, Amerika hukumatining qo’lida ham dalillar bor. Masalan Sizlarni terrorist, deb atar ekan, ular aytmoqdaki, mana o’tgan yili Qirg’izistonda to’rt geologni garovga olishdi, bu yil yana amerikalik alpinistlarni garovga olishdi, xo’p siz aytayotganingizdek, O’zbekiston hukumati aybdor deylik, Karimov aybdor deylik, lekin garovga olingan bu odamlarda ayb nima edi?
JAVOB:Albatta, o’tgan yilgi va bu yil bizning harakatimizning qo’liga asir tushgan kishilarni biz izlab topib olganimiz yo’q, balki ular bizning yo’limizdan chiqishdi. Bilasizmi, jangning o’z qonun-qoidalari bor, manashunga muvofiq yo’limizdan chiqqan har bir kishini biz asir olishimiz mumkin. Lekin ularning o’zlari ham tan olganlaridek, biz ularga insoniy nuqtai nazardan eng yaxshi muomala qilganmiz. Biz alohida markazlarga borib bu odamlarni ushlab kelgan emasmiz. Shuning uchun bu masalada biz o’zimizni aybdor, deb bilmaymiz. Balki mintaqadagi hukumatlarni aybdor, deb bilamiz.
SAVOL: Toshkent hukumati sizlarni 1999 yil 16 Fevralda yuz bergan voqelarda to’la ayblab keldi, mana endi Amerika hukumati ham bu fikrga qo’shilmoqda. Jumladan e’lon qilingan hujjatlarda bu haqda yozilgan. Sizlar esa buni bugunga qadar tan olmay kelayapsizlar. Lekin mana bugun O’zbekiston bilan urush holatidasizlar, bugun nima deysiz, haqiqatdan ham o’sha portlovlar sizlarning ishlaringizmi?
JAVOB:Butun dunyoning qoidasi shuki, jinoyat isbotini topmagunga qadar birovni jinoyatchi deysihsga hech kimning haqqi yo’q. 16 fevral voqealari masalasi haliga qadar isbotlangan emas. Gumonlar va majburlab olingan ba’zi bir iqrorlar bor, xolos. Biz bugun O’zbekiston hukumati bilan oshkor jangga kirganimizni tan olamiz, lekin shu kunga qadar 16 Fevral voqealari va mamlakat ichida yuz bergan bergan boshqa voqealarni biz tan olgan emasmiz va tan ham olmaymiz. Chunki, mening shaxsim va yoki harakatning bu ishga aloqasi isbot etilmagan. Bugun O’zbekistonda davom etayotgan zulmga qarshi kurash bu O’zbekiston musulmonlarining haq-huquqlari deb bilaman, Chunki qamoqlarda o’layotgan o’nlab shahidlarni va Farg’ona vodiysida 7 nafar militsiya xodimi tarafidan nomusiga tajovuz qilingan muslima ayol kabilarni kim himoya qiladi? Shuning uchun biz O’zbekiston hukumatiga qarshi e’lon qilgan jihodimizdan afsuslanmaymiz, inshoolloh, bu jihodimizni oxirigacha davom ettiramiz.
SAVOL: Keyingi paytda bir iddao o’rtaga tashlanmoqda. Ya’ni O’IH bu Buxoro amirligining vorisi va bir paytlar amirlikning juda katta mablag’i banklarga qo’yilgan, yashirilgan va shu pulning hisobiga tashkil topgan bir guruhnig ishi deyilmoqda. Bunga nima deysiz?
JAVOB: O’IH tarixini nainki xorijdan, balki O’zbekistonning ichidan izlash kerak. O’IHni bir daraxtga o’xshatadigan bo’lsak, uning ildizi 70-80 yil oldin kommunistlarga qarshi chiqqan mujohid bobolarimiz ishining davomi, deb bilamiz. Biz o’zimizni o’sha bobolarimizga qiyos qilamiz. Biz o’sha bobolarimizning yo’lini davom ettirayotganligimiz bilan afsuslanmaymiz. Lekin bizni tashqaridagi iqtisodiy manbalarga bog’lash bu adolatsizlk bo’ladi.
O’IH ayni Stalinning repressiya vaqtidan omonda qolgan ulamolar harakatining davomi, xolos. Stalin zulmi davridan beri bizning ulamolarimiz maxfiy uslubda, turli ravishda bizlarni tarbiyalashdi, biz anashu harakatning davomchilarimiz, xolos. Shuning uchun bizni tashqariga bog’lash kerak emas, bizning mustahkam ildizimiz yurtimizning ichida.
SAVOL:Bog’lash kerak emas, deyapsiz. Ammo sizlar tashqaridasizlar. Istaymizmi, istamaymizmi, sizlar Afg’onistonda va u yerda Toliblar hukmronlik qilmoqda. Toliblarning Usama Bin Laden bilan aloqasini butun dunyo ko’rib-bilib turibdi, sahunday ekan, sizlar ham Bin Laden bilan aloqada bo’lmaganlaringizni qanday isbot etasizlar?
JAVOB: Bizni Bin Laden bilan birga bo’lganimizni isbotlaydigan biror-bir hujjat na Amerika hukumatida va na O’zbekiston hukumatida y’oq. Bu gaplarning hammasi bir gumondan boshqa narsa emas. Lekin bir harakat, bir muxolifat chet elga chiqib, chet elda siyosiy boshpana topishi butun dunyo qabul qilgan qonunlar doirasidadir. Buning uchun bu narsa ayb deb bilinmaydi. Bizning Afg’onistonda va yoki boshqa-boshqa o’lkalarda bo’lishimiz bu bizning O’zbekistonga xiyonat qilganimiz emas. Bugun Ga’rbda va Amerikada yashayotgan O’zbekistonning boshqa muxolifat vakillari o’zlarini vatanning asl farzandlari deb biladi, ular mustaqillik uchun o’zlarini haqiqiy kurashgan kishilar, deb biladi. Biz ham hech qachon o’zimizni na Bin Ladenga va na Toliblarga bogliq, deb bilmaymiz. Biz yurtimizning, alhamdulilo, asl musulmon farzandlarimiz va shuning uchun bizlarning yuzimizni bo’yashga urinish behuda harakat qilishlik, xolos. Biz vatanimizga xiyonat qilgan emasmiz va xiyonat qilmaymiz ham.
SAVOL: Siz mana yuzimizni bo’yashga behuda urinish deyapsiz, lekin ayni paytda mayli, O’zbekiston hukumatini bir tomonga qo’yib turaylik, sizlarga dushman bo’lsin, Karimovni ham bir tomonga qo’yib turaylik, sizlarga dushman bo’lsin, lekin, O’zbekistonda tanilgan dindorlar, din ilmidan uncha-buncha xabari bo’lgan kishilar ham bugun sizlarni hatto “Ma’lunlar” deyishmoqda, sizlarning Islom bilan hech qanday aloqasi yo’q deyishmoqda. Sizlarni Islomning orqasidan pul qilishga , manfaatga kirgan odamlar deyishmoqda. Hattoki joylardagi dindorlar, mullalar sizlarning orangizdan o’lganlarni O’zbekistonda ko’mishga izn berishmayapti. Bunga nima deysiz?
JAVOB: Bizga qarshi gapiaryotganlar saroy ulamolaridir. Ular haqiiqy ulamo emas. Ular 70-80 yil qizil saraton-qizil imperiyaning maddohlari bo’lgan insonlardir. Ular o’sha vaqtda imperiyani maqtab kelganalr. Ular bo’lgan va ular bo’ladi yana. Lekin biz dinni niqob qilganimiz yoq, balki dinni hokim qilamiz, deb jihod e’lon qilganmiz. Rejimning atrofida turgan kishilar o’zining shaxsiy manfaati uchun dinni sotayotgan kishilar, xolos. Ular yashasin Islom deydi, lekin shariatga rozi bo’lmaydi. Biz shariatni tadbiq qilmoqchimiz. Shariatga taslib bo’lib yashamoqchimiz. Ularning bizga qarshi gapirayotgan gaplari laganda ham turmaydi va biz ularga qarshi o’zlariga o’xshab gapira olmaymiz.
SAVOL: Shariatni tadbiq qilamiz, deyapsiz, lekin masalaga real qaraydigan bo’lasak O’zbekistonda bugun ko’pchilik shuni istaydimi? Ko’pchilk buni istamaydi-ku?
JAVOB:O’zbekiston aholisining 83 foyisi musulmondir. Ularning ming yillik tarixi bor. 70-80 yilda paydo bo’lgan bedin toifa bu yangi toifadir. Shariatga muvofiq yashash har bir musulmonning orzusi. Karimov da’vo qilayotgan Islom bilan biz da’vo qilayotgan Islomning farqi shuki, Karimov islomning suvratini xoxlaydi, biz esa islomning siyratini xoxlaymiz. U ota bobolarimizning dinda taqiqlangan haykallarini qo’yib uni tijorat qilib yashamoqchi, biz esa ota-bobolarimiz yozgan kitoblariga amal qilib yashamoqchimiz.
SAVOL: Endi sizlar ham Afg’onistondagi kabi ayollarni ishlatmaslik, ayollarni ishlardan quvish, kaltaklash, o’qitmaslik rejimini o’rnatasizlarmi yoki Afg’onistondagi kabi o’zaro janjallar, o’zaro nifoqlarga asoslangan bir jamiyatni istaypsilzrmi? Axir bugun Islom davlati, Islom rejimi der ekansiz bunday bir Islom davlatining o’zi model sifatida, dunyoda ibrat sifatida yo’q-ku?
JAVOB: Balle, siz haqsiz bu so’zda. Bugun yer yuzida ayni RAV(Rasulilloh alayhissalom)dan qolgan islom modeli bugun yo’q. Buni men ham tan olaman. Biz RAVdan qolgan islomning aslini xoxlaymiz. Biz na Afg’oniston, na Eron, na Pokiston, na Saudiya rejimini istamaymiz. Bular Islomning asliga hech vaqt o’xshatib bo’lmaydigan modellar. Agar ayollarning haq-huquqini gapiradigan bo’lsak, birinchi bo’lib ayollarga haq-huquq bergan bu Islom dini. Ayollar ko’chalarga miting qilib chiqmasdan ilgari ayollarni, xususan, onalarni ulug’lab, jannat ularning oyog’ining ostida, deb Islom dini haq bergan. Shuning uchun bir narsadan xotirjam bo’lish kerakki bizning yurtimizda, inshoolloh, nafaqat musulmonlar, balki boshqa dindagilar ham o’zlarining huquqlariga to’la ega bo’lib, Islom qo’ygan huquqlar bilan yashashadi.
SAVOL: Xo’p endi, qurol bilan, odamlarni o’ldirish bilan, qon to’kish bilan Islom davlatini qurish mumkinmi?
JAVOB: Islom davlatini qurishdan oldin gapirmoqchi bo’lgan gapimiz, biz bugun zulmni ko’tarib tashlamoqchimiz. Bizning harakatimiz bir yil oldin e’lon qilgan jihodida oldiga qo’ygan birinchi maqsad, yurtda kechayotgan zulm-sitamga qarshi, poraxo’rlikka qarshi, adolatsizliklarga qarshi qo’zg’algan harakat. Birinchi darajalai maqsadimiz yurtimizdagi yuz minglab musulmonlarni zindonlardan ozod qilishlik, biz shuning uchun qon berayapmiz. Islom davlatini qurishlik esa keyin gaplashadigan masalamiz. Avvalo zolimlar bilan hisob-kitob qilib ularni sha’riy mahkamalarga tortish niyatimiz bor. Yana shuni aytmoqchimanki, mana ikki oydan beri biz urush olib borayapmiz va O’zbekiston rejimining safida Afg’onistonlik Do’stimning kommunistlari va Tojikistondan qochib ketgan Mahmud Xudoyberdiyevning askarlari ishtirok etganlarini butun dunyoga yetkazib qo’ymoqchiman. Do’stim va Xudoyberdiyevning bugun Termezda va Nurota tog’larida markazlari bor, va biz ularga ko’p zarba berganmiz. Bizdan ham 23 kishi shahid bo’lgan. Men musulmonlarni bu shahidlik bilan muborakbod qilaman va kelajakda har birimiz manashunday shahid bo’lish orzusidamiz.
SAVOL: Mana siz jihod dedingiz. Ikki uch joydan O’zbekistonga 7-8 odamni kiritib jihod e’lon qildik, deb aslida O’zbekistondagi ko’plab musulmonlarning hayotini tahlika ostiga qo’ymayapsizlarmi?
JAVOB: Bizning harakat yuzminglarcha musulmonlarning harakati. Bugungisi faqat uchqun. Bir o’rmonni yoqib yuborish uchun bir dona gugurt cho’p kifoya qiladi. Shuning uchun bizning sonimiz Karimov rejimi bilan hisob-kitob qilishga yetarlidir.
SAVOL: Mana yaqinda O’zbekiston rahbari bir bayonot berib toliblar bilan siyosati yumshashini aytdi. Ertaga u toliblar bilan yaxshi qo’shnichilik o’rnatsa, ularning ham iqtisodiy manfaatlari bor, O’zbekistondan elektr olishlari mumkin, gaz olishlari mumkin, shunday paytda sizlarga joy tor bo’lib qolmaydimi?
JAVOB: O’zbekiston siyosatining bunchalik tez o’zgarishini dunyodagi hamma siyosatchilar bilib turibdilar, bu ildizsiz bur ko’chatga o’xshaydi. Shamol qaysi tarafga uchirsa uchib ketaveradi. Lekin O’IHning biror-bir davlat yoki biror-bir jamodan umidi yo’q, balki yagona Allohdan umidi bor va dunyoda bo’layotgan har qanday o’zgarish bizning islomiy siyosatimizni o’zgartira olmaydi. Biz oldimizga qo’ygan oliy maqsadni yo amaliy qilamiz va yoki hammamiz shu yo’lda shahid bo’lib ketamiz.
SAVOL: Matbuotda bir necha maqola chiqdi, Onasi Tohirni oq qildi, degan. Rus matbuoti esa Tohirning onasiga qarshi tazyiqlar bor, deb yozdi. Mana shulardan xabaringiz bormi?
JAVOB: Men shaxshiy hayotim to’g’risida gapirishni yaxshi ko’rmayman. Lekin bugun mening onam emas, balki o’n minglab onlarimizning ko’zi yoshlangan. Hatto onalarimiz zindonlarga tashlanmoqda. Shuning uchun bo’layotgan zulmni onamning o’zigagina xoslashlikdan yiroqman. Lekin dinda, tariximizda bor narsa shuki albatta, kofirlar musulmonlarga shunday zulmlar, zug’umlar otqazgan. Bu zulmlarning evaziga, inshooloh jannat umididamiz.
SAVOL: O’zbekiston prezidenti Oliy, majlisda nutq so’zlar ekan Juma Namanganiy o’ziga bunday ism olib Namanganga dog’ tushirmoqda, dedi. Bunga Juma Namanganiy qanday qaramoqda? Taxallusini o’zgartirmoqchimi?
JAVOB: Bizga nom muhim emas. Islom Karimov o’zining nomi qanday va nega Islomga dushman ekaniga o’zi javob bersa bo’lar edi. Lekin bizning Namangandan va yoki boshqa yurtdan bo’lishimiz biz uchun iftixor. Biz bu bilan ya’ni namanganlik bo’lganimiz bilan afsuslanmaymiz.
SAVOL:O’zlaringizni terrorist emaslikilaringni qanday isbotlaysizlar?
JAVOB: Biz terrorist emasligimizni aytib kelmoqdamiz. Biz yurtimizda ota-bobolarimiz singari musulmon holatda yashamoqchimiz, agar kimningki o’z haq-huquqini talab qilib kurashayotgani terrorist hisoblanadigan bo’lsa, bunda dunyoda kurashni to’xtatib qo’yishlik kerak bo’ladi. Shuning uchun biz kimlarningdir oldida o’zimizni oqlamoqchi emasmiz, bizning kimligimizni hamma dunyo, xususan yurtimiz musulmolari bilib turibdi. Biz ibodatimizni terror emas, balki Islomdagi farz qilingan Jihod ibodati, deb bilamiz.(Amerika ovozi, 8-9 Oktyabr, 2000)

2. O’IH-TERRORISTIK TASHKILOT

2001 yilning eng katta voqeasi terroristlarning 11 Sentyabr kuni New Yorkda dunyo iqtisodining va zamonaviy shaharsozlikning ramzi bolgan Jahon savdo markazi binosiga hamda AQSH mudofaa timsoli hisoblangan Pentagon binosiga qilgan hujumlari, shundan keyin AQSH boshciligida aksariyat davlatlarning terrorizmga qarshi birgalikda boshlagan kurashlari boldi.
Bu kurash maydonida O’zbekiston ham oldingi jabhadan yer oldi. O’zbekistonni mazkur kurashning oldingi qanotiga yetaklagan esa O’zbekiston Islomiy harakatining tahlikasi edi.
Anashu tahlika ildizlari qayerda?
O’zbekiston Islomiy harakati davr talabi olaroq yetishib ciqqan harkatmi va yoki turli sabablar bois ortaga chiqqan kuchmi?
O’zbekiston Islomiy harakati bir davlatga xavf soladigan darajaga qadar yuksalishi ucun qanday omillar unga xizmat qildi?
U boshidanoq asosan tashqi kuclar tasirida bo’lgan, yana ham aniqroq aytadigan bolsak, O’zbeksitonga tashqi bo’lgan kuclar yetishtirgan terroristik tashkilot edimi?
Nima bo’lganda ham O’zbekiston tarixining ma’lum bir sahifalarini ishg’ol qilgan bu harakatning prinsipial xatolari nimalardan iborat edi?
O’zbekiston xalqi shu harakat kabi maydonga chiqib radikal islom davlati o’rnatishni talab qilgan kuclarning yo’lini qo’llaydimi yoki bunday yo’lni inkor etadimi?
Nima sababdan O’zbekiston Islomiy harakati deb nomlangan bu kuch Toliblarning qo’g’irchog’iga aylandi?
Nima sababdan bu harakatning yulduzi porlamay turib so’ndi?
O’zbekiston Islomiy harakatining jihod e’lon qilishi ortida aqidaviy masala bormi yoki bu bayroq qilib ko’tarilgan narsami-di?
O’zbekiston Islomiy Harkatining harakatlari qanchalik Islomga mos edi?
Islomning 13-14 asrlar oldingi talablarini bugungi Markaziy Osiyoga tadbiq qilish, vahobiylik oqimini olib kirish adolat o’rnatadimi yoki qon to’kilishiga olib keladimi?
Bu savolarni jamiyatning turli qatlamlarini tamsil etgan siyosatdonlarga yonaltirdik..
Bugunga kelib Oz’bekiston Islomiy Harakati nomidagi uyushma terroristik tashkilot ekanligi haqida hech kimda shubha qolmadi. Dastlab bu Tashkilotni AQSH Davlat Departamenti 2000 yilda terroristlar royxatiga oldi. 11 sentyabr voqelaridan keyin AQSH prezidenti Kongres minbaridan xalqqa murojaat qilar ekan, O’zbekiston Islomiy tashkilotining nomi bir necha xavfli terroristik guruhlar yonida sanaldi. “Yo’lboshchisi Usama Bin Leden bo’lgan bu guruhga turli mamlakatlardan juda ko’p tashkilotlar bo’g’langan va Misr Islomiy Jihod tashkiloti hamda O’zbekiston Islomiy Harakati anashular jumlasidandir”, degan prezident Bush O’zbekiston Islomiy harakatining kelajagiga ham parda tortdi.
O’zbekiston Islomiy harakati xavfli terroristik tashkilotlar royxatiga kiritilishini ba’zilar O’zbekistonning AQSHga yordam berish uchun rozi bo’lishidagi shartlardan biri desalarda, lekin AQSH manbalari bunga ayni shu tashkilotning o’zi katta rol oynaganini tushintirishmoqda.
Birinchidan, O’zbekiston Islomiy Harakati Qirg’iziston hududlariga kirishi va u yerdagi xorijiy geologlarni asirga olishi uning dunyo terroristlari royxatiga olinishi uchun ilk odim bo’ldi.
Ikkinchidan, yana Qirg’iziston hududida AQSH fuqarolari garovga olingani uning tarjimai holiga qora dog’ bo’lib tushdi.
Uchinchidan, bu tashkilot rahbari Tohir Yoldosh Amerikaga qarshi urushda Toliblar bilan birga bo’lganliklarini rasman e’lon qilgani ularning Usama Bin Ladenning terroristik tarmog’iga ham bog’liq ekanliklarini tan olish edi.
To’rtinchidan, esa O’zbekiston hukumati ularni 1999 yildagi Toshkent portlovlarida va Surxondaryo, Toshkent hududlaridan mamlakatga xuruj qilganlikda ayblab kelmoqda. Garchi 1999 yil portlovlarini harakat liderlari inkor etib kelgan bolsalarda qolganlarini e’tirof etishgan va shuning o’zi ham prezident Bushning gaplariga kuchli bir asos bo’lib xizmat qiladi.
Xo’sh O’zbekistonning yaqin tarixida bir terroristik tashkilot paydo bo’libdi va AQSH hamlasi bilan yakson etilibdi, hikoyaning boshi ham, oxiri ham aniq, ish bitibdi-ku, deyishingiz, mumkin. Ammo o’rtada savollar juda ko’p. Ertaga bu tashkilot bazasida va yoki undan mustaqil holda anashunday terroristik kuch yetishib chiqmasligi uchun nima qilish kerak, degan savol bugun savollarning otaboshisi bo’lib turibdi. Buning uchun esa butun voqealarning ibtidosidan intihosiga qadar qarab ciqmoq va turli qatlamlarni tamsil etadigan turli qarashdagi kishilarga quloq tutmoq va undan keyin saboq haqida xulosa chiqarmoq kerak.

3. O’IHning TAMALIDA QANDAY TASHKILOTLAR BOR EDI?

Sho’rolar davri bitib kelayotgan kunlar edi. Oshkoralik va qayta qurish shiori ko’plarning ko’ngliga yorug’lik bilan birga, jasorat ham olib kirgan va odamlar istagan gaplarini aytib, istagan ishlarini qilayotgan bir paytda diniy sohalarda uyg’onish boshlangandi. Sho’rolar davrida bangi icib uxlagan kabi sukutda bo’lgan diniy jamoalar vakillari endi Islomni boshqaruvga olib kelish uchun harakatga o’tdilar. Anashunday chaqiriqlar turli bo’linishlarga ham olib keldi. Jumladan, Movaraunnahr diniy boshqarmasi ham ichki alg’ov-dalg’ovliklarga ko’mildi va oxir oqibatda parchalnib ketdi.Diniy idorani boshqarganlar KGB bilan hamkorlik qilganlikda ayblansalar, ularga qarshi chiqqanlar esa vahobiylar deyilayotgan bir paytlar edi. Amalda Islom davlati o’rnatish uchun harakatlar borsada diniy ulamolar buning vaqti emasligini takrorlar ham edilar. Jumladan radikalizmda ayblangan Obidxon Qori Nazarov bir radio suhbatida O’zbekistonda Islom davlati o’rnatish ucun kamida yuz yil kerakligini aytsa, Tojikistonlik qozi Akbar Torajonzoda “Komsomolskaya pravda” gazetasiga bergan muloqotida “Agar kamida 50 yil tinmasdan islomni o’qitish va targ’ib qilish bilan shug’ullansak balki shunday bir davr yetihsar” degan edi.
Ana shunday bir paytda Farg’ona vodiysida “Adolat”, “Tavba”, “Islom Markazi”, “Islom Uyg’onish Hizbi”, “Islom lashkarlari” kabi bir qator uyushmalar maydonga keldi. Tohir Yoldosh suhbatlaridan birida o’zi boshida turgan harakat tarixini shunday izholagandi:
“Albatta bu O’zbekiston Islom Harakatining tarixi juda ham uzun. Bu harkatning muassisi biz emasmiz. Balki bu harakatni ellik yildan ko’proq davr mobaynida biz yosh avlodga dindan ta’lim bergan, kufr hukm surgan paytda tinim bilmasdan, jonlarini xatarga q’oyib faoliyat ko’rsatgan ulamolar bu harakatning muassislari hisoblanadi.Biz manashu kurashning davomchilarimiz. Bugunga qadar bu harakat turli nomlar bilan atalib keldi. Bu xuddi estafetaga o’xshagan kurashni bir qo’ldan ikkinchi qo’lga o’tkazish demakdir. Hali O’zbekiston bugungi nomigagina mustaqil bo’lgan erkinlikni olmagan 1990 yillar boshida Qo’qonda “Insoniylik va Odamiylik”, Namanganda “Islom lashkarlari” tuzildi va bunga kamina rahbarlik qildim. Bu harakatlar xalqqa insoniy jihatdan yordam berish, uni turli tajovuzlardan saqlash, zulmning oldini olish uchun tuzilgandi. Xusussann “Islom lashkarlari” 1990-1991 yillardagi faoliyatida asosan nomuslari tajovuz qilinganlarni himoya etgandi, o’g’irlikka, mafiyaga va reketchilarga qarshi harakat qilgandi. U 1992 yilning Mart oyiga qadar O’zbekiston ichida faoliyat olib bordi va shu davrda biz o’z talablarimiz bilan O’zbekistonning barcha arboblari bilan uchrashib chiqdik. Oxirida harakatimiz siyosiy bosqichga ham chiqdi. ( “Amerika Ovozi” radiosi, 2000 yil)
1991 yilning Oktyabr oyida Namanganda “Islom Markazi” ishlay boshladi.
”1991 yil Oktyabr oyidan 1992 yil Mart oyiga qadar bo’lgan davrda mazkur uyushma a’zolari tomonidan Habibulla Mo’minov, Mo’sajon Turg’unov, Luqmonjon Ismoilovlar assossiz ravishda o’g’irlikda, Umar Dadamirzayev, Orif Abdullaeyv, Oksana Voronina, Yelena Mityunina va uning voyaga yetmagan qizi Zulfiya Muxametxanova, Aleksandr Voronin, Ismoil Turg’unov va boshqa bir qancha fuqarolar qonunsiz ravishda ayblanib, yechintirilib, ustidan sovuq suv quyish, qorong’u xonalarda oyoq va qo’llaridan osib qo’yib, kaltaklash, ovqat va suv bermasdan qiynab, aslida sodir etmagan jinoyatlar uchun iqrorlik ko’rsatmalarini berishga majburlab, ulardan katta miqdordagi pul jarimalari undirilgan.Yetkazilgan og’ir tan jarohatlari natijasida Ismoil Turg’unov va Aleksandr Voronin vafot etishgan”.(O’zbekiston Oliy sudining 2000 yil, 17 Noyabrdagi Hukmidan)
Amalda, nafaqat O’zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda Namanganda xalq o’zi tartib o’rnatisga boshlabdi, degan xabarlar tarqalgandi. Hatto, Moskvada ko’p tilda chiqadigan “Novoye Vremya” jurnali bu hodisalarga maxsus sahifa ajratib, xalq o’z- o’zini boshqarishning bunday o’rnagini keng yoyish kerakligini ham aytgandi.
Xo’sh, Oz’bekiston islomiy harakati davr talabi o’laroq maydonga chiqdimi yoki buning boshqa sabablari bor edimi? Bu savolga har kimning o’z javobi bor.
ERK partiyasi sobiq kotibi, bugun AQSH da yashayotgan Sulaymon Murodga ko’ra: “O’zbekiston Islomiy Harakati turli sabablar bois ortaga ciqqan kuchligi aniq, bu haqiqatdir. Uning paydo bo’lish sababalari esa chuqur va kopqirralidir. Ulug’ dinimizga o’tkazilgan ko’pyillik mislsiz tazyiq-u cheklovlar oqibatida paydo bo’lgan diniy savodsizligimiz anashunday harakatlar paydo bo’lishiga va yoshlar ularning ortidan ergashib ketishiga olib keldi.”
Erk partiyasining sobiq faollaridan biri, hozirda Norvegiyada yashayotgan Nomoz Nurmo’min (Normo’min) esa masalaga boshqacha qaraydi.”Ikki sistema o’rtasida kurash borib kommunizm yengilib, yiqilib Islomga yo’l ochildi,-deydi u.- Bu esa islomiy harakatlar paydo bo’lishiga olib keldi. O’zbekiston Islomiy Harakati paydo bo’lishiga O’zbekistan hukumatining Islomga nisbatan yanglish siyosati ham sabab bo’ldi”. Albatta turli qatlamlarda yana boshqacha qarashlar ham mavjud.

4. O’IH-NING SHAKLLANISHIDA KIMLAR ROL O’YNADILAR?

Ba’zi manba’lar Farg’ona vodiysida islomiy harakatlar tez rivojlanib ketishiga sho’rolar davrida Islomga tashna qolgan xalqning yoppasiga bu ummonga bosh urushi edi, deb baho beradilar. Bazilar esa Abduvali Qori Mirzayev, Obidxon Qori Nazarov singari ulamolar xalqni islom asoslariga bo’lgan yo’lini qisqartirish bilan birga, mavjud tuzumdan qutilishning yo’li ham Islomda ekanligiga odamlarni ishontira oldilar deyishadi. Abduvali Qori mavju rejim haqida radikal fikrlari bilan ham ovoza bolgandi. Abduvali Qori Mirzayevning 1992 yilda yozib olingan va’zida shunday o’rinlari bor:
“Pyg’ambarimiz S.A.V. bir ayol mushukka zulm qilgani uchun, mushukning erkinligini cheklagani uchun jahannamga kirganidan xabar beradilar. Bu narsadan xulosa chiqarish kerak. Bu musulmonlarga oiddir. Musulmon bo’lmaganlarga bu gapning aloqasi yo’q. Bu yaqin tariximizga, hatto shu kunlarga ham solishtirsak islom yo’liga kirgan yoki islomni qanday qilsam hayotimga olib kiraman deb yurganlar va yoki islomni yoyishga harakat qilganlarni va yoki islom yo’lida xizmat qilayotganlarni hibsga tashlayotganlarni qandy tushinish mumkin.Bir mushukning erkinligini cheklagan ayol do’zaxga kirgan bo’lsa, insonni Alloh mukarram qilib yaratgan va Allohning mukarram bandasini islom yo’lida bo’lgani uchun qamayotganlar shak shubhasiz jahannamga o’tin bo’ladilar”.
QISQA MA’LUMOT: Xalq orasida Abduvali Qori nomi bilan mashhur bo’lgan shayx Abduvali Mirzayev 1950 yilning 11 aprelida tug’ilgan. Yetti farzandning otasi.1989 yildan 1995 yilga qadar Andijon markaziy Jomesining imom xatibi bo’lgan.1995 yilning 29 avgust kuni Moskvdagi diniy anjumanga borish niyatida yo’lga chiqqanda Toshkent aeroportida yo’qolib qolgan. O’g’li Abduquddus Mirzayevning matbuotga bergan ma’lumotlari bo’yicha uni O’zbekiston MXX vakillari o’g’irlasgan. Bir qancha xalqaro tashkilotlar bugunga qadar Abduvali Mirzayevni o’g’irlab ketilgan o’zgacha qarashli kishilar ro’yxatida saqlamoqda…
Tabiiyki, Abduvali Qori Mirzayevning yuqoridagi kabi fikrlari yakkahokimlik siyosatini yurgizayotgan hukumatga yoqmas edi. Lekin Abduvali Qori Mirayevning va’zlarini tinglab ko’rsangiz uning bazi muammolarga nisbatan radikal qarashlari mavjudligi va hamma dardlarning malhami Islomda ekanlgi borasidagi fikrlarini bot-bot uchratasiz-u Islom davlati tuzishga chaqirig’ini topa olmaysiz. Bazilar buni uning ustaligi, u ustalik bilan yoshlarni bu yo’lga burib yubordi deb baholaydilar. Ayrimlar esa u yirik islom olim edi va hech qachon ulamoligidan qaytmagan yetuk ilm odami deyishadi. Balki O’zbekiston hukumati iddao qilayotgandek, u ham O’zbekiston islomiy harakatining paydo bo’lishiga fikran hissa qo’shgandir?! Ammo uning va’zlari shundan darak beradiki u doim begunoh odamlarning qoni to’kilishiga, begunohlar bekordan- bekorga jazolanishiga qarshi bo’lgan, doim adolatni qo’msagan.
O’zbekiston Islomiy harakati paydo bo’lshiga yana qanday omillar bois bo’ldi, degan savolga o’sha kezlari bu harakat tashkilotchilarini yaqindan tanigan bugun Kanadada yashayotgan Namanganlik sobiq ishbilarmon Mahmudjon Hojiyev shunday deydi:
-Oshkoralik davrida ikki muammo o’rtada turgan edi. Biri diniy masala bo’lsa ikkinchisi adolatsizlik edi. Anashu adolatsizlikka qarshi o’laroq “Adolat” uyushmasi maydomga chiqqandi. Bu odamlarning adolatsizlik, poraxo’rlik, ichki ishlar xodimlarining bedodliklariga nisbatan isyonlarining bir ko’rinishi edi. Shuni aytish kerakki xuddi anashu shior bilan maydonga chiqqan “Birlik” demokratik harakati hammani birlashtira olmadi. Aksincha uning o’zi bo’linib ketdi. Uni ikkiga bo’lingan deyishadi. Menicha to’rtga bo’lingan edi. Bu harkatdan “ERK” partiyasi ajralib chiqdi. Shu zaminda “Erkin yoshlar” uyushmasi tuzildi va diniy qarashdagilar ajraldilar. “Erkin yoshlar uyushmasi” o’sha paytdagi qurultoyda “Birlik”ni hammani birlashtira olmaganlikda ayblagandi ham. Dindorlar ham ikkiga bo’lindilar. Reformator yoshlar o’zlari harakat qila boshladilar va ularni vahobiylar deb ayblashdi. Hukumat ularga qattiq tazyiq o’tkaza boshladi. Qarshi chora sifatida ular mamlakatdan chiqib ketdilar. Buni esa O’zbekiston Islomiy harakatining paydo bo’lish nuqtalari deyish mumkin.
Albatta, “Birlik” xalq harakatining ham bo’linib ketishiga uning liderlari hukumat sababchi, uning o’yinlari va malaylari sababchi deyishadi. Darhaqiqat, hukumat dastavval demokratik ruhdagi muxolifatga zarba urdi va ularni nafaqat parchalb yubordi, balki faoliyatlarini mutloq man etib qo’ydi. Bu esa qaysi bir ma’noda maydonni bo’sh qoldirdi. Bu maydonga esa O’zbekiston islomiy harakati chiqdi. Bu yerda hukumat bu ishlarni bilib va yoki bilmay qilgani haqida ham qarashlar ko’p. Ammo 1992 yilda Islom Karimov Hollandiyaga safari chog’ida “Bizga yordam kerak, O’zbekistonda kuchli Islomiy fundamentalizm mavjud” degani balki demokratik muxolifat o’rniga islomiy kuchlar chiqishidan manfaatdorlik bormidi, degan savolni ham o’rtaga qo’ygandi.

5. O’IH VA JAMIYATNING TURLI QATLAMLARI

O’zbekiston Islomiy Harakati haqida fikr bildirga Qashqadaryolik 73 yoshlik otaxon Ismoil Dadajonov “Amerika ovozi” radiosiga bergan suhbatida shunday deydi:
– Ular terroristlar, ularning ayniqsa Islom nomidan ish ko’rib terroristlik qilishlari juda qabihdir. Ularning ishlari Islomga zid. Islom bunday harakatlarni qatiyan man etadi. Ularni musulmon ham deyish qiyin. Ular kofirlardir…
Jamiyatda mazkur tashkilot haqida anashunday rangba-rang qarashlar gavdalandi. Qizig’i shundaki bunday qarashlar aksariyat kishilarda ikki ko’rinishda bo’lmoqda. Biri matbuot uchun va ikkinchisi o’zaro suhbat uchun. Odamlarda mazkur masalada ikkiyuzlamachilik boshlandi. Bazilar esa mazkur masalada umuman so’z aytishdan co’chishadi. Bu hatto xorijiy matbuot vositalarida ham ko’zga tashlandi. Masalan, BBC radiosining o’zbek bo’limi doim bu tashkilot haqida so’z yuritar ekan “O’zini Islomiy harkat deb atagan” iborasini qo’llandi. Inglizcha va ruscha xabarlarda esa mazkur radio harakatning nomini aynan e’tirof etardi. Keyinchalik “Ozodlik” radiosi ham shunday yo’l tutdi. Bunga esa Toshkent hukumatining “Bu tashkilotni kim va qachon tuzgan, bunday tashkilot yo’q” degan bayonoti sabab bo’lgandi. Hatto, O’zbekiston hukumati rahbarlari o’z bayonotlarini unutib, bu harakatni o’z nomi bilan ayta boshlaganlariga, yani uning mavjudligini tan olganlariga qaramay ham yuqoridagi kabi manzara o’zgarmadi. Biz bu bilan mazkur harakat jamiyatning turli qatlamlariga turlicha ta’sir ham otkazganini uqtirmoqchimiz.
Bugun terroristlikda ayblanayotgan O’zbekiston Islomiy Harakatining tarixiga razm solininsa, uni anshunday ta’sir kuchiga aylalantirgan bir qanca voqelar bo’rtib kozga tashlanadi. Jumladan, 1991 yilning 8 dekabrida Tohir Yo’ldohs boshchiligidagi guruh Namangan viloyat ijroqo’mi binosi oldida mitingga chiqishdi. O’shanda yangi mustaqil bo’lgan mamlakat prezident saylovi arafasida edi. Shu munosabat bilan Namanganga tashrif buyurgan Islom Karimov bilan uchrashishni talab qilgan guruh avvaliga “xo’p” javobini olib, keyin prezident ketib qolganidan g’azabga minib, ijroqo’m binosini ishg’ol qilishadi. Guruhning ba’zi a’zolari esa shahar bo’ylab yurib odamlarni o’zlariga qo’shilishga corlaydilar. Ular ertasiga ham norozilik mitingini davom ettirib, prezident bilan uchrashishni talab qilishadi.Turli manbalarda qayd etilishicha va videotasmaga olingan filmga ko’ra bu voqeani hikoya qiluvchilar o’shanda Islom Karimov Namanganga qaytib borgani va guruh azolari bilan uchrashganiga diqqat tortishar ekan, bir nuqtaga urg’u beradilar. U ham bo’lsa guruhing O’zbekiston Islom davlatiga aylantirilishi haqidagi talabi va saylov arafasida turgan Islom Karimovning bunga rozi bo’lgani. Jumladan “The Washington Post” gazetasi ham 2001 yilning 10 Noyabrida bu haqda yozar ekan, hukumat va islomiy guruhlar o’rtasida ziddiyat kuchayishi debocasida Namangandagi uchrashuv turganini takidlaydi.
Namanganda Islom Karimov bilan uchrashuvda Tohir Yo’ldoshning “Saylansangiz, bizga islom davlati qurib berasizmi, shunga qasam ichasizmi?” degan so’zlarini misol keltirganlar bu guruhning butun harakat va maqsadi ilk kundanoq islomiy davlat qurishga qaratilgan edi, deyishadi. Bu iddao esa ko’pchilik tarafidan aytib kelinayotgan va O’zbekistonda islomiy tahlika yo’q edi, buni hukumatning o’zi yetishtirdi, degan qarashga ziddir.
Darvoqe, harakatning lideri bo’lgan Tohir Yo’ldosh bugun Dunyoda islomiy davlat mavjud emasligini tan olsa-da qaysi bir ma’noda xayoliy bir davlat sari intilayotganlarini e’tirof etadi.Tohir Yo’ldoshning manabu gaplarini takror esga olishga to’gri keladi:
“Butun yer yuzida ayni Rasululloh sallolohu vassalamdan qolgan Islom modeli yo’q’ Bu narsani men ham tan olaman. Biz R.S.A. dan qolgan Islomning aslini xoxlaymiz. Na Afg’onistonda, na Eronda va na Saudiya Arabistionidagi model Islomning asliga o’xshatib bo’lmaydigan modeldir”. ( “Amerika Ovozi” radiosi, 2000 yil, 8 Oktyabr)
Bugunga qadar haqiqiy Islomiy davlat modeli mavjud bo’lmasa, demak bunday model xayolda bo’ladi.
QISQA MA’LUMOT: Tohir Abduxalilovich Yo’ldoshev, Muhammad Tohir Faruq.1968 yilning 2 Oktybrida Namangan viloyatida tug’ilgan. U bolaligidan Mujodidiya Husayniya naqshbandiylik sufiy guruhi anjumanlariga qatnagani aytiladi. U shingdek, sufiylik oqimining taniqli namoyandasi qo’qonlik hazrat Eshon Ibrohimdan ham ta’lim olgani manba’larda qayd etiladi. Shundan keyin namanganlik Umarxon qoriga shogird tuhsadi. 1991 yilda u “Adolat” uyushmasini tuzadi. “Islom Lashkarlari” guruhini tuzishda ham faol qatnashadi. “Tavba” guruhining ham paydo bo’lishida ishtirok etgan Tohir Yoldosh Juma Hojiyev bilan yaqin hamkorlikda bo’lgan.1992 yilda u ham Tojikistonga o’tib ketadi va Tojikiston Islom uyg’onish harakati saflariga qo’shiladi. O’zbekiston Oliy sudi tomonidan 2000 yilda olim jazosiga hukm qilgan.
Endi yana O’zbekiston Islomiy harakatining paydo bolishiga sabab bo’lgan omillarga qaytamiz. O’zbekiston Inson huquqlari jamiyati raisi Tolib Yoqubov bu borada fikr yuritar ekan, shunday deydi:
– Bu harakatning paydo bo’lishiga O’zbekiston hukumatining repressiv siyosati sabab bo’ldi. Afsuski bu siyosat bugun ham davom etmoqda. Qurolsiz kishilar qanday qilib qurolli kishilarga aylandilar? Bu savolga javob aniq. Hukumatning zo’ravonlik siyosati bunga olib keldi. Bu kuc O’zbekistonga, umuman boshqa bir davlatga tahlika darajasiga ko’tarilgan emas. Uning Botkent voqelaridagi roli ham bo’rtirib korsatilgan.

6. O’IH- MANFAATLAR CHORRAHASIDA

Afg’onistondagi so’nngi voqealar haqida gap ketganda bugun Amerikada yashayotgan otaxon shoir Ergash Uchun Islom nomidan bayroq ko’tarib, qotillik qilayotganlarni Islom tanasiga kirib olgan qurtlar degan edi:”Bular Islom tanasiga kirib olgan qurtlardir. Ularning Islom diniga hech qanday aloqasi yo’qdir. Ular butun dunyoda musulmonlarni badnom qildilar”.
Bu-Toliblar bilan chirmashib ketgan O’zbekiston Islomiy harakatiga ham aytilgan gap. Nega bu tashkilot anashunday og’ir bahoga muyassar bo’ldi? Savolimizga javob qidirishda davom etamiz.
Ma’lumki, O’zbekistonda Islomiy uyushmalar debocasida bir emas, balki bir necha guruhlar turgan. Jumladan “Adolat”, “Tavba”, “Islom Markazi”,” Islom Uyg’onish hizbi”, “Islom Lashkarlari” va hokazo. Bu tashkilotlardan “Islom Uyg’onish Hizbi”ning lideri Abdulla O’tayev Qohiradan qaytayotganda O’zbekistoni-Qozog’iston chegarasida noma’lum kishilar tomonidan ushlangani bo’yicha haliga qadar dom daraksiz.Boshqacha aytganda Abdulla O’tayevni bugunga kelib o’z safdoshlari ham unutdilar-ki u haqda hech qayerda hech qanday gap quloqqa chalinmay qoldi.
Turli uyushmalar, jamiyatlar bodroqday ko’payishiga sabab bo’lgan omillardan biri jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy cho’kish ekanligiga to’xtatlgan edik.
-Menimcha bunday harakat va uyushmalar paydo bo’lishining ildizida adolatsizlik yotadi, deydi namanganlik ishbilarmon Mahmudjon Hojiyev.-Men bir kuni Islomiy harakatga kirgan yoshlardan biri bilan ucrashib qoldim. Unga “Sen oldin tuppa tuzuk ishbilarmon eding. Nima bo’ldi senga, nega bu yo’lga kirib ketding” deb so’radim. Oldindan uni yaxshi tanirdim va yolg’on gapirmaydigan yigit edi. U “ Har qadamda mirshablar pul so’rashdi, oldiniga topganimni olishdi. Keyin topmaganimda, hech narsam yo’qligida tuhmat qilib meni to’rt tomonga sudrashdi. Hech kim arz dodimni eshitmadi. Qiyin ahvolda qoldim va eshitdimki, yoshlar to’planib bunday bedodliklarga o’zlari yo’l qidirishayotgan ekan.Ularga qo’shildim. Keyin tazyiqlar kuchaydi.Oxirida nojo’ya yo’llarga kirib ketdik” dedi. Bu o’nlab, balki yuzlab yoshlarning nojo’ya yo’lga yetaklagan oddiy haqiqatdir…
Malumki, Farg’ona vodiysi mintaqada aholi eng zich joylashgan bo’lgadir. Yillardir bu maskan etibordan chetda qolib kelayotgani uchun portlashga hozir bolgan porox bochasi kabi holdadir. Bunday hol esa alanga chiqarish uchun juda qulaydir. O’zbeklar va mesxet turklari o’rtasida chiqqan olovli voqelar buning bir misoli.100 dan ziyod odamning o’limiga va 1000dan ziyod kishining yaralanishiga, o’nlab uy-joylar yoqib yuborilishiga sabab bo’lgan bu voqe juda tez unutib yuborildi. Yoki ayni voqeaga ulanib ketgan O’zbek-Qirg’iz fojealarini yodga olaylik.400 atrofida begunoh insonning olimiga va 1000 ziyod kishining yaralanishiga yol ochgan bu dahshatlar zamirida ig’vo bilan birga iqtisodiy va ijtimoiy masalalar ham bor edi.
Bu voqelar mavjud hukumatlarni yoshlar ko’z o’ngida subutsiz holga tushirdi. Chunki hukumatlar majlisbozlikdan boshqa narsaga yaramadilar. Voqealarning asl sabablari yashirildi. Natijada ishsizlik darajasi 80 foizga qadar yuksalgan vodiyda yoshlar umidni diniy ulamolarga bog’ladilar.
Agar rasmiy raqamlarga nazar solsak o’sha kezda O’zbekistonda 16 -30 yosh o’rtasidagi yigit-qizlarning 59 foyizi ishsiz bo’lgan. Xalqaro tashkilotlar hisob kitobiga ko’ra o’sha yillari Farg’ona mintaqasida yashovchilarning aksariyatining o’rtacha maoshi ikki dollar nari berisida edi. O’zbekiston miqyosida 9 million odam qashshoqlik darajasidan pastda yashayotgani aytilgan paytda va undan keyin ham Moskvani ayblash bilan vaqt o’tkazildi. Amaliy tadbirlar ko’rilmadi. O’z o’zini boshqarishni istagan xalqning barcha huquqlari qo’lidan tortib olindi. Erkin tijorat qilishdan tortib, demokratik muassasalar tuzishga qadar barcha imkonlar cheklab qo’yildi.
Dinlarning qanday vaziyatlarda vujudga kelganini bir o’ylab ko’rsangiz ko’p narsa oydinlashadi. Jamiyatda tubanlik, qashshoqlik, adolatsizlik, parokandalik, ishonchsizlik chuqur ildiz otgan paytda Islom dini o’rtaga chiqqan edi. O’zbekistonda diniy oqimlar kuchlanishi anashu ko’rinishning mitti bir manzarasidir. Matbiot va soz’ erkinligi bo’lmaganligi bois mullalar, qorilar va boshqa ulamlorning ham aytganlari tortishilmadi, bahs etilmadi. Haqiqiy Islom bilan turli oqimlar himoya qilgan manfaatlar orasi ochib tashlanmadi. Natijada xalqning begunoh bo’lgan juda ko’p farzandlari turli guruhlarga qo’shilib o’z umrlarini barbod etdilar.Ular o’z millatlari, o’z davlatlariga tahlika soladigan darajaga ko’tarildilar.

7.O’IH VA FARG’ONA VODIYSI “FENOMENI”

O’zbekiston Islomiy harakati va Farg’ona vodiysi mavzuida juda ko’p yozildi. Ba’zilar Farg’ona azaldan diniy markazlardan biri bo’lgani bois bu yerda hamma vaqt diniy yuksalisgda ildiz bor edi, degan xulosaga kelishdi.Bunda Dukchi eshonning isyoni ko’pincha misol sifatida keltirildi.Ba’zilar esa “Bosmachilik” harakati deyilgan oqim ham aslida diniy kurashning bir jabhasi edi va O’zbekiston Islomiy harakati anashu yo’lning davomidir, degan g’oyani ilgari surishdi.Keyingi vaqtlarda harakat liderlari ham shuday da’voni qildilar. Lekin unisi ham bunisi ham to’g’ri deyish mushkul. Chunki Dukchi eshon ham, “Bosmachilar” deyilgan ota-bobolarimiz ham ruslarga, rus bosqinchilarga qarshi kurashgandilar. Ularni bu kurashda birlashtirgan narsa diniy tamal bo’lishi mumkin. Lekin maqsad Islom davlati tuzish emas, birlamchi maqsad bosqinchilarni quvish bo’lgan.
Yuqorida ham ta’kidlanganidek, sovetlar davrida hayotning barcha qirralarida chirish va cho’kish boshlangan edi. Hukumat tizimlaridagi poraxo’rlik, o’g’irlik, adolatsizlk kabi qabihliklar yoshlarning ko’nglida isyon uchqunlarini paydo qilgandi. Shunday kezda Abduvali Qori, Umarxon qori, Obidxon Qori kabi ulamolar rishvatning ildizini Islom qurita olishi, adolatsizlikka Islom nuqta qoyishi, o’g’irlikka va boshqa illatlarga Islom chora topa olishi haqida yoshlarni ishontira bildilar.
Dunyoviy qarashdagilar esa ulara muqobil mafkura va yoki muqobil fikr bilan ta’sir qila olmadilar. Buning o’rniga zulmni kuchaytirdilar. Zulm zulmning onasidir. Zulmdan demokratiya emas, zulm dinyoga kelishini ular unutdilar.
O’zbekiston Islomiy Harakati anashu zulmga qarshi kurashni bayroq qilib olgani bilan asosiy maqsadi shariat davlati tuzish ekanligini ham yashirmadi. “Amerika Ovozi” radiosiga bergan suhbatida harakat lideri Tohir Yo’ldosh buni ochiqdan-ochiq o’rtaga qo’ygandi.
-Biz Karimov rejimiga qarshi kurashga kirganmiz. Bizning maqasadimiz bu rejim maddohlari kabi Islom nomidan gapirib Islomga qarshi kurash emas, balki Islomni olib kelish, Shariat davlati tuzishdir. Xalqimiz istagan narsalarini Shariatdan topadi, xolos,- degandi Tohir Yo’ldosh.
– Siz xalqimiz, deb aytmoqdasiz. Shu xalqdan hech so’radingizmi, u Shariat davlatini istaydimi, buni istamaydi, o’zbek xalqi demokratiyani istaydi, nima sababdan vakolatingiz bo’lmagan holda xalqning nomidan gapirmoqdasiz, bu haqni siz kim berdi?- deb so’ralganda u quyidagicha javob qilgandi.
-Biz bilamiz, xalqimiz azaldan shariatni istagan va bugun ham istaydi.Lekin unga istagini aytishga hech qachon izn berishmagan. Qolaversa bizga bu haqni Islom tanigan va biz uning lashkarlarimiz. Biz albatta yurtimizda Shariatni ustivor qilamiz.
Shundan keyin ham O’zbekiston Islomiy Harakatining rejimga qarshi kurashuvchi kuch deyish kerakmi yoki bu harakat Shariatni o’rnatish uchun qo’liga qurol olganmi? Bugun Karimov rejimi o’tkazayotgan zulm ularga bahonami yoki?. Ertaga demokratik davlat qurilsa ham ular o’z “jihod”laridan qaytmasliklari aniq, yoki jihod yana davom etaveradi. Bu boshqa mavzu. Yuqoridagi gapga qaytib, Tohir Yo’ldoshga berilgan savolni boshqalarga yo’naltirsak qanday javob olamiz. O’zbekiston hukumatidan mustaqil bo’lgan siyosiy sharhlovchi Farhod Ibrohimov shunday deydi.
– Yo’q, O’zbek xalqi Islomiy davlatni istamaydi. O’zbek xalqi zamonaviy tuzumni, dunyoviy tuzumni istaydi. Xalqimiz orasida juda ko’p o’qimishli odamlar bor va ular ham buning sabablarini biladilar. Balki uzoq vaqt Rus mustamlakasi bo’lganimizdanmi, G’arb madaniyatiga yaqinlashib qolganmiz. Xalqimiz endi orqaga qaytishni istamaydi.Biz dunyodagi o’zini islom davlati degan hamma davlatlardan madaniyat, ilm borasida ilgarilab ketganmiz. Islomni olib kelamiz deganlar orasida hatto Islomning o’zini chuqur biladiganlar topilmaydi. Ular boshqaruvga kelsalar shariat emas, balki boshboshdoqik, xunreslik, qirgin-barot boshlanadi. O’shanday kunlardan Xudoning o’zi saqlasin!
Mana bir-biriga zid qarashlar. Biri xalq shariatni istaydi, degan qarash bo’lsa, ikkinchisi aksi. Har holda bugun aksini ko’proq eshitish mumkin. Shunday ekan, O’zbekiston Islomiy harakati mansublari buni bilmadilarmi yoki xato qildilarmi? Bu savolga Samarqandlik olim Sulaymon Murod lo’nda qilib shunday javob qiladi:
“Islom bizning mintaqada alohida yo’lga egan bo’lgan, alohida tariqatlarga ega bo’lgan, lekin hech qachon aqidaparastlikni tanlamagan. Aqidaparastlikka bizda yo’l yo’q edi. Tarixni bilganlar buni ham biladilar. Tarixni bilmaganlar buni inkor etadilar.O’zbekiston Islomiy Harakati esa uzoq tarixda ham yaqin tarixda ham mavjud bo’lgan bu haqiqatni ko’ra olmadi. Ularning prinsipial xatolari anashu edi”.

