Savol-Javob

Juda ko’p o’quvchilarning talablari bilan “Savol-Javob” ruknini tiklayapman. Elektron pochtamga yuborilgan yoki ushbu saytning izohlar bo’limida qoldirilgan savollaringizga baholu qudrat, muxtasar tarzda javob berib boraman. Faqat javoblarimni haqiqat deb emas, mening bugungi voqelik va bugungi kun bilan bog’liq shaxsiy mulohazalarim, nuqtai nazarim tarzida qabul qilishingizni so’rayman.

Obamaning omadi bor ekan!

SAVOL: AQShda davom etayotgan saylovlarga munosabatingiz?

JAVOB: AQShda hali prezident sayloviga qariyb ikki yil bor.

Demokratlar emas, Demokratik partiya yana Obama nomzodini ilgari surmoqchi va shuning uchun partiyaning boshlang’ich bo’g’inlarida tanlov kampaniyasi yo’q.

Respublikachilar esa boshlang’ich tashkilotlardagi saylov-tanlovlardan o’tib, bitta nomzod belgilanadigan s’ezdga tomon yaqinlashdilar.

Menga xuddi respublikachilar partiyasi bu saylovni ataylabdan yutqazishni rejalagandek ko’rinmoqda.

Chunki ular bugunga qadar Obamani “nakaut” qiladigan birorta ham nomzodni ilgari surmadilar.

O’rtaga “pachkalab” tashlangan nomzodlar orasida “labi-lunji” to’g’risi yo’q. Deyarli hammasi masxarabozlik bilan band.

Bittasi O’zbekiston degan mamlakatni hatto eshitmagan bo’lsa, ikkinchisi “Turkiyani islomiy terroristlar boshqardi” deb aytishdan ham tortinmaydigan darajada chalasavod, boshqa bittasi katta shtatga gubernator bo’lishiga qaramasdan AQShning uchta vazirligi nomini sanay olmaydigan darajada.

Buning ustiga hammasi radikal. Yo u sohilda, yo bu sohilda. Bittasi Isroilga qarshi bo’lsa, bittasi Isroil uchun dunyoga qarshi urush ochishga rozi va hokazo.

Shularning orasida oz-moz siyosiy basharasi tuzukrog’i Mit Romney. Lekin uning diniy kelib chiqishi savollarni o’rchitmoqda. U mormon. Bu xuddi Saudiya Arabistonida shia nomzodning qirollika da’vogarligi kabi hol.

Obama o’tirgan taxt metin emas. Lekin o’shani ham qo’lga kiritishga kuchi yetadigan nomzod o’rtada ko’rinmayati.

Agar amerikalik nasroniylar ular ishonadigan Bibliyani soxta deb chiqqan va o’z muqaddas kitobini ilgari surgan mormon guruhiga har yili million-million dollar nazr qiladigan mormonboshi – Mit Romneyni saylash darajasiga yetgan bo’lsa, u holda yoqa ushlab, qoyil qolmasdan iloj yo’q.

Lekin… Obamaning omadi bor ekan!

JM.

Leave a Reply

Please log in using one of these methods to post your comment:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: