Gulchehra NURULLAYEVA

SILKINIB-SILKINIB TINGLADIM…

JAHONGIRGA!

Menga uzoq okean ortidan faryodlar kelibdi. “Turonzamin faryodlari”… Bilgichlar yordamida kecha ularni kompyuterga qo’yib eshitdim. Eshitar ekanman, o’kindim…achindim… yig’ladim…quvondim…

SHuning uchun quvondimki, Turonzaminni yig’lab-yig’lab sevguvchi sara farzandlari bor. Men ular bilan faxrlanaman.

Ular bor ekan, bu “zulm qilsa, yorug’ on, deb aytuvchi shohparast qul”lari bor o’lka ham yorug’likka chiqajak, inshoolloh.

Axir bunday kuygunchaklar “Sog’inchlarni so’ndirib, uyg’ona qol, Turonim” deb nido qilmoqda.

Garchi “bu zaminning Erkinlari erklarini kimlargadir bergan” bo’lsalar-da, yana uning “quyoshi tog’larda yiqilib qolgan”iga, “umr degan bir qarich yo’li g’am-g’ussalarga botgani”ga, “fig’oni ko’kka o’rlagani”ga qaramay, “ajal ortdan yetib kelsa ham, chekinmoq yo’q” deb turgan mardlari bor.

Inshoolloh, Vatan shundaylarniki bo’lgusi…Ana o’shanda “qushlar cho’qiyotgan ko’ngil yaralari” bo’lmaganday bitib ketajak. “Kuzlarga aylangan yozlar” yana bahorga oshno bo’lajak. Inshoolloh, “orzular yetimlikdan” to’kislikka aylanajak.

“Silkinib-silkinib o’qiyman xatni” debsiz “Faryodlar”ning birida. Men ham ularni silkinib-silkinib tingladim.

Bugun kechar, fursatlarning

Sultonlari oniydir, –

derkansiz, “omin” dedim.

Navro’z ham mening kabi

Bag’ri yaradir bugun –

kabi satrlardan titroqqa tushdim.

Bu dunyo tuzalsa,

Menga deng la’nat –

kabi alamli nidolar qarshisida muzladim.

Yolim to’g’ri, desa-da ilon,

Izlari sharmanda qiladi –

kabi topilma mushohadalar tasalli bo’ldi tag’in…

Umuman, bir dunyo rang-barang tuyg’ularga oshno bo’ldim “Turonzamin faryodlari”ni tinglab. Tashakkur Sizga. Omon bo’ling. Tez kunlarda shu og’riqli zaminga oyoq bosish nasib etsin Sizga, sizlarga.

Toshkent,27.09.2003.

4 Responses

  1. […] da’vogar“ 4. Yodgor Obid: “Otash qalb uchqunlari“ 5. Gulchehra Nurullayeva: Munosabat 6. Abdurahim Polatov, “Nur yo’li“ 7. “Birlik”: “Ozodlikning olovli […]

  2. […] Гулчеҳра Нуруллаева: Муносабат, 11 Июн, 2004 […]

  3. […] Yodgor Obid wrote introduction to Mamatov’s book) 5. Gulchehra Nurullayeva: Munosabat, June 11, 2004 (the article of famous Uzbek poetesses “Reactions”) 6. Abdurahim […]

  4. […] qalb uchqunlari“( Yodgor Obid wrote introduction to Mamatov’s book) 5. Gulchehra Nurullayeva: Munosabat, June 11, 2004 (the article of famous Uzbek poetesses “Reactions”) 6. Abdurahim Polatov, the […]

Comments are closed.