8.O’IH va JUMA NAMANGANIY

“Tohir Yo’doshev o’z jinoiy sheriklari O.Asqarov, K.Qo’chqorov va boshqa 20 nafardan ziyod shaxslar bilan 1991 yilning oxirida Namangan shahar ichki ishlar bo’limi uchastka vakili Z.Bo’riboyevning xizmat faoliyatiga aralashib, “ Islom Markazi” uyushmasiga tegishli bo’lgan Namangan shahridagi Engels qarorgohiga bir kun davomida qamab qoyib, uni ozodlikdan mahrum qilib, jamoat tartibini saqlash vazifalarini bajarishga yo’l qoyishmagan”(Oliy sud hukmidan.)
Bular xatomidi, jinoyatmidi yoki adolatga tashnalikmidi? Yuqorida Oz’bekiston Islomiy Harakatining prinsipial xatolaridan biri O’zbek xalqining aksariyat qismi shariat davlatini istamasligini to’la angalab yetaolmagani degan xulosaga kelingandi.Darhaqiqat, shuni aytish keraki, qayta qurish va oshkoralaik yillarida boshlangan bu harakat nafaqat O’zbekistonda va balki Markaziy Osiyoning boshqa jumhuriyatalarida, xususan Tojikistonda anchagina yuqori pardalarga ko’tarilgandi.O’sha kezlarda “Ozodlik”maydonidagi mitinglar, “Rostaxes” chaqiriqlari, Lenining haykalini buzib tashlash jarayonidagi hodisalar va keyin boshlanib ketgan fuqarolar urushini eslab ko’rishning o’zi kifoya.
O’zbekiston Oliy sudining 2000 yil 11 noyabrdagi hukmida Tohir Yo’ldoshev va Juma Namanganiy 1992 yil 22 avgustda Tojikiston Islomiy Muxolifati safalariga qo’shilish uchun vatanlarini tark etganlari aytiladi.Yuqorida Tohir Yo’ldosh haqida muxtasar ma’lumot bergandik. Xo’sh uning yonida turgan sherigi Juma Namnganiy kim edi?
QISQA MA’LUMOT:Juma Namanganiy. Asl ismi-sharifi: Jumaboy Ahmadjonovich Hojiyev. Namangan tumanining Xoja qishlog’ida 1969 yilning 12 Iyunida tug’ilgan. Malumoti: Namangan shahridagi 28- hunar texnika ta’lim yurtini bitirgan. 1987 yilda Sovet armiyasining havo-desant qo’shinlari safiga xizmatga chaqirilgan va 1988 yilda Afg’onistonda janglarda ishtirok etgan. Afg’onistondan qaytgach ;uda ko’p Fargona yoshlari kabi Andijonlik Abduvali qori Mirzayevning talabalaridab biri deb hisoblagan o’zini. U Tavba diniy, yarim harbiy guruhining asoschilaridan biri deb ham bilinadi.1992 yil O’zbekiston hukumati ta’qibidan qochib 30ga yaqin sherigi bilan Tojikistonga o’tib ketadi.
Lekin Juma Namanganiy haqida ilk bor dunyo 1996 yil Tohir Yo’ldosh BBC radiosiga bergan suhbatidan eshitdi. O’shanda Tohir yo’ldosh ozi Birlashgan Tojik muxolifati raisi, Eronda yashayotgan Said Abdullo Nuriyga o’rinbosar ekanligini va Jumaboy degan qo’mondoni boshchiligida 500 ga yaqin yigitlari Tojikistonda jang qilishayotganini aytgandi. Kimlar ishonib, kimlar kulgandi. Bu xabarga turli oqimlarga moddiy yordam ko’rsatadigan musulmon boylar, shayxlar ham tabiiyki ishonmagandilar.Lekin Tohirning atrofida O’zbekistondan chiqib ketganlar ko’payayotgan edi.
Buning ilk sababi aqidaviy omil emasligini hamma biladi. O’zbekiston hukumati 1992 -1993 yillarda demokratik muxolifat a’zolarini qatag’onga olar ekan, tuzumdan norozi bo’lgan yoshlar chetga chiqa boshladilar. Ularning ko’pchiligi Qirg’iziston va Qozog’istonga yerlashdilar. Toshkent rejimi vakillari u yerlarda ochiqchasiga amaliyotlar o’tkazib o’z muxoliflarini ushlab kela boshladilar. Yoshlar Rossiya xavfsizroq, deb o’sha tomonga yo’naldilar. U yerda ham tahlika boshlandi. Toshkent ularni quvishda davom ettdi. G’arb davlatlariga ketish oson emas edi. Turkiyaga borganlarning ham oyogi bir etikka tiqildi.Natijada tahlikasiz joy Tojikiston bo’lib ko’rindi va yoshlar islomiy harakat saflariga borib qo’shildilar. Ikkinchi omil esa ishsizlik va daromadning ozligi edi. Shu bois ham mardikorlikka chiqqan yigitlarning ko’pchiligi o’zlarini qisqa vaqt ichida islomiy harakat jangohlarida topdilar va to’rtincidan, qayta qurish paytida musulmon davlatlaridan O’zbekistonga kelgan turli oqim vakillari ham yoshlarni ovlashga kirishgandilar. Ular buning uchun turli sabablarni qo’lladilar. Eng keng yoyilgani esa sport togaraklari edi. Uzoq sharq sport o’yinlariga ishqiboz bo’lgan yoshlar turli to’garaklarda karate, tekvando bilan birga islomdan ham dars ola boshladilar. Turkiyadan borganlar ta’siriga tushganlar tez orada Otaturkni dushman deb atay boshlasalar, Saudiya Arbistonidan borganlarning tasiri berilganlar butun maqbaralari-yu mozor toshlarini buzishimiz kerak, deb qoldilar.
Yuqorida O’zbekiston Islomiy harakatining prinsipial xatosi uning mansublari o’zbek xalqining xoxish-istaklari bilan hisoblashmaganlari, yana ham aniqrog’i ular olib kelamiz degan tuzumni xalqning aksar qismi istamasligi borasida xulosa chiqarilgan bo’lsa, O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining raisi Tolib Yoqubov harakatning xatosini boshqa jabhada ko’radi.
-O’zbekiston Islomiy harakatining prinsipial xatosi qurolli yo’lga bosh urishi edi. Kimki hokimiyatni qurolli yo’l bilan qo’lga kiritaman, desa oxir-oqibatda fojilarga yo’l ochadi. Bolsheviklar ham qurolli yo’l bilan kelgandilar va tarix ularni sahnadan supurib ta’shladi. Jazoir, Tojikiston, Afg’onistonda ham bunday misollarni ko’rdik.

9.O’IH VA JUMA NAMANGANIY SHAXSIYATI

“Batkent voqeasidan to shu kungacha hamma jihodiy harakatlarimizda dushmanlarimizni o’ldirganimizni tan olamiz va kelajakda ham Islom dushmanlari va islom dushmanlari bayrog’i ostida to’planib qo’liga qurol olgan chiqqan har qanday kimsani bo’lsa ham o’ldirishni Islom shariati bizga haqqini bergan” der ekan harakat lideri Tohir Yo’ldosh Juma Namanganiy boshida turgan qurolli guruhga ishonishini yashirmagandi
Huquq Tartibot sohasidagi ayanchli vaizyatdan norozi bo’lgan xalq uchun dunyoviy tuzum bo’ladimi va yoki shariat qoidalari asosidagi tuzum bo’ladimi, adolat ornatilisa bas edi. Bir guruh yoshlarning adolat o’rnatish yuzasidan shariat qoidalari asosida harakat qilishi darhol ko’pchilikning og’ziga tushgani va ularga qo’shilgan yoshlarning soni ham ortib borgani anshundan edi. Hukumat demokratik yo’nalishdagi harakatlarga ham yo’l bermasdan ularning faoliyatlarini bo’gar ekan, bu ham islomiy qarashdagi guruharning kuchlanishiga yo’l ochdi.Bu guruhlar tezda o’z oralaridan liderlar ham yetishtirdilar. Ulardan biri keyinchalik butun dunyoda tahlikali terrorist den elon qilingan Juma Namanganiy edi.Lekin uning shaxsiy hayoti sirligicha qolayotgani borasida yuqorida to’xtalgan eidk.
2002 24 yanvar kuni AQSHning Afg’oniston amaliyotiga rahbarlik qilayotgan general Tommi Franks Toshkentda o’tkazgan matbuot konferensiyasida Qoshma Shtatlar ega bolgan manblarga ko’ra O’zbekiston Islomiy harakatining lideri Juma Namanganiy halok bo’lgan, dedi. Pokistonlik mashhur jurnalist va yozuvchi Ahmad Rashid esa 2002 yilning 14 Yanvarida “The New Yorker” dargisida e’lon qilngan “Ular hozircha uxlamoqdalar” deb nomlangan maqolasida Juma Namanganiy o’lganiga shubha bildirgan edi.
Unga kura ham Juma Namanganiyning o’limi haqidagi malumot haliga qadar aniq dalil bilan isbotini topmagan. U Juma Namangoniyning shaxsiy hayoti haqida soz’ yuritib, jumladan quyidagilarni yozadi.
“Namanganiy Tojikistonda bo’lgan vaqtida uning hayotida yuz bergan katta voqelardan biri uning ikkinci bor uylanishi, ya’ni eri fuqarolar urushida halok bo’lgan tojik ayoliga uylanishi bo’lgan edi. Toy marosimiga yuzlab insonlar kelgandilar. Kelin Pomirning dong’i ketgan go’zallaridan biri edi. Uning uylanishi nafaqat Tojik sulolalari bilan rishta bog’lash, balki Pahg’ambar ta’limoti, ya’ni shahidning, jihodda olgan kishining bevasiga uylanish ikki marta savob ekanligi haqidagi ta’limotni amalda bajarish bilan ham diqqat tortgan edi”. (Ahmad Rashid, 2002 yil, 14 Yanvar, “The New Yorker”)
Lekin bu haqda boshqacharoq ma’lumotlar ham mavjud. Juma Namangoniy Tavildarada ekanligida Ganjina degan ayol bilan tanishadi. 14 yoshida jangarilardan biri tomonidan xotinlikka olingan Qo’rg’ontepalik Ganjina ikki bolasi bilan eridan ajralgan va muallimlik qilib yurgandi. Ota-onasi Hodi Safolov va Oysha Safolova qizlari Jumaboyga tekkanidan keyin voqeani eshitishgani aytadilar. Yuqoridagi manbada Ganjinaning turmush o’rtog’i janglarda halok bo’lgan va Juma shahidning bevasiga uylangan deb da’vo qilingan. Biroq Ganjinaning ota -onasi aytishicha u eri bilan kelishmagani uchun ajralgan va keyin Jumaboy uni yaxshi ko’rib qolgan. “O’zodlik” radiosining Tojik sho’basi muxbiriga 2002 yil 1 Iyulda muloqot bergan Ganjinaning otasi qizining uc bolasi bo’lgani va uchinchisi Jumaboydan ekanligi, ya’ni hozir bu qiz nevarasi ular bilan birga ekanligini aytgan. Unga ko’ra qizi Afg’onistondagi janlar paytida ekanida jangchilar unga Jumaboyning qonga botgan ko’ylagini olib kelib berishgan va uni shahid bo’ldi, deb aytishgan.Shundan keyin u bolalari bilan Eronga o’tib ketgan, u yerda qiynalganidan keyin Tojikiston vakolatxonasiga bosh urib Vataniga qaytarilishini so’ragan. Jumaga turmushga chiqqandan keyin u bilan Afg’onistonga ketib qolgan va u yerda 2 yil birga bo’lgan Ganjina erining o’lganiga ishonsada uning bir kun qaytib qolishiga ham ko’nglida umid yo’q emalsligini aytgan. Bu haqda gapirgan onasi Oysha Safolova o’zi ham, qizi ham umid bilan yashyaotganlarini aytad.
Juma Namanganiy Dunyodagi mashur nomlardan biriga aylanishi ortida bir neca sabablar bor:
Birinchidan, Tohir Yo’ldosh harakatning siyosiy rahbari bo’lsa, Juma Namanganiy harbiy rahbari edi. Dunyoda siyosiy rahbarlar chetda qolib harbiy rahbarlar bayroqni olib ketishlari hollari ko’p yuz bergani uchun u diqqatni tortdi.
Ikkinchidan, u bugunga qadar sirli shaxs bo’lib qolayotganidir. U matbuotga suhbat bermagan, uni qilaman, buni qilaman deb jar solmagan va amaliy harakatlari bilan tilga tushib kelgan.
Uchincidan esa, u yaqin bo’lgan odamlar Tojikistonda yuqori martabalarga ko’tarilgani uning mintaqadagi mavqei oshishiga xizmat qilgandi.
To’rtinchidan, u Toliblar rahbariyati tomonidan turli lavozimlarga tayin etilishi jahon jamoatchiligining uning shaxsiga bo’lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Beshinchidan, Juma Namangoniy o’z qo’l ostida turli xalqlarning vakillarini to’play olgani, ya’ni ularga yo’lboshchilik qilgani, boshqacha aytganda Al Qoidaning o’zga bir ko’rinishini tuza boshlagani uni eng tahlikali terroristlar ro’yxatidan mustahkam o’rin olishiga bois bo’ldi.
Oltincidan, uning va umuman harakatning orqasida boshqa kuclar turgani haqidagi taxminlar edi.
Juma Namanganiy bugungi kunda garchi o’lgani aytilayotganiga qaramay, hamon qo’rqinchli kishi o’laroq, O’zbekistonga tahlika solib turgan shaxsiyat sifatida tilga olinayotgani anashundan.

10.O’IH LIDERLARI O’Z TARIXLARINI BILARMIDILAR?

“Tohir Yo’ldoshev va Juma Hojievlar Tojikiston Respublikasining qonuniy hukumatiga qarshi janglarda ishtirok etayotgan muxolifat kuclariga yollanib, O’zbekiston Konstitutsiyaviy tuzumini ag’darib, islom davlati qurish uchun jangarilar tayyorlash haqida ular bilan o’zaro jinoiy til biriktirgan. Shu maqsadda Farg’ona vodiysi va boshqa viloyatlarda qolgan tarafdorlarini Jihodga tayyorgarlik ko’rish uchun Tojikistonga olib o’tishib, Namangan bataloni tuzishgan. Tohir Yo’ldoshev oz’ini O’zbekistondagi jihodiy harakatlarning amiri deb e’lon qilib, Juma Hojievni esa muxolifatning dala qo’mondoni etib tayinlgan. ”.(O’zbekiston Oliy sudining 2000 yil, 17 Noyabrdagi Hukmidan)
Darhaqiqat, Oz’bekistondagi rejim zulmidan qochib tahsqariga ciqqanlardan ba’zilari Tojik islomiy muxolifati atrofida to’plandilar. Machitga bordingmi, demak namoz o’qishing kerak, qo’l qovushtirib boshqalarni tomosha qilib, qaytib kelishga imkon yo’q. Ya’ni machitga namoz o’qish uchun boriladi. Anashundan kelib chiqilsa, urush borayotgan joyga kelganlar roman yozishni emas, miltiq otishni o’rganadilar.
Tojik muxolifati prezidentlik saylovlaridan keyin zo’ravonlik bilan hukumat teppasiga kelgan kuclarga qarshi qurolli jangga kirganda uning pushtipanohlaridan biri Eron bo’ldi. Tojik islomiy muxolifatining liderlari dastlab Eronda boshpana topishar ekan, Tohir Yo’ldosh ham o’sha yerda edi. Keyin Pokiston, Afg’oniston doimiy maskanga aylandi. Xalqaro miqyosda madad topish uchun Tojik muxolifati o’z yoniga Markaziy Osiyodagi boshqa kuclarni ham jipslashtirishi muhim edi. Zotan shunday ham bo’ldi. Tez orada birlashgan tojik muxolifati dunyo nazdida tan olindi. BMT oraga tushdi va hukumat bilan muzokaralar boshlandi. Hatto O’zbekiston hukumati Birlashgan tojik muxolifati bilan muzokara olib bormayotgani uchun Dushanbeni surunkali tanqid qilib keldi. O’rtada vositachi bo’lish tashabbusi bilan chiqdi. O’sha kezda birlashgan tojik muxolifatining ko’zga ko’ringan namoyondalaridan biri Akbar To’rajonzoda Toshkentga taklif etilishi va prezident Islom Karimov tomonidan iliq qabul qiliniib, maqtovlarga loyiq ko’rilishi ham tanganing ikkinchi tomonini yashirishga urinish edi. Tanganing ikkinchi tomonida esa O’IH mansublarining Tojik muxolifati bilan birgaligi aks etgan edi.
Toshkent o’sha kezda tojik muxolifatini rasmiy kuchga aylantish tufayli ular safidagi O’zbekistonliklarni yakkalab qo’yishni mo’ljallagan edi. Ammo bu reja aksiga tepdi. Bugungi O’IH nomidagi alohida kuchning o’rtaga chiqishida va qurollangan tahlika manbaiga aylanishida Toshkentning Dushanbega aql o’rgatib, o’zi bajarmagan ishi ham katta rol o’ynadi. Ya’ni Toshkent tashqarida shunday kuch borligini doim inkor etib keldi. Hatto bu kuch dunyoda ma’lum bo’lib qolganidan keyin ham u bilan bir gaplashib ko’raylikchi, degan fikrdan uzoq turildi.O’IHning bir davlatga tahlika darajasiga ko’tarilishini, Toliblar bilan birlashib ketishini va Usama Bin Ladenga yaqinlashuvi ildizlarining bir uchini anashundan qidirish kerak.
Toliblar qilgan xatoni O’zbekiston Islomy harakati ham takrorlay boshladi. Qadim Turon, qadim Turkistonda islom marifatli kuchga ega bo’lganini, bu erda kelgindi urf-odatlardan qochish kuchli ekanligini unutdilar. Haqiqiy islomni olib kelamiz, degan Toliblar buyuk madaniyat ildizlariga bolta urar ekanlar, O’zbekiston Islomiy harakati ham ularning safidan o’rin olishi jiddiy xato bo’ldi. Karimov rejimini yiqitamiz,deb bayonotlar bilan chiqqan harakat Turon, Turkiston madaniyatining dushmanlari bilan birlashib ketdi. Hirotda Navoiy hazratning qabrlari, Husyan Boyqoroning me’rosi, Kobulda Bobir mirzoning xoki poyini oyoq osti qilganlar bilan bir suyak, bir ilik bo’lishdi. Aslida demokratik qarashdagilarning ulardan yuz o’girishiga sabab bo’lgan sabablardan biri anashunda.
Turk dunyosning oqsoqolaridan bolgan Ergash Uchqun aytganlaridek, bu zaminda Toliblarga qadar toliblardan aqlliroq odamlar o’tganini biznikilar yo bilmadilar, yo unutdilar va yoki unutishga majbur bo’ldilar.
Xatolar xatolarning onasidir. O’zbekiston rejimining xatolari O’zbekiston quroli Islomiy harakatini voyaga yetkazgan bo’lsa, O’zbekiston islomiy harakatining xatolari esa ming- minglab oddiy musulmonlarni qiyin vaziyatlarga tushirdi.

11.O’IH INQIROZINING TAMALIDAGI MUHIM NUQTALAR

O’zbekiston hukumati Islomiy uyushmalar va ularning tuzilishi, maqsad va yo’nalishlari borasida doim ma’lumotga ega bo’lgan. Chunki Sovet davridanoq diniy qarashdagilarning yoniga albbata bir ayg’oqcini qo’shib qo’yish odat edi. Yoki ularning ichlaridan ayg’oqchilar tanlanardi. Ko’pincha esa ular turli yo’llar bilan ayg’qochilikka majbur qilinardilar. Bu bilan hukumat doimiy ravishda ma’lumot olib turish bilan birga diniy qarashdagilarni bir-birlariga adovatli shaklda saqlab ham turar edi. Zotan qayta qurish davrida Diniy Boshqarmada bo’ladigan yig’inlarda odamlar bir-birlarini KGB ga ayg’oqchilk qilishda ayblashlari keng tus olgandi. O’zbekiston mustaqilligining dastlabki yillari hali u qadar radikal bulmagan islomiy kuchar radikallashuvining sabablaridan biri hukumat ekanligi oldingi maqolalarda ham qayd etildi. Ayniqsa, Xalqaro inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bu masalada doim O’zbekiston hukumatini ayblashib kelmoqda. Human Rights Watchning ana’naviy yillik hisobotlariga nazar solinsa deyarli har yili bu narsaga diqqat qaratilganini ko’rish mumkin.
“Islom Karimov hukumati musulmonlarga qarshi qaratilgan ayovsiz, beshavqatlarcha kampaniyasini davom ettirib kelmoqda. Musulmonlarni soxta ayblar bilan jazolash, ularni qiynoqlarga solish va antikonstitutsiyaviy faoliyati, deya uzoq muddatalarga qamab yoborish tajribasini qullanmoqda. Bu esa oz navbatida aholi o’rtasidagi noroziliklarga sabab bo’lish bilan birga hukumtga qarshi kuchlarning saflari o’sib borishiga olib kelmoqda. O’zbekiston hukumatning kelishaolmaslik siyosati mintaqada diniy beqarorlik bilan birga davlatlarga tahlika soladigan kuchlar yetishib chiqishiga ham olib kelmoqda. Bugungi qarama-qarshilik vaziyatini hukumatning uzoq yillik anashunday siyosatidan qidirmoq kerak.” (Human Rights Watch tashkilotining 2000 yildagi hisobotidan)
Ayni ruhdagi aybnoma har yili Xalqaro Amnistiya tashkiloti tomonidan ham e’lon qilinmoqda. Bu yerda zanjirlanish amaliyotini kuzatish mumkin. Yani hukumat bosimni kuchaytirgani sari qarshi tomon ham harakatlari doirasini kengaytirib boraverdi. Bunga javoban yana hukumat kuchliroq bosim o’tkazdi. Natijada sekin aylanayotgan g’ildirakning aylanish davrasi kuccayib borib, to’xtamas holga keldi. Hukumat garchi demokratik muxolifatni tashkilot sifatida falaj holga tushirgan bo’lsada, uning mansublari turli ko’rinishlarda bu masalaga munosabat bildirib hukumatni ogohlantirib keldilar. Lekin O’zbekiston hukumati ularni hatto eshitmadi ham. Xalqaro tashkilotlarga esa o’ziga xos va o’ziga mos mana bunday javobi bor edi.
“Ozbekiston hukumati diniy bayramlarni nishonlasa, hajga boruvchilar uchun yordab bersa qanday qilib u musulmonlarni ta’qib etayotgan bulib chiqsin. Human Rights Watch, Amnestining bu boradagi tanqidlarini qabul qilolmaymaiz. Biz bir to’da ekstremistlarga qarshi kurashmoqdamiz” ( Akmal Saidov,Uzbekiston Inson Huquqlari Milliy markazining rahbari, “Amerika Ovozi” ).
Yuqorida ta’kidlangan g’ildirak shu qadar tez aylandiki, endi uning shovqinidan faqat hukumatning aytganlarigina eshitiladigan bo’lib qoldi. Buning ustiga hukumat bilan kelisholmay chetga ketib qolgan bazi ulamolar ham hukumatga bo’lgan gina kudratdan voz kechishgani O’zbekiston Islomiy Harakatini begona kucga aylantirdi. Vahobiylikning O’zbekistonda ildizga ega emasligi, bu oqim yotligi haqida yuritilgan fikrlar hukumatni ancha yengil torttirdi. Boshqacha aytganda hukumat aybdor degan, gap vaqtincha bo’lsada chetga chiqib qoldi. Bu vaziyatni yaxshiladimi?
-Bugin odamlarning noroziliklari pasaygan emas. Aksincha kuchayib bormoqda,- deydi O’zbekiston Inson huquqlari jamiyatining raisi Tolib Yoqubov. U aytmoqchi, tashqi ko’rinishda o’zgarish bor. Ammo ichki tomondan norozilk to’lqini pasaygan emas. O’zbekiston Islomiy Harakati qurolli yo’l tutgani va terroristik tashkilot sifatida nom qozongani bois uning O’zbekistonning kelajagida muhim rol o’ynay olmasligi tobora aniqlashib bormoqda. Lekin boshqa nomda va boshqa ko’rinishda anashunday bir tashkilot yetishib chiqmaydi, deb kim kafolat bera oladi?
Zamin mavjud bo’lgan joyda daraxtni kesib tashlasangiz boshqasi unib chiqadi. Yana kesaversangiz puttalar, jangallar korinishida bolsa ham yana o’sib chiqveradi. Shu bois masalaning mohiyati, yani zamini haqida o’ylab korish kerak.

12.O’IH: RADIKALLASHUV OMILLARI

Yuqorida Islomiy kuclarning radikallashuvga, yani murosasizlikka olib kelgan omillardan bir nechtasi sanalgan edi. Ularni quyidahgicha tizimga solish mumkin.
Birinchidan, yetmish yildan koproq vaqt mobaynida sho’rolar siyosati dinni bo’g’ib keldi va qayta qurish, oshkoralik yillarida odamlar ozodlikka qovushgan kabi diniy erkinllika talpinar ekanlar O’zbekistonda eski siyosat davom etdi. Diniy yuksalishga mafkuraviy jabha bilan emas, kaltak bilan qarshi chiqildi.
Ikkinchidan, jamiyatdagi ma’naviyatsizlik, adolatsizlik, turli-tuman ko’rinishlardagi buzilishlar, ishsizlik, iqtisodiy muammolarga mavjud hukumat mulozimlari chora topolmaganlari islomiy guruhlarni najot qal’asi sifatida namoyish etdi.
Uchinchidan, hukumat mafkura topolmagani, demokratik mafkura tarafdorlari yanchib tashlangani, zulmga erk berilgani maydonda islomiy qarashdagi kuchlar qolishiga yo’l ochdi va ularga ham demokratlarga nisbatan qo’llanilgan uslub, ya’ni zo’ravonlik bilan javob berilganida ular zarbaga qarshi zarba dedilar, va mavjud hukumatni qurol yo’li bilangina yo’q etish mumkin, degan xulosaga keldilar. Bu narsani O’zbekiston Islomiy harakatining 2000 yil 12 Iyulda Toshkent hukumatiga yozilgan 1078 raqamli Ochiq xatidagi manabu satrlardan ham bilib olish qiyin emas:
“O’zbekiston hukumatidan rejim turmalarida begunoh azoblanayotgan diniy ulamolar, tuhmat bilan qamalgan va o’limga hukm etilgan yuz minglab musulmonlar va muslima ayolar tez fursatda ozod etilishini va musulmonlarning berkitilgan masjid-madrasalari va muqaddasotlari qaytarib berilishini, muslima ayollarimiz hijoblarda, erkaklarimiz uchun Rasulullohdan sunnat bo’lgan soqol bilan yurishlariga dushmanlik qilmasliklari va musulmonlarga qarshi davom etayotgan repressiyalarni darhol to’xtatilishini talab qilamiz”.
Kurash jabhasida hijoblaru soqolga qadar yetib borgan rejim o’z mafkurasini o’rtaga qo’ya olmagani uchun bundan ham oshib tushadigan yollarga bosh urdi. Masalan, pivo bayrami o;tkazish, behayo filmalrni bepul namoyish etish, zardo’shtiylik, bahoiylik kabi oqimlarni targ’ib qilish, missionerlarga faoliyat uchun kengroq sharoit yaratish va hokazo… Bu narsalar xalqda farzandlarimiz o’z dinimizdan ajralib qoladi, degan qo’rquvni o’yg’otdi.
Agar bir qushning hali polapon bo’lmagan bolalari yotgan uyasi tomon qol uzatsangiz tishlash nimaligini bilmaydigan jonivor qo’llaringizni cho’qiy boshlaydi, kerak bo’lsa ko’zingizga changal soladi. Cho’chib qolgan xalq ham o’z dinini himoya qilish yo’llarini izladi. Najotni bolalarining islomni o’rganishida deb bildi. Lekin Islomni o’rgatadiganlarning o’zlari ham bir qancha oqimlar, tariqatlar va yo’llarga bo’linib ketgan edilar.
O’zbekiston rahbariyati Islom haqida ko’p gapiradi, balki tinmay gapiradi, hatto davlatimiz musulmon davlati ham deyishadi, machitlarni ochib qo’ydik, hajga boradiganlarga yordam berayapmiz, Islom dorulfununi ishlamoqda deyishadi. Dunyoning turli burchaklaridan kelgan Islom ulamolari ham O’zbekiston hukumatini bu borada dunyoda eng xayrli ish qilayotgan hukumat, deb maqtab ketishadi. Bu ham bir ziddiyat. Ya’ni islomiy ulamolarning ko’pchiligi O’zbekiston hukumati tahlika qarshisida qolganini, radikal islomiy kuchlar- bular faqat o’z manfaatlari uchun kurashadigan to’dalar ekanini baralla aytib va yozib ham keldilar. Bu ayni paytda qarshi jabha yanada radikalashuviga xizmat qildi. Bu bir qarashda boshi berk ko’chaga oxshab qolmoqda. Yani O’zbekiston Islomiy harakati tutgan yo’l ham xalqning talabini qondirmaydi. Mavjud hukumat tutgan yo’l ham. Xo’sh demokratiyaga o’tishmi bundan qutilishning chorasi? Asl demokaratiyani har ikki tomon ham rad etmoqda. O’zbekiston prezidenti Referendum kuni (27 Yanvar, 2002) bergan muloqotida demokaratiyaga o’tish qancha davom etishini bilmayman, bu o’tish umuman qachon bitishini ham bilmayman degani bunga dalildir. Zotan “Wall Street Journal” gazetasida 2002 yilning 8 fevral kuni chop etilgan “Karimovning Islomga qarshi urushi Markaziy Osiyoni izdan chiqarishi mumkin” deb nomlangan maqolada islomiy ekstremizm uchun hukumatning o’zi sharoit yaratib berayotgani qayd etiladi.

13.O’IH MAYDONGA CHIQMASIDAN OLDINGI VAZIYAT

Ozbekistonda islomiy uyushmalar va demokratik harakatlar mavzui hali tahlil qilinmagan soha bo’lgani bois bu masalaga biroz batafsilroq to’xtalmoqchimiz. Malumki, sho’rolar davrida demokratik harkatlarga yo’l ham yo’q va O’zbekistonda jur’at qilib bu ishga qo’l urgan kishilar ham barmoq bilan sanarli edi. Ularni ham jamiyatga yot va yoki aqldan ozganlar deyishardi. Shunga qiyosan qaraganda islomiy harakatlar ancha kengroq yoyilgan edi. Tug’ri, tuzum bu sohani qattiq nazorat etar va har bir odimni diqqatdan qochirmaslikka intilardi.Yana ham to’g’rirog’i uni o’zi boshqarardi. Lekin shunga qaramay norasmiy islomiy harakatlar ham bor edi. Masalan, vahobiylik oqimining O’zbekistonga 70 yillarda kirib kelgani ham bu fikrning bir dalilidir. Islom Uyg’onish partiyasining ham kurtaklari Sovet Ittifoqi davridayoq o’sib chiqqandi. Uning markazi Astraxanda bo’lib respublikalarda amirliklari tuzilgandi.
Shuni aytish kerakki, Sovet davrida O’zbekistonda bor yo’g’i 65 ta machit rasman ro’yxatdan o’tkazilgan va hukumatning 3 mingdan ziyod mullasi ish olib borgan bo’lsa qayta qurish, oshkoralik paytiga kelib har bir qishloqda bittadan yangi machit qurila boshlandi. Boshqacha aytganda O’zbekistonda machitlar soni 1000 dan oshib ketdi va nafaqat juma kunlari balki boshqa paytda ham bu dargohlar ibodat qiluvchilar bilan liq to’la boshladi. Ilgari bor yo’g’i bitta madrasada talabalar o’qitilgan bo’lsa endi bu madrasalar soni ham yildan yilga ko’payib bordi. Qolavrsa jome va machitlarning o’zi madrasalar rolini o’tay boshladi.
Ammo demokratik harakatlar bu shiddatli oqim yonida juda sust edi va faqat 1988 yilning 11 noyabr kuni “O’zbekiston tabiati, moddiy va ma’naviy boyliklarini himoya qilish Birlik xalq harakati” tuzildi. Islomiy uyushmalar garchi demokratik harakatlardan har jihatdan ancha oldinda bo’lishlariga qaramay tashkiliy tomondan orqada edilar. Buning esa sabablari ko’p edi.Ularning turli tariqatlar, oqimlar va guruhlarga mansubligi tashkiliy jihatdan uyushib maydonga bir tashkilot sifatida chiqishlariga monelik qilardi. Buning ustiga ularning oralarida zamonaviy siyosatni ham hazm qilib, uning talablari asosida ish tutishni qoyil qiladigan yetakchilar yo’q edi.
Buni O’zbekiston Islomiy Hisbining Amiri bo’lgan Abdulla O’tayevning 1990 yilda Astraxanda qilgan nutqidagi mana bu gaplar ham isbotlaydi:
– Biz bugun har bir demokrat, kerak bo’lsa har bir kommunist bilan ham ish olib borishimiz kerak. Ular aslida musulmon farzandlari bo’lib kommunist va yoki endi demokrat bo’lishga majbur qolganlar. Biz erinmasdan ularni qo’lga olish va ishlatish yo’llarini topishimiz zarur. Ulardan chiqqan deputatlar va boshqa rahbarlarnig uylariga kirib borish, turli iltimoslar bilan ularga yaqinlashish va ularni Islomga olib kelish bu bizning burchimizdir. Yangi tuzilgan va tuzilayotgan harakatlar hukumatga muxolifatda bo’lgani uchun ular bilan til topishish osonroqdir va ularning o’zlari ham biz bilan birga bo’lishni istaganlari uchun bu imkoniyatlardan foydalanish kerak.
Abdulla O’tayevning bu qarashi Astraxanda to’plangan boshqa jumhuriyat ulamolari tarafidan subha ostiga olingan bo’lsada uning o’zi va tarafdorlari bu usulni O’zbekistonda keng qo’lladilar va qisman natijalarga erishdilar ham. Joylarda sport to’garaklari ochib, bu joylarda islomiy saboq berish bilan birga yoshlarni Uzoq Sharq kurashiga o’ratish barobarida ularning ko’nliga jihod urug’larini ham ekdilar. Lekin aniq bo’lgan yana bir narsa shu ediki, hali jabhalar to’la ochilmagan, kimning kimligi yaqqol bilinmas edi.Demokratman deganlar jamiyatning hamma qatlamini, jumladan dindorlarni ham o’z saflariga olishni istardilar. Chunki ular ham ko’pchilik va hamda xalqqa yaqinroq edilar. Boshqacha aytganda har ikki tomon ham bir-birini ovlash, bir-biridan foydalanish ko’rinishini bersada aslida islomiy qarashdagilar hukumatga kelsalar jamiyatni qanday boshqarish masalasida aniq bir dasturga ega emas edilar. Dasturimiz Quroni Karim, der edilar, ammo ko’pchiliklari hatto Quronni o’qishni bilmas edilar. Demokaratlarning ham hali hukumatni boshqarishga doir aniq dasturlari va tamallari yo’q edi. Ular jamiayatni boshqarishda ishtirok etishni istar edilar, xolos. O’sha kunlarni eslab, Birlik harakatining asoschilaridan bolgan Dadaxon Hasan “Amerika ovozi”ga bergan muloqotida shunday deydi.
– Oshanda biz ko’p narsani tushunmagan ekanmiz. Shu sababdan ham ko’p xatolarga yo’l qo’yganmiz. Ya’ni dinodrlar o’z yo’lidan, biz demokratlar o’z yo’limizdan ketishimiz kerakligini tushunmaganmiz. Hatto men o’zim ham Turkiston birlashgan Islomiy harakati nomi bilan bir tashkilot tuzishga uringanman va lekin odamlarni birlashtira olmaganman.
Dadaxon Hasan ham ta’kilayotganidek qayta qurish va oshkoralik hamda O’zbekiston mustaqilligining ilk yillarida hali islomiy uyushmalar va demokratik harakatlar o’rtasidagi chiziq ravshan bo’lmagani tufayli ularning munosabatlari ham bir-biriga aralashib ketgan holda edi. Bu esa Sovet ideologiyasi zanjirlaridan qutlib chiqqan bir xalq uchun tabiiy hol edi.Lekin anashu tabiiy hol O’zbekiston Islomiy Harakatining kelajakda imkon tug’ilgan paytda maydonga chiqishi uchun zamin bo’lgan sabablardan biridir.

14.O’IH JAMIYATDAGI KUCHLARNING BO’LINISH NUQTASIDA

O’IH kelib chiqish sabablari haqida yozakgan Amerikaning nufuzli gazetasi shunday xulosa chiqargandi: “Islom Karimovning musulmonlarga qarshi vahshiyona va qatag’on repressiyasi O’zbek ekstremistlarini supurib tashlash o’rniga ularning tegirmoniga suv quydi, ayni payda uning nobarqaror iqtisodiy siyosati mamlakat yakkalanib qolishi va qashshoqlik sari yetakladi”. “The Washington Post” gazetasining 2002 yil, 18 fevral kungi bosh maqolasidan.
Adabiyotda Graf Monte Gristo fenomeni bor. Bu esa adolatsizlikka uchraganda adolatsizlik bilan javob berish demakdir. Boshqacha aytganda zulmga qarshi zulm qo’llanish. Bu G’arb adabiyotida va san’tida, ayniqsa kino san’atida keng yoyilganini e’tirof etmoq kerak. Lekin Sharqda buning aksi ham mavjud. Masalan Himolay xalqlarining “Ashoka” dostoni buning yorqin misoliodr. Zulmga qarshi zulm bilan kurashgan shahzoda oxir oqibatda o’zi ham salafi kabi zilmdor bo’ladi va hayotining oxirida tanlagan yo’li xato ekanligini anglaydi, ammo ish ishdan, g’isht qolipdan ko’chgan bo’ladi, bu paytda.
O’zbekistonda 1990 yillar boshida demokratik muxolifatga qarshi zulm mashinasi shiddat bilan kurashga kirar ekan, bunga paralel o’laroq diniy uyushmalarga qarshi ham qatag’on borayotgandi. O’sha yillari Namaganda, Andijonda, Qo’qon,Parkentda sodir bo’lgan qonli voqelarni eslashning o’zi kifoya. Yoki Toshkent talabalar shaharchasidagi voqelar ham shu zanjirning bir uchi edi. Bu jarayonlar hukumatga muxolif bo’lgan kuclarni saralay boshladi. Mustaqillik uchun deya sho’rolar tizumiga qarshi chiqqan kuclar tortga bo’lindi.
Birinchi guruh, muxolifat saflarida yetakchi rol oynagan ziyoli va adiblar hamda diniy ulamolarning mavjud hukumat tomoniga o’tib ketganlari.
Ikkinchi guruh, qatag’onlar va tazyiqlarni tashlab tashqariga ketib kurashini demiokratik tarzda davom ettirishni o’ylaganlar.
Uchinchi guruh, mavjud tuzimni faqat qurol yo’li bilangina yo’qotish mumkin degan xayolga borganlar.
Va tortinchi guruh, bu asosan ko’pchilikni tashkil qiladi, mamlakat ichida qolgan holda passiv muxolifat rolini bajarganlar va imkoniyat kelishini kutib turganlar.
Aytish kerakki, anashu bo’linish nuqtasi aslida islomiy uyushmalar va demokratik muxolifat o’rtasidagi farqning muhim chizgisi edi. To’g’ri, keyinchalik u yoqdan bu yoqqa sakrashlar bo’ldi va bu asosan shaxslar holida edi va guruhlar, harakatlar, yoki partiyalar o’laroq bir-biriga qo’shilish, yoki birlashish bo’lgan emas.
Bu masalada ikki xil fikr aytiladi:
Birinchi fikr tarafdorlari, agar Tojikistondagi kabi Shahidon maydonida hamma kuchlar birlashganidek bir musht bo’lganimizda bugungi ahvolga kelmagan, ko’plab yigitlar bugun terrorist tamg’asi ostida qolmagan bo’lardilar, deyishadi.
Ikkinchi fikr tarafdorlari esa, hukumat nafaqat quvg’in va qatagon qildi, balki demokratik kuclarni parchalb, orasiga dushmanlik urug’ini tashlab ularning bir qismini falaj holga keltirgani bilan o’ziga qarshi qurolli muxolifat yetishtirdi va bu siyosatdan ortga qaytilmaguniga qadar bu muxolifatdan qutula olmaydi, deyishadi.
Muxolifatchi adib Yodgor Obid ham birinchi fikr tarafdorlaridan.U birinchi fikr haqida gapirib, Tohir Yo’ldosh va Juma Namanganiylar hukumatni qurol bilan yengishni tushunganlari va ular demokratiyaga Islomda o’rin yo’q deganlari, lekin Islomda demokratiyaga o’rin borligini aytadi.
Pokistonlik Ahmad Rashidning 2002 yilning boshida Yala universiteti tomonidan chop etilgan “Jihod” deb nomlangan kitobida ham Markaziy Osiyoda keyingi yillarda islomiy harakatlar roli haqida so’z boradi. Juma Namanganiy o’lganiga shubha bildirgan adib, u bormi yuqmi baribir, O’zbekiston hukumati qarshisida tahlika yo’qolmasligini qayd etadi va O’z qarshisida o’zi yetishtirgan qurolli muxolifatdan Toshkent hukumati AQSHning yordami bilan vaqtincha qutuldi, deyish mumkin, lekin qatag’on siyosat davom etgan taqdirda va iqtisodiy islohotlar amalda isbotini topmaguncha O’zbekiston islomiy harakati tarafdorlari yengildi deyish xato boladi.Balki bunday siyosat ikkinci Afg’onistonni paydo qilishi mumkin, deb yozadi. Ahmad Rashidning “Jihod” kitobi haqida yozgan “The Washington post”(2000 yil,17 fevral) muallifning manbu gapini alohida urg’ulaydi:“Markaziy Osiyoda asl buhron isyonchilar bilan emas, balki hukumatlar bilan bog’liqdir”.

15.O’IH va DEMOKRATIK KUCHLAR

Amerika Kongresi va hukumatining O’zbekistondagi diniy erkinliklar ahvoliga oid tashvishda bo’lganlarini ifodalovchi ko’pdan-ko’p hujjatlari mvajud.Ularda. jumladan, shunday fikrlar bo’rtib turadi: “Ozbekiston hukumati vijdon erkinligi borasida sezilarli darajada ko’zga tashlanadigan cheklovchi choralar ko’rgan. Ba’zi siyosatga daxldor bo’lgan diniy guruhlarga ro’yxatdan o’tkazishga ijozat bermaslik yo’li bilan hukumat ularni diniy marosimlarga amal etish huquqlaridan judo etgan, ko’plab diniy faoliyatlarga chek qo’yib, fuqarolarni diniy e’tiqodlari uchun jazolagan. Rus, yahudiy va xorijiy dindorlar, umuman aytganda, an’anaviy musulmon etnik guruhlarga, ayniqsa etnik o’zbeklarga nisbatan kengroq erkinliklarga ega.
(AQSH davlat departamentining xalqaro diniy e’tiqod erkinligi bo’yicha 2001 yil hisobotidan.)
AQSH Davlat Departamentining demokratiya, inson huqulari va mehnat buyrosi tarafidan tayyorlangan mazkur hisobotida qayd etilishicha, Frag’ona vodiysida ayniqsa, turli diniy uyushmalar tez tarqalgan. Darhaqiqat, rasman 1999 yilda o’zini tashkilot deb e’lon qilgan O’zbekiston Islomiy harakatining asosiy tarkibini ham vodiylik yoshlar tashqil qilgandi. Keyinchalik ularga qo’shilgan xorazmlik yoshlar bilan esa o’rtada nizo chiqqan va ularning bir qanchasi qatl etilgandi.
Hukumat manbalari bu yoshlarni ERK partiyasi lideri Muhammad Solih( Salay Madaminov) bilan bog’liq deb hisoblaydilar. Lekin ERK partiyasiga mansub ba’zi shaxslar O’zbekiston islomiy harakati bilan yaqin bo’lgan bolishlari mumkin. Biroq mazkur partiya a’zolarining aksariyati demokratik qarashda bo’lganlari uchun bu yo’ldan uzoq turganlarini ta’kidlamoq kerak. O’zbekiston hukumati haliga qadar Muhammad Solihni O’zbekiston Islomiy harkatiga bog’lab kelmoqda. Uning o’zi tashkilot rahbarlari bilan uchrashganini tan olib, yaqin munosabatda bolganini rad etib kelayotir. “Birlik” harakatining ham O’zbekiston Islomiy harakatiga qarashi o’ziga xosdir. Oldinroq har ikki partiya ham e’lon qilgan bayonotlarida O’zbekiston Islomiy harakati qurolli muxolifat holiga kelishi uchun O’zbekiston hukumatining zulm asosiga qurilgan siyosati sabadir, degan gapni takrorlab keldilar va buni bugun ham eshitish mumkin. Demak, bu yerda o’rtadagi munosabatlar qanday ekanligini aniqlsh u qadar qiyin emas. O’rtada uchta rasmiy qarash mavjud.
Birinchi qarash:Hukumat demokratik kuchlarni ham O’zbekiston Islomiy harakatiga bog’lashga urinadi.
Ikkinchi qarash: demokratik kuch mansublari biz ayri-ayri yo’llarga sohibmiz va O’zbekistonning kelajagini ham boshqacha tasavvur qilamiz, deydilar.
Har ikki qarash bir-biriga zid va bu yerda hamma narsani uchinchi qarash hal etadi.
O’zbekiston Islomiy harakatining lideri Tohir Yo’ldosh xorijiy radiolarga bergan interviyularida bu masalaga avvaliga ochiq baho berishdan, ya’ni uchinci qarashni ochiq o’rtaga qo’yishdan biroz chekingan bo’lsa, keyinchalik, yo’llar ayri ekanligini ta’kidlay boshladi. Ba’zan ular demokratlar va demokratiya bizning yo’limizga zid, deyishgacha bordilar. Lekin 2000 yilning yozida Rus va Qirg’iz matbuotida O’zbekiston demokratik muxolifati bilan O’zbekiston Islomiy harakati birlashdi, degan xabarlar paydo bo’ldi. Shundan keyin O’zbekiston Islomiy harakati bu masalada keskin fikrlarini o’rtaga qoya boshladi. Jumladan harakatning rasmiy qarashini uning matbuot devoni boshlig’i bo’lgan Zubayr Ibn Abdurahim o’sha kezda shunday e’lon qildi.
-Avvalo muxolifat o’zi o’z orasida birlashib olishii kerak. Bizning ular bilan yo’llarimiz boshqadir va biz jihod e’lon qilganmiz, ular esa demokratik yo’lni tanlaganlar.
Demak, bu yerda hukumatning da’vosi puchga chiqmoqda. “Birlik” va “ERK” harakat hamda partiya o’laroq O’zbekiston Islomiy harakatidan kurash uslubi jihatidan keskin farq qiladi va ayri-ayri yo’llarni tanlaganlar. Shaxslarning aralashgan va yoki aralashmagani esa ayri mavzudir.
“Birlik” xalq harakati nomidan 2000 yil 25 Avagustda e’lon qilingan Bayonotda shunday satrlar bor: “O’zbekiston Islomiy harakatining asl maqsadi O’zbekiston musulmonlarini hukumatning o’z millatining diniga qarshi Stalin usullari bilan o’tkazayotgan vahshiyona tazyiqlaridan, to’g’rirog’i qatag’onidan qutqarishdir. Shu sababli, bo’layotgan urushning asl sababchisi O’zbekiston hukumatining g’ayriinsoniy siyosati ekanligini butun dunyo tan olmoqda. Aynan Karimov hukumatining avval demokratiya tarafdorlarini, so’ngra hukumatdan mustaqil bo’lishini istagan dindorlarni jismonan yo’q qilishga qaratilgan siyosati ko’pchilikning mustaqillik va demokratiyaga, demokratik usullarga asoslangan kurashga ishonchini o’ldirdi. Natijada mamlakatimiz fuqarolar urushiga kirdi. Demak, mavjud rejimni o’zgartirish yo’liga tushgan islomchilarning eng kamida ilk maqsadi-mohiyatan siyosiy, dunyoviy maqsad”. Lekin bunga qo’shilib bo’lmaydi. O’IH liderlari maqsadimiz islomiy davlat deb ochiq aytib turganlarida bunday bayonot berishning mohiyati noaniqdir.

16.O’IH va TOSHKENTNING TASHQI SIYOSATI

O’zbekistonning AQSH bilan yaqinlashuvi va prezident Karimovning Qo’shma shtatlarga safari(2000 yil,11-14 Mart)jarayonida ham O’zbekiston Islomuy harakatining oyoq izlari sezilib turdi. Toshkentning tashqi siyosatida bugun AQSH yetakchi o’rin tutayotgan ekan, Human Rigths Watch tashkilotining safar arafasida prezident Bushga yo’llagan maktubida qayd etilganidek, O’zbek ma’muriyatining qattiqqo’l siyosati sabab uning qarshisida qurolli muxolif paydo bo’ldi. Nima bo’lganda ham O’zbekiston Rossiya bilan yaqin edi va bugun anashu qurolli muxolifning tahlikasi bois AQSH bilan ittifoqdosh holida.O’zbekiston Islomiy harakati davlatga, xususan Karimov rejimiga qarshi u qadar kuchli tahlika emas edi, deguvchilar ko’p. Lekin voqealar rivoji buning aksini ko’rsatadi. O’zbekiston Islomiy harakati Toshkent rejimiga qarshi jihod e’lon qilganini 1999 yil 25 avgustdagi bayonoti bilan ma’lum qilgandan keyin, Toshkent tahlika ichida qoldi. O’shanda Toshkent bunday tashkilot mavjudligini hatto rad etgan bo’lsada amalda uning tahlikasini har qadamda his eta boshladi. Islom Karimov 2002 yilga kelib o’sha kunlarni eslarkan, men ertalab ishga kelishimdan to ketgunimga qadar shu masala bilan band bo’lardim, degani ham buning yaqqol ifodasidir.
Ma’lumki, jihod qarshisida mushkul vaziyatda qolgan Toshkent rejimi birinchi bo’lib Rossiyaning quchog’iga otilgandi. Prezident Putin Toshkentga qilgan safari chog’iqida Islom Karimovga dalda berdi.
“O’zbekiston qarshisidagi tahlika bu ayni paytda Rossiyaga ham tahlikadir.Biz buni bugun tushunmasak va o’zbek do’stlarimiz bilan birga bugun buni to’xtatmasak ertaga kech bo’ladi va bizning o’zimiz ham bu tahlika bilan yuzma- yuzma qolamiz”, deya bayonot bergandi Rossiya rahbari.
Ammo Rossiyaning kuchi va ahvoli ko’pchilikka ma’lum edi. Chechenistonda bir narsa qila olmayotgan Rossiya O’zbekistonga qanday yordam berishi savollarga sabab bo’lsada, Toshkentni o’z yoniga tortish uchun unga imkoniyat paydo bo’lgandi. Bundan ustalik bilan foydalangan Moskava o’shanda harbiy hamkorlik haqida shartnoma imzoladi va O’zbekistonni oz ta’sir doirasiga mahkamroq mixlab oldi. Toshkent uchun boshqa yo’l qolmaganini Islom Karimov mana bunday ifoda etgandi:
-Bu dunyoda O’zbekiston kabi bir davlat bunday vaziyatda o’zini yakka holda himoya qila olmaydi va men buni masuliyat bilan e’lon qilaman. Qarshimizda qandaydir bir davlat emas, balki katta zahiralarga ega bo’lgan kuch turibdi.
Bunday bayonotning ikki xil ta’siri bo’ldi. Birinchidan, O’zbekiston Islomiy harakatining xalq ichida va shuningdek tashqarida ham katta kuch sifatida talqin qilinishiga olib keldi. Ikkinchidan esa O’zbekiston Islomiy harakatining O’zbek xalqiga qilgan “foydasi” shu bo’ldiki, uning tahdidi tufali mamlakat yana Rossiyaning pinjiga kirib qoldi degan qarashlar paydo bo’ldi.
Bu radiomuloqot davomida harakatning liderei Tohir Yo’ldoshga savol o’laroq yo’naltirilganda uning javobi mana bunday bo’lgan edi:
-Bularning Rossiyaga sajda qilishi yangi gap emas. Rossiya ularning eski qiblasi. O’zbekiston Islomiy harakati yurtimizga zarar berdi, deb hisoblamayman, aksincha biz kimning kimligini ko’rsatib foyda berdik deb o’ylayman.
Lekin Toshkentning tashqi siyosatidagi urinishlar turli ko’rinishlarda o’z “meva”sini berdi Masalan, shunday xulosalar chiqarildi:”O’zbek musulmon jangarilari Afg’oniston sharqida AQSH kuchlariga qarshi jang qilayotgan Al Qoida qoldiqlariga bugun ham yo’lchilk qilish bilan birga AQSHga qarshi urushmoqdalar.O’zbekiston Islomiy harakatining liderlari Afg’onistonda Tolibon va Al Qoida boshqaruvini yoyishda muhim rol o’ynadilar. Ular Usama Bin Laden tanlagan Jihodning jirkanch usulini targ’ib qilibgina qolmay, terroristik jamlog’larni qurish va ishlatishda ham faol ishtirok etdilar. Karimovning juda ham tahlikali bo’lgan bu dushmanlari George. W. Bushning ham dushmanlaridir.(“The Washington Post”, 2002 yil 10 Mart)
Bu Vashington Post ro’znomasida e’lon qilingan “Inson Huquqlari va sheriklarimiz” degan maqoladan olingan satrlar ayni paytda O’zbekiston Islomiy harakatining Toshkent tashqi siyosatidagi o’rnini ham ko’rsatuvchi belgidir. Ayni gaplarni ikki yil oldin Turkiya prezidenti Sulaymon Demiral ham Toshkent safari chogida aytganini eslasak, yana ham ko’proq narsa oydinlashgan bo’ladi.

