Savol-Javob

Jiddiy xatolarimiz bor

SAVOL: Mister Qalampir: Hurmatli Jahongir aka! Ismimni to’liq yoza olmaganim uchun meni kechirasiz degan umitdaman. Men ham boshqa muxlislar qatorida Sizning asarlaringizni Jahonnomada o’qib to’g’risi lol qoldim. Fikrlarim biroz o’z savollarining javobini topgandek bo’ldi. Hozirga qadar savol yo’llamanimning sababi mendagi savollarni boshqa muxlislar berib bo’lishgani edi.
Sizdan, malol kelmasa, bir savolim bor. Bu men uchun juda qiziq.
Sizning ko’rsatmaringiz bo’yicha Islom Karimov o’zining atrofidagilarni o’ziga kerak bo’lmay qolganda almashtiradi va ularni sudga bog’lab qo’yar ekan.
Ko’p bo’lmadi, Buxoro viloyat hokimi Samohiddin Husenovning o’rniga ismini to’liq bilmayman, balki, Esanov ….. “joylashib” oldi.
Shularning holatlari va sabablarini to’liq izohlab bersangiz.
Eshitishim bo’yicha ushbu kishilar bir joyda tug’ilishgan va bir joyda faoliyat olib borishgan ekanlar.
Javobingiz uchun oldindan rahmat…

JAVOB: Maktub va e’tiboringiz uchun katta rahmat.
Bilasizmi Stalin Kalininning xotinini qamaganda u kabinetida indamay o’tiravergan. Xuddi shu hol O’zbekistonda bugun mavjud. Bularku bir joydan ekan, xotini mansabdan olinganda eri Karimovga maslahatchilikni davom ettirgan, erini qamaganda xotini Karimovni maqtab va’zlar aytgan hollar ham mavjud.
Samoyiddin Husenov oila mafiyasi Gulnora Karimovaning “mulki” edi. Ammo bu mafiyaning otasini eng katta mafiyaboshining qahridan Gulnora ham qutqara olmadi.Lekin Gulnora Husenovning o’rniga o’sha guruhdan odam topib ko’p narsani qutqarib qolgan bo’lishi mumkin. Bu endi taxmin. Chunki Karimov qizining ham ko’nglidagini o’qiydigan odam.

SAVOL:Mister Qalampir: Hurmatli Jahongir aka!Javobingiz uchun katta rahmat!
Dunyoda mavjud barchasini bilishimiz mumkindir-u? ammo burnimiz tagini ko’rolmasligimiz mumkin.

Aytmoqchimanki, men har ikkalasiga ham talabgor emasman. Ko’pgina saytlarni ko’zdan kechirdim va kechirmoqdaman. Hozirda jiddiy savol bilan murojaat qilganim faqat Jahonnoma bo’lmoqda. Malol kelmasa Sizga o’zimni qiziqtirgan savollar bilan bog’lansam.

1. Buxoro Amirligining so’nggi amiri Olimxon ham huddi hozirda Islom Karimovdek (IAK haqidagi ma’lumotlarni sizning saytingizda o’qiganman izohlar bilan) oltinlarni “kerakli” banklarda joylashtirgani kabi o’zlashtirishga harakat qilgan ekan.

Ushbu ikki “arkoni oliy”larning tafovutlarini qanday izohlaysiz va millat boyliklarining taqdirini qanday ko’rasiz? Boyliklar agarda afsona bo’lmasa, ularni yana o’z egalariga qaytarish tartibi qanday bo’ladi?2. Xalqning maqoliga aylanib borayotgan yana bir mavzu bor!
Gulnora aslida Amir Olimxonning qizi emishki, Buxoro unga amirdan meros qolmishki!Bu uchlikni o’zaro bo’g’lagan “ip” nima?Javobingiz uchun katta rahmat, hurmat bilan…..M.Q.

JAVOB: Buxoro amiri va Karimov xalqqa zulm o’tkazishda ayni zehniyatning odamlari. Lekin Buxoro amirini urus kommunistlar qulatgan, Karimovni esa urus kommunistlar tiklagan. Ularning farqi mana shunda.

Boyliklar masalasiga kelganda, qo’ldan chiqqan narsa qaytmaganidek, ketdimi ketdi.

Bugungacha Amir Olimxonning boyliklarini hatto uning qarindoshlari ololmayotganidek,(ololmaydi ham) Karimovniki ham boshqalarning komi-karmaniga ketadi. Ularni qaytarib bo’lmaydi. “Qaytaraman”, “qaytardik” degan gaplar aldovchi gaplardir. Amalda xalqqa qaytmaydi. Bu ham umumdunyoviy bir fojea.

Gulnora masalasiga kelsak, uning safiga Lola ham qo’shildi va ular O’zbekiston boyliklarining kemiruvchilaridir. Bu kemiruvchilar dunyoning turli joylarida turli nomlarda kelajaklari uchun “yer osti teshiklarini” yaratib qo’yibdilar.

Ular Saddam va Qaddofiyning bolalaridek hokimiyatga intilmaydilar, bu ehtiroslaridan voz kechdilar, bu o’lim bilan tugashi mumkin, ular boylikka intildilar va qo’limiz qon emas deb jazodan qochib qolishlari hech gap emas.

Ular juda ayyor tulkilardir. Ovchilar oz, homiylari ko’p. Afsuski, shunday.

Bu o’rinda ham xalq omadsiz va xalqni talaganlar omadli bo’lib chiqmoqda.

Demakki, jiddiy xatolarimiz bor va ularni topib tuzatmagunimizcha omadsizlik davom etadi.

