Лирик шеър ёзгим келди, лекин ҳаммаси ёзилган экан. Суратга туширдим, холос.
Filed under: Фотокундалик | Tagged: Америка | Leave a comment »
Лирик шеър ёзгим келди, лекин ҳаммаси ёзилган экан. Суратга туширдим, холос.
Filed under: Фотокундалик | Tagged: Америка | Leave a comment »
САВОЛ: Бугун хусусий сайтлар кўпаймоқда, ўқувчиларингиз сони камайиб кетишидан чўчимайсиз-ми? (Саодат).
ЖАВОБ: Йўқ. Интернет-бу ҳам танлов. Юзтасини кўриб биттасини танлайсиз. Шу нуқтаи назардан мустақил ва хусусий веб саҳифалар қанча кўп бўлса, шунча яхши. Ўзим доим ёшларга мурожаат қилиб, хизматни веб саҳифа очишдан бошланг, деб айтиб келмоқдаману нега энди уларнинг кўпайишидан чўчир эканман?
Веб саҳифалар кўпайса, уларни ёпиб қўйиш қийинлашади. Қолаверса, турли фикрлар ва турли қарашлар кўпаяди ва бу ҳурфикрлиликка, қул бўлмасликка йўл очади. Continue reading
Filed under: Savol-Javob | Tagged: Америка, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
“Birinchi mashinam” bo’limida “Hunday” (Hyundai) voqeasiga kelib qolgandik. Davom etamiz.
Bunday mashinalarni Amerikada sotadigan dillership yangi ochilgani uchun kredit tarixi(xarid va to’lov tarixi)ga qaramasdan qarzga berdi. Ikki yilga foyizdan ozod ham qilishdi.
Qarzga oldik… qani endi uyqu kelsa? Eng yomon ko’rganim qarzdor bo’lish. Buning ustiga uni maydalab to’laguncha qiymati qirqta qirdan oshib ketadi. Foyiz oladida. Shuning uchun “Yemaymiz, ichmaymiz, qarzdan qutulamiz” shiorini ishga soldim. Qisqa vaqtda mashina o’zimizniki bo’ldi qoldi.
Lekin olti kishilik oila bitta mashina bilan hech narsaga ulgurmas ekan. Biz turgan joyda avtobuslar yurmaydi. Avtobus yuradigan yo’lga qadar 2-3 kilometr. Umuman Amerikada topgan pulingizning anchagina qismini mashina “yeydi”. Sug’urtasi ham “falakda”. Markaziy shaharlarda jamoat transporti bor. Ammo sharoit yaxshi emas. Sharoiti tuzukroq joyga bordingizmi, mashinangiz bo’lmasa hayot yo’q. Bir umr mashinaga pul to’laysiz.
Bir kun biz ijarada turgan uyning sohibi o’zi mashina tuzatadigan korxonada “Volga”ga o’xshagan “Kraysler”(Crysler, New Yorker, Limited edition)ni sotmoqchi ekanini aytib qoldi. Bordik. Juda go’zal mashina ekan. Hamma joyi temirdan. Baquvvat. Minib ko’rdik. Xuddi Kaspiy dengizida suzadigan parom kabi yumshoq yuradi va tovushi eshitilmaydi. Lekin olti silindrli bo’lgani uchun benzinni ko’proq yer ekan. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Америка, Jahongir Mamatov, O'zbeklar, uzbek | 1 Comment »
Oregonda qish va bahordan chiqdingizmi, kuzga tutilasiz, degan gap bor. Bu degani yilning qariyb hamma vaqti yog’ingarchilik bor va yoz juda qisqa degani. Shuning uchunmikan, yoz “odim otdimi” aksariyat odam dam olish kunlari yo parklarga chiqadi yo Tinch okeani sohiliga qarab yo’l soladi. Quyoshli kunlarning birida Bivertondagi markaziy parkka chiqdik. AQShning boshqa joylarida bo’lganidek, bu yerda ham “stol-stul”lar o’rnatib qo’yilgan. Yonginasida esa qo’ra. Bittasida uyda “marinovat” qilib kelingan qo’y go’shti va tovuq oyoqchalarini jizillatayotgandik, novcha bir kishi kelib qoldi׃
-Assalomu alaykum, o’zbek ekansiz, Xudoyimdan aylanay,-dedi.-Sakkiz yildan beri o’zbekni uchratmagandim.