17.O’IH va UNGA QARSHI KURASH USULLARI

Islom Karimov 1999 yil 16 fevralda, portlovlar kuni qilgan nutqida shunday degandi: “Hozir O’zbekistonda yoshlar kelajakka katta umid bilan intilmoqdalar va ba’zi kuchlar bunga qarshilik qilishga urinmoqdalar. O’zbekistondagi barhca yoshlar mening bolam va men ularni hech kimning qo’liga bermayman”.
Malumki, terrorozmining ko’rinish va usullari aniq bo’lmaganidek, unga qarshi kurashdagi uslublar ham turlichadir. Masalan, Afg’onistonda ushlangan amerikalik “tolibon” John Walker haqida gapirilganda va yoki yozilganda so’z doim uning o’zi haqida bordi. Butun Amerika bolalariga yangi bir ota topilgan emas. Walkerning o’z ota-onasi esa advokat olib farzandlarini himoya qilisga kirishdilar. Ular o’gillari haqida hamma joyda faqat yaxshi gap aytdilar va buning uchun ularni jazolashgani yo’q. Onasi esa, qaysi ona o’z bolasidan kechadi, degan gaplari bilan og’izga tushdi.
Yoki Inson huquqlari tashkilotlari Guantanamo harbiy bazasiga keltirilgan mahbuslarning huquqlarini himoya qilib chiqdilar va ularga hech kim, nega siz terroristlarni himoya qilmoqdasiz, degan emas. Mahbuslarga urush asiri statusi berilishi o’rtaga qoyilganda esa Bush ma’muriyati buni har bir asir masalasida alohida ko’rib chiqib hal etajagini bildirdi. Bu esa har qanday sharoitda ham insonning ma’lum bir darajadagi huquqlari saqlanib qolishini korasatdi.
O’zbekistonda ham terroristalarga nisbatan kurashning o’z yo’llari paydo bo’ldi. Tanqili Adib Ahmad Rashid “Jihod” deb nomlangan kitobida takidlaganidek, shunday usullardan biri terrorist, deyilgan kishining yaqinlariga tasir qilish, tazyiq va bosim o’tkazishdir. Darvoqe, Islom Karimov “Otalar bolalar uchun javob beradilar” degan qoida o’rnatdi. Ko’p o’tmay bi oanlarga ham qaratildi.
Hukumatga qarashli O’zA boshqarmasi muxbiri imzosi bilan 1999 yilning 13 Oktyabrida “Xalq soz” gazetasida bosilgan “O’g’limni oq qildim …” sarlavhali maqola Ahmad Rashidning va u kabi fikrlaganlarning gaplariga dalil bo’la oladi. Tohirr Yoldoshning onasi bilan suhbat qilganini tariflagan muxbirning yozganlaridan parcha oqiymiz:
“Rostdan ham o’glimni shunday bo’lishini bilganimda bolaligidayoq o’z qollarim bilan o’ldirgan bo’lar edim,- deydi Karomat Asqarova,- Hozir ham o’ldirishga tayyorman, uning qilmishlarini kechirib bo’lmaydi.Bunday jinoyatlarni ona qalbi ham kechirmaydi… Shu darajaga borib yetdiki, boshqa o’g’illarim akasi do’g tushirgan familiyada bo’lishni ham xoxlashmayapti. Kenja o’g’lim katta otasining ismini familiya qilib oldi. La’nati Tohir tufayli shincha azob chekayapman… Ona rozi Xudo rozi, deydilar. Men undan rozi emasman, uni oq qildim. Menga bunday o’gil kerak emas. Bir o’zim dardini tortganimda mayli edi-ya, u qanchadan-qanhca odamlarni be baxt qildi, boshiga kulfat soldi…
Darvoqe,-deb davom etadi muxbir.-Tohir Yo’ldoshning onasi bu gaplarni o’zi yashaydigan Avliyo domla mahallasida bo’lib o’tgan yig’ilishda ham aytdi”.
Izohga hojat yo’q. Lekin bu bitta hodisa emas, juda ko’plab onalar va otalar mahallalarga olib chiqilib muhokama qilingani va anashunday og’ir soz’larni aytishga undalgani ham sir emas. Bu haqda AQSH Davlat departamentining Inson huquqlari boyicha hisobotida ham qayd etiladi.
Islom Karimovning AQSH ga safari asnosida Prezdent Bushga va Karimov bilan uchrashadigan boshqa rahbarlarga yuborilgan maktublarda ham xalqaro inson tashkilotlari, jumladan, aybdor va yoki gumon qilingan kishilarning yaqinlariga o’tkazilgan tazyiqlardan shikoyat qilishdi.
Xo’sh, Tohir Yo’ldoshning onasi oq qildi, degan usul qanday samara bergandi? Bu usul borib o’z nuqtasiga tegdimi? O’shanda O’zbekiston Islomiy Harakatining rahbari bunga quyidagicha munosabat bidirgan edi:
-Men o’zim haqimda gapirishni ko’p yoqtirmayman. Lekin mening onamga qilingan zulm, faqat unga emas, balki barcha onalarga qilinmoqda va ularning ko’zi yoshlanmoqda. Men buni kofirlarning musulmonlarga qilgan zulmi, deb bilaman va buning evaziga, inshooloh, jannatga borishni kutmoqdamiz.
O’zbek matbuotida keng yoyilgan kurash usuli aslida jurnalistlarning ixtirosi, deb bo’lmaydi. Chunki ko’p hollarda bunday maqolalar ularga yuqoridan keladi. Masalan, 1999 yil 16 fevralda yuz bergan qonli voqelardan keyin deyarli barcha matbuot sahifalarida “Fevral voqelari, u kimga kerak bo’ldi? Ijrochilar kimlar? Tashkilotchilarchi?” degan maqola bosilgandi. Anashu maqoladan satrlar o’qiymiz:
“Shariatga ko’ra Xudoning barhaqligiga munkir kelgan, kufrona ishlarni qilib yurgan kishi kofir sanalmaydimi? Mantiqan fikrlansa, Xudoning buyurganlarini bajarmagan kishi uning oldida osiy va jofiydir. Axir, musulmon kishining musulmon birodari qoni begunoh to’kilishiga bosh qo’shishi gunohi kabira emasmi? Kengroq ma’noda aytganda, xalqning xoxish-irodasiga zid amal qilgan kimsaning dinsizdan nima farqi bor?”
Darvoqe, terrorizmga qarshi kurashning AQSH qo’llagani kabi qurolli hujum usuli aniq. U ma’lum bir natijaga olib keladi. Lekin undan keyin baribir mafkuraviy jihatiga ehtiyoj tug’iladi.
Ahmad Rashid Markaziy Osiyodagi vaziyatni o’z kitobida tahlil qilar ekan, bu masalaga ham to’xtalib, asosiy kurash maydonini yaratmoq uchun jamiyatni demokratiyalashtirsh kerak, deydi. Darhaqiqat, o’shanda kurash usullari rangba -rang bo’ladi va xalqo’ziga kerakli usullarni kashf etadi
”O’zbekistan Islomiy Harakati, O’zbekiston va mintaqaga jiddiy tahdid yaratishga davam etmoqda. O’sama bin Laden rahbarligidagi al-Qaida tiziming bir bo’lagi hisoblangan O’zbekiston Islomiy Harakati, O’zbekiston hukumatini kuch yo’li bilan ag’darishga urunayatgan to’dadir. O’zbekiston Islomiy harakatining a‘zolari, al-Qaidaning Afg’onistandagi lagerlarida mashqdan o’tishgan. Ushbu lagerlar endilikda buzub tashlandi va u yerlarda mashqdan o’tib, yetishib ciqqanlarning ko’pchiligi o’ldirildi yoki nazoratga olindi. Lekin qolganlari hali ham tahdid yaratmoqda.”
Bu AQSH hukumatining siyosatini aks ettirgan va 2002 yilning 22 Mart kuni “Amerika Ovozi” radiosida e’lon qilingan bosh maqoladan olingan satrlardir.Terrorizmga qarshi kurashda AQSH hukumati har bir tashkilotga nisabatan o’z siyosatini anashu tarzda davomli ravishda o’rtaga qo’yib kelmoqda. Oddiy odamlar, mutaxassislar, siyosatdonlar esa matbuot orqali bu masalalarga oid har turli qarashlarni ochiqchasiga bahs etmoqdalar.
Masalan, Pentagon ushlangan Al Qoida va Tolibon mansublarini harbiy tribunalda sud qilish qoidalarini e’lon qilar ekan, bu masalaning turli qirralari keng ko’lamda muhokama etildi. Boshqacha aytganda terrorizmga qarshi kurashda umumning qarashiga keng o’rin berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.Ha, bir tomonlama va bir xil gaplar emas, balki masalaning barcha jihatlariga razm soladigan odamlarga so’z berish va ularning gaplariga quloq tutish foydadan xoli bo’lmaydi. O’zbekiston Islomiy harkati haqida so’z ketar ekan, bu yerda ham ko’proq turli qatlamlarni tamsil qiladigan odamlarga so’z berilsa tabiyki tasiri ham kuchli bo’ladi. Ya’ni hadeb bir tomonlama qilib so’kaverish ko’p hollarda salbiy oqibatlarga olib keladi. Namanganlik ishbilarmon Mahmudjon Hojiev O’zbekiston Islomiy harakati haqida fikr yuritar ekan shunday deydi:
-Men ularni vahobiylar deb ayta olmayman. Ularning vahobiylikdan ham xabarlari yo’q. Bular katta siyosat nimaligini bilmaydigan odamlar edi. Ularning haqiqiy Islomdan xabarlari yo’q va hujra ko’rmagan bolalar edi.
O’zbekiston qahramoni shoir Abdulla Oripov 1999 yil 16 fevralda O’zbekiston prezidenti huzurida bo’lgan majlisda Ichki ishlar vaziriga qarata islomiy kuch mansublarini ushlab kallasini sapchadek uzib tashlash va yoki itlarning oldiga uloqtirishni tavsiya qilgan edi.
“Xalq so’zi” gazetasining 1999 yil 27 fevral sonida bosilgan “Qasd qilganlar past bo’lsin” maqolasi ham anashunday satrlar bilan to’lib toshgandi.Yoki mazkur gazetaning ayni kundagi yana bir maqolasiga Samarqand viloyatidagi Urgut tumani, Zarafshon jamoa xojaligi, 19 brigadasining a’zoso Muqaddas Azumovaning imzosi qo’yilgan va maqola “Vatangadolarga la’nat” deb nomlangandi. Undan satrlar o’qiymiz:
“Xalqimizda oqpadar, degan soz- eng yomon qarg’ish. Farzand uchun otasining oq qilishi eng katta jazo hisoblanadi.. Millatning otasiga suiqasd qilganlarga oqpadar, degan so’z ham kamlik qiladi. Ularni padarkush deyish kerak.Senlarni ham o’zbek tuqqanmi? Senlarning ham ota-onang bormi?…Senlarda millat tuyg’usi yolg’on. Iymon e’tiqod tuyg’uso yolg’on, soxta…”
Oddiy bir dehqonning nomidan yozilgan satrlar edi bu. “Fidokor” gazetasi esa yaramas mullalarning bit bosgan soqollarini bittalab yulish kerak, deya yozgandi. Bu ham bir uslub. Terrorizmga qarashi kurashning o’zbekcha, o’zbekona, o’ziga xos va o’ziga mos uslubi. O’zbekistonda bunday uslub gullab-yashnar ekan, boshqa fikrlarga o’rin ham yo’q edi. Bu yerda biz Islomiy harakatning harakatlarini oqlashdan juda yiroqmiiz. Aksincha yuqoridagi kabi uslublar ularni yanada radikal bo’lishga xizmat qilganini bugun xalqaro miqyosda ko’pchilik ochiq e’tirof etmoqda. Bu harakatning harakatlari bevosita Islom bilan shug’ullangan insonlarni ham qondirgan emas. Masalan, Nomoz Normo’min shunday deydi: “Ularnig eng avvalo bir dasturlari yo’q edi. Bir jihod el’lon qilgan bilan maqsadga erishamiz, deb o’ylagan bular. Aslida Islomning haqiqiy talablarini bilmas edilar. Nima qilishlarini ham bilmagan odamlar edi bular”.
Bugun terrorizmning ko’rinishlari ham rangba-rang bo’lganidek, unga qarshi kurashdagi uslublar ham xilma-xildir. Y’ani har kim ekkanini o’radi. Qanday kurash uslubi samara berishini esa vaqt oydinlashtiradi.
“Bu Abduvali degan qo’tir echkisi kim bo’ldi yana? Nega buncha ichi og’rigan buzoqdek biltanglaydi? Anavindaku Tohiru Jumasining bit bosgan soqolli basharasini ko’rib bir so’kindik… Bu Abduvali degani hajiqiz ekan…. Yana 17 tasining kallasini kesib, o’ligini itday ko’mib tashlabdi, ifloslar…. Ularning qadr bilmas zaharli ilon ekanliklarini nahotki qolganlari tushunishmasa. Buni mening besh yoshli o’g’ilm Sarvar ham biladi-ku?. Dangal gap, bu ilonlarning boshini bir yo’la yanchib tashlash kerak….Qachongacha bu sassiq echkilar ovqatimizni zahar qilib, kayfiyatimizni buzib yurishadi? Prezidentimizdan iltimos, uchalla chayonni ushlab kelib, xalq oldida sud qilib, peshonaasidan otish kerak”.
Bu izohga hojat bo’lmagan va o’zbek jurnalistikasining ham uslubini o’rtaga qo’ygan satrlardir. Bu “Fidolor” gazetasining 1999 yil 3 Iyundagi sonida birinchi sahifada chop etilgan “Chayonning ini yoq qilinsin”degan maqoladan olindi. Maqolani bir musulmonning otidan deb, gazetaning muxbiri Abdiga’affor Omonboyev imzolagan.
Yuqorida keltirilgan parchaga ayni gazetaning ayni kundagi ayni sahifasidagi “Tahdid: U nima?” deb nomlangan maqolada qisman javob bor. Maqola muallifi Shukritdin Paxrutdinov shunday deydi:”Nazarimda, bu fojialarning asosiy sabablaridan biri, birinchidan, mafkuramiz sohasidagi usul va uslubimizning hayot bilan hamqadam bo’lolmayotganidir”.
Usul va uslublar haqida gap ketar ekan, Moskvadagi “Memorial” inson huquqlari tashkiilotining Markaziy Osiyo dasturi rahbari Vitaliy Ponamarev oldimizga qariyb olti yuz sahifalik mahbuslar ro’yxati kitobini qo’aydi.
-O’zbekistonda har bir oilaning o’rtacha besh-oltitadan farzandi bo’lsa, manashuncha qamalgan odamning yaqinlari va qarindoshlari qancha bo’lishini o’zingiz hisoblab chiqing,-dedi VitaliyPonamarev. -Ular mazkur rejimdan har holda mamnun bo’lmasalar kerak. Begunoh qamalganlarning o’zlari-chi? Ommaviy tarzda qatag’on siyosatini o’tkazish nimaga olib kelishini dunyo miqyosida misollari ko’p. Lekin bunga e’tibor berilmadi. O’zbekistonda avvaliga demokratik qarashdagilarni, keyin diniy qarashdagilarni qatag’on qilish terrorizning tegirmoniga suv quydi. Kimdir kimning yo’liga yurib qo’liga qurol olgan bo’lsa, kimdir nochor qolganidan qurolli muxolifatga qo’shildil. Shu paytgacha qurolli guruh tahlikasi mavjud, deya qatag’on kuchaytirilishi oqlab kelindi.
-Bugunchi, bugun vaziyat qanday, hali ham Markaziy Osiyoda tahlika mavjudmi, deb savol berilganda Vitaliy Ponamarevning javobi quyidagicha bo’ldi:
– Haqiqatatn ham ba’zi guruhlar tarafidan dunyoviy davlatga nisbatan tahlika mavjud. Lekin shuni aytish kerakki, bu yerda Afg’oniston, Tolibon singari tashqi omildan ko’ra Markaziy Osiyo barqarorligi uchun O’zbekiston hukumatining ichki siyosati ko’proq tahlikadir. Biz buni surunkali ravishda aytib kelmoqdamiz va Vashington safari chog’ida yana bir marta ta’kiladikki, agar O’zbekiston hukumati ichki repressiv siyosatini o’zgartirmasa, u oldingi kabi nafaqat O’zbekiston uchun, balki Markaziy Osiyo uchun ham tahlika yarataveradi. Shuning uchun ham bu borada jiddiy odimlar otmasa bo’lmaydi.
Anashunday qarashlarini AQSH Davlat departamentida va kongresmenlari bilan uchrashuvlarda ham o’rtaga qo’ydik. Islom Karimovning Amerikadan qaytishdagi gapini eslang, u Afg’onistonda hali beri tinchlik o’rnatilishi qiyin ekanligiga sh’ma qilgandi. Keyin esa AQSH qurolli kuchlarining qo’mondoni Tommi Franksning O’zbekiston Islomiy harakati hali yashamoqda, deya Toshkentda bergan bayonotini eslang. Bulardan shunday xulosa chiqadi. O’IHning kelajagi O’zbekiston hukumatining qanday siyosat olib borishiga bog’liqdir.Agar bugunga qadar mavjud siyosat davom ettirilsa bu tashkilotga qo’shilganlar topilaveradi va u turli ko’rinishlarda O’zbekiston hukumatining qarshisiga chiqaveradi …
Bu ora- sirada O’zbekistonga borib kelgan, asosan tashqaridagi kuzatuvchining qarashi deya ayni savolni mamlakat ichidagi odamga yo’naltirdik. O’zbekiston hukumati ro’yxatga olgan Inson huquqlari Mustaqil tashkilotining Farg’ona bo’limi raisi Abdusalom Ergashev Vitaliy Ponamarevning qarashlarini to’la tasdiqladi:
-O’IH masalasi tashqaridan qaraganda qanday ko’rinadi, bilmayman, lekin ichkarida vaziyat, tahlika hali ham o’sha-o’sha. Farg’onada musulmonlar ustidan sudlar davom etmoqda, hali ham turli qarashdagi insonlarni vahobiy, “hizbu tahrir”chi deya ayblab, uzoq yillarga qamab yuborish oldingi kabi davom qilmoqda,-dedi u.
Shu o’rinda yana bir o’rnak:“Odamnning olasi ichida, deganlari rost ekan. Yo’qsa, senlarni-shunday qonxo’r, sotqin, xoinlarni avaylab o’stirarmidi ota-onang?! Yo, Alhazar! Bilsang, senlar bilan bir havodan nafas olayotganimga chidolmay bo’g’ilib ketayapman.” (Fidokor gazetasining 1999 yil 3 uyundagi sonida chop etilgan Qibraylik Malika A’zamovaning ismi bilan chiqqan “Odamning olasi ichida” deb nomlangan maqoladan..)
Bunday kurash uslubiga javob esa tarixda juda ko’plab mavjud. Masalan, Amir Temir bir qancha mamlakatlardan maktublar oladi va ular Turk hukmdori Yildirim Boyazid tahlikasidan qutqarishini iltimos qiladilar. Amir Temur bunga etibor qilmaydi. Oxirida unga bir maktub keladi va unda Yildirim Boyazid Temur cho’loqning qo’lidan nima ham kelardi, deb aytdi, deb yozilgandi. Yildirim Boyazidga esa Temur, bur ko’zi ko’r mening qarshimga askar bilan chiqishga qodir emas, dedi deya maktub yetkazishadi. Ikki qardoshning qonli urushi dunyoning charqxini boshqa tomonga burib yuborgandi.Haqorat ba’zan dunyoni buzib yuboradi, deganlari shu bo’lsa kerak.
Qolaversa, bolangizni so’kaversangiz u ham so’kishni o’rganadi va bir kun sizni o’bdon so’ka boshlaydi. Bolangizni uraversangiz u ham urishni o’rganadi va bir kun qo’lingizni qayirib tashlasa ajablanmang. Bundan kecha saboq olinmadi, bugun ham. Balki erta uchun bu saboq bo’lar?!

18.O’IH TERRORISTLAR SAFIDA QOLDIRILDI

Ma’lumki, 2002 yilning 25 Sentyabr kuni AQSH Davlat departamenti O’zbekiston Islomiy harakatini xavfli terroristlar ro’yxatida qayta qoldirish borasida qarorga kelganini e’lon qildi.
AQSH qonunlariga binoan Davlat Departamentida xorijiy terroristlar ro’xatiga kiritilgan tashkilotlar masalasi har ikki yilda bir qaytda ko’rib chiqiladi. O’zbekiston Islomiy harakati ikki yil olidin anashu ro’yxatga kiritilgan edi. Endi bu tashkliot yana ikki yil mazkur ro’yxatda turadi.
O’zbekiston Islomiy harakati,- deyiladi shu munosabat bilan e’lon qilingan bayonotda, -nafaqat O’zbekiston balki Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga ham tahlika solmoqda. Bu guruh xalqaqo terroristlar tizimi hisoblangan Al Qoida bilan yaqin aloqada bo’lgan va undan mablag olib turgan.
Shuninggdek, AQSHning Toliblarga qarshi boshlatgan amaliyotlari davomida bu tashkilot mansublari Tolibon saflarida turib ittifoq kuchlariga qarshi kurashdilar.
O’zbekiston Islomiy harakatining harbiy lideri Juma Namanganiy o’tgan yilning Noyabr oyidagi havo hujumlari sirasida o’lgan bo’lishi mumkin, deyiladi, hujjatda.
O’zbekiston Islomiy Harakati O’zbekistonda sodir etilgan bir qator jinoytalar, shuningdek xorijiy fuqarolarni o’girilash kabi harakatlar uchun ham masuldir. Jumladan, bu harakat a’zolari 2000 yilda Amerika alpinistlarini garovga olishgan va baxtli tasodif tufayli ular qochib ketishgandi. 1999 yilda esa O’zbekiston Islomi harakati bir guruh geologlarni garovga olgandi.
Biz shuningdek, bu harakat 1999 yilda Toshkentda yuz bergan portlovlar va ikki kishining o’limi bilan yakunlangan avtobus yo’lto’sarligi voqealariga ham aralashgan deb hisoblaymiz, dedi bayonotni e’lon qilgan AQSH Davlat Departamentining vakili Richard Boucher.
O’zbekiston Islomiy harakati, shungdek, O’zbekiston hukumatini zo’ravonlik bilan ag’darish borasida ochiq chaqiriqlarda bo’lgan va Qirg’iziston hamda O’zbekiston hududlariga qurolli bosqin uyishtirgandi. Bu esa O’zbekiston xafszilk kuchlariga mansub bir qancha kishining o’limiga sabab bo’lgandi. Shu o’rinda ta’kidlamoq kerakki, O’zbekiston Islomiy harakati yana qo’shimcha terroristik hujumlar uyushtirishni ham rejalashni davom ettirmoqda.
O’tgan yilning Sentyabr oyida O’zbekistion Islomiy harakati 13224 raqamli qaror bilan tahlikali terroristlar ro’yxatiga olingan eid. Endigi qaror yana bu tashkilotni 34 ta eng xafli terroristik guruh safida qoldiradi. Bu esa AQSH fuqarolariga O’zbekiston Islomiy harakatini mablag’ bilan ta’minlash, moddiy qo’llab- quvvatlash kabi omillarni ta’qiqlaydi va Moliya vazirligiga bu tashkilotning har qanday hisoblarini yopib tashlash huquqni beradi.
Shuningdek, bu tashkilot a’zolari va vakillariga AQSH ga kirishlari uchun viza berilmaydi, deyiladi Davlat departamenti tomonidan tarqatilgan bayonotda.

19.O’IH ATROFIDA TURLI XABARLAR

Keyingi kunlarda dunyo matbuotida O’IH haqida bir-biriga zid ma’lumotlar paydo bo’lmoqda. Kimdir bu harakat parchalanib, yakson bo’lib ketdi, desa, yana kimdir bu harakat tarqoq kuchlarni birlashtirib qaytadan oyoqqa turdi, degan iddaoni qilmoqda.
Jumladan, Amerikadagi tashqi siyosat masalalari bilan shug’ullanadigan Stratfor tadqiqot markazi 2002 yilning 3 Oktyabrida e’lon qilgan hisobotida O’IH yaqinda Markaziy Osiyo Islomiy Harakatiga aylantirilgan, deb yozadi. Xuddi shunday ma’lumot bir yil oldin rus manbalari tarafidan ham tarqatilgan, lekin keyinchalik tasdig’ini topmagan edi.
Bu safar Amerikadagi Markaz Qirg’iziston Milliy Xavfsizlik xizmati rahbari Kalik Imankulovga asoslanib bu gapni aytgan. Qirg’iziston mulozimiga ko’ra, yangi tashkilotga O’IH bilan bir qatorda qirg’iz, tojik, uyg’ur aqidaparastlari ham qo’shilgan. Ularning iddaosi O’zbekiston, Tojikiston, Qozog’iston, Turkmaniston va Sharqiy Turkiston hududlarida yagona xalifalik qurish ekan.
Ma’lumotlarga ko’ra harakatning markazi Badaxshonda bo’lib, uning rahbari esa Tohir Yo’ldoshevdir. Vremya MN gazetasining 2002 yil 9 Oktyabrda yozishicha u Afg’onistonda emin-erkin yurgan bo’lishi mumkin. Ammo O’zbekiston Prezidenti Tohir Yo’ldoshevning Pokistonda ekanligi va Islomobod hukumati uni ushlab berish masalasiga diqqat qilmayotganini aytgandi. “New York Times” gazetasi mazkur masalani tadqiq qilar ekan, O’IH mintaqani xavotirga soladigan darajadagi kuchga ega emasligini ta’kidlaydi.(2002 yil, 9 Oktyabr) Harbiy lider Juma Namanganiyning halok bo’lgani va Tohir Yo’ldoshevning jangovar qobiliyati yo’qligi borasida yozgan gazeta terroristik tashkilot-Al Qoida tor-mor bo’layotgan kunlarda O’IHning qayta tirilishiga ishonish qiyin ekanligini uqtiradi.
Ammo Stratfor markaziga ko’ra, islomiy kuchlarning bir harakat ostida top’lanishi yana Qirgiziston janubida oldingi yillardagi kabi vaziyatni vujudga keltirishi ham mumkin. Ba’zi kuzatuvchilar O’IH harakati haqida keyingi kunlarda turli iddaolar o’rtaga otilishini Moskva va Vashington o’rtasida Markaziy Osiyoga kim ko’proq ta’sir o’tkazadi, degan raqobatning bir ko’rinishi deb qaramoqdalar. Jumladan, yaqinda MDHning Kishinevdagi yig’ilishida(2002 yil, 6-7 Oktyabr) mazkur hamjamiyatga oid Aksil- terror tashkilotining Markziy Osiyo bo’limini ochish to’grisida qaror qabul qilinishiga bog’layotganlar ham bor. Bunday qarashdagilar ko’ra shu yo’l bilan Rossiya ham mintaqada o’z ta’sirini saqlab qolmoqchi.Rus matbuotida suhbati berilgan (Nezavisimoye voennoye obozereniye, 2002 yil, 11 Oktyabr) Tojikistondagi rus qoshinlari generali Aleksandr Markov ham O’IH shu kecha kunduzda Hizbu At Tahrir va boshqa kuchlar bilan birlashib hujum qilishga hozirlik ko’rmoqda, ekanligini urg’ulaydi.
Ammo ko’pchilik kuzatuvchilar bu qarashda jon yo’qligi, O’IH jangovar qobiliyatini yo’qotib bo’lganini aytmoqdalar. “New York Times” gazetasi(2002 yil, 9 Oktyabr) yozishicha, O’IH eng kuchli bo’lgan paytlarda ham qo’shinlarining soni 1,5 mingdan oshmagan va bugunga kelib bu harakat tarqalib ketgan.
Rossiya bu harakatni “tiriltirish”ga uringani bilan O’zbekiston va hatto bugungi kunda Qirg’iziston ham quruq gaplardan nariga o’tmayotgan Rossiyani emas, balki amaliy yordam ko’rsatayotgan Amerikaning mintaqada qolishini istamoqda. Markaziy Osiyo liderlarining Dushanbe yig’ilishida ham bu ochiq aytildi.Ayniqsa, Islom Karimov AQSH qo’shinlari mamlakatdan ketishini istamayotganini bot-bot ta’kidlamoqda. Demak u ham O’IH mavjudiyatiga va tahlikasiga ishonmoqda.

20.O’IH BUYUK BRITANIYADA

Buyuk Britaniya Ichki Ishlar vazirligining taqdimoti bilan bu mamlakatning parlamenti “Jamoai Islomiya”, “Abu Sayyof” va “Asbat al Ansar” diniy guruhlari qatorida O’zbekiston Islomiy Harakatining ham faoliyatini o’z mamlakati ichida man etdi. Bu boradagi qonun loyihasi 2002 yilning 31 Oktyabr kuni kechqurun parlamentning har ikki palatasi tomonidan ma’qullandi.Shu bilan Angliyada terrorga aloqadorligi bilan ta’qiqlangan tashkilotlar soni 25 taga yetdi.
Rus manbalariga ko’ra Britaniya qo’lida O’zbekiston Islomiy Harakatining Moskvadagi garovgirlik voqelari( 2002 yilning Oktyabrida teatrda tomoshabinlarni garovga oilingani)ga aralashgani haqida ma’lumot bor. Zotan Rossiya prezidentining yordamchisi Sergey Yasterjemskiy bergan bayonotga ko’ra, Rossiyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Grigoriy Karasin O’zbekiston Islomiy harakati Angliyada man etilgani haqidagi ma’lumotni Moskvaga berganini aytgani juda qiziq. Demak nafaqat chehcenlar, balki O’zbekiston Islomiy Harakati ham Moskvani qiziqtirmoqda.
Shu kuni(2002 yil 31 Oktyabr)prezident Putin rahbarligida o’tgan Rossiya xavfsizlik kengashining majlisida terrorizmga qarshi kurash MDH davlatlari bilan birga olib borilishi masalasi muhokama qilingani ham shuni ko’rsatadiki maxfiy xizmat xodimlari qo’lida qandaydir ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Yoki O’zbekiston Islomiy harkari mansublari bir oaytlar Chechenistonda mashq olishgani, keyin bir qator chehcenlar Juma Namanganiyning qo’l ostida faoliyat ko’rsatgani Moskvani bezovta qilgan bo’lsa kerak, deb xulosa qilish mumkin. Lekin Indoneziyada Bali portlashlarida gumon qilingan, Filippinda terroristik faoliyatlari bilan tanilgan guruhlar qatorida ayni Moskvadagi voqealardan keyin O’IH Angliyada qora ro’yxtga olinishi, darhaqiqat nimdandir ishora edi.
“Avroosiyo Net” interenet sahifasi tarqatgan ma’lumotda esa O’zbekiston Islomiy Harakati 2003 yilda jiddiy amaliyotlarga o’tish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda deyiladi. Bu esa Moskva voqelaridan keyin O’zbekistonda darhol Xavfsizlik kengashi majlisi chaqirlagani va qattiq tadbirlar olingani ortidagi savollarni ham bir qadar oydinlashtiradi. Ayni shu kuni AQSH Davlat Departamenti Amerika fuqarolarini ogohlantirish haqida bayonot e’lon qilib, O’zbekistonga bormaslikka, borganda esa ehtiyot choralarini ko’rishga, ayniqsa Surxondaryo tomonlarga o’tmaslikka da’vat qildi. “Hamza” teatri yonida mirshabalar paydo bo’lgani, Muqimiy nomli teatrga kirib chiquvchilar tekshirilgani, “Navoiy” opera va balet teatri yonida xavfsilk tadbirlari olingani, chegaralar bo’ylab shay holat joriy etilgani ham bejiz emas. 1999 yil 16 fevral voqelarida Toshkent dastlab chechenlarni ayblagan, lekin keyin bu fikridan qaytgandi. Ammo O’IHning chechenlar bilan yaqin aloqasi borligi, Chechenistonning Toliblar huzurida elchsi bo’lgan Zelemxon Yandarbiyevning Moskva voqelarini bevosita boshqargani va Rossiya u haqda xalqaro qiduruv e’lon qilgani ham masalaning bir jihati. Chunki Toshkent Zelemxon Yandarbiyevni o’z dushmanlarining rahnamosi deb biladi.
Xullas, bularning hammasi Juma Namanganiy o’ldi, O’IH tor-mor bo’ldi, degan gaplarga ham zid. Zotan o’zbek televideniyesida chiqish qilgan(2002 yil 31 Oktyabr) Ichki ishlar vaziri Zokir Almatov O’IHning mansublari Tojikiston va Afg’oniston bilan Pokiston orasidagi tog’larda yurganlarini aytdi. Xabarlarga ko’ra Tohir Yo’ldoshev yangi amaliyotlarga boshchilik qilishi mumkin ekan. Lekin bugun ularga dunyo tor bo’lib qolgan. U holda “tor uyda tomosha” degan naql esga keladi. Tor uyda tomosha ko’rsatishning esa hech kimga foydasi yo’q.

21.O’IH VA SAID ABDULLO NURIY

Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi, degan gap bor. Ammo bu “Yashasin Sovet ittifoqi” degan gap nafaqat eskirgani, balki modadan tushgani kabi odatdan chiqmoqda. Chunki qarg’a qarga’ning ko’zini nafaqat cho’qiydigan, balki zo’r kelsa o’zini yeb yuboradigan ham misollar ko’p. Shulardan biri, Tojikiston Islomiy uyg’onish partiyasining lideri Said Abdullo Nuriyning yaqinda anchagina shov-shuvlarga bois bo’lgan suhbatidagi gaplardir.
U partiyasining nashri hisoblangan “Najot” haftaligi(2002 yil, 19 Niyabr)da chiqqan suhbatida kutilmaganda “O’zbekiston Islomiy Harakatining Afg’onistondagi qoldiqlari Markaziy Osiyoga, jumladan, Tojikistonga ham xavf solmqoda” dedi. Aslida haqiqatdan ham O’IH ning qoldiqlrai mavjud bo’lsa, bu Tolibonning qoldiqlari kabi tahlikldir. Zero bugunga kelib bu harakatning toliblardan hech qanday faqri yo’qligi ravshan bo’lgan narsa. Chunki bu harakat mansublari toliblar safida turib mahalliy o’zbeklar va tojiklarga qarshi, tarixiy va zamonaviy madaniyatga qarshi qo’l ko’tardilar, demokratik kurash yo’lini tan olmadilar.
O’IH anashu yo’lga kirgan kunlardayoq Said Abdullo Nuriy qo’lini yuvib qo’ltig’iga urgan bo’lishi mumkin. Chunki oz’bekistonlik musulmon yigitlar unga hukumatga kelguniga qadar kerak edilar-da. Tojikiston hukumati tarkibiga kirgandan keyin uning siyosatida milliyatchilik ham oldinga chiqa boshlagani sir emas. Shu bois ham u Tolibonni emas, balki Shimoliy ittifoqni tanladi.
Ammo, O’zbekiston Islomiy Harakati liderlari “Biz Tolibon saflarida turib jang qilmoqdamiz” deya bayonotlar bergan kezlarda nima uchun Nuriy bu harakatni qorlamadi va bugun ish bitib, g’isht qolipdan ko’chganda bunday bayonot bilan chiqqani tabiiyki, qiziq. Bu ham siyosatning bir bo’lagi. Chunki islomiy kuchlar hukumatga yaqin kelganda va yoki kuch mavqeiga aylangan kezlarda ichki bo’linishlar o’rtaga chiqishi an’anaga aylangan. Mazhabchilik, tariqatchilik, oqimchilik va hatto xonaqohchilk kabi tobora maydalashib, bo’linib ketaveradilar.
Said Abdullo Nuriy O’IH vahobiylik oqimi yo’lidan ketgani bois Tohir Yo’ldosh bilan aloqlarini uzgani ko’pdan ma’lum narsa. Uni O’IHga bog’lab turgan esa Juma Namanganiy bilan bo’lgan yaqinligi ekanligi aytiladi. Bugun bu qarta ham qo’ldan tushgan.
Uning yuqorida zikr etilgan suhbatida “Hizbu at Tahrir xalifalik quraman, deb Markaziy Osiyoga, bu yerdagi konstitutsiyaviy tuzumlarga tahlika solayotgan navbatdgai kuchdir” deb aytishi ham o’z yo’lini ajratib, aniqlashirib olishga qaratilgan va yoki jon saqlab qolishga uringan odimi bo’lishi mumkin. Chunki bundan ikki-uch oy oldin Tojikiston prezidenti parlamentdagi nutqida radikal islomiy oqimlar Tojikiston davlatiga tahlika solmoqda deya, uning payini kesishga chaqirgan edi. Shu bois Nuriy etagini qoqoib olishga qaror qilgan bo’lsa ajablanadigan joyi qolmaydi.
U hatto Tojikiston Islomiy uyg’oniy partiyasining radikal qanotidan ham yuz o’girganini ma’lum qilgan. Lekin polkovnik Mahmud Xudoyberdiev kuchlarining tahlikasi haqida gapirar ekan, bu borada Tohir Yo’ldosh bilan g’oyadosh, qarashlari bir xil ekanligi ko’zga tashlanadi. Chunki Tohir Yo’ldosh ham Mahmud Xudoyberdiyevni nafaqat Tojikistonning, balki O’I H ham dushmani, deb e’lon qilgandi.
Eng asosiysi esa, Tojikistonda hukumatga kirgandan keyin Nuriy ko’rdiki, xalqning asosiy qismi radikal islomiy tuzumni istamaydi. Agar xalqning aksariyati bu tuzumni istaganda edi, har qanday bosimga qaramasdan bu partiya saylovdan hozirgisi kabi tuyaning oldidagi chumuq kabi yengilib chiqmas edi. Turkiya misoli shuni ko’rsatdiki, dunyoning boshqa joylarida ham xalq radikal islomiy kuchlarni qo’llamaydi, balki xalq demokratiya va mo’tadillikka moyildir.
Radikal qarashlari bilan tanilgan Najmiddin Erbaqan 30-40 yillik kurashi davomida Turkiyada hech qachon yakka boshiga hukumatni boshqaradigan partiyaga ega bo’lgan emas.Lekin mo’tadil qarashlari bilan tanilgan Rajab Tayyib Erdo’gan guruhi ikki yilda bu ishni uddalay oldi. Balki Nuriy ham Tojikistonning kelajakdagi Erdo’gani bo’lishni o’ylayotgan bo’lsa ne ajab? Chunki uning yuqoridagi kabi bayonotlari nafaqat Tojikiston hukumati va aksar xalqiga, balki qo’shnilariga ham ma’qul tushishi mumkin. Tabiiyki orqasida yashirin niyatlaru va qabih oyinlarisiz, samimiy bo’lsa!

22.O’IH VA POKISTON

Keyingi payta Tohir Yo’ldosh haqida hech qayerda ma’lumot yo’q edi. Garchi uning Pokistonda bo’lishi mumkinligi va O’zbekiston hukumati uni ushlab berish talabi bilan Islomoboda murojaat qilgani haqida gaplar bo’lsada, lekin taqdiri bilan bo’gliq aniq gap aytilmas edi.
Ma’lumki, Pokiston hukumati ,2004 yilning 16 Mart kuni Al Qoida jangchilari bo’lishi mumkin, deya shubha qilingan kishilar bekinib yurgan joy-Janubiy Vaziristonga minglab askarlar jo’natib, harbiy amaliyotlarni boshlagandi. Bu Pokiston hukumati terrorizimga qarshi AQSH boshchiligidagi urushga qo’shilgandan keyingi eng katta harbiy harakat hisoblanadi. Chunki Al Qoidaning a’zolari bo’lishi mumkin, deya shubha qilingan kishilar AQSH boshchiligida terrorizmga qarshi kurash oqibatida Afg’oniston hududidan qo’shni Pokistonga qochib o’tishgandi. Ularning orasida Tohir Yo’ldosh va uning bir qancha tafadorlari ham borligi ma’lum bo’ldi. Pokiston hukumati bu mintaqada Tohir Yo’losh boshchiligida qarshlik ko’rsatilayotganini ma’lum qildi va ilk bor uning ismiga “qori” kalimasini qo’shib aytishdi.
Pokistonning harbiy so’zlovchisi general mayor Shavkat Sulton 2004 yilning 28 Mart kuni bergan bayonotida esa “Razvedka manbalari va nazorat ostiga olinganlarning aytganlariga asoslanib ma’lum qilamizki, Al Qoidaning yuqori martabali rahbarlaridan, o’zbekistonlik Tohir Yo’ldoshev o’g’ir yaralangan bo’lsada qochib ketdi” dedi.Endi ilk bor Tohir Yo’ldosh “Al qoid terroristik tizimining yetakchilaridan biri deb e’lon qilingandi.
-Janglar asnosida taqriban oltmish nafar jangari o’ldirildi va yana shuncha kishi jarohatlandi,- dedi general,-Jarohatlanganlardan biri “Al Qoida”ning yuqori martabali a’zosi Tohir Yo’ldoshev bo’lib u bir necha hamrohi bilan qayerdadir bekinib yuribdi.
“Amerika ovozi” radiosining Islomoboddagi muxbiri Ayoz Gulga asoslanib berilgan bu xabar O’zbekiston Islomiy Harakatining rahbari va Afg’onistonda hukumronlikdan tushirilgan Tolibon hukumatiga yaqin bo’lgan, O’zbekstonda terroristik hujumlarni amalga oshirganligi yuzasidan qidirilayotgan Tohir Yo’ldosh taqdiri borasidagi qariyb ikki yildan beri e’lon qilingan dastlabki ma’lumot bo’ldi.
Bunga O’zbekiston ham darhol munosabat bildirdi. Jumladan, Islom Karimov bir jurnalistning bu boradagi savoliga javob berar ekan, “Mabodo amerikaliklar, avvalo ularning maxsus xizmat xodimlari Yo’ldoshevdan foydalanmoqchi bo’lsalar, shuni aytishim kerak, Yo’ldoshev tom ma’nosi bilan tirik murdaga aylanib bo’lgan.Jismonan murda bo’lmasada, lekin o’z imkoniyatlarini tugatib bo’lgan. Bu quruq surat atrofida, men uni shaxs emas, quruq surat deyayapman, sensatsiya ko’tarishga ehtiyoj borligini ko’rmayapman. U sudgs berilishi lozim bo’lgan o’nlab jinoyatchilar jumlasidan bo’lgan bir jinoyatchi, xolos”, dedi.
Bu esa Tohir yo’ldosh haqida xabarlar paydo bo’lgani O’zbekiston hukumatini asbiylashtirayiotganini ko’rsatar edi. Garchi u quruq surat deb aytilsada hukumatning shu kuni Pokistonning elchisini chaqirtirib, qo’lga tushganlar orasida bo’lgan o’zbeklarni Toshkentga berishni talab qilishi va maxsus muzokara yuritishi bu masalaga e’tiborsiz qaramasligining dalili edi.

(DAVOMI BOR.)
Eslatma:Mazkur kitobning “Amerika ovozi” radiosida e’lon qilingan aksariyat bo’limlari kelgusida web sahifaga qo’yiladi)

2 Responses

  1. […] 22.Ислом лашкарлари […]

  2. […] 22. Islom lashkarlari […]

Comments are closed.