“Hovliqma”larni tinchitib qo’yish manyovri
Savol: O’zbekiston Senati prezidentlik saylovlari vaqtini 2014 yil dekabridan 2015 yilga ko’chirdi. Sizningcha bu nimani anglatadi? (Toshkentdan Jaloliddin).
Javob: Buni qonun loyihasini taqdim qilgan Islom Karimov idorasi prezident saylovining parlament saylovlari bilan ayni paytga to’g’ri kelib qolishining oldini olish degan. Boshqacha aytganda, parlament saylovidan keyin oradan 90 kun o’tib prezident saylovi bo’ladi. Bu maqsadning niqobi.
Menimcha, bu doimiyga emas va bir martalik o’yindir.
Gap shundaki, Karimov bu odimi bilan ikki maqsadni ko’zlagan.
Birinchidan, u Rossiya, Avropa va Amerikaga hamda xalqqa “Kutinglar, ketishimga oz qoldi” degan mujdani berish yo’li bilan taxtda xavfsizroq o’tirish uchun zamin hozirlashni ko’zlagan.
Ikkinchidan, 2015 yilgacha o’zining o’rniga bo’ladigan odam kimligi noma’lum qolishini e’lon qildi.
Karimov 2014 yil oxirida bo’ladigan saylovda o’zidan keyingi hukmdorning nomzodini bitta partiyaning tepasiga o’tqazib qo’yib, uni ko’pchilik ovoz bilan parlamentga olib kelib, boshqaruv vakolatlarini tantanali ravishda unga topshirishni rejalaganiga ishora qildi. U Mirziyoev, Azimov va boshqa Allambaloevlardan ham umid bilan parlament saylovigacha o’pkalarini quchoqlab, sadoqatla xizmat qilib o’tiraverishni so’ramoqda.
Xullas, bu uning 2015 yilgacha hamma “hovliqma”larni tinchitib qo’yish manyovridir. Undan u yog’iga Xudo poshsho!
J.M.
Filed under: Kundalik, Savol-Javob |
Assalomu alaykum Jahongir aka!
Sizga to’kis sog’lik va umri uzoqlik hamda ezgu ishlarizga rivoj tilab, ba`zi fikrlarimni qoldirishni ma`qul topdim. Bu yerga yozayotganimning sababi, http://turonzamin.org/ da ham https://jahonnoma.com/da ham sizning pochta manzilingizni yoki savol yo’llash bo’limini topa olmadim. Saytlaringizning avvalgi talqinlarida bor edi, o’ylaymanki, sizga xatlar ko’pligidan, xatto “spam”lar usyushtirilganligidan ularni endi qaramasangiz kerak. Siz uzbekcha-englizcha lug’at yozish jarayonida muhlislaringiz bilan muloqotni susaytirib qo’ygan edingiz, lekin biz hafa emasmiz, sababi bu lug’at o’sha suhbat va savol-javoblardan ancha foydaliroq. Mana bir necha oydan beri yana faollashib qolganingizdan mamnunmiz. Agar har xil odamlarning har xil gaplaridan charchamagan bo’lsangiz savol yo’lash uchun saytingizda biror bo’lim ochsangiz yoki pochta manzilini ma`lum qilsangiz.
Sizning qarashlaringizdan habardormiz, endi faqat munosabatlaringizni emas, tarixiy dalillarni ham bilmoqchimiz. 20-25 yil ilgarigi tariximizni asl holicha tiklashimiz zarur. Bu yo’lda kimlar yordam berishini o’zingiz yaxshi bilasiz. Biz sizning yozganlaringiz va Bobur Malikovning aytganlariga ishonishimiz mumkin xolos. Qolganlarning kundaliklarini va kitoblarini o’qiydigan bo’lsak, Bitta ikkita shubhali dalil topishimiz uchun tarixga umuman aloqasi bo’lmagan yuzlab shaxsiy janjallarini o’qib vaqt sarflashimizga to’g’ri keladi. Qolaversa, salbiy-ijobiy siyoh va bo’xton aralashganini bilganimizdan so’ng yana hafsalamiz pir bo’ladi.
Kimning aslida kimligini sizdan yaxshi ochib beradigan odam yo’q, iltimos: hech yo’q “ZAMONDOSH”dagi suhbatlarni davom ettirsangiz yoki asl muhlislaringiz bilan muloqotni tashkil etsangiz bizni nafaqat xursand qilgan, balki, biz qorong’i yo’lda dovdiraganlarga fonus bo’lar edingiz.
Barcha sizni hurmat qiluvchi muhlislaringiz nomidan ShohiJahon.