U tinmasdan gapirardi. Eng qizig’i u adabiy tilda xuddi diktorlardek, nutq irod qilgandek so’zlardi. Birov yozib bergan va u o’qimoqda, deb o’ylardingiz.
Ismi Mahmud, o’zi Chinozdan ekan. Ko’rinishidan o’ttizlardan oshib qolgan.
Bir zumda borib mashinasidan umr yo’ldoshi va uch farzandini ham boshlab keldi. Mashinasi qimmatbaho-“Mersedes”. Amerikada bunga etish oson emas. Avropadan olib kelishgani uchun bahosi osmonda. Buning ustiga qo’shimcha soliq ham olishadi -yiliga bitta oddiy mashinaning pulini to’lab turasiz. “Mersedes” minganlarning dimog’i baland bo’ladi, ammo bu yigit juda kamtar ekan. Qo’limdan otashkurakni olib “Mana bunaqa qilib pishiradilar” degandek ishga kirishib ketdi. Qo’li ishda, tili tinim bilmaydi. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Америка, Jahongir Mamatov, O'zbeklar | Leave a comment »
4. Post Meridian
Merit bizni Reney, Shyorli degan ayollar va Ven degan oqsoqol bilan tanishtirib qo’ydi. Reney va Shyorli uyimizga kelib, inglizcha so’zlarni o’rgata boshlashdi. Ven esa shoferimiz, qayoqqa boramiz desak, xizmatda. Ba’zan uyiga ham mehmonga olib boradi. Uyi tog’ning tepasida, daraxtlar orasida. Xotini bilan yolg’iz yashaydi. Xotini ham uning o’ziga o’xshagan mehmondo’st.
Bir kuni Ven bizni hukumat idorasiga olib bordi. Bir qancha qog’ozlarni to’ldirdik. Kambag’allar ro’yxatiga kiritishdi. Oziq-ovqat xarid qilishimiz uchun kuponlar to’plamiga o’xshagan kitobcha berishdi. Bu pul o’rnini bosar ekan. (Hozir uning o’rniga plastik karta beradi-JM). Har bir kishiga 120 dollardan hisoblab, 720 dollarlik kupon berdi. Shuncha pulga oziq-ovqat xarid qilishimiz mumkin ekan. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Amerika, Amerika hayoti, Америка, Jahongir Mamatov | Leave a comment »
Amerikani har kim o’zi kashf etadi
Kirish o’rnida
Tabib tabib emas, boshiga tushgan tabib, deydilar. Bir paytlar Amerika mutlaqo boshqa dunyo edi, bugun esa bu mamlakatning pastu balandini so’rang, imkon qadar ayta olaman.
Darvoqe, “Amerikani Kolumb ochgani bilan har kim uni o’zicha kashf etadi” degan gap bor.
Bizga 1990 yillardan keyin Amerikaga kelgan o’zbeklar orasida qisqa vaqtda oyoqqa turish nasib etdi.
Steven (familiyasi esimda qolmagan) degan amerikalik bir professor 1999 yilda bizga qisqa fursat dars berganda “Oyoqqa turishing, amerikalik o’rta sinf safiga qo’shilishing uchun kamida o’n yil kerak” degan edi. Bu lof ekan. Chunki bu yerga hech narsasiz kelib, ikki yilda oyoqqa turish mumkin.
Aslida Amerikaga kelgan har qanday kishi bu yerda O’zbekistondagidan yaxshi yashaydi.
Sovet davrida o’rtacha maosh 140 so’m bo’lgan paytda ayni vaqtda bir necha nashrlar (“O’zbekiston Ovozi”, “Qishloq haqiqati”, “Mushtum”, “Zarafshon”) bilan ishlab, oyiga ming so’m atrofida daromad qilardim. Boshqacha aytganda, hayot darajam o’rtachadan ancha-buncha yuqori edi. Lekin Amerikaga kelganlar orasida cho’ntagida puli eng kami ham men bo’lsam kerak. Continue reading
Filed under: Boshqa dunyo | Tagged: Amerika, Amerika o'zbeklari, Amerikaga bormoqchiman, Америка, Жаҳонгир Маматов | 1 Comment »
You must be logged in to post a comment.