JM.

2 Responses

  1. Ҳурматли Жаҳонгир ака!

    Асарларингизнинг бирида таъкидлаганингиздек, девондан тортиб қуйи ташкилотларда ҳам бошлиқлар томонидан ходимларнинг онасини “мақташ” ҳоллари мавжуд.

    Балки, бу ҳақда айтмаслигим керакдир, аммо бир инсоннинг қилган ҳатти ҳаракати мени “портлатиб” юборди. Ҳозир ҳам унга ҳавас қилмоқдаман!
    Ҳокимлик мажлисида ҳурматли катта ташкилот рахбарлари ва ходимларини тартиб билан бирма-бир чунонам туғилганига пушаймон қиларди. МХХ ва бошқалар ҳам каттанинг бошида соябон эдилар,ўша мажлисда.
    Навбат бир ташкилот раҳбарига етиб келди, (сизга ўхшаб олдиндан огоҳлантирганми шекилли яна билмадим), у ҳам каттанинг онасини “мақтаб” жавоб қайтарди. Залда жимлик ҳукм сурди. Бошқалар эртак эшитиш учун момоларига тикилган сингари каттага ва бир “кичикка” термулишарди. Сукунатни кичик бузди. Бошқаларга қарата фикрини айтди: Сизлар қанақа одамсизлар, азиз онангизни ҳақорат қилишларига чидаб турсангиз?!, олсанг ишингни оласанда дея шартта залдан чиқиб кетди ва ишини топширди. У ҳар ишни вақтида қилди.
    Менинг обрўйим ҳам яхши эдику-я, аммо мен ҳам бошқалар сингари ҳар кун бўладиган “мақтов”ни ҳазм қилишга мажбур эдим. Афсуски бошқачароқ йўл билан мен ҳам бундай расволикка кейинги кун барҳам бердим. Аммо, у каби эмас албатта. У каби ўз вақтида жавоб қайтариш эмас, балки, бундай муомалани бас қилиш кераклигини ўша вақтда айта олмаганим учун хафа бўлдим.
    Бундай тартибга ишга янгидан кириб келаётган ёшлар ҳам ўрганиб боришмоқда.
    Ёшларнинг ёлғон ҳисобатларни тайёрлашларини кўриб баъзан ижод қўйнида илҳомланаётган шоир сиймосини кўз олдимга келтираман.
    Ушбу ҳисоботлар ўз вақтида тайёрланганлиги учун каттадан “Баракалла” сўзини эшитиш вақтинчалигини ҳамда ушбу ҳисоботлар вақти келиб бу ёшларни чирмовуқ каби бир кун келиб бўғишини уларга қайдан ҳам тушунтура оласан киши?!..

    Сизнинг фикрингизча Ўзбекистон қанча муҳлатда бу каби салбий оқибатлардан қутилиши мумкин? Ёшларчи? Ҳозирда ташкил этилаётган академик лицей ва коллежларда, (институтларни айтмаса ҳам бўлади, чунки уларда тайёр порахўр кадрларни шундоқ ҳам мажбуран тайёрлашади ёки талаба бундан “ОЧИСЛЕНИЕ” бўлиб қутулади), янгидан ташкил этилаётган чет эл олийгоҳларида таълим олаётган кадрлардан умид борми? “Умид” ёшларни четга ўқишга жалб этиш проектидан умиднинг ўзи қолмади. Ёки коллежларни ҳозирда чет элга пул топиш илинжида нафақат ўқитувчилар балки аксарият қисми ўқувчилар тарк этаётганларидек чет эл институтларида ҳам бир хил бўлиши мумкинми? Кундаликка айланиб ораётган маддоҳлик болалар яслисидан бошланиб турган бир шароитда (ёшгина болаларнинг эртак эшитиши лозим бўлганда конституцияни кўр кўрона ёдлатишгани ва ТВда такрор ва такрор намойиш этишганичи) аниқ бир чора тадбир борми?

    Ҳурат билан М.Қ.

  2. Assalomu aleykum hurmatli Jahongir aka! Siz bilan muxlislaringiz orasidagi savol va javoblar rossa menga qiziqish uygotdi. Ayniqsa Buxoro viloyatining sobiq hokimi janob Samoyiddin Husenovga bagishlangan suhbatlar. Men ham shu yurtning farzandi bulganligim, meni ham janob Samoyiddin Husenov rahbarlik davrida shu viloyatda ishlab uning muzikasiga uynamaganligim oqibatida, bir kunda vazifamdan chetlatilganim, hali hanuz kareram yarim yo’lda singanligi menga tinchlik bermayapti, men O’zbekistonda tugilib o’sib voyaga etib shu yurtga halol xizmat qilayotganimda, S.H.ninig va unining shahzoda o’gli Sharofiddin Husenovning nogorasiga uynamaganligim sabab bo’ldi, hatto vloyat MXX rahbariyati ham uning yo’rigidan chiqa olmadi. Vaqti kelib janob Samoyiddin Husenov va uning shahzodavachchalari ham tegishli javobgarlikka tortildilar, biroq men misolimdagi yuzlab yosh malakali xodimlar asossiz tergov va jazo muassalariga tushib qolishgani hammaga ayon. Men va menga o’xshagan navqiron aqli joyida va kuchi bilagida bolgan insonlar nima qilishi mumkin.

    Maslahatingiz uchun oldindan raxmat.

    O’zimni xavsizligimni uylab ismimni yozmaganligimni ma’zur tutasiz deb uylayman.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: