Savol-Javob

Umidki, bu yil uning beliga oltin kamar taqadigan “mard” chiqmaydi

SAVOL:Islom Karimov 74 yoshga kirmoqda. Unga tug’ilgan kuni arafasida qanday tilagingiz bor?

JAVOB:Qarigan chog’ida tug’ilgan kunining kelaverishi insonning tobora oxiratga yaqinlashib boraverishini eslatguvchi belgidir. Islom Karimov uchun bu dunyoda yana necha bor bu belgi ko’rsatiladi, ya’ni unga necha bor tug’ilgan kunni nishonlash nasib etadi, bu menga ayon emas.

Men shuni istagandimki, u foniy dunyodan ketgandan keyin ham odamlar uning tug’ilgan kunini yaxshi xotira bilan nishonlashlari haqida o’ylasin. Lekin bunday yo’l tutmadi va tutmayotir ham.

Inson bu olamni tark etgandan keyin uning tavallud yoki marhumiyat kuni har yili takror kelgan paytda uning ruhiga duo qilish odat tusiga kirib qolgan. Karimov duo emas, qarg’ish jamg’ardi va jamg’armoqda.

Shuning uchun bugun aniq bo’lgan narsa uning “ketish” kunini o’zbekistonliklarning aksari QUTULISh KUNI deb nishonlashlaridir. Boshqalarni bilmayman, lekin Tangri umr bersa, men o’sha kunni Qutulish kuni deb nishonlayman. Chunki bu mening emas, millatning qutulish kuni bo’ladi.

“Uni Yaratganning o’zi bu yo’ldan qaytarsin!” dedik 20 yildan buyon. Lekin bu tilagimiz amalga oshmay qolayotganining sababi Yaratganning shaytondan yuz burgani bilan bog’liq bo’lsa ne ajab?!

Bugun zolim Karimovga sig’inayotganlar, uning fitratidan “yaxshilik belgilari” qidirayotganlar yoki uning “yaxshi tomonlari”ni topayotganlar safi kutilmaganda kengaymoqda. Bu irodataqchillik virusining tuzalmas baloga aylana boshlashidir.

Zotan, diktatura kulminatsiya nuqtasiga yetganda diktator millatning bir bo’lagi uchun atoi xudoga aylanadi va u o’lganda shu bo’lak yetim qolgan bola kabi qon-qon bo’zlaydi. Bu holat insonning o’zligini (ixtiyor-beixtiyor) yo’qotganini ko’rsatadigan ko’zgo’dir. Qolganlar ham o’zligini yo’qotmasdan turib, Karimov yo’qolsa, bu yaxshilikkadir va bu Qutulish kuni bo’ladi.

Bundan bir necha yillar oldin tug’ilgan kunida uning beliga oltin kamar taqqan Orif Alimaxsumov keyinchalik xuddi shu zolim Karimov tomonidan xor qilindi. Umidki, bu yil uning beliga oltin kamar taqadigan “mard” chiqmaydi.

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: